KIRISH
Gender tengligi barqaror rivojlanish asoslaridan biridir. Xalqaro miqyosda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) gender tengligi, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, boshqa maqsadlar doirasida ijtimoiy tenglik masalalarini o‘z ichiga oladi.
Xotin-qizlar dunyo aholisining qariyb yarmini tashkil etadi, ammo ularning kichik qismigina munosib ish bilan ta’minlanadi va qarorlar qabul qilish jarayonida qatnashadi. Siyosatda va jamiyat hayotining barcha sohalarida ayollarning to‘liq va teng ishtirokini ta’minlash rivojlanish uchun juda muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat’iy davom ettiramiz”, – deb ta’kidladi. Bugungi kunda gender tengligi masalalari milliy qonunchilikdan ham munosib o‘rin oldi. 2019-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilindi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2019-yil 23-avgustda ma’qullandi.
Yangilanayotgan O‘zbekistonning islohotlarida inson huquq va manfaatlarining ustunligi, xususan, erkak va ayol huquqlarining himoyasi, jamiyatda xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga ahamiyat berish masalalari keng o‘rin olgan. Keyingi yillarda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar ijtimoiy hayot ravnaqiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan bo‘lgan erkaklar va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarda teng emasligi muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish rahbar va xodimlarning menejment sohasida ishlashning ilg‘or usullari hamda bilim va kompetensiyalarni o‘zlashtirganiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
1. GENDER TENGLIGI NIMA?
Gender tengligi – aniqrogʻi erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik – bu oilada erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar.

Gender tenglik mavzusi koʻtarilganda “pozitiv diskriminatsiya” degan tushuncha koʻp tilga olinyapti va muhokama qilinmoqda. Bu masala yuzasidan ayrim
tushuntirishlarga ehtiyoj borligi maʼlum boʻlmoqda.
Pozitiv diskriminatsiya – bu kam sonli boʻlgan guruh yoki qatlamga alohida imkoniyatlar va kvotalar berish degani. U korxonada, taʼlimda, ilmda va hokazo sohalarda gender tenglikka erishish uchun qoʻllanadigan usuldir.

Masalan, Oʻzbekistonda olima, muhandis, dasturchi, jarroh (va hokazo) ayollar kam. Ushbu sohalarda ayollarning koʻpayishiga esa ehtiyoj mavjud. Shunday
sharoitda qizlarni ushbu
yoʻnalishlarga koʻproq jalb qilib oʻqitish, buning uchun ularga alohida shart-sharoitlar yaratish pozitiv diskriminatsiya hisoblanadi1.
Gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Har ikki jins vakillarining o‘z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining

ta’minlanishidadir.
Gender tengligi – bu:
- Inson huquqlarining muhim va ajralmas qismi.
- Hozirgi zamonning eng muhim masalalaridan biri.
- F.Tojiyev, Sh.Soatova. “Gender tengligi ehtiyojmi yoki hashamat”. – 2019. https://xs.uz/uz/post/gender-tengligi-ehtiyozhmi-yoki-hashamat
- Jamiyatda tinchlik va ijtimoiy hamkorlik o‘rnatishning
- muhim omili.
- Ayollarni, xotin-qizlarni jamiyat hayotiga teng jalb etish.
- Ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotning kafolati.
- Ayollar va xotin-qizlar sayyoramiz aholisining teng yarmini tashkil etadi (BMT). Bu insoniyatning yarim salohiyati, kuch-qudrati demakdir.
Jamiyatda gender tengligini ta’minlovchi xalqaro va normativ-huquqiy hujjatlarni bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (46-modda)

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun

“Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1-modda)

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt
(3-modda)

Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya
O‘zbekiston Respublikasi gender tengligi bo‘yicha qanday xalqaro hujjatlarga a’zoligini bilasizmi?

-
- Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
- Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt
- Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risidagi konvensiya
Bu xalqaro hujjatlarda gender tengligi bo‘yicha nima deyilgan?

Fuqarolik va siyosiy | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Inson huquqlari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
huquqlar to‘g‘risidagi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
umumjahon | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
xalqaro paktning 3- | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Deklaratsiyaning 1- | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
moddasida ta’kidlanishicha, | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
moddasida “Hamma | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Mazkur paktda ishtirok | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
odamlar o‘z qadr-qimmati | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
etuvchi davlatlar erkaklar va | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
hamda huquqlarida erkin va | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
ayollar uchun ushbu Paktda | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
teng bo‘lib tug‘iladilar. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
ko‘rib chiqilgan barcha | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ularga aql va vijdon ato | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
fuqarolik va siyosiy | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qilingan, binobarin bir- | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
huquqlardan bir xilda | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
birlariga nisbatan birodarlik | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
foydalanishini ta’minlash | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
ruhida munosabatda | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
majburiyatini oladi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
bo‘lishlari kerak | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda eʼlon qilingan asosiy iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar
Madaniy hayotda
qatnashish huquqi
Salomatlik huquqi | Oilani himoya qilish | ||
huquqi | |||
Yetarli darajada | |||
Adolatli va qulay | |||
turmush darajasiga | |||
ish sharoitlari | |||
bo‘lgan huquq | |||
huquqlari | |||
Ta’lim olish huquqi | Kasaba uyushmalari | ||
huquqi |
Ijtimoiy ta’minot | Mehnat qilish | |||
huquqi | ||||
Kamsitilmaslik | huquqi |

O‘zbekiston Respublikasi ushbu normalarga qay darajada amal qiladi ?
O’zbekiston | |||||||||||||||||||||
“Xotin qizlarni tazyiq | |||||||||||||||||||||
Respublikasi | va | ||||||||||||||||||||
Konstitutsiyasining 46- | |||||||||||||||||||||
zoʻravonlikdan | |||||||||||||||||||||
moddasida “Xotin- | himoya qilish | ||||||||||||||||||||
toʻgʻrisida”gi Qonun | |||||||||||||||||||||
qizlar va erkaklar teng | |||||||||||||||||||||
huquqlidirlar” |

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun
teng huquq hamda imkoniyatlar
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
Nima uchun yangi qonun qabul qilindi? Bu qonunga ehtiyoj bormidi?
Albatta, bor edi. Birinchidan, Konstitutsiyada juda koʻplab huquqlar tilga olingan, lekin ularning deyarli barchasi haqida qonunlar bor. Masalan, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash, soʻz erkinligi va hokazo.
Konstitutsiya bosh qomus sifatida huquqlarni jamlaydi va kafolatlaydi. Ammo ularni amalga oshirish tizimi va himoyalash mexanizmlarini qonunlarda batafsil bayon etishga doim ehtiyoj bor.
Shu bois ham, 2019-yilning 2-sentabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan yaxlit va asosiy qonun hujjati hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Biz gender siyosati masalalari borasida

mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga
qaratilgan ishlarni qatʼiy davom ettiramiz”, – deb taʼkidladi.
Barchaga maʼlum, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assam-bleyasining 2015-yilning sentabrida

Barqaror rivojlanish boʻyicha
oʻtkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga
muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha boʻlgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror
rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaror qabul qildi2.
Soʻnggi yillarda gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish boʻyicha ishlar bir necha yoʻnalishlarda olib borilmoqda

- ayollar huquqlari toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlarini takomillashtirish;
- ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;
- aholining gender tenglik va ayollar huquqlari toʻgʻrisida xabardorligini oshirish;
- huquqni qoʻllash amaliyotida ularga rioya etilishini taʼminlash uchun masʼul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy meʼyorlar asosida oʻqitish.
Gender tengligiga erishish muammosi 2000-yil 8-sentabrda bo‘lib o‘tgan sammitda BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan qabul
qilingan BMT Mingyillik deklaratsiyasining (A/RES/52/2-son rezolyutsiya) rivojlanish bo‘yicha 8
ta maqsadlar turkumiga kiritildi.
Gender yondashuv (gender approach) quyidagi sohalarda namoyon bo‘ladi:
- oilaviy hayotda erkak va ayol munosabatlarida;
- ijtimoiy mehnatning taqsimlanishida;
- xulq-atvor, yurish-turishda;
- https://strategy.uz/index.php?news=745&lang=uz
- tashqi ko‘rinish, kiyinish madaniyatida;
- milliy an’ana, urf-odatlar, stereotiplarda;
- yosh, milliy-etnik, sinfiy, irqiy mansublik asosida;
- genderning madaniy reprezentasiyasi (OAV, badiiy simvollar va obrazlarda aks etishi);
- ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik tendensiyalarda.
Gender tengligi inson huquqlarining ajralmas qismi bo‘lsa-da, dunyoda gender bilan bog‘liq kamsitilish, gender bo‘yicha diskriminatsiya, huquqlarning poymol etilishi, gender asimmetriya keng tarqalgan.
Gender tengligi bo‘yicha xalqaro standartlar va
O‘zbeksiton a’zoligi

BMT Ayollar tashkiloti – Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirishga qaratilgan tashki-lotidir.
BMT Ayollar tashkiloti butun dunyo bo‘ylab ayollar va qizlar uchun Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi va 4 ta strategik ustuvorlikka e’tibor qaratgan holda hayotning barcha jabhalarida ayollarning teng ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi:
- hukumat faoliyatida ayollar boshqaruvi va teng ishtiroki;
- ayollarning daromad olish, munosib ish tanlash va iqtisodiy mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyati;
- barcha ayollar va qizlar zo‘ravonlikning barcha shakllaridan xoliligi;
- ayollar va qizlar barqaror tinchlik va insonparvarlik harakatlaridan teng foyda olishi.
Tashkilot quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- ayollarning huquqiy maqomi bo‘yicha komissiya va hukumatlararo organlarni siyosat, global mezonlar va me’yorlarni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlash;
- a’zo davlatlarga ushbu mezonlarni joriy etishda yordam berish, talab qilgan mamlakatlarga tegishli texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatish va fuqarolik jamiyati bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

BMTning ayollar uchun rasmiy kunlari

11-fevral | 8-mart |
Xalqaro ilm fan bo‘yicha | Xalqaro xotin-qizlar kuni |
ayollar va qizlar kuni | |
9-iyun | 11-oktabr |
Xalqaro zo‘ravonlikka | Xalqaro qizlar kuni |
qarshi kun | |
15-oktabr | 25-noyabr |
Xalqaro qishloq ayollari | Xalqaro ayollarga nisbatan |
kuni | zo‘ravonlikni bartaraf etish |
kuni |


Boshqa davlatlarda gender tengligi qanday ta’minlangan ?
Butun jahon iqtisodiy forumi har yili gender tengligining asosiy ko‘rsatkichlarini o‘lchaydigan va taqqoslaydigan gender tafovutning global indeksi to‘g‘risida hisobot tuzadi va nashr etadi. Masalan, iqtisodiy ishtirok va imkoniyatlar, taʼlim darajasi, sog‘liqni saqlash va omon qolish, shuningdek, siyosiy imkoniyatlar. 2021-yilda chop etilgan global indeksda
dunyo bo‘yicha 156 ta mamlakat va hududlar o‘rganib chiqildi va baholandi.
Gender tengligi statistikasi nima uchun kerak?

Samarali rejalashtirish, manzillilikni kuchaytirish, samarali monitoring va rivojlanish dasturlarining taʼsirini baholash. Gender statistika – tenglik va adolatni ilgari suruvchi, aholining turli
guruhlarining hayot tarzini yaxshilash uchun instrument.
2020-yil 1-oktabrda Nyu-Yorkda xotin-qizlar holati bo‘yicha to‘rtinchi Butunjahon konferensiyaning 25 yilligiga bag‘ishlangan global sammitda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati raisi, yangi tashkil etilgan Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya raisi T. Norboyeva ishtirok etdi. Siyosiy partiyalarda xotin-qizlarning ulushi 44 foizni, boshqaro lavozimlarni egallagan ayolar soni esa 27 foizni tashkil etadi3.

1146
Bu haqida eshitganmisiz ?
1146 – qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilib, zo‘ravonlikka duch kelgan fuqarolar, xususan, ayollarimiz huquqshunos va/yoki psixologdan tezkor yordam olishlari, shuningdek, bunday vaziyatda qanday harakat qilish va qayerga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “1146 – Ishonch telefoni” Respublika ayollarni Reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi qoshida faoliyat yuritadi.
Respublika ayollarni Reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi tomonidan 2022-yil boshidan buyon (yanvar – aprel) o‘tgan to‘rt oy
- Xoliqova, M.,Ishanxanova, G., Po‘latova Sh. Gender tengligi: g‘oyadan qonunga qadar [Matn]: uslubiy qo‘llanma /– Toshkent: «Akademnashr», 2021. – 208 b.
davomida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Ishonch telefon”lari operatorlari butun mamlakat bo‘ylab jami 692 ta murojaatni qabul qilishgan. Qo‘ng‘iroqlarning 671 tasi xotin-qizlardan, 21 tasi erkaklar tomonidan bo‘lgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2019. – 76 b.
2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. – 1948. https://www.un.org/en/about-us/universal-declaration-of-human-rights
- Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. – 1966. https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/international-covenant-civil-and-political-rights
- Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqao pakt. –
1966. https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/ international- covenant-economic-social-and-cultural-rights
- Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya. – 1979. https://www.un.org/womenwatch/daw/ cedaw/
- Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi Qonun. – 2019. https://lex.uz/docs/-4494849
- Xotin-qizlarni taziyq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun – 2019. https://lex.uz/docs/-4494709
- Xoliqova M., Ishanxanova, G., Po‘latova Sh. Gender tengligi: g‘oyadan qonunga qadar [Matn]: uslubiy qo‘llanma/– Toshkent: “Akademnashr”, 2021. – 208 b.
- F. Tojiyev, Sh.Soatova. “Gender tengligi ehtiyojmi yoki hashamat”. – 2019. https://xs.uz/uz/post/gender-tengligi-ehtiyozhmi-yoki-hashamat
GAFUROVA SHOIRA BAXODIROVNA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASHDA XALQARO HUJJATLARNING AHAMIYATI
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir
Muharrir
Musahhih
Texnik muharrir
Dizayner
O. Choriyev
Sh. Jahonov
M. Patillayeva
U. Sapayev
D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 0,93 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 75-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
16