KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisasining oldini olish, yo‘l harakati qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini to‘liq bilish alohida o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Sh. Mirziyoyev raisligida 2022-yil 11-fevral kuni yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan bo‘lib, unda “bu masalani oxirgi besh yilda biror rahbar, birorta tashkilot jiddiy va tahliliy muhokama qilmagan. Bu soha bo‘yicha qonunlar, ishlar mutlaqo qoniqarsiz. Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi izdan chiqib ketgan. Bu odamlarning e’tiroziga sabab bo‘layapti”, – deb ta’kidlandi.

Shunga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida yo‘l harakati xavfsizligi islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, bugungi kunda yo‘l harakati qatnashchilari (haydovchi, yo‘lovchi, piyoda)ning yo‘l harakatiga oid qoidalarni doimiy o‘rganib borish uchun bepul yaxlit platformaning mavjud emasligi, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni yo‘l-transport hodisasidan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy ishlar olib borilmayotganligi, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmaganligini asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatish mumkin.

Statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2021-yil davomida jami 10001 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan bo‘lib, shundan 1150 tasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani urib yuborish, 2009 tasi harakatni tashkil etishda muammolar, 1380 tasi piyodalar o‘tish joyi belgilanmagan joydan kesib o‘tish, 501 tasi bolalarni qarovsiz qoldirish, 610 tasi veloyo‘lak bo‘lmagan joyda, 402 tasi svetofor yoki yo‘l belgisiga rioya qilmaslik, 912 tasi haydovchining tajribasizligi, 792 tasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish, 100 tasi harakat davomida telefondan foydalanish, 2010 tasi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik, 135 tasi avtomobilni mast holatda boshqarish natijasida yuz bergan. Ushbu yo‘l transport hodisalari natijasida o‘tgan yili 2 426 nafar shaxs halok bo‘lgan, 9 230 nafar shaxs turli darajadagi tan jarohatlari olgan[1].

Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, yo‘l harakati qatnashchilarining bu boradagi huquqiy savodxonlik darajasini oshirish davrning o‘zi talab qilmoqda.

Ushbu ommabop risola yo‘l harakati qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini sodda va ravon shaklda tushuntirish, ular o‘rtasidagi turli tushunmovchiliklarning oldini olish hamda ularning huquqiy ong va madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

USHBU RISOLA BO‘YICHA ASOSIY TUSHUNCHALAR

yo‘l harakati – odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;

yo‘l harakati qatnashchisi – yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;

yo‘l-patrul xizmati xodimi – yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini nazorat qilish, boshqarish va tartibga solish vakolati berilgan ichki ishlar organi xodimi;

yo‘l-transport hodisasi – transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa;

yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash – yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;

maxsus moslamalar – maxsus avtomatlashtirilgan audio, foto va video qayd etish texnika vositalari yoki ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar, alkotester, planshet hamda transport vositalari oynalari yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchovchi (taumetr) maxsus texnik vositalar;

maxsus tadbirlar – yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan yo‘l transport hodisalari hamda huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga doir, kompleks vazifalarni bajarishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarma (bo‘lim, bo‘linma)larining rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yoki o‘zaro kelishilgan reja asosida yo‘l-patrul xizmati (keyingi o‘rinlarda YPX deb ataladi) xodimlari, shuningdek, davlat boshqa organlarining vakillari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan harakatlar majmui;

ta’qib qilish – jinoyat sodir etilganlikda gumon qilinayotgan shaxslar bo‘lgan transport vositasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda, transport vositasining harakatiga chek qo‘yish hamda gumonlanuvchini ushlash maqsadida transport vositasining orqasidan quvish;

kuzatish – ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bo‘lgan o‘z harakatlari bilan boshqa harakat qatnashchilari hayoti (sog‘lig‘i)ga xavf solayotgan transport vositasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda to‘xtatish maqsadida orqasidan borish.

YPX XODIMI TOMONIDAN TRANSPORT VOSITALARI QANDAY ASOSLARGA KO‘RA TO‘XTATILISHI MUMKIN?

Avvalo, har bir yo‘l harakati ishtirokchisi yo‘l-patrul xizmati xodimi qanday asoslarga ko‘ra ularni to‘xtatishi mumkinligini bilishi zarur. YPX xodimlarining ishoralari yo‘l harakati qatnashchilariga tushunarli bo‘lishi va o‘z vaqtida berilishi lozim.

Quyidagi asoslar yo‘l harakati ishtirokchilarini harakatdan to‘xtatib, ularga murojaat qilishga asos bo‘lishi mumkin:

YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga ko‘ra transport

vositalarining to‘xtatilishi taqiqlanadi.

MAVJUD QOIDA BUZILISH HOLATLARI BO‘YICHA

CHORA KO‘RISH TARTIBI QANDAY?

YPX xodimi tomonidan transport vositasi haydovchining hujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatilganda, transport vositasi hujjatlarini tekshirish jarayonida aniqlangan barcha qoida buzilishlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

Qoidalar buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda, YPX xodimi haydovchiga dastlab aynan sodir etgan qoidalar buzilishini tushuntirib, shundan so‘ng hujjatlarni tekshirib, tegishli choralar ko‘radi.

оо

MAXSUS TADBIRLAR BO‘YICHA XABARDOR

BO‘LISH MUMKINMI?

Maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida YPX xodimi tomonidan transport vositasi to‘xtatilganda, yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirning aynan nima maqsadda o‘tkazilayotganligi hamda to‘xtatish sababi haqida tushuntirish beriladi.

Yo‘l harakati qatnashchisi maxsus tadbirlarni haqiqatda tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilayotganligi haqida markaziy axborot-dispetcherlik xizmati (keyingi o‘rinlarda MADX deb ataladi) – axborot-dispetcherlik xizmatiga (keyingi o‘rinlarda ADX deb ataladi) telefon qilish yoki ushbu xodim xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilish orqali ma’lumot olishi mumkin. Bunda YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchisining talabiga ko‘ra, MADX – ADXning telefon raqami haqida ma’lumot beradi.

Yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirlarning o‘tkazilish maqsadi, transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimi maxsus tadbirda ishtirok etgan yoki etmaganligi, transport vositasi to‘xtatilgan hududda maxsus tadbir o‘tkazilganligi haqida ma’lumot beriladi. Maxsus tadbirning shartli nomlanishi, to‘liq mohiyati hamda ko‘lami haqida ma’lumot, shuningdek, maxsus tadbirning o‘tkazilishiga asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatilmaydi, ulardan nusxalar berilmaydi.

Yo‘l harakati qatnashchisi uni to‘xtatgan YPX xodimi xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilganda, murojaat muallifiga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan javob xati beriladi.

QANDAY HOLLARDA YPX XODIMI HAYDOVCHI YOKI YO‘LOVCHILARDAN TRANSPORT VOSITASI KABINASIDAN CHIQISHINI TALAB QILISHGA HAQLI?

  • transport vositasidagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;
  • haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;
  • transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;
  • transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;
  • haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;
  • haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi mumkin bo‘lgan hollarda. (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori vositalari ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo‘lganda).

Jismoniy nuqsoni sababli haydovchining transport vositasi kabinasidan chiqish imkoniyati cheklangan shaxslarga bunday talab qo‘yilmaydi.

YPX XODIMI O‘Z XIZMAT VAZIFALARINI BAJARISH VAQTIDA QANDAY MAJBURIYATLARGA EGA?

  • xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borish;
  • vizual kuzatuv yoki maxsus moslamalardan foydalangan holda qoidalar buzilganligini aniqlash;
  • yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganidan keyin uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish, lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot berish, uning talabiga ko‘ra ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilish va xizmat guvohnomasini ochiq holda (bunda YPX xodimi tomonidan xizmat guvohnomasini yo‘l qatnashchisi ixtiyoriga berish taqiqlanadi) ko‘rsatish;
  • yo‘l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma’lum qilish va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun video yozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirish;
  • har qanday vaziyatda yo‘l harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli va e’tiborli bo‘lish, ularga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilish, yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilish;
  • yo‘l harakati qatnashchilariga ularni to‘xtatish sababini, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, lo‘nda tushuntirish berish;
  • haydovchini mast holda deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazish, haydovchi mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan taqdirda MJtKning 136-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish;
  • belgilangan tartibda berilgan ko‘rsatmaga asosan yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini cheklash yoki taqiqlash;
  • qoidalarni buzgan yo‘l harakati qatnashchisiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida unga huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
  • huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rish;
  • huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joy holatini o‘zgartirish, dalillar yo‘qotilishi yoki yo‘q qilinishining oldini olish maqsadida hodisa joyini o‘rab olish choralarini ko‘rish;
  • huquqbuzarlikdan yoki baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga, hayoti (sog‘lig‘i) xavf ostida qolgan shaxslarga, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan yo‘l harakati qatnashchilariga hamda yo‘l transport hodisasi oqibatida shikastlangan transport vositalarini belgilangan joyga olib borishda fuqarolarga yordam ko‘rsatish;
  • o‘ziga xizmat yuzasidan biriktirilgan transport vositasi, ko‘krak nishon belgisi, aloqa vositasi va maxsus moslamalarni yaroqli holatda saqlashi, ulardan faqat xizmat faoliyatida maqsadli foydalanish;
  • ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus moslamalardan foydalanmaslik;
  • qoidalarni buzgan haydovchini maxsus moslamaning ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish, uning talabiga ko‘ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko‘rsatish;
  • jismoniy kuch ishlatilgani va maxsus vositalar qo‘llangani natijasida jismoniy shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga, ularning, shu jumladan yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek, o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha holatlar to‘g‘risida o‘zining bevosita boshlig‘i hamda nazorat qiluvchi prokurorga darhol xabar berish;
  • yo‘l harakati qatnashchilariga yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) yoki sudga shikoyat qilish huquqini tushuntirish.

YPX xodimi tomonidan yo‘l harakati qatnashchisini asossiz to‘xtatib turish taqiqlanadi.

YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganda yoki u tomonidan sodir etilgan qoidalar buzilishini rasmiylashtirish jarayonida holatga daxldor bo‘lmagan hamda qonunchilikda belgilangan vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarga qoidalar buzilishini rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish berishga majbur emas.

YO‘L HARAKATI QATNASHCHILARI YPX XODIMLARI

BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARDA QANDAY

HUQUQLARGA EGA?

  • YPX xodimi tomonidan to‘xtatish asoslarini, qoidalarning qaysi bandi (bandlari)ni buzganligi to‘g‘risida tushuntirish berilishini talab qilish;
  • transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimidan o‘zini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini va ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishini talab qilish;
  • xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;
  • YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno);
  • yuqorida nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishish;
  • sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;
  • huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini ko‘rsatishni talab qilish;
  • huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;
  • asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish;
  • YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirok etish;
  • e’tirozlar mavjud bo‘lsa, huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tegishli DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi)ga murojaat etib, o‘zi to‘xtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi to‘g‘risidagi dislokatsiya haqida yozma ma’lumot berishni talab qilish;
  • o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan o‘z hisobidan nusxa ko‘chirish yoki ularni fotosuratga olish;
  • YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish;
  • o‘zi guvohi bo‘lgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma’lumotni bayon qilish.

YO‘L HARAKATI QATNASHCHILARI YPX

XODIMLARI BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARDA MAJBURIYATLARI

  1. YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunishi va ularni bajarish;
  2. Transport vositasini boshqarishda belgilangan hujjatlarni YPX xodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etish, bunda haydovchining yonida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini taqdim qilish talab etilmaydi;
  3. YPX xodimiga sovg‘a, moddiy qimmatliklar taklif qilmaslik yoki boshqa shaklda manfaatdor etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaslik;
  4. Mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda xizmat guvohnomasini ko‘rsatmaslik (qonunchilikda sodir etgan qoidabuzarligi uchun ma’muriy javobgarlikning alohida tartibi belgilangan shaxslar bundan mustasno);
  5. Yo‘l harakatining boshqa qatnashchisi hamda YPX xodimi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga xalaqit bermasligi shart.

YO‘L HARAKATI QATNASHCHILARI TOMONIDAN

YO‘L HARAKATI QOIDALARI BUZILGANDA YO‘L-PATRUL XIZMATI XODIMLARI BILAN O‘ZARO MUNOSABAT

TARTIBI QANDAY?

  • YPX xodimi qoidalarni buzgan yo‘l harakati qatnashchisiga nisbatan huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida shaxsiy adovati tufayli shaxsning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirishga harakat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Sodir etilgan huquqbuzarlikni yengillashtirish hisobiga boshqa huquqbuzarlikni rasmiylashtirish taqiqlanadi.

TRANSPORT VOSITALARI HAYDOVCHILARINING ALKOGOLLI ICHIMLIKLAR TA’SIRIDAN MAST HOLATDA EKANLIGINI ANIQLASH UCHUN MAXSUS MOSLAMADAN FOYDALANISH TARTIBI QANDAY?

  • Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester) yordamida qoidabuzarlik yuz bergan joyning o‘zida amalga oshirilishi mumkin.
  • Tekshiruv oldidan YPX xodimi haydovchini maxsus moslama (alkotester)ning ishlash tartibi bilan tanishtiradi, uning talabiga asosan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatadi.
  • Tekshiruv kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi, YPX xodimi tomonidan kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda amalga oshiriladigan tekshiruvlar bundan mustasno. Kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda amalga oshirilgan tekshiruv jarayoni aks etgan videotasvir ish materiallariga ilova qilinishi lozim.
  • Tekshiruv jarayonida YPX xodimi sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim.
  • Tekshiruv YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester) yordamida belgilangan tartibda transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar konsentratsiyasi miqdorini aniqlash orqali o‘tkaziladi.
  • Transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda, YPX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi holati yuzasidan tegishli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
  • Transport vositasi haydovchisi maxsus moslama (alkotester) yordamida tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan yoxud unda alkotester orqali tekshiruv natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan hollarda, YPX xodimi transport vositasini boshqarayotgan shaxsning mast holatda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib boradi.
  • Transport vositasi haydovchisi tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, YPX xodimi unga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.

YO‘L-PATRUL XIZMATI XODIMLARINING YO‘L

HARAKATI QATNASHCHILARI BILAN O‘ZARO MUNOSABATLAR JARAYONIDA XIZMATNI

O‘TASHINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

  • YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalangan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan ekipirovkada oshkora usulda amalga oshiradi. Yo‘llarda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.
  • YPX xodimining maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
  • YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirish taqiqlanadi.
  • Yo‘l transport hodisalari, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar aniqlanganda, YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida ham ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda mazkur holatlar yuzasidan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra YPX xodimining harakatlariga huquqiy baho beriladi.
  • YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.
  • Patrul avtomobilida (motosiklida), shuningdek, boshqa transport vositalarida yo‘l harakati ustidan nazorat olib borish jarayonida haydovchi tomonidan qoidalarning buzilganligi aniqlanganda, mazkur transport vositasini to‘xtatishda maxsus chiroq-mayoqcha, ovoz kuchaytirgich moslamasi, qo‘l yoki jezl ishoralaridan foydalaniladi.
  • Transport vositasini avtomobil yo‘llarining ko‘rish cheklangan qismlari, burilishdan oldin va keyin, tik nishablik yoki tik balandliklar, chorrahalar, yer osti o‘tish joylari oldida, temir yo‘l kesishmasi hududi va boshqa xavfli joylarda to‘xtatish taqiqlanadi, kechiktirib bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno.
  • YPX xodimi maxsus chiroq-mayoqchasi yoqilgan yoxud tovushli signallar berib harakatlanayotgan YPX patrul avtomobillari kuzatuvida bo‘lgan jamlanmani post yoki patrullik qilish yo‘nalishi hududidan xavfsiz va to‘siqsiz o‘tib ketishi choralarini ko‘rishi zarur.
  • Maxsus va tezkor xizmatlarga tegishli chiroq-mayoqchasi yoqilgan, tovushli signallar berib harakatlanayotgan transport vositalari ularning o‘g‘irlanganligi, olib qochilganligi yoki mast holda bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqarayotganligi haqida ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lgan hollardagina to‘xtatilishi mumkin.
  • Maxsus va tezkor xizmatlarga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha, shuningdek, ushbu transport vositasi mast holda bo‘lgan haydovchi tomonidan boshqarilgan holat qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi.

Huquqbuzar IIBga olib borilganda, YPX xodimi uning shaxsini aniqlash choralarini ko‘radi. Huquqbuzarning shaxsi aniqlanganda, unga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi. Huquqbuzar shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmaganda, uning sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha ikki nusxada bildirgi tayyorlab, bildirgining bir nusxasini IIB navbatchisiga, ikkinchi nusxasi esa IIB navbatchisi tomonidan tegishli belgi qo‘yilganidan so‘ng YPX xodimiga topshiriladi.

MATMUROTOV ALIBEK RAVILOVICH

QODIRALIYEV SADDAM BAXTIYORJON O‘G‘LI

YO‘L-PATRUL XIZMATI

XODIMI SIZNI TO‘XTATSA…

NISHONOV ABDULLOH UBAYDULLOH OʻGʻLI

AGROKLASTERLAR VA

FERMERLARNING

HUQUQIY MAQOMI

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir O. Choriyev

Muharrir Sh. Jahonov

Musahhih M. Patillayeva

Texnik muharrir U. Sapayev

Dizayner D. Rajapov

08.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 1,39 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 116-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri

QAYDLAR UCHUN

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________

  1. https://yhxx.uz/uz/gallery/2021-yil-davomida-sodir-etilgan-yol-transport-hodisalari-boyicha-tahlil