KIRISH

Har bir jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullansa yoki oʻz-oʻzini band qilish orqali mehnat faoliyati yuritsa, albatta, soliq toʻlash bilan bogʻliq masalalar bilan duch keladi.

Fuqarolarning soliqlarni toʻlash majburiyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida belgilangan. Demak, qonun bilan belgilangan soliqlarni toʻlash fuqarolarning konstitutsiyaviy burchi hisoblanar ekan. Shuning uchun fuqarolarga mazkur soliqlarni toʻlashda qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanligini tushunish muhim hisoblanadi.

Fuqarolarning soliq madaniyatini oshirish hamda ularning qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan mazkur risola tayyorlandi.

Unda, soliq tushunchasi, shuningdek soliq imtiyozlari, oʻz-oʻzini band qilish orqali yoki tadbirkorlik subyekti tashkil etib faoliyat yuritayotgan shaxslar tomonidan toʻlanadigan soliqlarning turlari hamda ular uchun begilangan soliq imtiyozlari toʻgʻrisida maʼlumotlar sodda, hamma uchun tushunarli tilda bayon etilgan.

4

1. SOLIQ TUSHUNCHASI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Soliqlar davlat va jamiyat hayotida muhim rol oʻynaydi. Boshqa davlatlarda boʻlganidek,

Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi siz va biz toʻlayotgan soliqlar hisobiga shakllanadi va mazkur mablagʻlarni davlat

oʻz funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun foydalanadi. Yaʼni mazkur soliqlar hisobiga mamlakat xavfsizligi taʼminlanadi, aholining ijtimoiy himoyasi amalga oshiriladi, davlat boshqaruvi faoliyati moliyalashtiriladi, mamlakat iqtisodiyoti rivojlantiriladi.

Soliqlar tabiatiga koʻra fiskal, tartibga solish, qayta taqimlash va ragʻbatlantirish funksiyasini bajaradi.

Soliqlarning fiskal funksiyasi ular tabiatining oʻzi bilan belgilanadi, ular majburiy tartibda va begʻaraz davlat daromadiga kelib tushadi hamda davlat tomonidan oʻz xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Fiskal funksiya vositasida soliqlarning bosh ijtimoiy vazifasi amalga oshiriladi – budjet tizimi va budjetdan tashqari jamgʻarmalarda toʻplanadigan davlat moliyaviy resurslari shakllantiriladi hamda ular davlat oʻz funksiyalarini bajarishi uchun foydalaniladi.

5

Soliqlarning tartibga solish funksiyasi shundan iboratki, ular ijtimoiy ishlab chiqarish, uning tuzilmasi va dinamikasiga, fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishga iqtisodiy taʼsir koʻrsatuvchi muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Soliqlar vositasida ishchanlik faolligini ragʻbatlantirish yoki, aksincha, uni cheklash mumkin. Soliqlar yordamida proteksionistik iqtisodiy siyosatni olib borish yoki tovar bozoriga erkinlikni taʼminlash mumkin.

Soliqlarning qayta taqsimlash funksiyasi mavjudligi shu narsa bilan belgilanadiki, “soliq tizimi yalpi milliy mahsulotni qayta taqsimlashni amalga oshiradi va bu bilan u iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish, aholiga ijtimoiy kafolatlarni taʼminlashda bevosita ishtirok etadi”. Soliqlar yordamida davlat yuridik va jismoniy shaxslarning foydasi (daromadi)ni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun yoʻnaltirib, qayta taqsimlaydi.

Soliq deganda, Soliq kodeksida belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga toʻlanadigan majburiy begʻaraz toʻlov tushuniladi.

Demak, soliqlar faqatgina Soliq kodeksida belgililanadi hamda davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga, masalan, Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanar ekan. Bundan kelib chiqadiki, har qanday toʻlovlar ham soliq hisoblanmas ekan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar mavjud:

  1. qoʻshilgan qiymat soligʻi;
  2. aksiz soligʻi;
  3. foyda soligʻi;
  4. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
  5. yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
  6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
  7. mol-mulk soligʻi;
  8. yer soligʻi;
  9. ijtimoiy soliq.

Soliq kodeksi 17-moddasi

6

Yuqoridagi soliqlardan tashqari alohida soliq rejimi hisoblanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan aylanmadan olinadigan soliq ham mavjud.

Risolaning maqsadi biznes subyektlari toʻlaydigan soliqlarga bagʻishlangan boʻlsa-da, biz oʻz-oʻzini band qilgan shaxslar tomonidan toʻlanadigan soliqlar, oddiy aholi tomonidan amalga oshiriluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari, dehqon xoʻjaliklari hamda fermer xoʻjaliklari faoliyatiga soliq solish va ularga belgilangan soliq imtiyozlari toʻgʻrisida fikr yuritamiz.

2. SOLIQ IMTIYOZINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni toʻlamaslik yoki ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati soliq imtiyozlari deyiladi.

Soliq imtiyozlari faqatgina Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi. Shuningdek, ayrim soliqlar boʻyicha soliq imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki)

7

realizatsiya qilinganda aksiz soligʻi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʻpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan 3 yil muddatga berilishi mumkin.

Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega boʻlishi mumkin emas. Soliq imtiyozlarini foydalanish qachondan boshlanadi?

Soliq Kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida toʻxtatib turishga haqli, bundan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno.

Soliq imtiyozlari qanday shartlar bilan berilishi mumkin?

Soliqlar boʻyicha imtiyozlar soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablagʻlar maqsadli ishlatilmagan taqdirda maqsadsiz ishlatilgan mablagʻlar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirilishi lozim.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar Oʻzbekiston hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan berilishi mumkin emas.

  1. OʻZ-OʻZINI BAND QILGAN SHAXSLARGA SOLIQ SOLISH VA ULARGA BERILGAN IMTIYOZLAR

Hozirda biror korxona yoki tashkilotda ishlamasdan oʻzini oʻzi band qilayotgan yana oʻz mehnati evaziga daromad topayotgan shaxslar, yaʼni sartarosh, etikdoʻz,

8

novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi, repetitorlar juda koʻpchilikni tashkil etadi. Bunday shaxslar davlatga ogʻirligi tushmasdan oʻz tirikchiligini oʻtkazayotgan aholi qatlami hisoblanadi.

Yaqin kunlargacha uyda repetitorlik qilgani uchun daromad soligʻi toʻlashing kerak deb soliq idoralariga chaqirtirilgan oʻqituvchilar ham

juda koʻp edi. Shuningdek, bunday fuqarolar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlar amalga oshirilmaganidan rasmiy ish staji ham hisoblanmas edi.

Aytaylik, santexnik kunbay hisobida turli buyurtmalar orqali daromad topsa-da, rasmiy ishlamagani sababli keyinchalik davlat pensiyasi olish imkoniyati boʻlmas edi.

Davlat tomonidan endilikda mazkur qatlami faoliyatiga munosabat butkul oʻzgartirildi. Jumladan, oʻzini oʻzi band qilish hisobiga oʻzini mehnat daromadi bilan taʼminlaydigan shaxslarning mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi” qarori qabul qilindi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar – mehnat daromadi olishga yoʻnaltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va ragʻbatlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar;

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda roʻyxatdan oʻtishi mumkin. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat faoliyatini amalga oshiradigan hudud boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatga qoʻyiladi.

9

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ–4742-sonli “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddlashtrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra 2020-yil 1-iyuldan boshlab:

  • oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxatga olish xabar berish tartibida oʻzini oʻzi band qilgan sifatida roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi hamda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilinadi;
  • oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qatʼi nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida toʻlaydi hamda ushbu summa toʻliqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi;
  • oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega boʻla olmasligi toʻgʻrisidagi talab saqlanib qoladi.

Yuqoridagi Prezident qarori faoliyat yuritishi mumkin boʻlgan tasdiqlandi.

bilan oʻzini oʻzini band qilgan aholi 68 ta faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari

Siz agar tikuvchilik, uyda repetitorlik, yosh bolalarga enagalik qilish yoki santexniklik yoxud quyida koʻrsatilgan faoliyatlardan birini yuritib daromad olayotgan boʻlsangiz davlat soliq organlarida roʻyxatdan oʻtib bemalol ish yuritishingiz mumkin. Mazkur faoliyatdan olingan daromadlaringizga soliq solinmaydi, faqatgina bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq summasini toʻlaysiz xolos. Bu toʻlangan ijtimoiy soliq sizga keyinchalik davlat pensiyasi olish huquqini beradi.

10

Esda tuting!

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishi talab etilmaydi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻz faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik subyektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.

Quyidagilar oʻzini oʻzi band qiladigan faoliyat (ishlar, xizmatlar)

turlari hisoblanadi:

  • Uyda repetitorlik qilish;
  • Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar;
  • Uyda jismoniy shaxslarning mebellarini taʼmirlash va yigʻish;
  • Jismoniy shaxslarning santexnika uskunalarini mayda taʼmirlash va oʻrnatish;
  • Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda tashish;
  • Velosipedlarni taʼmirlash kabi 68 turdagi faoliyat,

Men soliq organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq organlarida roʻyxatdan oʻtganman va santexniklik faoliyatini olib boraman. Mazkur faoliyatim natijasida 3 oy davomida 25 mln soʻm ishlab topdim. Ushbu summadan qancha daromad soligʻi toʻlayman?

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 369-moddasi birinchi qism 9-bandiga asosan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlar jami daromadlar tarkibiga kiritilmaydi. Demak, siz mazkur faoliyatdan olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq toʻlamaysiz.

Oʻz oʻzini band qilgan shaxslar qanday soliqlarni toʻlaydi?

11

Yuqorida savolga berilgan javobdan koʻrinib turibdiki, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mazkur faoliyatdan olingan daromad boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlamaydilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 408-moddasi ikkinchi bandiga asosan mehnat staji hisoblanishi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq toʻlanadi.

  1. TOMORQA XOʻJALIGI EGALARI FAOLIYATIGA SOLIQ SOLISH

Oʻzbekiston Respublikasida tomorqa xoʻjaligi yuritish asosida faoliyat yuritib kelayotgan fuqarolarimiz ham koʻpchilikni tashkil etadi.

“Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan tomorqa xoʻjaligi shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ham erkin savdo uchun, ham oila ehtiyojlari uchun yetishtirish (qayta ishlash) bilan bogʻliq mehnat faoliyatidir.

12

Esda tuting!

Tomorqa xoʻjaligi tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi va tomorqa xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etilmaydi. Tomorqa xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (qayta ishlash) boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi shaxs aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olishi mumkin.

Tomorqa xoʻjaligidagi faoliyat shaxsiy tomorqa yer uchastkasi egasining va oila aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.

Tomorqa xoʻjaligida faoliyat ish staji hisoblanadimi?

Maydoni kamida 0,04 gektar boʻlgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki mazkur maydonda shoxli qoramol yoxud kamida ellik bosh parranda boqayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi yoki uning oila aʼzolari ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Bunda shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi yoki uning oila aʼzolari ijtimoiy soliqni ixtiyoriy asosda toʻlaydi. Ijtimoiy soliqning belgilangan miqdorini toʻlash mehnat stajini hisoblab chiqarish chogʻida bir kalendar yil deb hisobga olinadi.

Men tomorqada yetishtirgan mahsulotlarimni sotishdan tushgan daromad boʻyicha soliq toʻlaymanmi?

Oʻzbekiston Respbikasi Soliq kodeksi 378-moddasi birinchi qism 8-bandiga asosan uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni soʻyib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlarga, soliq solinmaydi. (Agar manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari sotishdan daromad olinsa daromad soligʻi toʻlanadi).

13

  1. YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR TOMONIDAN

TOʻLANADIGAN SOLIQLAR

Fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini asosan yakka tartibdagi tadbirkor shaklida olib boriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi hisoblanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari

T/r Faoliyat turining nomi

I. Chakana savdo:

  1. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining

14

barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar, farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)

  1. Koʻchma savdo obyektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega boʻlgan, shuningdek, ish kuni tamom boʻlgandan keyin obyektni demontaj qilinishi va koʻchirilishini talab etuvchi obyektlarda)
  2. Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish
  3. Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish
  4. Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari, oʻsimlik moyi, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno), bunda olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmaslik sharti bilan
  5. Qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxat boʻyicha hunarmand-chilik faoliyati.

III. Maishiy xizmatlar, II boʻlimda nazarda tutilganlaridan tashqari:

  1. Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga oʻxshash boshqa xizmatlar
  2. Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek, dazmollash xizmatlari
  3. Gilam va gilam buyumlarini taʼmirlash va tozalash
  4. Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni taʼmirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha tikuv va trikotaj

15

buyumlarini, bosh kiyimlarini va toʻqimachilik galantereyasidan buyumlarni tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, kashtachilik

  1. Hayvonlar terilari, moʻyna, toʻqimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va boʻyash
  2. Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha poyabzal tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash
  3. Attorlik buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash
  4. Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash
  5. Kalitlar tayyorlash
  6. Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va taʼmirlash
  7. Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sunʼiy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash
  8. Toʻsiqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va taʼmirlash
  9. Yogʻochdan eshik, deraza va boshqa buyumlar (mebeldan tashqari) tayyorlash
  10. Inventarni (xoʻjalik, sport, baliqchilik va hokazo) taʼmirlash va tayyorlash
  11. Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash
  12. Tayyor mebelni yigʻish, taʼmirlash va drapirovka qilish
  13. Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash
  14. Yakka buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek, zargarlik buyumlarini taʼmirlash
  15. Optika, soatlarni taʼmirlash va metall, plastmassa, sopol, fayans, tosh, kartondan mahsulotlarda oʻymakorlik ishlari (qavariq yozuvlar va tasvirlar tushirish)
  16. Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini taʼmirlash, oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish
  17. Transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish,

16

shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qoʻriqlash signalizatsiyalarini taʼmirlash va oʻrnatish, polirovkalash, kuzovga himoya va bezak qoplamalarini qoplash xizmatlari)

27.

Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari

28.

Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish

29.

Binolarga oyna oʻrnatish xizmatlari

30.

Jamoat hojatxonalari xizmatlari

31.

Hammom va sauna xizmatlari

32.

Turar joylarni yigʻishtirish xizmatlari

33.

Hovlilar

va

bogʻlarga

qarash

xizmatlari,

shuningdek,

koʻkalamzorlashtirish ishlari

34.

Bogʻlar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan

himoya qilish

35.

Video va fotosuratga olish xizmatlari

36.

Xoʻjalik mollari va uy-roʻzgʻor buyumlarini (mebel, idish-tovoqlar,

xoʻjalik,

sport,

baliqchilik

anjomlari,

maishiy texnika, priborlar

va boshqalarni) ijaraga berish

37.

Oilaviy mehmon uylari va xostellarni qonun hujjatlarida belgilangan

tartibda tashkil etish

IV

Faoliyatning boshqa turlari:

38.

Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy

shirinliklar, qandolat mahsulotlari, qurtni tayyorlash va sotish

39.

Milliy non va patir tayyorlash va sotish

40.

Popkorn, frezerda muzqaymoq, salqin ichimliklar, ayron va goʻja

tayyorlash va quyib sotish

41.

Salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitida

donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va oʻtirish

joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining

qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish

42.

Oʻlchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish

43.

Aholi uchun turar va noturar joylarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar

17

  1. Repetitorlik xizmatlari
  2. Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari
  3. Bolalarning oʻyinchoq avtomatlari bilan bogʻliq xizmatlar
  4. Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, taʼmirlash va ulardan foydalanish
  5. Dizayn boʻyicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik sanʼati
  6. Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter oʻyinlarini tashkil etish, shuningdek, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va koʻpaytirish bilan bogʻliq xizmatlar
  7. Tashrif qogʻozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish
  8. Muqovalash ishlari
  9. Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish
  10. Sugʻurta agentlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar
  11. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish
  12. Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (toʻy, yubiley, tugʻilgan kun va hokazolar)
  13. Koʻylak va kostyumlarni, shuningdek, ularga aksessuarlarni prokatga berish
  14. Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari)
  15. Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari
  16. Toʻgaraklar tashkil etish va yuritish
  17. Davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati
  18. Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)
  19. Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari

18

  1. Mol soʻyish xizmatlari
  2. Uy hayvonlariga qarash xizmatlari
  3. Veterinariya faoliyati
  4. Yuklarni avtomobil transportida tashish
  5. Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish
  6. Oʻsimlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xom ashyoni yetishtirish, yigʻishtirish, tayyorlash va sotish
  7. Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay sanʼati)
  8. Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni koʻpaytirish va sotish
  9. Shisha idishlar va ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish xizmatlari (metall chiqindilaridan tashqari)
  10. Rieltorlik faoliyati
  11. Jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish
  12. Tashkilotlar uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash boʻyicha xizmatlar
  13. Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat shartnomasi boʻyicha ishlarni bajarish
  14. Matritsali printerlar va alfavit-raqam bosma qurilmalar uchun boʻyovchi tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash
  15. Qogʻozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash
  16. Telekommunikatsiyalar operatorlariga, provayderlariga vositachilik xizmatlari koʻrsatish (abonentlar yoki xizmatlar koʻrsatuvchilarga maʼlumot-axborot xizmati koʻrsatish, xizmat koʻrsatuvchilarning xizmatlari uchun toʻlovlarni qabul qilish)
  17. Paxta (ilgari isteʼmolda boʻlgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari
  18. Turistik faoliyat – turagentlik va ekskursiya xizmatlari, shuningdek, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar xizmatlari

19

  1. Duradgorlik ishlari (aholi buyurtmalari boʻyicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish)
  2. Metallni taʼmirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni taʼmirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni taʼmirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy taʼmirlash)
  3. Yogʻoch meʼmorchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yogʻochdan yasalgan qurilmalar, haykallar)
  4. Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qoʻlda boʻyash, gazlamalarga,shu jumladan trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)
  5. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish
  6. Turistlarga uy-joyni qisqa muddatga ijaraga berish (30 kungacha)
  7. Davlat xizmatlari koʻrsatishda agent sifatida ishtirok etish

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda toʻlaydi:

I. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. soʻmdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad soligʻini ikki xil usulda:

  1. har oyda qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliqni toʻlashi;
  2. tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi boʻyicha ushbu daromadlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar summasini chegirib tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirish yoʻli bilan daromad soligʻini toʻlashi mumkin.
  3. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. soʻmdan oshgan biroq 1 mlrd. soʻmdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtkaziladi.

Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni toʻlashni tanlashi mumkin:

20

  • kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʻmdan oshganda, oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashi;
  • kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʻmdan oshganda, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash oʻrniga ixtiyoriy tarzda qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashni tanlashi mumkin.

III. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 1 mlrd. soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda toʻlashga oʻtadi.

Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda soligʻini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi.

Bunda, foyda soligʻining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi.

Realizatsiya

T/r

tushumlari

miqdori

1.

100

mln.soʻmgacha

2.

100

mln.soʻmdan 1

Soliq turi

Daromad

soligʻi

Aylanmada

n soliq

Soliq

stavkasi

  1. %

yoki

qatʼiy miqdordagi summada

  1. %

yoki

Soliqlarni toʻlash

tartibi

Soliqlarni yillik

daromadi

toʻgʻrisidagi

deklaratsiya asosida

yoki

qatʼiy belgilangan

miqdordagi

summada toʻlashni tanlashi mumkin.

  1. mln.soʻmdan oshgan summadan

21

3.

mlrd.soʻmgach

a

  1. mlrd.soʻmdan ortiq

yoki

QQS va

Foyda

soligʻi

QQS va

Foyda

soligʻi

15 %

15 %

aylanmadan soliqni

toʻlashga oʻtadi

yoki

QQS va foyda

soligʻini toʻlashga

ixtiyoriy oʻtishi

mumkin

QQS va foyda

soligʻini

toʻlashga oʻtadi

yoki

foyda soligʻini

soddalashtirilgan tartibda toʻlashni tanlashi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatiga soliq solish boʻyicha savollar

  1. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkinligidan xabarim bor. Oltin izlovchilar usulida qimmatbaho metallarni qazib olish bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qanday soliqlar toʻlaydi?

22

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-noyabrdagi “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ–4030-sonli qaroriga asosan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalarga faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, xususan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega jismoniy shaxslar hamda ustav kapitali (jamgʻarmasi)da Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxsning ulushi 70 va undan ortiq foizga ega boʻlgan yuridik shaxslar talabgor boʻlishi mumkin.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini belgilangan shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiradigan shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish qismi boʻyicha barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan (yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari) ozod etilgan.

  1. Men 3 yildan buyon yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shugʻullanaman. Sogʻligʻimda muammaolar tufayli u faoliyatimni uch

oyga toʻxtatib davolanmoqchiman Oʻz faoliyatimni amalga oshirmayotgan davr uchun soliq toʻlash kerakmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 392-moddasiga asosan agar yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini muayyan muddatga toʻxtatsa, u oʻz faoliyatini toʻxtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnomani topshiradi.

Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.

23

Soliq organlari tomonidan olingan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi axborot qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.

  1. DEHQON XOʻJALIKLARI TOMONIDAN TOʻLANADIGAN

SOLIQLAR

Qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyati asosan dehqon xoʻjaligi yoki fermer xoʻjaligi shaklida amalga oshtiriladi.

Dehqon xoʻjaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xoʻjaligi boshligʻiga berilgan yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni va realizatsiya qilishni dehqon xoʻjaligi aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida amalga oshiruvchi xoʻjalikdir.

“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonun 3-moddasi

24

Dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyatini bogʻdorchilik va uzumchilikka yoki sabzavot va poliz ekinlarini yoxud boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashish asosida amalga oshiradi.

Eʼtibor bering!

Dehqon xoʻjaligining faoliyati yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, yuridik shaxs tashkil etmasdan ham amalga oshirilishi mumkin.

Dehqon xoʻjaliklari tadbirkorlik subyektlari hisoblansada ularga ularga nisbatan soliq solishda oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz faoliyatlaridan olingan daromadlar tushumiga hajmiga qarab qatʼiy belgilangan summadagi daromad soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq yoki foyda soligʻi toʻlashi zarur ekanligi belgilangan boʻlsa, amaldagi qonunchilikda dehqon xoʻjaliklari uchun soliq solish xuddi jismoniy shaxslarga soliq solishga oʻxshash boʻladi.

Dehqon xoʻjaliklari quyidagi soliqlarni toʻlovchi hisoblanadi:

Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari quyidagi soliqlarni toʻlaydi.

  1. jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
  2. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
  3. jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
  4. ijtimoiy soliq.

Dehqon xoʻjaliklari uchun qanday soliq imtiyozlari mavjud?

  1. Dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni soʻyib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi. (Agar manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari sotishdan daromad olinsa daromad soligʻi toʻlanadi). ( SK 378-moddasi birinchi qism 8-bandi).

25

  1. Dehqon xoʻjaligi tomonidan oʻzining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi (“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonun 13-moddasi).
    1. FERMER XOʻJALIKLARI TOʻLAYDIGAN SOLIQLAR

Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy subyekti hisoblanadi.

Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektidir. Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlgan taqdirda tashkil etiladi. Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda

26

kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xoʻjaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan yerlarda tegishincha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xoʻjaliklari uchun 0,6 gektarni), sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.

Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilik uchun kamida 30 gektarni, gʻallachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda koʻpi bilan 5 gektarni tashkil etadi.

Fermer xoʻjaliklari qanday soliqlarni toʻlaydi?

Soliq kodeksining eski tahririda fermer xoʻjaliklari soddalshtirilgan tartibda soliq toʻlovchilar boʻlishgan va asosan yagona yer soligʻini toʻlashgan. 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksida fermer xoʻjaliklari emas, balki qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilar tushunchasi qoʻllaniladi. Soliq kodeksi maqsadlarida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar eʼtirof etiladi:

qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini, shu jumladan uni oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjalik xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;

yer uchastkalariga ega boʻlgan, bu yer uchastkalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlsa.

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari, yaʼni fermer xoʻjaligida ellik gektar va undan ortiq sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydoni mavjud boʻlmasa va soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard soʻmdan oshmasa aylanmadan olinadigan soliq toʻlaydi.

27

Agar fermer xoʻjaligida ellik gektar va undan ortiq sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydoni mavjud boʻlsa soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi summasidan qatʼiy nazar foyda soligʻi va qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi. Bundan tashqari fermer xoʻjaliklari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydlanganlik soligʻi toʻlovchilari ham hisoblanishadi.

Fermer xoʻjaliklari uchun qanday soliq imtiyozlari mavjud?

  1. Oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xoʻjaligi korxonalari 0 % stavkada foyda soligʻi toʻlaydilar (SK 337-moddasi).
  2. Soliq hisoblab chiqarilayotganda yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soliq bazasi quyidagilarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga (oʻrtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi: qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulkning (SK 414-moddasi).
  3. Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:

suvni tejaydigan (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqa) sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan yerlar – suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan eʼtiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz boʻlgan yoki demontaj qilingan boʻlsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi (SK 428-moddasi).

  1. 2021-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik

28

uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi. (Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining 03.03.2021-yildagi «Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» PQ–5017-sonli qarori).

  1. 2021-yil 1-iyuldan boshlab 2024-yil 1-iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi;mol-mulk soligʻi;yer soligʻi; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50% miqdorida qoʻllaniladi. (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori).

29

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent,

Oʻzbekiston, 2019. – 76 b;

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Kodekslar toʻplami. Rasmiy nashr. – Toshkent, Adolat, 2019. – 960 b;
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. – Toshkent, Adolat, 2020.
  3. “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-sonli “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzini band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisda”gi qarori
  6. F.Isayeva, Soliq huquqi. darslik – Toshkent: TDYU, 2017. – 270 b.
  7. www.soliq.uz

30

TURABOYEV IXTIYORJON QOBILOVICH

BIZNES SOLIQLARI VA

IMTIYOZLAR

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir O. Choriyev

Muharrir Sh. Jahonov

Musahhih M. Patillayeva

Texnik muharrir U. Sapayev

Dizayner D. Rajapov

31

16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 1,86 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 60-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

32