
KIRISH
Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 3-dekabr sanasini butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida himoya qilish, ularning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishdan iborat.
Mehr-muruvvatli va bag‘rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni jamiyatda tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida e’zozlab keladi.
Buning tasdig‘ini “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingani, mamlakatimiz Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shilgani, sohada mustahkam qonuniy baza yaratilgani misolida ko‘rish mumkin. Mazkur risolada nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy huquqlari, ularning ta’lim olishi, munosib mehnat faoliyati, ta’lim jarayonlari, pensiya huquqlariga bag‘ishlanadi.
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY HIMOYASI
Kimlar nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etiladi?
Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxs nogiron hisoblanadi.
Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning o‘z-o‘ziga xizmat qilish, yurish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligida ifodalanadi.
Shaxsni nogiron deb topish qaysi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi?
Shaxsni nogiron deb topish Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) tomonidan amalga oshiriladi. Nogironlik yoshdan qatʼi nazar belgilanadi.
Nogironlikning qanday guruhlari mavjud?
Shaxs nogiron deb eʼtirof etilganida, mehnatga layoqatlilikning buzilishi darajasidan kelib chiqqan holda nogironlikning birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhlari belgilanadi.
I guruh nogironligi – mehnat qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan va o‘zgalarning yordamiga, parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar;
- guruh nogironligi – mehnat qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan, lekin o‘zgalar yordamiga, parvarishiga muhtoj bo‘lmagan shaxslar;
III guruh nogironligi – mehnat qilish qobiliyatini qisman yo‘qotgan shaxslar.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday turdagi ijtimoiy himoya shakllari qo‘llaniladi?
pul to‘lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar);
reabilitatsiya qilishning texnik vositalari, surdotexnika, tiflotexnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan, o‘rindiqli aravachalar, protez-ortopediya moslamalari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz
kuchaytiruvchi apparatlar va signalizatorlar, subtitrli yoki surdotarjimali videomateriallar, shuningdek avtomobillar bilan ta’minlash;
- tibbiy, ijtimoiy, kasbiy, jismoniy reabilitatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar va maishiy xizmatlar;
- transport xizmatlari;
- dori vositalari bilan ta’minlash.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda qaysi organlar mas’ul sanaladi?
- mahalliy davlat hokimiyati organlari;
- sog‘liqni saqlash;
- xalq ta’limi organlari;
- davlat pensiya jamg‘armasi
- boshqa davlat organlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosalari asosida ko‘rsatiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish qanday tashkil etiladi?
- Nogironligi bo‘lgan, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qobiliyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotgan va o‘zgalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ularning uyida hamda vakolatli davlat organlarining ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu muassasalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bir qatorda hayot faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar ta’minlanadi, tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, shuningdek mehnat faoliyati va dam olish tashkil etiladi.
(Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qarori)
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishda qanday kafolatlar bor?
- Ish beruvchining aybi bilan mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan nogironligi bo‘lgan shaxslar tibbiy ko‘rsatmalarga binoan ish beruvchining (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i
nazar) mablag‘lari hisobidan reabilitatsiya qilishning texnik va maxsus transport vositalari bilan ta’minlanadi.
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar belgilash huquqiga ega.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma beriladimi?
Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish, shuningdek dori vositalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish huquqiga ega.
(O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 15-martdagi 15, 29-sonli qarori)
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday vositalar bepul beriladi?
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriy-kurortda sog‘lomlashtirilishini ta’minlash tartibi hamda dori vositalarining, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari ro‘yxati
T/r | Tovarlarning nomi | O‘lchov | Bir oyda 1 kishiga | |
(mahalliy yoki import qilingan) | birligi | beriladigan | ||
norma | ||||
1. | Un (oliy nav) | kg | 3 | |
2. | Guruch | kg | 1 | |
3. | Grechka yormasi | kg | 0,5 | |
4. | Makaron mahsulotlari | kg | 0,5 | |
5. | Mol go‘shti (suyaksiz) | kg | 1 | |
6. | Xonaki parranda go‘shti | kg | 1 | |
7. | Sariyog‘ | kg | 0,2 | |
8. | Tuxum (dona) | dona | 15 | |
9. | Qand-shakar | kg | 1 | |
10. | Kungaboqar yog‘i | l | 1 | |
11. | Ko‘k yoki qora choy | kg | 0,2 | |
12. | Atir sovun | kg | 0,1 | |
13. | Kir sovun (65%) | kg | 0,2 | |
14. | Kir yuvish poroshogi | kg | 0,15 | |
15. | Katta yoshdagilar uchun taglik gazmol | dona | 8 | |
16. | Bir marta ishlatiladigan steril niqob* | dona | 10 | |
17. | Bir marta ishlatiladigan steril qo‘lqoplar* | dona | 10 | |
18. | Suyuq yoki gel holidagi antiseptik (tarkibida | ml | 250 | |
alkogol miqdori kamida 60 foiz)* | ||||
19. | Antibakterial sovun* | kg | 0,1 |
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN SOLIQ IMTIYOZLARI
Kimlar qisman soliq solishdan ozod etiladi?
urush nogironlari va ishtirokchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan va doirasi qonun hujjatlarida belgilanadigan shaxslar;
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona.
- Ushbu soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qo‘llaniladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasi)
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday soliq imtiyozlari qo‘llanadi? Qat’iy belgilangan soliq stavkasi to‘lovchisi I yoki II guruh
nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga
oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq BHMning 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi.
(O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 383-moddasi)
Nogironligi bo‘lgan shaxslar mol-mulk solig‘idan ozod etiladimi?
- Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 421-moddasi)
Soliq imtiyozi nima asosida beriladi?
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar mulk solig‘i to‘laydimi?
- Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod etiladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 436-moddasi)
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN MEHNAT HUQUQIY IMTIYOZLAR
Mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imtiyozlar beriladi?
Urush nogironlari, nogironligi atom obyektlaridagi falokatlar munosabati bilan boshlanganligi aniqlangan nogironlarga agar ularning malakasi va mehnat unumdorligi boshqa toifadagi xodimlar bilan bir xil
bo‘lgan taqdirda ularga texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq va afzallik beriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 103-moddasi)
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imtiyozlar beriladi?
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan nogironlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart.
(O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasi)
Ishga qabul qilishda xodimlarga qanday kafolatlar berilgan?
Ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo‘llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart.
(O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 220-moddasi)
Ish vaqti bilan bog‘liq masalalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imtiyozlar beriladi?
Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironlarga to‘liqsiz ish vaqti rejimi o‘rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir. I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to‘lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 220-moddasi)
Nogironligi bo‘lgan xodimlarga qancha ta’til beriladi?
- va II guruh nogironlariga o‘ttiz kalendar kundan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 220-moddasi)
Nogironligi bo‘lgan xodimlarni tungi vaqtdagi ishlarga jalb etish mumkinmi?
Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 220-moddasi)
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA NISBATAN JINOIY JAZOLARNI QO‘LLASHDAGI CHEKLOVLAR
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qanday turdagi jinoiy jazolar qo‘llanilmaydi?
Majburiy jamoat ishlari birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 451-moddasi)
Nogironligi bo‘lgan mahkumlarga nisbatan maxsus vositalarni ishlatish mumkinmi?
Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilingan hollar bundan mustasno.
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 71-moddasi)
Nogironligi bo‘lgan mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishda qanday huquqlari bor?
Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 120 foizidan oshmasligi kerak.
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 75-moddasi)
Nogironligi bo‘lgan mahkumlarning posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar va pul jo‘natmalari olishi va yuborishida qanday imtiyozlar bor?
Birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qo‘shimcha posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 78-moddasi)
Qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari olishda nogironligi bo‘lgan mahkumlarga imtiyozlar bormi?
Mahkum homilador ayollar, emizikli onalar, voyaga yetmaganlarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi. Tibbiy xulosa asosida ularga qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari olishga ruxsat etilishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 85-moddasi)
Nogironligi bo‘lgan mahkumlarni mehnatga jalb etishda qanday huquqlar bor?
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga o‘z xohishlariga ko‘ra jalb etiladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 88-moddasi)
Nogironligi bo‘lgan mahkumlarning ish vaqtida imtiyozlar qo‘llaniladimi?
Ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilganda, mahkumlar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida yoki tungi ishlarga jalb etilgan taqdirda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda I va II guruh nogironlariga nisbatan belgilangan cheklashlarga rioya etish shart.
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING TA’LIM OLISH HUQUQI
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim olish huquqiga egami? Nogironligi bo‘lgan shaxslar barcha darajalardagi ta’lim
tashkilotlarida ta’lim olish va o‘z qobiliyatini yanada to‘liqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida ta’lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega. (“Nogironligi bo‘lgаn shаxslаrning huquqlаri to‘g‘risidа”gi O‘RQ-641-son qonuni 38-modda)
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’limi qayerlarda amalga oshiriladi?
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limi, professional ta’limi ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida, zaruriyat bo‘lganda esa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning maktabdan tashqari ta’limi bolalar, o‘smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlarida, “Barkamol avlod” bolalar maktabida, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida, bolalar musiqa va san’at maktablarida, studiyalarda, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalarida amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta’limi oliy ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta’limdan keyingi ta’limi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olinishi mumkin.
Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya muassasalarida davolash kursini o‘tayotgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mazkur muassasalarda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida tahsil olishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun imtiyozlar bormi?
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida abiturientlarni qabul qilish umumiy sonining 2 foizi miqdorida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari qanday tashkil etiladi?
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmagan abiturientlar to‘plagan ballari bilan ta’limning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda umumiy asoslarda ishtirok etadi.
- Ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi sifatida hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvota doirasida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini oliy ta’limning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklariga davlat granti asosida ko‘chirilishiga ruxsat etiladi.
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING PENSIYA HUQUQI
Nogironlik pensiyalari qanday shartlarda tayinlanadi?
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga qanday hujjatlar ilova qilinishi kerak?
Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsdan ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat; ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; baxtsiz hodisa va sog‘liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi to‘g‘risidagi hujjat yoki agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa – boshqa rasmiy hujjatlar talab etiladi.
Nogironlik pensiyasini tayinlash uchun ish staji talab qilinadimi? Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda
beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi:
Yosh | Ish staji |
23 yoshga qadar | 2 |
23 yoshdan 26 yoshga qadar | 3 |
26 yoshdan 31 yoshga qadar | 5 |
31 yoshdan 36 yoshga qadar | 7 |
36 yoshdan 41 yoshga qadar | 9 |
41 yoshdan 46 yoshga qadar | 11 |
46 yoshdan 51 yoshga qadar | 14 |
51 yoshdan 56 yoshga qadar | 17 |
56 yosh va undan oshganda | 20 |
20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Nogironlik pensiyasini tayinlashda ish staji qanday hisoblanadi? Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda
beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyalari qanday tayinlanadi?
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son)
- Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
- Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son; 29.04.2021-y., 03/21/689/0395-son).
- Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi
Qonuni. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son.
- Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son
- Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni. Oʻzbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 512-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2019-yil 31-oktabrdagi PQ–4502-son qarori.
- Oʻzbekiston Ryespublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga muvofiq “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom.
RAXIMOV MIRYOQUB AKTAMOVICH
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY HUQUQLARI
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir O. Choriyev
Muharrir Sh. Jahonov
Musahhih M. Patillayeva
Texnik muharrir U. Sapayev
Dizayner D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,86 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 72-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
20