KIRISH

Qoʻlingizdagi ushbu risola kundalik hayotimizda har kuni duch keladigan Internetdagi savdoni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarga bagʻishlangan.

Hayotimizga Internetning kirib kelishi bizning moddiy va maishiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun juda katta qulayliklarni vujudga keltirdi. Endilikda biz uydan turib oziq-ovqat, uy-roʻzgʻor, madaniy-maishiy tusdagi tovarlarga buyurtmalar berishimiz va ularni xarid qilishimiz, Internetdagi tovarlar, ishlar va xizmatlarning reklama bozorlaridan ularni tanlash imkoniyatiga egamiz.

COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan kiritilgan cheklovlar Oʻzbekiston aholisi uchun Internetdagi savdoni (elektron tijoratni) ahamiyatini yaqqol ochib berdi. Har kunlik savdo-sotiq, muayyan ishlar va xizmatlar bilan bogʻliq yumushlarga oʻzimiz uchun juda qadrli boʻlgan vaqtlarimizni ajratamiz.

Kezi kelganda shuni qayd etish kerakki, B2C (biznes-isteʼmolchi) elektron tijorat modeli boʻlib elektron tijorat tizimlarini tadrijiy shakllanish bosqichi nuqtayi nazaridan eng qadimgi turi sirasiga kiradi va qolaversa, eng keng tarqalgan deyishga yetarli asoslar mavjud. B2C (biznes-isteʼmolchi) modeli elektron tijoratning oʻziga xos turi boʻlib, u aslida sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasidagi elektron raqamli shaklda chakana savdo hisoblanadi. Bu shundan dalolat beradiki, B2C sohasida mijoz boʻlib koʻpincha tashkilot emas, balki jismoniy shaxslar, shu jumladan oʻzini oʻzi band qiluvchi shaxslar ishtirok etadi. B2C sohasidagi eng keng tarqalgan elektron tijorat tizimlari mumtoz maʼnoda elektron tijorat tizimlari orqali faoliyat yuritadigan onlayn-doʻkonlardir.

Onlayn-doʻkon – interfaol veb-sayt boʻlib, uning asosiy vazifalari mahsulot yoki xizmat haqida maʼlumot berish, sotib olish buyurtmasini qabul qilish, foydalanuvchiga toʻlov shaklini va buyurtma olish usulini taklif qilish va foydalanuvchilarga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishdan iboratdir. Elektron tijorat texnologiyasi xarajatlarni kamaytirish, bozor salohiyatini yanada kengaytirish va mijozlarning ehtiyojlarini toʻliq qondirish orqali samaradorlikni oshirishning yangi imkoniyatlarini, shuningdek, yetkazib beruvchining mijoz bilan oʻzaro taʼsiri orqali xizmatlar va tovarlarni kengaytirish va uni sifatini yaxshilash vositalarini taqdim etadi.

Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) isteʼmolchiga shartnoma tuzilguniga qadar davlat tilida yoki taraflarning kelishuviga koʻra boshqa tilda qonunchiligimizda belgilangan maʼlumotlarni taqdim etishi kerak. Yana bir muhim jihati shundan iboratki, axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchiga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy toʻgʻrisida xabar berishi kerak.

Elektron tijoratda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish eng muhim muammolardan biri hamda koʻp qirrali boʻlib, oʻz ichiga bir qator amaliy ahamiyatga molik masalalarni ham qamrab oladi.

Biz ushbu risolada elektron tijoratning afzalliklari va kamchiliklari, elektron savdoni nimadan boshlashni, Elektron tijorat ishtirokchilarining Milliy reyestriga kirish qanday afzalliklar berishini, elektron tijoratda isteʼmolchilar uchun qanday afzallik va qulayliklarga egaligi, ular uchun qonunchilikdagi qanday talablarni bilishlari kerakligi hamda elektron tijoratda isteʼmolchi oʻz huquqlarini himoya qilish uchun qaysi davlat organlari va jamoat birlashmalariga va nizolarni onlayn-muqobil hal qilish tartibida murojaat qilishlari mumkinligi haqidagi masalalar sodda va ravon, huquqiy tilda ommabop tarzda yoritib berildi.

Ushbu risoladan talabalar, magistrlar, amaliyotchi mutaxassislar, xususiy tadbirkorlar va mavzuga oid masalalarga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.

1. INTERNETDAGI TIJORAT: TUSHUNCHA MOHIYATI, UNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Internetdagi savdo yoki elektron tijorat deyilganda, elektron tizimlar va Internet tarmogʻi yordamida amalga oshiriladigan tijorat faoliyatini olib borish va bitimlar tuzish, shu jumladan kim oshdi savdosini oʻtkazishning hamkorlar, bank, tovarlarni yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasidagi munosabatlar tushuniladi.

Elektron tijoratning mazmunini quyidagilar tashkil etadi:

1. Oldi-sotdi ishlarini amalga oshirish;

2. Xizmat koʻrsatish;

3. Muayyan ishni bajarish.

Elektron tijoratni qulayliklariga quyidagilar kiradi:

1. “24/7” prinsipi asosida ishlashi. Elektron tijoratda faoliyatingizni bir hafta mobaynida 24 soat ichida tanaffussiz, dam olish va bayram kunlarisiz uzluksiz amalga oshirishingiz mumkin;

2. Anonimligi. Elektron tijoratda faoliyat yuritayotgan subyektlar bir-birlarini koʻrmaydilar, tanimaydilar. Subyektlar haqidagi hamda amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar faqatgina axborot vositachida saqlanadi;

3. Elektron tijoratni globalligi. Elektron tijorat chegara bilmas makonda, yaʼni Internet makonida amalga oshirilar ekan, Siz bir davlat hududida yashasangiz ham, boshqa bir xorijiy davlatdan biror-bir ashyoni sotib olishingiz mumkin. Masalan, Oʻzbekistonda yashab turib Xitoyning savdo maydonchalarida oldi-sotdi ishlarini amalga oshirishingiz mumkin.

4. Tejamkorligi. Elektron tijoratda vaqtimizni tejaymiz, shu bilan birga, doʻkonma-doʻkon, bozorma-bozor yurib ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini ham olishimiz mumkin. Bunda tovarlar (ishlar, xizmatlar) namunalar va (yoki) ularning tavsifi boʻyicha axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilinishi va xarid qilinishi mumkin.

Elektron tijoratni kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

1. Internetga qaramligi. Elektron tijoratdagi faoliyat bevosita Internet tarmogʻini ishi bilan bogʻliq. Agarda Internet bilan aloqa boʻlmasa yoki hisobingizda trafik tugagan boʻlsa, demak, siz elektron tijorat doirasida faoliyat yurita olmaysiz.

2. Isteʼmolchilar huquqlari buzilishini ehtimoli yuqoriligi. Anaʼnaviy savdoga nisbatan elektron tijoratda isteʼmolchilar huquqlarini buzilish holatlari koʻproq uchraydi.

2. KIM VA QANDAY TARTIBDA ELEKTRON TIJORAT SUBYEKTI BOʻLISHI MUMKIN?

Elektron tijoratning subyektlari – bu tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga vakolatli boʻlgan shaxslardir. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.

Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasida elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek tegishli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridorlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilari hisoblanishi koʻrsatib oʻtilgan.

Jismoniy shaxslar (fuqarolar) elektron tijorat subyekti boʻlishi uchun yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs hamda oilaviy tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishlari lozim boʻladi.

Yuridik shaxs tashkil etmoqchi boʻlgan taqdirda – masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ), qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat (QMJ), xususiy korxona (XK) va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtish lozim.

Elektron tijorat subyekti boʻlishi uchun yuqorida tanlangan shakllar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 806-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida davlat roʻyxatidan oʻtishlari lozim boʻladi.

Bundan tashqari, elektron tijoratning yana bitta asosiy subyekti mavjud boʻlib, u axborot vositachisidir.

Axborot vositachilariga:

elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlari aylanishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari;

elektron tijorat ishtirokchilarining toʻlov tizimlaridan foydalanilishini va toʻlovlar oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi banklar;

elektron yarmarkalar, kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar kiradi.

Elektron tijorat munosabatlarida subyekt har doim tavakkal qilib, oʻz javobgarligini zimmasiga olib, foyda olishni maqsad qilgan holda faoliyat yuritadi.

3. Elektron tijorat ishtirokchilarining Milliy reyestriga roʻyxatdan oʻtish shartmi? Uning subyektlari qanday qoʻshimcha huquq va imtiyozlarga ega?

Elektron tijorat ishtirokchilarining Milliy reyestri 2018-yil 1-iyuldan boshlab tashkil etilgan boʻlib, elektron shaklda www.e-tijorat.uz ishga tushirilgan.

Reyestrning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

1. Elektron tijorat ishtirokchilari toʻgʻrisidagi yagona elektron axborot bankini yaratish;

2. Elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirish holatining tizimli monitoringini olib borish va baholash, shu jumladan axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishning samaradorligini oʻrganish;

3. Elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun maqsadli tahlilini olib borish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Mazkur Reyestrga kirish bepul va ixtiyoriy. Reyestrga aʼzo boʻlish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

1. Elektron tijorat subyekti e-tijorat.uz veb-sahifasidagi shakllarga muvofiq onlayn ariza beradi;

2. Berilgan onlayn arizani “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi 10 ish kuni mobayinida koʻrib chiqadi va taqdim etilgan maʼlumotlar talablarga javob berishini oʻrganadi;

3. Taqdim etilgan hujjatlar talablarga javob bersa, Reyestrning roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabar beradi.

Mazkur Reyestrga kiritilgan subyektlar bir qator qoʻshimcha huquq va soliq imtiyozlariga egadirlar.

Jumladan:

1. Elektron tijoratdagi tovarlar va xizmatlar savdosidan tushgan daromadlari umumiy daromadlarining 80 yoki undan ortiq foizini tashkil etgan elektron tijorat subyektlarigina reyestrga kiritiladi, bu elektron tijoratdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan daromadlar toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasi va hisob-maʼlumotnoma bilan tasdiqlangan boʻlishi darkor. Mazkur subyektlar reyestrga kiritilganidan keyin yagona soliq toʻlovini 2% stavka boʻyicha toʻlashni boshlaydilar;

2. Elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan uch ming AQSH dollarigacha boʻlgan tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilish Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilmasdan va yuk bojxona deklaratsiyasi toʻldirilmasdan pochta xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi;

3. Elektron tijorat orqali sotiladigan tovarlar (xizmatlar) uchun ularning umumiy qiymatidan majburiy 15 foizli oldindan toʻlov toʻlash talabi bekor qilinadi;

4. Elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxslar (tovarlarni sotuvchilar) uchun toʻlovlarni keyinchalik ularni belgilangan tartibda inkassatsiya qilish sharti bilan qabul qilish huquqi beriladi;

5. Elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan avtomobil transportida Oʻzbekiston hududi boʻylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno va boshq.

4. INTERNETDOʻKONNI OCHISHNI NIMADAN

BOSHLASH KERAK?

Internet-doʻkon ochish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

1. Siz internet-doʻkoningizda nimani sotishingizni hal qilishingiz kerak. Internet-doʻkonda Siz xohlagan narsangizni sota olmaysiz. Bu masalani hal qilishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 185-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tanishib chiqishingiz lozim boʻladi.

Savdo obyektini tanlashda hozirgi kunda barqaror talabga ega boʻlgan narsalarga eʼtiboringizni qaratish tavsiya etiladi. Bularga kiyim-kechak va poyabzal, elektronika va maishiy texnika, smartfonlar, kompyuter texnikasi, kitoblar va ish yuritish buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar kiradi.

2. Ochilayotgan internet-doʻkonga esda qolarli nom tanlashingiz kerak boʻladi, chunki bunga butun Internet biznesi muvaffaqiyatining mashhurligi bogʻliq.

3. Internetda savdo qilish uchun oʻzingizga maxsus veb-sayt yaratishishingiz kerak boʻladi. Buning uchun Siz professional dasturchi topishingiz yoki mavjud ishlab chiqilgan tizimlardan foydalanishingiz kerak boʻladi. Yoki tayyor saytlardan foydalanib, oʻzingizni biznesingizga moslashtirilishi mumkin. Bu ancha arzon boʻladi. Sayt yaratishda unga ketadigan xarajatlarni ham inobatga olish kerak boʻladi.

4. Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Siz, avvalambor, tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtishingiz lozim boʻladi. Bu jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2016-yil 28-oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 66-son qarorida tartibga solingan. Ushbu qarorga koʻra, bugun uyingizdan chiqmagan holda “Yagona darcha” orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin. Koʻpincha nooziq-ovqat savdo turlari tasnifida kompaniyani masʻuliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) sifatida roʻyxatdan oʻtkazishadi.

5. Hujjatlarni rasmiylashtirish. Buning uchun standart hujjatlar toʻplami kerak boʻladi:

– Taʼsischining pasporti;

– MCHJning yuridik manzili;

– Bank hisobvaragʻini ochish uchun hujjatlar.

6. Agar oʻzingizni mablagʻingiz yetarli boʻlmasa, investorni jalb qilish kerak boʻladi. Biznesga investitsiyalarni jalb qilish uchun, birinchi navbatda, nima sotmoqchi ekanligingizni koʻrsatishingiz, bozor talabini qadrlashingiz kerak. Masalan, smartfonlarni sotib oling, ularning yiliga sotilishi mumkin boʻlgan sonini koʻrsating, siz egallamoqchi boʻlgan bozor foizini va bir yil ichida kutilgan natijani hisoblang.

Ikkinchidan, loyiha ustida ishlamoqchi boʻlganlarni tanishtirish, yaʼni oʻz jamoasining muvaffaqiyati va professionalligini koʻrsatish kerak.

Uchinchidan, kutilayotgan foydaning hisobini real raqamlarda tayyorlash lozim.

7. Avval Siz oʻz auditoriyangizni tanlashingiz, mijozlar turini, ularning yoshini, yashash joyini va hokazolarni aniqlashingiz kerak.

Bugungi kunda internet-doʻkon mijozlari koʻp vaqtlarini Telegram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida oʻtkazishadi. Shuning uchun, ijtimoiy tarmoqlardagi reklama televideniyega qaraganda samaraliroq.

YouTube, bloggerlar, ommaviy axborot vositalari ham katta auditoriyani toʻplaydi. Va, albatta, eng muhim reklama vositalaridan biri ogʻzaki nutqdir.

Bundan qancha pul ishlashingiz mumkin:

Hozirda odamlar onlayn buyurtma berishga majbur, shuning uchun xarajatlar olti oydan yetti oygacha qoplanishi mumkin, ammo kompaniya foyda olishni boshlaganda, siz sarmoya kiritishni davom ettirishingiz kerak.

Internet-doʻkon ochilishida yoʻl qoʻyiladigan xatolar

Koʻpgina tadbirkorlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolar:

1. Aniq strategiyasiz boshlash;

2. Sotish rejasining yoʻqligi;

3. Katta miqdorda kredit olish;

4. Xarajatlarni optimallashtirish choralarining yoʻqligi.

Internet-doʻkonni samarali yuritishda toʻgʻri tanlangan xodimlar katta ahamiyatga ega.

Dastlabki bosqichda quyidagi xodimlar kerak boʻladi:

1. Dasturchilar. Ularni ijaraga olish yoki autsorsing qilish mumkin.

2. Kontent menejeri. Bu juda muhim pozitsiya boʻlib, bu mahsulotni saytga joylashtirish ishlarini oʻz ichiga oladi.

3. Marketolog. Bu sizning mahsulotingizni koʻrsatadi.

4. Savdo boʻlimi (operatorlar). Savdo sifati ularga bogʻliq. Bundan tashqari, buxgalter va logistika boʻyicha mutaxassis kerak boʻlishi mumkin.

Muvofiq odamni Internet, ishga yollash agentliklari va eʼlonlar orqali topish mumkin. Keyinchalik, har bir pozitsiyani almashtirish uchun haqiqiy raqobatni oʻtkazishingiz kerak.

5. ELEKTRON TIJORATNING ISTEʼMOLCHILAR UCHUN QANDAY AFZALLIK VA QULAYLIKLARIDAN XABARDORSIZ?

Zamonaviy elektron tijorat ham milliy qadriyatlardan oziqlanadi. Islomda savdoga oid muhim qoidalarni bilish isteʼmolchi-xaridor huquqlarini himoya qilishda ahamiyati beqiyosdir. Savdo va tijoratning qoida va hukmlarini oʻrganish vojib yoki mustahab amal sanaladi. Tijorat bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan odam haromga kirib qolmasligi uchun savdo qoidalarini oʻrganishi vojib boʻladi. Shu sababli, ilm olmay turib tijorat bilan shugʻullangan kishi quyidagi ikki gunohga aralashib qolishi mumkin:

1. Oʻzi uchun vojib boʻlgan ilmni olmay, jaholat va beparvolikka yoʻl qoʻyish;

2. Tijoratda haromga aralashib qolish.

Savdo-sotiq mubohligining yana bir afzalligi shundaki, biz har bir savdo bitimining joiz yoki joiz emasligini oʻrganib chiqishimiz shart emas, asosiysi biz savdoda nimalar va uning qaysi turlari joiz emasligini bilishimizdir.

Quyidagi holatlar savdodagi “umumiy joizlik” tamoyilini istisno qiladi:

1. Savdo bitimi asosiy shartlaridan birining umuman yoki qoniqarli tarzda bajarilmaganligi;

2. Savdoni amalga oshishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlarning mavjud boʻlishi;

2022-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi 35 271 276 kishini tashkil etadi. Qayd etilishicha, shahar joylarda – 17,9 million kishi, qishloq joylarda – 17,4 million kishi istiqomat qiladi.

UZ domenidagi saytlar koʻrsatayotgan maʼlumotlar Oʻzbekistonda Internetdan faol foydalanadiganlarning oʻrtacha yosh koʻrsatkichi – 25-34 ekanligini maʼlum qiladi. Undan keyingi oʻrinlarda – 35-50 yoshlilar oʻrin egallagan. Bu yosh koʻrsatkichidan ham maʼlumki, aholining ana shu yosh qatlami elektron savdodan keng foydalanmoqda. Elektron savdoni oddiy va sodda tilda tushuntiradigan boʻlsak, global Internet tarmogʻi orqali mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmat koʻrsatish tushuniladi.

Hozirgi paytda, elektron savdoning eng koʻp va keng ommabop tarzda tarqalgan turi boʻlib internet-doʻkonlar, messenjerlardagi botlar tobora rivojlanib bormoqda. Turgʻun savdo majmualarini qurish va ulardan foydalanish tadbirkorlar uchun ham muayyan qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Qolaversa, internet-doʻkon ochish uchun katta mablagʻ ham talab qilinmaydi. Isteʼmolchi uchun xaridorgir va sifatli mahsulotni xarid qilish uchun tegishli savdo doʻkonlarini izlash va ularni topish, ayniqsa, oʻzlari uchun maʼqul tovarlarni xarid qilishning hamma vaqt imkoniyati boʻlmasligi mumkin. Isteʼmolchi-xaridor esa Internet orqali tezda oʻziga kerakli turli xil assortimentdagi tovarni nafaqat mamlakatimiz, balki xorijdan ham bunday tovarlarni sotib olishi mumkin. Chunki, Internet global tarmoq boʻlganligi sababli hudud ham, chegara ham tanlamaydi. Siz cheklanmagan vaqt mobaynida xohlagan tovaringizga buyurtmalar berish orqali tegishli kuryerlik xizmatlaridan foydalanib, oʻzingiz uchun cheklanmagan miqdordagi tovarlarni xarid qilish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Elektron dasturchilar orqali yaratilgan sayt yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali savdo-sotiqni amalga oshirish oʻzining afzalligi va qulayligi koʻrsatdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Hozirgi paytda mamlakatimizda axborot kom­munikatsiya texnologiyalarining jadal surʼatda rivojlanishi va tegishli Inter­net loyihalarini davlat tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, ular tashabbuskorlarini ragʻbatlantirishga ham alohida eʼtibor berilayotganligi raqamli savdo platformalarini yanada kengaytirishga sharoit yaratmoqda.

Tahlillar koʻrsatishicha, bir qator elektron savdoni amalga oshirayotganlarga misol sifatida arba.uz, home24.uz, texnomart.uz, asaxiy.uz, hm.uz, kansler.uz, @gotaxibot (Telegram), @bringobot (Telegram) kabilarni qayd etish mumkin. Kezi kelganda taʼkidlash joizki, UzCard – onlayn plastik kartalari orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan. Bu sohada yetakchi kompaniya Click hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu kompaniya xizmatlaridan 2,2 milliondan ortiq oʻzbekistonliklar foydalanmoqda. Bundan tashqari, PayMe, PayCom, UPay, MBank, WoyWoo kabi elektron toʻlov tizimlari samarali faoliyat olib bormoqda[1].

Ayniqsa, “Click”, “MBank”, “SMS Payment” kabi onlayn toʻlov vositalari muvaffaqiyatli amaliyotga tatbiq etilayotgani milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi va shu bilan xususiy va davlat tuzilmalarining strategik barqarorligini taʼminlaydi. Jahon bozoridagi zamonaviy tendensiyalarga koʻra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga innovatsiyalarni joriy etish va ularni samarali qoʻllash faoliyat yuritish uchun zamin yaratadi. Fuqarolar “Mytech.uz”, “Esavdo.uz”, “Uzbekmarket.uz”, “Bozor.uz” kabi internet-doʻkonlardan oziq-ovqat, kiyim-kechak, maishiy texnika, parfyumeriya, uy-roʻzgʻor buyumlari va hatto mebellar xarid qilishlari mumkin.

Oʻzbekiston eng yirik elektron tijorat platformalaridan biri hisoblangan Amazon da savdo qilishi mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga kirdi. Sotishni boshlash uchun tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtib, oʻz shaxsiy kabinetlarini oʻrnatishlari, tasdiqlovchi hujjatlarni qoʻshishlari, bank hisob-raqami va xalqaro toʻlov kartalarini ochishlari kerak. Oʻzbekiston aholisi endi dunyodagi eng yirik elektron tijorat platformalaridan biri Amazon da savdo qilishlari mumkin. Bu haqda kompaniya platformasida sotuvchilar toʻgʻridan-toʻgʻri roʻyxatdan oʻtishi mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxati yangilanganida maʼlum boʻldi. Amazon da savdo qilish imkoniyati Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston uchun ham ochildi. Amerika platformasida sotishni boshlash uchun oʻzbekistonlik tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtishlari, oʻz shaxsiy kabinetlarini oʻrnatishlari, tasdiqlovchi hujjatlarni qoʻshishlari, bank hisob-raqami va xalqaro toʻlov kartalarini ochishlari kerak. Amazon (Amazon.com, Inc.) – bu dunyodagi eng yirik elektron tijorat va umumiy bulutli hisoblash platformasiga ega boʻlgan daromad hamda bozor kapitallashuvi boʻyicha Amerika kompaniyasi hisoblanadi. Bosh qarorgohi Siyetlda joylashgan. Kompaniya Jeff Bezos tomonidan 1994-yil 5-iyulda tashkil etilgan. Bular isteʼmolchi-xaridorlar uchun juda katta qulaylik tugʻdirmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, Internet tarmogʻi orqali erkin savdoning koʻlamini yanada kengaytirishga va eng muhimi, isteʼmolchilar uchun qulay hamda afzal ekanligidan dalolat beradi.

Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi[2]da 21-maqsad “Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 barobar (1750 dollardan 2800 dollarga) va 2030-yilga borib aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish” deb nomlangan boʻlib, 70-bandida Isteʼmol bozorlarida raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi taʼsirchan choralar koʻrish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ishlab chiqilganligi belgilanganligi gʻoyatda muhim ahamiyatga ega.

Isteʼmolchi Yevropa Ittifoqi qonunlariga koʻra, shartnoma tuzishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy, maishiy ehtiyojlarini qondirish manfaatlarini koʻzlab ish tutadigan jismoniy shaxs deb belgilangan boʻlib, davlat isteʼmolchilarni huquqlarini munosib himoya qilish birinchi navbatda ishlab chiqarish sifatini yaxshilashga hamda tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda raqobat muhitini yaratishda va mamlakat iqtisodiyotini oʻsishiga zamin yaratadi. Elektron tijorat butun dunyoda jadal rivojlanmoqda va anʼanaviy biznes uchun tobora raqobatbardosh boʻlib bormoqda. Shuni alohida qayd etish joizki, soha mutaxassislarining fikricha, yaqin kelajakda savdo jarayoni anʼanaviy doʻkon va ofislardan istalgan mahsulotni dunyoning istalgan nuqtasidan xarid qilish mumkin boʻlgan virtual maydonga oʻtadi va yalpi ichki mahsulotning salmoqli ulushini axborot mahsulotlari va xizmatlari tashkil etadi. Oʻzbekistonda Uzcard tizimining joriy etilishi hamda mobil qurilmalar va kompyuterlar yordamida istalgan vaqtda va istalgan joydan toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi qator loyihalarning joriy etilishi munosabati bilan biznesning yangi tarmogʻi – elektron tijorat jadal rivojlanmoqda.

6. ELEKTRON TIJORATDA ISTEʼMOLCHILAR OʻZ HUQUQLARINI HIMOYA QILISH UCHUN QONUNCHILIKDAGI QANDAY TALABLARNI BILISHLARI KERAK?

Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oldi-sotdisi elektron tijorat hisoblanadi. Elektron tijoratda isteʼmolchi tushunchasini yoritishdan oldin elektron tijorat shaklida amalga oshiriladigan ulgurji va chakana savdo doirasini va uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni keltirib oʻtish joiz. Mazkur sohaga oid munosabatlar Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari[3] bilan tartibga solinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari”ga koʻra xaridor – pirovard isteʼmol, tijorat maqsadlarida foydalanish, oʻzining ishlab chiqarish-xoʻjalik ehtiyojlari uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi jismoniy shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati subyektlari (Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari) hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 18-son Qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi.

“E-auksion” elektron savdo platformasi deganda, elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi tushuniladi. Elektron platformalar orqali oʻtkaziladigan turli xil savdolarda xaridor – isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish gʻoyatda muhim masala boʻlib hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”[4]gi PQ-4742-

sonli Qaroriga koʻra, aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Internet tarmogʻi orqali xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlar bajaruvchi) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga (frilansing) bir qator huquqlar berildi. Xususan, koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar – norezidentlardan xorijiy valyutadagi toʻlovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritmagan holda Oʻzbekiston Respublikasining banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilish; kontrakt tuzmasdan, kelishuv toʻgʻrisidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), shu jumladan elektron shaklda taqdim qilish yoʻli bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish).

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni masofadan turib roʻyxatga olish uchun quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi mobil ilovani joriy qilish nazarda tutilgan:

buyurtmalarni qabul qilish va koʻrsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirish;

yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilish;

mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish hamda ushbu maʼlumotlardan keyinchalik, shu jumladan kredit olish va (yoki) soliqlarni hisobdan chiqarish maqsadida foydalanish;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) reklama qilish;

koʻrsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholash va isteʼmolchilar tomonidan fikr-mulohazalar qoldirish va h.k.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning asosiy huquqlariga quyidagilar kiradi:

roʻyxatdagi bir yoki bir nechta faoliyat turlari bilan shugʻullanish;

ishni faqat mustaqil ravishda bajarish; naqd, terminal va pul oʻtkazmasi orqali toʻlovni qabul qilish; jismoniy va yuridik shaxslar bilan faqat bir martalik ish yoki xizmatlarni bajarish uchun ishlash;

mijoz bilan ogʻzaki yoki yozma shartnoma tuzish;

chet ellik buyurtmachilar bilan shartnoma tuzmasdan ishlash;

norezidentlardan chet el valyutasida ishlar uchun toʻlovni qabul qilish.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar quyidagilarga haqli emas:

ruxsat berilgan faoliyat turlari roʻyxatida koʻrsatilmagan faoliyat bilan shugʻullanish;

yakka tartibdagi tadbirkor boʻlish;

oʻz faoliyat turi boʻyicha boshqa ish beruvchi shaxslar bilan ishlash;

xodimlar yollash;

jismoniy va yuridik shaxslarga katta hajmli ish yoki xizmatni uzoq muddat davomida koʻrsatish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-sonli Qaroriga muvofiq, aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati kengaytirildi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxatga olish xabar berish tartibida oʻzini oʻzi band qilgan sifatida roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan holda, maxsus mobil ilova yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi hamda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilinadi; oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qatʼi nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida toʻlaydi hamda ushbu summa toʻliqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi; oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega boʻla olmasligi toʻgʻrisidagi talab saqlanib qoladi.

Internet tarmogʻi orqali xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlar bajaruvchi) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berildi: koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar – norezidentlardan xorijiy valyutadagi toʻlovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritmagan holda Oʻzbekiston Respublikasining banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilish; kontrakt tuzmasdan, kelishuv toʻgʻrisidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), shu jumladan elektron shaklda taqdim qilish yoʻli bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish).

Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”[1]gi Qonunining 1-moddasida isteʼmolchi tushunchasiga “foyda chiqarib olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda shaxsiy isteʼmol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda boʻlgan fuqaro (jismoniy shaxs)” sifatida taʼrif berilgan.

Elektron tijoratda isteʼmolchilar quyidagi huquqlarga ega:tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida toʻgʻri va toʻliq maʼlumot olish;tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli boʻlishi;tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz boʻlishi;hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni boʻlgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning gʻayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, maʼnaviy zararning toʻliq hajmda qoplanishi;buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;isteʼmolchilarning jamoat birlashmalarini tuzish shular jumlasidandir. Isteʼmolchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonunchilik bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat koʻrsatishning boshqa turlari boʻyicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.

7. ELEKTRON TIJORATDA ISTEʼMOLCHILAR OʻZ HUQUQLARINI HIMOYA QILISH UCHUN QAYSI DAVLAT ORGANLARI VA JAMOAT BIRLASHMALARIGA VA NIZOLARNI ONLAYN-MUQOBIL HAL QILISH TARTIBIDA MUROJAAT QILISHLARI MUMKIN?

Elektron tijoratda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish fuqarolik qonunchiligida belgilangan huquqni himoya qilish usullari yordamida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq, davlat isteʼmolchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chogʻidagi huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.

Isteʼmolchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar taʼminlaydilar. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlari sifatida:

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Isteʼmolchilarni huquqini himoya qilish agentligi;

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;

isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlarini koʻrsatib oʻtish mumkin.

Isteʼmolchilar oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda isteʼmolchilar birlashmalarini ham tuzishlari mumkin. Ushbu yoʻnalishda keng va samarali faoliyat olib borayotgan tashkilot sifatida Oʻzbekiston isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va uning hududiy birlashmalarini koʻrsatib oʻtish lozim.

Isteʼmolchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor boʻlsa, haq toʻlashi lozim. Maʼnaviy zarar uchun toʻlanadigan haq miqdorini sud belgilaydi. Maʼnaviy zarar uchun haq toʻlash mulkiy ziyon va isteʼmolchi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.

Davlat isteʼmolchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chogʻidagi huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi. Isteʼmolchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar taʼminlaydilar. Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnomaviy munosabatlarda isteʼmolchi qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz talablari qanoatlantirilishi uchun ustuvor huquqqa ega.

Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi “Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida[2]”gi Qonuni tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Qonunchilik nafaqat isteʼmolchi-fuqaroning, balki tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ham huquq va manfaatlarini himoya qiladi. Har qanday tadbirkor ayni paytda isteʼmolchi hamdir. Qolaversa, ular qonunchilikda belgilangan tartibda savdo-sotiq, tovar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan ham shugʻullanishi mumkin. Shu bois, tadbirkorlik subyektlari isteʼmolchilarning huquqlarini buzmasligi va qonunchilikda belgilangan huquqlarini amalga oshirishga qatʼiy rioya qilishlari ham talab etiladi. Shuning uchun, ular oʻz huquqlarini himoya qilishni qay darajada bilgani kabi isteʼmolchi-fuqaro sifatida ham oʻzlarining qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini muhofaza etilishi boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishlari lozim. Ushbu oʻrinda tadbirkorlik subyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil instituti haqida va unga murojaat qilish tartibi va asoslari boʻyicha qisqacha toʻxtalishni lozim topdik.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil mansabdor shaxs boʻlib, u tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini, mazkur huquqlar va qonuniy manfaatlarga davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishini taʼminlaydi. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradi.

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, adolatparvarlik, insonparvarlik, oshkoralik, ochiqlik, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligidan iboratdir. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok etish; davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish; tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish amalga oshirilayotganda ularni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash; tadbirkorlik subyektlari faoliyatining tekshiruvlarini muvofiqlashtirishni hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlari oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshirish; tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik normalari va talablarining amalda roʻyobga chiqarilishini oʻrganish; qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga taʼsiri samaradorligini baholash; tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash shular jumlasidandir.

Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishi uchun mahalliy hokimiyat organlari: isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bajarilishini tashkil etadilar;isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;isteʼmolchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqadilar;isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib sudlarga murojaat etadilar;oʻz huquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida oʻz vakolatlari doirasida: isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishini va uning amalda roʻyobga chiqarilishini amalga oshiradi; davlat organlarining va tashkilotlarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nazorat xaridi amalga oshirilishini, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ularning ekspertizadan (testdan) oʻtkazilishini tashkil etadi; isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi faktlari mavjud boʻlgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlarida (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlarni oʻtkazadi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning isteʼmolchilarga tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazadi; isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoʻllanilishiga doir masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradi; isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa axborotni soʻrab oladi; isteʼmolchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) koʻrsatma yuboradi; isteʼmolchilar huquqlarining buzilishi bilan bogʻliq masalalarni sudga qadar hal qilishni tashkil etishga koʻmaklashadi; sud majlislarida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha mutaxassis sifatida belgilangan tartibda ishtirok etadi; isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etish huquqiga ega; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Isteʼmolchilar oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda isteʼmolchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin. Jamoat birlashmalari oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir.

Isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari quyidagi huquqlarga ega:

vakolatli davlat organlariga isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; isteʼmolchilarga axborotga oid va maslahat xizmatlari koʻrsatish; isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini oʻtkazish, ularning natijalariga koʻra tayyorlangan takliflar va tavsiyalarni vakolatli davlat organlariga taqdim etish hamda eʼlon qilish; aholining isteʼmolchilikka oid savodxonligini oshirish boʻyicha maʼrifiy ishlarni amalga oshirish; isteʼmolchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish hamda ularga koʻmaklashish. Isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”[3]gi 414-son qarori muhim oʻrin tutadi.

Mazkur qaror asosida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmalari tomonidan Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil etilishi va quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanishi belgilandi: aholi oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikni keng targʻib qilish; isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; ichki bozorda sotilayotgan isteʼmol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning boshqa talablarini taʼminlash monitoringlarini oʻtkazish; aholining isteʼmol madaniyatini oshirishga doir maʼrifiy ishlarni olib borish; isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va oʻzaro hamkorlik qilish.

8. Eskrou tizimi nima va u Internetda savdo qilayotgan subyektlarga qanday kafolatlar beradi?

Eskrou xizmati (shartli saqlash) – bu moliyaviy bitim boʻlib, unda uchinchi tomon kelishuvda (operatsiyada) qatnashuvchi ikki tomon uchun zarur boʻlgan toʻlov mablagʻlarini, kelishuv toʻliq amalga oshguniga qadar, oʻzida saqlash va boshqarishni oʻz zimmasiga oladi. Bu, oʻz navbatida, mablagʻlarni shartli saqlash hisob raqamida ushlab turish orqali, kelishuvni (tranzaksiyalarni) yanada xavfsiz boʻlishiga imkon yaratadi, toʻlov ishonchli kompaniyaning nazorati ostida faqat shartnomaning barcha shartlari bajarilganda ochiladigan xavfsiz hisob raqamda saqlanadi.

Eskrouning asosiy maqsadi – tovar oluvchiga tovarning yetib kelishini, tovar sotuvchi mablagʻlar kelib tushishini taʼminlashdan iborat.

Eskrouning oʻrni bitimni amalga oshirishdagi vositachi sifatida namoyon boʻladi. Kelishuv boʻyicha barcha majburiyatlar amalga oshirib boʻlingach, eskrou xizmatini amalga oshiruvchi pul mablagʻlarini tovar yetkazib beruvchi hisobiga koʻchiradi.

Eskrou Internetdagi savdo faoliyati davomida onlayn bitimlarni amalga oshirayotganda, tovar yoki xizmatni xarid qilayotgan subyekt haqida toʻliq maʼlumot boʻlmasligi yoki maʼlumotlarda shaffoflik kam boʻlishi mumkin. Shu sababli, Internetda ham xaridorni, ham sotuvchini himoya qilish uchun onlayn tarzda eskrou xizmatlarini taklif qiluvchi litsenziyaga ega uchinchi shaxslar mavjud. Xaridor va xizmat koʻrsatuvchi oʻrtasida shartlar, shu jumladan sotib olish miqdori, tovarlarni yetkazib berish va aniq qaytarib berish muddati muhokama qilinadi va uchinchi tomonga yetkaziladi. Barcha shartlar bajarilgandan va ikkala tomon roziligi olingandan soʻng, Internet saqlash (eskrou) xizmati toʻlovni xizmat koʻrsatuvchi hisobiga koʻchirib berish orqali bitimni yakunlaydi.

Kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda, bitimning adolatliligini taʼminlash uchun nizolarni hal qilish protokoli kuchga kiradi. Protokol boʻyicha amallar bajarilgach, bitim uchun pul toʻlanishi yoki egasiga qaytarilishi toʻgʻrisida kelishuvga erishiladi.

Oʻzbekistonda eskrou tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi “Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 392-son qarori bilan amaliyotga kiritildi.

9. ELEKTRON TIJORAT SOHASIDAGI AYRIM QONUN HUJJATLARI

Oʻzbekiston Respublikasining

Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonuni

(yangi tahriri)

1-modda. Ushbu qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilik

Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

3-modda. Elektron tijorat

Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga (bundan buyon matnda elektron tijoratdagi shartnoma deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir.

4-modda. Elektron tijoratning asosiy prinsiplari

Elektron tijoratning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;

elektron tijoratda shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi;

elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi;

elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi.

5-modda. Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati

Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati elektron tijoratni rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va boshqa shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgandir.

Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;

elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik sohasiga investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va jihozlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;

tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun zarur boʻlgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan taʼminlash;

elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni ragʻbatlan­tirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlik.

6-modda. Elektron tijorat sohasini davlat tomonidan tartibga solish

Elektron tijorat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u elektron tijorat sohasida maxsus vakolat bergan davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) amalga oshiradi.

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron tijorat sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi;

elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiq­lashtirib boradi;

elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni taʼminlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari

Maxsus vakolatli davlat organi:

elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

boshqa manfaatdor davlat organlari va oʻzga tashkilotlar bilan birgalikda, oʻz vakolatlari doirasida elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;

elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradi;

elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishda va ularning ijrosini taʼminlashda ishtirok etadi;

elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va monitoringni tashkil etadi.

Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

9-modda. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning yuridik kuchi

Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan axborot (bundan buyon matnda elektron xabarlar deb yuritiladi) oʻz qoʻli bilan imzolangan qogʻozdagi hujjatlarga tenglashtiriladi va ulardan bitimlar tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin.

Elektron tijoratdagi shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.

Elektron tijoratda oferta elektron hujjat tarzida tuziladi.

Elektron tijorat ishtirokchisining oferta qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi javobi (aksept) elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida yoxud ofertada koʻrsatilgan shartlarni bajarish boʻyicha harakatlarni sodir etish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.

10-modda. Elektron tijorat ishtirokchisi

Elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron tijorat ishtirokchisidir.

Elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.

Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, uning ishtirokchisiga nisbatan axborot tizimlaridan foydalanmasdan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan qoʻshimcha talablar yoki cheklovlar belgilanishi uchun asos boʻla olmaydi.

11-modda. Elektron tijorat ishtirokchisining huquq va majbu­riyatlari

Elektron tijorat ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:

elektron tijorat maqsadida ishlab turgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish (taklif etish);

elektron tijoratdagi shartnomalarni tuzish yoʻli bilan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki olish;

elektron hujjatlar va elektron xabarlarni axborot vositachilariga saqlash uchun topshirish.

Elektron tijorat ishtirokchisi – tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi:

elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda raqobat toʻgʻrisidagi va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;

qonunchilikka muvofiq elektron hujjatlar va elektron xabarlarning saqlanishini taʼminlashi;

elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi shart.

Elektron tijorat ishtirokchisi – tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran, faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirgan taqdirda esa tegishli litsenziyani olgan paytdan eʼtiboran elektron tijoratni amalga oshirish huquqiga ega.

Elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.

111-modda. Elektron tijorat sohasida hisob-kitoblar

Elektron tijorat sohasida hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

12-modda. Axborot vositachisi

Elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs axborot vositachisidir.

Axborot vositachilari jumlasiga quyidagilar kiradi:

elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlari aylanishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari;

elektron tijorat ishtirokchilarining toʻlov tizimlaridan foydalanilishini va toʻlovlar oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi banklar;

elektron yarmarkalar, kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.

Axborot vositachilari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin.

13-modda. Axborot vositachisining huquq va majburiyatlari

Axborot vositachisi quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolati doirasida shartnoma asosida elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish;

elektron tijorat ishtirokchilariga koʻrsatiladigan xizmatlar shartlarini belgilash.

Axborot vositachisi:

elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi;

oʻzining toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, koʻrsatiladigan xizmatlar, ularni koʻrsatish shartlari va qiymatlari (tariflari) haqidagi axborotni elektron tijorat ishtirokchilariga oshkor qilishi;

elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini, ulardan foydalanish tartibini oʻzgartirmasligi (bundan elektron tijorat ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar mustasno);

elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir maʼlumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish chora-tadbirlari bilan taʼminlashi;

elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga yubormasligi (bundan qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar mustasno) shart.

Elektron tijorat ishtirokchilarining axborot vositachisi orqali yuborilayotgan elektron hujjatlari va elektron xabarlari mazmuni bilan bogʻliq boʻlgan huquqiy oqibatlar uchun axborot vositachisi javobgar boʻlmaydi.

Axborot vositachisi qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.

14-modda. Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari

Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Elektron tijoratdagi shartnoma unga hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlashi, bu muddat oʻtganidan keyin esa mazkur elektron hujjatning qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda saqlanishini taʼminlashi shart.

15-modda. Elektron tijoratdagi shartnomani tuzish va bajarish

Elektron tijoratdagi shartnoma akseptni amalga oshirish yoʻli bilan:

elektron hujjat tarzida;

elektron xabar tarzida;

ofertada koʻrsatilgan shartlarni bajarish boʻyicha harakatlarni sodir etish orqali tuzilishi mumkin.

Elektron tijoratdagi shartnoma ofertani yuborgan elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan ofertaning aksepti olingan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb eʼtirof etiladi.

Elektron tijoratdagi shartnomani bajarish bilan bogʻliq hujjatlar elektron hujjat tarzida yoki qogʻozda rasmiylashtirilishi mumkin.

16-modda. Elektron tijoratda ofertaga qoʻyiladigan talablar

Elektron tijoratda oferta:

oferta qiluvchi elektron tijorat ishtirokchisining toʻliq nomini;

oferta qiluvchi elektron tijorat ishtirokchisining pochta va elektron manzilini;

qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqami, amal qilish muddati, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishga vakolatli organning nomi);

elektron tijoratdagi shartnomani tuzish tartibini;

elektron tijoratdagi shartnoma shartlarini kelishib olish chogʻida unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish imkoniyati hamda tartibini;

akseptni yuborish va chaqirib olish tartibini;

tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish va ularga haq toʻlash shartlarini, shuningdek ular uchun taklif etilayotgan narxlarni (tariflarni);

hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yoʻli bilan shartnomaga kiritiladigan shartlarga taalluqli qaydlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.

Elektron tijoratda oferta qonunchilikka muvofiq boshqa axborotni ham oʻz ichiga olishi mumkin.

17-modda. Elektron tijoratda davlat xaridlari va korporativ xaridlarni amalga oshirish

Elektron tijorat doirasidagi davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil etish hamda oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

18-modda. Elektron tijoratda shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish

Agar taraflarning kelishuvida va (yoki) qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron tijoratda shaxsga doir maʼlumotlardan shartnoma maqsadidan oʻzga maqsadlarda foydalanish hamda ularni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.

Shaxsga doir maʼlumotlardan ofertani va (yoki) reklamani tarqatish, shu jumladan elektron hujjatlarni yoki elektron xabarlarni ommaviy tarzda yuborish orqali tarqatish uchun ushbu maʼlumotlar egasining roziligisiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

19-modda. Nizolarni hal etish

Elektron tijorat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

20-modda. Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom yuridik va jismoniy shaxslarni – tadbirkorlik subyekt­larini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilaydi.

Ushbu Nizom talablari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga tatbiq etilmaydi.

2. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda Tizim deb ataladi) – tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning ushbu jarayondagi elektron hamkorligini taʼminlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompleksi;

tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (davlat roʻyxatidan oʻtkazish) – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) kiritish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlari;

tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) – roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Reyestrdagi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlari;

ariza beruvchi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga tegishli soʻrovnoma, ariza bilan murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar yoxud ular tomonidan belgilangan tartibda vakolat berilgan shaxslar;

umumiy maʼlumotnoma – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan Tizimda joylashgan maʼlumotlarni avtomatik tarzda yangilab borish, shuningdek ariza beruvchilar tomonidan Tizim orqali taqdim etiladigan roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini turkumlash imkonini beradigan klassifikatorlarni oʻz ichiga oluvchi, Tizimda konsolidatsiya qilingan maʼlumotnoma;

Tizimdan foydalanuvchi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yoki vakolatli tashkilotning tegishli organ zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun rahbar buyrugʻi bilan Tizimdan foydalanishga vakolat berilgan xodimi;

tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma deb ataladi) – roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari Reyestrga kiritilganligi holatini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi elektron hujjat;

vakolatli tashkilotlar – qonun hujjatlari bilan davlat soliq xizmati organlarida, davlat statistika organlarida davlat hisobiga qoʻyish, tadbirkorlik subyektlariga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, litsenziyalar berishga doir funksiyalar zimmasiga yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash, matbaa, bank faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari;

elektron hujjatlarning repozitoriysi – elektron hujjatlarni qayta ishlashni va saqlashni taʼminlovchi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etuvchi axborot resursi;

Foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish yagona axborot tizimi (Yagona identifikatsiya qilish tizimi) – jismoniy va yuridik shaxslarni haqiqiy identifikatsiya qilishni, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini taʼminlovchi davlat axborot tizimi.

4. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:

Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Tizim vositasida Yagona portalda;

ushbu Nizomning 5-bobiga muvofiq oʻzi kelgan holda.

5. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha davlat bojlari toʻlanadi.

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan maʼlumotlar berish uchun tegishlicha ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha yigʻimlar toʻlanadi.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

Davlat bojlari va yigʻimlar elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanganda, ariza beruvchidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar hamkorlik reglamentida belgilangan tartibda mutanosib ravishda taqsimlanadigan toʻlov summasining bir foizi miqdorida vositachilik haqi ushlab qolinadi.

6. Tizim orqali quyidagilar amalga oshiriladi:

davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

qayta roʻyxatdan oʻtkazish;

davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat bojini toʻlash;

roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani erkin olish;

yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida ariza topshirish;

roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning belgilangan tartibdagi hamkorligi;

roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni, shuning­dek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini tadbirkorlik subyektining manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilish;

“tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”ni ochish va undan erkin foydalanish;

Reyestrdan koʻchirma, soʻralayotgan hujjat, tadbirkorlik subyekt­larining roʻyxati yoki soʻralayotgan maʼlumotning va (yoxud) hujjatning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma shaklidagi aniq tadbirkorlik subyektlari haqida maʼlumot soʻrash va olish.

7. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-de­kabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda tegishlicha foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”dan erkin foydalanish imkoniga ega boʻlishi kerak.

8. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan harakat­larni amalga oshirish uchun foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki “tad­birkorlik subyektining shaxsiy kabineti”dan erkin foydalanish imkoniga ega boʻl­gandan soʻng “biznesni roʻyxatdan oʻtkazish” – davlat xizmatini tanlaydi.

2-bob. Roʻyxatdan oʻtkazish tartibi

9. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchi “biznesni roʻyxatdan oʻtkazish” – davlat xizmatini tanlaydi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi belgilangan ariza shakllari boʻyicha:

ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining (keyingi oʻrinlarda yakka tartibdagi tadbirkor deb ataladi);

ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarning uni koʻrsatishga soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda soʻrovno­ma deb ataladi) shakllantiradi.

10. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ariza beruvchi soʻrovnomani soʻralayotgan maʼlumotlarni kiritish va Tizim tomonidan umumiy maʼlumotnomadan taklif etilayotgan maʼlumotlarni tanlash yoʻli bilan shakllantiradi. Ariza beruvchi soʻrovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda toʻxtatish yoki davom ettirish huquqiga ega.

Davlat axborot resurslarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar, ariza beruvchining Yagona identifikatsiyalash tizimidan olingan haqiqiy shaxsiy maʼlumotlarini inobatga olgan holda Tizim tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Tizim har bir bosqichda soʻrovnomada shakllantirilgan maʼlumotlarni saqlab boradi.

11. Ariza beruvchi tomonidan firma nomini tanlash bir xilligining tekshirilishi Tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladigan, lotin alifbosidagi erkin firma nomlaridan soʻrovnoma shakllantirilganda amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi u tomonidan firma nomi tanlanayotganda Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek yuridik shaxslar nomlari toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etmaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Soʻrovnoma shakllantirilganda tanlangan firma nomi Tizim tomonidan 60 kalendar kuniga ariza beruvchi nomiga saqlanib turadi.

Agar ariza beruvchi shakllantirilgan soʻrovnomani roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ushbu bandda koʻrsatilgan muddat mobaynida joʻnatmagan boʻlsa, ariza beruvchi tomonidan tanlangan firma nomining belgisi Tizim tomonidan bekor qilinadi. Bunda ariza beruvchi tomonidan shakllantirilgan boshqa maʼlumotlar ularni ochib koʻrish, oʻzgartirish va soʻrovnomani shakllantirishni davom ettirish imkoniyati bilan Tizim tomonidan tegishlicha foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”da saqlanib turadi.

Firma nomini qayta tanlash ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

12. Tizim vositasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishlicha soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

davlat tilidagi taʼsis hujjatlari;

monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berilganligi toʻgʻrisidagi qarori – davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslari uchun;

topshirish dalolatnomasi – qoʻshib yuborilganda;

taqsimlash balansi – boʻlishda va ajratib chiqarishda.

Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar boʻyicha, huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak – qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun.

Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo boʻlgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.

Ariza beruvchi taʼsis hujjatlarini oʻz ixtiyoriga koʻra qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda namunaviy shakllar asosida yoki boshqa shakllarda rasmiylashtirish huquqiga ega.

13. Soʻrovnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar elektron hujjat shaklida boʻlishi kerak.

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga soʻrovnomani qogʻozda rasmiylash­tirilgan hujjatlarning “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari shaklida ilova qilgan holda joʻnatishga yoʻl qoʻyiladi.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun yuborilgan soʻrovnomalar:

ikki va undan ortiq muassislari boʻlgan tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarda muassisning soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va uning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yoʻli bilan har bir muassisning muassislar tarkibiga kiritilganligiga roziligi mavjud boʻlishi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno;

muassislari tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar koʻrsatilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarda majburiy tartibda koʻrsatilgan shaxslarning elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) bilan imzolanadi.

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborilayotgan har bir alohida hujjat barcha autentik belgilari haqiqiyligi saqlanishini taʼminlovchi (har bir dyum­ga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida soʻrovnomaga ilova qilinishi kerak. Har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshmasligi kerak.

14. Ariza beruvchi soʻrovnoma shakllantirilishi oxiriga yetganidan soʻng stavkasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respub­likasi Qonuniga muvofiq Tizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadigan davlat bojini Tizim tomonidan taklif etilayotgan quyidagi toʻlov usullari orqali toʻlashni amalga oshiradi:

Internet jahon axborot tarmogʻi orqali real vaqt rejimida – bank kartasi va ulangan “SMS xabar berish” xizmati yordamida naqdsiz hisob-kitob koʻrinishida;

Oʻzbekiston Respublikasi banklarining kassalari orqali – Tizim tomonidan shakllantirilgan soʻrovnomaning noyob raqami koʻrsatilgan holda naqd yoki naqdsiz hisob-kitob koʻrinishida;

hisob raqamidan bank oʻtkazmasi yordamida naqdsiz hisob-kitob koʻrinishida.

Toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ortiqcha toʻlangan summalar bundan mustasno.

15. Davlat boji toʻlangan paytdan boshlab ushbu Nizomning 9 – 14-bandlari talablari inobatga olingan holda soʻrovnoma Tizim foydalanuvchisiga – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimining shaxsiy kabinetiga avtomatik tarzda xabarnoma yuboradigan Tizim tomonidan saqlanadi.

16. Tizim ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlarida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tekshiradi va ular Tizimning tegishli maʼlumotlar bazalariga muvofiq boʻlganda:

Reyestrga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;

ushbu Nizomga 66a6b-ilovalarga muvofiq tegishli shakllar boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani shakllantiradi;

roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani, taʼsis hujjatlarini elektron hujjatlar repozitoriysida saqlaydi;

elektron hujjatlar depozitoriysida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga, qayta roʻyxatdan oʻtkazishga rad etishni shakllantiradi va saqlaydi.

Yuridik shaxslar uchun – roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga, taʼsis hujjatlariga havola (giperhavola) shaklidagi xabarnoma avtomatik tarzda Tizim foydalanuvchisining – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimining ERIsi bilan imzolanadi va “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”ga, shuningdek soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga joʻnatiladi.

Ariza beruvchi tomonidan tegishli elektron hujjatlar Yagona portaldagi “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali qabul qilib olingan payt ushbu bandda nazarda tutilgan elektron hujjatlar berilgan vaqt boʻlib hisoblanadi.

17. Roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada, taʼsis hujjatlarida Tizim foydalanuvchisining – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimining ERIsi va QR-kod (matritsali shtrix kod), shuningdek identifikatsiya raqamlari boʻlishi kerak.

QR-kod tegishli dasturiy-apparat vositalari bilan oʻqilganda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning, taʼsis hujjat­larining identifikatsiya raqamlari va Yagona portaldagi elektron hujjatlar repozitoriysiga havolalar (giperhavolalar) boʻlishi kerak.

Yakka tartibdagi tadbirkor, oilaviy tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada jismoniy shaxsning fotosurati aks ettirilgan boʻlishi kerak.

18. Ariza beruvchi yuridik shaxslar uchun – Yagona portaldagi elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanayotgan roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani, taʼsis hujjatlarini erkin olish, shuningdek ularning nusxalarini qogʻozda chop etish huquqiga ega.

19. Davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisob raqamlarini ochish uchun banklarga murojaat qiladi. Bank hisob raqamlarini ochish uchun roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning, taʼsis hujjatlarining asl nusxalarini va nusxalarini taqdim etish talab qilinmaydi.

Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar mavjud boʻlganda,muassislari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida ularga milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.

Bank hisobvaragʻi Tizimda joylashtirilgan bank hisobvaragʻi shartnoma ofertasini akseptlash yoʻli bilan ochiladi.

Bunda mazkur tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda va shaklda imzolar namunalari qoʻyilgan ikki dona varaqcha hamda ular nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega boʻlgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan hujjat) toʻlovlar amalga oshirilishidan oldin bankka istalgan vaqtda taqdim etilishi mumkin. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.

20. Tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda, shuningdek ular tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda muhr va shtamplar, shuningdek ularning eskizlarini tayyorlash talab qilinmaydi.

3-bob. Qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi

21. Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar majburiy qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Bunda joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda yuridik shaxslar – tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatini tanlaganidan soʻng ushbu Nizomga 7-ilovada nazarda tutilgan muddat mobaynida ushbu Nizomga va 9-ilovalarga muvofiq belgilangan qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizalar shakllari boʻyicha ushbu Nizomning 10111314-bandlarida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda soʻrovnomani shakllantiradi.

Qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun Tizim vositasida ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda quyidagi hujjatlar soʻrovnomaga ilova qilinadi:

tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining taʼsis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori;

davlat tilidagi taʼsis hujjatlari;

topshirish dalolatnomasi – qoʻshib yuborilganda va qayta tuzilganda;

taqsimlash balansi – ajratib chiqarishda;

tadbirkorlik subyekti vakolatli organining taʼsis hujjatlarida eʼlon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi toʻgʻrisidagi hujjat – ustav fondi miqdori oshirilganda;

tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan toʻla miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablagʻlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bankning maʼlumotnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) – ustav fondi miqdori oshirilganda;

ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) – ulush (hissa) boshqa shaxsga oʻtganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, muassislarning soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yoʻli bilan har bir muassisning roziligi mavjud boʻlishi kerak.

Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar boʻyicha, huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak – qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun.

Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo boʻlgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.

Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish ushbu Nizom 12-bandining yettinchi xatboshida nazarda tutilgan huquqni inobatga olgan holda taʼsis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Aksiyadorlik jamiyati qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, ushbu bandning toʻrtinchi xatboshida ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtish qismida, toʻqqizinchioʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.

22. Davlat boji toʻlangan paytdan boshlab Tizim ushbu Nizomning 15 va 16-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni bajaradi.

23. Ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilgan taqdirda Tizim foydalanuvchisi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi xabarnoma olganidan soʻng ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 44-bandida koʻrsatilgan rad etish uchun asoslar mavjud emasligi yuzasidan koʻrib chiqishi va qayta ishlashi shart.

24. Tizim foydalanuvchisi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda soʻrovnomani koʻrib chiqish va qayta ishlash uchun:

maʼlumotlar va hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, Tizim vositasida Reyestrga kiritiladigan yozuvni shakllantiradi va kiritilishini tasdiqlaydi, bunda Tizim ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan harakatlarni bajaradi;

maʼlumotlar va hujjatlar qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, Tizim ushbu Nizomning 47-bandida nazarda tutilgan harakatlarni bajaradi.

4-bob. Qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish

25. Qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlarini – yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish Tizim vositasida amalga oshiriladi.

26. Tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs:

ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etilganda – qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxsga nisbatan uning taʼsis hujjatlari bilan bogʻliq boʻlgan qayta roʻyxatdan oʻtkazish, ajratib chiqarilayotgan tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxsga nisbatan esa – yangidan tuzilgan tadbirkorlik subyektini – yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshiriladi;

qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etilganda – qoʻshib olish amalga oshirilayotgan tadbirkorlik subyektining – yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan bogʻliq boʻlgan qayta roʻyxatdan oʻtkazish Reyestrga qoʻshib olingan yuridik shaxs faoliyatini tugatish toʻgʻrisida yozuv kiritish bilan amalga oshiriladi;

qoʻshib yuborish, boʻlish va oʻzgartirish yoʻli bilan qayta tashkil etilganda – yangidan tuzilgan tadbirkorlik subyektini – yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshiriladi.

27. Qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlarini – yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishlicha ushbu Nizomning 2 va 3-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Yangidan paydo boʻlgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qayta tashkil etish natijasida tugatilayotgan aksiyadorlik jamiyatining chiqarilgan qimmatli qogʻozlari bekor qilinganidan, shuningdek u Reyestrdan chiqarilganidan soʻng amalga oshiriladi.

28. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun soʻrovnoma yoki ariza yuborilishidan oldin qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs tomonidan kreditorlarni tanishtirish uchun ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan xabarnoma Yagona portalda eʼlon qilinadi. Bunda koʻrsatilgan xabarnomani bosma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish talab etilmaydi.

Agar qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs aksiyadorlik jamiyati boʻlsa, tegishli axborot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida – Korporativ axborot yagona portalida, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining korporativ veb-saytida eʼlon qilinadi

29. Ushbu Nizomning 5-bobida nazarda tutilgan holatlarda:

qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlarini – yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar joylashgan joydagi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi;

agar qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar joylashgan joy qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs joylashgan joydan farq qilsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazish qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar joylashgan joyda amalga oshiriladi.

5-bob. Oʻzi kelgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish

30. Ariza beruvchilar davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzlari kelib murojaat qilish huquqiga ega.

31. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelib murojaat qilinganida qogʻoz hujjatlarning asl nusxalari bir nusxada taqdim etiladi.

Agar Tizim foydalanuvchisiga – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimiga hujjatlar oʻzi kelib ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa, shuningdek uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi, shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat) va ariza beruvchi vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma, shartnoma, tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs muassislarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qarori, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlar) taqdim etiladi.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan stavka boʻyicha davlat boji toʻlanadi. Bunda davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga toʻlanadi.

32. Tadbirkorlik subyektini – yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tegishlicha ushbu Nizomning 12 va 21-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni, shuningdek davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoki belgilangan davlat boji miqdori toʻlanganligi toʻgʻrisida bank toʻlov hujjatining (keyingi oʻrinlarda toʻlov hujjati deb ataladi) nusxasini taqdim etadi.

33. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtish uchun ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga pasportini – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash joyini tasdiqlovchi pasportni yoki boshqa hujjatni – chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun, shuningdek davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoxud toʻlov hujjati nusxasini taqdim etadi.

34. Qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektini – yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda qoʻshib yuborilayotgan, qoʻshib olinayotgan, oʻzgartirilayotgan, boʻlinayotgan, ajratib chiqarilayotgan tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan organlarning tegishli qarorlari taqdim etiladi.

35. Tizim foydalanuvchisi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻzi kelib taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarni olganidan soʻng tegishli ariza shaklini toʻldiradi.

Tizimdan foydalanuvchi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi ushbu bobda nazarda tutilgan harakatlarni faqat ariza beruvchi tomonidan belgilangan davlat boji miqdori Tizim vositasida toʻlaganidan soʻng amalga oshiradi.

36. Hujjatlar oʻzi kelib taqdim etilgan taqdirda Tizim foydalanuvchisi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari kiritilayotganda Tizim foydalanuvchisi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi taqdim etilgan hujjatlar mazmunini ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan rad etish uchun asoslarning mavjud emasligi yuzasidan koʻrib chiqishi shart – ustav fondi miqdorining oshirilishida, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishida qayta roʻyxat­dan oʻtkazishni rad etish uchun asoslarni oʻrganish bundan mustasno.

37. Roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini Tizimga kiritish oxiriga yetganidan soʻng Tizim foydalanuvchisi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi Tizim tomonidan unga kiritilgan roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari asosida shakllantirilgan arizani, unda koʻrsatilgan maʼlumot­lar bilan rozi boʻlgan taqdirda arizani oʻz qoʻli bilan imzolovchi ariza beruvchi uni tekshirib chiqishi uchun arizani qogʻoz koʻrinishida chop etadi.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni (ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bundan mustasno) rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmaganda, ariza ariza beruvchi tomonidan imzolanganidan soʻng Tizim foydalanuvchisi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi barcha qogʻoz koʻrinishida taqdim etilgan hujjatlarni (pasport va toʻlov hujjatining nusxalari bundan mustasno) skaner qiladi, Tizimga kiritadi va ularni ariza beruvchiga qaytarib beradi, toʻldirilgan ariza bundan mustasno.

38. Ariza ariza beruvchi tomonidan imzolanganidan soʻng Tizim foydalanuvchisi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi tomonidan Tizimga kiritilgan roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari buzib koʻrsatilgan, oʻzgartirilgan va (yoki) qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ javob beradi.

39. Tizim, Tizim foydalanuvchisi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda tegishlicha ushbu Nizomning 1623 va 24-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshiradilar.

6-bob. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar

40. Quyidagilar davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi:

davlat boji toʻlanmaganligi yoki uning toʻliq boʻlmagan miqdorda toʻlanganligi;

ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan holatlarda tegishli boʻlmagan roʻyxatdan oʻtkazish organiga murojaat qilinganligi;

ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;

qonun va taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi – ustav fondi miqdori oshirilgan (kamaytirilganda), ulush (hissa) boshqa shaxsga oʻtgan, qayta tashkil etilgan taqdirda;

davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda qonun hujjatlari bilan ustav fondining miqdoriga doir talablar belgilangan tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar uchun taʼsis hujjatlarida ushbu Nizomga 11-ilovada nazarda tutilgan ustav fondining eng kam miqdoridan kam boʻlgan miqdorning belgilanganligi;

yuridik shaxsning manzilini oʻzgartirish, shuningdek, yuridik shaxsni boshqa yuridik shaxsga qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish bilan bogʻliq qayta roʻyxatdan oʻtkazishda yuridik shaxsning bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi boʻyicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi;

ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, muassisning muassislar roʻyxati oʻzgarishiga roziligi mavjud emasligi.

41. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan xorijiy investitsiyalar ulushi miqdorining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ulushi miqdoriga nomuvofiqligi asos boʻladi.

411. Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjudligi asos boʻladi.

42. Bozorni, shuningdek faoliyat yuritayotgan bozor negizida qayta tuzilgan savdo majmuasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda bozor va savdo majmuasi muassislari tarkibida ustav fondida ellik bir foizdan kam boʻlmagan ulushga ega boʻlgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mavjud emasligi asos boʻladi.

43. Aksiyadorlik jamiyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandi­da koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda jamiyat ustav fondida oʻn besh foizdan kam boʻlmagan ulushga ega boʻlgan bir yoki undan ortiq xorijiy investorlarning mavjud emasligi asos boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.

44. Ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida  koʻr­satilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlarning va (yoki) maʼlumotlarning qonun hujjatlari talablariga nomuvofiqligi asos boʻladi.

45. Yakka tartibdagi tadbirkorni, tadbirkorlik subyektini – yuridik shaxsni, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

46. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish rad etish asoslari bartaraf etilishi sharti bilan hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun qaytadan topshirishga toʻsiq boʻla olmaydi.

47. Tizimdan foydalanuvchi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi tegishlicha soʻrovnomani, arizani olgan paytidan boshlab ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan muddat mobaynida Tizim vositasida ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazishga, qayta roʻyxatdan oʻtkazishga rad etishni rasmiylashtiradi va Tizim vositasida soʻrovnomada, arizada koʻrsatilgan usullar bilan bu haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

48. Ariza beruvchilar toʻlangan davlat bojini qaytarishni talab qilish huquqiga ega emas, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ortiqcha toʻlangan summalar bundan mustasno.

Ariza beruvchilar qayta roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji toʻlamagan holda takroran murojaat qilish huquqiga ega.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganda, shuningdek ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatda takroran murojaat etilmaganda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

49. Tadbirkorlik subyektlari unga taalluqli boʻlgan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan soʻralganligi holatlari toʻgʻrisidagi axborotni Tizim imkoniyatlaridan foydalanish vositasida real vaqt rejimida bepul va toʻsiqsiz olish huquqiga ega, tadbirkorlik subyektlarining bu kabi axborotni olish imkoniyati qonun hujjatlariga muvofiq cheklangan holatlar bundan mustasno.

50. Tizimdan oʻz manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalangan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ, vakolatli tashkilot xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

51. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, vakolatli tashkilotlar tegishli Tizimdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar uchun javob beradilar.

52. Tizimdan foydalanuvchi telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanilganda operator va (yoki) provayderning aybi bilan elektron hujjatlar va (yoki) maʼlumotlarni joʻnatishda (olishda) yuzaga kelish ehtimoli boʻlgan toʻxtalishlar uchun javob bermaydi.

53. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlar haqiqiyligini tekshirishni amalga oshirmaydilar, shuningdek ularning toʻgʻri­ligi hamda qonun hujjatlariga nomuvofiqligi uchun javoblar bermaydilar.

54. Ariza beruvchilar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, aniqligi, buzib koʻrsatilganligi, shuningdek taʼsis hujjatlarining qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar. Soʻrovnoma interaktiv tarzda shakllantirilgan va taʼsis hujjatlari namunaviy shakllar asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, ariza beruvchilar Tizim tanlashi uchun noaniq va buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taklif etilganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.

55. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Elektron tijoratni amalga oshirish

QOIDALARI

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Qoidalar “Elektron tijorat toʻgʻrisida”, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishni (ishlarni bajarishni, xizmatlar koʻrsatishni) tartibga soladi.

2. Ushbu Qoidalarning amal qilishi:

davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlarning (ishlar va xizmatlarning) davlat xaridlariga;

birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega boʻlgan birjalarda, shuningdek axborot vositachilarining axborot tizimlarida sodir etiladigan bitimlarga;

koʻchmas mulkni sotishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻladigan bitimlarga tatbiq etilmaydi.

3. Elektron tijorat shaklida amalga oshiriladigan ulgurji va chakana savdo Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari bilan tartibga solinadi.

Elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishda (ishlarni bajarishda va xizmatlar koʻrsatishda) ushbu Qoidalarga 1-ilovada koʻrsatilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish tartib-taomillarini soddalashtirishga yoʻnal­tirilgan alohida normalar qoʻllaniladi.

4. Elektron tijorat shaklida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish ruxsat etish xususiyatiga ega alohida hujjat olinishini talab etmaydi.

Bunda elektron tijorat shaklida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishda, agar hujjatni elektron tijoratdan tashqarida rasmiylashtirish zarurligi qonun hujjatlarida belgilangan boʻlsa, ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatni olishni istisno etmaydi.

5. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron tijorat obyektlari hisoblanadi, ushbu Qoidalarga 2-ilovaga* muvofiq roʻyxatga binoan aylanmadan olib qoʻyilgan yoki aylanmadagi cheklangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno.

* Qoidalarga 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

6. Elektron tijorat ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq sxemaga binoan axborot tizimida ofertani (taklifni) joylashtirish va ofertaga aksept olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

II. Asosiy tushunchalar

7. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

Aksept – oferta yoʻllangan shaxsning uning qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi javobi;

axborot tizimi – axborotni toʻplash, saqlash, izlash, qayta ishlash va undan foydalanish imkonini beradigan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan jami;

axborot vositachisi – elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs;

axborot resursi – axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi;

oferta – bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki shaxslarning nomuayyan doirasiga yoʻnaltirilgan, undan taklif bildirayotgan shaxsning (oferentning) taklifda koʻrsatilgan shartlarda kim javob bersa u bilan shartnoma tuzishga boʻlgan irodasi bilinadigan shartnomaning barcha mavjud shartlari mavjud boʻlgan taklif;

xaridor – pirovard isteʼmol, tijorat maqsadlarida foydalanish, oʻzining ishlab chiqarish-xoʻjalik ehtiyojlari uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi jismoniy shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati subyektlari (Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari);

sotuvchi – axborot tizimlaridan foydalangan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi tadbirkorlik faoliyati subyekti;

elektron tijorat ishtirokchisi – elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

elektron tijorat – axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi;

elektron savdo maydonchasi – tashkiliy, axborot va texnik qarorlarning dasturiy-apparat majmui, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish uchun axborot tizimi orqali sotuvchi va xaridorning (buyurtmachining) oʻzaro hamkorligini taʼminlaydigan internet-doʻkon;

elektron xabar – axborotni joʻnatuvchini identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan axborot;

elektron vosita – elektron shaklda axborotni qayta ishlash, saqlash va uni ayirboshlashga moʻljallangan kompyuter va (yoki) boshqa texnik asbob, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmogʻi;

elektron shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) – tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda sotuvchi va xaridor oʻrtasida tuziladigan shartnoma;

elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan axborot.

III. Elektron tijorat subyektlari

8. Elektron tijorat ishtirokchisi (sotuvchi, xaridor) va axborot vositachisi (elektron tijorat subyektlari hisoblanadilar).

9. Elektron tijorat subyektlari tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq huquqni amalga oshiradilar va ega boʻladilar, majburiyatlarni bajaradilar.

10. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:

elektron tijorat maqsadlarida mavjud boʻlgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish;

shartnomalar tuzish yoʻli bilan tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish);

axborot vositachilariga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun berish.

11. Sotuvchi:

a) elektron tijoratda tovarlarni sotishda (ishlarni bajarishda, xizmatlar koʻrsatishda), shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi zarur va ishonchli axborotni xaridorga taqdim etish boʻyicha raqobat va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

b) elektron hujjatlar va elektron xabarlarni belgilangan tartibda saqlashni taʼminlashi;

v) elektron tijoratning boshqa ishtirokchilarini oʻzi toʻgʻrisida elektron shaklda davlat tilida, zaruriyat boʻlganda esa boshqa tillardagi ishonchli axborotdan tegishli foydalanishni taʼminlashi shart, axborot quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

yuridik shaxs uchun – tadbirkorlik faoliyati subyektining tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda uning toʻliq nomi; yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi;

davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tadbir­korlik faoliyati subyektining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bogʻlanish telefoni raqami;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqami, amal qilish muddati, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishga vakolatli organning nomi).

12. Sotuvchidan chiquvchi oferta yoxud taklif etilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi axborot axborotni buzmasdan qayta tiklash va sotuvchi toʻgʻrisida, shuningdek u tomondan taklif qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning narxlari va tariflari, shuningdek ularni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) shartlari toʻgʻrisida ishonchli tasav­vur hosil qilish imkonini beruvchi elektron shaklda taqdim etilishi kerak.

13. Elektron tijorat subyektlari, elektron hujjatlar va elektron xabarlarni ayirboshlash uchun tegishli axborot tizimlarini boshqarishni aniq tashkil etishni taʼminlab shartnoma asosida axborot vositachisi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

14. Axborot vositachilari jumlasiga quyidagilar kiradi:

elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlari aylanishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari;

elektron tijorat ishtirokchilarining toʻlov tizimlaridan foydalanilishini va toʻlovlar oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi banklar;

elektron yarmarkalar, kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.

Axborot vositachilari jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin.

15. Axborot vositachilari sotuvchi va xaridor oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning taraflari hisoblanmaydilar.

16. Axborot vositachisi quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolati doirasida shartnoma asosida elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish;

elektron tijorat ishtirokchilariga koʻrsatiladigan xizmatlar shartlarini belgilash.

17. Axborot vositachisi:

elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi;

oʻzining toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, koʻrsatiladigan xizmatlar, ularni koʻrsatish shartlari va qiymatlari (tariflari) haqidagi axborotni elektron tijorat ishtirokchilariga oshkor qilishi;

elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini, ulardan foydalanish tartibini oʻzgartirmasligi, elektron tijorat ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir maʼlumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish chora-tadbirlari bilan taʼminlashi;

elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga yubormasligi shart (qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

Axborot vositachisi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va oʻz zimmasiga oʻzga majburiyatlar olishi mumkin.

elektron tijoratni amalga oshirishda foydalaniladigan maʼlumotlarning elektron arxivini tashkil etishi, ular belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashi;

axborot tizimlaridagi mavjud axborotning yaxlitligi va maxfiyligini taʼminlashi shart.

18. Axborot vositachisi berilayotgan, olinayotgan, saqlanayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni nazorat qilishga yoki ularning ishonchliligini, shuningdek ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki ishonchliligini tekshirishga majbur emas, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.

19. Elektron tijorat subyektlarining axborot vositachisi orqali yuborilayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlar mazmuni bilan bogʻliq boʻlgan huquqiy oqibatlar uchun axborot vositachisi javobgar boʻlmaydi.

20. Xaridorga ushbu Qoidalarda, tuzilgan shartnomada va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlar beriladi va zimmasiga majburiyatlar yuklanadi.

IV. Elektron savdo maydonchasini tashkil etish

21. Sotuvchi va axborot vositachisi elektron tijorat subyektlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlaydigan elektron savdo maydonchasi orqali elektron tijorat shaklida tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) huquqiga egadir.

22. Elektron savdo maydonchalari Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi resurslar, Milliy axborot-izlash tizimida koʻrsatiladigan dasturiy mahsulotlar va mobil ilovalar boʻlishi mumkin.

23. Elektron savdo maydonchasi elektron tijoratni amalga oshirish uchun zarur funksiyalarni, shu jumladan:

ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda ofertani joylashtirish, akseptni amalga oshirish va shartnomalar tuzish;

elektron tijorat subyektlariga ushbu Qoidalarga muvofiq nazarda tutilgan axborotdan foydalanish;

ushbu Qoidalar talablariga muvofiq elektron hujjatlar va elektron xabarlarni xavfsiz ayirboshlashni taʼminlash;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda elektron hujjatlar va elektron xabarlarni belgilangan tartibda saqlash imkoniyatini oʻz ichiga olishi kerak.

V. Shartnoma tuzish tartibi

24. Shartnoma oferta va akseptdan iborat boʻladi. Shartnoma, agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, oferta yuborgan taraf tomonidan boshqa taraf yuborgan aksept olingan paytdan boshlab tuzilgan deb eʼtirof etiladi.

25. Oferta oʻzida elektron hujjatni ifodalaydi, uning vositasida elektron tijorat ishtirokchisi bitta shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga va shaxslarning nomuayyan doirasiga shartnoma tuzishni taklif etadi va ularning shartnoma shartlari mavjud boʻlgan, shu jumladan ushbu Qoidalarga muvofiq majburiy shartnoma shartlari mavjud boʻlgan matndan foydalanilishini taʼminlaydi.

26. Elektron tijorat ishtirokchisidan chiquvchi ofertada shartnomaga kiritilishi kerak boʻlgan barcha shartlar yoxud bunday shartlar mavjud boʻlgan elektron hujjatlar yoki elektron xabarlarga xavolalar boʻlishi kerak.

27. Oferta unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir. Elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan olingan oferta, agar ofertaning oʻzida oʻzgacha hol qayd etilmagan yoxud taklifning mohiyatidan yoki taklif bildirilgan vaziyatdan kelib chiqmasa, uning aksepti uchun belgilangan muddat mobaynida chaqirib olinishi mumkin emas.

28. Ofertani chaqirib olish uni oluvchiga chaqirib olish sabablari koʻrsatilishi kerak boʻlgan elektron hujjat yoki elektron xabar shaklida chaqirib olish toʻgʻrisida bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.

29. Shartnoma:

uning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishini nazarda tutuvchi elektron hujjat tarzida;

matnida elektron tijorat ishtirokchisining roziligi bildirilgan matn boʻlgan elektron xabar tarzida;

ofertada koʻrsatilgan shartlarni bajarish boʻyicha harakatlarni sodir etish orqali akseptni amalga oshirish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.

30. Aksept oʻzida elektron hujjatni yoki elektron xabarni, shuningdek ofertadagi mavjud shartlarni bajarish boʻyicha harakatlarni ifodalaydi, uning orqali shaxs ofertada taklif etilgan shartlarda shartnoma tuzishga toʻliq va soʻzsiz rozilikni ifodalaydi.

31. Akseptda oferent tomonidan taklif etilgan shartnomaning barcha shartlari oʻzgartirilmasligi kerak. Oferentga shartnomaning oʻzgartirilgan shartlari bilan javob yuborilgan taqdirda, bunday javob aksept hisoblanmaydi va yangi oferta hisoblanadi.

32. Oferta yoki aksept, agar taraflarning ahdlashuvida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, axborot tizimi tomonidan avtomatik aniqlanadigan oluvchi tomonidan uning olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma joʻnatilgan paytdan boshlab olingan deb hisoblanadi.

33. Oferta olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda aksept olinmasdan shartnomani ijro etish uchun asos hisoblanmaydi.

34. Oferta va aksept joʻnatuvchi tomonidan ularning mazmuni oʻzgartirilmasdan, ular yuborilgan tarzda, oluvchi tomonidan esa – agar taraflarning ahdlashuvida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnomaning amal qilishi toʻxtatilgan paytgacha ular olinganda qanday boʻlsa, shu tarzda saqlanishi kerak.

35. Oferta va akseptni tayyorlash, rasmiylashtirish, amalga oshirish bilan bogʻliq umumiy talablar va ayrim masalalar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

36. Axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilgan shartnoma yozma shaklda tuzilgan va taraflar tomonidan imzolangan, shu jumladan taraflarning muhrlari bilan tasdiqlangan shartnomaga tenglashtiriladi.

37. Shartnomada quyidagi majburiy shartlar boʻlishi kerak:

shartnoma predmeti;

taraflarning asosiy huquqlari va majburiyatlari;

tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) narxi va tavsifi hamda taraflar oʻrtasida hisob-kitob qilish tartibi;

kafolat muddati, agar bu aniq bir tovar uchun belgilangan boʻlsa;

yetkazib berish joyi va shartlari (yetkazib berish xizmatlari mavjud boʻlganda);

taraflarning javobgarligi;

majburiyatlarni bajarish tartibi va muddatlari;

shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish imkoniyati va tartibi;

bitimni rad etish shartlari;

tovar va pul mablagʻlarini qaytarish shartlari va tartibi;

shartnoma tuzilgan til toʻgʻrisidagi maʼlumot;

elektron hujjatga va elektron xabarga havola qilish vositasida shartnomaga kiritiladigan shartlar va tegishli havoladan foydalanish tartibi (ular mavjud boʻlganda);

shartnomaning amal qilishini toʻxtatish shartlari;

nizolarni hal etish tartibi;

taraflarning joylashgan joyi (pochta manzili), elektron manzili va bank rekvizitlari;

taraflar tomonidan kelishilgan boshqa shartlar.

38. Shartnoma unga hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlashi, bu muddat oʻtganidan keyin esa mazkur elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlanishini taʼminlashi shart.

39. Shartnomaga kiritiladigan oʻzgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan elektron hujjat va (yoki) elektron xabar sifatida rasmiylashtiriladi.

VI. Elektron hujjat va elektron xabar

40. Elektron hujjat va elektron xabar qogʻozdagi oʻz qoʻli bilan imzolangan hujjatga tenglashtiriladi.

41. Elektron hujjat va elektron xabarning mazmuni uchun, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron tijorat ishtirokchisi javob beradi.

42. Sotuvchi yoki axborot vositachisi elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlashi shart.

43. Elektron hujjat va elektron xabar:

bevosita elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan;

elektron tijorat ishtirokchisi nomidan ish koʻrish vakolatlari berilgan shaxslar, shu jumladan axborot vositachisi tomonidan;

elektron tijorat ishtirokchisining axborot tizimi yoki uning nomidan – avtomatik rejimda ishlaydigan tizim tomonidan yuborilishi mumkin.

44. Elektron hujjat va elektron xabarni oluvchi ularning joʻnatuvchiga tegishliligi holatini tasdiqlashni talab qilish huquqiga egadir.

VII. Elektron tijoratda toʻlovlarni yetkazish va amalga oshirish

45. Ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish shartnomada koʻrsatilgan joyda va muddatlarda amalga oshiriladi.

46. Agar shartnoma tovarni yetkazib berish sharti bilan tuzilgan boʻlsa, sotuvchi tovarni shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda xaridor tomonidan koʻrsatilgan joyga yetkazib berishi shart.

47. Tovarlarni xaridor tomonidan koʻrsatilgan joyiga yetkazib berish uchun sotuvchi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻzining avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashishlarga litsenziya olmasdan yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida yetkazib berishni mustaqil amalga oshirishi;

tovarlarni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan yetkazib berish xizmati xizmatlaridan foydalanish;

yetkazib berishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullaridan foydalanishi mumkin.

48. Elektron tijoratda toʻlovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

naqd pul bilan – nazorat-kassa mashinasidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanish orqali naqd pul mablagʻlari qabul qilingani toʻgʻrisida nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassa cheki yoxud boshqa tasdiqlovchi hujjatni majburan taqdim etish, shuningdek, belgilangan tartibda inkassatsiya qoidalariga rioya etgan holda, olingan pullarni xizmat koʻrsatuvchi bankka topshirishni taʼminlash;

elektron toʻlov vositalari bilan – toʻlovlarni qabul qilish uchun hisob terminali yoki virtual terminal (E-POS) orqali shaxsiy va korporativ bank kartalaridan foydalanish orqali chakana toʻlov tizimida sotuvchi va xaridorga elektron toʻlov cheki yoki toʻlovni tasdiqlovchi boshqa hujjatni albatta taqdim etgan holda;

pul mablagʻlarini bank hisob raqamlaridan oʻtkazish yoʻli bilan – pul mablagʻlarini bank hisob raqamlaridan (shu jumladan karta hisob raqamlaridan) shaxsiy kabinet (masofaviy bank hisob raqamlaridan xizmat koʻrsatish tizimi) yoki chakana toʻlov tizimi orqali oʻtkazgan holda.

481. Elektron toʻlov vositalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirayotganda xaridorga kassa chekini elektron shaklda (bundan keyin elektron chek) xaridor koʻrsatgan abonent raqamiga yoki elektron pochta manziliga taqdim etishni taʼminlash zarur. Elektron chek nazorat kassa apparati mashinasidan chiqarilgan qogʻoz koʻrinishidagi chekka tenglashtiriladi.

482. Yetkazib berish xizmatlariga sotuvchining nomidan tovarlar uchun toʻlovlarni qabul qilish huquqi shartnomaga asosan xaridor tovarni sotib olganligini tasdiqlovchi kassa cheki yoki boshqa hujjatni taqdim etgan holda beriladi.

483. Tovarlar milliy pochta aloqasi operatori orqali yetkazib berilgan taqdirda tovarning toʻlovi pochta pul oʻtkazmalari ustama toʻlov orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu toʻlov usulida tovarni joʻnatish ustama toʻlovli pochta joʻnatmalari orqali amalga oshirilishi kerak.

Pochta joʻnatmalari orqali yetkaziladigan va ustama toʻlov qoʻllanilgan tovar xaridor tomonidan ustama toʻlov toʻliq toʻlanib, kvitansiya taqdim etilgandan soʻng beriladi. Ustama toʻlov summalarini sotuvchi manziliga joʻnatish milliy pochta aloqasi operatori tomonidan pul mablagʻlarini pochta orqali oʻtkazishning Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

VIII. Shartnoma shartlarini bajarishni rad etish tartibi

49. Tovarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tovarni, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda sotuvchini xabardor qilib oʻzi bilan tuzilgan shartnomani bajarishni rad etish huquqiga egadir.

50. Xaridor shartnomada nazarda tutilgan hollarda shartnoma shartlarini bajarishni rad etishi mumkin emas.

51. Elektron tijoratda tovarni qaytarish “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Fuqarolik kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

52. Pul mablagʻlarini qaytarish zarur boʻlgan hollarda sotuvchi tovar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganligi uchun toʻlov qanday usulda amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha usulda tovarning (ishlar, xizmatlarning) haqi toʻlanganligini tasdiqlaydigan taqdim etilgan va chekka tenglashtirilgan hujjat asosida xaridorga qaytarishi shart.

53. Pul mablagʻlarini qaytarish shartnomada koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.

54. Tovarni va pul mablagʻlarini qaytarish bilan bogʻliq hujjatlar elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.

55. Tovarni qaytarish bilan bogʻliq transport xarajatlarini qoplash shartnomada koʻrsatilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.

IX. Elektron tijoratda eksportni amalga oshirish xususiyatlari

56. Tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) elektron tijorat shaklidagi eksporti bojxona qonunchiligining barcha talablariga majburiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

57. Elektron tijorat sotuvchisi elektron raqamli imzolardan foydalangan holda elektron hujjat tarzida shartnoma – eksport kontrakti tuzishi mumkin.

58. Shartnoma-eksport kontrakti boʻyicha axborotni Tashki savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish, shuningdek ularni bajarish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentyabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

X. Yakunlovchi qoidalar

59. Elektron tijoratni amalga oshirish bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

60. Elektron tijorat subyektlari ushbu Qoidalar qoidalariga rioya etilmaganligi, shuningdek oʻz majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma doirasida bajarmaganligi uchun javob beradilar.

61. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni aniqlash uchun, shuningdek soliq majburiyatlarini hisoblab chiqish uchun asos hisoblangan hisobga olinadigan hujjatlarni tuzish soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Elektron tijorat shaklida tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) tartib-taomillarini soddalashtirishga yoʻnaltirilgan

ALOHIDA NORMALAR

1. Shartnomaga ilova sifatida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) jismoniy shaxslarga, shuningdek chakana savdo bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga elektron tijorat shaklida ulgurji va mayda turkumlar bilan sotishda xaridor (buyurtmachi) joylashgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi talab qilinmaydi.

2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan (№306) yuridik shaxslar tomonidan chakana va ulgurji sotishga, shuningdek yakka tadbirkorlar tomonidan elektron tijorat shaklida tovarlarni chakana sotishga yoʻl qoʻyiladi.

3. Elektron tijorat shaklida non va non-bulka mahsulotlarini sotishda maxsus inventar (sanchqilar, pichoqlar, boʻlish taxtalari, stellajlar va javonlarni non ushoqlaridan tozalash uchun choʻtkalar va shu kabilar) talab etilmaydi.

4. Elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishda ish joylaridan tashqarida tarozilardan va boshqa oʻlchov asboblaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.

5. Kartoshka va meva-sabzavot tovarlarini elektron tijorat shaklida sotishda ularni taxta tokchalarga, etajerka va javonlarga va peshtaxtalarga, shu jumladan sovutgichlarga, lotoklarga, kassetalarga, savatlarga, qutilarga, shuningdek boshqa jihozlangan inventarga qoʻyish talab etilmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonuni;

2. Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuni;

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi “Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi 392-son qarori;

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori;

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 806-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom;

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 185-son qarori;

7. https://consumer.gov.uz/yangiliklar/eskrou-hizmati-nima/


[1] Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 59-modda; 2002-y., 4-5-son, 74-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 374-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2008-y., 14-15-son, 90-modda; 2010-y., 40-41-son, 343-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son.

[2] Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 915-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.

[3] Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 181-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 32-33-son, 251-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 32-son, 271-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son.


[1] Oʻzbekistonda onlayn savdo va uning ahamiyati. https://www.terabayt.uz/ post/uzbekistonda-onlajn-savdo-va-uning-ahamiyati

[2] Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son

[3] Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 27-modda; 9-10-son, 74-modda; 24-son, 242-modda; 2004-y., 24-son, 276-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 40-son, 307-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 37-38-son, 378-modda; 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 17-18-son, 182-modda; 2009-y., 22-son, 258-modda, 44-son, 466-modda, 52-son, 560-modda, 569-modda; 2010-y., 23-son, 186, 187-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 5-son, 48-modda, 11-son, 116-modda; 12-son, 130-modda, 22-son, 244-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda, 46-son, 602-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2015-y., 39-son, 509-modda; 2016-y., 24-son, 287-modda, 37-son, 434-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/711/1865-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son; 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son; 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son, 09/21/694/1075-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son.

[4] Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 07/20/4742/0736-son; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son.