KIRISH

Soʻnggi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, yoshlar va xotin-qizlar tashabbuslarini keng miqyosda qoʻllab-quvvatlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida oʻzini oʻzi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda koʻpgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yoʻlga qoʻyganligi taʼkidlandi.

Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi qarorlar qabul qilindi. Unga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning roʻyxati kengaytirildi, ularga bir qator qulaylik va imtiyozlar berildi hamda ularning faoliyatini masofadan turib roʻyxatga olish uchun maxsus mobil ilova ishlab chiqildi.

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 9-iyuldagi 566-son qarori bilan 2019-yil 1-sentabrdan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari, ularning egalariga mehnat stajini hisobga olishni nazarda tutadigan tartib joriy qilingan edi. Unga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining 4.5 baravari miqdoridagi toʻlovni amalga oshirib 12 oy uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini olar edilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 8-iyundagi PQ–4742-son qarori bilan 2020-yil 1-iyuldan boshlab vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilindi va yuqoridagi 566-son qaror oʻz kuchini yoʻqotdi.

Tasavvur qiling! Avval oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar tomonidan taxminan 1 million soʻm miqdordagi toʻlov toʻlangan boʻlsa, endi esa atigi 300 ming soʻm toʻlov toʻlanadi hamda 1 yillik mehnat stajiga ega boʻlinadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi PQ–83-son “Baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlan-

4

tirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq jismoniy shaxslarga 2022-yil 1-fevraldan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida oʻz xonadonida baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyishga ruxsat berilishi hamda baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga yer soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkasi 50 foiz miqdorida belgilanishi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishda muhim qadam boʻldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan 2022-yil 31-mart kuni oʻtkazilgan videoselektorda Prezident oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turlarini yana 20 taga koʻpaytirish va bu orqali qoʻshimcha 150 ming aholi bandligi taʼminlash mumkinligini koʻrsatib oʻtdi.

Yurtdoshlarimiz orasida mehnat shartnomasi tuzmasdan repetitorlik, enagalik, tikuvchilik, ustachilik, duradgorlik, kosiblik, sartaroshlik, nonvoylik va boshqa bir qator faoliyat turlari bilan oʻzini oʻzi band qilib daromad topadiganlar koʻpchilikni tashkil etadi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar kimlar, ularga qanday imtiyozlar berilgan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi qanday kabi savollarga javob berish maqsadida mazkur risola tayyorlandi.

Risolada oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyati va uni huquqiy tartibga solish bilan bogʻliq masalalar sodda, xalqchil tilda savol-javob shaklida bayon etilgan.

5

  1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLAR (FRILANSERLAR) KIMLAR?

Soʻnggi vaqtlarda “oʻzini oʻzi band qilgan shaxs”, “frilanser” atamalari tez-tez tilga olinmoqda. Xoʻsh, aslida ular kim?

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar – mehnat daromadi olishga yoʻnaltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi

va ragʻbatlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslardir.

Frilanser (inglizcha freelancer – erkin ishchi) – oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlovchi, mustaqil faoliyat yurituvchi shaxs. Tarixda birinchi marotaba “frilanser” atamasi Valter Skotning “Ayvengo” romanida “oʻrta asr yollanma jangchisi”ga nisbatan qoʻllanilgan.

Bugungi kunda esa frilanser – bu erkin ishchi boʻlib, asosan bir martalik yoki mavsumiy ishlarni bajarish uchun yollanuvchi, buyurtma asosida qaysidir ish yoki xizmatni muayyan haq evaziga kelishilgan vaqt davomida amalga oshirib beruvchi inson tushuniladi.

Nima uchundir koʻpchilik frilanserni axborot texnologiyalari sohasi vakillari, masalan, veb-dizayner, dasturchi deb biladi. Aslida, frilanser mustaqil ish grafigiga ega, erkin faoliyat yurituvchi shaxsdir. Bir kishi oʻzi mustaqil alohida belgilangan grafiksiz faoliyat yuritar ekan, u frilanser hisoblanadi. Ularga duradgor, dasturchi, repetitor, dizayner, santexnik, usta va boshqalar kiradi.

  • Qonunchiligimizdagi “oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tushunchasi” “frilanser” tushunchasini qamrab oladi.

Demak, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish, ishlarni bajarish boʻyicha mehnat faoliyatini quyidagi shartlar asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardir:

6

  • faoliyatni mustaqil amalga oshiradi;
  • yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olinmaydi;
  • yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydi;
  • ish beruvchiga ega boʻlishga haqli emas;
  • davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtadi.
    1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLAR FAOLIYATINI

TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

QAYSILAR?

Quyidagilar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardir:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (37, 39-moddalar);

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (66-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (369, 408-moddalar);

Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni;

Oʻzbekiston Respublikasi “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (3-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 8-iyundagi PQ– 4742-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz, tar-tibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 15-sentabrdagi PQ–4829-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tad-birkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 27-martdagi PQ–5041-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi 2021-yil 5-maydagi PF–6221-son Farmoni;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori.

7

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi 2022-yil 7-iyuldagi PQ– 311-son qarori.

  1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLAR QANDAY FAOLIYAT TURLARI BILAN SHUGʻULLANISHLARI MUMKIN?

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar quyidagi 68 faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari bilan shugʻullanishlari mumkin:

  1. Uyda repetitorlik qilish – bolalar va kattalar bilan taʼlim fanlari boʻyicha yakka tartibda hamda guruh boʻlib mashgʻulotlar oʻtkazish;
  2. Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar;
  3. Bemorlar hamda doimiy ravishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar;
  4. Uy xoʻjaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish boʻyicha uy xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish;
  5. Xonalarni tozalash, jismoniy shaxs hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
  6. Uyda jismoniy shaxslarning mebellarini taʼmirlash va yigʻish;
  7. Jismoniy shaxslarga murakkab boʻlmagan umumiy qurilish, qurilish-taʼmirlash ishlari (beton quyish, boʻyoqchilik, suvoqchilik ishlari, gʻisht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari);
  8. Jismoniy shaxslarning santexnika uskunalarini mayda taʼmirlash va oʻrnatish;
  9. Jismoniy shaxslarga kvartira ichida (shaxsiy qurilish ishlarida – uy ichida) koʻrsatiladigan elektr montaj ishlari (elektr xavfsizligi boʻyicha

ruxsati boʻlganda);

  1. Dehqon va fuqarolarning tomorqa uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari;
  2. Fermer xoʻjaliklari egalari buyurtmasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlari (qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yigʻish va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlari);

8

  1. Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uchastkalari landshaftini barpo etish ishlari;
  2. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yigʻib olishda dehqon va tomorqa uchastkalari egalariga yordam berish;
  3. Chorva mollarini oʻtlatish, ularni parvarish qilish;
  4. Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan kompyuterlarni taʼmir-lash, sozlash va ularga litsenziyalangan dasturiy taʼminot oʻrnatish;
  5. Buyurtmachining uyida bajariladigan maishiy texnikani oʻrnatish va taʼmirlash ishlari;
  6. Jismoniy shaxslarning shaxsiy avtomobillarini mayda taʼmirlash, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya oʻrnatish, gʻiloflar va pol qoplamalarini tikish;
  7. Jismoniy shaxslarning avtomobillarini yuvish, avtomobillar kuzovlarini silliqlash;
  8. Mexanizatsiya vositalarini qoʻllamay, uyda bajariladigan yuk ortish va yuk tushirish ishlari;
  9. Makulatura, plastik idish, temir-tersak va qoʻshimcha xom ashyo toʻplash
  10. Xalq tabobati (litsenziyasi boʻlganda);
  11. Xususiy shaxslarga bosh xizmatkor va konsyerj xizmatlarini koʻrsatish;
  12. Shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno);
  13. Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda tashish;
  14. Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib olish va sotish;
  15. Velosipedlarni taʼmirlash;
  16. Yogʻoch meʼmorchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yogʻochdan yasalgan qurilmalar, haykallar);
  17. Rassomlik;
  18. Metall taʼmirlash ishlari (uyda amalga oshiriladigan maishiy metall buyumlarini taʼmirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni taʼmirlash, boshqa maishiy metall buyumlarini oddiy taʼmirlash);
  19. Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlash va sotish;
  20. Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;
  21. Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;

9

  1. Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari;
  2. Kosmetolog xizmatlari va shunga oʻxshash boshqa xizmatlar;
  3. Uyda kir yuvish va dazmollash xizmatlari;
  4. Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasi buyumlarini taʼmirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi boʻyicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va toʻqimachilik galantereyasi buyumlarini tikish;
  5. Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qoʻlda boʻyash, gazlamalarga, shu jumladan, trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish);
  6. Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha poyabzal tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash;
  7. Yakka tartibda deraza va eshik pardalarini tikish va taʼmirlash, kashtachilik;
  8. Galantereya buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash;
  9. Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash;
  10. Kalitlar tayyorlash;
  11. Oʻlchov vositalari tayyorlash va ijaraga berish;
  12. Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sunʼiy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash;
  13. Toʻsiqlar, haykallar, metaldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va taʼmirlash;
  14. Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash;
  15. Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni koʻpaytirish va sotish;
  16. Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash;
  17. Video va fotosuratga olish xizmatlari;
  18. Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlarini tayyorlash va sotish;
  19. Milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish;
  20. Salatlar va tuzlamalarni tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va oʻtirish joylarini tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish;
  21. Uyda quyib sotish uchun salqin ichimliklar, ayron, goʻja hamda qurt tayyorlash va sotish;
  22. Toʻgaraklar tashkil etish va yuritish;

10

  1. Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar);
  2. Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan, bonsay sanʼati);
  3. Reklama bukletlarini tarqatish, uyda operatorlar tomonidan buyurtmalar qabul qilish;
  4. Muqovalash ishlari;
  5. Namoyishlarda kiyimlar modelini namoyish qilish, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va video kliplarda suratga tushish;
  6. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar xizmatlari;
  7. Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter,

SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, e-mail orqali

xatlarni joʻnatish boʻyicha mutaxassis, spichrayter, transkriber va boshqalar);

  1. Multimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter oʻyinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, maʼlumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muhar-rir, videooperator, bastakor, ovoz rejissyori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar);
  2. Dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy taʼminotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash boʻyicha mutaxassis);
  3. Tarjima qilish xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qilish, texnik tarjima, veb-saytlar, filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi);
  4. Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama boʻyicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi);
  5. Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, HR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent);

11

  1. Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi);
  2. Hamshiralik ishi.
    • Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ–4742-son qaroriga ilova.

Diqqat!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.

  1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSNI DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARIDA ROʻYXATDAN OʻTKAZISH

TARTIBI QANDAY?

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

Soliq organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun smartfon qurilmasiga Play Market orqali “Soliq” mobil ilovasini yuklab olishi kerak

boʻladi. Ilovani yuklab olgandan soʻng, uni ochish va “Oʻzini oʻzi band qilish” boʻlimini tanlash kerak.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida onlayn roʻyxatdan oʻtish haqida batafsil quyidagi QR kod orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

12

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlaridan roʻyxatdan oʻtish SXEMASI

Bosqich-

Subyekt-

Tadbirlar

Ijro

lar

lar

muddati

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs

Oʻzini oʻzi

Oʻzini oʻzi

sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun

band

1-

maxsus mobil ilova yoki shaxsiy

qilgan

band qilgan

bosqich

kabineti

orqali

yoxud

davlat

shaxsning

shaxs

soliq

xizmati

organiga

kelgan

xohishiga

holda soʻrovnomani toʻldirish.

koʻra

Mavjud

maʼlumotlar

(jismoniy

shaxsning

familiyasi,

ismi

va

otasining ismi, pasport (ID-

karta)

seriyasi

va

raqami,

1. Real

yashash

manzili

toʻgʻrisidagi

Davlat

vaqt

maʼlumotlar)

asosida

davlat

2-

soliq

rejimida

soliq

xizmati

organlarida oʻzini

bosqich

xizmati

2. Avto-

oʻzi

band qilgan shaxs sifatida

organlari

matik

roʻyxatdan

oʻtganligi

toʻgʻrisida

tarzda

matritsali shtrix kodga (QR-kod)

ega

boʻlgan

maʼlumotnomani

yuborish.

Maxsus mobil ilova yoki shaxsiy

Oʻzini oʻzi

kabinet

orqali

davlat

soliq

band

Oʻzini oʻzi

xizmati

organlarida oʻzini

oʻzi

3-

qilgan

band qilgan

band

qilgan

shaxs

sifatida

bosqich

shaxsning

shaxs

roʻyxatdan

oʻtganligi

xohishiga

toʻgʻrisidagi

maʼlumotnomani

koʻra

yuklab olish.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali yuboriladigan va fuqaroning oʻzini oʻzi band qilgan shaxs

13

sifatidagi mehnat maqomini belgilab beradigan elektron shakldagi maʼlumot beriladi. Ushbu maʼlumotnoma cheklanmagan muddatga beriladi.

  1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISHDA QANCHA HAQ UNDIRILADI?
    • Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda haq undirilmaydi.
  2. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXS DAROMADI SOLIQQA TORTILADIMI?

Qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi, yaʼni sodda qilib aytganda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻzlari band boʻlgan faoliyatlaridan daromad soligʻi toʻlamaydilar.

! Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 369-moddasi; Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 36-moddasi.

  1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXS FAOLIYATI MEHNAT STAJIGA KIRADIMI?

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirish davri pensiya olish huquqiga ega boʻlingan paytdan eʼtiboran yoshga doir pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olish davri, mehnat faoliyati bu davrda oʻzini oʻzi band qilish tartibida amalda bajarilganligi yoki bajarilmaganligidan qatʼi nazar, pensiyani tayinlash uchun mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.

! Asos: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi

Qonuni 37-moddasi.

14

  1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXS MEHNAT STAJI HISOBLANISHI UCHUN TOʻLOV QILISHI KERAKMI?

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs Pensiya jamgʻarmasiga yil yakuniga qadar bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida (2022-yil avgust oyi holatiga koʻra bazaviy hisoblash miqdori 300 ming soʻm) toʻlov toʻlasa, 1 yillik mehnat staji yoziladi. Agar qancha qoʻp toʻlov toʻlansa, pensiya ham shuncha koʻp chiqadi.

  • Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 408-moddasi.
    1. YOSHGA DOIR PENSIYAGA CHIQISH UCHUN KAMIDA NECHA YIL STAJ KERAK?

Buni yodda tuting!

Agar siz pensiya tayinlash uchun belgilangan yoshga yetgungacha kamida 7 yil davomida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida toʻlovni toʻlab borsangiz, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlasiz!

Yoshga doir pensiya tayinlash uchun eng kam staj 7 yilni tashkil qiladi. Yaʼni erkaklar 60 yoshga toʻlganda va ayollar esa 55 yoshga toʻlganda kamida 7 yillik stajlari boʻlsa, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.

  1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXS ISHSIZLIK NAFAQASI OLISH HUQUQIGA EGAMI?

Ishsiz shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganda ishsizlik nafaqasini toʻlash tugatiladi. Demak, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs ishsiz sifatida eʼtirof etilmaydi va ularga ishsizlik nafaqasi toʻlanmaydi.

Shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan oʻtish davrida ushbu mablagʻlar hisobidan stipendiya olishi mumkin emas.

! Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 66-moddasi,

Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 35-

15

moddasi.

  1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLAR UCHUN QANDAY IMTIYOZLAR BOR?

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun quyidagi imtiyozlar nazarda tutilgan.

Mahalliy mehnat organlari oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga imtiyozli mikrokreditlar ajratish uchun tijorat banklariga tavsiyalar beradi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan kasbga oʻqitish markazlarida (kasb-hunar taʼlimi muassasalarida) qisqa muddatli kasbga oʻqishni, shuningdek, tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqishni bepul oʻtashi mumkin.

Mahalliy mehnat organlari oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga mehnat asbob-anjomlarini (motokultivatorlar, oʻt oʻroq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik va qurilish uskunalari hamda boshqalarni), shaxsiy himoya vositalarini va ish kiyimini imtiyozli ijaraga berish punktlarini tashkil etadi.

  • Asos: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi

Qonuni 35-moddasi.

16

Buni yodda tuting!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF– 6155-son Farmoni bilan oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan

asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar ajratilishi amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

Subsidiya – daromadi yuqori boʻlmagan shaxslarga boshlangʻich badal yoki kredit foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ– 5041-son qarori bilan oʻzini oʻzi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln soʻmgacha miqdorida kredit mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin.

  1. INTERNET TARMOGʻI ORQALI XIZMAT KOʻRSATUVCHI OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLAR UCHUN ALOHIDA

IMTIYOZLAR NAZARDA TUTILGANMI?

Internet tarmogʻi orqali xizmat koʻrsatuvchi (ishlar bajaruvchi) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (frilansing) quyidagi huquqlarga ega:

xorijdagi norezidentlar boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun xorijiy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli axborot kiritmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlarga xorijiy valyutada toʻlov qabul qilish;

bitim (oferta) toʻgʻrisida ommaviy taklif qabul qilish yoki elektron xabarlar almashish yoxud hisobvaraq-fakturalar (invoys) qoʻyish, shu jumladan, elektron shaklda qoʻyish orqali kontrakt tuzmasdan, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish).

  • Asos: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi

Qonuni 35-moddasi.

17

  1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLAR BANK

HISOBVARAQLARI OCHISHI MUMKINMI?

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikasi va bank plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblar boʻyicha toʻlov terminallaridan foydalanadi hamda tijorat banklarida hisobvaraqlari ochishi mumkin.

  1. OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLAR MAXSUS

MOBIL ILOVA ORQALI QANDAY IMKONIYATLARDAN FOYDALANISHLARI MUMKIN?

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar maxsus mobil ilova orqali quyidagi imkoniyatlardan foydalanishi mumkin:

buyurtmalarni va koʻrsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun toʻlovlarni qabul qilish;

yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilish;

mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish hamda ushbu maʼlumotlardan keyinchalik, shu jumladan, kredit olish va (yoki) soliqlarni hisobdan chiqarish maqsadida foydalanish; oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini)

reklama qilish;

koʻrsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholash va isteʼmolchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilishi.

  1. HAMSHIRA SIFATIDA OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLARGA QANDAY QOʻSHIMCHA

TALABLAR BOR?

Aholi salomatligini mustahkamlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida 2021-yil 1-iyuldan boshlab “hamshiralik ishi” bilan mustaqil shugʻullanish uchun oʻrta tibbiyot mutaxassislariga oʻzini oʻzi band qilish asosida ruxsat berildi.

18

Hamshiralik ishi faoliyatini amalga oshirishga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun oʻrnatilgan tartib bilan bir qatorda quyidagi talablar belgilangan:

hamshiralik ishi faoliyatini faqat oʻrta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimida 2022-yil 1-yanvardan boshlab roʻyxatdan oʻtgan shaxslar amalga oshirishi;

hamshiralik ishi faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxs belgilangan muddatlarda oʻz malakasini oshirib borishi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrta tibbiyot xodimlarining oʻzini oʻzi band qilgan holda hamshiralik ishi faoliyatini amalga oshirish tartibi tasdiqlanadi.

  • Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi 2021-yil 5-maydagi PF–6221-son Farmoni.
    1. MEHNAT MIGRANTLARI OʻZINI OʻZI BAND

QILGAN SHAXSLARGA TENGLASHTIRILADIMI?

2021-yil 1-yanvardan boshlab, oʻrnatilgan tartibga muvofiq tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni toʻlash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qoʻllaniladi.

  • Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ–4829-son “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori

Diqqat!

  • Agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar Oʻzbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda

Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlashning hojati yoʻq.

19

  1. TOMORQA YERIDA BAND BOʻLGAN YOKI USHBU

UCHASTKADA QORAMOL YOXUD PARRANDA PARVARISHLAYOTGANLAR OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLARGA TENGLASHTIRILADIMI?

Tomorqa xoʻjaligi tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi va tomorqa xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etilmaydi. Tomorqa xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (qayta ishlash) boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi shaxs aholi bandligi toʻgʻrisidagi Qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olishi mumkin.

  • Asos: Oʻzbekiston Respublikasining “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻri-sida”gi Qonuni 3-moddasi.

Dehqon xoʻjaligi va 4 sotixdan kam boʻlmagan tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida sugʻurta badali toʻlangan taqdirda, sugʻurta badali toʻlangan yil mehnat stajiga kiritiladi.

  • Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26 apreldagi

“Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–

3680-son qarori.

  1. YENGIL AVTOMOBIL HAYDOVCHILARI OʻZINI OʻZI

BAND QILGAN SHAXSLARGA TENGLASHTIRILDIMI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ–311-son “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘-risida”gi qaroriga ko‘ra, 2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar:

20

yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi;

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;

litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;

yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda – o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar) bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;

o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar “Uztrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan ko‘p tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;

yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;

yo‘nalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi;

o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga “TAXI” tanish belgili to‘qsariq rangli fonar o‘rnatiladi;

boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslar bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanishlari mumkin.

21

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son; 29.04.2021-y., 03/21/689/0395-son.
  4. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10. 2020-y., 03/20/642/1396-son; 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son.
  5. Oʻzbekiston Respublikasi “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04. 2021-y., 03/21/681/0264-son
  6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va

oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish

chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 8-iyundagi PQ–4742-son qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 07/20/4742/0736-son; 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15 sentabrdagi PQ–4829-son “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09. 2020-y., 07/20/4829/1281-son.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 27-martdagi PQ–5041-son qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi 2021-yil 5-maydagi PF–6221-son Farmoni. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni

22

amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ– 311-son “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi qarori. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/311/0608-son)

12. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida onlayn roʻyxatdan oʻtish. Onlayn qoʻllanma.

23

KARIMJONOV MUHAMMADAMIN MUHAMMADALIYEVICH

OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAXSLAR (FRILANSERLAR) KIMLAR?

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir O. Choriyev

Muharrir Sh. Jahonov

Musahhih M. Patillayeva

Texnik muharrir U. Sapayev

Dizayner D. Rajapov

16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 1,4 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 89-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

24