KIRISH
So‘nggi yillarda, mamlakatimizda jamiyat hayotining har bir sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida “Raqamli O‘zbekiston — 2030” Strategiyasi qabul qilindi.
Ushbu yo‘nalishda norma ijodkorligi sohasiga ham zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, mazkur faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organlar va mansabdor shaxslar hamda norma ijodkorligida ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun bir muncha qulayliklar yaratilib, ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchiliklarning oldi olindi.
Ta’kidlash lozimki, tadqiqot ishlari doirasida norma ijodkorligi mavzusi bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda, jumladan, norma ijodkorligi faoliyatining nazariy-metodologik tahlili, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga zamonaviy texno-logiyalarini joriy qilish, shuningdek, norma ijodkorligi faoliyatida fuqarolar ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslari sohalarini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, mavzuga oid ilmiy manbalarni tayyorlashda norma ijodkorligi faoliyatining institutsional asoslariga oid yangicha qarashlar va ilmiy asoslantirilgan konsepsiyalarga asoslangan holda, mazkur risola doirasida norma ijodkorligi faoliyatida fuqarolar ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslariga oid amaldagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda tadqiq etish maqsadga muvofiq.
Qayd etilganlardan kelib chiqib, mazkur risola norma ijodkorligi tushunchasi va yuridik tabiati, norma ijodkorligini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar tahlili, norma ijodkorligi faoliyatida
fuqarolar ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslariga oid nazariy-huquqiy bilimlarni o‘rgatishda amaliy yordam beradi.
Risola Toshkent davlat yuridik universitetida tasdiqlangan Norma ijodkorligi moduli doirasida tayyorlangan bo‘lib, uning maqsadi norma ijodkorligi sohasi doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirishlariga yordam berishga qaratilgan.
- NORMA IJODKORLIGI TUSHUNCHASI VA YURIDIK TABIATI
Bugungi kunda, jamiyat hayotini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayonida muhim o‘ringa ega bo‘lgan norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, xususan, mazkur faoliyatni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Shunga ko‘ra, ilmiy adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun-qoidalarni yaratish, ularni o‘zgartirish va bekor qilishga qaratilgan norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan olim va mutaxassislar tomonidan nazariy yondashuvlar ilgari surilgan hamda sohaga oid tegishli normalar ishlab chiqilgan.
Norma ijodkorligi bo‘yicha “ijod” tushunchasi haqida ayrim adabiyotlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbek tilining izohli lug‘atida belgilanishicha, “ijod – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilinganda “yaratish”, “kashf etish”, “vujudga keltirish” degan ma’nolarni anglatadi. Ijod – badiiy, ilmiy, san’atga oid asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik faoliyati”1. Demak, ijod va ijodkorlik keng ma’nodagi, serqirra tushunchadir.
Shunga bog‘liq ravishda, aksariyat ilmiy-nazariy manbalar va tadqiqot ishlarida “huquq ijodkorligi”, “norma ijodkorligi”, “qonun ijodkorligi” tushunchalari va ularning bir-biridan farqli jihatlari yuzasidan olimlarning quyidagi ilmiy yondashuvlarini ko‘rsatish mumkin.
Bir guruh olimlar, huquq ijodkorligi nisbatan kengroq jarayon bo‘lmish huquq yaratishning tarkibiy qismi sifatida qayd etishadi. Ularning fikricha, huquq yaratish – yuridik normani shakllantirish va rasmiylashtirishga qaratilgan jarayon bo‘lib, u ancha uzoq vaqt davom etadi. Ushbu jarayon: ijtimoiy vaziyatni tahlil etish, uni huquqiy tartibga solish zaruriyatini anglab yetish; bo‘lajak yuridik qoida haqida umumiy tasavvur hosil qilish; yuridik normani ishlab chiqish va qabul qilish kabi
- Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. / Таҳрир ҳайъати: Т.Мирзаев (раҳбар) ва бошқ.: ЎзР ФА Тил ва адабиёт институти. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. – Б. 176.
harakatlarni qamrab oladi. Huquq yaratishning so‘nggi bosqichi huquq ijodkorligini tashkil etadi1.
H.T. Odilqoriyev fikricha, norma ijodkorligi jarayoni – norma ijodkorlarining Konstitutsiyada belgilangan tartibda yangi normativ-huquqiy hujjatlar yaratishga, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga qaratilgan, shuningdek, eskirgan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish borasidagi harakatlari yig‘indisi bo‘lib, u normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash, uni muhokama etish va qabul qilishni o‘z ichiga oladi2.
Bizning fikrimizcha, bajarilishi umummajburiy bo‘lgan yurish-turish qoidalarini yaratish, o‘zgartirish va bekor qilishga qaratilgan faoliyat “huquq ijodkorligi” bo‘lib, faqatgina normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, o‘zgartirish hamda bekor qilish faoliyatini “norma ijodkorligi” deb tushunilishi maqsadga muvofiq.
Shu bilan birga, “qonun ijodkorligi” tushunchasini faqatgina davlatning qonun chiqaruvchi organining ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar yaratishga, amaldagisiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish borasidagi faoliyatini tushunish o‘rinli.
Muayyan tashkilot yoki muassasa rahbari tomonidan individual xarakterdagi, rasmiy aniqlikka ega bo‘lgan, vakolat beruvchi va majburiyat yuklovchi buyruqlar chiqarishini huquq ijodkorligining ko‘rinishlaridan biri, desak bo‘ladi.
Qayd etilganlardan kelib chiqib, umummajburiy bo‘lgan yurish-turish qoidalarini yaratish, o‘zgartirish va bekor qilish nuqtayi nazaridan “huquq ijodkorligi” o‘z ichiga “norma ijodkorligi” va “qonun ijodkorligi” tushun-chalarini qamrab olgan kengroq ma’no kasb etuvchi kategoriya hisoblanadi.
M.K. Najimov esa norma ijodkorligiga jamiyat va davlatning huquqiy ehtiyojlarini aniqlash va baholash, vakolatli subyektlarning huquqiy hujjatlarini belgilangan tartibda shakllantirishi va qabul qilishini qamrab oluvchi jarayon sifatida ta’rif berib, uning quyidagi jihatlariga urg‘u berib
1 Давлат ва ҳуқуқ назарияси / Масъул муҳаррирлар Ҳ.Б.Бобоев, Ҳ.Т.Одилқориев -Т.:
Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси, 2000.- Б.216.
- Одилқориев Ҳ.Т. Конституция ва фуқаролик жамияти. –Т.: Шарқ, 2002. –Б.250.
o‘tgan. Norma ijodkorligi – jamiyat va davlatning huquqiy ehtiyojlarini aniqlash va baholash, vakolatli subyektlarning huquqiy hujjatlarini belgilan-gan tartibda shakllantirishi va qabul qilishini qamrab oluvchi jarayon; u yoki bu huquqiy aktni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan organni (subyektini) aniqlash; qabul qilinishi mo‘ljallanayotgan aktning shaklini tanlash; tegishli protsedura doirasida huquqiy aktni tayyorlash, qabul qilish yoki o‘zgartirish1.
Ilmiy adabiyotlarda norma ijodkorligi tushunchasi bilan bog‘liq nazariy yondashuvlar bo‘lsa-da, milliy qonunchiligimizda sohaga oid normalar tahlillari asosida “norma ijodkorligi tashabbusi”, “norma ijodkorligi faoliyati”, “norma ijodkorligi subyektlari”, tushunchasining aniq huquqiy ta’rifi ishlab chiqilmaganligini ko‘rsatish mumkin.
Norma ijodkorligining tashkiliy-huquqiy tabiatidan kelib chiqib ta’kidlash joizki, ushbu faoliyat quyidagi o‘ziga xos-xususiyatlarga ega:
birinchidan, mazkur faoliyat bevosita huquq manbalaridan biri bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash, ularni huquqiy eksper-tizadan o‘tkazish hamda manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishish, muhokama qilish, qabul qilish (chiqarish) bosqichlarini qamrab olganligi;
ikkinchidan, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs yoki organ tomonidan qabul qilinishi;
uchinchidan, mazkur faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshirishning qonunchilikda belgilangan tartibda alohida tartib-taomillarining mavjudligi;
to‘rtinchidan, ushbu faoliyatda mahalliy aholining ishtirok etishi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi
“Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasida “Norma ijodkorligi” tushunchasi berilmagan bo‘lsa-da, mazkur Konsepsiyaning 3-bo‘lim 1-bandida norma ijodkorligi jarayoni bosqichlari sifatida normativ-huquqiy hujjatlarni ilgari surish, ishlab chiqish, kelishish, kiritish va ijrosini monitoring qilish kabilar ko‘rsatib o‘tilgan2.
- Нажимов М.К. Норма ижодкорлиги. Дарслик. –Тошкент: ТДЮУ, 2018. – Б. 17.
- Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 08.08.2018 й., 06/18/5505/1639-сон.
Milliy qonunchilikka ko‘ra, norma ijodkorligi faoliyati inson, uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari rioya etilganlik, qonuniylik, demokratizm, oshkoralik, kelishuv, mantiqiy izchillik, maqsadga muvofiqlik, ilmiy asoslantirilganlik kabi tamoyillariga muvofiq amalga oshirilib, mazkur tamoyillar quyidagicha mazmun kasb etadi:
- Inson, uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga davlat va huquqning barcha sohalarida, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish faoliyatida ham rioya etiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF–5505-son Farmoniga muvofiq, “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” prinsipini har tomonlama ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish1 Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalardan biridir.
- Qonuniylik tamoyili asosida norma ijodkorligi subyektlari tomonidan mazkur faoliyat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Norma ijodkorligida demokratizm tamoyili o‘z navbatida xalqning ushbu faoliyatda ishtirok etishini ta’minlab, mazkur ishtirok etish O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonuniga muvofiq, xalqning qonun va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishi orqali amalga oshiriladi2.
Bu borada Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida ta’kidlab o‘tganlaridek: “Barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz kerak: qonunning birdan bir manbai va muallifi tom ma’noda xalq bo‘lishi shart”3;
- Norma ijodkorligi faoliyatining oshkoraligi tamoyilini qonun
hujjati loyihasini muhokamaga qo‘yilishida ko‘rishimiz mumkin.
- Ўша манба.
- Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2001 й., 9-10-сон, 176-модда
- Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси (22.12.2017) / http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-22-12-2017
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonunining 24-moddasiga ko‘ra qonun hujjatlari loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi1.
- Norma ijodkorligidagi kelishuv tamoyili. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2352, 09.04.2012-yil) bilan tasdiqlangan Uslubiy ko‘rsatmalarning 88-bandiga muvofiq, qonun hujjati loyihasi ishlab chiquvchi idora yuridik xizmati tomonidan ko‘rib chiqilganidan keyin, manfaatdor idoralarga kelishish (imzolash) uchun yuboriladi.
Mazkur tamoyilga asoslangan kelishish tizimiga muvofiq, O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar ajratish bilan bog‘liq loyihalar majburiy tartibda tegishli ravishda – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha esa – O‘zbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilishi kerak2.
- Mantiqiy izchillik tamoyili asosan norma ijodkorligi faoliyati mahsuli bo‘lgan rasmiy hujjatning mazmunida aks etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2352, 09.04.2012-yil) bilan tasdiqlangan Uslubiy ko‘rsatmalarning 29-bandiga muvofiq loyihaning tuzilishi, loyihani huquqiy tartibga solish predmetini mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini ta’minlashi lozim. Hajmiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat kamayib boruvchi quyidagicha tuzilmaviy birliklarga bo‘linadi: bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar3.
- Bizningcha, maqsadga muvofiqlik tamoyilining mazmunini
norma ijodkorligi faoliyatining mahsuli bo‘lgan normativ-huquqiy
- Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son
- Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 15-сон, 173-модда.
- Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 15-сон, 173-модда
hujjatlar loyihalarining tartibga solish sohasiga muvofiq bo‘lishi va loyihani qabul qilishga bo‘lgan zaruratning mavjudligi tashkil qiladi.
- Norma ijodkorligining ilmiy asoslantirilganligi tamoyili borasida bir guruh huquqshunos olimlar quyidagi fikrlarni bildirib o‘tganlar. Xususan, ilmiylik prinsipi haqida gap borganda, kamida ikki jihat nazarda tutiladi. Birinchidan, huquq ijodkorligi puxta ilmiy strategiyaga tayanishi zarur. Bunday strategiya umumdavlat miqyosida shakllantiriladi. Uni, odatda, davlat yuqori hokimiyat organlari huzuridagi strategik tadqiqotlar institutlari amalga oshiradi. Ikkinchidan, konkret normativ-huquqiy akt matni ustida ish borganda, huquq normasini yaratish va ifodalashda (mazmunan hamda yuridik texnika nuqtayi nazaridan) ilmiy tavsiyalar inobatga olinishi lozim. Bundan maqsad – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda mumkin qadar ko‘proq samaraga erishishdir. O‘z faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlash uchun huquq ijod etuvchi organlar huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishchi guruhlar tarkibiga yetakchi yurist – olimlarni kiritadilar; loyiha yuzasidan xulosa olish uchun uni tegishli ilmiy muassasalarga yuboradilar1.
Bizningcha, norma ijodkorligi faoliyati bosqichlarini normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi dastlabki takliflarni shakllantirish, loyihani ishlab chiqish faoliyatini rejalashtirish, loyihalarni tayyorlashni tashkillashtirish bilan boshlanishini hisobga olgan holda huquqshunos olim M.K. Najimovning norma ijodkorligi jarayoni bosqichlari to‘g‘risidagi fikr-mulohazalariga qo‘shilmaslik mumkin.
Bizning fikrimizcha, norma ijodkorligi faoliyati bosqichlarini normativ-huquqiy hujjatlar turlaridan kelib chiqib va sohaga oid qonunchilik tahlili asosida quyidagilarga ajratish maqsadga muvofiq:
1. Qonun loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha norma ijodkorligi bosqichlari:
qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli qarorni qabul qilish; qonun loyihasini tayyorlashni tashkillashtirish;
qonun loyihasini tayyorlashda jamoatchilik fikri, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish; loyihani ishlab chiqish;
1 Ўша манба.
qonun loyihasini taqriz uchun yuborish; qonun loyihasini ekspertizadan o‘tkazish;
qonun loyihasini ishlab chiquvchi (qabul qiluvchi)ning yuridik xizmati va adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
loyihani manfaatdor idoralar bilan kelishish;
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tayyorlanadigan qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda qatnashish;
qonun loyihalarini Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqishda ishtirok etish.
- Qonun loyihalariga oid rejalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlanadigan qonunlar, Prezident qaror, farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qaror hamda farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha norma ijodkorligi bosqichlari quyidagilardan iborat:
loyihani ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi dastlabki takliflarni shakllantirish;
norma ijodkorligi faoliyatini rejalashtirish; loyihalarni tayyorlashni tashkillashtirish;
loyihani ishlab chiqish; loyiha ishlab chiquvchisi yuridik xizmati tomonidan loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
loyihani jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish; loyihani manfaatdor idoralar bilan kelishish jarayoni; loyihani adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish; loyihani tasdiqlash uchun kiritish.
- Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha norma ijodkorligi bosqichlari:
loyiha tayyorlanishini tashkil etish; loyihani ishlab chiqish;
loyihani kelishish;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish;
mazkur turdagi hujjatning huquqiy ekspertizasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kuchga kirishi.
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy mazmundagi qarorini ishlab chiqish bo‘yicha norma ijodkorligi bosqichlari:
loyihani tayyorlashni tashkillashtirish; loyihani ishlab chiqish;
mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati tomonidan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
loyihani tegishli idoralar bilan kelishish;
hududiy adliya organlari tomonidan loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
loyihani mahalliy davlat hokimiyati organiga yuborish.
Olib borilgan izlanishlarga asoslanib, bizningcha, norma ijodkorligi tushunchasiga quyidagicha huquqiy tavsif berish maqsadga muvofiqdir: “Norma ijodkorligi – bu normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi dastlabki takliflarni shakllantirish, loyihani ishlab chiqish faoliyatini rejalashtirish, loyihalarni tayyorlashni tashkillashtirish, loyihani ishlab chiqish, loyihani huquqiy va boshqa turdagi ekspertizalardan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, loyiha muhokamasi, loyihani manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishish, loyihani ko‘rib chiqishda ishtirok etish, loyihani ko‘rib chiqish, qabul qilish va tasdiqlash uchun kiritish kabi jarayonlarni qamrab olgan faoliyat”.
Huquqshunos olim M.K. Najimovning fikricha, norma ijodkorligini turlarga ajratishda quyidagilar mezon bo‘lib hisoblanadi: “norma ijodkorligi subyektlari, ya’ni muayyan aktni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs yoki organ; norma ijodkorligi aktlarini qabul qilish tartib-taomillari (qonun ijodkorligi jarayoni, yakka yoki jamoa qarori); normativ-huquqiy hujjatlar turlari (qonunlar, qonunosti hujjatlari) va boshqalar”1.
1 Нажимов М.К. Норма ижодкорлиги. Дарслик. –Тошкент: ТДЮУ, 2018. – Б. 19
Z.M. Islomov esa, huquq ijodkorligining xalqning bevosita huquq ijodkorligi, davlat organlarining huquq ijodkorligi, mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi kabi turlarini ko‘rsatib o‘tgan1.
Bizningcha esa, qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish, o‘zgartirish va bekor qilish jarayoni nuqtayi nazaridan norma ijodkorligi faoliyatini asosan ikki turga, ya’ni qonun ijodkorligi va qonunosti hujjatlari ijodkorligiga bo‘lish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, barcha turdagi normativ-huquqiy hujjatlarga taalluqli bo‘lgan “norma ijodkorligi texnikasi” tushunchasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, huquqiy-texnik rasmiylashtirish, qabul qilishda qo‘llaniladigan qoida, usul va vositalar majmui deb ta’rif berish maqsadga muvofiq.
- Исломов З.М. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. – Тошкент: Адолат, 2007. – Б.513.
- NORMA IJODKORLIGINI RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR TAHLILI
So‘nggi yillarda mamlakatimizda jamiyat hayotining har bir sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi qabul qilindi.
Ushbu yo‘nalishda norma ijodkorligi sohasiga ham zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, mazkur faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organlar va mansabdor shaxslar uchun bir muncha qulayliklar yaratilib, ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchiliklarning oldi olindi.
Bu boradagi munosabatlarning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan “norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Norma ijodkorligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan konseptual islohotlar mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz). “Aholining interaktiv davlat hizmatlaridan foydalanish imkonoyatini yaratish uchun 2013-yil 1-iyulda Yagona davlat interaktiv hizmatlari portali (www.my.gov.uz) ishga tushirildi, 2015-yil 17-martdan esa O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini alohida portal ko‘rinishida ishga tushirish edi, mazkur tizim 2015-yil 1-yanvardan ishga
tushgan bo‘lib dastlab Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalining alohida bo‘limida aholi e’tiboriga havola etildi. O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 328-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimining birinchi talqinidir.
Portalning maqsadi:
• muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud yechimini tahlil qilish orqali normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (vujudga kelgan) ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash;
• ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan qoidalarni aniqlash;
• tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi qoidalarni aniqlash.
Portalda davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatiga aloqador qonun hujjatlarining loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar joylashtirilib, ro‘yxatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar mazkur hujjalar borasida o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratilgan. Keltirilgan takliflar qonun hujjati loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirgan davlat organ tomonidan o‘rganib chiqilib qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi”1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ– 3666-son qarori bilan 2018-yil 1-maydan boshlab barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan “regulation.gov.uz” portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi belgilandi.
1 http://old.regulation.gov.uz/uz/pages/about
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF–6075-son Farmoniga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash loyihani ishlab chiqqan idora va tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)dan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Ayni vaqtda mazkur portalda “ochiq platforma” (open platform)ni ishga tushirilgan bo‘lib, mazkur platforma orqali jamoatchilik, biznes hamjamiyati, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik, shu jumladan qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish doirasida qayta aloqa mexanizmlarini joriy etish va qonunchilik hujjatlarining huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’sirini baholashda “kraudsorsing” imkoniyatlaridan foydalanish, shu jumladan onlayn so‘rovnomalar o‘tkazish amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Jamoatchilik normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)da joylashtirilgan loyihalarni cheklist to‘ldirish orqali korrupsiyaviy omillarni aniqlash nuqtayi nazaridan baholashi mumkin.
Mazkur portalga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish vazifasi Adliya vazirligiga topshirilgan.
Ma’lumot uchun: Hozirgi vaqtga qadar, regulation.gov.uz orqali jami 736 ta Qonun, 302 ta Prezident Farmoni va 849 ta qarori, Hukumatning 3005 ta qarori, vazirlik, davlat qo‘mita va idoralarning 1908 ta buyruq va qarorlari, 5358 ta Hokim qarorlari muhokamadan o‘tkazilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning Yagona elektron tizimi (project.gov.uz). 2019-yil 1-yanvardan boshlab Internet jahon axborot tarmog‘ida pilot loyihasi sifatida mazkur yagona elektron tizim sinov tariqasida ishga tushirildi. Yagona elektron tizimni uzluksiz ishlashini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish (viza qo‘yish) jarayonining
zaruriy shaffofligini ta’minlash hamda tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son qarori qabul qilindi.
Yagona elektron tizim orqali norma ijodkorligiga oid quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin:
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish (viza qo‘yish) uchun, shu jumladan ularning keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o‘tkazish uchun bir vaqtning o‘zida va tezkor jo‘natish imkoniyatini yaratish;
- amalga oshirilgan harakatlarni avtomat tarzda rasmiylashtirish, taqdim etish va qabul qilish sanalarini qayd etish orqali normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishish (viza qo‘yish) jarayonining shaffofligini ta’minlash;
- elektron raqamli imzoning haqiqiyligini, shu jumladan vizalarning haqiqiyligi va ularning dolzarbligini tasdiqlash;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishish (viza qo‘yish) jarayonida amalga oshirilgan harakatlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha takliflari va e’tirozlari to‘g‘risida axborotni to‘plash va saqlash;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayoni hamda kelishish Yagona elektron tizim orqali amalga oshirilgan manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari to‘g‘risidagi axborotni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining yagona elektron bazasini yuritish, shuningdek, axborot-tahliliy va statistik ma’lumotlarni shakllantirishda yagona elektron bazadan foydalanish;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishish (viza qo‘yish) jarayonini real vaqt rejimida boshqarish, monitoring va nazorat qilish;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishish (viza qo‘yish) jarayonida vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli tejash.
Ayni vaqtda, manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqilgan va kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalari kelishish (viza qo‘yish) hamda keyinchalik qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga faqat Yagona elektron tizim orqali elektron ko‘rinishda kiritilmoqda.
Ma’lumot uchun: 2021-yil davomida 3901 ta normativ-huquqiy hujjatlar project.gov.uz orqali o‘tkazilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimi (e-qaror.gov.uz). Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qarorlar qabul qilish jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga muvofiq, “E-qaror” tizimi ishga tushirildi.
2021-yil yanvar – may oylarida Qashqadaryo viloyatida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron – “E-qaror” tizimini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyatida “E-qaror” elektron tizimini joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan eksperiment natijasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini qabul qilish (chiqarish) muddatlari qisqarganligi, ularni ishlab chiqishda inson omili va aralashuvi kamayganligi, shuningdek, qarorlar va farmoyishlar bilan aholi doimiy ravishda tanishish hamda hududiy adliya organlari ularni monitoring etib borish imkoniyati yaratilganligi aniqlandi.
2021-yil 1-iyuldan boshlab huquqiy eksperiment natijalari asosida “E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etildi.
Hududiy davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan:
- qarorlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonlari tizimi orqali to‘liq amalga oshirilishi bo‘yicha tezkor tashkiliy va texnik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda;
- qarorlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, maxsus raqamlash va avtomatik tarzda e’lon qilish jarayonida tizimdan majburiy foydalanish hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarga qat’iy rioya qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qarorlarni faqat tizim orqali qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda e’lon qilish jarayonining doimiy monitoringi olib borilib, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining tizimdan samarali foydalanishlarini ta’minlash, shuningdek, undan foydalanish masalasiga metodik rahbarlik qilinmoqda.
Ma’lumot uchun: Hozirgi vaqtga qadar, jami 133 542 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 76 883 ta hokim qarori, 25 350 ta kengash qarori “E-qaror” elektron tizimi orqali o‘tkazilgan.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, norma ijodkorligi faoliyatining raqamli transformatsiyasi o‘z navbatida ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarga, shuningdek jamoatchilik vakillariga qulaylik yaratib, jarayonni ixchamlashtirish bilan birga, sohadagi ish hajmini bir muncha qisqarishiga xizmat qiladi.
- NORMA IJODKORLIGI FAOLIYATIDA FUQAROLAR ISHTIROKINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, o‘zgartirish hamda bekor qilish faoliyatini “norma ijodkorligi” deb tushunilishi borasida oldingi paragraflarda ta’rif berib o‘tdik.
Demak, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, o‘zgartirish hamda bekor qilish bosqichlarida fuqarolarni qanday tartibda va qanday usullarda ishtirok etishining tashkiliy hamda huquqiy jihatlarini quyidagicha bayon etamiz.
Xususan, norma ijodkorligi faoliyatining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bosqichida qonunchilik hujjatlarining loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–682-son Qonuni 24-moddasiga muvofiq, ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.
Ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini portalga uni normativ-huquqiy hujjat qabul qiluvchi organga kiritishdan oldin joylashtiradi.
Ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasining portaldagi jamoatchilik muhokamasi muddatini tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi hamda bu muddat portalda normativ-huquqiy hujjat loyihasi joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilaridan tushgan fikr-mulohazalarni va (yoki) takliflarni hisobga olishni ishlab chiquvchi qabul qilingan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarga muvofiq loyihani maromiga yetkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda, ishlab chiquvchi ularni rad etish sababini asoslashi shart.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi natijalari, qoida tariqasida, kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilgan holda tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi.
Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi portali – “regulation.gov.uz” ga kirib, muhokama uchun joylashtirilgan har bir normativ-huquqiy hujjat bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini bildirish huquqiga ega.
Fuqarolarning jamoaviy tashabbuslarini elektron taqdim qilish (“Mening fikrim” veb-portali). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF–5308-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 34-bandida “Mening fikrim” maxsus veb-portali orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tartibini joriy etish belgilandi.
“Mening fikrim” veb-portali mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligi, qabul qilinayotgan qonunlarning hayotiy va samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadida yaratildi.
Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasida “fuqarolarning jamoaviy tashabbuslarini elektron taqdim qilish (“Mening fikrim” veb-portali) tizimini tashabbusni taqdim qilish uchun ovozlar sonini xorijiy mamlakatlar tajribasiga muvofiq qayta ko‘rib chiqqan, huquq normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga nisbatan fuqarolik tashabbuslarini davlat organlari tomonidan qabul qilish va ko‘rib chiqish tartib-taomillarini aniqlashtirgan va ularni ko‘rib chiqishga
vakolatli organlar doirasini kengaytirgan holda yanada takomillashtirish” ustvor vazifalardan biri etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 2-fevralda qabul qilingan 2310-III/KQ-503-III-sonli Qo‘shma qarori 30-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari va Vazirlar Mahkamasiga yo‘llangan murojaat kamida o‘n mingta qo‘llab-quvvatlovchi ovozni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari nomiga yo‘llangan murojaat kamida besh mingta qo‘llab-quvvatlovchi ovozni, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari nomiga yo‘llangan murojaat kamida mingta qo‘llab-quvvatlovchi ovozni to‘plashi kerakligi belgilandi.
Referendumda ishtirok etish
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining referendumi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir.
Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, referendumda qabul qilingan qarorlar faqat referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to‘la haqlidir.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emaslar.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi”1.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, fuqarolarning norma ijodkorligining har bir bosqichlarida, xususan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jaryonida ishtiroki, o‘z navbatida qonunchilikni xalqchilligini hamda faoliyatda demokratizm tamoyillarini ta’minlanishi kafolatidir.
- www.lex.uz
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
Rahbariy adabiyotlar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (22.12.2017) / http://uza.uz/oz/documents/ zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-22-12-2017
Normativ-huquqiy hujjatlar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5505-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018 y., 06/18/5505/1639-son
- O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 176-modda
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 15-son, 173-modda
- O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son
Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar:
- Davlat va huquq nazariyasi / Mas’ul muharrirlar H.B. Boboyev, H.T. Odilqoriyev -T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2000.
- Odilqoriyev H.T. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. –T.: Sharq,
2002.
- Najimov M.K. Norma ijodkorligi. Darslik. –Toshkent: TDYuU,
2018.
- Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – Toshkent: Adolat,
2007.
- O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. / Tahrir hay’ati: T.Mirzaev (rahbar) va boshq.: O‘zR FA Til va adabiyot instituti. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
Web-resurslar:
- http://old.regulation.gov.uz
- www.lex.uz
XUJANAZAROV AZIZJON ANVAROVICH
NORMA IJODKORLIGI VA MAZKUR
FAOLIYATDA FUQAROLAR ISHTIROKI
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir
Muharrir
Musahhih
Texnik muharrir
Dizayner
O. Choriyev
Sh. Jahonov
M. Patillayeva
U. Sapayev
D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,6 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 73-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
28