KIRISH
Bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, davlat-huquqiy munosabatlarning butun tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish bo‘yicha oldimizda turgan keng ko‘lamli vazifalar, avvalo, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish masalasi bilan bevosita bog‘liqdir.
O‘tgan davrda yurtimizda demokratik huquqiy davlat barpo etishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sud-huquq tizimini shakllantirishning mutlaqo yangi konsepsiyasi amalda joriy etildi. Xususan, javobgarlikdan ozod qilish asoslarini takomillashtirish, javobgarlikdan ozod qilishda qatnashuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining faoliyatining jinoyat-huquqiy mexanizmlari samarasini oshirish zarurati muntazam ravishda muhokama qilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoniga ilova sifatida “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” konsepsiyasida 100 ta maqsad qabul qilingan. 14-maqsad sifatida: “Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash” deb nomlanib, uning 4-qismida “Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish” belgilanganligi bugungi kunda respublikamizda javobgarlikdan ozod qilish asoslarini takomillashtirish jinoyat-huquqiy siyosatdagi markaziy va dolzarb masalalardan biri ekanligidan dalolat beradi.
1-§. JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH
TUSHUNCHASI
Xo‘sh jinoyat o‘zi nima va uning huquqiy oqibati qanday?
Jinoyat uchun javobgarlik – jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilinish mumkinmi?
Avvalo, mazkur savolga javob topishdan oldin jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish deb – shaxs sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishida aybdorlik masalasi hal qilinmasdan turib, uning barcha huquqiy oqibatlaridan uni ozod qilishga aytiladi.
Ya’ni:
- sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi uchun JK asosida javob berish majburiyatidan;
- uning harakatlari davlat tomonidan salbiy baholanishidan;
- aybdorga jinoiy huquqiy ta’sir choralarini qo‘llanilishidan;
- sudlanganlik holatining yuzaga kelishidan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi beshinchi bo‘limi “Javobgarlikdan va jazodan ozod qilish” deb nomlanib, XII bobi “Javobgarlikdan ozod qilishning turlari” deb nomlanadi. U 6 ta moddani o‘z ichiga oladi. Ularga:
- javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish (JK 64-moddasi);
- qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (JK 65-moddasi);
- aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (JK 66-moddasi);
- yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (JK 661-moddasi);
- kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish (JK 67-moddasi);
- amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (JK 68-moddasi)
kiradi.
2-§. JINOIY JAVOBGARLIKDAN KIMLAR OZOD QILINADI?
Jinoyat subyekti deganda – ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilgan va jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs tushuniladi.
Subyekt ham jinoyat tarkibining bir elementi sifatida, o‘zining zaruriy va fakultativ belgilariga ega.
Jinoyat subyektining zaruriy belgilari quyidagilar:
- jismoniy shaxs bo‘lishi;
- aqli rasolik;
- jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetganligi.
Ayrim hollarda, jinoyat qonuni, subyektga yuqorida ko‘rsatilgan belgilardan tashqari qo‘shimcha belgilarni ham bo‘lishini talab qiladi. Bu belgilarga ega bo‘lgan shaxslar esa – maxsus subyekt deb yuritiladi.
Aqli rasolik deb – shaxs jinoyat sodir etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaganlik va o‘z harakatlarini boshqara olganligiga aytiladi.
Jinoyat sodir etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o‘z harakatlarini boshqara olgan shaxsgina aqli raso shaxs deb topiladi.
Agar ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida o‘z harakatlarini ahamiyatini anglay olmagan yoki o‘z harakatlarni boshqara olmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Bunday shaxslar aqli noraso shaxs deb topiladi.
Shaxsni aqli noraso deb topish uchun quyidagi mezonlar bo‘lishi talab qilinadi. Ularga:
– Yuridik mezon;
– Tibbiy mezon kiradi.
– tafakkuriy (shaxs sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishining xavflilik xususiyatini anglamaslik);
– irodaviy (o‘z harakatlarini boshqara olmaslik) kabi belgilaridan tashkil topadi.
Mana shu ikki belgidan birining mavjud bo‘lishi yuridik mezon mavjudligini ko‘rsatadi. Ya’ni shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida o‘z harkatlarini anglay olmagan bo‘lsa yoki o‘z harakatlarni boshqara olmagan bo‘lsa ham uni jinoiy javobgarlikka tortib bo‘lmaydi.
Aqli norasolikning yuridik mezoni deganda – shaxs o‘zi sodir qilayotgan qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamasligi yoki o‘z harakatlarini boshqara olmasligi natijasida jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazishiga aytiladi.
Shaxsning bunday ko‘rinishdagi harakatining sababi esa, tibbiy mezonda ko‘rinadi.
Tibbiy mezon – shaxs ruhiy holati buzilganligining belgilarini ifodalaydi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
– surunkali ruhiy kasallik;
– vaqtinchalik ruhiy kasallik;
– aqli zaiflik;
– kasallikning boshqa holatlari.
Aqli noraso holatda, sodir qilingan qilmishlar uchun sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jazo chorasi deb e’tirof etilmaydi.
Jinoyat qonuni mastlik holatida sodir qilingan qilmish uchun jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi va shaxsni aqli noraso holatda deb topmaydi. Mastlik holatida jinoyat sodir etish, jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qabul qilinadi.
Mastlik – inson ongiga ta’sir qiladigan ma’lum bir vositalarni qabul qilish orqali vujuga keladigan holat. Ushbu vositalarga:
– alkogol ichimliklar;
– psixotrop moddalar;
– giyohvandlik vositalari;
– kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar kiradi (masalan, toksikomaniya).
Lekin patologik mastlik ayrim hollarda shaxsni aqli noraso holatda deb topishga sabab bo‘lishi mumkin.
Jinoyat qonuni bo‘yicha jinoyat sodir etgunga qadar jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan aqli raso jismoniy shaxsgina, jinoiy javobgarlikka tortiladi. JK 17-moddasiga ko‘ra, subyekt yoshining uchta darajasi ko‘rsatiladi.
Bular: 14 yosh, 16 yosh va 18 yosh.
– Jinoyatning umumiy subyekt yoshi 16 yosh deb belgilangan.
Jinoyat qonuni talabiga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxsning yosh chegaralari aniq belgilanishi uchun shaxsning tug‘ilgan yili, oyi, kuni aniqlanishi lozim. Shaxsni ma’lum bir yoshga to‘lgan deb topish uchun uning yoshi tug‘ilgan kunidan emas, balki keyingi kundan boshlab hisoblanadi.
Odatda, yosh tug‘ilganlik to‘g‘risidagi ma’lumot (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasport)ga qarab aniqlanadi.
Agar shaxsning yoshi haqida aniq ma’lumot bo‘lmasa, tug‘ilgan vaqt sud tibbiyot ekspertizasi orqali aniqlanadi. Bunda ham xulosa aniq bir yoshni emas, balki yoshning minimal va maksimal chegarasini aytadi (Masalan: shaxs 14 – 16 yoshlar orasida).
Bunday holda shaxsning yoshi ekspertiza bergan xulosadagi minimal yosh chegarasidan kelib chiqib tayinlanadi. Bunda shaxsni tug‘ilgan kuni deb, shu minimal yoshdan kelib chiqib aniqlangan yilning 31-dekabridan olinadi.
JK Maxsus qism moddalarida ushbu jinoyatlar uchun moddaning o‘zida to‘g‘ridan to‘g‘ri yosh chegarasi ko‘rsatilmaydi. Har bir modda bo‘yicha yosh chegarasi JK 17-moddasi orqali aniqlanadi. Chunki ushbu moddada barcha jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshi chegarasi belgilangan.
Yuqoridagi zaruriy belgilarga ega bo‘lgan shaxs agar jinoyat sodir etsa u jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xo‘sh bunday holatda jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinmi? Bu savolga amaliy misol bilan javob berishga harakat qilamiz.
Masalan, A. ismli shaxs B. ismli shaxs bilan o‘rtalarida kelib chiqqan nizo natijasida uning badanining turli sohalariga urib-do‘pposlab, o‘rtacha og‘ir tan jarohati (JK 105-moddasi) yetkazsa, jinoyat qonunchiligiga ko‘ra,
shaxs jinoiy javobgarlikdan qanday ozod qilinishi mumkin? A. ismli shaxs muqaddam sudlanmagan bo‘lsa, aybiga ixtiyoriy iqror bo‘lsa va yetkazilgan zararni to‘liq qoplasa O‘zbekiston Respublikasi JKning 661-moddasiga muvofiq, mazkur qilmish yarashuvga tushishini inobatga olib, A.ga nisbatan yuritilgan jinoyat ishini yarashganlik munosabati bilan tugatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 68-moddasiga ko‘ra jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida ham javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 16-son 2006-yil 22-dekabrdagi Qaroriga muvofiq, amnistiya akti ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etgan muayyan toifa shaxslarga nisbatan davlat tomonidan ko‘rsatiladigan insonparvarlik ifodasi bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad mazkur shaxslarga nisbatan ma’muriy yoki jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qo‘llamagan holda ularning axloqan tuzalishi uchun imkoniyat berish yoxud bunday choralar qo‘llanilgan shaxslar holatini yengillashtirishdir. Amnistiya akti ma’muriy va jinoyat qonuni normalaridan farq qilib, amal qilish davrida sodir etilgan qilmishga nisbatan emas, balki kuchga kirgunga qadar sodir etilgan qilmishga nisbatan qo‘llaniladi.
3-§. JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH TURLARI
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi XII bobi “Javobgarlikdan ozod qilishning turlari” deb nomlanadi. U 6 ta moddani o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilar:
- javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish (JK 64-moddasi);
- qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (JK 65-moddasi);
- aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (JK 66-moddasi);
- yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (JK 661-moddasi);
- kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish (JK 67-moddasi);
- amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (JK 68-moddasi)
kiradi.
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi.
Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa, muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini bo‘yniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning o‘tishi qaytadan tiklanadi.
Agar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning o‘tishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari o‘tmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi.
Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar Jinoyat Kodeksning 150– 157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160-, 161- va 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi:
Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish
- Jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik Javobgarlikka tortish muddati darajasi
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan | |||
1. | jinoyat sodir etilgan kundan | ikki yil | |
boshlab | |||
2. | uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat | to‘rt yil | |
sodir etilgan kundan boshlab. | |||
3. | og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan | sakkiz yil | |
boshlab. | |||
4. | o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan | o‘n to‘rt yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs | |
kundan boshlab. | javobgarlikdan ozod qilinadi | ||
Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari quyidagilar:
- sodir etilgan qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi;
- jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi.
Sodir etilgan qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi yoki jinoyat sodir etgan shaxs o‘zining ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topish vakolati dastlabki tergov va sud idoralariga berilgan. Ushbu asos bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilish sharti sodir etilgan qilmish yuzasidan sud hukmi chiqmasdan sharoit o‘zgarishi tufayli qilmish yoki shaxs o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishini nazarda tutadi.
Sharoitning o‘zgarishi shaxsning ruhiy munosabatiga tegishli bo‘lmagan holat hisoblanadi va bunda shaxs tomonidan sodir etilgan qilmish yoki kelib chiqqan oqibat ijtimoiy voqelikda ahamiyatini yo‘qotganligi yoxud kelib chiqqan oqibatga shaxsning obyektiv mezonlarga ko‘ra ijobiy xulq-atvorining paydo bo‘lishini tushunish lozim.
Shunday paytlar bo‘ladiki, jinoyat sodir etgan shaxs zudlik bilan qo‘riqlanyotgan obyektni tiklaydi. Endi qo‘riqlanayotgan qaysidir obyektga zarar yetkazmaydi.
G‘ayriqonuniy ravishda taqiqlangan joyda baliq ovlash ijtimoiy xavfli hisoblanib, Jinoyat kodeksining 204-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Agar baliqlarning ko‘payib ketishi yoki hayvonot olamining qirilib ketishi natijasida ov qilishga ruxsat berilgan bo‘lsa, bunday harakat jinoyat hisoblanmaydi.
Bundan tashqari, qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi deganda qilmish Jinoyat kodeksidan chiqarilib, ma’muriy yoki intizomiy qonunchilikka o‘tib ketishi ham nazarda tutilgan.
Shaxsning yoki qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topish uchun dastlabki tergov, sud majlisi yoki undan so‘ng vujudga kelganligini e’tiborga olish lozim. Vaziyatning o‘zgarishi bilan ayblanuvchi shaxs surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror roziligi bilan qabul qilgan qarori, prokurorning qarori, sudning jinoyat ishini tugatish haqidagi qarori yoki ajrimiga ko‘ra jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin1.
- Рустамбоев М.Ҳ. Жиноят ҳуқуқи.Умумий қисм. Олий ўқув юртлари учун дарслик: –
Тошкент, 2006. –Б.413.
Qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatining yo‘qotishiga mintaqa, mamlakat muayyan hududda yuz beradigan ijtimoiy, iqtisodiy yoki siyosiy o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Agar bunday o‘zgarishlar qilmish sodir etilgandan boshlab sud hukmi chiqquniga qadar yuz bersa va ular qilmishning xavflilik xususiyatini yo‘qotsa, shaxsni jazolashga hojat qolmaydi.
Masalan, bir fuqaro Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz asosda kirsa, JK 223-moddasini buzgan hisoblanadi.
Tergov yoki sud jarayoni o‘tayotgan paytda har ikki davlat fuqarolarining harakati uchun vizasiz rejimni joriy qilish haqidagi shartnoma imzolansa, qilmish xavfliligini yo‘qotadi.
Binobarin, Qozog‘iston fuqarolarini jazolashga o‘rin qolmaydi. Bu kabi holatni 197-modda misolida ham ko‘rish mumkin.
Jumladan, ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan zaruriy chora ko‘rilmaganligi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Agar bunday yerlarni ularga mulk qilib berish haqidagi Prezident farmoni chiqarilsa va yerlar kishilarga tomorqa mulki qilib berilsa, qilmish o‘z xavfliligini yo‘qotadi. Bu kabi misollarni 198-, 202-, 203-moddalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Qilmishning o‘z xavfliligini yo‘qotishi aynan shu qilmish o‘zida ifoda etuvchi moddaning Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlanishiga olib kelmaydi. Faqat ma’lum bir ijtimoiy munosabatlardagina o‘zgarishlar yuz berishiga olib keladi, xolos. Jinoyatlarning dektiminallashtirilishi ham qilmish ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishga sabab bo‘ladi.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi ko‘pincha davlat miqyosida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga bog‘liq.
Sharoit o‘zgarishi shaxsning jinoyat sodir etgandan keyingi hayotiga bog‘liq bo‘ladi. Uning ishdan bo‘shab ketishi, og‘ir kasallikka chalinishi,
oilaviy hayotning izga tushishi, o‘qishga kirishi sharoit o‘zgarganligini ko‘rsatadi.
Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli keltirilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilib, aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Jinoyat sodir etgandan so‘ng ba’zi jinoyat sodir etgan shaxslar o‘zlarining huquqqa xilof harakatini anglaydi va ularni bartaraf etishga tushadi. Ko‘pincha bunday shaxslar ilgari jinoyat sodir etmagan, ta’lim-tarbiya jihatdan mo‘tadil sharoitda tarbiyalangan, jamiyatda obro‘si yo‘qolishidan qo‘rqadigan shaxslar bo‘ladi. Intellektual salohiyati, aqliy qobiliyati orqali jabrlanuvchidan kechirim so‘raydi, jamiyat oldida pushaymonligini bildiradi. Bu subyektiv belgilarga kiradi. Obyektiv belgilar bu jabrlanuvchilarni izlashi, topishi, ularning oldida aybdorlik hissini tuyushi va qilgan ishidan pushaymonligini so‘z orqali bildirishi hisoblanadi.
Shaxs o‘z aybiga pushaymon bo‘lishi uning og‘zaki va amalda harakatlari orqali pushaymon bo‘lishini ifodalaydi.
Ushbu turdagi javobgarlikdan ozod qilishning ikki: obyektiv va subyektiv asoslari quyidagilar:
Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish asoslari
asoslari | belgilari |
– sodir qilingan jinoyat ijtimoiy xavfi katta Obyektiv asoslariga: bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni
tashkil qilishligi;
– jinoyatning birinchi marta sodir etilganligi.
– aybdor o‘z aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilishi;
– jinoyatning ochilishiga faol yordam berishi; Subyektiv asoslariga – jinoyat tufayli keltirilgan zararni ixtiyoriy ravishda
bartaraf qilishi;
– chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi;
– jamiyat uchun xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi.
O.S. Lustovaning ta’kidlashicha, aybiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishda quyidagi holatlar hisobga olinishi kerak:
- Aybini bo‘yniga olish huquqni muhofaza qiluvchi organlariga bevosita yoki pochta orqali, telefon orqali murojaat qilish kerak. O‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organlar qo‘liga jinoiy javobgarlikdan real qochish imkoni bo‘la turib topshirish.
- Jinoyatni ochish qobiliyati – shaxs o‘zining ichki ishonchiga asoslanib, tergov va surishtiruv organlariga turli tergov harakatlarini amalga oshrishga yordam beradi, natijada ishtirokchilar ayblanadi, u yoki bu dalillar topiladi, jinoyatning ochilmagan holatlari aniqlanadi.
Bu javobgarlikdan ozod qilish turida jinoyat sodir etgan shaxsni huquqni muhofaza qiluvchi organ qo‘lga olgandan keyin emas, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xabari bo‘lmaganida o‘zining muayyan harakati orqali jinoyat sodir etganini bildirishi va qanday sodir etilgan va dalillar olinishiga amalda yordam berishida ifodalanadi.
Tergov va sud amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, jinoyatni oshkor qilishga ko‘maklashish – sodir etilgan jinoyatning barcha holatlari to‘g‘risidagi haqiqat bayonoti, tergov harakatlarida faol ishtirok etish va jinoyatga sheriklarning ko‘rsatib berishi bilan amalga oshiriladi.
Aybdor tomonidan yetkazilgan moddiy zararni qoplash, ya’ni jabrlanuvchiga ba’zi narsalarni o‘tkazish yoki o‘g‘irlangan, yo‘q qilingan yoki buzilgan ekvivalenti bo‘lgan qimmatbaho buyumlar yetkazilgan zararni mulkiy yoki mustaqil ravishda bartaraf etish (masalan, mulkni
tuzatish yoki ta’mirlash). Ma’naviy zararni qoplash jabrlanuvchiga beriladigan pul yoki boshqa moddiy tovon puli shaklida ham, unga shaxsiy yoki jamiyat oldida kechirim so‘rash shaklida ham amalga oshirilishi mumkin. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararni qoplashni jinoyatlarning moddiy, jismoniy, ma’naviy oqibatlarini bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Jinoyat natijasida yetkazilgan zararni yumshatish boshqa yo‘l bilan jabrlanuvchining davolanish xarajatlarini qoplash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin (masalan, davolanish xarajatlari, dori-darmon va boshqalar)2.
Jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar, albatta, pul yoki natura ko‘rinishida qoplanishi zarur. Bu esa yetkazilgan zararning o‘rnini ma’lum bir tarzda jinoyat sodir etgan shaxsdan jabrlanuvchiga yetkazilishi jinoyat sodir etgan shaxsni tuzatishga xizmat qiladi.
Demak, shaxsning jinoyat sodir etgandan keyin har qanday yaxshi xulq-atvori inobatga olinadi va uning ahvoli yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish, jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytishdan ajratib turadi va ikkisi ham jinoyat huquqining mustaqil institutidir. Farqlash uchun asos – bu shaxsning ijobiy xulq-atvori vaqti. Jinoyatni ixtiyoriy ravishda qaytish, jinoyatni shaxs tomonidan oxiriga yetkazilmagan, shu munosabat bilan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas va shu sababli uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga hojati yo‘q. Shunga ko‘ra, ixtiyoriy qaytish jinoyatchidan javobgarlikdan ozod qilish turlariga taalluqli emas3.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning aybiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishdan farqi, muayyan ijtimoiy munosabat buzilganligidir. Ixtiyoriy qaytishda bu munosabat buzilmaydi, aybiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishda ijtimoiy munosabat buziladi.
- Лустова О.С. Деятельное раскаяние. Эффективность применения поощрительных норм
Jinoyatdan ixtiyoriy qaytishda jinoyat jinoyatchiga o‘ziga bog‘liq ravishda tugatilgan bo‘lishi zaruriy shart hisoblanadi.
Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan
ozod qilish
Yarashilganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish deb – jinoyat qonunida belgilangan tartibda jinoyat sodir etilishi natijasida jabr ko‘rgan shaxs (jabrlanuvchi) bilan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning yarashishi natijasida aybdorni sud ajrimi asosida javobgarlikdan ozod qilishga aytiladi.
Yarashganlik o‘ziga-xos xususiyatlariga ega bo‘lib, ular quyidagilar:
- sodir etilgan jinoyat JK 661-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarga kiritilganligi;
- jabrlanuvchi bilan yarashish to‘g‘risidagi ariza (sud maslahatxonaga kirgunga qadar) surishtiruv, dastlabki tergov va sud majlisining istalgan bosqichida berilganligi;
- basharti shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan bo‘lsa, uning ushbu jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan bo‘lishligi (agar aybdorda ushbu holatda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganligi mavjud bo‘lsa, unga yarashuv bitimi tuzishga ruxsat berilmaydi);
- aybdor o‘z aybini tan olishi;
- bir necha jinoyat sodir etilib, ushbu jinoyatlar JK 661– moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlar dorasiga kirsa-da, takroriylik belgisini bermasligi;
- yetkazilgan zararning qoplanishi.
Jinoyat kodeksi 661-moddasida yarashilganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turlari keltirilgan bo‘lib, ular quyidagilar: JKning 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 108-moddasida
(ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish), 115-moddasida (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining birinchi qismida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 1411-moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 1412-moddasining birinchi qismida (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish), 143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish), 148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish), 149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 180-moddasida (soxta
bankrotlik), 181-moddasida (bankrotlikni yashirish), 1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish), 192-moddasida (raqobatchini obro‘sizlantirish), 229-moddasida (o‘zboshimchalik), 256-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining birinchi qismida (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining birinchi qismida (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 277-moddasining birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqa ish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Yarashganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish mumkin bo‘lgan jinoyat turlari JKning 661-moddasida tugal keltirilgan bo‘lib, uning doirasi kengaytirilib talqin etilishi mumkin emas.
Yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish huquqi sudlarga tegishli bo‘lib, sudlar bu haqda ajrim chiqaradi.
Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish
Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish asoslari:
- shaxs jinoyat sodir etgan vaqtida aqli raso shaxs bo‘lganligi;
- jinoyat sodir etgandan keyin shaxs hukm chiqarilgunga qadar, o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va o‘z harakatlarini boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka chalinib qolgan bo‘lsa va aqli noraso deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Aqli noraso shaxslarga nisbatan sud tomonidan – tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llaniladi.
Aqli noraso shaxslar sodir etgan qilmishlari uchun JKning 64-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish muddatlari o‘tmasdan turib tuzalsalar, ular umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari – sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ya’ni bunday holda aqli noraso shaxsga sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi uchun uni jinoiy javobgarlikka tortish muddati tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadi va u jinoyat sodir etgan kundan to sud ajrimi chiqqungacha qadar o‘tgan vaqt javobgarlikka tortish muddatiga qo‘shilmasligini anglatadi.
Shaxsning muayyan kasallikka chalinishi, uni javobgarlikka tortishdan naf yo‘qligini bildiradi.
Xastalikka duchor bo‘lgan shaxsning o‘z harakatlarini boshqara olmasligi shundan iboratki, birinchidan, u o‘zi va atrofidagilar uchun xavf tug‘diruvchi manbadir; ikkinchidan, u nochor ahvolda, ya’ni o‘zining asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondira olmaydi; uchinchidan, shaxsga ruhiy yordam berilmasa, uning holati og‘irlashib, sog‘lig‘i yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Mazkur sharoit teng ravishda javobgarlikka tortish ahamiyatini anglab yetmaslik hollariga ham tegishlidir .
Shaxsning kasallikka chalinishi nafaqat javobgarlikka tortilmasligi, balki unga yordam ko‘rsatish zarurligini ham bildiradi.
Agar aqli noraso shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilsa, bu uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi. Agar shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli raso bo‘lib, sud hukm chiqargunga qadar o‘z harakatlarini boshqara olmaydigan va oqibatlarini anglamaydigan holatdagi ruhiy kasallikka chalinib qolsa,
qilmish jinoiy hisoblanib, bunday shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksi normalari qo‘llanadi. Jinoyat sodir etgan shaxs hukm chiqarilgunga qadar o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka chalinib qolgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday shaxslarni javobgarlikka tortishning maqsadga muvofiq emasligi ruhiy kasallikka chalingan shaxsning sud tomonidan belgilangan javobgarlik choralarini kasalligi tufayli to‘g‘ri idrok etish imkoniga ega emasligida ifodalanadi. Bunday shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanishi mumkin. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash tartibi Jinoyat kodeksining 91–95-moddalarida (Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashning maxsus tartibi) belgilangan. Agar tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxs Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati o‘tmasdan tuzalib ketsa, javobgarlikka tortiladi. Javobgarlikka tortish muddati sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadi
Ko‘p hollarda jinoyatlar shaxsning ruhiy ahvolidagi buzilishlar sabab bo‘ladi. Bunday shaxslarning ahvoli ularning jinoyat sodir etgandan so‘ng yanada og‘irlashishiga olib keladi. Shu bois unga davlat tomonidan ruhiy muolaja qo‘llanilishi boshqa insonlarning ham xavfsiz yashashini ta’minlashga olib keladi.
Ayrim huquqni muhofaza qilish organlari kasallik uchun javobgarlikdan ozod qilishda kasallikning og‘irligini hisobga olishadi va boshqa jinoyat-huquqiy va jinoiy ijro etuvchi mezonlarini qo‘llashmaydi. Boshqalar, aksincha, jiddiy kasallikning aniqlanishi javobgarikdan ozod qilish uchun yetarli emas, jinoyatning og‘irligini hisobga olish zarur deb hisoblashadi.
Jinoyat qonunchiligiga ko‘ra jinoyat sodir etgandan keyin ruhiy kasallik paydo bo‘lishi, bunday shaxs tomonidan jazoni o‘tash ma’nosiz hisoblanadi, shaxsni javobgarlikdan ozod qilish majburiyati bor. Sud ko‘rib chiqilayotgan holat bo‘yicha, sud ishning barcha sharoitlarini,
jumladan, zo‘ravonlik va inson kasalligining tabiati, shuningdek, jinoyatning ijtimoiy xavfni hisobga olish zarur.
Bundan tashqari, kasallik javobgarlikka tortish uchun to‘siq bo‘lib, o‘ziga xos xususiyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi. U kasallikka chalinganligi bois o‘zining jamiyat oldidagi majburiyatlarni to‘liq bajara olmaydi. U javobgarlikka tortilsa ham, ruhiy va jismoniy tazyiqlarga uchrashi, o‘zining ruhiy holatini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.
Sudlar o‘z faoliyati davomida tibbiy muassasalar xulosasini olishi kerak bo‘ladi. Bu jinoyat sodir etgandan so‘ng, haqiqatan ham, o‘zini kasal qilib ko‘rsatishi, uni berkitishining oldini olishi kerak. Uning holati muayyan uzoq davr mobaynida tibbiy hujjatlar asosida o‘rganilishi kerak.
Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilishda sudlar tibbiyot xodimlari bilan birgalikda jinoyat sodir etgan shaxsning, haqiqatan ham, ushbu kasallikka chalinganligi aniqlanishi zarur. Jazodan qo‘rquv asosida qalbaki holatlarni keltirib chiqarish jinoyat sodir etgan shaxslar tabiatida uchrab turadigan hodisa.
Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasining 10-bandida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qiladi.
Amnistiya akti:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan qabul qilinadigan hujjat;
- davlat va xalq uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi sanalar munosabati bilan qabul qilinadigan hujjat;
- amnistiya akti qabul qilingan kunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan tatbiq qilinadi;
- tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik chegarasi aniq belgilab qo‘yiladi;
- tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan jinoyat sodir etgan shaxslarning chegarasi aniq belgilab qo‘yiladi;
- amnistiya akti qabul qilingandan keyin uch oylik muddat davomida – amnistiya akti qabul qilingunga qadar sodir etilgan, ya’ni tergovda bo‘lgan, sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishlari va jazoni o‘tayotgan yoki sudlanganlik maqomiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ijro qilinishi.
Amnistiya aktlarining quyidagi xususiyatlarini ta’kidlab o‘tish mumkin:
-
Normativlik. Amnistiya aktida, ya’ni davlat hokimiyatining yuqori organi tomonidan belgilangan xulq-atvor qoidalari, individual ravishda aniqlanmagan shaxslar doirasiga kiradigan va barcha organlar va mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan, jinoiy javobgarlikni amalga oshirish bilan bog‘liq qonun normalaridir.
- Hududiy bo‘yicha amal qilishi. Amnistiya akti davlat suvereniteti faoliyat yuritadigan butun hududga nisbatan qo‘llaniladi.
- Amnistiyaning muddat bo‘yicha cheklanmaganligi.
- Amnistiya akti orqaga qaytish kuchi bilan tavsiflanadi: amnistiya akti o‘z ta’sirini amnistiya akti chiqarilayotganda amalda va qonuniy ravishda tugatilgan shaxslarga tarqatadi.
- Amnistiya aktining kuchga kirish tartibi ushbu aktning o‘zida (e’lon qilingan paytdan boshlab yoki amnistiya e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan boshlab) belgilab qo‘yiladi.
- Yuridik texnikaga ko‘ra amnistiya to‘g‘risidagi qarorlar ikkita aktga bo‘linadi: amnistiya to‘g‘risidagi qaror va “amnistiyani qo‘llash tartibi to‘g‘risida” qaror.
- Amnistiya maqsadlari bo‘linadi: umumiy va o‘ziga xos. Umumiy maqsadlar insonparvarlik nuqtayi nazaridan kelib chiqadi, bu esa davlat yo‘ldan adashgan fuqarolariga ko‘rsatib beradi. Qurolli mojarolar bilan bog‘liq bo‘lgan amnistiya aktlarida aniq maqsadlarga erishiladi.
- Amnistiya aktining universal xarakteri uni jinoyat protsessining istalgan bosqichida, jumladan, sud hukmini ijro etish bosqichida qo‘llash imkoniyatida namoyon bo‘ladi.
-
Amnistiya akti insonni reabilitatsiya qilish emas. Amnistiya – bu odamning qilgan qilmishi uchun “kechirilishi”.
- Amnistiya aktining o‘ziga xos xususiyati, qonuniy kuch bilan u qonunga teng bo‘lishida ham namoyon bo‘ladi. Shunga qaramay amnistiya muayyan jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat
qonunchiligiga o‘zgartirish kiritmaydi va jinoiy qilmishni dekriminallashtirmaydi4.
4 Скутина Е.В. Амнистия в уголовном судопроизводстве. Автореф.дисс…
канд.юрид.наук. – Екатиринбург, 2009. – С.15.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- Рустамбоев М.Ҳ. Жиноят ҳуқуқи.Умумий қисм. Олий ўқув юртлари учун дарслик: –Тошкент, 2006. –Б.413.
- Лустова О.С. Деятельное раскаяние. Эффективность применения поощрительных норм о деятельном раскаянии. Автореф.дисс….канд.юрид.наук: – Санкт-Петербург, 2004. – С.9.
- Скутина Е.В. Амнистия в уголовном судопроизводстве. Автореф.дисс…канд.юрид.наук. – Екатиринбург, 2009. – С.15.
ILOVA
Taraflarning yarashganligi munosabati bilan sudlar tomonidan
JK 66-1-moddasiga asosan tugatilgan jinoyat ishlari dinamikasi
№ | Hududlar | 2018-y. | 2019-y. | 2020-y. | 2021-y. | |||||
ish | shaxs | ish | shaxs | ish | shaxs | ish | shaxs | |||
1 | Andijon viloyati | 782 | 811 | 641 | 668 | 766 | 797 | 915 | 964 | |
2 | Buxoro viloyati | 577 | 617 | 435 | 460 | 565 | 592 | 734 | 783 | |
3 | Jizzax viloyati | 325 | 356 | 252 | 268 | 212 | 228 | 284 | 309 | |
4 | Qashqadaryo | 431 | 470 | 379 | 414 | 388 | 428 | 565 | 641 | |
viloyati | ||||||||||
5 | Qoraqalpogʻisto | 437 | 452 | 366 | 386 | 348 | 362 | 434 | 451 | |
n R. | ||||||||||
6 | Navoiy viloyati | 332 | 352 | 207 | 224 | 261 | 282 | 416 | 451 | |
7 | Namangan | 637 | 658 | 697 | 717 | 662 | 689 | 1 203 | 1 279 | |
viloyati | ||||||||||
8 | Samarqand | 1070 | 1179 | 728 | 790 | 764 | 831 | 964 | 1 091 | |
viloyati | ||||||||||
9 | Sirdaryo | 217 | 232 | 123 | 127 | 125 | 130 | 217 | 231 | |
viloyati | ||||||||||
10 | Surxondaryo | 462 | 511 | 318 | 337 | 336 | 391 | 456 | 522 | |
viloyati | ||||||||||
11 | Toshkent | 1035 | 1101 | 835 | 886 | 801 | 861 | 1 323 | 1 432 | |
viloyati | ||||||||||
12 | Toshkent shahri | 1165 | 1210 | 866 | 889 | 766 | 790 | 1 687 | 1 731 | |
13 | Fargʻona | 1113 | 1158 | 895 | 920 | 1 495 | 1 569 | 3 280 | 3 409 | |
viloyati | ||||||||||
14 | Xorazm viloyati | 366 | 379 | 238 | 243 | 302 | 316 | 310 | 330 | |
Respublika | 8 949 | 9 486 | 6 980 | 7 329 | 7 791 | 8 266 | 12 788 | 13 624 | ||
boʻyicha | ||||||||||
ALLANOVA AZIZAXON AVAZXONOVNA
JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILINISH MUMKINMI?
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir
Muharrir
Musahhih
Texnik muharrir
Dizayner
O. Choriyev
Sh. Jahonov
M. Patillayeva
U. Sapayev
D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,6 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 64-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
28