KIRISH
Milliy qonunchiligimizga kо‘ra, nikohdan ajratish fuqarolik ishlari bо‘yicha sud va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi. Bugungi kundagi statistik ma’lumotlar tahlili nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ishlarning yildan yilga oshib borayotganligidan dalolat beradi. Jumladan, 2021-yilning birinchi choragida fuqarolik ishlari bо‘yicha sudlar tomonidan mazmunan kо‘rilgan nikohdan ajratish haqidagi ishlar kо‘rsatkichi о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,498 tadan 1,840 taga (342 ta) kо‘payganligini qayd etish lozim. Shundan qanoatlantirilgan arizalar soni 2020-yilda 669 ta yoki 44,6 foizni tashkil etgan bо‘lsa, 2021-yilda 860 ta yoki 46,7 foizni tashkil etgan.
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan О‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodekslarida da’vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda kо‘riladi. Fuqarolik ishlari bо‘yicha sudlar tomonidan nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ishlarni kо‘rishda barcha moddiy va protsessual huquq normalariga amal qilish lozim. Zero, oila jamiyatning asosiy bо‘g‘ini bо‘lib, davlat muhofazasidadir. Shu sababli ham nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ishlarni fuqarolik ishlari bо‘yicha sudlarda kо‘rishning protsessual xususiyatlarini tadqiq qilish, nikohdan ajrashish sabablarini о‘rganish, uni saqlab qolishning protsessual mexanizmlarini takomillashtirish hamda sud amaliyotida mavjud muammolarni о‘rganish orqali ularni bartaraf etish, shuningdek, bu borada aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish dolzarb hisoblanadi.
“”
1. NIKOH TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI

Nikoh – nikoh yoshiga yetgan, qonunga muvofiq oila qurishni istagan erkak bilan ayolning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslangan, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, о‘zaro shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarini vujudga keltiradigan ittifoqdir.

Nikoh munosabatlari qaysi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi?

- NIKOHNI TUGATISH ASOSLARI Nikohni tugatish asoslariga nimalar kiradi?

er-xotindan birining vafot etishi;
sud tomonidan er-xotindan biri vafot etgan deb e’lon qilinishi;
er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratilishi;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi.
*Amaldagi qonunchilikka muvofiq nikohdan ajratish va bekor qilish aynan tushunchalar hisoblanadi.
- NIKOHDAN AJRATISH TО‘G‘RISIDAGI ISHLARNING
TAALLUQLILIGI

Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ishlar qaysi organga taalluqli?
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ishlar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari (FHDY) va fuqarolik ishlari bо‘yicha sudga taalluqli hisoblanadi.

4. FHDYO ORGANLARIDA NIKOHDAN AJRATISH TARTIBI

Qaysi hollarda nikohdan ajratish FHDY organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin?
Voyaga yetmagan bolalari bо‘lmagan er-xotin nikohdan ajratishga о‘zaro rozi bо‘lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.
YODDA TUTING! О‘rtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga kо‘ra er-xotindan biri:

- sud tomonidan bedarak yо‘qolgan deb topilgan bо‘lsa;
- sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bо‘lsa;
- sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bо‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bо‘lsa, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi.

FHDY organlarida qancha muddatda nikohdan ajratish qayd etiladi?
Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat о‘tgach qayd etiladi.
Er-xotinning о‘zaro roziligi bо‘lganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida о‘rtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yо‘qligini tasdiqlashlari shart.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari er-xotinni yarashtirish bо‘yicha tegishli choralar kо‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bо‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

Nikohdan ajratish tо‘g‘risida FHDY organiga ariza berganlik uchun qancha miqdorda davlat boji tо‘lanadi?

YODDA TUTING! 2022-yil 1-iyun holatiga kо‘ra, bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 sо‘m.

FHDY organiga er-xotindan birining arizasiga kо‘ra nikohdan ajratishni qayd etish uchun qanday hujjatlar ilova qilinishi lozim?

FHDY organlari tomonidan nikohdan ajratish qayd etilganida qanday hujjat taqdim etiladi?
Nikohdan ajralish qayd etilganidan keyin sobiq er-xotinning har biriga nikohdan ajralganlik tо‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Er-xotindan birining familiyasi о‘zgartirilganda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga uni almashtirish lozimligi tо‘g‘risida belgi qо‘yiladi.
- SUD TARTIBIDA NIKOHDAN AJRATISH VA UNING OQIBATLARI

Qaysi hollarda nikohdan sud tartibida ajratiladi?
Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bо‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta’minot berish uchun mablag‘ tо‘lash haqida nizo mavjud bо‘lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.

Qaysi hollarda nikohdan ajratish masalasi FHDY organlari vakolatiga taalluqli bо‘lsa ham u sud tartibida amalga oshiriladi?

*Bunday holatlar mavjudligi FHDY organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari ma’lumotnomalari va h.k.lar bilan tasdiqlanishi mumkin.
YODDA TUTING! Spirtli ichimliklar, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida muomala layoqati cheklangan shaxslar bilan nikohdan ajratish sud

tartibida amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bolalari bо‘lmagan er-xotin nikohdan ajrashishga о‘zaro rozi bо‘lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ajratiladi. Bunday holatda sud ish yuritishni tugatib, taraflarga FHDY organiga murojaat qilish huquqlarini tushuntirishi lozim.
Sud amaliyotidan misol: Da’vogar – J.E. javobgar – G.E.ga nisbatan nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud majlisida taraflar о‘rtasida voyaga yetmagan farzandlari yо‘qligi va er-xotin nikohdan ajralishga rozi ekanliklari aniqlanganligi sababli, sudning ajrimi bilan fuqarolik ishini sudda yuritish tugatildi va taraflarga nikohdan ajratish masalasida FHDY bо‘limiga murojaat qilish huquqlari tushuntirildi.

Nikohdan ajratish to‘g‘risida kimlar da‘vo qo‘zg‘atishi mumkin?
Nikohdan ajratish haqidagi ishlar sudda er yoki xotinning arizasiga binoan qо‘zg‘atiladi.
Agar muomala layoqatiga ega bо‘lmagan er yoki xotinning manfaatini himoya qilish talab qilinsa, zarur hollarda, nikohdan ajratish haqidagi da’vo vasiy yoki prokuror tomonidan qо‘zg‘atilishi mumkin.

Qaysi hollarda er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaaat qila olmaydi?
– xotinining homiladorlik vaqtida;
– bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida;
– bola o‘lik tug‘ilganda;
– bola bir yoshga to‘lmay vafot etganda.

Ushbu holatlarning mavjudligi nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi da’vo xotin tomonidan qо‘zg‘atilishiga tо‘sqinlik qilmaydi.
Xotinning nikohdan ajratish tо‘g‘risida ish qо‘zg‘atishga roziligi bо‘lmagan hollarda, sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar u qabul qilingan bо‘lsa, sud arizani kо‘rmasdan qoldiradi.
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ariza xotinning roziligi bilan qо‘zg‘atilgan ishni sud majlisida kо‘rish vaqtida u nikohdan ajratishga e’tiroz bildirganda, shuningdek, javobgarning homiladorligi va uning nikohdan ajratishga roziligi yо‘qligi ishni apellyatsiya instansiyasida kо‘rish vaqtida ma’lum bо‘lganda kо‘rmasdan qoldirilishi lozim.
Sud amaliyotidan misol: FIB tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan T.B.ning javobgar M.B.ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vosi qanoatlantirilib, taraflar nikohdan ajratilganlar. Taraflarning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi javobgar M.B.ning qaramog‘ida qoldirilgan. Javobgar M.B. hal qiluv qaroridan norozi bо‘lib apellyatsiya shikoyati bilan murojaat etgan va nikohdan ajratilishiga noroziligini, 2010-yil 26-noyabrda tug‘ilgan F. ismli bir yoshga tо‘lmagan farzandi borligini, oilani saqlab qolish niyatidaligini bildirgan. Viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi taraflarning bir yoshga tо‘lmagan farzandi bо‘lib, xotin nikohdan ajralishga noroziligini e’tiborga olib, hal qiluv qarorini bekor qilish va fuqarolik ishi yuzasidan ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqargan.

Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ariza qayerdagi sudga beriladi?
Umumiy qoidaga muvofiq, nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ariza javobgar doimiy yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari bо‘yicha tumanlararo (tuman, shahar) sudiga beriladi.
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ariza da’vogar yashab turgan joydagi sudga ham berilishi mumkin?
Agar da’vogarning voyaga yetmagan bolalari borligi, shuningdek, nogironligi yoki og‘ir kasalligi tufayli u javobgar yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari bо‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish tо‘g‘risidagi da’volar da’vogarning yashaydigan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
Bedarak yо‘qolgan deb yoxud ruhiy holati buzilganligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek, uch yildan kam bо‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish tо‘g‘risidagi da’volar da’vogarning xohishiga kо‘ra о‘z yashash joyidagi sudda kо‘rilishi mumkin.

YODDA TUTING!
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi da’vo:
- jazo muddatidan qat’i nazar, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs bilan (agar ish sudga taalluqli bо‘lsa) – mazkur shaxsning sudlangunga qadar oxirgi yashash joyida;
- yashash joyi noma’lum bо‘lgan shaxs bilan uning ma’lum bо‘lgan oxirgi yashash joyida yoki uning mol-mulki turgan joyda, da’vogar voyaga yetmagan bolalari borligi yoki salomatligi tufayli javobgarning yashash joyiga borishga qiynalgan hollarda esa, – da’vogarning yashash joyida;
- О‘zbekiston Respublikasida yashash joyiga ega bо‘lmagan yoki mamlakatdan chiqib ketgan shaxs bilan uning mol-mulki turgan joyda yoki О‘zbekiston Respublikasida ma’lum bо‘lgan oxirgi yashash joyida taqdim etilishi mumkin.

1 yil davomida yashash joyi haqida ma’lumotga ega bо‘lmagan shaxsga nisbatan nikohdan ajratish tо‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilish mumkinmi?
Ha mumkin. Bir yil davomida yashash joyi haqida ma’lumot bо‘lmagan shaxsga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan murojaat qilinganda, sudya da’vogarga fuqaroni bedarak yо‘qolgan deb topish tartibini tushuntiradi. Agar er yoki xotindan biri ikkinchisini
bedarak yо‘qolgan deb topish haqida ariza berishdan bosh tortsa, sudya
da’vo arizasini qabul qilishni rad etishga haqli emas, ushbu hollarda sud nikohdan ajratish haqidagi da’voni umumiy asoslarda kо‘rishga majbur.

Nikohdan ajratish tо‘g‘risida ariza berganlik uchun qancha miqdorda davlat boji tо‘lanadi?
- nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan BHMning 2 baravari miqdorida;
- takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan BHMning 4 baravari miqdorida.
YODDA TUTING! Nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bо‘lingan taqdirda, davlat boji da’voning bahosiga muvofiq belgilanadi. Masalan, nikohdan ajratish va mol-mulkni bо‘lish haqidagi talab bitta da’vo arizasida qо‘yilganda yoki bitta ishga

birlashtirilganda, davlat boji har bir talab bо‘yicha alohida undiriladi. Mulkiy xususiyatga ega da’vo arizalaridan – da’vo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bо‘lmagan miqdorda davlat boji undirilishi belgilangan.

Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi da’vo arizada nimalar kо‘rsatilishi lozim?
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ariza umumiy tartibda da’vo arizaga qо‘yilgan talablarga javob berishi kerak.
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi da’vo arizada:
- nikoh qachon va qayerda rasmiylashtirilganligi;
- nikohdan bolalar bor-yо‘qligi, ularning yoshi;
- er-xotin о‘rtasida voyaga yetmagan bolalarni ta’minoti va tarbiyasi haqida kelishuvga erishilgan-erishilmaganligi;
- nikohdan ajratish sabablari,
- nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan birga kо‘rilishi mumkin bо‘lgan boshqa talablar kо‘rsatiladi.
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi da’vo arizaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Fuqarolik ishlari boʻyicha
________________ tumanlararo sudiga
daʼvogar: _______________________
Manzil:___________________________
________________________________
tel:______________________________
E-mail:__________________________
Javobgar: ____________________
Manzil:___________________________
________________________________
tel:______________________________
E-mail:__________________________
DAʼVO ARIZA
Nikohdan ajratish haqida
Men va javobgar oʻrtamizdagi qonuniy nikoh _________________________ tomonidan
(FHDY boʻlimi)
___________________ kuni ______________ -son bilan qayd etilgan.
(sana) ( dalolatnoma yozuvi raqami)
Birgalikdagi turmushimizdan _____________ da tugʻilgan _____________________ ismli
(sana) (bolani FISH)
(tugʻilganlik haqida guvohnoma seriyasi ____________ N _____________, _____________________
(FHDY boʻlimi)
tomonidan berilgan) farzand (farzandlarim)im bor.
_____________________________________________________________________________________
(ajrashishga asos boʻlgan holatlar bayon etilsin)
_____________________________________________________________________________________
sababli oilani tiklashni imkoni yoʻq.
___________dan buyon javobgar bilan faktik ajrashganmiz. Umumiy xoʻjalik
(sana)
yuritmaymiz. Oilamiz barbod boʻlgan.
Javobgar bilan birgalikdagi mulkni boʻlish, moddiy taʼminot haqida nizo mavjud (emas). Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga asosan
SOʻRAYMAN:
Javobgar bilan oʻrtamizdagi _________________________ tomonidan _____________ kuni
(FHDY boʻlimi) (sana) _______________-son bilan qayd etilgan nikohdan ajratishni. (dalolatnoma yozuvi raqami)
Ilova:
- Daʼvo ariza nusxasi;
- Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
- Tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
- Ishonchnoma nusxasi (daʼvo ariza ishonchli vakil tomonidan berilgan taqdirda).
Daʼvogar (ishonchli vakil)
________________
(imzo)
_________________
202_ yil “___” _________
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ishlar qaysi ishlar bilan birga kо‘rilishi mumkin?
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ishlar aliment undirish, er-xotinning mulkini bо‘lish tо‘g‘risidagi ishlar bilan birga qо‘shib kо‘rilishi mumkin.

Nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ish bilan qaysi nizolar birga ko‘rib chiqilishi mumkin emas?
Er-xotinning mol-mulkini bо‘lish haqidagi talabi, agar bu nizoni tо‘g‘ri hal etish uchun ishga uchinchi shaxslarni jalb qilish zarur bо‘lsa, nikohni bekor qilish tо‘g‘risidagi ish bilan birga kо‘rilishi mumkin emas.
Masalan, er-xotin sudga о‘zlari yashab turgan uyni umumiy birgalikdagi mol-mulk deb topishni va uni teng ikkiga taqsimlashni sо‘rab murojaat qilgan. Ishni kо‘rish jarayonida ushbu mol-mulk boshqa shaxs nomiga (uchinchi shaxs) rasmiylashtirilganligi aniqlangan. Sud ushbu holatda nikohdan ajratish va mol-mulkni bо‘lish talabini alohida ish yuritishga ajratadi.
Agar nizo uchinchi shaxslar huquqlariga daxl qilsa:
Masalan, mol-mulk dehqon (fermer) xо‘jaligi mulki bо‘lib, uning tarkibida er-xotin va ularning voyaga yetmagan bolalaridan tashqari boshqa a’zolar ham bor. Sud ushbu holatda taraflarga ularning umumiy tartibda alohida da’vo taqdim etish huquqini tushuntiradi.

YODDA TUTING! Agar nizo uchinchi shaxslar huquqlariga daxl qilsa, nikohdan ajratish va mol-mulkni bо‘lish tо‘g‘risidagi talablarni bitta ish yurituvda hal etishga yо‘l qо‘yilmaydi. Bu qoida xо‘jalik shirkatlari va jamiyatlari (AJ, MCHJ va h.k.) ustav fondi omonatlariga, shuningdek, ishlab chiqarish va matlubot kooperativlari paylariga nisbatan huquq tо‘g‘risidagi nizolarni hal etishga ham tatbiq etiladi. Bunday shirkatlar va jamiyatlar mulkini bо‘lish masalalari
fuqarolik qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.

Er-xotinning banklardagi omonatlariga nisbatan bank (moliya-kredit) tashkilotlari uchinchi shaxs deb hisoblanadimi?
Yо‘q ushbu holatlarda bank (moliya-kredit) tashkilotlari uchinchi shaxs hisoblanmaydi. Chunki bunday omonatlarni bо‘lish banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari huquqlariga daxl qilmaydi. Er-xotin tomonidan banklar yoki boshqa kredit-moliya tashkilotlariga qо‘yilgan omonatlar ushbu pul mablag‘larni er-xotindan qaysi birining nomiga qо‘yilganligidan qat’i nazar teng taqsimlanadi.

YODDA TUTING! Agar er yoki xotinga uchinchi shaxslar pul mablag‘lari bergan va uni er yoki xotin о‘z nomiga bank yoki boshqa kredit-moliya tashkilotiga qо‘ygan bо‘lsa, uchinchi shaxslar pul
summasini qaytarish tо‘g‘risida (omonatni bо‘lish tо‘g‘risida emas) da’vo qо‘zg‘atishi mumkin. Ushbu talab nikohdan ajratish talabi bilan kо‘rib chiqilmaydi, alohida ish yurituvga ajratiladi. Dehqon (fermer) xо‘jaligi a’zolarining va boshqa shaxslarning dehqon (fermer) xо‘jaligi a’zosi bо‘lgan er yoki xotinga nisbatan talablari ham shu tartibda hal etilishi mumkin.

Ishni sudda kо‘rishga tayyorlashda sudya tomonidan qanday protsessual harakatlar amalga oshiriladi?
Sud ishni sudda kо‘rishga tayyorlash tartibida, qoida tariqasida, ikkinchi tarafni chaqirishi, uning arizaga nisbatan munosabatini aniqlashi kerak. Shu maqsadlarda sudya taraflar bilan oilani saqlab qolish masalasida suhbat о‘tkazadi. Sudya, shuningdek, er-xotin о‘rtasida nikohdan ajratish da’vosi bilan bir vaqtda hal qilinishi lozim bо‘lgan boshqa nizolar bor-yо‘qligini aniqlaydi, taraflarga voyaga yetmagan bolalari ta’minoti uchun buyruq tartibida aliment undirish huquqini tushuntiradi, ishning kо‘rilishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalarni aniqlaydi.
Agar da’vo arizasida nikohdan ajratish ishi bilan bir vaqtda kо‘rilishi mumkin bо‘lmagan talab qо‘yilgan bо‘lsa (masalan, nikoh tuzilgunga
qadar topilgan mol-mulkni olib berish, uyga kiritish va h.k.), bunday da’vo alohida ish yuritishga ajratiladi.

Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ishni kо‘rishda er-xotin о‘rtasida qanday kelishuv tuzilishi mumkin?
- nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ulardan qaysi biri bilan yashashi tо‘g‘risida;
- voyaga yetmagan bolalar va (yoki) mehnatga layoqatsiz muhtoj er
(xotin)ga ta’minot berish uchun mablag‘ tо‘lash tartibi va miqdori tо‘g‘risida;
- er-xotinning umumiy mol-mulkini bо‘lish tо‘g‘risida.
Bunday kelishuv mavjud bо‘lmagan yoki mazkur masalalar yuzasidan er-xotin о‘rtasida nizo bо‘lgan hollarda ular nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi talab bilan bir vaqtda mazmunan kо‘rib chiqiladi.

Nikohdan ajratilganda er (xotin) о‘z familiyasini
о‘zgartirishi mumkinmi?
Ha mumkin. Nikohga kirish vaqtida о‘z familiyasini о‘zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli yoxud uning xohishiga binoan sud tomonidan nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi qaror chiqarilayotganda unga nikohgacha bо‘lgan familiyasi qaytarilishi mumkin.

Nikoh qachondan boshlab tugatilgan hisoblanadi?
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik rо‘yxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.

YODDA TUTING! Mazkur qoida 1998-yil 30-apreldan 2010-yil 15-sentabrgacha bо‘lgan davrga nisbatan tatbiq etilmaydi. Chunki ushbu davrda nikoh tugatilishi payti qonunga kо‘ra sudning hal qiluv qarori
kuchga kirgan paytdan boshlanishi tan olingan.

Nikoh qaysi hollarda tiklanishi mumkin?
Sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan yoki bedarak yо‘qolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelgan va tegishli sud qarorlari bekor qilingan hollarda, nikoh er-xotinning birgalikdagi arizasiga kо‘ra fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi tomonidan tiklanishi mumkin.
YODDA TUTING! Agar er (xotin) yangi nikohga kirgan bо‘lsa, nikohni tiklash mumkin emas.

Yarashish uchun muhlat va uning muddati qancha?
Yarashish uchun muhlat – oilani saqlab qolish uchun sud tomonidan qо‘llaniladigan choralardan biri hisoblanadi. Sud majlisida oilani saqlab qolish mumkinligini tasdiqlovchi holatlar (bolalar borligi, nikohning davomiyligi, oiladagi munosabatlarning xususiyatlari, vaqtinchalik kelishmovchilik va boshqalar) aniqlanganda, sud har ikkala tarafning yoki ulardan birining iltimosiga binoan yoxud о‘z tashabbusi bilan nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ish kо‘rilishini keyinga qoldirishga va er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.
Sud amaliyotida yarashish uchun beriladigan muhlat uch oydan kam bо‘lishi samarasiz hisoblanadi. Er-xotinni yarashtirish maqsadida olti oylik muhlat ichida ishning kо‘rilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkin.

Sud tomonidan yarashish uchun muhlat tayinlanganda, sudya qanday protsessual harakatni amalga oshirishi shart?
Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning kо‘rilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bо‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish bо‘yicha tegishli choralar kо‘rish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

Nikohdan ajratish tо‘g‘risida takroran ariza berish mumkinmi?
Taraflar tomonidan aynan о‘sha asoslar bо‘yicha nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi takroriy da’vo arizasi:
- sudning ish yurituviga bunday da’voni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori;
- da’vogarning da’vodan voz kechganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilganligi tо‘g‘risida ajrim;
- taraflar yarashganligi munosabati bilan ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, kamida olti oy
о‘tgandan sо‘ng qabul qilinishi mumkin.
Bunday da’vo yangi asoslarga kо‘ra taqdim etilganda, takroriy da’vo arizasi mazkur muddatga rioya qilinmasdan berilishi mumkin.
YODDA TUTING! Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ariza yangi asoslarga kо‘ra berilganda ushbu muddat hisobga olinmaydi.

Nikohdan ajratish asosiga nima kiradi?
Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani

saqlab qolishga imkoniyat yо‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi va umumiy birgalikdagi mol-mulkni bо‘lish tо‘g‘risidagi talabga da’vo muddati belgilanganmi?
Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi talabga da’vo muddati belgilanmagan. Ya’ni er-xotin о‘z xohishlariga kо‘ra istalgan vaqtda nikohdan ajratish tо‘g‘risida sudga murojaat qilishlari mumkin.
Nikohdan ajratilgandan sо‘ng er va xotinning umumiy mol-mulkni bо‘lish tо‘g‘risidagi talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qо‘llaniladi. Mazkur muddat FHDY organlarida nikohdan ajratish qayd etilgan yoki sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan emas,
balki shaxs о‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bо‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.

Nikohdan ajratish tо‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan qanday masalalar hal etiladi?
Nikohdan sud tartibida ajratilayotganda er va xotin voyaga yetmagan bolalari kim bilan yashashi, bolalarga va (yoki) mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj er yoki xotinga ta’minot berish uchun mablag‘ tо‘lash tartibi, bu mablag‘ning miqdori yoxud er-xotinning umumiy mol-mulkini bо‘lishga doir kelishuvni kо‘rib chiqish uchun sudga taqdim qilishlari mumkin.

YODDA TUTING! Agar er va xotin о‘rtasida kelishuv bо‘lmagan taqdirda, shuningdek, ushbu kelishuv bolalar yoki er-xotindan birining manfaatlariga zid ekanligi aniqlangan taqdirda sud:
- nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi;
- voyaga yetmagan bolalarga ta’minot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishini aniqlashi;
- er va xotinning (ulardan birining) talabiga kо‘ra ularning birgalikdagi mulki bо‘lgan mol-mulkni bо‘lishi;
- er (xotin)dan ta’minot olishga haqli bо‘lgan xotin (er)ning talabiga kо‘ra ana shu ta’minot miqdorini belgilashi shart.

Nikohdan ajratishda tо‘yni о‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlar ham undirilishi mumkinmi?
Yо‘q mumkin emas. Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ish kо‘rib chiqilayotganida tо‘yni о‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.

Nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi ishlarning о‘ziga xos jihatlari
- Oilaviy-huquqiy (shaxsiy) munosabatlardan kelib chiqadi;
- Nikohdan ajratish bо‘yicha da’vo muddati belgilanmagan;
- Birinchi marotaba va takroran nikohdan ajrashish uchun alohida davlat boji belgilangan;
- Protsessual huquqiy vorislikka yо‘l qо‘yilmaydi;
- Bir necha marotaba da’vo qо‘zg‘atish huquqining mavjudligi;
- FHDY va sud tomonidan kо‘rib chiqilishi;
- Nikohdan ajratishda xotinning roziligi talab etiladigan holatlarning mavjudligi.
О‘zbekiston Respublikasi nomidan
HAL QILUV QARORI
Fuqarolik ishlari bо‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudi 2021-yil 9-aprelda, о‘z binosida, ochiq sud majlisida,
Raislik etuvchi: S.M. Abduraxmanova,
sudya yordamchisi J. Murodovning kotibligida, advokat D. Xudayberdiyeva va taraflar ishtirokida, da’vogar Aljanov G‘ulomjon Ravshanbekovichning javobgar Aljanova Noila Baxtiyorovnaga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan qо‘zg‘atilgan №2-1002-2105/2060-sonli fuqarolik ishini kо‘rib chiqib, quyidagilarni
ANIQLADI:
Da’vogar Aljanov G‘ulomjon Ravshanbekovich javobgar Aljanova Noila Baxtiyorovnaga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.
Sud majlisida da’vogar Aljanov G‘ulomjon Ravshanbekovich da’vo arizani quvvatlab, javobgar bilan 2012-yil 18-dekabrda qonuniy nikohdan о‘tib turmush qurganligi, mazkur turmushidan ikki nafar, 2013-yil 15-oktabrda tug‘ilgan Ravshanbekova Mohina G‘ulomjon qizi va 2017-yil 4-fevralda tug‘ilgan Ravshanbekova Mubinaxon G‘ulomjon qizi ismli farzandi borligini, oilaning buzilishiga javobgarning unga nisbatan xiyonat qilib yurganligi hisoblanishini, umumiy rо‘zg‘or yurituvi va er-xotinlik munosabatlari 2020-yil dekabr oyida tugatilganligini, mazkur vaziyatda oilani tiklab bо‘lmasligini bildirib, da’vo arizani qanoatlantirishni sо‘radi.
Sud majlisida javobgar Aljanova Noila Baxtiyorovna da’vo arizani tan olmasdan, oilani saqlab qolishini, da’vogarga xiyonat qilmaganligini,
da’vo arizadagi vajlar tuhmat ekanligini bildirib, da’vo arizani qanoatlantirishni rad qilishni sо‘radi.
Sud taraflarning tushuntirishlarini tinglab, ish holatlarini har tomonlama о‘rganib chiqib, quyidagi xulosaga keladi.
Sudda aniqlangan holatlarga kо‘ra, Aljanova Noila Baxtiyorovna va Aljanov G‘ulomjon Ravshanbekovich 2012-yil 18-dekabrda Toshkent shahar “Navrо‘z” Nikoh uyida nikohdan о‘tib turmush qurganlar, bu haqda 1706-sonli dalolatnoma yozuvi qayd etilgan.
Taraflarning birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar, 2013-yil 15-oktabrda tug‘ilgan Ravshanbekova Mohina G‘ulomjon qizi va 2017-yil 4-fevralda tug‘ilgan Ravshanbekova Mubinaxon G‘ulomjon qizi ismli farzandlari bor.
Taraflarning umumiy rо‘zg‘or yurituvi va er-xotinlik munosabatlari 2020-yilning dekabr oyida tugatilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 1-moddasi birinchi bandidagi vazifalaridan kelib chiqib, sud qonunda nazarda tutilgan holda oilani mustahkamlash, er-xotin va ularning bolalari huquqlari hamda qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha choralarni kо‘rish lozim.
О‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40-moddasiga kо‘ra, sud oilani saqlash va taraflarni yarashtirish choralarini kо‘rishi lozimligi kо‘rsatilgan. Sud oilani saqlash bilan bir vaqtda, taraflar munosabatini buzilishiga sabab bо‘layotgan ish holatlariga e’tibor qaratish joiz deb hisoblaydi.
Sud tomonidan aniqlangan holatlar oilani saqlab qolish va ularni yarashtirish mumkin emas degan xulosaga kelish uchun asos bо‘lmaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni kо‘rishda qonunlarni
qо‘llash amaliyoti tо‘g‘risida”gi qarorining 14-bandiga kо‘ra nikohdan ajratishga doir ishlar bо‘yicha qonuniy va asosli hal qiluv qarori qabul qilinishi uchun sud ishning haqiqiy holatlarini har taraflama, tо‘liq va xolisona tekshirib chiqishi, jumladan, er-xotin о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarining xususiyatini, nikohdan ajratish masalasi qо‘yilishiga asos bо‘lgan sabablar, er-xotin о‘rtasidagi kelishmovchilikning asl sabablarini aniqlashi shart.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni kо‘rishda qonunlarni qо‘llash amaliyoti tо‘g‘risida”gi qarorining 16-
bandiga muvofiq, nikohdan ajratish tо‘g‘risidagi talab faqat er-xotin bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yо‘qligi aniqlangan holdagina qanoatlantirish lozim.
Sud, ish holatlarini о‘rganib chiqib, da’vogarning nikohdan ajrashish haqidagi fikri qat’iy emasligini, oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yо‘qligi esa sudda aniqlanmaganligini inobatga olib, da’vo arizani qanoatlantirishni rad qilish haqidagi xulosaga keladi.
Sud davlat boji undirish masalasini muhokama qilib, da’vogar da’vo arizasi taqdim etishda tо‘lagan davlat bojini inobatga oladi va shu bilan kifoyalanadi. Yuqoridagilarga kо‘ra, О‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40-, 41-, 44-, 45-moddalari hamda О‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 249-253-moddalariga asosan, sud
QAROR QILADI:
Da’vogar Aljanov G‘ulomjon Ravshanbekovichning javobgar Aljanova Noila Baxtiyorovnaga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasini qanoatlantirish rad qilinsin.
Hal qiluv qaroriga nisbatan u qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bо‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Apellyatsiya tartibida kо‘rilgan hal qiluv qarori hamda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bо‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Raislik etuvchi: S.M. Abduraxmanova
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI
- O‘zbekston Respublikasi Konstitutsiyasi.
- О‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi.
- О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
- О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi.
- О‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji tо‘g‘risida”gi Qonuni.
- О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil
- 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”.
SALIMOVA IRODA MAMAYUSUFOVNA
NIKOHNI BEKOR QILISH
VA UNING OQIBATLARI
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir O. Choriyev
Muharrir Sh. Jahonov
Musahhih M. Patillayeva
Texnik muharrir U. Sapayev
Dizayner D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,63 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 88-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
QAYDLAR UCHUN
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
28