KIRISH
Sо‘nggi ikki yilda mamlakatimizda moddiy yordam va kо‘makka muhtoj fuqarolarga davlat tomonidan manzilli kо‘maklashish bо‘yicha yangicha tizim joriy qilindi. Xususan, manzilli, har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish maqsadida moddiy yordam va kо‘makka muhtoj oilalar bо‘yicha mutlaqo yangi – “Temir daftar” tizimi hayotga tatbiq etildi.
О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining о‘rinbosarlari va maslahatchilari, vazirliklar, davlat qо‘mitalari, idoralar, xо‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarning muammolari bо‘yicha “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish va ularning farovonligini oshirish uchun shaxsan mas’ul etib belgilandi.
“Temir daftar”ni yuritishga oid tegishli normativ-huquqiy asoslarni yaratish bо‘yicha ham dastlabki qadam qо‘yildi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga 1-ilova bilan “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi. Mazkur vaqtinchalik tartib “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash tartibini belgilab berdi. Mutasaddi idoralarga 2021-yilning 1-dekabriga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan vaqtinchalik tartibning ama-liyotda qо‘llanilishini tahlil qilgan holda, ularni takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuklatilgan edi.
Ma’lumotlarga kо‘ra, respublika miqyosida mazkur rо‘yxat bilan 594,3 ming oila va ularning 2,5 million nafar a’zosi qamrab olingan. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bildirishicha, hozirgi kunga qadar “Temir daftar”ga kiritilgan 600 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga jami 1,37 trillion sо‘mlik tо‘g‘ridan tо‘g‘ri moddiy va nomoddiy yordamlar kо‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, kam ta’minlangan oilalarning daromad manbaini yaratish orqali respublika bо‘yicha 2021-yil 1-mart holatiga 515,9 ming oila va ularning 2,2 million nafar a’zolari “Temir daftar” rо‘yxatidan chiqarilgan.
“Temir daftar” tizimining joriy etilishi koronavirus pandemiyasi davrida aholi turmush darajasini keskin tushib ketishining oldini olish, ijtimoiy himoya va kо‘makka muhtoj oilalarni manzilli qо‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
1. “TEMIR DAFTAR” NIMA?
“Temir daftar” – ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bо‘yicha ma’lumotlar bazasi. Hozirda mazkur daftarda karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahalladan shakllantirilgan shaffof rо‘yxati qayd etilgan. “Temir daftar” atamasiga yanada aniqlik kiritib о‘tish maqsadga muvofiq. Mutasaddilarning fikricha, bu (temir daftar) oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy ahvoli hamda turmush sharoiti og‘ir bо‘lgan oilalarni doimiy bandlik va daromad manbai bilan ta’minlash hamda ularni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalar qayd etiladigan “Saxovat.argos.uz” elektron dasturi hisoblanadi.
- “TEMIR DAFTAR”NI YURITISH QANDAY NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARGA
ASOSLANADI?
Hozirgi vaqtda “Temir daftar”ni yuritishning normativ-huquqiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi:
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-martdagi 152-sonli “Mahallabay ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga 1-ilova “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha vaqtinchalik tartib.
- “TEMIR DAFTAR”GA QAYSI TOIFADAGI OILALAR KIRITILADI?
Har bir sektor bо‘yicha mahallabay “Temir daftar”ga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:
- kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgan oilalar (Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2021-yil 5-martdagi 122-son qarori talablari asosida);
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bо‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
- kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
- boquvchisini yо‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
- kо‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy kо‘makka muhtoj oilalar;
- mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
- tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bо‘lmagan oilalar);
- noturar joylarda istiqomat qilayotgan, о‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bо‘lmagan ehtiyojmand oilalar.
“Temir daftar”larga kiritilgan oilalar rо‘yxati о‘zgarib turuvchandir. Bunda, agar yuqoridagi toifalarga mos keladigan oilalarning a’zolari
mos ravishda “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga ham kiritilgan bо‘lsa, ushbu oilalar rо‘yxati “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlarida yuritiladi.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRISH TARITIBI QANDAY?
“Temir daftar”ga kiruvchilar rо‘yxatini shakllantirish mahalla orqali amalga oshiriladi. Rо‘yxat tayyor bо‘lgach, tuman hokimligiga taqdim etiladi. Shundan sо‘ng sektor rahbari, tuman xalq deputatlari kengashi vakili va mahalla oqsoqoli birgalikda joylarga chiqib, oilalar holatini о‘rganib chiqadi. Umumiy xulosa asosida shakllantirilgan rо‘yxat tuman xalq deputatlari kengashi muhokamasiga qо‘yiladi. Kengash tasdig‘idan о‘tgan oilalar “Temir daftar”ga kiritiladi.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITISH UCHUN OILALARNING MUAMMOLARI, EHTIYOJLARI VA QIZIQISHLARI QANDAY
SHAKLLARDA О‘RGANILADI?
Oilalarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda:
- uyma-uy yurish orqali (mahallalarda fuqarolar yig‘inlari xodimlari, doimiy vakillar va mahalla faollari tomonidan);
- ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarning murojaatlarini kо‘rib chiqish orqali;
- ehtiyojmand oilalarni о‘rganish bо‘yicha о‘tkazilgan sо‘rovnoma natijalari orqali о‘rganiladi.
Buning uchun sektor rahbari, tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi vakili va mahalla oqsoqoli bilan birgalikda uyma-uy yurib, oilalarning moddiy va turmush sharoitini har tomonlama о‘rganadi. Shu asosda tuzilgan rо‘yxat tuman xalq deputatlari kengashi tasdig‘idan о‘tgandan keyin “Saxovat.argos.uz” elektron bazasiga kiritiladi.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITILGAN OILALARNING
MUAMMOLARINI HAL ETISH VA ULARNI IJTIMOIY QО‘LLAB-QUVVATLASH BО‘YICHA ISHLAR QANDAY YО‘NALISHLARDA AMALGA OSHIRILADI?
oila a’zolarini ishga joylashtirish;
tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun kо‘maklashish;
tadbirkorlikka jalb qilish;
moddiy yordam hamda tibbiy xizmat kо‘rsatish.
- “TEMIR DAFTAR”NING YURITILISHI BО‘YICHA QAYSI VAZIRLIK MAS’UL HISOBLANADI?
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITISH UCHUN OILALARNING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJLIK DARAJASI (TOIFASI)NI
ANIQLASHDA QANDAY RASMIY MA’LUMOTLARDAN
FOYDALANILADI?
uy xо‘jaligi daftari asosida shakllantirilgan oilalar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar (tuman (shahar) mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash bо‘limlari);
kasallik tarixi, nogironligi bо‘lgan shaxslar va kо‘rsatilgan tibbiy yordam tо‘g‘risidagi ma’lumotlar (tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari);
ishsizlik nafaqasi oluvchilar, kasb-hunarga о‘qitilgan va о‘qitish jarayonidagilar, mehnat migrantlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar (tuman (shahar) aholi bandligiga kо‘maklashish markazlari);
daromadlar tо‘g‘risidagi ma’lumot (tuman (shahar) soliq inspeksiyalari);
oilaning nomidagi uy-joy (tomorqa), mol-mulk tо‘g‘risidagi ma’lumotlar (Davlat soliq qо‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) bо‘limlari);
nikoh va о‘lim tо‘g‘risidagi ma’lumotlar (tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari);
pensiya va nafaqalar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bо‘limlari).
- “TEMIR DAFTAR”DAGI OILALARNING ISHSIZ A’ZOLARI BANDLIGINI TA’MINLASH
QANDAY YО‘NALISHLARDA AMALGA
OSHIRILADI?
tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda yaratilayotgan yangi ish о‘rinlariga ishga joylashtirish;
vakansiya va zaxira (kvota) ish о‘rinlariga ishga joylashtirish hamda haq tо‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
kooperativlarga jalb etish, g‘alladan bо‘shagan yerlarda takroriy ekin ekish va foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni о‘zlashtirish hisobiga;
kasb-hunar va tadbirkorlikka о‘qitishni tashkil etish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, о‘zini о‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali;
qurilish obyektlari hamda uy-joy qurilishi obyektlariga ishga joylashtirish.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITILGAN OILALARGA TOMORQADAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISHDA
QANDAY YORDAM KО‘RSATILADI?
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga tomorqadan foydalanishni tashkil etishda quyidagi shaklda yordam kо‘rsatiladi:
– yengil konstruksiyali issiqxonalar о‘rnatish;
– parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yо‘lga qо‘yish;
– “Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala dо‘konlari”ni tashkil etish.
– Tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishga kо‘maklashish;
– Fermer, dehqon xо‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qо‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITILGAN OILALARNING DEHQONCHILIK BILAN SHUG‘ULLANISH IMKONIYATINI
KENGAYTIRISH UCHUN QANDAY CHORA-TADBIRLAR
NAZARDA TUTILGAN?
Ishsiz a’zolari bor bо‘lgan hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish imkoniyatini kengaytirish uchun 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
– dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yangi о‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlaridan 10 sotixdan 1 gektargacha yer ajratilishi;
– ajratilgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish va boshqalar) hamda elektr energiyasi bilan ta’minlanishi;
– berilgan yerlarni о‘zlashtirish uchun (yer haydash, urug‘-kо‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratilishi belgilangan.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITILGAN OILALARGA QANDAY MAQSADLARDA KREDIT AJRATILADI?
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali tadbirkorlikni yо‘lga qо‘yish va rivojlantirish uchun kredit olish istagida bо‘lgan oilalarga tijorat banklariga ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi xizmatlar kо‘rsatiladi:
– biznes loyihalarni hududlarning о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzishni о‘rgatish;
– oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit olishga kо‘maklashish;
– kredit ajratilgandan sо‘ng kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar tadbirkorligini rivojlantirishni doimiy qо‘llab-quvvatlash.
Kreditlar “Temir daftar”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bо‘lgan fuqarolarning tadbirkorligini yо‘lga qо‘yish va rivojlantirishga yо‘naltiriladi.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITILGAN OILALARGA QANDAY MODDIY YORDAM TURLARI KО‘RSATILADI?
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga “Saxovat va kо‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin. Bir martalik moddiy yordam ajratish (kalendar) yil davomida bir marta amalga oshiriladi. Bundan tashqari, alohida kо‘rsatmalar (О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumat topshiriqlari va h.k.) asosida bir martalik moddiy yordamlar ham tо‘lab berilishi mumkin.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITILGAN OILALARGA TIBBIY XIZMAT KО‘RSATISH QANDAY TARTIBDA AMALGA
OSHIRILADI?
Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tibbiy xizmat kо‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
– tibbiy yordamga muhtoj oilalar boshqaruv ofisi1 tomonidan tegishli tibbiyot xodimi jalb qilingan holda о‘rganiladi;
- Boshqaruv ofisi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tashkil etilgan respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklari rahbarlari va xodimlaridan iborat boshqaruv ofisi.
– о‘rganish natijasi bо‘yicha kasalligi aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj oila a’zolari tibbiy kо‘rikdan о‘tish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi kо‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;
– tibbiy kо‘rik natijasi yuzasidan kо‘rsatma bо‘yicha oila a’zolari tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulatoriya sharoitida davolanadi;
– nogironlik belgilari aniq namoyon bо‘lgan bemorlar belgilangan tartibda kо‘rikdan о‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRGAN OILALAR USHBU RО‘YXATDAN QAYSI HOLLARDA CHIQARILADI?
Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar quyidagi hollarda “Temir daftar”dan chiqariladi:
– bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bо‘lganda;
– bir martalik moddiy yordam kо‘rsatish orqali muammosi hal etilganda oila a’zosining roziligi bilan;
– malakali tibbiy xizmat kо‘rsatilganda;
– tо‘liq davlat ta’minotiga olinganda (“Mehribonlik”, “Saxovat” va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalarga о‘tkazilganda);
– aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;
– yolg‘iz yashaydigan ehtiyojmand fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda yoki vafot etganda;
– oila a’zosining murojaatiga asosan;
– “Temir daftar”ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;
– boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda.
– “Temir daftar”ga ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan oilalarning barcha masalalari tо‘liq hal etilishi daftardan chiqarish uchun asos bо‘ladi.
Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga kо‘chib о‘tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bо‘yicha rо‘yxatga olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmasdan “Temir daftar”ga tegishli о‘zgartirishlar kiritiladi.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITILGAN OILALARNING FARZANDLARIGA TО‘LOV-KONTRAKT SUMMASINI
TО‘LASHDA IMTIYOZLAR BORMI?
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining tо‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 50 baravaridan oshmagan miqdorda tо‘lab berish nazarda tutilgan.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITILGAN OILALAR BEMOR A’ZOLARINING DAVOLANISH BILAN
BOG‘LIQ XARAJATLARNI QOPLASHDA QANDAY
IMTIYOZLAR BOR?
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bо‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplash nazarda tutilgan.
- “TEMIR DAFTAR”GA KIRITILGAN FUQAROLAR HAYDOVCHILIK KURSLARIGA IMTIYOZLI NARXLARDA
О‘QISHI MUMKINMI?
“Vatanparvar” tashkiloti Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar 4 toifadagi haydovchilik kurslari narxining 15 foizini tо‘lagan holda о‘qishlari mumkin. “Temir daftar”da rо‘yxatda turganlar о‘zi yashab turgan tuman bandlik bо‘limiga, “Yoshlar daftari”da rо‘yxatda turganlar esa tuman Yoshlar ishlari agentligi bо‘limiga borib, imtiyozli о‘qishlari mumkinligi haqida yо‘llanma olishadi va shu yо‘llanma asosida “Vatanparvar” tashkiloti avtomaktablarida о‘qishadi.
- “TEMIR DAFTAR”DA BО‘LISH MUDDATI QANCHA?
“Temir daftar”ni yuritish bо‘yicha vaqtincha belgilangan tartibga kо‘ra fuqaroning bu rо‘yxatda bо‘lish muddatiga aniq chegara mavjud emas. Yordamga muhtoj bо‘lgan fuqarolar aniqlanib, “Temir daftar”ga kiritilgach, ular bilan individual ishlash yо‘lga qо‘yiladi. “Temir daftar”dagi oilani rо‘yxatdan chiqarish fuqaroning arizasi va ishchi guruhning tavsiyasi asosida xalq deputatlari tuman/shahar kengashi qarori asosida hal qilinadi.
- “TEMIR DAFTAR”DAN KIMLAR CHIQARILMAYDI?
Oila boquvchisini yо‘qotgan bо‘lsa, oilada nogironligi bо‘lgan shaxslar yoki boquvchisi shunday shaxs bо‘lganda, shuningdek, oila a’zolari mehnatga layoqatsiz bо‘lgan oilalar “Temir daftar”dan chiqarilmaydi va doimiy qо‘llab-quvvatlash ostida bо‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 11-martdagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash
bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son,
30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son.
2. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 19-martdagi 152-sonli “Mahallabay ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2021-y., 09/21/152/0278-son.
3. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga 1-ilova “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha vaqtinchalik tartib. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/250/0389-son.
4. “Temir daftar” nima va u qanday shakllantiriladi? https://www.gazeta.uz/uz/2020/08/03/temirdaftar/
5. “Temir daftar”ga qanday toifadagi oilalar kiritiladi? https://xs.uz/uzkr/post/temir-daftarga-qandaj-toifadagi-oilalar-kiritiladi-3
- “Temir daftar” nima? https://advice.uz/uz/document/2393
- “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”da turuvchilarga qanday kreditlar ajratiladi? https://review.uz /oz/post/temir-daftar-ayollar-daftari-yoki-yoshlar-daftarida-turuvchilarga-qanday-kreditlar-ajratiladi
- “Temir daftar” nima va u qanday shakllantiriladi? https://sputniknews-uz.com/20200803/Temir-daftar-nima-va-u-anday-shakl-lantiriladi–vazirlik-izoi-14693433.html
- Fuqarolarni “Temir daftar”dan chiqarish tartibi qanday? https://aniq.uz/yangiliklar/fuqarolarni-temir-daftar-dan-chiqarish-tartibi-qanday
- “Temir daftar”. Unga kirish oson, chiqish qiyinmi? https://www.xabaruz.com/jamiyat/temir-daftar-undan-chiqarilgan-oilalar
ISMOILOV SHUHRATJON ABDUSAMINOVICH
TEMIR DAFTAR
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir
Muharrir
Musahhih
Texnik muharrir
Dizayner
O. Choriyev
Sh. Jahonov
M. Patillayeva
U. Sapayev
D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 0,93 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 91-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
16