KIRISH
Sо‘nggi yillarda sud hokimiyatining faoliyati jamiyatda ijtimoiy adolat о‘rnatish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilganligi bejiz emas.
Bundan tashqari, mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida, bir qator Prezident farmonlari va qonunlar qabul qilindi.
Shular jumlasidan, 2001-yil 29-avgustda “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksiga о‘zgartirishlar va qо‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning qabul qilinishi tufayli mamlakatning jinoyat va jinoyat-protsessul qonunlari insonparvarlik g‘oyalari asosida chuqur isloh etildi. Jinoyat qonunchiligiga yarashuv institutining joriy etilganligi mazkur Qonunning eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Yarashuv instituti jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning bir turi sifatida shaxsning aybdorlik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asos bо‘ladi.
Yurtdoshlarimiz orasida yarashuv instituti tushunchasi о‘zi nima? Qaysi jinoyat ishlari bо‘yicha yarashuvga kelishsa bо‘ladi? Subyektlari kimlar? Jinoyat protsessining qaysi bosqichlarida yarashuv qо‘llaniladi? Yarashuv qо‘llash uchun qonunchilikda qanday talablar belgilangan? Yarashish uchun ariza qanday yoziladi? Yarashuv bosqichlari sud majlisida qanday tartibda kо‘rib chiqiladi? Yarashuvning huquqiy oqibatlari qanday? Yarashuv tuzishdan jabrlanuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining manfaatdorligi nimada? Yarashuv natijasi bо‘yicha “qanday sud qarori rasmiylashtiriladi va unda nimalar aks ettiriladi?” kabi savollarga javob berish maqsadida mazkur risola tayyorlandi.
Risolada yarashuv institutini qо‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda sud muhokamasida yarashuv institutini qо‘llashni tartibga solish bilan bog‘liq masalalar sodda, xalqchil tilda savol-javob shaklida bayon etilgan.
1. YARASHUV INSTITUTI О‘ZI NIMA VA UNING HUQUQIY ASOSLARI QAYERLARDA BELGILANGAN?

Yarashuv instituti – jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning yarashuv tо‘g‘risidagi arizasiga kо‘ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi sifatida shaxsning aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishlarini tugatish-dir.
Barchamizga ma’lumki, 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Jinoiy
jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksiga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yarashuv instituti amaliyotga joriy etildi.
Aytish kerakki, ushbu institut jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning
bir turi bо‘lib, shaxsning aybdorlik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asos bо‘ladi.

Shaxsning aybdorlik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish – bu qonunda belgilangan va reabilitatsiya qilinmaydigan asoslar bо‘yicha davlatning shaxsni aybini qо‘shimcha isbotlashdan bosh tortishi va jinoiy ta’qibni tugatilishi natijasida uni aybdor deb topishga olib kelmasligi va sudlanganlikning mavjud bо‘lmasligidir.

“Jabrlanuvchi bilan yarashuv” tо‘g‘risidagi alohida toifadagi ish yuritish tartibi joriy etilgan bо‘lib, yarashgan ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning sudlanmagan shaxs huquqiy maqomiga ega bо‘lishi milliy jinoyat-protsessual tizimimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida muhim qadamdir.

О‘tgan davr mobaynida mazkur institut jabrlanuv-chining huquqlarini ishonchli himoya qilish, sudlan-ganlik holatini kamaytirish, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining kengroq qо‘llanishiga imkon yaratdi.

Yarashuv instituti qaysi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi?
– О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi;
– О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (661-modda);
– О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (84, 583-586- moddalar);
– О‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda
Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksiga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (26-modda bо‘yicha);
– О‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi “О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni (30-modda bо‘yicha);
– О‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 31-dekabrdagi “Uy-joy-kommunal xо‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni (31-modda bо‘yicha);
– О‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 3-apreldagi “О‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 661-moddasiga о‘zgartish kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni (40-modda bо‘yicha);
– О‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni (44-modda bо‘yicha);
– О‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi “О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni (45-modda bо‘yicha);
– О‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-iyuldagi “О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni (46-modda bо‘yicha);
– О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yarashuv tо‘g‘risidagi ishlar bо‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli qarori.
- YARASHUV INSTITUTIGA TUSHADIGAN JINOYAT KODEKSINING NORMALARI QAYSILAR?
Shaxsga e’lon qilingan ayblov, jinoyat ishi sudning qaysi
instansiyasida kо‘rilayotganligidan qat’i nazar, yarashuv instituti doirasiga
tushadigan О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddasi yoki qismiga tushsa yarashuv qо‘llasa bо‘ladi.
Yarashuv tо‘g‘risida ish yuritish mumkin bо‘lgan jinoyat tarkiblari Jinoyat kodeksining 661-moddasida tugal keltirilgan bо‘lib, uning doirasi
kengaytirib talqin etilishi mumkin emas.

Hozirgi kunda О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661-moddasi bо‘yicha yarashuv institutini 46 modda va 62 ta jinoyat tarkibiga nisbatan qо‘llash mumkin.
- TARAFLAR YARASHGANLIGI MUNOSABATI BILAN QANDAY QILIB JINOYAT ISHINI TUGATISHGA ERISHISH
MUMKIN?
Yarashuv institutining asosiy vazifasi muayyan jinoyat ishlari bо‘yicha taraflarning pozitsiyalarini yaqinlashtirish, ular о‘rtasidagi nizoni tartibga solish uchun qо‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining yarashuv natijalariga erishishda taraflarga yordam berishidir.
Yarashuvning amalga oshirilishi bilan surishtiruv va dastlabki tergovning muddati qisqaradi, sudlanganlik holati kamayadi, retsidiv jinoyatchilikning darajasi pasayadi.
Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlik uchun javobgarlikdan ozod qilib, yarashilganligi munosabati bilan ish yuritishni tugatishning ham о‘z shartlari bor. Ya’ni qonun talabiga kо‘ra, shaxsning ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan jinoyatni sodir qilganligi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining aybiga iqror bо‘lib, jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogar bilan yarashib, yetkazilgan moddiy zararni tо‘liq qoplaganligi, jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogarning gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishini tugatishga rozi ekanligi tо‘g‘risida yozma arizasi mavjud bо‘lishi, muqaddam qayd etilgan, og‘ir yoki о‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holatining tugallanganligi yoki sudlanganligi qonunda belgilangan tartibda olib tashlangan bо‘lishi, yoxud muqaddam sodir qilgan jinoyati uchun javobgarlikka tortish muddati о‘tgan bо‘lishi, shuningdek, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining о‘ziga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishini tugatilishiga qarshi emasligi tо‘g‘risidagi arizasi mavjudligi talab qilinadi.
Yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar jabrlanuvchining xohishidan kelib chiqib turli shakllarda qoplanishi mumkin, masalan, kechirim sо‘rash, moddiy zararni pul yoki boshqa shaklda qoplash, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan jabrlanuvchi manfaatida har xil turdagi tibbiy xizmatlar uchun tо‘lovlarning amalga
oshirilishi, о‘g‘irlangan yoki zarar yetkazilgan mulkni qaytarish, yо‘qolgan yoki shikast yetkazilgan mulkning yangisini sotib olib berish, shikastlangan mulkni ta’mirlash, og‘ir yoki о‘ta og‘ir darajadagi tan jarohati olgan shaxsga qarab turish uchun kimnidir haq evaziga yollash, qimmatbaho protezlarni sotib olib berish, sha’n va qadr-qimmatni kamsituvchi materiallar tarqatilganda internet yoki ommaviy axborot vositalarida raddiya berish yoxud rasmiy kechirim sо‘rash kabi kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin.
Jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning qoplanishi tufayli yarashuvga erishishda har ikki taraf о‘z ixtiyorlari, xohishlari bilan harakat qilishlari, ularga nisbatan majburlash, tahdid, bosim о‘tkazilishi mumkin emas.
Ish bо‘yicha jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar tо‘liq undirilmasdan yarashuvning tasdiqlanishi mazkur ish bо‘yicha qabul qilingan qarorlarni shubha ostiga qо‘yadi.
Shu sababli yarashuv tо‘g‘risidagi ishlar bо‘yicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud zimmasiga yarashuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ga tushuntirishi shart.
Qonunning ushbu talabiga rioya etmaslik yarashuv tо‘g‘risidagi ish bо‘yicha chiqarilgan qarorning bekor qilinishiga asos bо‘lishi mumkin.
О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kо‘ra, yarashish munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
sodir etilgan jinoyat Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan bо‘lsa;
gumon qilinuvchi, aybdor yoki sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybdorligini tan olishi;
jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash;

jabrlanuvchi va ayblanuvchini yarashtirish, ya’ni jabrlanuvchini kechirishi.
Ushbu shartlardan biriga rioya qilmaslik jinoyat ishida yarashuv institutidan foydalanishni istisno qiladi.
4 . YARASHUV TО‘G‘RISIDA ARIZA QANDAY YOZILADI?
О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 583-moddasi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yarashuv tо‘g‘risidagi ishlar bо‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli qarorida yarashuv tо‘g‘risidagi arizaning shakli, mazmuni va uni taqdim etish tartibiga nisbatan qonunda muayyan talablar qо‘yilgan.
Yarashuv tо‘g‘risidagi ariza har doim yozma shaklda taqdim etilib, unda jinoyat natijasida yetkazilgan zarar bartaraf etilganligi (yoki jabrlanuvchining zarardan voz kechganligi) va yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimos kо‘rsatilgan bо‘lishi lozim.
Yarashuv tо‘g‘risidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi tomonidan yoziladi.
YODDA TUTING! Yarashuv tо‘g‘risidagi ariza sudga qadar bosqichda berilganda ham surishtiruvchi, tergovchi va prokuror nomiga shu mazmundagi ariza taqdim etilishi kerak bо‘ladi.

Jinoyat ishlari bо‘yicha
__________ tuman sudi sudyasi
____________________________
О‘zR JKning ___-moddasi bilan
gumon qilinuvchi_____________
____________________________
ARIZA
Muhtaram raislik qiluvchi, men jinoyat ishi bо‘yicha gumon qilinuvchi F.I.O __________________________О‘zR JKning ____-moddasi
bо‘yicha qо‘yilgan aybimga tо‘liq ixtiyoriy iqrorman, sodir etgan qilmishimni oqibatlarini anglab yetganman, ish bо‘yicha jabrlanuvchidan kechirim
sо‘rab, u bilan ixtiyoriy yarashib olganman, yarashuvga kelishishda biron-bir
tazyiq bо‘lmagan, jinoyat oqibatida jabrlanuvchi F.I.O.
_____________________ga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni tо‘liq
qoplab berganman, jabrlanuvchining menga nisbatan hech qanday da’vosi yо‘q, yarashuvga roziman.
Men tomonimdan sodir etilgan jinoyat JKning 661-moddasi ta’sir doirasiga tushganligi sababli, JPKning 84-moddasi 4-qismiga asosan taraflar yarashganligi bois, jinoyat ishini ayblilik masalasini hal qilmasdan turib tugatishingizni sо‘rayman.
Sana
Imzo
Jinoyat ishlari bо‘yicha
__________ tuman sudi sudyasi
___________________________
jabrlanuvchi (fuqaroviy
da’vogar)
___________________________
__
ARIZA
Muhtaram raislik qiluvchi, О‘zR JKning ____-moddasida nazarda
tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan F.I.O
__________________________ga oid jinoyat ishi bо‘yicha gumon qilinuvchi
mendan kechirim sо‘rab, jinoyat oqibatida menga nisbatan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni tо‘liq qoplab berganligini va u bilan ixtiyoriy yarashib olganligimiz, yarashuvga kelishishda menga biron-bir tazyiq bо‘lmaganligi, yarashuvga roziligimni inobatga olib, JPKning 84-moddasi 4-qismiga asosan taraflar yarashganligi bois, gumon qilinuvchiga oid jinoyat ishini ayblilik masalasini hal qilmasdan turib tugatishingizni sо‘rayman.
Menga agar sud yarashuvni tasdiqlasa, mazkur ish bо‘yicha JPKning 583 -moddasi 5-qismiga asosan ish yuritishni qayta tiklash tо‘g‘risida iltimosnoma berish huquqimni yо‘qotishim tushunarli.
Sana Imzo

Yarashuv tо‘g‘risidagi ariza surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida berilsa surishtiruvchi va tergovchiga hamda jinoyat ishi sudga yuborilganidan sо‘ng sudga ham alohida beriladi, sudlanuvchi esa jabrlanuvchi bilan jinoyat ishini kо‘rib chiqayotgan birinchi instansiya sudi maslahatxona (alohida xona)ga kirgunga qadar faqat sudga beriladi.
- YARASHUV ARIZASI BERILISHI MUMKIN BО‘LGAN
JINOYAT PROTSESSINING BOSQICHLARI QAYSILAR?
Yarashuv tо‘g‘risidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan ikkita bosqichda gumon qilinuvchi yoki sudlanuvchi bilan yarashganligi tо‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Birinchi holatda surishtiruv va dastlabki tergovning istalgan bosqichida
Jinoyat ishi bо‘yicha
surishtiruvchi yoki
tergovchisiga

Ikkinchi holatda sud muhokamasining istalgan bosqichida
Birinchi instansiya
sudiga sud
maslahatxonaga
kirgunga qadar

- SUDGA QADAR BOSQICHDA YARASHGANLIKNI RASMIYLASHTIRISH VA SUDGA YUBORISH
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) yoki uning qonuniy vakilining yarashuv tо‘g‘risidagi arizasini olgach,

YETTI sutkadan ortiq bо‘lmagan muddatda
gumon qilinuvchining, ayblanuvchining roziligi bilan ishni sudga yuborish tо‘g‘risida qaror chiqaradi.
Qarorning tavsif qismida quyidagilar kо‘rsatiladi:
- jinoyat ishi qо‘zg‘atilishining asoslari;
- ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- ular ayblanayotgan qilmishlar;
- ularga nisbatan qо‘llanilgan ehtiyot choralari;
- shuningdek yarashuv tо‘g‘risidagi arizaning mazmuni;
- gumon qilinuvchi, ayblanuvchining arizaga munosabati. Qarorning qaror qismida:
ishni sudga yuborish tо‘g‘risidagi;
ehtiyot chorasi tо‘g‘risidagi, shuningdek fuqaroviy da’voni
ta’minlash choralari tо‘g‘risidagi;
- ashyoviy dalillar tо‘g‘risidagi qaror kо‘rsatiladi.
Agar ish bо‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan bо‘lib, barchasi bilan ham yarashuvga erishilgan bо‘lmasa, yarashuvga erishilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular bо‘yicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi, bu haqda qarorda kо‘rsatiladi.
Ish qaror chiqarilganidan keyin

uch sutka ichida
prokurorning roziligi bilan sudga yuboriladi.
- YARASHUV TО‘G‘RISIDAGI ISHLAR BО‘YICHA SUD
MAJLISI QANDAY OLIB BORILADI?
Yarashuv tо‘g‘risidagi ishlar bо‘yicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan e’tiboran о‘n sutkadan kechiktirmay о‘tkaziladi.
Sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachilari, prokuror ishtirok etadi.
Yarashuv tо‘g‘risidagi ishlar bо‘yicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv tо‘g‘risidagi arizasini о‘qib eshittirish bilan boshlanadi.
Sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) sodir etilgan jinoyat holatlari tо‘g‘risidagi sо‘zlarini eshitadi.
Sud:
- yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini;
- gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi о‘z aybiga ixtiyoriy iqror bо‘lganligini;
- gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi о‘zi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini kо‘rgan-kо‘rmaganligini;
- jabrlanuvchiga (fuqaroviy da’vogarga) yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga biron-bir tazyiq bо‘lgan-bо‘lmaganligini;
- yetkazilgan zararning о‘rnini qoplash bilan bog‘liq masalalarni;
- gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yarashuvga roziliklarini aniqlaydi.
Shundan sо‘ng sud himoyachi va prokurorning fikrini eshitadi.
Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror bо‘lish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda og‘irroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek bо‘lsa, sud umumiy qoidalar bо‘yicha surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish tо‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Sud muhokamasining natijalari bо‘yicha sud qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi.
- MAZMUNAN KО‘RILAYOTGAN JINOYAT ISHI BО‘YICHA YARASHUV INSTITUTINI QО‘LLASA BО‘LADIMI?
Agar yarashuv tо‘g‘risidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan о‘tkazilayotganda berilgan bо‘lsa, sud uni darhol kо‘rib chiqishga kirishadi.
Agar taraflar sudga qadar bosqichda yarashuvga kelishmagan bо‘lishsa va jinoyat ishi ayblov dalolatnomasi va ayblov xulosasi bilan sudga mazmunan kо‘rish uchun yuborilgan bо‘lsa ham, taraflar ish sud majlisida mazmunan kо‘rilishi jarayonida kelishuvga erishgan taqdirda, bemalol sud majlisini istalgan bosqichida, biroq sud maslahatxona (alohida xona)ga kirgunga qadar ariza bilan birinchi instansiya sudiga murojaat qilishlari mumkin.
Sud ariza kelib tushganda darhol О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 583-moddasi tartibida ishni yarashuv tartibida kо‘rib chiqishga о‘tadi.

- YARASHUV SODIR ETILGAN JINOYAT UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKNI ISTISNO QILADIMI?
Taraflarning yarashuvi jinoiy javobgarlikning boshlanishini istisno qiladi, ya’ni ayblanuvchiga nisbatan davlatning majburlov choralari qо‘llanilmaydi.
Shunga qaramay, jinoyat sodir etgan shaxs uchun jinoiy javobgarlikka tortish fakti bilan bog‘liq salbiy oqibatlar hali ham mavjud.
Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror bо‘lish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda og‘irroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek bо‘lsa, sud umumiy qoidalar bо‘yicha surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish tо‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ta’kidlash joizki, yarashuv instituti shaxsning jamiyatdagi о‘rni va mavqeini saqlab qolishda muhim va alohida о‘rin tutadi, oilaviy muhitga salbiy ta’sir kо‘rsatmaydi, shuningdek, jinoiy javobgarlikning huquqiy oqibatlarining oldini oladi. Aks holda, bu oila, bolalar va yaqinlar kelajagiga qanchalik salbiy ta’sir kо‘rsatishini tasavvur qilish qiyin.
Jinoyat qonunchiligidagi yarashuv instituti odamlar, ayniqsa, qarindoshlar, dо‘stlar, tanishlar о‘rtasidagi salbiy munosabatlarni yarashuv yо‘li bilan hal etishning muhim vositasi bо‘lib xizmat qiladi.
- YARASHUVGA ERISHILGANIDA SUD QANDAY QAROR QABUL QILADI?
Sud muhokamasining natijalari bо‘yicha sud taraflarning yarashuv tо‘g‘risidagi arizalarini bayonnomada tasdiqlasa, qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi.
AJRIM
(yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish tо‘g‘risida) 2021-yil fevral oyining 5-kuni, jinoyat ishlari bо‘yicha Toshkent shahar Mirzo
Ulug‘bek tuman sudi, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Bо‘z-2” daxasi, 33a-uy, 24-xonadonda ochiq sayyor sud majlisida,
Raislik qiluvchi: Sh.Sh. Bakayev,
Sudya yordamchisi B. G‘ulomovning kotibligida, taraflardan davlat ayblovchisi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman prokurorining о‘rinbosari M. Shukurullayeva, tarjimon S. Rо‘zmetova, gumon qilinuvchi XXX va jabrlanuvchi AAAning ishtirokida,
- 1998-yil 28-yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati о‘zbek, О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlanmagan, ma’lumoti о‘rta maxsus, uy bekasi, oilali, bir nafar farzandi bor,
Toshkent shahar, Olmazor tumani, A.Shoshiy 4-berk kо‘chasi, 51-uyda yashovchiga nisbatan,
О‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchiga oid 1-1001-2101/51 sonli jinoyat ishini kо‘rib chiqib, quyidagilarni
ANIQLADI:
XXX, 2020-yil 7-dekabr kuni soat 15:30 larda, о‘ziga tegishli texnik soz holatdagi davlat raqami 01 V 246 LB bо‘lgan “Spark” rusumli avtoulovni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek kо‘chasi bо‘ylab boshqarib, Mirzo Ulug‘bek va TXAY kо‘chalari kesishgan chorrahasida TXAY tomonga burilish vaqtida, yо‘lda bо‘lgan holatga va о‘zgarishlarga e’tibor bermasdan, amaldagi “Yо‘l harakati qoidalari”ning 4-bandi, 11-bandi “g” qismi, 53-bandi, 77-bandi 3-qismi, 96-bandi va 111-bandilarni buzib harakatlanishi oqibatida, qatnov qismini unga nisbatan chapdan о‘ng tomonga qarab tartibga solingan piyodalar о‘tish joyidan svetoforning yashil ishorasiga kesib о‘tayotgan piyoda AAni boshqaruvidagi avtoulovni old chap tomon qismi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining 2020-yil 21-dekabr kunidagi №4686-X-All sonli xulosasiga kо‘ra, AAda mazkur yо‘l-transport hodisasi natijasida “bosh miya yopiq jarohati, bosh miyani chayqalishi, о‘ng boldir tashqi dо‘ngligini yopiq, sinib siljiganligi, о‘ng kichik boldir suyagi boshchasini yopiq sinib qoniqarli turishi, umurtqa pog‘onasi bel sohasin yumshoq tо‘qimalarini lat yeyishi, о‘ng kо‘z pastki
qovog‘i, chap oyoq son, qorin old devori va о‘ng qo‘l bilak sohalarida qontalashlar, chap oyoq, son sohasida shilinmalar» kabi tan jarohatlar aniqlanib, ushbu tan jarohatlar og‘irlik darajasiga kо‘ra “О‘RTACHA OG‘IR” darajadagi tan jarohatlari ekanligi aniqlangan.
Dastlabki tergovda gumonlanuvchi XXX va jabrlanuvchi AAA ariza bilan murojaat qilib, jinoyat ishini yarashganliklari munosabati bilan tugatishni sо‘ragan.
Toshkent shahar IIBB TB tergovchisining 2020-yil 16-yanvar kungi qaroriga kо‘ra, gumonlanuvchi XXXga nisbatan О‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan yuritilgan jinoyat ishi yarashganlik munosabati bilan tugatish masalasini hal qilish uchun sudga yuborilgan.
Gumon qilinuvchi XXX sud majlisida yarashuv tо‘g‘risidagi arizasini quvvatlab, aybiga о‘z ixtiyori bilan tо‘liq iqror ekanligi, qilmishidan pushaymonligi, sodir etgan qilmishining oqibatlarini anglaganligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni tо‘liq qoplaganligi, hozirda u bilan biron-bir tazyiqsiz yarashib olganligi haqida kо‘rsatuv berib, jinoyat ishini tugatishni sо‘radi.
Jabrlanuvchi AAA sud majlisida yarashuv tо‘g‘risidagi arizasini quvvatlab, XXXga nisbatan hech qanday da’vosi yо‘qligi, u bilan yarashishganliklarini, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar tо‘liq qoplanganligi, arizani о‘z xohishi bilan yozganligi, unga biron-bir tazyiq bо‘lmaganligi, yarashuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni tushunganligi haqida kо‘rsatuv berib, jinoyat ishini tugatishni sо‘radi.
О‘zbekistan Respublikasi JKning 661-moddasiga muvofiq, JKning 266-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u о‘z aybiga iqror bо‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Sud gumon qilinuvchi XXX va jabrlanuvchi AAAning yarashuv tо‘g‘risidagi arizalarini jinoyat ishi hujjatlari bilan о‘rganib, Mirzo Ulug‘bek tuman prokurorining о‘rinbosari M. Shukurullayevaning jinoyat ishini yarashganlik munosabati tugatish haqidagi fikrini eshitib, gumon qilinuvchi XXXning muqaddam sudlanmaganligi, aybiga ixtiyoriy iqrorligi va yetkazilgan zararning tо‘liq qoplanganligi, jabrlanuvchi va gumon qilinuvchiga biron-bir tazyiq bо‘lmaganligi, yarashuv gumon qilinuvchi va jabrlanuvchining xohishlari bilan bо‘layotganligi, hamda О‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat JKning 661-moddasiga muvofiq yarashuvga tushishini inobatga olib, XXXga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishini yarashganlik munosabati bilan tugatishni lozim deb topadi.
Shu bilan birga, sud jabrlanuvchilarga О‘zbekiston Respublikasi JPKning 583-moddasi 5-qismiga asosan ushbu yarashuv sud tomonidan tasdiqlagandan sо‘ng u mazkur ish bо‘yicha ish yuritishni qayta tiklash tо‘g‘risida iltimosnoma berish huquqini yо‘qotishini tushuntirishni lozim deb topadi.
О‘zbekistan Respublikasi JPKning 84-moddasining 4-qismi, 585-, 586-moddalariga amal qilib, sud
AJRIM QILDI:
- ga nisbatan jinoyat ishi bо‘yicha sud majlisi bayonnomasi tasdiqlansin.
О‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchi XXXga nisbatan jinoyat ishi yarashilganligi munosabati bilan tugatilsin. Jabrlanuvchi AAAga mazkur ish bо‘yicha ish yuritishni qayta tiklash yuzasidan iltimosnoma berish huquqi yо‘qolganligi tushuntirilsin.
Ajrim ustidan yigirma sutka ichida jinoyat ishlari bо‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat berilishi yoki protest bildirishi mumkin.
Raislik qiluvchi: imzo Sh.Sh.Bakayev
Asliga tо‘g‘ri:-
- TARAFLAR YARASHGANLIGI BО‘YICHA JINOYAT
ISHINI TUGATISH OQIBATLARI QANDAY?
Jinoyat ishini tugatish tо‘g‘risidagi qaror sudlanuvchini reabilitatsiya qilish uchun asos bо‘lmaydi.
Reabilitatsiya huquqi juda keng ma’noda talqin qilinadi va mulkiy zararni qoplash, ma’naviy zarar oqibatlarini minimallashtirish, agar qonunga xilof harakat natijasida buzilgan bо‘lsa, mehnat, uy-joy va boshqa ijtimoiy huquqlarni tiklash huquqini о‘z ichiga oladi.
Jinoyat kodeksining 77-moddasiga binoan, jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan hisoblanadi.
Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
Biroq yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishi tugatilgan shaxslar tо‘la ma’noda sudlanmagan deb e’tirof etilishi, bu toifadagi ishlarning tugatilishi reabilitatsiya uchun asos bо‘lishi mumkin emas.
Chunki shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bо‘lib, uning jinoyat sodir qilganlik fakti axborot markazida qayd etiladi hamda ayrim shaxslarning muayyan huquqlarini cheklanishiga olib keladi. Jumladan, yarashuv institutining qо‘llanilishi mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining bekor qilinishiga olib kelishi yoki ishlari tugatilgan shaxslarning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ishga kirishiga tо‘sqinlik qilishi mumkin.
YODDA TUTING! Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021 y., 03/21/671/0093-son.
- О‘zbekistonRespublikasiJinoyatkodeksi.О‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son.
- О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. О‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son.
- О‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda
Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksiga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni. О‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda.
- О‘zbekistonRespublikasining2004-yil27-avgustdagi
“О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni. О‘zbekiston
Respublikasi Qonun hujjatlari tо‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda.
- О‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 31-dekabrdagi “Uy-joy-kommunal xо‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni . О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2005-y., 52-son, 385-modda.
- О‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 3-apreldagi “О‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 661-moddasiga о‘zgartish kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni (40-modda bо‘yicha);
- О‘zbekistonRespublikasining2012-yil29-dekabrdagi
“О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni. О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2009-y., 15-son, 171-modda.
- О‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi “О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va
qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni. О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2016-y., 39-son, 457-modda.
- О‘zbekistonRespublikasining2019-yil8-iyuldagi
“О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2019 y., 03/19/548/3395-son.
- О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yarashuv tо‘g‘risidagi ishlar bо‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli qarori https://lex.uz/docs/1453539.
ALISHAEV SOBIR TURSUNBOEVICH
JINOYAT ISHI BО‘YICHA
YARASHUVGA YО‘L
QО‘YILADIMI?
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir
Muharrir
Musahhih
Texnik muharrir
Dizayner
O. Choriyev
Sh. Jahonov
M. Patillayeva
U. Sapayev
D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,4 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 67-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
24