KIRISH

Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, eng avvalo, jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini ta’minlashga, shuningdek, ularning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yо‘l qо‘ymaslikka qaratilgan keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning asosiga qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplar poydevor qilib qо‘yilgan.

Jinoyat-protsessual huquqi surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlarining jinoyat ishlarini qо‘zg‘atish, tergov qilish va hal qilish bо‘yicha faoliyatini tartibga soluvchi huquq sohasi hisoblanadi. Jinoyat-protsessual huquqi nafaqat turdosh huquqiy fanlar bilan, balki jinoyat ishlarining sud muhokamasi vazifalarini amalga oshirish manfaatlarida muvaffaqiyatli foydalaniladigan bilimlarning boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘langan.

Jinoyat ishlarini yuritish tartibi faqatgina О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilangan bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibini belgilovchi muqobil qonun hujjatlari mavjud emas.

Jinoyat-protsessual normalarining belgilari quyidagilardan iborat:

  1. davlat tomonidan о‘rnatilgan, ya’ni davlatning qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi oliy vakillik organi tomonidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan;
  2. jinoyat-protsessual huquq va majburiyatlar subyektlarining umumiy xulq-atvor qoidalari bо‘lib, muntazam ravishda takrorlanadigan muayyan harakatlarni kо‘zda tutadi;
  3. jinoyat protsessi ishtirokchilari uchun majburiy hisoblanadi; norma

о‘zining umummajburiy ta’siri orqali protsessning barcha ishtirokchilarini emas, balki u bevosita taalluqli bо‘lgan ishtirokchilarni qamrab oladi;

  1. normalar davlat majburlov kuchi orqali ta’minlanadi;
  2. jinoyat-protsessual qonun hujjatlari vazifalarini samarali tarzda amalga oshirish maqsadini kо‘zlaydi v.b.

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda, albatta, jinoyat protsessi ishtirokchisi bо‘lgan tarjimonning xizmati ham alohida ahamiyatga ega.

4

JINOYAT PROTSESSI ISH YURITUVIDA TARJIMON XIZMATIDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY ASOSLARI

О‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanadi.

Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qilmog‘i lozim.

Jinoyat-protsessual kodeksining ikkinchi bо‘limida Jinoyat protsessi ishtirokchilari doirasi belgilab berilgan.

JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARI

Jinoyat

Jamoat

О‘z

Jinoyat

ishini

birlashma-

manfaatla-

protsessida

yuritishga

lari,

rini

ishtirok

mas’ul

jamoalar

himoya

etuvchi

bо‘lgan

va

qiladigan

boshqa

davlat

ularning

shaxslar.

shaxslar

organlari,

vakillari

Himoyachi

mansabdor

-lar va

shaxslar

vakillar

Har bir huquq sohasida aynan о‘sha munosabatlarga kirishuvchi ishtirokchilar bо‘ladi. Biroq huquq sohalarida ishtirokchilar о‘ziga xos huquqiy maqomga ega bо‘lib, ular turlicha nomlanadi.

5

Protsessining har bir ishtirokchisi о‘ziga xos funksiya, ya’ni о‘z faoliyat yо‘nalishini ifoda etuvchi xizmat burchini о‘taydi. Ushbu funksiyalarning xususiyati protsessning mazkur ishtirokchilari bajaradigan vazifalarga va ularning muhofaza qilinadigan manfaatlariga bog‘liq holda belgilanadi.

Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchilikka kо‘ra, jinoyat sudlov ishlarini yuritish ishtirokchilari quyidagicha tasniflangan:

  1. Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bо‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar: a) sud; b) prokuror; d) tergovchi; e) tergov boshqarmasi, bо‘limi, bо‘linmasi, guruhi boshlig‘i va uning о‘rinbosari; f) surishtiruv organlari; g) tergovga qadar tekshiruv organlari;
  2. Jinoyat protsessida о‘z moddiy, ma’naviy va shaxsiy manfaatlarini himoya qiladigan ishtirokchilar: a) ayblanuvchi; b) gumon qilinuvchi; d) jabrlanuvchi; e) fuqaroviy da’vogar; f) fuqaroviy javobgar;
  3. О‘zgalar manfaatini himoya qiladigan ishtirokchilar: a) himoyachi;
  4. guvoh advokati; d) qonuniy vakil; e) vakillar;
    1. Jamoatchilik nomidan ishtirok etuvchi: a) jamoat birlashmalari, jamoalar va ularning vakillari; b) jamoat ayblovchilari; d) jamoat himoyachilari;
    2. Odil sudlov ishlarini amalga oshirishga yordam beruvchi ishtirokchilar: a) guvoh; b) ekspert; d) tarjimon; e) xolis; f) mutaxassis; g) sud majlisi kotibi.

Umuman olganda, jinoyat protsessi ishtirokchilari о‘z vakolat doiralarida jinoyat ishlari yurituvi faoliyatining aniq va о‘z vaqtida bajarilishiga xizmat qiladilar.

Kо‘rib chiqilayotgan prinsip hayotning barcha sohalarida ta’minlanadigan fuqarolar millatidan qat’i nazar teng huquqliligi va milliy tillardan foydalanishning davlat kafolatlaridan biridir. Uning asosiy qoidalari О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida aks ettirilgan.

О‘zbekiston Respublikasining davlat tili о‘zbek tilidir. Shu bilan birga, О‘zbekiston Respublikasi о‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha

6

millat va elatlarning tillari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

О‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish о‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi kо‘pchilik aholi sо‘zlashadigan tilda olib boriladi.

Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan tо‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida sо‘zlash huquqi ta’minlanadi (Asos: О‘zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasining 115-moddasi).

Har bir kishi unga qо‘yilgan har qanday jinoiy ayblov sudda kо‘rib chiqilishida ish yuritilayotgan tilni tushunmaydigan yoki bu tilda gapira olmaydigan bо‘lsa, tarjimon yordamidan bepul foydalanishga haqlidir, deb belgilab ham qо‘yilgan. (Asos: Fuqarolik va siyosiy huquqlar

tо‘g‘risidagi xalqaro paktining 14-moddasi 3-qismi “f” bandi).

YODDA TUTING!

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har kim u sudda yuritilayotgan tilni tushunmasa

yoki unda sо‘zlay olmasa, bepul tarjimon

xizmatidan foydalanishga haqlidir!

Mazkur prinsip odil sudlovning eng asosiy prinsiplaridan biri bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi “Sudlar tо‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasida ham mustahkamlangan. Unga asosan О‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish о‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi kо‘pchilik aholi sо‘zlashadigan tilda olib boriladi.

Tarjimon huquqi himoya huquqiga va jinoiy protsessida taraflar tengligi tamoyiliga rioya etish va ularni qо‘llashning ajralmas qismi hisoblanadi.

Bu jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarning sudgacha bо‘lgan bosqichda va sud muhokamasida barcha rо‘y berayotgan hodisalarni, shu jumladan ishlatilayotgan har qanday hujjatlarni

7

tushunishini ta’minlashning fundamental shartlaridan biridir. Jinoyat ishi yuritilayotgan tilni bilmaslik yoki uni tushunishda qiynalish himoya huquqini amalga oshirishdagi bosh tо‘siqlardan biri bо‘lishi mumkin.

Shu sababli ham tarjimon xizmatiga bо‘lgan huquq jinoyat protsessual qonunchilikda norma bilan mustahkamlab qо‘yilgan.

JINOYAT-PROTSESSIDA TARJIMON XIZMATIDAN FOYDALANISH TARTIBI

Jinoyat-protsessida tarjimon xizmatidan foydalanishga qachon yо‘l qо‘yiladi?

Tarjimon xizmatidan 2 xil holatga kо‘ra foydalanish mumkin:

  1. gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa;
  2. biror matnni boshqa tildan tarjima

qilishga zarurat bо‘lsa tarjimon chaqiriladi.

(Asos: Jinoyat-protsessual kodeksi 71-moddasi)

Taraflar sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmasligi ularning protsessda ishtirok etishiga tо‘sqinlik qilmaydi: protsessda о‘z faoliyatini amalga oshirishda taraflarning har biri tarjimon xizmatidan foydalanishi

8

mumkin. Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga о‘z ona tilida yoki о‘zi biladigan boshqa tilda og‘zaki yoki yozma arz qilish, kо‘rsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda sо‘zlash huquqi ta’minlanadi. (Asos: О‘zbekiston Respublikasi

Jinoyat-protsessual kodeksining 20-moddasi).

Savol: tarjimon xizmatidan jinoyat protsessining qaysi bosqichida foydalanish mumkin?

Javob: jinoyat-protsessi ishtirokchilari jinoyat protsessining istalgan bosqichida tarjimon xizmatidan foydalanishi mumkin.

Agar shaxs sud ishlari yuritiladigan tilni bilmasa, ushbu shaxs ishtirokida о‘tkaziladigan barcha protsessual harakatlarga majburiy tartibda tarjimon jalb qilinadi.

Tarjimonning ishga jalb qilinishidan maqsad nima?

Maqsad shundaki, tarjimonning protsessda ishtirok etishi nafaqat sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaydi, balki dalillarning qayd etilishiga kо‘maklashadi hamda sо‘roq qilinuvchi taqdim etadigan yoki yozma hujjatlarda saqlanadigan ma’lumotlar tergovchi va sud tomonidan tо‘liq hajmda olinishiga yordam beradi. Ish yuritayotgan shaxs qisqa muddat ichida ham tarjimon vazifalarini bajarishga haqli emas.

Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tarjimon yordamida ham о‘zining himoya huquqini amalga oshirish qiyin bо‘lganligini inobatga olib, dastlabki

9

tergovda va ishni sudda kо‘rishda himoyachi ishtirok etishining zarurati qonunda belgilab qо‘yilgan. (Asos: О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasi 3-bandi).

Savol: tarjimonning ishga jalb qilinmaganligi sud tomonidan chiqarilgan

hukmning bekor bо‘lishiga asos bо‘ladimi?

Javob: ha, asos bо‘la oladi.

Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaganligi sababli gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki himoyachi huquqlarining har qanday cheklanishi, shuningdek mazkur shaxslarga protsessning har bir bosqichida ona tilidan foydalanish imkoniyati ta’minlanmaganligi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi deb e’tirof etiladi va hukm bekor qilinishiga asos bо‘ladi. (Asos: О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 487- moddasi).

YODDA TUTING!

Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan tо‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida sо‘zlash huquqi ta’minlanadi.

Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi jinoyatga oid sud ishlarini yuritish tartibini fuqarolar uchun ochiq va tushunarli qiladi, protsessda ishtirok etuvchi shaxslarning,

ularning millatidan qat’i nazar, qonun va sud oldidagi tengligini kafolatlaydi, ish holatlarini har tomonlama, tо‘liq va xolis о‘rganish uchun zarur sharoitlarni yaratadi, oshkoralik va protsessning boshqa prinsiplari amalga oshirilishini ta’minlaydi, manfaatdor shaxslarga о‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonun bilan taqdim etilgan vositalardan foydalanishda yordam beradi. Shuning uchun sud ishlari yuritiladigan til tо‘g‘risidagi qoidalar buzilishi hukm va ish bо‘yicha qabul qilinadigan boshqa protsessual qarorlar bekor qilinishiga asos bо‘ladi.

10

Tarjimon xizmatidan foydalanmasdan olingan dalillar nomaqbul deb topilishiga sabab bо‘la oladimi?

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual

kodeksining 951-moddasida hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qо‘llashning ayrim masalalari tо‘g‘risida”gi qaroriga kо‘ra, agar jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yо‘li bilan yoxud

JPK talablari buzilganligi dalilni nomaqbul deb tan olinishiga asos bо‘ladi. Ya’ni bunda tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilganligi, sо‘roq yuritilayotgan tilni (alfavitni) bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvohning kо‘rsatuvlari tarjimon (mutaxassis) ishtirokisiz olinganligi tushuniladi.

TARJIMONNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Shuni yodda tutingki, dalilning nomaqbul deb tan olinish protsessual hujjatlarni bekor bо‘lishiga olib keladi.

TARJIMONNING HUQUQLARI:

bayonnomaga kiritilishi lozim bо‘lgan mulohazalar bildirish

tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega bо‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish

tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish

11

TARJIMONNING MAJBURIYATLARI:

Tarjimon bila turib notо‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi

TARJIMONGA HAQ TО‘LASHNING HUQUQIY TARTIBI

1992-yil 1-avgustda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining

“Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini tо‘lash tartibi va miqdorlari tо‘g‘risida”gi 661-XII-sonli Qonuni qabul qilingan.

Ushbu Qonunga kо‘ra, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga chaqiriladigan tarjimonlarga о‘z turar joyidan shu chaqirilgan yerga kelish va bu yerdan qaytib ketish xarajatlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlariga xizmat safariga borish va qaytish xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda tо‘lanishi belgilangan.

Shuningdek, tarjimonlar shu chaqirilgan joyda bir sutkadan ortiq turishlari lozim bо‘lganda, ularga turar joy binosini ijaraga olganlik uchun qilingan xarajatlar va sutkalik xarajatlar, shuningdek xizmat safari bilan

12

bog‘liq qо‘shimcha xarajatlar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining xizmat safari bilan bog‘liq

bо‘lgan xarajatlarni qoplash uchun belgilangan tartibda va miqdorda tо‘lanadi.

Tarjimonlar yozma tarjimaga – har 1000 bosma (qо‘lyozma) belgi uchun mehnatga haq tо‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan – 0,0036-0,0053 koeffitsiyenti bо‘yicha haq oladilar.

Sud majlislarida yoki surishtiruv organlari va dastlabki tergov organlari о‘tkazadigan sо‘roqlarda tarjimon sifatida qatnashganlik uchun tarjimonlar mehnatga haq tо‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan — ishning bir soatiga 0,0053-0,0071 koeffitsiyenti bо‘yicha haq oladilar.

TARJIMONLARGA TARJIMA XIZMATINI KО‘RSATGANLIGI UCHUN QAYSI HUJJATGA ASOSAN HAQ TО‘LAB BERILADI?

Tarjimonlar bajargan ishlari uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv yoki dastlabki tergov organlarining qaro-riga yoxud sudning ajrimiga binoan haq oladilar.

13

Bu haqning miqdori tarjimonni chaqirgan idora tomonidan ularning malakasi va ishning murakkabligi, shuningdek bajarilgan ish uchun sarflangan vaqtni hisobga olib belgilanadi.

Barcha pullar chaqiruvchi organ tomonidan:

jinoiy ishlar bо‘yicha — smeta bо‘yicha maxsus ajratiladigan mablag‘lar hisobidan;

fuqarolik ishlari bо‘yicha esa — taraflar beradigan pullar hisobidan tо‘lanadi, taraflar ish yuzasidan qilinadigan xarajatlarni tо‘lashdan ozod etilgan hollar bundan mustasnodir. Bunday hollarda pullar smeta bо‘yicha ajratiladigan mablag‘lar hisobidan tо‘lanadi.

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 318-moddasiga muvofiq tarjimonlarga tо‘lanadigan mablag‘lar jinoiy ishlar bо‘yicha protsessual chiqimlarga qо‘shiladi va О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 320-moddasida belgilangan tartibda undirib olinadi.

Sud tomonidan undirib olingan protsessual chiqimlar respublika budjetiga tushadi.

TARJIMONGA HAQ TО‘LASH QANCHA MUDDATDA TО‘LAB BERILADI?

Tarjimonlarga haq ularni chaqirgan organ tomonidan bu shaxslar о‘z vazifalarini bajarib bо‘lganlaridan keyin, tegishli pullar ish yuzasidan qilingan xarajatlar tarzida yoki hukm etilganlardan protsessual chiqimlar tarzida tashqaridan olingan va undirib olingan yoki olinmaganligidan qat’i nazar darhol tо‘lanishi kerak.

14

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI

  1. О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son.
  2. О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. // О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y, 2-son.
  3. О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // О‘zbekiston

Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son.

  1. О‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura tо‘g‘risida”gi Qonun // О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 168-modda.
  2. О‘zbekiston Respublikasining “Advokatura tо‘g‘risida”gi Qonuni // О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda.
  3. “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi tо‘g‘risida”gi Qonuni // О‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining Axborotnomasi, 1999-y.,1-son, 12-modda.

  1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son “2022–2026-yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida”gi Farmoni /Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son.

15

URALOV SARBON SARDOROVICH

TERGOV VA SUDDA

TARJIMON XIZMATIDAN

FOYDALANISH

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir

Muharrir

Texnik muharrir

Dizayner

Musahhih

O. Choriyev

Sh. Jahonov

U. Sapayev

D. Rajapov

M. Patillayeva

16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 0,96 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 80-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

16