KIRISH

Sо‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bо‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qо‘llab-quvvatlashga zarurati bо‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli kо‘maklashish bо‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.

Xususan, koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini kamaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va kо‘makka muhtoj oilalarni moddiy qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu yо‘nalishda manzilli, har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish maqsadida moddiy yordam va kо‘makka muhtoj oilalar bо‘yicha mutlaqo yangi – “Temir daftar”, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qо‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar о‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bо‘lgan xotin-qizlar va yoshlar bо‘yicha tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimlari hayotga tatbiq etildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 26-fevralda xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashda davlat organlarining mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlab о‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning hayot va turmush sharoitidagi muammolarini aniqlash, yakka tartibda ishlash orqali ularning hayot tarzini yaxshilash hamda ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qilish, mutasaddilarning hisobdorligi va faoliyatini baholash tartibini belgilash yuzasidan bir qator topshiriqlar berildi.

Mazkur risola “Yoshlar daftari” nima, unga kimlar kiritiladi, yoshlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari qanday о‘rganiladi, bir marta beriladigan moddiy yordam qancha miqdorda va kimlarga beriladi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga qanday turdagi tibbiy, huquqiy va psixologik yordam kо‘rsatiladi, yoshlar qaysi hollarda “Yoshlar daftari”dan chiqariladi kabi savollarga javob berish maqsadida tayyorlandi.

Risolada “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar sodda, xalqchil tilda savol-javob shaklida bayon etilgan.

1. “Yoshlar daftari” NIMA?

Sо‘nggi vaqtlarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” atamalari tez-tez tilga olinmoqda. Xо‘sh, aslida ular nima?

“Temir daftar” – ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bо‘yicha ma’lumotlar bazasi.

“Ayollar daftari” – ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixo­logik qо‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb о‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bо‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bо‘yicha ma’lumotlar bazasi.

“Yoshlar daftari” – ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qо‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb о‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bо‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bо‘yicha ma’lumotlar bazasi.

2. “YOSHLAR DAFTARI”NI YURITISH BILAN BOG‘LIQ FAOLIYATNI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR QAYSILAR?

Quyidagilar “Yoshlar daftari”ni yuritish bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardir:

  • О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi;
  • О‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi;
  • О‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi tо‘g‘risida”gi Qonuni;
  • О‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida”gi Qonuni;
  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevralagi “2017–2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qо‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida”gi PF–6155-son Farmoni;
  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-fevral­dagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qо‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF–5938-son Farmoni;
  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ–4602-son qarori;
  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-aprel­dagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash va bandligiga kо‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF–6208-son Farmoni;
  • О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va kо‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 250-son qarori.

3. “YOSHLAR DAFTARI”GA KIMLAR KIRITILADI?

Tuman (shahar)lardagi har bir sektor kesimida mahallabay “Yoshlar daftari”ga о‘n sakkiz yoshga tо‘lgan va о‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar;
  • iqtisodiy qо‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar;
  • psixologik qо‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar;
  • ishsiz yoshlar.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar – muomalaga va mehnatga layoqatsiz, nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bо‘lgan (nafaqa olmaydigan), boquvchisini yо‘qotgan, yetim, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida tarbiyalangan, muqaddam sudlangan, probatsiya hisobida, profilaktik hisobda yoki ma’muriy nazorat ostida turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlar, shuningdek, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi farzandlari.

Iqtisodiy qо‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar – tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini boshlash, shuningdek, о‘zini о‘zi band qilish istagida bо‘lgan ishsiz yoshlar.

Psixologik qо‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar – jamiyatda о‘z о‘rnini topishga qiynalayotgan, turli xil muammolar sababli ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj yoshlar (suitsid sodir etishga harakat qilgan va boshqalar).

Ishsiz yoshlar – haq tо‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bо‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bо‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan о‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bо‘lgan, ishga joylashishda kо‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida rо‘yxatga olingan mehnatga layoqatli yoshlar (ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno).

4. YOSHLARNING MUAMMOLARI, EHTIYOJLARI VA QIZIQISHLARI QANDAY О‘RGANILADI?

Yoshlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda о‘rganiladi:

  • sektorlar ishchi guruhlari tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yig‘inlari xodimlari va faollari bilan birgalikda barcha yо‘nalishdagi muammolarni har yarim yilda kamida bir marotaba, bunda yarim yillik tugaganidan sо‘ng keyingi oy davomida uyma-uy yurish orqali;

– yoshlarning murojaatlarini (shu jumladan, elektron platforma orqali murojaatlarini) kо‘rib chiqish orqali.

Sektorlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bо‘yicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining kollegial ishchi tuzilmasi;

О‘rganish davomida yoshlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi anketa-sо‘rovnomalar orqali aniqlanadi.

Elektron platforma – yoshlarga tegishli bо‘lgan ma’lumotlarni jamlash, tahlil qilish, qayta ishlash tizimini yaratish va tegishli vazirliklar va idoralar bilan raqamli ma’lumotlar almashuvini tashkil etish hamda yoshlarning murojaatlari bilan tizimli ishlash yuzasidan chora-tadbirlar samaradorligini monitoring qilish imkonini beruvchi yagona elektron platforma.

KOD RAQAMLARI VA TASNIFI

KOD

YО‘NALISH

I. QURILISH SOHASIDA

101

g‘isht terish, beton ishlari ustasi

102

malyar, suvoq va bо‘yoq ishlari

103

payvandlovchi usta

104

elektrik

105

santexnika-gidravlika ustasi, chilangar

106

tom yopish, issiqlik izolyatsiyasi

107

alyuminiy profillari bilan ishlash ustasi

108

boshqa (yuqoridagi toifalarga kirmaydi)

II. QISHLOQ XО‘JALIK SOHASIDA

201

fermer xо‘jaligida ishchi

202

dehqon xо‘jaligi va tomorqa yer egalarida ishchi

203

dehqon xо‘jaligi yuritish uchun ijara huquqi asosida yer maydoni

204

boshqa (yuqoridagi toifalarga kirmaydi)

III. ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA

301

sanoat korxonalarida ishchi

302

qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida ishchi

303

boshqa (yuqoridagi toifalarga kirmaydi)

IV. XIZMAT KО‘RSATISH SOHASI

401

maishiy xizmat kо‘rsatish

402

servis sohasi (mehmonxona, turizm va h.k.)

V. О‘ZINI О‘ZI BAND QILISH SOHASIDA

501

о‘zini о‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari bо‘yicha (PQ–4742 asosida)

VI. HAQ TО‘LANADIGAN JAMOAT ISHIDA

601

haq tо‘lanadigan jamoat ishlari turlari bо‘yicha

VII. О‘Z MUTAXASSISLIGI BО‘YICHA

701

о‘z mutaxassisligi bо‘yicha davlat organlari, xо‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlarida

VIII. CHET ELDA ISHLASH ISTAGI BО‘YICHA

801

chet el korxonalarida ish bilan ta’minlash

802

xorijiy tillarni о‘rganish

803

kasbiy tayyorgarlik kurslari

IX. TADBIRKORLIK FAOLIYATI

903

kredit ajratish

904

yer-joy ajratish

905

tadbirkorlik asoslari о‘quv kurslarida о‘qish

906

boshqa (quyonchilik, asalarichilik va h.k.)

X. KASB-HUNARGA О‘QISH ISTAGI

907

qurilish sohasi

908

qishloq xо‘jaligi sohasida

909

ishlab chiqarish sohasi

910

xizmat kо‘rsatish sohasida

911

xorijiy tillarga о‘qish

XI. BOSHQA IJTIMOIY HOLATI

11

nogiron farzand tarbiyalayotgan

12

nogironligi bor

13

oilaviy zо‘ravonlik qurboni bо‘lgan ayol

14

ajrim yoqasida

15

notinch oiladagi ayol

16

harbiy xizmatdan qaytgan, lekin ishga joylasha olmagan shaxs

17

jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan shaxs

18

yetimlik (chin, yarim, ijtimoiy) toifasidan biriga kiradi

19

uy-joyga ehtiyoji bor

20

boshqa (yuqoridagi toifalarga kirmaydi)

5. Bir marta beriladigan moddiy yordam qancha miqdorda va kimlarga beriladi?

Moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashning aniq miqdori yoshning hayotiy vaziyati murakkabligini inobatga olgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq tо‘lab beriladi.

Vasiylik kengashi – “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan kollegial tuzilma.

Bir marta beriladigan moddiy yordam tо‘liq davlat ta’minotida bо‘lmagan, hayotiy murakkab vaziyatga tushgan yoshlarga, birinchi navbatda, quyidagilarga tayinlanadi:

  1. boquvchisini yо‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bо‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga;
  2. о‘zgalar parvarishiga muhtoj bо‘lgan ishga layoqatsiz yoshlarga;
  3. I va II guruh nogironi bо‘lgan yoshlarga;
  4. qaramog‘ida nogiron bola bо‘lgan yosh oila (er-xotinning biri)ga;
  5. ota-onalardan biri I yoki II guruh nogironi bо‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini tо‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bо‘lgan yoki ikkala ota-ona ham I yoki II guruh nogironi bо‘lgan yoshlarga;
  6. tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan yoshlarga.

Murakkab hayotiy vaziyatga tushgan boshqa toifadagi yoshlarga, asoslantiruvchi sabablari mavjud bо‘lganda, sektorlar rahbar­larining xulosalariga asosan Vasiylik Kengashi qarori bilan bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

DIQQAT!

Arizachiga bir martalik moddiy yordamni berish haqida qaror qabul qilinganida, arizachi ishga kirish, kasb о‘rganish, о‘zini-о‘zi band qilish kabi majburiyatlarni olishini nazarda tutuvchi (mehnatga layoqatsiz va nogiron shaxslar bundan mustasno) sektor rahbari va arizachi о‘rtasida ikki tomonlama ijtimoiy shartnoma tuziladi.

Arizachi – “Yoshlar daftari”ga kiritishni sо‘rab murojaat qilgan yosh fuqaro.

Shaxsga bir martalik moddiy yordam berilishi uni “Yoshlar daftari”dan chiqarishga asos bо‘lmaydi.

Moddiy yordam shaxsga bir kalendar yil davomida bir marotaba beriladi.

6. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlik, kasb-hunar, haydovchilik va qayta tayyorlov kurslarida о‘qitish xarajatlari qanday tartibda qoplab beriladi?

Nodavlat kasb-hunarga о‘qitish markazlariga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga о‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda, yoshlarni tadbirkorlikka о‘qitish xarajatlarining har bir bitiruvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bо‘lmagan qismi, kasb-hunarga va haydovchilik kurslarida о‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli о‘quv kurslari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 4, 8, 12 baravaridan kо‘p bо‘lmagan qismi qoplab beriladi.

Nodavlat kasb-hunarga о‘qitish markazlari – yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka о‘qitish vakolatiga ega bо‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim muassasalari.

О‘quv kurslari xarajatlarining qolgan qismi tinglovchi tomonidan nodavlat kasb-hunarga о‘qitish markaziga о‘quv kursi boshida tо‘lab berilishi lozim. О‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga maxsus sertifikat beriladi.

О‘quv kurslarini tamomlagan va maxsus sertifikatga ega bо‘lgan bitiruvchilarning о‘qitishga sarflagan xarajatlarini qoplab berish uchun nodavlat kasb-hunarga о‘qitish markazi tomonidan Vasiylik kengashiga murojaat kiritiladi (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda).

Murojaat kiritilgan kunidan boshlab uch ish kuni mobaynida Vasiylik kengashi tomonidan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari yoki qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan nodavlat kasb-hunarga о‘qitish markaziga belgilangan tartibda kompensatsiya mablag‘lari о‘tkazib beriladi.

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bо‘limi buyurtmasiga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar:

tuman (shahar) aholi bandligiga kо‘maklashish markazlari tomonidan “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga о‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga о‘qitish maskanlarida kasb-hunarga;

Savdo-sanoat palatasi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, О‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qо‘llab-quvvatlash markazi, “Yosh fermerlar kengashi” nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan alohida tashkil etiladigan 48 soatlik (haftalik) о‘quv dasturi asosida tadbirkorlikka bepul о‘qitiladi.

О‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga maxsus sertifikat beriladi.

Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida о‘qitish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bо‘lgan qismi mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinishi mumkin.

7. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga urug‘lik va kо‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi qanday?

Tomorqa yer egasi bо‘lgan yoki “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlari ajratib berilgan yoshlarga urug‘lik va kо‘chatlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq tо‘lab beriladi.

Bunda, sektorlar shtabi kotibi tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshning murojaati kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida joyiga chiqqan holda arizachining tomorqa yerida yoki ikkilamchi ijara huquqi asosida ajratilgan ekin maydonida urug‘lik va kо‘chatlar ekish uchun mavjud sharoitni о‘rganadi va о‘rganish natijasi bо‘yicha dalolatnoma tuzadi.

О‘rganish natijasiga kо‘ra, arizachining tomorqa yeriga yoki ikkilamchi ijara huquqi asosida ajratilgan ekin maydonida urug‘lik va kо‘chatlar xarid qilinishi bо‘yicha xulosa Vasiylik kengashiga kiritiladi. Vasiylik kengashi, yetkazib beruvchi tashkilot, arizachi о‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzish orqali “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratiladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xо‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga “Temir daftar” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan urug‘liklar va kо‘chatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratilishi mumkin.

Dehqon xо‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni sektor, klaster va fermer xо‘jaliklari rahbarlari tomonidan patronajga olish tizimi orqali “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga ajratilgan yer uchastkalarini о‘zlashtirish, agrotexnik tadbirlarni о‘tkazish, yerlar hosildorligini oshirish, yetishtirilgan mahsulotni realizatsiya qilish va boshqa masalalarda yordam kо‘rsatiladi.

8. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati va о‘zini о‘zi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlari qanday tartibda qoplab beriladi?

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki о‘zini о‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida rо‘yxatdan о‘tgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining
25 baravarigacha qismi qoplab berilishi mumkin.

Noturar joyning ijara xarajatlarini qoplash uchun arizachi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. Vasiylik kengashi raisi nomiga ariza;
  2. fuqarolik pasporti ma’lumotlari;
  3. tadbirkorlik subyekti guvohnomasi nusxasi yoki о‘zini о‘zi band qilgan sifatida rо‘yxatdan о‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod);
  4. ijara shartnomasi nusxasi.

Arizachi bino va inshootdan foydalanayotganligi tо‘g‘risida ijaraga beruvchi bilan har oy yakuni bо‘yicha tuziladigan va keyingi oyning 5 sanasigacha taqdim etiladigan dalolatnomaga asosan Vasiylik kengashi bino va inshootning ijara haqi uchun tо‘lovni ikki ish kunida ijaraga beruvchining hisob raqamiga о‘tkazadi.

DIQQAT!

О‘rganish jarayonida ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan bino va inshootdan foydalanilmayotganligi aniqlangan taqdirda sektor rahbarining taqdimnomasiga asosan ijara tо‘lovi uchun subsidiya berish tо‘xtatiladi.

Sektor shtabi kotibi ijaraga olingan bino va inshootni ijaraga oluvchi tomonidan haqiqatda foydalanayotganligi tо‘g‘risida har uch oy mobaynida kamida bir marta monitoring asosida о‘rganadi.

9. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va о‘zini о‘zi band qilishga zarur bо‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish tartibi qanday?

Tadbirkorlik yoki о‘zini о‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bо‘lgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollari (motokultiva­torlar, о‘t о‘rish о‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparat­lari, о‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangar­lik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar)ni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi.

Asbob-uskuna, mehnat qurollari uchun subsidiya ajratish uchun arizachi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. Vasiylik kengashi raisi nomiga ariza;
  2. fuqarolik pasporti nusxasi;
  3. tadbirkorlik subyekti guvohnomasi yoki о‘zini о‘zi band qilgan sifatida rо‘yxatdan о‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod);
  4. asbob-uskuna, mehnat qurollarining turi, miqdori, tovarning markasi, taxminiy xarid narxi.

Arizachi kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakani oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga о‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan va tadbirkor yoki о‘zini о‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat rо‘yxatidan о‘tgan bо‘lsa, unga asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi.

Vasiylik kengashi, yetkazib beruvchi tashkilot, arizachi о‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzish orqali “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratiladi.

Arizachiga ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan samarali foydalanilayotganligi, uning texnik holati sozligi kafolat muddati davomida sektor shtabi kotibi tomonidan о‘rganiladi. О‘rganish davomida asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan ish faoliyatida foydalanilmaganligi aniqlangan taqdirda, arizachidan tо‘langan subsidiyani qaytarish choralari kо‘riladi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida tо‘lov-kontrakt asosida о‘qish bо‘yicha yillik xarajatlarini tо‘lab berish “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq tо‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.

10. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish bо‘yicha tо‘lov-kontrakt summasi tо‘lab beriladimi?

Professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan о‘quvchi-talabalar tо‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini tо‘lab berishni sо‘rab Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza;

fuqarolik pasporti nusxasi;

tо‘lov-kontrakt asosida о‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda о‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun tо‘lov miqdori kо‘rsatilgan bо‘lishi lozim.

Mazkur masala bо‘yicha murojaat qilgan fuqaro tо‘lov-kontrakt summasining qolgan qismini tо‘lash imkoniyatini asoslantirishi lozim. Belgilangan tо‘lov-kontrakt mablag‘lari professional yoki oliy ta’lim muassasasining hisob raqamiga mablag‘ о‘tkazish yо‘li bilan beriladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bо‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida о‘qish xarajatlarining bir qismini, shuningdek, ular bо‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun о‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

11. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun kompensatsiya tо‘lab beriladimi?

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarning sektorlar rahbarlariga va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bо‘limlariga bergan arizasiga muvofiq, ularga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda tо‘lab berilishi mumkin.

Arizaga ijara shartnomasi nusxasi ilova qilinadi. Ariza besh ish kunidan kechiktirmasdan kо‘rib chiqiladi va о‘rganish natijalari bо‘yicha tayyorlangan xulosa bilan Vasiylik kengashiga taqdim etiladi.

Murojaat belgilangan talablarga muvofiq bо‘lsa, Vasiylik kengashi yosh oilaga ijara haqini tо‘lab berish uchun subsidiya ajratish tо‘g‘risida qaror qabul qiladi va unga muvofiq ijaraga beruvchiga kompensatsiya tо‘lab beriladi.

Ijara haqini tо‘lab berish uchun subsidiya ajratishda:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va ular bilan birga turadigan oila a’zolariga, har bir oila a’zosiga tо‘g‘ri keladigan umumiy maydoni eng kо‘pi bilan 16 kvadrat metrdan (kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa 23 kvadrat metrdan) kam bо‘lmagan hajmda, biroq bir oila uchun jami 48 kvadrat metr oshmagan holda nazarda tutiladi;

turar joydan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joyning umumiy maydonidan kelib chiqib, uning 1 kvadrat metr uchun bir oyga Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizigacha, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida 4 foizigacha hamda boshqa hududlarda 2 foizigacha miqdorda belgilanadi. Bunda turar joyning 1 kvadrat metr uchun tо‘lanadigan bazaviy hisoblash miqdorining aniq foizi har bir fuqaro uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.

Sektor shtabi kotibi tomonidan ijaraga olingan xonadonda ijaraga oluvchi haqiqatda yashayotganligi har oyda bir marotaba о‘rganiladi. О‘rganish jarayonida ijaraga oluvchi ijaraga olingan xonadonda doimiy yashamayotganligi aniqlangan taqdirda bu haqda tо‘plangan asoslovchi hujjatlarga muvofiq ijara tо‘lovi uchun kompensatsiya tо‘lash tо‘xtatiladi.

12. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ish bilan bandligi qanday ta’minlanadi?

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash quyidagi yо‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  1. qurilish sohasida ishlash istagidagi yoshlarni hududdagi obyektlarni qurish ishlariga haq tо‘lash evaziga ish о‘rinlariga joylashtirish;
  2. qishloq xо‘jaligi sohasida ishlash istagidagi yoshlarni hududdagi fermer va dehqon xо‘jaliklari, qishloq xо‘jaligi kooperativlari ishlariga haq tо‘lash evaziga ish о‘rinlariga joylashtirish, shuningdek, “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida g‘alladan bо‘shagan yerlarda takror sug‘oriladigan yer maydonlaridan ekin ekish uchun va dehqon xо‘jaligi yuritish uchun ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlarini ajratib berish;
  3. ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish korxonalarida ishlash istagidagi yoshlarni tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda, hududlardagi xususiy tadbirkorlik korxonalaridagi ish о‘rinlariga joylashtirish;
  4. mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish о‘rinlariga ishga joylashtirish hamda haq tо‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
  5. ishsizlik nafaqasini tayinlash va tо‘lash choralarini kо‘rish;
  6. “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida
    1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish orqali ularning bandligini ta’minlash choralarini kо‘rish.

13. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish tartibi qanday?

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yо‘lga qо‘yish va rivojlantirish uchun kredit olish istagida bо‘lgan yoshlarga tijorat banklarga ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi xizmatlar kо‘rsatiladi:

  1. tadbirkorlik tashabbusiga ega yoshlarning biznes loyiha­larini moliyalashtirishda raqamli texnologiyalardan keng foyda­lanish;
  2. mikrokredit olgan yosh tadbirkorlar faoliyatini doimiy kuzatib borish hamda ularga maslahat va kо‘mak berish institutini shakllantirish;
  3. о‘quv kurslarini tamomlab va keyinchalik mikrokredit olib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilib borishning yagona “raqamli” tizimini joriy etish;
  4. bank mijozlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun xaridorlar topish va bozorlarni kengaytirishda kо‘maklashish.

Tijorat banklari tomonidan yoshlarga baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda faoliyat­larini tashkil etish uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratiladi.

Bunda, Savdo-sanoat palatasi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘arma­sining hududiy bо‘linmalari joylarda tadbirkorlik faoliyatini yо‘lga qо‘yish istagini bildirgan yoshlarning tadbirkorlik kо‘nik­malarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga kо‘maklashadi.

14. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijda mehnat migratsiyasi qanday tashkil etiladi?

Yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish О‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yо‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan yoshlar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida, xususan, hududlardagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga о‘qitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga о‘qitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga о‘qitish maskanlarida kasb-hunarga о‘qitiladi (xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan shaxslar bundan mustasno).
  2. tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yо‘li bilan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoshlarning haq-huquqlarini ta’minlashga va kо‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
  3. mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan yoshlarni reintegratsiya qilish, shu jumladan, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlan­tirish hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlar kо‘riladi.

15. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladimi?

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin.

16. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga qanday turdagi tibbiy yordam kо‘rsatiladi?

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga tibbiy xizmat kо‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. tibbiy yordamga muhtoj yoshlarning sog‘lig‘i sektor ishchi guruhlari tomonidan tegishli tibbiyot xodimlarini jalb qilgan holda о‘rganiladi;
  2. о‘rganish natijasi bо‘yicha kasallik aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj yoshlar tibbiy kо‘rikdan о‘tish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi kо‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;
  3. tibbiy kо‘rik natijasi yuzasidan kо‘rsatma bо‘yicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulator sharoitda davolanadi;
  4. ahvoli og‘ir bо‘lgan bemorlarga kо‘rsatma bо‘yicha viloyat ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga yoki respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga davolanish uchun bepul order ajratiladi;
  5. nogironlik belgilari aniq namoyon bо‘lgan bemorlar belgilangan tartibda kо‘rikdan о‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bо‘lgan bemor farzandlarining mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davo­lanish bilan bog‘liq xarajatlarining bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdordagi qismi tegishli soha mutaxas­sislari xulosasiga asosan Vasiylik kengashi tomonidan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

17. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga qanday turdagi huquqiy yordam kо‘rsatiladi?

Huquqiy yordam olishga muhtoj yoshlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar bо‘yicha huquqiy yordam kо‘rsatiladi:

prokuratura organlari – huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yoshlarga amaliy yordam kо‘rsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak bо‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga kо‘maklashadi;

ichki ishlar organlari – tazyiq va zо‘ravonlikdan jabrlangan yoshlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish choralarini kо‘radi;

adliya organlari – bepul huquqiy maslahatlar beradi.

18. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga qanday turdagi psixologik yordam kо‘rsatiladi?

Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat kо‘rsatish respublika markazi, Zо‘rlik ishlatishdan jabr kо‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda о‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bо‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi, Respublika ijtimoiy moslashuv markazi, ta’lim muassasalarining malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.

Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat kо‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlar Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

19. Yoshlar qaysi hollarda “Yoshlar daftari”dan chiqariladi?

Yoshlar quyidagi hollarda “Yoshlar daftari”dan chiqariladi:

  1. bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bо‘lganda;
  2. tо‘lov-kontrakt asosida о‘qish bо‘yicha yillik xarajatlar belgilangan tartibda tо‘lab berilganda;
  3. tadbirkorlik faoliyati hamda о‘zini о‘zi band qilish maqsadida noturar joyning ijara xarajatlari qoplanganda yoki mazkur faoliyat uchun zarur bо‘lgan asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilganda;
  4. turar-joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda tо‘lab berilganda;
  5. malakali tibbiy xizmat kо‘rsatilganda;
  6. tо‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
  7. aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;
  8. о‘z arizasiga kо‘ra;
  9. “Yoshlar daftari”ga noqonuniy kiritish holati aniqlan­ganda;
  10. boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
  11. sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
  12. arizachiga kо‘mak berish bо‘yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;
  13. arizachi vafot etgan taqdirda.

Ish beruvchi tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq tо‘lovi hisoblanganda hamda ushbu ma’lumotlar О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasining markazlashtirilgan axborot bazasida va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan taqdirda ish bilan bandligi ta’minlangan deb hisoblanadi va “Yoshlar daftari”dan chiqarish uchun asos bо‘ladi.

Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga kо‘chib о‘tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bо‘yicha rо‘yxatga olingan kundan boshlab о‘n besh kundan kechiktirmasdan “Yoshlar daftari”ga tegishli о‘zgartirishlar kiritiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021 y., 03/21/671/0093-son;
  2. О‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. Qonun­chilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son;
  3. О‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi tо‘g‘risida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021 y., 03/21/681/0264-son;
  4. О‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018 y., 03/18/486/1559-son;
  5. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017–2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qо‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida” PF–6155-son Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumot­lari milliy bazasi, 04.02.2021 y., 06/21/6155/0082-son;
  6. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qо‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021 y., 06/21/6188/0216-son;
  7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ–4602-son qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020 y., 07/20/4602/0186-son;
  8. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash va bandligiga kо‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF–6208-son Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021 y., 06/21/6221/0428-son;
  9. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va kо‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 250-son qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021 y., 09/21/250/0389-son;
  10. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-iyundagi “О‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qо‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 400-son qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021 y., 09/21/400/0616-son.

MURODULLAYEV DOSTONJON NIGMATULLO О‘G‘LI

“YOSHLAR DAFTARI”

IMTIYOZLARI

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir O. Choriyev

Muharrir Sh. Jahonov

Musahhih M. Patillayeva

Texnik muharrir U. Sapayev

Dizayner D. Rajapov

08.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 1,86 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 117-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

QAYDLAR UCHUN

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

QAYDLAR UCHUN

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________