KIRISH
Notariat bu fuqarolik protsessual huquqining shakllaridan biri hisoblanadi. Fuqarolik ishlarini hal qilish mexanizmlari huquq olamida bir nechtani tashkil qiladi. Notariat oʻz navbatida fuqarolik ishlarini hal qiluvchi mexanizmlardan biri hisoblanadi. Notariat faqat fuqarolik ishlarini hal qilib qolmasdan, balki notarial tasdiq, notarial protestlash, notarius tomonidan huquqni qoʻllash hujjatlarini berish orqali keyinchalik kelib chiqishi mumkin boʻlgan nizolarning oldini olishga ham xizmat qiladi.
Shu sababli ham notariat sohasidagi ilmiy izlanishlar, notarial harakatlarni amalga oshirishda qonunchilikni qoʻllash masalalarining tahliliga bagʻishlangan ishlarni yaratish har doim ham dolzarb hisoblanadi. Shundan kelib chiqib biz ushbu risolamizni notarial harakatlarga bagʻishladik. Maʼlumki, notarial harakatlar doirasi keng boʻlib ularni bitta risolaga jamlash mushkul boʻlgani uchun, yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarning oʻziga xosligini ushbu risolada ochib berishga harakat qildik. Yuridik shaxslarning tashkiliy huquqiy shakllarining turliligi notarial harakatlarni amalga oshirishda oʻziga xoslik kasb qiladi. Xususan, fermer xoʻjaligi ishtirokidagi notarial harakatni amalga oshirish bilan aksiyadorlik jamiyati ishtirokidagi notarial harakatni amalga oshirish tartibi bir-biridan farq qiladi.
Biz yuqoridagilardan kelib chiqib mazkur qoʻllanmada yuridik shaxlar ishtirokida amalga oshiriladigan notarial harakatlar boʻyicha eng koʻp uchraydigan savollarga javob berishga harakat qildik. Xususan, yuridik shaxslar bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlashda mulkdor, taʼsischi (ishtirokchi), aʼzosi eri (xotini)ning roziligi talab qilinadimi yoki yoʻq, yuridik shaxs aʼzolarining vafoti munosabati bilan meros ishi ochiladimi yoki yoʻq degan savollarga javob berilgan.
I. NOTARIUSLAR TOMONIDAN AMALGA OSHIRILADIGAN YURIDIK SHAXSLAR ISHTIROKIDAGI NOTARIAL HARAKATLAR
1.1. Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarning umumiy tavsifi
Fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni toʻgʻri hal qilish koʻp jihatdan huquq subyektlari oʻrtasida huquq va majburiyatlarni vujudga keltiruvchi harakatlarning toʻgʻri va qonunda belgilangan shakl va mazmunga mos ravishda rasmiylashtirilishiga ham koʻp jihatdan bogʻliq. Bu nafaqat nizolarni toʻgʻri hal qilinishiga, balki nizolarning oldini olishiga ham xizmat qiladi.
Oʻz navbatida, notarius fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarini vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi. Jumladan, notarius huquq subyektlari oʻrtasida tuziladigan bitimlarni tasdiqlaydi, yuridik faktlarni belgilaydi, shuningdek, mulk huquqi boʻyicha guvohnoma beradi hamda boshqa notarial harakatlarni amalga oshiradi.
Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
bitimlarni tasdiqlaydi;
vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
meros mol-mulkining qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi; mediator vazifasini bajaradi;
hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi;
hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi;
dalillarni taʼminlaydi;
fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik
kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi; hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi;
ijro xatlarini yozadi;
veksellarning protestlarini amalga oshiradi; dengiz protestlarini amalga oshiradi;
notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi. Shuningdek, notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Yuqoridagi notarial harakatlarning aksariyatida yuridik shaxslar subyekt sifatida ishtirok etadi yoki obyekt sifatida keladi.
Yuridik shaxslar bevosita fuqaroning shaxsi bilan bogʻliq notarail harakatlarda subyekt boʻlmaydi. Misol uchun vasiyatnomani tasdiqlash, meros, fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash va boshqalari.
Biroq yuridik shaxslar meros, vasiyatnomani tasdiqlash kabi meros ishlarida obyekt sifatida kelishi mumkin.
1.2. Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarning amalga oshirishda hujjatlar
Notariuslar tomonidan yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarni amalga oshirishda, eng avvalo, yuridik shaxsning huquq layoqatini va mazkur yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi tekshiriladi.
Yuridikshaxsning | huquq | |||
layoqati bu yuridik shaxs oʻzining | ||||
yuridik shaxsning | taʼsis hujjatlarida | nazarda | tutilgan | |
huquq layoqati | faoliyati | maqsadlariga | muvofiq | |
fuqarolik | huquq | layoqatiga ega | ||
boʻlishidir. |

Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan eʼtiboran tugatiladi.
Misol uchun, dehqon xoʻjaligi kiyim ishlab chiqarish faoliyat maqsadida bankdan kredit olmoqda va shu bilan bogʻliq garov shartnomasini notarial tasdiqlash uchun notariusga murojaat qildi. Bu vaziyatda yuridik shaxsning huquq layoqati aniqlanishi kerak. Dehqon xoʻjaligiga qonun bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari belgilab qoʻyilgan. Dehqonchilik, bogʻdorchilik, baliqchilik va boshqa qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanishi mumkin. Dehqon xoʻjaligi kiyim ishlab chiqarishi uning huquq layoqatidan tashqari hisoblanadi. Bunday bitim keyinchalik Fuqarolik kodeksining 125-moddasiga asosan, yaʼni yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqib tuzilganligi uchun haqiqiy emas deb topilishi mumkin1.
- Yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi
(ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Shuningdek, yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati qonun yoki uning ustavi yoxud nizomi bilan belgilanadi.
Misol uchun, notijorat yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi va shu faoliyat bilan bogʻliq notarial harakatni amalga oshirishda notarius notijorat tashkilotning tijorat bilan shugʻullanish huquq layoqatini mazkur yuridik shaxsning taʼsis hujjatidan tekshirishi lozim.
Yuridik shaxs qonun hujjatida roʻyxati belgilab qoʻyilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishi mumkin. Shu sababli notarius faoliyatning litsenziya yoki ruxsatnoma olib shugʻullaniladigan yoʻnalashlari boʻyicha notarial harakatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa, mazkur faoliyat turi bilan shugʻullanishga yuridik shaxsda ruxsatnomasi yoki litsenziyasi borligini tekshirishi lozim.

Yuridik shaxsning huquq
yuridik shaxsning huquq layoqati eng avvalo qonun bilan,
layoqatini aniqlash qonun ruxsat bergan doirada keyin taʼsis hujjatlari bilan aniqlanadi.
Xususiy korxona misolida. Notarius xususiy korxona ishtirokidagi notarial harakatni amalaga oshiayotgan boʻlsa, avvalo Oʻzbekiston Respublikasi Xususiy korxona toʻgʻrisidagi qonunga qaraydi. Uning 22-moddasida xususiy korxona qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan. Demak, xususiy korxona qaysi faoliyat turi bilan shugʻullanishi uning taʼsis hujjatida aniq belgilab qoʻyilgan boʻladi. Yaʼni ovqatlanish sohasimi, ishlab chiqarish sohasimi, ishlab chiqarish sohasi boʻlsa uning qaysi turi. Shular xususiy korxonaning huquq layoqati belgilab beradi.
Fermer xoʻjaligi misolida. Notarius fermer xoʻjaligi ishtirokidagi notarial harakatni tasdiqlashda, avvalo, Fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi qonunga qaraydi. Unda fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishi belgilab qoʻyilgan. Demak, fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishidan tashqari qonun bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin va bu uning ustavida belgilab qoʻyilgan boʻladi.
Dehqon xoʻjaligi misolida. Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunda dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyatini bogʻdorchilik va uzumchilikka yoki sabzavot va poliz ekinlarini yoxud boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashish asosida amalga oshirishi belgilangan. Misol uchun, dehqon xoʻjaligi misol uchun aholiga ovqatlanish boʻyicha xizmatlarni koʻrsata olmaydi. Dehqon xoʻjaligining qishloq xoʻjaligidan boshqa faoliyati bilan shugʻullanishi huquq layoqatidan chetga chiqish hisoblanadi.
Shuningdek, barcha yuridik shaxslar qonun bilan taqiqlangan faoliyat turlari bilan shugʻullanishi huquq layoqatidan chiqish va qonun talablarini buzish hisoblanadi. Misol uchun, qimor oʻyinlarini tashkil qilish.
Notarial harakatlarda ishtirok etayotgan yuridik shaxslarning, albatta, taʼsis hujjatlari va taʼsis shartnomalari yaxshilab oʻrganilishi kerak.
Yana eʼtibor beradigan muhim jihat, yuridik shaxs ijro organlari yoki ijrochilarining vakolatlari. Misol uchun, maʼsuliyati cheklangan jamiyat nomidan notarial harakatda rahbar ishtirok etsa-da, boshqa ijro organlarning qarori talab qilinadi.
Misol uchun, maʼsuliyati | |||
maʼsuliyati cheklangan | cheklangan | jamiyat yirik | bitim |
jamiyat yirik bitim | ishtirokchisi | boʻlganda | unda |
ishtirokchisi | eʼtibor beriladigan jihatlar mavjud. |

Yirik bitim qiymati MCHJning taʼsis hujjatida belgilab qoʻyiladi. Unda belgilanmagan boʻlsa, jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma
besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulk bilan bogʻliq bitim yirik bitim hisoblanadi.
- agar MCHJning ustav fondida yirik bitim jamiyat mol-mulki qiymatining 40 foizi va undan ortigʻini tashkil qiladi deb belgilangan boʻlsa, demak yirik bitim jamiyat mol-mulkining 40 foizi va undan ortigʻini tashkil qiladi. Jamiyat ustavida yirik bitim qiymati belgilanmagan boʻlsa, yirik bitim jamiyat mol-mulkning 25 foizidan ortigʻini tashkil qiladi;
- yirik bitimni aniqlash uchun korxonaning mol-mulkini aniqlash lozim. Bundan bitim tuzilayotgan davrdan oldingi chorakdagi buxgalteriya hisobidan kelib chiqib yirik bitim aniqlanadi;
- yirik bitim tuzishga qaror qiluvchi organlar umumiy yigʻilish, kuzatuv kengashi. Kuzatuv kengashi faqat qorxona mol-mulkining 25-50 foiziga teng qiymatdagi bitimlarni tuzishda qaror qabul qilishi mumkin. Bu vakolat, albatta, ustavda belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak. Boshqa barcha holatlarda umumiy yigʻilish qarori bilan amalga oshiriladi;
- oʻzaro bogʻliq bir necha bitim qiymati yirik bitimga qoʻyilgan qiymatni tashkil qilsa ular yirik bitim deb topilishi mumkin;
- yirik bitim qiymatini tashkil qiluvchi har qanday bitim yirik bitim hisoblanmaydi. Misol uchun, ijara yoki odatdagi xoʻjalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar deb eʼtirof etilmaydi. Bu uchun, mol-mulk chiqib ketishi yoki jamiyatga kirishi kerak bu oʻz navbatida odatdagi xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmasligi kerak;
- jamiyatning ustavida koʻproq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Bunday vaziyatda yuridik shaxsning taʼsis hujjatlaridan tashqari buxgalteriya hisobotlari notarial harakatni amalga oshirishda oʻrganib chiqiladi.
1.3. Yuridik shaxslar bilan bogʻliq notarial harakatlarni amalga oshirishda yuridik shaxs mulkdori, muassisi, taʼsischisi, ishtirokchisi va aʼzosi er (xotin)ining ishtiroki
Yuridik shaxs taʼsischisi yoki mulkdori yuridik shaxs ustaviga er-xotinning umumiy mol-mulkni kiritayotganda, xotin (er)ning roziligini olishi kerak2. Ushbu rozilik shakli, yuridik shaxs balansiga kiritilayotgan mol-mulkni begonalashtirish toʻgʻrisidagi bitim shakliga qoʻyilgan talab qoʻllaniladi.
Misol uchun, er-xotinning umumiy mol-mulki boʻlgan uy-joy yoki avtoransport vositasi jamiyat balansiga kiritilayotgan boʻlsa ikkinchi tomonning notarial tartibda tatsdiqlangan roziligi, traktor, turar-joy boʻlmagan koʻchmas mulk va boshqalar boʻlsa, oddiy yozma shakldagi rozilik olinadi.
Yuridik shaxs balansidagi mol-

mulkni sotishda, garovga qoʻyishda,
Koʻpchilikni qiziqtiradigan bir soʻz bilan aytganda begona-
savol lashtirilishida mazkur yuridik shaxs
mulkdorining xotin (eri)ning roziligi
olinadimi, agar mol-mulk umumiy
mol-mulk boʻlsa.
Bu savolga qatʼiy javob berish qiyin, sababi mazkur rozilik yuridik shaxsning tashkiliy huquqiy shakli hamda balansga er-xotinning umumiy mol-mulki boʻlgan mulk kiritilayotganda ikkinchi tarafdan (xotin yoki erdan) rozilik olinganligiga bogʻliq.
Misol chun, maʼsuliyati cheklangan jamiyat yoki aksiyadorlik jamiyatiga tegishli mol-mulk sotilayotganda yoxud garovga qoʻyilganda,
- Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 23-28-moddalari // Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-songa ilova.
mol-mulkni ustavga kiritgan shaxsning xotin (eri)ning roziligi olinmaydi. Bunda mol-mulk MCHJ yoxud AJniki hisoblanadi. Biroq keyinchalik nizo kelib chiqmasligi uchun notarius ushbu er-xotinning umumiy mol-mulki boʻlgan ashyoni ustaviga kiritilganda xotin (er)ning roziligi olingan yoki yoʻqligini tekshirishi lozim.
Xususiy korxona, fermer xoʻjaligi, dehqon xoʻjaligi hamda oilaviy korxonaga tegishli mol-mulklar begonalashtirilganda yoxud garovga qoʻyilganda Oila kodeksining 23-moddasi – er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga er va xotin har birining tadbirkorlik faoliyatidan orttirgan daromadlari kiradi, degan qoidadan kelib chiqib xotin (er)ning roziligi olinishi maqsadga muvofiq.
NAMUNA
Er va xotinning umumiy mol-mulkini yuridik shaxs ustaviga
kiritishga rozilik arizasi
Oʻzbekiston Respublikasi,
Toshkent shahar,
Olmazor tuman xususiy amaliyot
bilan shugʻullanuvchi notarius
A.A.A.ga
Toshkent shahar,
Olmazor tumani, Bobur koʻchasi,
58-uyda propiskada turuvchi
Bozorova Nodira Aloyevnadan
(pasport SV 5412985, Toʻrtkoʻl
tuman IIB tomonidan
10.04.2012-yilda berilgan)
ARIZA
Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Olmazor tumani
Ikki ming yigirma ikkinchi yil, may oyining yigirma ikkinchi kuni
Men – Bozorova Nodira Aloyevna erim Bozorov Xusniddin Aliyevich nomiga rasmiylashtirilgan, birgalikdagi nikohimiz davomida orttirilgan Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish 2/1-dahasi, 6-uy, 23-xonadonni Omos maʼsuliyati cheklangan jamiyat ustaviga kiritishga rozilik beraman.
Kelgusida mazkur xonadon boʻyicha hech kimga hech qanday moddiy va mulkiy daʼvo qilmayman.
Arizaning matnini toʻliq oʻqib chiqdim, uning mazmuni va mohiyati, huquqiy oqibatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23–24-moddalari mazmuni menga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli, arizaning mazmuni mening asl xohish-istaklarimga mos keladi.
IMZO: _____________________________________________
Notariusning tasdiqlov yozuvi.
II. BOB. YURIDIK SHAXSLAR ISHTIROKIDAGI MAXSUS NOTARIAL HARAKATLAR
2.1. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash
Yuridik shaxsni tugatilishiga toʻxtaladigan boʻlsak, yuridik shaxs Fuqarolik kodeksining 55-moddasiga muvofiq ixtiyoriy va majburiy tugatiladi. Ixtiyoriy tugatishda yuridik shaxs mulkdori, muassislari (taʼsischilari) va/yoki ishtirokchilarining qarori bilan tugatiladi. Yuridik shaxsni majburiy tugatishning maʼmuriy tartibi hamda sud tartibida daʼvo tartibida tugatiladi.
Yuridik shaxs tugatilayotganda, kreditorlarning talablari qanoatlan-tirilganidan keyin qolgan mol-mulk shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega boʻlgan muassislarga (ishtirokchilarga), agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, topshiriladi va ular oʻrtasida taqsimlanadi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlashda notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari)ning yoki muassisning yuridik shaxsni tugatish haqidagi qarori;
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborilgan yozma xabar;
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini – tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaxsning tayinlanganligi, tugatish tartibi va muddatlari belgilanganligi toʻgʻrisidagi yuridik shaxs muassislarining (ishtirok-chilarining) umumiy majlis bayonnomasi yoki organning qarori;
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror sud tomonidan qabul qilin-gan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
tugatuvchining vakolatini tasdiqlovchi hujjat; debitor va kreditorlar roʻyxati;
tugatuvchining yuridik shaxsni tugatilishi haqida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilganligi haqidagi tegishli davlat soliq xizmati organining tekshiruv maʼlumotnomasi;
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot;
taqsimlanayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
tugatilayotgan yuridik shaxsning tugatish balansi.
2.2. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yigʻilishini chaqiruvchi organning xati yoki shaxsning arizasiga koʻra ushbu yigʻilishda qatnashadi.
Bunda notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini Tizim orqali tekshiradi.
Notarius yigʻilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonunchilik hujjatlariga va yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi.
Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan oʻtkazilgan yigʻilish bayonnomasiga asosan yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida hamda ushbu qarorni qabul qilish chogʻida hozir boʻlgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
- YURIDIK SHAXSLAR BILAN BOGʻLIQ MEROS ISHLARI
3.1. Fermer xoʻjaligining meros boʻlib oʻtishi
Fermer xoʻjaligining meros masalasi Oʻzbekiston Respublikasining Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonuni (keyingi oʻrinlarda qonun deb yuritiladi) va Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Qonunda aynan fermer xoʻjaligining oʻzi yuridik shaxs sifatida meros boʻlib oʻtishi koʻrsatilmagan. Balki fermer xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish uchun yerga boʻlgan ijara huquqi va fermer xoʻjaligining mol-mulklari meros boʻlib oʻtishi belgilab qoʻyilgan.
Biroq Fuqarolik kodeksining 1113-moddasida meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kirishi belgilab qoʻyilgan. Qonunning 32-moddasida fermer xoʻjaligining tugatilish asoslari koʻrsatilgan bu asoslardan biri – fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot etib, xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxoʻr boʻlmasa fermer xoʻjalik tugatiladi. Agar fermer xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxoʻr boʻlsa fermer xoʻjaligi tugatilmaslgi bu fermer xoʻjaligini oʻzining meros boʻlib oʻtishidan dalolat beradi.
Qolaversa, Qonunda fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonunchilikka muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros boʻyicha oʻtish 3 hamda fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot etgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxoʻri ega boʻlishi belgilab qoʻyilgan. Undan tashqari, fermer xoʻjaligining mol-mulki meros qilib qoldirilish belgilab qoʻyilgan4.
Yuqoridagi norma fermer xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanish uchun yer uchastkasini ijaraga olish huquqi meros boʻlib oʻtishini anglatadi. Shu
- Oʻzbekiston Respublikasining Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasining yettinchi qismi // https://lex.uz/acts/275195.
- Oʻzbekiston Respublikasining Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunining 21-moddasi // https://lex.uz/acts/275195.
yerda aniqlashtirib oʻtishimiz kerak, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi alohida meros boʻlib oʻtadimi yoxud fermer xoʻjaligining tarkibida mulkiy kompleksning bir qismi sifatida meros boʻlib oʻtadimi.
Bu savolga aniq javob berish uchun yer uchastkasi kimga ijaraga berilishini tahlil qilishimiz lozim. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga koʻra va Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunga koʻra yer uchastkasi fermer xoʻjaligi bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroga5 ham fermer xoʻjaligiga 6 ham berilishi mumkin. Amaliyotni tahlil qiladigan boʻlsak, fermer xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanish uchun yer uchastkasi fermer xoʻjalikning oʻziga ajratiladi. Shundan kelib chiqadigan boʻlsak, fermer xoʻjaligi bilan shugʻullanish uchun ajratilgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining oʻzi meros boʻlib oʻtmaydi. Balki, fermer xoʻjaligining oʻzi meros boʻlib oʻtadi. Uning tarkibida barcha huquq va majburiyatlar, shu jumladan yer uchastkasini ijara huquqi ham.
Fermer xoʻjaligining meros boʻlib oʻtish tartibi. Fermer xoʻjaligi meros qoldiruvchining meros tarkibiga kiradi, u alohida meros boʻlib oʻtmaydi. Meros tarkibi bir butun hisoblandi. Boshqa meros obyektlaridan fermer xoʻjaligining merosi farq qiladi. Boshqa meros obyektlarini bir nechta merosxoʻr egallashi mumkin, biroq fermer xoʻjaligi meros boʻlib faqat bitta merosxoʻrgagina oʻtishi mumkin, u boʻlinmas hisoblanadi.
Bu degani tarkibiga fermer xoʻjaligi kiradigan merosni bir merosxoʻr egallashi kerak degani emas. Tarkibida fermer xoʻjalik bor meros bir nechta merosxoʻr tomonidan egallanishi mumkin. Bunda faqat, fermer xoʻjaligi bitta merosxoʻr tomonidan egallanishi kerak. Notarius bunda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1150-moddasini qoʻllab meros taqsimlaydi. Mazkur normaning ikkinchi qismida shunday tartib oʻrnatilgan. Merosni taqsimlash merosxoʻrlarning kelishuviga koʻra oʻzlariga tegishli ulushlarga muvofiq amalga oshiriladi. Albatta, bu uchun
5 Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 46-moddasi // https://lex.uz/acts/275195.; Oʻzbekiston Respublikasining Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunining 11-moddasi toʻrtinchi qism // https://lex.uz/acts/275195.
6 Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 461-moddasi va 53-moddasi // https://lex.uz/acts/275195.; Oʻzbekiston Respublikasining Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunining 11-moddasi // https://lex.uz/acts/275195.
fermer xoʻjaligini oʻziga olayotgan vorisning ulushi butun fermer xoʻjaligini meros qilib olishga yetishi kerak.
Misol uchun, A ismli shaxs vafot etgan. Uning merosi tarkibiga bahosi 200 mln soʻmlik uy, bahosi 150 mln soʻmlik transport vositasi va bahosi 200 mln soʻmlik fermer xoʻjaligi hamda bahosi 150 mln soʻmlik qarz majburiyati kiradi. Mazkur shaxsning 2 nafar birinchi navbat vorisi bor. Bunda meros ikki nafar voris oʻrtasida ½ dan qilib ikki ulushga ajratiladi. Albatta, bunda uy, mashina, fermer xoʻjaligi ikkiga boʻlinishi kerak degani emas. Bu vaziyatda uy bir vorisga fermer xoʻjaligi ikkinchi vorisga toʻliq taqsimlanishi (qiymati teng boʻlganligi uchun) qolgan qarz va mashina ½ ulushda taqsimlanishi yoxud qarz bilan mashinaning narxi bir xil (150 mln – 150 mln) boʻlganligi uchun bitta merosxoʻrga taqsimlanishi mumkin. Bunda talab qilinadigan narsa vorislar oʻrtasidagi kelishuv hisoblanadi.
Lekin, amaliyotda kuzatishimiz mumkinki koʻpincha har bir meros tarkibiga kiruvchi mulk merosxoʻrlarning ulushiga mutanosib taqsimlab beriladi.
Ikkinchi vaziyat. B ismli fuqaro vafot etdi, uning merosi tarkibiga
100 mln soʻmlik uy va qiymati 200 mln soʻmlik fermer xoʻjaligi kiradi. Marhumning ikki nafar birinchi navbatdagi vorislari merosni egallashmoqchi. Shunda, ularning merosdagi ulushlari ½ dan boʻladi. Meros taqsimotida bittasi mashinani ikkinchisi fermer xoʻjaligini egallay olmaydi. Sababi fermer xoʻjaligi merosning ½ qismdan katta yaʼni, 1/3 qismini tashkil qiladi. Bunday vaziyatda fermer xoʻjaligini meros qilib olgan taraf ikkinchi tarafga 50 mln bersa masala hal boʻladi degan oson yechim kelishi mumkin. Biroq, ulushidan ortiq mol-mulkni qoʻlga kiritayotgan shaxs ikkinchi tarafga konpensatsiya qilishi mumkin emas. Ushbu vaziyatda bitta voris merosdan voz kechganida (toʻliq voz
kechiladi, merosdan qisman voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi) oʻsha bitta voris butun merosni jumladan fermer xoʻjaligini ham meros qilib olishi mumkin. Agar, bir voris merosdan voz kechmasa, kelishuvga erishilmaganligi hamda fermer xoʻjaligi boʻlinmas boʻlganligi uchun fermer xoʻjaligi meros boʻlib oʻtmaydi. Balki fermer xoʻjalikning mol-mulki meros boʻlib oʻtadi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi mol-mulki meros boʻlib oʻtsa fermer xoʻjalikning qarzlari taqdiri nima boʻladi degan. Bu vaziyatda fermer xoʻjaligi tugatiladi. U tugatilganda barcha qarzlar qoplanadi va ortib qolgan mol-mulk meros tarkibiga kiritiladi.
Shu sababli meros ishini yuritishda uning tarkibiga kiruvchi mol-mulklarni, huquqlar va majburiyatlarni baholash muhim hisoblanadi.
Fermer xoʻjaligi meros boʻlib oʻtganda agar, xoʻjalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma olsa, u bu uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
NAMUNA
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma
______________________________________
(notarial okrug nomi)
__________________________________________
(guvohnoma tasdiqlangan sana, soʻz bilan)
_______________________________________________________
(guvohnoma rasmiylashtirilgan XABSH notarius toʻliq F.I.Sh. va manzili)
Men – Oʻzbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius A.A.A., Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga asosan 2012-yil 10-dekabr kuni vafot etgan Xudayberganov Baxtiyor Kadirovichga tegishli mol-mulkning merosxoʻri Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani, “A.Ortiqov” QFY, Oʻzbekiston koʻchasi, 8-uyda
propiskada turuvchi – 1967-yilda tugʻilgan xotini Xudoybergenova Feruza Tadjibayevna (STIR 528249743, pasport AA 0600511, Shoʻrchi tuman IIB tomonidan 21.11.2014-yilda berilgan) ekanligini tasdiqlayman.
Mazkur guvohnoma berilgan meros mol-mulki, yaʼni Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani, Muqimiy 2-tor koʻchasi, 9-uy quyidagilardan iborat:
1995-yilda 10-oktabrda davlat reestrdan __________-son bilan
roʻyxatidan oʻtgan, Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumanida joylashgan “BARAKA” fermer xoʻjaligi.
Fermer xoʻjalikning 2012-yildagi qiymati 235.604 (ikki yuz oʻttiz besh ming olti yuz toʻrt) soʻm boʻlib, mazkur qiymat fermer xoʻjalikning 2022-yil uchinchi chorak uchun berilgan buxgalteriya hisobotiga koʻra
aniqlandi.
Yuqorida koʻrsatilgan fermer xoʻjalik meros qoldiruvchiga 1995-yil 10-oktabrda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasi tomonidan berilagan 00000000000-sonli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga tegishliligi
aniqlandi.
Mazkur guvohnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Reestrga _________________-son bilan qayd qilindi.
Meros ishi № _____
Notarius
(imzo)
A.A.A.
M.Oʻ.
3.2. Dehqon xoʻjaligining meros boʻlib oʻtishi
Mamlakatimizda dehqon xoʻjaligi bilan yuridik shaxs tashkil qilgan holda, shuningdek yuridik shaxs tashkil qilmagan holda 7 shugʻullanish
- Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-modda // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son.
mumkin. Bu shakllar oʻz navbatida dehqon xoʻjaligining meros boʻlib oʻtishida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs tashkil qilmagan holda dehqon xoʻjaligi bilan shugʻullanganda hamda uning boshligʻi vafot etsa, bu holda dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan yerga boʻlgan huquq (meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasidan umrbod foydalanish huquqi va ijara huquqi)largina meros boʻlib oʻtadi.
Yuridik shaxs tashkil qilgan holda dehqon xoʻjaligi bilan shugʻullanganda uning boshligʻi yoki aʼzolarining vafoti meros ishini yuzaga keltiradi. Bu jarayon biroz murakkab hisoblanadi. Toʻgʻri balki mamlakatimizda bugungi kunda dehqon xoʻjaliklari unchalik taraqqiy etmaganligi sababli, uning boshligʻi yoki aʼzolarining vafoti natijasida yuzaga keladigan meros ishi va mazkur ishlarning qonun bilan yetarli darajada tartibga solinmagani koʻzga tashlanmayotgandir.
Dehqon xoʻjaligining oʻziga xosligi unda oila aʼzolarining ishtiroki, bu ishtirok oddiy emas, balki u daromad keltiradi. Dehqon xoʻjaligining qiymatini oshiradi. Lekin shunga qaramasdan aʼzolarining vafoti meros ishini yuzaga keltirish keltirmasligi qonunda maxsus belgilanmagan.
Bu vaziyatda fuqarolik huquqining vorislikka oid umumiy qoidalarini qoʻllaymiz. Unga koʻra aʼzolik merosni vujudga keltirmaydi8.
Masalan, dehqon xoʻjaligi boshligʻi A ismli shaxs oʻziga tegishli barcha mol-mulkni oila aʼzosi boʻlmagan B ismli shaxsga vasiyat qilib qoldirganda. Bu vaziyatda dehqon xoʻjaligi B.ga meros boʻlib oʻtmaydi. Balki, mazkur dehqon xoʻjaligi aʼzolari tomonidan unga yangi oila aʼzosi boshliq etib saylanadi. Biroq B dehqon xoʻjaligidagi umumiy mulk hisoblangan A.ning hissasini vasiyat boʻyicha meros qilib oladi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1113-moddasiga koʻra tijoratchi yuridik shaxslarga aʼzolik meros boʻlib oʻtmaydi.
Lekin qonunning 24-moddasiga asosan dehqon xoʻjaligiga tegishli mol-mulk, shuningdek olingan daromad ularning umumiy birgalikdagi mulkidir, agar ular oʻrtasida kelishuv boʻlsa umumiy ulushli mulk boʻladi. Demak, dehqon xoʻjaligiga aʼzolik insonning shaxsi bilan (yaʼni oila aʼzosi boʻlishi, shuningdek dehqon xoʻjaligi faoliyatida shaxsan ishtirok etishi bilan) bogʻliq boʻlganligi uchun meros boʻlib oʻtmaydi. Biroq mazkur aʼzo dehqon xoʻjaligiga tegishli mol-mulk va olingan foyda daromadga nisbatan mulkdor hisoblanadi.
3.3. Xususiy korxonaning meros boʻlib oʻtishi
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiy korxona toʻgʻrisidagi qonunida xususiy korxonaning meros boʻlib oʻtishi nazarda tutilmagan. Biroq qonun xususiy korxona mulkdori vafot etganda korxona tugatilishini nazarda tutmagan. Xususan, mazkur qonunning 17-moddasida xususiy korxona mulkdori vafot etganda korxonani boshqa shaxs tomonidan boshqarilishiga yoʻl qoʻyilishi belgilangan.
Bundan kelib chiqadiki, xususiy korxona mulkdori vafot etsa uni meros boʻlib oʻtishiga yoʻl qoʻyiladi. Xususiy korxona yagona mulkdor tomonidan boshqariladigan korxona boʻlganligi uchun u, albatta, yagona merosxoʻrga oʻtishi kerak degan yagona yechim bilan chegaralanish xato.
Fuqarolik kodeksining 49-moddasida yuridik shaxsni qayta tashkil qilish usullari mavjud. Ulardan biri korxonani boʻlish yoki qayta tashkil qilish hisoblanadi. Bunday vaziyatda xususiy korxonani vorislar oʻrtasida boʻlish mumkin. Boʻlinganda, albatta, bir nechta yuridik shaxs vujudga keladi.
Shuningdek, uning tashkiliy huquqiy shaklini oʻzgartirish mumkin.
Masalan, “Quyosh” xususiy korxonasining mulkdori vafot etdi, merosni egallashga kelgan vorislar uch nafarni tashkil qiladi. Maʼlumki, qonunga koʻra xususiy korxona mulkdori yakka shaxs boʻlishi kerakligi talabidan kelib chiqib, uni meros qilib 3 kishi qabul qila olmaydi. Bu vaziyatda xususiy korxonaning tashkiliy huquqiy shakli boshqa turga
oʻzgartirilishi mumkin. Yaʼni xususiy korxonadan maʼsuliyati cheklangan jamiyatga yoxud xususiy korxonaning oʻzini 3 voris oʻrtasida 3 ta yuridik shaxsga boʻlish mumkin.
3.4. Oilaviy korxonaning merosi
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida boʻlgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishi
Oila boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga toʻlgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, togʻa va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin.
Oilaviy korxona ishtirokchisi vafot etsa bu vaziyatda hech qanday meros ishi vujudga kelmaydi. Shu oʻrinda mazkur oilaviy korxona aʼzosining oilaviy korxonaga qoʻshgan mol-mulki korxona balansidan ajratiladi va shu mol-mulkka nisbatan meros ishi ochiladi.
Lekin, oilaviy korxona rahbari vafot etsa meros ishi vujudga keladi. Oilaviy korxona shu oila aʼzolaridan biriga meros boʻlib oʻtadi. Bunda korxona boʻlinmaydi. U ushbu oilaning umumiy mulki hisoblanadi.
3.5. Yuridik shaxsdagi ulushning meros boʻlib oʻtishi
Muassisi (taʼsischisi, ishtirokchisi yoxud mulkdori) tomonidan boshqarilmaydigan yuridik shaxs muassisi vafot etganda, unga tegishli boʻlgan ulush meros boʻlib oʻtadi.
Misol uchun, “Bahor” MCHJning yagona muassisi A vafot etdi. Bu vaziyatda MCHJ meros boʻlib oʻtmaydi. Balki mazkur MCHJdagi Aning 100 foiz ulishi uning vorislari oʻrtasida taqsimlanadi. Bundan soʻng yuridik shaxsning ustaviga aniqrogʻi ustavning muassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlariga oʻzgartirish kiritildi.
Aksiyadorlik kompaniyasining muassisi yoki aksiya egasi vafot etsa, bunda aksiyalar meros boʻlib oʻtadi va keyinchalik aksiyadorlik jamiyati ustaviga oʻzgartirish kiritish talab qilinmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, Oʻzbekiston, 2022. – 76 b;
- Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktyabr);
- Jismoniy va yuridik shaxslarga Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya (1993-yil 22-yanvar, Minsk shahri);
- Oʻzbekiston Respublikasi Kodekslar toʻplami. Rasmiy nashr. –
Toshkent, Adolat, 2022. – 960 b;
- Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – Toshkent, Adolat, 2022. – 560 b;
- Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi. – Toshkent, Adolat, 2022. –
200 b;
- Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi. – Toshkent, Adolat, 2022. – 384 b;
- Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks.
– Toshkent, Adolat, 2022;
- Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 433-modda;
- Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi
Qonuni // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son;
- Oʻzbekiston Respublikasi notariatga oid normativ huquqiy hujjatlar toʻplami va boshqa hujjatlar toʻplami. – Toshkent, Adolat, 2012. – 608 b;
- Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni //
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, | 1997- |
yil, 2-son, 42-modda; |
- “Davlat boji stavkalari toʻgʻrisida”gi Qonun // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2020-y., 09/17/810/0095-son;
- Notariuslar tomonidan notarial harakalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,
05.01.2019-y., 10/19/3113/2422-son;
MAMARAIMOVA GULRUX MAXMUDOVNA
NOTARIUSLAR UCHUN
QOʻLLANMA
(yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlar talqinida)
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir
Muharrir
Musahhih
Texnik muharrir
Dizayner
O. Choriyev
Sh. Jahonov
M. Patillayeva
U. Sapayev
D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,6 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 74-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
28