KIRISH

Hozirgi kunda ushbu soha eng tez sur’atlar bilan rivojlanib, tartibga solish kundan kunga murakkablashayotgan sohalardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sohaning tezlik bilan rivojlanishi o‘z navbatida intellektual mulk himoyasini ta’minlash tizimini takomillashtirishni ham hayotiy zaruratga aylantiradi. Ma’lumki, ushbu sohada mustahkam himoya tizimi mavjud bo‘lmas ekan, intellektual mulk rivojlanishi haqida o‘ylash ham mumkin bo‘lmaydi. Sababi, ixtirochi, muallif yoxud har qanday intellektual mulk yaratuvchisining aqliy faoliyati natijasida yaratilgan obyektdan huquq egasi har qanaqasiga foyda ko‘rmasa, qo‘llab-qavvatlamasa hamda har tomonlama rag‘batlantirmasa, ularda yangidan yangi narsalarni ixtiro qilishga yoki yaratishga turtki (motivatsiya) ham bo‘lmaydi. Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish tizmini nafaqat millliy, balki xalqaro darajada rivojlantirish va yagona butunjahon himoya tizimini yaratish mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Intellektual mulk har qanday sivilizatsiyalashgan jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, hozirgi vaqtda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, liberallashtirish va barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishni ta’minlash zaruratining mavjudligidir. Birgina, tovar belgilariga nisbatan huquqning ta’minlanishi mamlakatlarning iqtisodiyotiga qanchadan qancha daromad keltirmoqda. Jumladan, Interbrand agentligining 2019-yil uchun ma’lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, bunda Apple yetakchi xalqaro tovar belgisi sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, uning qiymati qariyb 234 milliard AQSh dollariga baholanmoqda. Yana shunday brendlar safiga “Amazon” ($200,7 mlrd), “Microsoft” ($166 mlrd), “Google” ($165,4 mlrd) va “Samsung” ($62,3 mlrd) brendlarini keltirish mumkin.

Intellektual mulk insoniyat svilizatsiyasi taraqqiyotini tezlashtirib, kelajakda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi asosiy kuchiga aylanib, ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy

4

rivojlanishning fundamental kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, intellektual mulk davlatning raqobatbardoshligi va umumiy salohiyatidan dalolat beradi. Shu sababli sohaning huquqiy muhofazasiga alohida e’tibor berish va takomillashtirish kelgusida mamlakatimizning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishiga zamin yaratadi.

Hozirda O‘zbekiston yirik jahon kompaniyalari uchun “ochiq bozorga aylanmoqda” va investorlar ushbu bozorga kirishda o‘zlarining nomoddiy aktivlarini tegishli tarzda barqaror himoya qiladigan shaffof tizim hamda kafolatli mehnat sharoitlarini kutadi. Sohani himoyasiga bag‘ishlangan maxsus mexanizmni yaratish investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

5

1-§. KONTRAFAKT MAHSULOTLAR TUSHUNCHASI

Intellektual mulk nima?

“Intellektual mulk lotincha “intellect” – aql so‘zidan, “intelligence property” – intellektual mulk so‘zlaridan olingan bo‘lib, shaxs ijodiy faoliyatining moddiy yoki g‘oyaviy ko‘rinishdagi natijalari, ulardan foydalanish bilan bog‘liq mulk hamda fuqarolik huquqining alohida o‘ziga xos obyekti hisoblanadi”.

Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar himoyasining tizimli ta’minlanishi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi va farovonligini ta’minlashning eng muhim kafolati hisoblanadi.

Kontrafakt nima?

Kontrafakt – fransuzcha so‘z bo‘lib, muallifning huquqini poymol qilish degan maʼnoni anglatadi. Ya’ni, mamlakat doirasida huquqiy muhofaza bilan ta’minlangan intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiruvchi texnika, turli xildagi modellar hamda sanoat namunasidan foydalangan holatda huquq egasidan beruxsat tayyorlanib, bozorga taklif etilgan, sotuvga va iste’mol muomalasiga kiritilgan tovarlar. Shu o‘rinda aytish joizki, mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlariga bo‘lgan huquqni buzib takrorlangan yoxud tarqatilgan asarlar nusxalar ham shular sirasiga kiradi.

Kontrafakt mahsulotlar xalqaro brendlarga nisbatan ham ishlatilishi mumkinmi?

“Kontrafakt” atamasi har qanday shaxsning intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotga tegishli. Kontrafakt ishlab chiqaruvchilar taniqli brendlar va logotiplarni qonuniy brend egasi tomonidan ishlab chiqarilmaydigan soxta mahsulotlarga joylashtirish orqali xaridorlarni yo‘ldan ozdiradi1. Bir so‘z bilan aytadigan

1Kontrafakt va qalbaki mahsulotlar o‘rtasidagi farqlar. https://consumer.gov.uz/ yangiliklar/kontrafakt-va-qalbaki-mahsulotlar-ortasidagi-farqlar/

6

bo‘lsak, kontrafakt mahsulot – tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish natijasida iste’molchini adashtirish.

“Kontrafakt” atamasi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilganmi?

“Kontrafakt” atamasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-429-sonli qarori bilan qonunchilikka kiritildi2. Shuningdek, ushbu tushuncha O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-sonli “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida” hamda 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-sonli “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunlarda ham keltirib o‘tilgan.

Kontrafakt mahsulotlarga aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor berish lozim?

Birinchidan, mahsulotga diqqat bilan e’tibor berish lozim. Bu orqali xarid qilayotgan mahsulotning nomi, yozilishi to‘g‘riligiga, shuningdek, qadoqlash sifati hamda grafik chiziqlarining aniq aks etganligiga ishonch hosil qilinadi.

Ikkinchidan, mahsulotni ishlab chiqaruvchisiga hamda shtrix kodlariga e’tibor qaratib, xarid qilish maqsadga muvofiq.

Uchinchidan, mahsulotni xarid qilishdan avval batafsil o‘ylab ko‘rish kerak. Agarda mahsulotning narxi haqiqatdan yiroq bo‘lsa, bilingki, siz asl mahsulotni xarid qilmayapsiz. Chunki asl dizaynerlik buyumlarining narxi kamdan kam holatlarda pasaytirilishi mumkin.

To‘rtinchidan, ishonchli savdo do‘konlaridan xarid qilishga harakat qilish lozim. Duch kelgan do‘kondan tovar xarid qilish kontrafakt mahsulotga aldanib qolishga sabab bo‘lishi mumkin.

  1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil, 16-son, 265-modda)

7

Qalbakilashtirish nima?

“Qalbakilashtirish” tushunchasiga ta’rif O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483-I-sonli Qonunning 2-moddasida berilgan: “Oziq-ovqat mahsulotini qalbakilashtirish – oziq-ovqat xomashyosining hamda oziq-ovqatlarning xossalari va mezonlarini ataylab o‘zgartirish yoki ularni almashtirib qo‘yish”. Bundan ko‘rinadiki, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibini ataylab o‘zgartirish qalbakilashtirish hisoblanadi. Shuningdek, iste’molchi uchun qalbaki mahsulotni ajratib olish imkoni kontrafakt mahsulotga qaraganda ancha osonroq bo‘ladi. Odatda, qalbaki mahsulot ishlab chiqaruvchilar asl brend, logotip yoki mahsulot dizaynining ba’zi ko‘rinish va xususiyatlarini o‘zgartiradi, xolos.

Kontrafakt va qalbaki mahsulot bir-biridan qanday farqlanadi? Kontrafakt mahsulotda – mashhur brenddan, dizayndan ularni

o‘zgartirgan holda foydalanib, mahsulotning amal qilish muddati, shtix kodlari haqida ma’lumotlarni ko‘rsatib o‘tmaydi. Qalbaki mahsulotda esa

– tovarning sifati asl mahsulotnikidan farqlanib, mahsulotning tarkibiy xossalari o‘zgartiriladi.

Dunyo bo‘ylab qalbaki mahsulotlarning statistikasi qanday? Ma’lumot o‘rnida shuni alohida ta’kidlashimiz joizki, hozirgi kunda

dunyo bo‘yicha turli xildagi dasturlar, ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumot va tovarlar, jumladan, disklarning 70-80 foizi, ichimlik(alkogol), kiyim-kechak va oyoq kiyimlarning 30-40 foizi, choy, kofe, tayyor oziq-ovqat mahsulotlarining 30 foizi, yengil sanoat mahsulotlarining 25 foizi, dori va parfyumeriya mahsulotlarining 10-15 foizi va tamaki mahsulotlarining esa 1-2 foizi qalbakilashtirilyapti3. Bunday turdagi tovarlardan nafaqat iste’molchi, shu bilan birga, tadbirkor va davlat zarar ko‘radi.

  1. Konrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurash (ima.uz) https://www.ima.uz/uz/information/info/news/1538

8

Intellektual mulk himoyasi yalpi ichki mahsulotning oshishiga sabab bo‘ladimi?

Rivojlangan davlatlarning hammasida intellektual mulkning rivoji va uning huquqiy himoyasiga alohida e’tibor berganligi bois, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi keskin oshmoqda. Jumladan, ushbu soha Yevropa yalpi ichki mahsulotining 45 foizini, Xitoyda 12 foizini, Rossiyada 7 foizini hosil qilishi fikrimizga yorqin dalil bo‘ladi.

9

2-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KONTRAFAKT MAHSULOTLARGA QARSHI KURASH USULLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Kontrafakt mahsulotlar aylanmasi uchun javobgarlik mavjudmi?

O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunning 371-moddasiga asosan, “O‘zganing tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan huquq egasining ruxsatisiz yoxud iste’molchilarni chalkashtiradigan darajada o‘xshash tovar belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun jarima jazosi nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra ushbu jinoyatni sodir etgan yuridik shaxslardan BHMning yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha jarima undiriladi”.

Shu o‘rinda xorijiy tajribaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu boradagi choralar anchagina qat’iy ekanligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Misol qilib, Moldova, Belarus, Italiya, Koreya Respublikalarini olib qaraydigan bo‘lsak, shaxslar sanoat mulki bo‘yicha milliy va xalqaro qonunchilikda nazarda tutilgan normalarni buzgan holatda, ushbu shaxslardan 2500 – 6000 AQSH dollari miqdorida jarima to‘lashlari belgilab qo‘yilgan. Bunday xatti-harakatlar faqatgina jarima bilan cheklanmasdan, ushbu yuridik shaxsga nisbatan huquqiy ta’sir choralari, jumladan, o‘z faoliyatini to‘xtatish hamda tovarlar va xizmatlarni reklama qilishni cheklash kabilar qo‘llaniladi4.

Markirovkalash nima?

Kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashning yana bir zamonaviy usullaridan biri tovarlarni markirovkalash amaliyotidir. Ushbu usulga batafsil to‘xtalib o‘tishdan oldin, markirovka tushunchasiga ta’rif bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Markirovka – bu tovarlarda mahsulotni ishlab chiqargan tadbirkor va tovarning seriya raqamini o‘zida aks ettirgan maxsus shifrlangan belgi.

4 Intellektual mulk muhofazasida qat’iy choralar zarur. Elektron manba:

https://yuz.uz/uz/news/intellektual-mulk-muhofazasida-qatiy-choralar-zarur

10

Ushbu belgi orqali mahsulotni sotib olayotganda iste’molchilar asl mahsulot yoxud qalbaki mahsulotni bir biridan ajrata oladi. Shuningdek, markirovkalash amaliyotining kengayishi mahsulot ishlab chiqarish zanjirining hamma qatnashchilariga, jumladan, ulgurji va chakana savdo nuqtalariga, iste’molchilarga, mahsulotni yetkazib beruvchilarga hamda ishlab chiqaruvchilarga o‘zaro bir-birlari bilan aloqaga kirishishga xizmat qiladi.

Markirovkalash O‘zbekiston Respublikasida qanday tartibga solinadi?

Markirovkalash tizimi O‘zbekistonga 2020-yildan boshlab kirib kelgan, sababi aynan shu vaqtga kelib ushbu tizimning huquqiy asosi yaratila boshlagan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 737-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-

dekabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 833-sonli qaroriga ilova “Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish” Qoidalari hamda “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 322-sonli VMQlar bilan huquqiy tartibga solinadi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston hududida markirovlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish amaliyotini va tartibini belgilab beradi.

Yuqorida qayd etilgan qonunlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi mahsulotlarni markirovkalash va savdo aylanmasini kuzatib borishga mo‘ljallangan “Asl Belgisi” nomli milliy tizim ishlab chiqilgan. Ushbu tizim davlat va xususiy sherikchilik asosida faoliyat olib boradi. “Asl Belgisi” tizimi tomonidan mahsulotlarga maxsus raqamlar orqali ifodalangan kodlar beriladi, bu kod mahsulotning sifatli ekanligiga kafolat beradi.

11

Markirovkalangan mahsulotni sotib olish xaridor uchun qanday qulayliklar taqdim etadi?

  • tovar ishlab chiqarilgan joy, vaqt, amal qilish muddati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish;
  • asl yoki qalbaki mahsulotligiga ishonch hosil qilish;
  • iste’molchilarning hayotiga va sog‘lig‘iga xavfli yoki xavfsizlik darajasini aniqlashga yordam beradi5.

Markirovkalashdan sotuvchiga manfaat bormi?

  • halol raqobat muhiti yaratiladi;
  • qalbaki tovarlar aylanmasi kamayadi;
  • yashirincha soliqlardan qochish holatlari kamayadi;
  • ishlab chiqarilgan mahsulotlarning harakati haqida ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi;
  • ishlab chiqarish davrini rejalashtirishga hamda tovarlar aylanmasini yanada oshirishga yordam beradi;
  • ombor zaxiralarini kamaytirishga;
  • mahsulotni keltirib berish bilan bog‘liq xarajatlar optimallashadi.

Markirovkalash qo‘shni davlatlarda ham tatbiq etilganmi? Qozog‘istonda markirovkalash usuli 2018-yildan boshlab amaliyotda

qo‘llanila boshlagan. Dastlab, mo‘ynali kiyimlar, sigaretalar va boshqa tamaki mahsulotlari majburiy markirovkalangan. Hozirga kunga kelib, oyoq kiyimlarni markalash va kuzatib borish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushgan. Bu loyihaga ko‘ra, poyabzal mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, markirovkani mahalliy tadbirkorning o‘zi amalga oshiradi. Agar oyoq kiyimlar import qilib, mamlakat hududiga kirib kelgan bo‘lsa, markirovka qilishga importyor mas’ul bo‘ladi. Bunda yoki ishlab chiqaruvchi o‘zi Qozog‘iston tashqarisidagi ishlab chiqarish

5 Markirovkalash amaliyoti O‘zbekistonga nega kerak? Elektron manba:

Review.uzhttps://review.uz/uz/post/markirovkalash-amaliyoti-ozbekistonga-nega-kerak

12

maydonida markirovkalab beradi, yoki importchi markirovka kodlarini oldindan buyurtma qilib, import tovarlari deklaratsiyasida ko‘rsatadi6.

Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston 2019-yil 1-iyundan boshlab spirtli ichimliklarni, 2019-yil 9-sentabrdan boshlab farmatsevtika mahsulotlarini hamda 2020-yil 1-oktabrdan boshlab esa sut mahsulotlarini markirovkalashni amalga oshirdi. Hozirga kunga kelib Qozog‘istonda barcha mahsulotlar markirovka qilinmagan bo‘lsa-da, yaqin ikki uch yillarda to‘laqonli markirovkalash tizimidan foydalanish reja qilinmoqda.

O‘zbekistonda eng ko‘p import mahsulotlar ulushiga egalik qiladigan Rossiya Federatsiyasida ham markirovkalashdan foydalaniladimi?

Rossiya tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu usulni amaliyotga joriy etishni ko‘zda tutadigan qonun loyihasi 2017-yil 31-dekabrda qabul qilinganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Markirovkalash amaliyoti 2021-yilga kelib 9 turdagi mahsulotga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘ldi. Ushbu ro‘yxatni 2024-yilda kengaytirish rejalari ishlab chiqilmoqda. Har bir mahsulotni markirovka qilish ma’lum bir vaqtda amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, quyidagi jadvalda batafsil ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin7:

T/r

Mahsulot nomi

Markirovka

T/r

Mahsulot nomi

Markirovka

vaqti

vaqti

1

Tabiiy mo‘yna

2016-yil

6

Shinalar

2020-yil

mahsulotlari

12-avgust

1-noyabr

2

Tamaki

2019-yil

7

Kiyimlar

2021-yil

mahsulotlari

1-mart

1-yanvar

3

Dori vositalari;

2020-yil

8

Pishloq

2021-yil

poyabzallar

1-yul

mahsulotlari

1-iyun

6 Markirovkalash amaliyoti O‘zbekistonga nega kerak? Elektron manba: Review.uz https://review.uz/uz/post/markirovkalash-amaliyoti-ozbekistonga-nega-kerak

7 Markirovkalash amaliyoti O‘zbekistonga nega kerak? Elektron manba: Review.uz https://review.uz/uz/post/markirovkalash-amaliyoti-ozbekistonga-nega-kerak

13

4

Fotosurat uskun-

2020-yil

9

Zargarlik

2021-yil

lari; chiroqlar

1-oktabr

mahsulotlari

1-iyul

5

Parfyumeriya

2020-yil

10

Sut mahsulotlari

2021-yil

mahsulotlari

1-oktyabr

1-sentabr

Rossiyada ham hali markirovkalash jarayoni davom etmoqda. Yaqin bir necha yillarda velosiped, suv, nogironlar aravachasi hamda biologik faol oziq-ovqat mahsulotlarini markirovka qilish bilan bog‘liq jarayonlar davom etmoqda.

Mualliflik huquqi buzilishi bilan bog‘liq qanday kontrafakt huquqbuzarliklar sodir etiladi?

Intellektual mulk obyektlarining yana bir turi bo‘lmish mualliflik huquqi va turdosh huquqlar buzilishining eng keng tarqalgan turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • nusxa ko‘chirish, ya’ni kitob va ilmiy ishlarni qayta ko‘paytirish;
  • tarqatish (sotuvga chiqarish, ijaraga berish, konsert va teatrlarda ommaga ma’lum qilish, turli ommaviy axborot vositalarida namoyish etish);
  • turli xil tillarga tarjima qilish;
  • asarlarni qayta qayta nashr etish.

Ya’ni shunday huquqbuzarliklarga qalam haqi to‘lamasdan, muallifning ruxsatisiz chop etish yoxud qayta chop etish kabilarni ham kiritishimiz mumkin. Bunday toifadagi huquqbuzarliklarga nisbatan fuqarolik, ma’muriy yoxud jinoiy javobgarliklar qonunchilikda nazarda tutilgan. Bundan tashqari, muallif o‘z huquqlarini sud orqali himoya qilishi va huquqbuzardan ushbu harakatni to‘xtatishni, yetkazilgan zararni, xususan, boy berilgan foydani, ma’naviy zararni qoplashni talab qilishga haqli.

“Kontrafakt matbaa” uchun javobgarlik bormi?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlari bilan bog‘liq huquq buzilish holatlari unchalik

14

ko‘p emasligi, ushbu huquqning buzilishi bilan bog‘liq holatlarni ko‘payishiga zamin yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida mualliflik huquqining buzilishiga oid ma’muriy javobgarlikdan tashqari, jinoiy javobgarlik ham belgilangan. Hozirgi kunga kelib ushbu sohadagi huquqlarni buzilishi bilan bog‘liq qaroqchilik, hammualliflikka majburlash, plagiat va mualliflikni o‘zlashtirib olish kabi jinoyatlar sodir etilmoqda.

Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga murojaat qiladigan bo‘lsak, Kodeksning 149-moddasi aynan shu sohadagi huquqbuzarlikka bag‘ishlanganligini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu moddaga asosan, “Inson aqliy faoliyati bilan yaratilgan obyektga nisbatan mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majbur qilish, shuningdek, ushbu obyektlar haqida ma’lumotlarni rasman ro‘yxatdan o‘tkazilguncha huquq egasining roziligisiz oshkor qilish – BHMning 25 baravarida 75 baravarigacha jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 365 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi” qayd etilgan.

“Kontrafaktsiz oy” oyligi qachon tashkil etiladi?

Mamlakatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 28-yanvarda ham ushbu sohani huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazilib, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish borasida bir qancha chor-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu yig‘ilishda “Intellektual mulk obyektalarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan, kontrafakt tovarlar savdosiga qarshi salmoqli kurashish tartibi belgilandi. Jumladan, Intellektual mulk agentligiga har yili (15 fevral – 15 mart) bir marta respublikamiz hududi doirasida kontrafakt tovarlar aylanmasiga qarshi keskin kurashishga qaratilgan “Kontrafaktsiz oy”ligini o‘tkazish vazifasi belgilangan.

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida Intellektual mulk departamenti tomonidan qanday tadbirlar amalga oshiriladi?

Oylik doirasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

15

  • savdo markazlarida, jumladan, bozorlar, savdo shahobchalari, do‘konlar, ko‘chma bozorlarda kontrafakt tovarlar realizatsiyasining oldini olishga hamda ularga qarshi kurashishni nazarda tutadigan tashviqot tadbirlarini o‘tkazish;
  • kontrafakt mahsulot ishlab chiqarganlik uchun javobgarlik masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
  • “O‘z brendlarini yaratishning qonuniy asoslari” mavzusida tadbirkorlar bilan uchrashib muloqotlar o‘tkazish;
  • kontrafakt tovarlarni ishlab chiqarib, bozorga kiritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ushbu xatti-harakatlari uchun dastlab ogohlantirishlar berish hamda bunday noqonuniy harakat uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklarning qo‘llanilishi borasida tushuntirishlar berish;
  • kontrafakt mahsulotlar katalogi tarqatiladi;
  • yirik bozorlar, savdo majmualari, avtobuslar hamda metro bekatlarida kontrafakt mahsulotlarning zararli oqibatlarini eslatuvchi flayerlar joylanadi.
  • OAVda soha bo‘yicha targ‘ibot chiqishlari keng yo‘lga qo‘yiladi8.

Bunday tadbirlarda aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni ishlab

chiqarayotgan huquqbuzarlarga nisbatan, sodir etilgan huquqbuzarlikning darajasiga qarab ogohnoma, taqdimnoma, yoki ma’muriy bayonnoma kabi huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.

“Kontrafaktsiz oy” oyligida qanday xalqaro brendlarning kontrafakt ko‘rinishlari fosh etildi?

Bu bir oylik muddat davomida kuniga ishchi guruhlar tomonidan turli tuman yuzdan ortiq kontrafakt mahsulotlar aniqlanmoqda. Departament xodimlari tomonidan kontrafakt mahsulolarning yangi ko‘rinishdagilari, jumladan “head shoulders” shampunini “haed shuolders” ko‘rinishida, “Clear” shampunini “CLEER” shaklida, “PALMOLIVE” sovunini “PamelloVe” shaklida, “Mars” shokoladini “Maris” ko‘rinishida, “BOUNTY” shokoladini

  1. “Kontrafaktsiz oy” oyligida faol ishtirok eting. Elektron manba: http://ima.uz/uz/information/info/news/2194/

16

“BONTI”, “BAUNTY” shaklida, “Алёнка” shokoladini “Алёнушка” va “Алёна” shakllarida, “Nesquik” shirinligini “Neskuic” “Nestik” shakllarida ishlab chiqarib, iste’molchilarni chalg‘itishga harakat qilingan. Bunday turdagi kontrafakt mahsulotlar soni anchayin kengayib, hozirgi kunga kelib 2 mingdan oshib ketganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Inson salomatligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiluvchi dori mahsulotlarining ham kontrafakt ko‘rinishlari bormi?

“Trimol” tabletkasini nomidan foydalanib “Turmol” sifatida o‘zgartirib tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni paymol qilganligiga misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Aslida “Trimol” dori vositasini Hindistonning Ajanta Pharma Ltd kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan ishlab chiqaradi. Kompaniya vakolatxonasi Intellektual mulk agentligiga murojaat qilib, o‘z murojaatida Marrymed Pharm MChJ Ajanta Pharma Ltdning tovar belgisidan foydalanib, iste’molchilarni adashtirib, qonunga xilof huquqbuzarlik sodir qilayotganini ma’lum qilgan. Agentlik ushbu holatni o‘rganib, Ma’muriy sudga bayonnoma kiritgan va MJTKga ko‘ra Marrymed Pharm MChJga BHMning 3 baravari miqdorida jarima tayinlangan.

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar buzilishi bilan bog‘liq qanday huquqbuzarliklarga nisbatan chora ko‘rildi?

2022-yil 4-mart kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati “UzAvtor” tomonidan artist Qo‘ziyev Toir Asqarovichning manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo ariza ko‘rib chiqildi. Mazkur da’vo arizaning o‘ziga xos tomoni shundaki, “UzAvtor” birinchi marotaba muallifning ruxsatisiz uning asaridan foydalanganlik uchun restoranni sudga bergan. Ya’ni muallif Toir Qo‘ziyevning “Cumite” nomli musiqiy asaridan uning ruxsatisiz foydalangan restoranga nisbatan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga binoan, huquqbuzardan jabrlanuvchiga nisbatan 5 million so‘m tovon puli undirib

17

berildi. Bunday huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llanilayotgan javobgarlik, huquqlari buzilgan muallifning huquqlarini sud orqali himoya qilish bilan bog‘liq amaliy misollarning ko‘payishi, ushbu sohaga nisbatan aholi orasida hurmatni shakllanishiga ham xizmat qiladi.

“Kontrafakt” mahsulot ishlab chiqarganlarga javobgarlik belgilanganmi?

Bunday tadbirlarda aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan huquqbuzarlarga nisbatan, sodir etilgan huquqbuzarlikning darajasiga qarab ogohnoma, taqdimnoma yoki ma’muriy bayonnoma kabi huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Intellektual mulk agentligi tomonidan oylik doirasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

  • savdo markazlarida, jumladan, bozorlar, savdo shahobchalari, do‘konlar, ko‘chma bozorlarda kontrafakt tovarlar realizatsiyasining oldini olishga hamda ularga qarshi kurashishni nazarda tutadigan tashviqot tadbirlarini o‘tkazish;
  • kontrafakt mahsulot ishlab chiqarganlik uchun javobgarlik masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
  • “O‘z brendlarini yaratishning qonuniy asoslari” mavzusida tadbirkorlar bilan uchrashib muloqotlar o‘tkazish;
  • kontrafakt tovarlarni ishlab chiqarib, bozorga kiritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ushbu xatti-harakatlari uchun dastlab ogohlantirishlar berish hamda bunday noqonuniy harakat uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklarning qo‘llanilishi borasida tushuntirishlar berish;
  • kontrafakt mahsulotlar katalogi tarqatiladi;
  • yirik bozorlar, savdo majmualari, avtobuslar hamda metro bekatlarida kontrafakt mahsulotlarning zararli oqibatlarini eslatuvchi flayerlar joylanadi.
  • OAVda soha bo‘yicha targ‘ibot chiqishlari keng yo‘lga qo‘yiladi9.
  1. “Kontrafaktsiz oy” oyligida faol ishtirok eting. Elektron manba: http://ima.uz/uz/information/info/news/2194/

18

“Kontrafaktsiz oy” oyligi yakunida qanday natijalarga erishildi? 2022-yilning birinchi choragida respublikamizning hududlari bo‘ylab

66 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur tadbirlar davomida 1000 dan ortiq kontrafakt mahsulotlar aniqlanib, shulardan, 500 dan ortig‘i dori vositalari tashkil etadi. Birgina 2022-yilning yanvar-mart oylari davomida kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqargan va savdosi bilan shug‘ullangan huquqbuzarlarga nisbatan 568 ta ogohnoma, 127 ta taqdimnoma, 27 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 11 tasi tegishli sudlar tomonidan qanoatlantirilib, jazolar tayinlangan10.

10 “Intellektual mulkning buzilishiga qarshi kurash biznesni bo‘g‘ish deb hisoblanar ekan, bu norozilikni keltirib chiqaraveradi”. Gazeta.uz

19

20

21

FOYDALANILGAN MANBALAR

1. Kontrafakt va qalbaki mahsulotlar o‘rtasidagi farqlar. https://consumer.gov.uz/yangiliklar/kontrafakt-va-qalbaki-mahsulotlar-ortasidagi-farqlar/

  1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil, 16-son, 265-modda)
  2. Kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurash (ima.uz) https://www.ima.uz/uz/information/info/news/1538
  3. Intellektual mulk muhofazasida qat’iy choralar zarur. Elektron

manba: https://yuz.uz/uz/news/intellektual-mulk-muhofazasida-qatiy-cho-ralar-zarur

  1. Markirovkalash amaliyoti O‘zbekistonga nega kerak? Elektron

manba: Review.uzhttps://review.uz/uz/post/markirovkalash-amaliyoti-ozbekistonga-nega-kerak

  1. “Kontrafaktsiz oy” oyligida faol ishtirok eting. Elektron manba: http://ima.uz/uz/information/info/news/2194/
  2. “Intellektual mulkning buzilishiga qarshi kurash biznesni bo‘g‘ish deb hisoblanar ekan, bu norozilikni keltirib chiqaraveradi”. Gazeta.uz

22

BAHRAMOVA MOHINUR BAHRAMOVNA

RAHMANOV ABDUMUHTOR REJJABBAYEVICH

KONTRAFAKT

MAHSULOTLARGA VA

PARALLEL IMPORTGA

QARSHI KURASH

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir

Muharrir

Musahhih

Texnik muharrir

Dizayner

O. Choriyev

Sh. Jahonov

M. Patillayeva

U. Sapayev

D. Rajapov

23

16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 1,4 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 68-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

24