
KIRISH
Donishmandlarning “Dunyodagi barcha faxr-iftixor ayol tufayli bunyod bо‘ladi. Quyoshsiz gullar ochilmagani, muhabbatsiz baxtga erishib bо‘lmagani kabi, ayol bо‘lmas ekan, shoir ham tug‘ilmaydi, qahramon ham”, degan purma’no hikmatlari hamon о‘z qimmatini yо‘qotganicha yо‘q.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatda aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam va kо‘makka muhtoj ayollar rо‘yxatini shakllantirish uchun “Ayollar daftari”ni tuzish g‘oyasi ilgari surildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ–5020-sonli “Xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Mazkur qarorning asosiy maqsadi mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy kо‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama kо‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qо‘llab-quvvatlash, joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli о‘rganishdan iborat bо‘ldi.
Mazkur daftarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qо‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb о‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bо‘lgan ishsiz ayollar kiritiladi. Buning natijasida ular bilan tizimli, aniq manzilli ishlash imkoniyati yaratiladi.
Bu tizimning yaratilishidan asosiy maqsadlardan biri ijtimoiy kо‘makka muhtoj bо‘lgan barcha xotin-qizlarga psixologik, huquqiy, tibbiy va moliyaviy kо‘mak berish, ularda motivatsiya uyg‘otib, kasbiy kо‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bundan buyon О‘zbekistonda biror-bir ayol davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi. Shu maqsadda xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori kasb-hunarlarga tayyorlashni tizimli yо‘lga qо‘ysak, ularning munosib ish topishiga kо‘maklashsak kо‘plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar hal bо‘ladi. Buning uchun nafaqat davlat ta’lim muassasalari, balki mingdan ziyod nodavlat kasb-hunar ta’limi markazlarini ham jalb qilish zarur”.
Aytib о‘tish joizki, yо‘lga qо‘yilgan mazkur yangi tizim, avvalo, jamiyatda ayollar manfaatlari, ehtiyojlari va istaklarini rо‘yobga
chiqarishga yо‘naltirilgan. Shuningdek, bu tizim – har bir fuqaro uchun shaxsiy istaklarini davlat va hokimiyat tuzilmalariga о‘z ovozi bilan aytish imkoniyatidir. Bu tizim orqali olis va chekka hududlarda о‘z kundalik о‘y-tashvishlariga о‘ralashib, dardini hech kimga aytolmay yurgan, muammolari о‘z ichida yechimsiz qolib ketgan barcha ayollar kо‘plab imkoniyatlarni qо‘lga kiritadi. Yangi tizim mamlakatimizning turli hududlarida mavjud bо‘lgan boquvchisini yо‘qotgan, uning zimmasiga oilani boqish va tirikchilik yuki tushgan, qora kо‘z bolalarining kо‘ziga termilib, ular kelajagi ustida qayg‘urib turgan onalar, о‘z farzandlariga ham otalik, ham onalik mehrini berayotgan, oila ehtiyojlarini ta’minlashni oilaviy va onalik burch sifatida qabul qilgan, xо‘jalik yuritishning og‘ir mas’uliyati ostida ezilgan, surunkali kasallik bilan og‘rigan barcha onalarimiz, opa-singillarimizning og‘ir yukini yengillashtiruvchi yangi mexanizm bо‘ladi.
Shuningdek, bugungi kunda “Ayollar daftari” orqali odam savdosi qurboni bо‘lgan, oilaviy zо‘ravonlikni boshidan kechirgan, ajrim yoqasiga kelib qolgan, ijtimoiy va psixologik reabilitatsiyaga muhtoj, jamiyat hayotiga faol kirishishni istagan, ijtimoiylashuv, faollashuvga ehtiyoji katta bо‘lgan, jamiyat uchun foydali bо‘lishni istagan barcha xotin-qizlar rо‘yxati shakllantiriladi.
Mazkur risolada “Ayollar daftari” va unga bog‘liq masalalar sodda, xalqchil tilda savol-javob shaklida bayon etilgan.
1. Ayollar daftari nima?
Sо‘nggi vaqtlarda “Ayollar daftari” tushunchasi ijtimoiy hayotimizda tez-tez tilga olin-moqda. Xо‘sh, aslida u nima?

Ayollar daftari – davlat va jamiyat muloqotining yangi innovatsion yо‘lidir.
Ayollar daftari – ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qо‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb о‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bо‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning
muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bо‘yicha ma’lumotlar bazasi. Shuningdek, “Ayollar daftari” jamiyatimizda aynan xotin-qizlarning ijtimoiy maqomini kо‘tarish, ularning imkoniyatlarini rо‘yobga chiqarish, ularning jamiyat hayotiga integratsiyasi va ijtimoiylashuv jarayonini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatining zamonaviy innovatsion usulidir.
Bir sо‘z bilan aytganda, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ayollarning ijtimoiy holatini о‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va tahlil jarayoni amalga oshiriladi.
- Mamlakatimizda nima uchun “Ayollar daftari”ga zarurat paydo bо‘ldi?

Mustaqillik yillarida bozor munosabatlarining joriy etilishi asosida jamiyat aholisi turli ijtimoiy qatlamlarga bо‘lina boshladi. Ijtimoiy va moddiy jihatdan qutblanish holatlari kuzatila boshlandi. Bir tomondan, mulkdorlar qatlami kelib chiqdi. Ikkinchi tomondan esa, ijtimoiy va moddiy kо‘makka muhtoj qatlamlar tarkibida kambag‘allik yuzaga keldi.
Davlatimiz rivojining bugungi bosqichida davlat rahbari kambag‘al aholi qatlamlari mavjudligini tan olish barobarida ushbu qatlam manfaatlarini о‘zida mujassam etgan davlat siyosatini yuritish zarurligini ochiq aytdi va asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab berdi.
Bir sо‘z bilan aytganda, mazkur daftar davlatning aholi bilan munosabatlarida yangicha muloqot olib borish tizimini joriy etadi, ijtimoiy islohotlarni, xususan, kambag‘allikning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash bо‘yicha davlat maqsadlarini har bir ayol taqdirida namoyon bо‘lishini ta’minlaydi, jamiyat hayotida tub о‘zgarishlar bо‘lishiga zamin yaratadi va kо‘plab ijobiy о‘zgarishlarga turtki bо‘ladi.
3. “Ayollar daftari”ga kimlar kiritiladi?

“Ayollar daftari”ga kiritish uchun qanday talablar qо‘yilgan?
“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
- ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
- boquvchisini yо‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bо‘lgan xotin-qizlar;
- uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bо‘lgan xotin-qizlar;
- noturar joylarda istiqomat qilayotgan, о‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joyi mavjud bо‘lmagan xotin-qizlar;
- qaramog‘ida bir yoki undan ortiq I va II guruh nogironligi bо‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollar;
tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (о‘zi va birgalikda yashovchi oila a’zolari og‘ir ijtimoiy vaziyatda bо‘lgan, surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli daromad manbaiga ega bо‘lmaganlar);
- huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar;
- psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zо‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).
- “Ayollar daftari” qanday shakllantiriladi?
“Ayollar daftari”ni shakllantirish

tizimi uch bosqichda amalga
oshiriladi.
Ular quyidagilar:
Birinchi bosqich –
tayyorgarlik bosqichi bо‘lib, unda
daftarni mazmunan yaratish,
mahallalar bо‘yicha mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi
guruhlarni shakllantirish va ularni metodik tayyorlash, sо‘rovnomalarni umumlashtirish uchun kompyuter jamlanmalarini tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. Ayollar va yoshlar daftarini shakllantirish bо‘yicha har bir mahalla fuqarolar yig‘inida maxsus ishchi guruh shakllantiriladi. Ular har bir ayolning qiynayotgan muammolarini о‘rganish, ularga kо‘mak berish maqsadida maxsus sо‘rovnoma anketalarini tо‘ldirish jarayoniga jalb etiladi;
- Ikkinchi bosqich – sektorlar va boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan har bir mahalladagi ayollar bilan bevosita xonadonlarga kirib birma-bir muloqot qilib, ularning ehtiyojlari, qiziqishlarini aniqlash maqsadida real holat maxsus sо‘rovnoma asosida о‘rganiladi. О‘tkazilgan sо‘rovnoma natijalari elektron bazaga kiritiladi.
- Uchinchi bosqich – aniqlangan moddiy himoyaga muhtoj ayollarda huquqiy, ijtimoiy, psixologik, moddiy va ma’naviy motivatsiya uyg‘otib, mutasaddi ijtimoiy himoya institutlari tomonidan manzilli kо‘mak beriladi. Ularning ijtimoiy, psixologik, moddiy, ma’naviy muammosi aniqlanadi hamda mavjud muammoni hal etishning kompleks

usullari topiladi. Bir sо‘z bilan aytganda, mazkur daftarda mahalla tarkibida istiqomat qilayotgan har bir oiladagi ayollarning ijtimoiy holatini
о‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va tahlil jarayoni amalga oshiriladi.
-
- Mazkur daftarni yuritishga qaysi organ mas’ul?
- “Ayollar daftari”ni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qaysilar?
- Belgilangan ishlarni amalga oshirishda Prezidentimizning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi;
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2020-yil 5-martdagi PQ–5020-son qarori;
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qо‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2020-yil 18-fevraldagi PF–5938-son Farmoni;
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi
“О‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ–4602-son qarori;
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus;
- О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va kо‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori;
- О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 2020-yil 10-iyundagi 367-son qarori;
- shuningdek, mazkur sohani tartibga solishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ham uning huquqiy asosi bо‘lib xizmat qiladi.
- Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi nima va uning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2021-yil 5-mart-dagi PQ–5020-son qaroriga 1-ILOVA sifatida Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Mazkur kengash raisi etib Oliy Majlis Senati Raisi belgilandi.
Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining (Respublika kengashi) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qо‘llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi о‘rtasida keng targ‘ib qilish;
- xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy kо‘nik-malar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama kо‘maklashish, tadbirkorligini qо‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini tо‘g‘ri yо‘naltirish;
“Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash, ularga uslubiy-amaliy kо‘maklashish;

- “Ayollar daftari”da rо‘yxatga olingan xotin-qizlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish uchun qanday ishlar
amalga oshiriladi?
- Ayollar va yosh qizlarni ijtimoiy adaptatsiya qilish;
- Ayollarni ishga joylashtirish, ularning mehnat faoliyatlarini boshlashi uchun zaruriy imkoniyatlarni yaratib berish;
- Zaruriy kasb-hunar va mutaxassislikka о‘rgatish;
- Doimiy ish о‘rniga ega bо‘lmagan xotin-qizlarni kichik biznes faoliyati va tadbirkorlik ishlariga jalb etish;
- Tadbirkorlikka о‘rgatish, о‘z mustaqil biznes faoliyatini boshlashi uchun imkoniyatlar yaratib berish;
- nizolar yechimi, oilaviy muammolar va boshqa turdagi maxsus treninglarda ishtirok etishga yо‘naltirish;
- oilaviy psixolog xizmatidan bepul foydalanishni uyushtirish;
- oilaviy muammolarni tahlil qilish va yechimga olib kelishlarini ta’minlash;
- bir martalik va kо‘p marotabalik moddiy yordam berish;
- ularning kredit olish bо‘yicha biznes va boshqa dasturlarini yaratishda yordam berish, ularning kredit olishlarini ta’minlash;
- ularning hujjatlaridagi muammolarni hal etib berish (pasport olish, hujjatlarni qayta tiklash, nusxalarini olish, INNni olish);
- ularga mehnat daftarchalarini ochish yо‘llari va imkoniyatlarini yaratish;
- ularni kasanachilik ishlariga keng jalb etish, о‘z-о‘zini band qilishni о‘rgatish va undan foydalanishni yо‘lga qо‘yish;
- ularning salomatligini tiklash va sog‘lom bо‘lishlarini ta’minlash, bu о‘rinda turli yо‘llanmalar ajratish va yо‘llanmalar bilan ta’minlash;
- ularni turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish va ular uchun tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish;
- boshqa barcha turdagi ehtiyojlarini qoplash va hal etish yо‘llarini topish.
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning bog‘cha yoshidagi farzandlariga qanday imtiyozlar
mavjud?
“Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bо‘yicha davlat xizmatlari kо‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaroriga 2020-yil 20-mayda о‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur о‘zgartirishlarga kо‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar rо‘yxati (imtiyozli rо‘yxat) yangilandi. Unga kо‘ra esa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yolg‘iz ayollarning bolalari bog‘chaga ustunlik bilan qabul qilinish

huquqiga ega bо‘lishdi.
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish tartibi belgilanganmi?
О‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Xalq banki, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda hududiy

xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari joylarda о‘quv kurslari tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yо‘lga qо‘yish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik
kо‘nikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga kо‘maklashadi.
Xalq banki “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbir-korlikka jalb qilish, shu munosabat bilan, ularga kredit olishda kо‘maklashish, bu masalada
respublikada ajratilgan kreditlarning
statistik hisobotini yuritish va kredit ajratilgandan sо‘ng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qо‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq banklari orqali BHMning 150 baravarigacha kredit beriladi. Kreditlarning foiz stavkasi istisno tariqasida 2022-yil 1-yanvargacha Markaziy bank asosiy stavkasida belgilanadi.
Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan kо‘p bо‘lmagan muddatga ajratiladi. Shuningdek, tadbirkorlik va о‘zini о‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bо‘lgan ishsiz xotin-qizlarga faoliyatini boshlash uchun kerak bо‘lgan asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalarini xarid qilish uchun subsidiyalar beriladi.
Jumladan, Xalq banki 2021-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz
68 ming 281 nafar ayolni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qildi. Buning uchun ularga 831 milliard sо‘mga yaqin imtiyozli kreditlar ajratildi.
Bundan tashqari, biznes sohasida boshlang‘ich tasavvuri yо‘q, moliyaviy savodxonligi yetarli bо‘lmagan opa-singillarimiz о‘qitildi. Qaysi tadbirkorlik yо‘nalishini tanlasak ekan, deya qiynalganlarga 72 xil namunaviy “Biznes reja” loyihalari taqdim etildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 251 363 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning doimiy daromad manbaiga ega bо‘lishiga kо‘maklashildi.

- Ehtiyojmand xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qanday imtiyozlar beriladi?
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori asosida “Oliy ta’lim muassasalariga qо‘shimcha davlat granti asosidagi qabul kо‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni о‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi. Mazkur nizom oliy ta’lim muassasalariga qо‘shimcha davlat granti asosidagi qabul kо‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni о‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nizomga binoan, oliy ma’lumot olish istagida bо‘lgan iqtidorli xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi:
1. kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
2. tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
3. 14 yoshgacha bо‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;
- shaxsiy uy-joyga ega bо‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bо‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga kо‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;

- nogironligi bо‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
- oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab
olishdarajasirespublikaningо‘rtacha
kо‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bо‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni о‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan)
О‘qish istagida bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning murojaatlari aziz-ayol.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Murojaatlar talabgor xotin-qizlarning doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bо‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash bо‘limlariga yuboriladi.
- Qanday hollarda xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqariladi?
Xotin-qizlar quyidagi holatlarda mazkur daftar rо‘yxatidan chiqariladi:
- bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbasiga ega bо‘lganda;
- bir martalik moddiy yordam kо‘rsatish orqali muammosi hal etilganda;
- turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda tо‘lab berilganda;
- malakali tibbiy xizmat kо‘rsatilganda;
- tо‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
- aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;
- о‘z arizasiga kо‘ra;
- “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;
- boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
- sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
- xizmatlar kо‘rsatish bо‘yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;
- “Ayollar daftari”da rо‘yxatda turadigan xotin-qiz vafot etgan taqdirda.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga kо‘rsatilgan tegishli amaliy yordamlar va ularning muammolarini hal qilish natijasida bugungi kunga qadar 357 998 nafar xotin-qiz xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining sessiyalari qarorlari asosida “Ayollar daftari” rо‘yxatidan chiqarilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021 y., 03/21/671/0093-son)
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga yо‘llagan Murojaatnomasi // https://president.uz/uz/ lists/view/4057
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2020-yil 5-mart-dagi PQ–5020-son qarori;
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qо‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2020-yil 18-fevraldagi PF–5938-son farmoni;
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 2020-yil 18-fevraldagi PQ–4602-son qarori;
- О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va kо‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori;
- О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston
Respublikasi Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi
2020-yil 10-iyundagi 367-son qarori;
- Ehtiyojmand xotin-qizlarga OTMga kirish uchun imtiyoz berish tartibi qanday? Zо‘ravonlikdan aziyat chekayotgan ayollar va bolalarga qanday yordam kо‘rsatilmoqda?// http://moqqv.uz/uz/news/ehtiyojmand-xotin-qizlarga-otmga-kirish-uchun-imtiyoz-berish-tartibi-qanday-zoravonlikdanaziyat-chekayotgan-ayollar-va-bolalarga-qanday-yordam-korsatilmoqda
- О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” ijtimoiy telegram kanali ma’lumotlaridan foydalanildi. //https://t.me/ huquqiyaxborot
- Xotin-qizlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha vaqtinchalik tartib joriy qilinadi. https://www.gazeta.uz/uz/2021/01/09/support-women/
- Musurmonova O, Tо‘ychiyeva G. “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni shakllantirish bо‘yicha uslubiy qо‘llanma. https://moiti.uz/uz/services/library/25
RAHIMQULOVA LOLA ULUG‘MURODOVNA
AYOLLAR DAFTARI
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir O. Choriyev
Muharrir Sh. Jahonov
Musahhih M. Patillayeva
Texnik muharrir U. Sapayev
Dizayner D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,6 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 83-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
QAYDLAR UCHUN
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
20