KIRISH

О‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari demokratik huquqiy davlat barpo etishda muhim omil bо‘lib, davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantiradi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev sud-huquq tizimini mustahkamlashga, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, odillikni samarali ta’minlashga, sud hamjamiyati organlarining rolini oshirishga qaratilgan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarorini imzoladi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “bir sud – bir instansiya” tamoyili odil sudlovni samarali ta’minlash, sud qarorlarini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish uchun asos hisoblanadi.

Sud tomonidan chiqarilgan hukmning qonuniyligini tan olib, uni qayta kо‘rib chiqish bosqichlarini kamaytirsak, bizlar haqiqiy sud hokimiyatini ta’minlashga, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga erishamiz. Prezidentimiz tо‘g‘ri ta’kidlaganidek, “sud binosiga kelgan har bir inson О‘zbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak!”

Qonunning yangi normalari nuqtayi nazaridan mazkur risolada jinoyat ishlari bо‘yicha sud qarorlari ustidan shikoyat qilishning zamonaviy huquqiy omillari, jinoyat ishlarini apellyatsiya va kassatsiya instansiya sudlarida qayta kо‘rib chiqish tartibi, ushbu sudlarda qabul qilinayotgan protsessual qarorlarning mohiyati hamda yuqori sud instansiyalarida sud protsess ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlari haqida oddiy, sodda tilda tushuntirishlar berilgan.

4

  1. SUD HUKMI, AJRIMI USTIDAN SHIKOYAT BERISH VAKOLATIGA BО‘LGAN SHAXSLAR

О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida sud himoyasi huquqining kafolati sifatida davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan sudga murojaat qilish huquqi belgilangan. “Sud himoyasiga”ga oid ushbu universal huquq har qanday holatda sud jarayonlarining barcha turlarida sud qarorlarini kо‘rib chiqish huquqini ham о‘z ichiga oladi. Jinoiy odil sudlov tizimida sud qarorlarini qayta kо‘rib chiqish sud hukmlarining adolatliligini ta’minlashning qо‘shimcha usuli hisoblanadi.

“Hukm va boshqa sud qarorlarining adolatliligini tekshirish hozirgi vaqtda sud qarorlariga nisbatan sinov harakteriga ega bо‘lgan jinoiy ish yuritishning bir necha bosqichlaridan iborat turli protsessual harakatlar tizimini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Ushbu vazifa О‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessidagi sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishga qaratilgan jinoyat ish yuritish bosqichlarida hal qilinadi. Sud qarorlarini tekshirish institutining ahamiyati jinoiy ish

yuritishning umumiy maqsadlaridan mantiqan kelib chiqadigan apellyatsiya, kassatsiya ishlarining maqsad va vazifalari bilan tasdiqlanadi”1.

“О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 2-moddasining 2-qismida jinoyat protsessual qonun-

chiligida belgilangan jinoyat ishlarni yuritish tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga yordam berishi kerakligi nazarda tutilgan. Ana shu maqsadlarga erishish uchun yuqori instansiya sudlarning faoliyati

1 Тухташева У.А. Уголовно-процессуальные пути устранения судебных ошибок: Монография. – Т.: Издательство ТГЮУ, 2020. – С. 9-23.

5

ham yо‘naltirilgan. Ushbu maqsad О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida ish yuritish tartibini belgilovchi о‘n birinchi qismining sarlavhasida kо‘rsatilgan. Shunday qilib О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining о‘n birinchi bо‘limi mazmunidan kelib chiqqan holda, yuqori instansiyasi sudlarda ish yuritishning maqsadi hukmlar, ajrimlar va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish hisoblanadi”2.

Sud qarorlarining ushbu mezonlari muhim bо‘lganligi sababli yuqori instansiya sudlari jinoyat ishini tekshirganda, sud hukmi qaysi holatlarda aynan ushbu qonun talablariga javob berishini kо‘rib chiqishlari kerak.

Hukm qonuniy, asosli va adolatli bо‘lishi shart.

(О‘zbekiston Respublikasi JPKning 455-moddasi)

Hukm qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan bо‘lsa, qonuniy deb e’tirof etiladi.

Hukm ishning haqiqiy holatlari unda kerakligicha tо‘la va yuz berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlangan bо‘lsa, asosli deb e’tirof etiladi.

Hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va uning shaxsi e’tiborga olinib tayinlangan bо‘lsa, aybsiz shaxs esa oqlangan va reabilitatsiya etilgan bо‘lsa, adolatli deb e’tirof etiladi3.

Hukm chiqarishda qonunning ushbu talablardan chetga chiqish, jinoyat ishini yuqori instansiya sudida tekshirish natijasida uning о‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib keladi.

Jinoyat ishi bо‘yicha qonuniy kuchga kirmagan sud hukmi, ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida va qonuniy kuchga kirgan hukmi ustidan

2 Тухташева У.А. Уголовно-процессуальные пути устранения судебных ошибок:

Монография. – Т.: Издательство ТГЮУ, 2020. – С. 9-23.

3Ўзбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодекси.Тошкент. Адолат.2019.С.670.

6

kassatsiya tartibida shikoyat qilish mumkin. Kassatsiya tartibida hukmni qayta kо‘rib chiqish faqat jinoyat ishi apellyatsiya tartibida kо‘rib chiqilganidan sо‘ng mumkin bо‘ladi.

Sud qarorlarining qonuniyligi, asosligi va adolatliligini tekshirish hamda yuqori sud instansiyalarida jinoyat ishini kо‘rib chiqish asoslari JPKning 551 hamda 56- boblarida belgilangan4. Unga kо‘ra jinoyat ishini:

Qonun jinoyat ishlari bо‘yicha sud qarorlarini yuqori sud instansiyalarida kо‘rib chiqish asoslarini belgilagan

apellyatsiya tartibida kо‘rish – JPKning 4972-moddasida kо‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan, ya’ni mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan berilgan shikoyat, prokuror va uning о‘rinbosarining bildirgan protesti. Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy da’voga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir;

kassatsiya tartibida – JPKning 499-moddasida kо‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan, ya’ni mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida kо‘rilgan bо‘lsa, kassatsiya tartibida berilgan shikoyati. О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning о‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar qonuniy kuchga kirgan hukm va ajrim (qaror) ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida kо‘rilgan bо‘lsa, kassatsiya tartibida protest bildirishga haqlidir. Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy da’voga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. Sudda oqlangan

  1. Ўзбекистон Республикаси Жиноят-процессуал Кодекси. Т.: Адолат.2021. С.890.

7

shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.

  1. SUD QARORLARI USTIDAN SHIKOYAT BERISH BО‘YICHA

QONUN TALABLARI

Qonunga kо‘ra, apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm chiqargan sud orqali beriladi. Birinchi instansiya sudi hukmi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa, ularga hukm nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shunday muddat ichida beriladi.

Bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) JPK 4976-moddasi talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak.

Har bir apellyatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan sanasi kо‘rsatilgan holda rо‘yxatga olinishi shart.

Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash tо‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan JPK 4975-moddasi birinchi qismiga muvofiq, kо‘rib chiqiladi va bu haqda ajrim chiqariladi.

О‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish tо‘g‘risidagi ajrim ustidan JPK 49711-moddasi birinchi qismiga kо‘ra, yigirma kun ichida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

О‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish tо‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) asosli deb topsa, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, о‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va ishni apellyatsiya shikoyati, protesti (xususiy shikoyat yoki xususiy protest) bо‘yicha mazmunan kо‘radi. Bunda kо‘rsatilgan muddatni tiklash tо‘g‘risidagi ajrim e’lon qilingandan sо‘ng apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi JPK 4976-moddasi ikkinchi qismi talablarini bajarish uchun keyinga qoldiriladi.

8

Agar shikoyat (protest)ning mazmuni qonun talablariga javob bermasa va bu keyinchalik ishni mazmunan kо‘rishga tо‘sqinlik qilsa, sudya uch kunlik muddat ichida ajrim bilan uni bergan shaxsga qaytaradi. Bunday holda shikoyat (protest) qayta rasmiylashtirish uchun JPK 4977-moddasida belgilangan doirada muddat belgilanadi. Mazkur muddat shikoyat (protest)ni uni bergan shaxsga qaytarish tо‘g‘risidagi ajrim topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Shikoyat (protest), jumladan, unda quyidagilar bо‘lmasa qaytarilishi mumkin, ya’ni:

  1. shikoyat (protest) yо‘llanayotgan sudning nomi;
  2. shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqei, yashash joyi yoki turish manzili tо‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  3. hukmni chiqargan sudning nomi, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan bо‘lsa, shu shaxs tо‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  4. shikoyat (protest) bergan shaxsning vajlari, uning fikriga kо‘ra hukm yoki boshqa qarorning notо‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati;
  5. shikoyat (protest) bergan shaxs о‘z talablarini asoslayotgan, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar;
  6. yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi sabablari;
  7. shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar rо‘yxati;
  8. shikoyat (protest) berilgan sana hamda shikoyat (protest) berayotgan shaxsning imzosi.

Agar shikoyat (protest) bergan shaxs sud tomonidan belgilangan muddatda ajrimda kо‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etsa, shikoyat

(protest) sudga dastlab taqdim etilgan kundan boshlab berilgan hisoblanadi. Sud kо‘rsatmalaridan biri bajarilmagan holda shikoyat

(protest) berilmagan hisoblanadi.

Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonun apellyatsiya shikoyati berish huquqini amalga oshirish muddatini mahkum, oqlangan shaxs va jabrlanuvchiga hukm nusxasini topshirish fakti bilan bog‘laydi. Shu

9

munosabat bilan ishdagi materiallar (masalan, sud majlisi bayonnomasi) bilan tanishgandan sо‘ng “asosiy” shikoyat (protest) taqdim etilishini kо‘rsatib, “dastlabki” apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi qonunda nazarda tutilmagan.

shikoyat, protest yo‘llanayotgan sudning nomi;

shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqei,

yashash joyi yoki turish manzili tog‘risidagi

ma’lu-

SHIKOYAT

motlar;

hukmni chiqargan sudning nomi, hukm chiqarilgan

sana, shikoyat berilayotgan va protest

bildirilayotgan

hukm kimga nisbatan chiqarilgan bo‘lsa,

shu shaxs

to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

shikoyat, protest bergan shaxsning vajlari, uning fikriga

ko‘ra hukm yoki boshqa qarorning noto‘g‘riligi nimadan

iborat ekanligi hamda iltimosining mazmuni

arizachi o‘z talablari ni asoslayotgan va apellyatsiya

instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi lozim bo‘lgan

dalillar, shu jumladan, ilgari birinchi instansiya sudida

tekshirilmagan dalillar;

shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar ro‘yxati;

shikoyat, protest berilgan sana hamda shikoyat, protest

beruvchi shaxsning imzosi.

10

  1. APELLYATSIYA VA KASSATSIYA INSTANSIYA SUDLARIDA SUD QARORLARI USTIDAN BERILGAN SHIKOYATLARNI

KО‘RIB CHIQISH TARTIBI

О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida kо‘rish amaliyoti tо‘g‘risida”gi qarorida taftish tartibidagi tekshiruv quyidagicha ta’riflangan.

JPK 49725-moddasiga muvofiq, sud jinoyat ishini apellyatsiya tartibida kо‘rishda apellyatsiya shikoyati, protesti vajlari bilan chegaralanmasdan, sud qarorlari qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini barcha mahkumlarga, shu jumladan, apellyatsiya shikoyati bermagan shaxslarga yoki о‘ziga nisbatan shikoyat, protest berilmagan mahkumlarga nisbatan ham tо‘la hajmda tekshiradi. Biroq agar bu mahkum (oqlangan

shaxs) ahvolining og‘irlashuviga olib kelsa, prokuror protesti yoki jabrlanuv-chining, uning vakilining shikoyati bо‘lmagan hollarda, sud shikoyat (protest)da keltirilgan vajlar doirasidan chetga chiqishga, shuningdek, apel-lyatsiya shikoyati bermagan mahkumlar

(oqlangan shaxslar)ga nisbatan ishni kо‘rishga haqli emas (JPK 49729-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari).

Agar birinchi instansiya sudi tomonidan sud tergovining tо‘liq emasligiga yoki bir yoqlamaligiga yoxud protsessual buzilishlarga yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudi tо‘liq yoki qisman sud tergovini о‘tkazish yо‘li bilan bо‘shliqlarning о‘rnini tо‘ldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini kо‘radi. Shu maqsadda apellyatsiya instansiyasi sudi ish holatlari tо‘la, har tomonlama va xolisona tekshirib chiqilishini ta’minlash uchun zarur bо‘lgan, JPK 49725-moddasi uchinchi qismi 1–7-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishga haqli.

Apellyatsiya instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni sо‘roq qilish, ekspertizalar о‘tkazish, ashyoviy dalillar va

11

hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida), ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qо‘shimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus kо‘rsatishi lozim.

JPK 49725-moddasiga muvofiq, qо‘shimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini о‘tkazish tо‘g‘risida topshiriq berish yо‘li bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.

Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya tartibida kо‘rishda hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud bо‘lgan hamda protsess ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan, shu bilan bir qatorda, sudning о‘zi talab qilib olgan materiallar asosida tekshiradi.

Qо‘shimcha materiallarni taqdim etish yoki talab qilishdan maqsad – apellyatsiya, kassatsiya shikoyatidagi yoki protestidagi vajlarni tekshirishdan iborat. Qо‘shimcha materiallarni yuqori instansiya sudi о‘z tashabbusiga kо‘ra yoki shikoyat berish huquqiga ega bо‘lgan shaxslarning iltimosnomalariga kо‘ra talab qilib olishi mumkin.

Qonun sud qarorlarini qayta kо‘rib chiqish muddatlariga ham e’tibor qaratgan. JPKning 49714, 506-moddalariga binoan apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini shikoyat yoki protest bilan ish kelib tushgan kundan e’tiboran о‘n besh sutkadan kechiktirmay, kassatsiya instansiyada 10 kunda JPK 507-moddasida nazarda tutilgan masalalarni kо‘rib chiqishga kirishishi kerak. Ish о‘ta murakkab bо‘lgan taqdirda va boshqa favqulodda hollarda tegishli sud raisi bu muddatni kо‘pi bilan о‘n besh sutkaga, О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi yoki uning о‘rinbosari esa, kо‘pi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin.

Ishni kо‘rish muddati uzaytirilganligi haqida protsessning manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi lozim. Yuqori sud tomonidan jinoyat ishini kо‘rib chiqish davomiyligi uni kо‘rib chiqish boshlangan kundan e’tiboran ikki oydan oshmasligi kerak.

Biz yuqorida sud qarorlarini qayta kо‘rib chiqishning umumiy shartlarini, yuqori sud instansiya sudlarining о‘zlariga xos xususiyatlarini

12

kо‘rib chiqdik. Tekshirish turlaridan bо‘lgan apellyatsiya, kassatsiya instansiyalari uchun bir xilda ahamiyatli bо‘lgan hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlarini muhokama qildik. Bu umumiy shartlar ichida hukmni bekor qilish yoki о‘zgartirish muhim ahamiyatga ega, chunki aynan shu masalada sud nazorati о‘zining eng yuqori kо‘rinishida namoyon bо‘ladi.

“Hukmni bekor qilish yoki о‘zgartirish asoslari jinoyat protsessida belgilab berilgan vazifalar, odil sudlov hujjatiga qо‘yilgan talablar va sud nazoratining konstitutsiyaviy normalarini qay darajada bajarilayotganligini tekshirish va baholashga doir qoidadir. Boshqacha qilib aytganda yuqorida qayd qilingan talablar buzilgan taqdirda yuzaga keladigan oqibatdir”.

Qonun (JPKning 49719-moddasi) hukmni bekor qilish yoki о‘zgartirish asoslari alohida moddada belgilagan. Demak, apellyatsiya, kassatsiya tartibida hukmni bekor qilish yoki о‘zgartirish uchun quyidagilar asos bо‘ladi:

Ushbu asoslarni qonun nuqtayi nazaridan kо‘rib chiqamiz.

  1. Sud tergovining tо‘liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi Sud tergovining bir tomonlamaligi va tо‘liq emasligi jinoyat ishlarini

tо‘la, har tomonlama va xolisona tekshirish prinsipi bilan uzviy bog‘liq. Ish uchun ahamiyat kasb etadigan, isbotlanishi lozim bо‘lgan barcha

holatlarning isbotlanganligi, ayblanuvchining aybini ham

13

og‘irlashtiradigan, ham yengillashtiradigan dalillarning tо‘planganligi va tadqiq etilganligi, isbotlash burchi yuklatilgan shaxslarning ishga xolisona munosabatda bо‘lganliklari muhim hisoblanadi.

Sud tergovining tо‘liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi quyidagi holatlarda vujudga keladi:

  1. JPKning 82–84-moddalarida kо‘rsatilgan holatlar yetarlicha tо‘la aniqlanmagan bо‘lsa;
  2. kо‘rsatuvlari ishni hal qilishga ta’sir etishi mumkin bо‘lgan shaxslar sо‘roq qilinmagan, zarur bо‘lishiga qaramay ekspertiza

о‘tkazilmagan, xuddi shuningdek, hujjatlar, ashyoviy dalillar talab qilib olinmagan yoki natijalari ish uchun ahamiyatli bо‘lishi mumkin bо‘lgan boshqa sud-tergov harakatlari о‘tkazilmagan bо‘lsa.

  1. Hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi

Quyidagi hollarda hukm jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq emas deb e’tirof etiladi, basharti:

1) sud xulosalari sud majlisida kо‘rilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan bо‘lsa;

2) sud о‘z xulosasiga ta’sir qilishi mumkin bо‘lgan holatlarni hisobga olmagan bо‘lsa;

3) ish uchun muhim ahamiyatli holatlarga oid dalillar bir-biriga zid bо‘lgani holda, sud qaysi asoslarga kо‘ra dalillardan ba’zilarini ishonarli deb topib, boshqalarini rad etganligi hukmda kо‘rsatilmagan bо‘lsa;

  1. sudning hukmda bayon etilgan xulosalarida jiddiy ziddiyatlar mavjud bо‘lib, ular sudlanuvchining aybliligi masalasini hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarini tо‘g‘ri qо‘llashga yoki jazo chorasini belgilashga ta’sir kо‘rsatgan bо‘lsa yoki ta’sir kо‘rsatishi mumkin bо‘lsa.

3. Jinoyat-protsessual qonun normalarining jiddiy buzilganligi Protsess ishtirokchilarini qonunda belgilangan huquqlardan mahrum

qilgan yoki bu huquqlarni cheklagan yoxud sud ishni har tomonlama kо‘rib chiqishiga boshqacha tarzda halal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga ta’sir qilgan yoki ta’sir qilishi mumkin bо‘lgan qoidabuzarliklar JPKning normalarini jiddiy buzish deb e’tirof etiladi.

14

Hukm quyidagi hollarda bekor qilinishi kerak, basharti:

  1. hukmni qonunga xilof tarkibdagi sud chiqargan bо‘lsa;
  2. sudyaning hukmni yakka о‘zi chiqarishi tartibi yoki hukm chiqarishda sudyalar maslahatlashuvining sir saqlanishi buzilgan bо‘lsa;
  3. ish sudlanuvchining yо‘qligida kо‘rilgan bо‘lsa, ushbu Kodeksning

410-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

  1. surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan sо‘ng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qoidabuzarlik hukm chiqargan sud tomonidan bartaraf etilmagan bо‘lsa;
  2. himoyachisi bо‘lmagan sudlanuvchiga himoya nutqi uchun sо‘z berilmagan bо‘lsa;
  3. sudlanuvchiga oxirgi sо‘z berilmagan bо‘lsa;
  4. sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi buzilgan bо‘lsa;
  5. qonunga kо‘ra himoyachining ishtiroki shart bо‘lsa-yu, ish uning ishtirokisiz tergov qilingan yoki kо‘rib chiqilgan bо‘lsa;
  6. ishni yuritishni istisno etadigan holatlar bо‘la turib, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi о‘tkazilgan bо‘lsa;
  7. sud majlisi bayonnomasi ishga tikilmagan yoxud imzolanmagan

bо‘lsa.

Jinoyat protsessual qonunida protsess ishtirokchilarining barcha huquq va burchlari belgilangan va uni bajarilishi kafolatlangan. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining qonunda belgilangan huquqlaridan mahrum qilingan yoki bu huquqlar cheklangan yoxud sud ishni har tomonlama kо‘rib chiqishiga boshqacha tarzda xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga ta’sir qilishi mumkin bо‘lgan qoidabuzarliklar JPK normalarini jiddiy buzish deb e’tirof etiladi.

4. Jinoyat Qonun normalarining notо‘g‘ri qо‘llanilganligi

Jinoyat kodeksi normalarini notо‘g‘ri qо‘llanishi quyidagilarda ifodalanadi. Jinoyat qonunining notо‘g‘ri qо‘llanilishi deganda sudning jinoiy javobgarlik asosi va shartlari mavjudligi haqidagi, qilmishning kvalifikatsiyasi, jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish haqidagi masalalarning hal etilishida Jinoyat kodeksining Umumiy va Maxsus qismi

15

normalarini xato qо‘llanishi nazarda tutiladi. Jinoyat qonunining notо‘g‘ri qо‘llanilishi quyidagilarda ifodalanishi mumkin.

JPKning 49723-moddasida qonun normalarining notо‘g‘ri qо‘llanilganligi sud hukmini bekor qilish uchun asos sifatida quyidagicha belgilangan:

  1. Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalarining talablari buzilgan

bо‘lsa;

  1. jinoyat tavsifi Jinoyat kodeksining qо‘llanilishi kerak bо‘lgan moddasi (moddaning qismi, bandi) о‘rniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan berilgan bо‘lsa;
  2. mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va me’yori tayinlangan bо‘lsa.

Jinoyat qonunining notо‘g‘ri qо‘llanilishining sanab о‘tilgan kо‘rinishlari о‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Sud qо‘llanilishi lozim bо‘lgan qonunni qо‘llamasligi kо‘pincha uning о‘rniga qо‘llanilishi kerak bо‘lmagan qonunning qо‘llanilishiga olib keladi. Qonun ma’nosining notо‘g‘ri talqin qilinishi sudning qо‘llanishi kerak bо‘lgan qonun normasini qо‘llamasligi yoki qо‘llanilishi kerak bо‘lmagan qonunni qо‘llashiga sabab bо‘ladi.

5. Jazoning adolatsizligi

Hukmning bekor qilinishi yoki о‘zgartirilishi uchun asos sifatida sud tayinlagan jazoning jinoyatning og‘irligiga va mahkumning shaxsiga muvofiq kelmasligi garchi jazo tegishli jinoyat qonunida nazarda tutilgan doiradan chetga chiqmasa-da, lekin о‘z miqdoriga kо‘ra yengilligi yoki og‘irligi sababli adolatsiz bо‘lib qolganida qayd qilinadi.

Ushbu asosning mazmuni jinoyatga tо‘g‘ri kvalifikatsiya berilgan va jazo tо‘g‘ri qо‘llanilgan qonun sanksiyasi doirasida belgilangan, ammo jinoyat qonuni nuqtayi nazaridan ushbu jazoning turi va miqdori aniq mos kelmaydigan holatlarni qamrab oladi, sodir etilgan jinoyatning og‘irligiga va mahkumning shaxsiga baho beriladi. Ushbu tamoyil asosida qurilgan me’yorlar tizimining о‘zi odil sudlov har qanday huquqni muhofaza qiluvchi shaxsning о‘ziga xos ichki buyrug‘iga aylanadigan adolatning ma’naviy talabini hisobga olgan holda amalga oshirilishini nazarda tutadi.

16

Agar ishni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida kо‘rish jarayonida birinchi instansiya sudi tomonidan jinoyatning og‘irligiga va mahkumning shaxsiga mos kelmaydigan jazo tayinlanganligi aniqlansa, sud yangi sudga о‘tkazmasdan turib, yangi jazoni tayinlash huquqiga ega, bunday holda ishni yangidan sudda kо‘rib chiqish uchun yuborish zarurati mavjud emas, hukmga zaruriy о‘zgartirishlar kiritish yetarli hisoblanadi.

Apellyatsiya Sudining faoliyati nafaqat ish sudining tо‘g‘riligini tekshirish, balki ish, surishtiruv va dastlabki tergovni boshlashning tо‘g‘riligini tekshirish uchun qо‘llaniladi. Boshqacha qilib aytganda, sud qarorlari tо‘g‘risidagi shikoyatlar nafaqat buzilgan huquqlar va fuqarolarning manfaatlarini tiklashning sababi, balki sudlar, prokurorlar va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatida kamchiliklarni aniqlashning sabablaridir. Ushbu omil tergovchi va prokurorni qonun talablariga rioya qilishga undaydi. Shunday qilib, apellyatsiya instituti nafaqat sud jarayonining, balki sud protsessining ham qonuniyligi va huquqiy kafolati sifatida xizmat qiladi.

Birinchi instansiya sudlari faoliyatini amalga oshirish uning faoliyati jarayonidagi apellyatsiya sudi barcha sud faoliyatining birligini ta’minlash, qonunlarni bir xil tushunish va qо‘llashga yordam beradi, sud qarori bilan kelishmovchiliklarni yo‘q qiladi. Amaliyotda shu tariqa, sudlar, prokurorlar va dastlabki tergov idoralari faoliyatida qonuniylikni ta’minlaydi.

JPKning 49717, 4972-moddalariga muvofiq, apellyatsiya sudi qamoqqa olish uchun sud tergovini, birinchi instansiya sudi sud tomonidan sodir etilgan protsesssual buzilishlarni yo‘q qilish uchun sud tergovini о‘tkazish huquqiga ega.

Jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq, apellyatsiya sudi nafaqat tomonlar tarafidan taqdim etilgan qо‘shimcha materiallarni qabul qilish, balki о‘z tashabbusi bilan qо‘shimcha materiallarni tо‘plash huquqiga ega. Sud

17

tergovi, birinchi instansiya sudida sо‘roq qilinmagan guvohlarni tayinlash orqali, qо‘shimcha yozma dalillarni belgilab, shuningdek, tergov harakatlarini tayinlash orqali olinishi mumkin.

Hukmni о‘zgartirmasdan, hukmni bekor qilish va ishni tugatish, ishonchni bekor qilish va ishni birinchi instansiya sudida 416 yoki 417-moddalarda nazarda tutilgan holatlar mavjud bо‘lganda bekor qilish mumkin.

Apellyatsiya Sudi qarorining e’lon qilinishi Jinoyat-protsesssual kodeksining 473-moddasi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Kassatsiya jarayoni hozirgi vaqtda protsessual jarayonda sud qarorlarining yuqori sudlar tomonidan quyi sudlar faoliyatidagi xatolarni ajratishning shakllaridan biridir.

18

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

  1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –Toshkent: “О‘zbekiston” NMIU, 2017. 488 b.
  2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash

– yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. 2016-yil 7-dekabr. – Toshkent: “О‘zbekiston” NMIU,

2017. – 48 b.

  1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mо‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi, 2017-yil 14-yanvar. – Toshkent: “О‘zbekiston”, 2017. –

104 b.

  1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik О‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qо‘shma majlisidagi nutq. – Toshkent: “О‘zbekiston” NMIU, 2016. – 56 b.
  2. “Yangi О‘zbekiston demokratik о‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda”. “Yangi О‘zbekiston” gazetasiga intervyu. 2021-yil 17-avgust.
  3. Breyer S. America’s Supreme Court: Making Democracy Work: monograph/S. Breyer. -New York: Oxford University press, 2010.

Guide to Judicial Management of cases in ADR. – U.S.: Government printing office, 2010.

  1. Rothstein B.J. Managing Class Action Litigation: A pocket Guide for Judges / B.J. Rothstein. -3th. ed.- Washington: Federal judicial center, 2010.
  2. Gillieron Gw. Public prosecutors in the United States and Europe / Gw. Gillieron. – Germany: Springer, 2014.
  3. Cantone J.A. Enhancing Cooperation Through State-federal Judicial Councils / J.A. Cantone. -Washington: Federal judicial center, 2017.
  4. Court system of Japan: Supreme Court of Japan. – General Secretariat of the Supreme Court of Japan, 2016.

19

SUYUNOVA DILBAR JOLDASBAYEVNA

SUD QARORLARI

USTIDAN SHIKOYAT

BERISH TARTIBI

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir

O. Choriyev

Muharrir

Sh. Jahonov

Musahhih

M. Patillayeva

Texnik muharrir

U. Sapayev

Dizayner

D. Rajapov

16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 1,16 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 79-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

20