KIRISH

Dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Transparency International ma’lumotlariga kо‘ra, sо‘nggi о‘n yil mobaynida korrupsiya bilan bog‘liq vaziyatda 180 mamlakatning 2/3 qismi 100 ballik tizimda 50 dan past ball tо‘plagan bо‘lsa, 27 davlat butun tarixi davrida eng past ballni qо‘lga kiritgan1.

Jahonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga oid qonunlarning tо‘g‘ri qо‘llanilishini ta’minlash siyosatini о‘rganish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bu boradagi faoliyatini samarali tashkil qilish masalalari bо‘yicha ilmiy tahlillar о‘tkazilishiga va tegishli normativ huquqiy hujjatlarni qabul qilinishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2020-yil 31-dekabrda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda kо‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom2ni tasdiqlash haqidagi 829-sonli qarorining qabul qilinishi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni va jinoyatlarning oldini olish va jamoatchilikni faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan xulq-atvorni rag‘batlantirish, korrupsiyaning oldini olishning yangi profilaktik choralari va yanada samaraliroq mexanizmini ishlab chiqish, qonunni qо‘llash amaliyotini yaxshilash borasidagi yо‘nalish va istiqbollarni tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatni korrupsiya illatidan tozalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bо‘lib qolmoqda.

Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 84-maqsadi sifatida belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini ta’minlashga qaratilgan3. Transparency international xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tuziladigan korrupsiyani qabul qilish indeksida (corruption perceptions index) О‘zbekiston 2003-yilda 146 ta davlat orasidan 114 о‘rinni egallagan bо‘lsa4, 2021-yilga kelib 180 dan ortiq davlat

  1. https://www.transparency.org/ru/press/2021-corruption-perceptions-index-press-release
  2. https://lex.uz/docs/5193571
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekis-tonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/5841063
  4. https://www.transparency.org/en/cpi/2004

5

о‘rtasida 140-о‘ringa tushib ketdi5. Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bо‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bugungi kunning dolzarb masalasidir.

Yuqorida keltirilgan statistik raqamlar korrupsiyaning о‘sishda davom etayotganidan dalolat beradi. Bu esa korrupsiyaga qarshi kurashishda aholini huquqiy ongini oshirish va qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlar haqida aholini xabardor etish lozimligini anglatadi.

Korrupsiyaning oldini olishga oid qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlar bilan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida mazkur risola tayyorlandi.

Muallif

  1. https://www.transparency.org/en/countries/uzbekistan

6

KORRUPSIYA NIMA?

Korrupsiya (lot. Corrumpere – buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan о‘zlarining shaxsiy manfaatlarini kо‘zlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Qonun hujjatlarida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Shaxsning о‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud о‘zga shaxslarning manfaatlarini kо‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir”. Korrupsiyaning tarixiy о‘zaklari qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bо‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. О‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olingan. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxо‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obrо‘siga juda qattiq putur yetkazgan. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxо‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a kо‘rni kо‘radigan qiladi va haqiqatni о‘zgartiradi” deyilgan bо‘lsa, Qur’oni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yо‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bо‘lgan narsalarni olish uchun о‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deb kо‘rsatilgan6. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga kо‘proq salbiy ta’sir kо‘rsata boshlagan. Bu о‘sha davrda qabul qilingan qonun hujjatlarida о‘z aksini topgan bо‘lib, jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH prezidentini impechmentga tortish mumkin bо‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida kо‘rsatib о‘tilgan.

  1. https://anticorruption.uz/uzc/item/what-is-corruption

7

Xalq tilida soddagina qilib – poraxо‘rlik, keng ma’noda korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini aniqlash lozim.

Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi omillarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi faktorlar sifatida kо‘rsatadi.

Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar – ushbu vaziyat huquqni qо‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qо‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni sanksiyaning aniq miqdori yо‘qligi sudyada uni о‘z xohishiga qarab qо‘llashga sharoit yaratib beradi.

Aholi huquqiy savodxonligining pastligi – aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga о‘zining shaxsiy manfaati yо‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.

Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi – mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtayi nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa о‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi.

Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi – aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:

aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;

davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bо‘lgan daromadlardan kamligi;

iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi; inflyatsiyaning yuqori darajasi;

mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya,

Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini о‘rganish shuni kо‘rsatadiki, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bо‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli

8

foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bо‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.

Korrupsiyaning kelib chiqish sabablari sifatida yana quyidagi tо‘rtta omilni kо‘rsatish mumkin.

Birinchidan – iqtisodiy sabablar. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan о‘rnatilgan turli xildagi cheklashlar, amaldorlarning keng, nazoratdan xoli, cheklanmagan yo ruxsat berish, yo taqiqlash vakolati poraxо‘rlikka zamin yaratadi. Shu bilan bog‘liq holda, yirik mablag‘larga ega bо‘lgan ayrim ishbilarmonlar о‘z daromadlarini kо‘paytirish maqsadida va raqobatda alohida imtiyozlarga ega bо‘lish uchun hukumat amaldorlarini pora evaziga sotib olib, ularni о‘z ixtiyorlariga bо‘ysundirishga intiladilar.

Ikkinchidan – huquqiy sabablar. Korrupsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog‘liqdir. Mukammal bо‘lmagan qonunlar ishlamaydi va poraxо‘rlar bundan о‘z manfaatlari yо‘lida foydalanadilar.

Uchinchidan – institutsional sabablar bо‘lib, ularga avvalo, davlat boshqaruvi tizimidagi nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, shuning natijasida, hukumat faoliyatining yopiqligi yoki fuqarolik nazoratidan holiligidir.

Tо‘rtinchidan – ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit, aholining huquqiy bilimi, madaniyat darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligining yetishmovchiligi kabi omillardir.

Xulosa shuki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar inson yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom muhitida namoyon bо‘ladi.

KORRUPSIYAGA OID HUQUQBUZARLIK HAQIDA XABAR BERGAN YOKI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BOSHQA TARZDA KО‘MAKLASHGAN SHAXSLARNI RAG‘-BATLANTIRISH TARTIBI TО‘G‘RISIDA NIZOM MAZMUNI

Mamlakatimizda 2020-yil 31-dekabrda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda kо‘maklashgan shaxslarni

9

rag‘batlantirish tartibi tо‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga kо‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda kо‘maklashgan shaxslar tegishli tartibda rag‘batlantiriladi.

Rag‘batlantirishning asosiy vazifasi jamiyatda korrupsiyaning barcha kо‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid jinoyatlarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash, bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni о‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish va aholining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini yanada oshirish hamda ularni ushbu sohaga qо‘shayotgan hissasi uchun munosib taqdirlashdir.

Shaxs korrupsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qо‘shganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi mumkin.

Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar berilgan:

korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etish – tayyorgarlik

kо‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoxud korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxslarni topishda yordam kо‘rsatish;

korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklar – О‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksi 611, 1931 va 1932-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar;

korrupsiyaga oid jinoyatlar – О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 167-moddasining ikkinchi qismi “g” bandi, 168-moddasining uchinchi qismi “v” bandi, 1929 va 19210, 205, 209–214-moddalari, 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni mansab mavqeidan foydalangan holda sodir etish hamda 301-moddasida kо‘rsatilgan jinoyatlar.

Ushbu Nizomda rag‘batlantirish qonuniylik, adolatlilik, xolislik, oshkoralik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va xohish-istaklarini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilangan.

10

Shu о‘rinda quyidagi savollarga javob berish orqali mazkur normativ-huquqiy hujjatning mazmuni ochib beriladi.

KORRUPSIYAGA OID HUQUQBUZARLIK HAQIDA XABAR BERGAN YOKI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BOSHQA TARZDA KО‘MAKLASHGAN SHAXSLAR KIMLAR?

Bunday shaxslar guruhiga fuqarolar, fuqaroligi bо‘lmagan shaxslar, nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining yoxud davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organi xizmatchilari kiradi.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BOSHQA TARZ-DA KО‘MAKLASHISH DEGANDA NIMA NAZARDA TUTILADI?

Tayyorgarlik kо‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoxud korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxslarni topishda yordam kо‘rsatish.

QAYSI ORGANLAR KORRUPSIYAGA OID JINOYATLARNI ANIQLASH VA FOSH ETISH BILAN BOG‘LIQ TEZKOR-QIDIRUV TADBIRLARINI HAMDA PROTSESSUAL HARAKAT-LARNI AMALGA OSHIRUVCHI ORGAN SIFATIDA ISH OLIB BORADI?

О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

RAG‘BATLANTIRISH BО‘YICHA NIZOM TALABLARI KIMLARGA NISBATAN TATBIQ ETILMAYDI?

Mansabdor shaxslar, shu jumladan, tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi organlarga maxfiylik asosida kо‘maklashuvchi shaxslar, qonun hujjatlariga muvofiq korrupsiyaga oid jinoyatlar haqida о‘ttiz sutka mobaynida о‘z ixtiyori bilan arz qilgan yoki korrupsiyaga oid

11

huquqbuzarliklarni bevosita sodir etgan shaxslarga nisbatan qо‘llanilmaydi.

RAG‘BATLANTIRISH QANDAY SHAKLLARDA BELGI-LANADI?

Bir martalik pul mukofoti, tashakkurnoma yoki esdalik sovg‘a shakllarida belgilanib, shaxslar quyidagi asoslardan biri mavjud bо‘lganda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

fuqarolar yoki fuqaroligi bо‘lmagan shaxslar tomonidan о‘zlariga nisbatan pora talab qilgan shaxs haqida yoki о‘zlariga ma’lum bо‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik fosh etilishi;

nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining yoxud davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar о‘zini о‘zi boshqarish organining xizmatchisi о‘ziga nisbatan pora berishni taklif etgan yoki pora talab qilgan shaxs haqida yoxud о‘ziga ma’lum bо‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga (korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning xodimlari esa bevosita о‘z rahbariga) bergan xabari asosida huquqbuzarlik fosh etilishi;

korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bо‘lgan shaxs tо‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan xabar asosida qidiruvdagi shaxs ushlanishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno.

KORRUPSIYAGA OID HUQUQBUZARLIK HAQIDA XABAR BERGAN YOKI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BOSHQA TARZDA KО‘MAKLASHGAN SHAXSLAR QANDAY MIQDORDAGI BIR MARTALIK PUL MUKOFOTI BILAN RAG‘BATLANTIRILADI?

2022-yil 1-iyundan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 300.000 (uch yuz ming) sо‘m bо‘lganligini e’tiborga olib:

12

  1. korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, ya’ni 900.000 sо‘m miqdorida;
  2. pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud о‘zlashtirilayotgan (о‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining о‘ttiz baravari (9.000.000 sо‘m)gacha bо‘lsa:

ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan jinoyat, ya’ni qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan kо‘p bо‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan kо‘p bо‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar uchun

– bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari (1.500.000 sо‘m) miqdorida;

uncha og‘ir bо‘lmagan (qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan kо‘p bо‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan) jinoyat uchun – bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari (2.100.000 sо‘m) miqdorida;

og‘ir (qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin о‘n yildan kо‘p bо‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan) jinoyat uchun – bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravari(3.000.000 sо‘m) miqdorida;

о‘ta og‘ir (qasddan sodir etilib, qonunda о‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan) jinoyat uchun – bazaviy hisoblash miqdorining о‘n besh baravari (4.500.000 sо‘m)miqdorida;

  1. pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud о‘zlashtirilayotgan (о‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining о‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bо‘lsa:

ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan jinoyat uchun – bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravari (3.000.000 sо‘m) miqdorida;

13

uncha og‘ir bо‘lmagan jinoyat uchun – bazaviy hisoblash miqdorining о‘n besh baravari (4.500.000 sо‘m) miqdorida;

og‘ir jinoyat uchun – bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari (6.000.000 sо‘m) miqdorida;

о‘ta og‘ir jinoyat uchun – bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari (7.500.000) miqdorida;

e) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud о‘zlashtirilayotgan (о‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari(30.000.000 sо‘m)dan kо‘p bо‘lsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:

Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bо‘lgan miqdor, ya’ni 30.000.000 sо‘mdan 90.000.000 sо‘mgacha bо‘lgan miqdor uchun – pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud о‘zlashtirilayotgan (о‘zlashtirilgan) mulk qiymatining о‘n besh foizi miqdorida;

Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha va besh yuz baravaridan ortiq bо‘lgan miqdor, ya’ni 90.000.000 sо‘mdan to 150.000.000 sо‘mdan ortiq summa uchun – pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud о‘zlashtirilayotgan (о‘zlashtirilgan) mulk qiymatining о‘n foizi miqdorida. Bunda pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud о‘zlashtirilayotgan (о‘zlashtirilgan) mulk qiymatini foizlarda hisoblashda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorning eng kam miqdoridan kelib chiqiladi.

  1. qidiruvda bо‘lgan shaxsning yashiringan joyi haqida xabar berganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari (1.500.000 sо‘m), ikki yoki undan ortiq qidiruvda bо‘lgan shaxslarning yashiringan joyi haqida bir vaqtda xabar berganligi uchun esa – bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari (2.100.000 sо‘m) miqdorida.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlaridan tashqari, boshqa shaxslar, jumladan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish va uni fosh etishda ahamiyatga ega bо‘lgan dalillar haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga xabar berganlik yoki bunday toifadagi jinoyatlarni tergov qilish yoxud tezkor-qidiruv tadbirlarini о‘tkazishda

14

bevosita kо‘maklashganlik uchun shaxs tashakkurnoma yoki esdalik sovg‘a shaklida rag‘batlantirish tarzida taqdirlanadi. Bunday holda esdalik sovg‘a qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (600.000)dan oshmasligi kerak.

KORRUPSIYAGA OID HUQUQBUZARLIK HAQIDA XABAR BERGAN YOKI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BOSHQA TARZDA KО‘MAKLASHGAN SHAXS QANCHA MIQDORDA RAG‘BATLANTIRILADI?

Ikki va undan ortiq korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarlik haqida xabar berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining tо‘rt baravari (1.200.000 sо‘m);

har xil tasnifdagi ikki va undan ortiq korrupsiyaga oid jinoyatlar haqida xabar berganlik uchun ushbu jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligidan kelib chiqib og‘irroq tasnifi bо‘yicha bir marta;

bir xil tasnifdagi ikki va undan ortiq korrupsiyaga oid jinoyatlar haqida xabar berganlik uchun bir marta;

korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat haqida yoxud qidiruvdagi shaxs tо‘g‘risida ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan berilgan xabar uchun kо‘rsatilgan pul mukofoti miqdorining teng ulushlarida rag‘batlantiriladi.

Bundan tashqari, shaxsning loqayd emasligi, aniqrog‘i korrupsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qо‘shganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi mumkin.

RAG‘BATLANTIRISH MASALASINI KО‘RIB CHIQISH TARTIBI QANDAY?

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bо‘yicha jinoyat ishlari yuzasidan sudning ayblov hukmi yoki qarori qonuniy kuchga kirganda, shaxsning ayblilik tо‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanganda yoki sudning ajrimi qonuniy kuchga kirganda, qidiruvdagi shaxsga nisbatan qidiruvning bekor qilinganligi tо‘g‘risida prokurorning, surishtiruvchining, tergovchining

15

qarori yoki sudning ajrimi qabul qilingandan sо‘ng shaxsga nisbatan rag‘batlantirish masalasi kо‘rib chiqiladi.

RAG‘BATLANTIRISH BILAN BOG‘LIQ XARAJATLAR QANDAY QOPLANADI?

Aynan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda kо‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish О‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

KORRUPSIYAGA OID HUQUQBUZARLIK HAQIDA XABAR BERGAN YOKI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BOSHQA TARZDA KО‘MAKLASHGAN SHAXSLARNI RAG‘-BATLANTIRISH MASALASINI KО‘RIB CHIQISH TARTIBI QANDAY?

Rag‘batlantirish masalasi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan kо‘rib chiqiladi. Bunda respublika darajasidagi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar rag‘batlantirish tо‘g‘risidagi taqdimnoma bilan respublika maxsus komissiyasiga, ularning hududiy bо‘linmalari tomonidan esa hududiy maxsus komissiyalarga chiqadilar. Maxsus komissiyalarning tarkibi, faoliyat yuritish tartibi, raisi va a’zolarining huquq hamda majburiyatlari korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar tomonidan belgilanadi.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHUVCHI ORGANLAR-NING RAG‘BATLANTIRISH TО‘G‘RISIDAGI TAQDIMNO-MASIGA ASOS BО‘LUVCHI HUJJATLAR NIMALARDAN IBORAT?

Rо‘yxatdan о‘tgan ariza nusxasi yoki og‘zaki berilgan xabarni tasdiqlovchi ma’lumotlar;

sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki ayblov hukmi nusxasi;

16

qidiruvni bekor qilish haqida, shuningdek, ayblilik tо‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish tо‘g‘risida chiqarilgan ajrim yoki qaror nusxasi;

shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda kо‘maklashgan shaxslarning shaxsiy hisobvarag‘i bо‘lgan bank rekvizitlari.

Ushbu hujjatlar rag‘batlantirish uchun asos yuzaga kelgan kundan boshlab uch ish kuni ichida maxsus komissiyalarga taqdim etilishi lozim va ushbu hujjatlar olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarning tо‘liqliligi, asosliligi kо‘rib chiqiladi. Agar rag‘batlantirish uchun taqdim etilgan hujjatlar tо‘liq emasligi aniqlangan taqdirda, ikki ish kuni ichida qaytariladi. Qaytarilish uchun asos bо‘lgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, tegishli hujjatlar rag‘batlantirish uchun qayta taqdim etilishi mumkin. Rag‘batlantirish bо‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan chiqarilgan qarorlar uch ish kuni ichida taqdimnomani kiritgan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organga ijro uchun yuboriladi. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ maxsus komissiyaning qarori asosida bir ish kuni ichida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘asi bilan taqdirlash haqida qaror chiqarishi kerak. Bir martalik pul mukofoti xarajatlar smetasiga о‘zgartirish kiritilgandan sо‘ng о‘n ish kuni ichida shaxslarning shaxsiy hisobvarag‘iga о‘tkazib beriladi, esdalik sovg‘asi esa qonun hujjatlariga muvofiq sovg‘a qilinadigan buyum xarid qilingandan sо‘ng besh ish kuni ichida topshiriladi. Tashakkurnoma shaklida rag‘batlantirish masalasi bevosita korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ rahbari tomonidan kо‘rib chiqiladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda kо‘maklashgan shaxslar, ularning oila a’zolari va yaqin qarindoshlarining huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.

17

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. https://lex.uz/docs/5193571
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi “2022–

2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/5841063

  1. https://www.transparency.org/en/cpi/2004
  2. https://anticorruption.uz/uzc/item/what-is-corruption

18

ROZIMOVA QUNDUZ YULDASHEVNA

KORRUPSIYAGA OID

HUQUQBUZARLIK HAQIDA XABAR BERGAN SHAXSLAR RAG‘BATLANTIRILADI

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir O. Choriyev

Muharrir Sh. Jahonov

Musahhih M. Patillayeva

Texnik muharrir U. Sapayev

Dizayner D. Rajapov

19

16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 1,16 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 69-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

20