KIRISH
Zamonaviy iqtisodiy tizimning rivojlanishini investitsiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sababli bugungi kunda mamlakatimizda investitsiya siyosatini tubdan takomillashtirish va isloh qilish, uni amalga oshirish yuzasidan zamonaviy, samarali yondashuv hamda mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va ishbilarmonlik muhi-tini yaxshilash, mamlakatda yirik infratuzilmali loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy jihatdan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlarini barpo etish maqsadida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Investitsiya faoliyatini rivojlantirish va qulay investitsiya muhitini yaratishga davlat tomonidan katta ahamiyat qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha qilib aytganda, iqtisodiyot yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”.
Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda investitsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilishni, sanoat ishlab chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Chunki xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilmasdan iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Bundan tashqari, jahondgi globallashuv sharoitida xalqaro savdo va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar hamda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatlar iqtisodiy o‘sish surʼatlariga taʼsir etadi. Shu sababli bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonlarini davom ettirish hamda raqamli investitsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish mamlakat yalpi ichki mahsulotining yuqori surʼatlarda o‘sishiga olib keladi.
1. CHET EL INVESTITSIYASI TUSHUNCHASI VA TURLARI
Investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek investitsiyalardir.
Rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan

bozor iqtisodiyotiga ega davlatlar, shuningdek, o‘tish davri iqtisodiyotiga ega davlatlar o‘z eʼtiborlarini tobora ko‘proq
to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy rivojlanish va modernizatsiya qilish, daromadlar va bandlikni oshirishning eng muhim omili sifatida qaraydilar.
Yuqorida keltirilgan taʼriflardan kelib chiqqan holda, chet el investitsiyasi – bu chet el elementi bilan murakkablashgan, daromad olish yoki boshqa ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan xorijiy sarmoya deyishimiz mumkin.
Investitsiya faoliyatini tadqiq qilishda uning turlarga ajratilishini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ–598-son Qonunning 5-moddasiga muvofiq investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi.
Yodda tuting!
Investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi.
Аsosiy fondlarni yaratish va takror ko‘paytirishga, shu jumladan, yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruktsiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning
boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Аktsiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Investitsiyalar tarkibiy tuzilishiga ko‘ra yalpi va sof investitsiyalarga ajratiladi. Yalpi investitsiyalar – bu ishlab chiqarish vositalarining isteʼmol qilingan qismini qoplash hamda ularning qo‘shimcha o‘sishi maqsadida ishlab

chiqarish jamg‘armalari va aholi mablag‘lari qo‘yilmalaridir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, yalpi investitsiyalar o‘z ichiga amortizatsiya va sof
investitsiyalarni qamrab oladi. Sof investitsiyalarni aniqlash uchun yalpi investitsiyalardan amortizatsiya ajratmalari chiqarib tashlanadi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o‘rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning qanday ahvolda ekanligini, yaʼni yuksalish, turg‘unlik, pasayish davrini boshdan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Аgarda, yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq, yaʼni sof investitsiya yuqori bo‘lsa, iqtisodiyot yuksalishda bo‘ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvati o‘sadi. Yalpi investitsiya va amortizatsiya bir-biriga teng bo‘lganda iqtisodiyotda turg‘unlik holati kuzatilish mumkin. Bu vaziyatda sof investitsiyalar nolga teng bo‘lib, iqtisodiyotda shu yil qancha kapital isteʼmol qilingan bo‘lsa, uni qoplash uchun shuncha investitsiya kerak bo‘ladi.
Iqtisodiy faollik pasayib borayotgan iqtisodiyot uchun yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan kam bo‘lgan holdagi vaziyatga xosdir, yaʼni iqtisodiyotda yil davomida kapital ishlab chiqarilganligiga nisbatan
ko‘proq isteʼmol qilinadi. Natijada, yil oxirida kapital hajmi yil boshidagiga qaraganda kam bo‘ladi. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o‘rtasidagi faol harakati zamonaviy jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi xususiyatlariga aylanadi.
Yodda tuting!
Investitsiyalar tarkibiy tuzilishiga ko‘ra yalpi va sof investitsiyalarga ajratiladi.
Xorijiy investitsiyalar ko‘lamiga qarab xalqaro doiradagi, yaʼni xalqaro investitsiyalar ko‘rinishiga ham ega bo‘lishi mumkin.

Mulk shaklidan kelib chiqib, investitsiyalar xususiy, davlat, qo‘shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy
investitsiyalar nodavlat yuridik
shaxslarning va fuqarolarning
mablag‘larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo‘yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari – bu davlat tomonidan milliy daromadning davlat budjeti mablag‘lari ko‘rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun sarflayotgan mablag‘laridir. Bunday aloqa investor huquq va talablarini davlatga topshirganda yaqqol ko‘rinadi. Xorijiy investitsiyalar ham davlat yoki xususiy shaklda bo‘lishi mumkin. Birinchi shaklda davlat investitsiyalari ishtirok etib, bunda bir davlat boshqa davlatga kreditlar yoki boshqa shakldagi qarzlar berishi mumkin. Bunday munosabatlarga xalqaro huquq normalari qo‘llaniladi. Ikkinchi shaklda esa, bir mamlakat xususiy firmalari, kompaniyalari yoki fuqarolari boshqa mamlakatning tegishli subyektlariga beradigan investitsiyalar tushuniladi.
Hududiy joylashtirilishi bo‘yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo‘linadi.
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTIDA CHET EL INVESTITSIYALARNING TUTGAN O‘RNI
Taʼkidlash lozimki, mamlakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan erkin foydalanishni taʼminlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, mamlakatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va bu sohaga investitsiyalarni jalb qilish borasida islohotlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbe-kiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3832-son qaroriga muvofiq raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalardan biri investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini taʼminlash va yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat), smart-kontrakt (raqamli tranzaktsiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishdir. Bu esa, o‘z navbatida, investitsiya faoliyatiga raqamli texnologiyalarni jalb etish orqali sohani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sodiq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal surʼatlar bilan amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mamlakatda investorlar huquqlarining kafolatlari aniq belgilanganligiga qaramasdan investorlar bilan ishlashda, ayniqsa joylarda, investorlarning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu sababli xorijiy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelish oqimi pastligicha qolmoqda. Jahon bankining maʼlumotlariga ko‘ra 2017-yilda asosiy kapital shakllanishining yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi (gross capital formation, % of GDP) ko‘rsatkichi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda o‘rtacha 30,9 foizni, alohida mamlakatlar bo‘yicha esa

Xitoyda 43,6 foiz, Indoneziyada 33,4 foiz, Koreya Respublikasila 31 foiz, Turkiyada 30,9 foiz, Hindistonda 30,7 foizni tashkil etgan. O‘zbekistonda esa ushbu ko‘rsatkich 24,9 foizga yetgan (Data bank. World development indicators.http://www.worldbank.org/) .
Bu esa jahon mamlakatlari bilan taqqoslaganda yurtimizga o‘z iqtisodiyot ko‘lami va hajmiga mutanosib bo‘ladigan yetarlicha investitsiya resurslari kirmayotganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Jahon banki to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof oqimlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi (FDI net inflows, % of GDP) ko‘rsatkichini ham eʼlon qilib boradi. Ushbu ko‘rsatkich 2017-yilda Yevropa va Osiyoda o‘rtacha 3,4 foizni, alohida mamlakatlar misolida Singapurda 19,6 foiz,
Irlandiyada 15,4 foiz, Аlbaniyada 7,9 foiz, Ozarbayjonda 7 foiz, Chexiyada 4,3 foiz, Qozog‘istonda 2,8 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, respublikamizda 0,1 foiz ekani maʼlum qilingan .
Ushbu statistik maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiki, Markaziy Osiyo bozoridagi raqobatchimiz bo‘lgan Qozog‘istonda investitsiya oqimlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi O‘zbekistondagiga qaraganda ancha ko‘p ulushga ega. Bu esa o‘z navbatida Markaziy Osiyoga kirib kelayotgan investorlar o‘z kapitallarini Qozog‘istongi kiritishni maʼqul ko‘rayotganliklarini, shuningdek u yerda investorlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar O‘zbekistondagiga qaraganda yaxshi ekanligidan dalolat beradi. Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra mamlakat iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar hajmi 2017-yilda avvalgi yilga nisbatan 7,1 foizga oshib, 60,7 trln. so‘mga yetgan bo‘lsa-da, ushbu o‘sishga asosan davlatning ixtiyorida va nazoratida bo‘lgan markazlashgan mablag‘lar, yaʼni budjet mablag‘larining 26,6 foizga, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining 84,4 foizga oshishi hisobiga erishilgan.
Keyingi yillarda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish, inves-titsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaat-larini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, soliq tizimi tubdan
isloh qilindi, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada
soddalashtirildi, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshirishlar bekor qilindi.
2019-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga 16,4 trillion so‘m hajmda kreditlar ajratildi, iqtisodiyotda investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmlari 1,3 baravarga, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 2,3 baravarga o‘sdi.
Maʼlumki, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investitsiyalar oqimiga bog‘liq. Bu borada Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat, 2019-yilning o‘zida barcha manbalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning qariyb 30 foizini to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar tashkil etdi. Shuningdek, sanoati rivojlanmagan, olis tumanlarga ham katta investitsiyalar kirib bordi. Umumiy qiymati 5,4 milliard dollar bo‘lgan 145 ta tarmoq va 167 ta hududiy loyihalar ishga tushirildi. 2020-yil uchun 1569 ta xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi. Mazkur dasturga asosan shu yilda 233 trillion 200 milliard so‘m, jumladan 7,1 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Mamlakatda iqtisodiy o‘sishni taʼminlash, raqobatbardoshlikni oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversi-fikatsiya qilish jarayonlarini chuqur-lashtirish, investitsiyalarnii, avvalambor, iqtisodiyotning bazaviy va tarkibiy asosini tashkil etuvchi sohalarga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar

yaratishda xorijiy investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli davlat tomonidan investorlar huquqlarini himoya qilishning davlat tomonidan kafolatlanishi mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
- CHET EL INVESTORLARIGA TAQDIM ETILADIGAN IMTIYOZLAR
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘lgan mintaqalarda yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni taʼminlashga maqsadida 2005-yil 11-aprelda “To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–3594-son Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi

quyidagicha bo‘lganda yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig‘i, ijtimoiy infra-tuzilmani rivojlantirish va obodon-lashtirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashga nisbatan soliq imtiyozlari beriladi:
300 ming АQSh dollaridan 3 million АQSh dollarigacha – 3 yil muddatga;
3 milliondan ortiq АQSh dollaridan 10 million АQSh dollarigacha – 5 yil muddatga;
10 million АQSh dollaridan ortiq bo‘lganda – 7 yil muddatga.
Shu bilan birga, 2012-yil 10-aprelda “To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlanitirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–4434-son Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million АQSh
dollaridan kam bo‘lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o‘zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov, yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Budjetdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashning mazkur korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan meʼyorlari va qoidalarini qo‘llashga haqlidirlar.
Bundan tashqari, qiymati 50 million АQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablag‘lari

hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Buning natijasida respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan ko‘proq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan ko‘proq, asosan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va uni
rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
Sohani yanada rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini taʼminlash, biznes yuritish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda.
4. CHET ELLIK INVESTORLARNING HUQUQLARI
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning1 10-moddasida investorlarning huquqlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra investor:
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishga, investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlarini, turlarini, shakllarini, sohasini va yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilashga;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga;
o‘z investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydala-nishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga;

investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlarni soliqlar, yig‘imlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar (bundan buyon matnda soliqlar va to‘lovlar deb
yuritiladi) to‘langanidan so‘ng mustaqil va erkin tarzda tasarruf etishga;
o‘zi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning ta’minoti sifatida o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga;
o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga;
kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablag‘larini jalb etishga;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.
- Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son.
- CHET ELLIK INVESTORLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TIZIMI VA KAFOLATLARI
Bundan tashqari, mazkur qonunning 3-bobi investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining davlat kafolatlari va investitsiyalarni himoya qilishga bag‘ishlangan. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasida investorlarni himoya qilish masalalari mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra davlat investitsiyalarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq himoya qilinishini kafolatlaydi.
Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi.
Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspro-priatsiya) qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizo-otiylar va favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan boshqa hollar mustasno.

Investitsiyalarni rekvizitsiya va ekspropriatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror
rekvizitsiya yoki ekspropriatsiya
qilishning quyidagi talablariga rioya qilingan taqdirda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi:
investorlarning ushbu modda uchinchi qismida ko‘rsatilgan holatlardan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalari yoki boshqa aktivlarining minimal hajmi bilan cheklansa;
kamsitilmaydigan asosda amalga oshirilsa;
yetkazilgan zararga monand kompensatsiya to‘lash bilan birga amalga oshirilsa. Davlat mazkur kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishining kafili sifatida ish yuritadi.
Investor sud va arbitraj tartibida, xususan, quyidagilar yuzasidan nizolashishga haqli:
rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadning qonuniyligi;
rekvizitsiyaning (ekspropriatsiyaning) miqdori;
rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinayotgan investitsiyalarni va boshqa aktivlarni baholash;
to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovining muvofiqligi; davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari
rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish chog‘ida rioya etgan tartib-taomil.

Investorlarning investitsiyalarini va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Huquqshunos olimlarning fikriga ko‘ra investitsiyaning ikki xil himoya standartlari mavjud: eng qulay rejim (EQR) hamda milliy rejim (MR) kabi nisbiy himoya standartlari; adolatli va teng huquqlilik rejimi (ATHR), ekspropriatsiya qilingan taqdirda
munosib kompensatsiya berish, investitsiya faoliyatini shartlashni va mablag‘larni erkin o‘tkazish bo‘yicha shartlarni cheklangan holda qo‘llash kabi mutlaq himoya standartlari. Milliy rejimga muvofiq qabul qiluvchi davlat chet ellik (boshqa ahdlashuvchi tomoni) investorlarga (va ular bilan bog‘liq bo‘lgan investitsiyalarga) o‘z investorlariga (va ular bilan bog‘liq bo‘lgan investitsiyalariga) nisbatan, mos bo‘lgan hollarda, kam bo‘lmagan qulay rejimni yaratib beradi. Bu yerda “mos bo‘lgan” degan ibora “aynan bir xil” degan mazmunga ega emas. Milliy rejim ham qonun hujjatlari asosidagi (de yuri), ham qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti asosidagi (de fakto) diskriminatsiyani taqiqlaydi.
Eng qulay rejimda deyarli barcha xalqaro savdo va investitsiya shartnomalarida uchraydi. EQR milliy rejimga qaraganda kamroq munozaralarga sabab bo‘ladi. Zero, aksariyat davlatlar, preferentsial savdo hamda investitsiya shartnomalaridan tashqari, turli xorijiy davlatlar o‘rtasidagi diskriminatsiya qiladigan choralarni qabul qilishmaydi. Shunga qaramay, ushbu rejim ham MR kabi bir nechta masalalarga aniqlik kiritilishini talab
etadi. Masalan, taqqoslanadigan subyektlar qaysi ekani, “mos bo‘lgan holatlar”, shuningdek, farqlovchi rejim va farqlashga bo‘lgan intilish nimani anglatishini aniqlash mana shunday masalalar bo‘lib hisoblanadi.
Adolatli va teng huquqlilik rejimi (ATHR) minimal himoya standarti hisoblanadi. Ushbu rejim deyarli barcha investitsiya shartnomalarida uchraydi. Ushbu rejim investitson nizolar uchun eng ko‘p asos bo‘ladigan shartnoma holati

hisoblanadi hamda eng muvaffaqiyatli da’volarning asosi hamdir. ATHR keng tushunchaga ega standart bo‘lib, uni amalda qo‘llash juda qiyin. ATHR shartnomalarda turlicha
aks ettiriladi. Bir guruh shartnomalar ATHRni “to‘liq himoya va xavfsizlik” hamda “xalqaro huquqning umumiy prinsiplari” bilan birgalikda belgilab qo‘yadi. Qolganlari esa AQShning namunaviy investitsiya bitimida bo‘lgani kabi ATHRni faqat xalqaro odat huquqi normalari bilan cheklaydi. ATHR chet el investorlariga nisbatan amalda bo‘lishi umum e’tirof etilgan, lekin ushbu standart nimalarni talab etishi haqida bunday yakdillik mavjud emas. Shu sababli ham ularni xalqaro odat huquqi normalari bilan cheklashga harakat qilinadi. Agarda bunday qilinmasa, ATHR mustaqil himoya standarti bo‘lib qoladi. Har qanday holda ATHR mazmuniga har bir shartnoma matnidan kelib chiqib sharh beriladi.
Minimal himoya standarti sifatida ATHR eng kamida davlatdan investorlarga nisbatan vijdonan bo‘lmagan, asoslanmagan choralarni qo‘llamaslikni, ularning manfaatlarini ataylab e’tiborsiz qoldirmaslikni yoki investorlarga asossiz munosabatda bo‘lmaslikni talab etadi. Shu sababli ham ularni xalqaro odat huquqi normalari bilan cheklashga harakat qilinadi. Agarda bunday qilinmasa, ATHR mustaqil himoya standarti bo‘lib qoladi. Har qanday holda ATHR mazmuniga har bir shartnoma matnidan kelib chiqib sharh beriladi.
Minimal himoya standarti sifatida ATHR eng kamida davlatdan investorlarga nisbatan vijdonan bo‘lmagan, asoslanmagan choralarni
qo‘llamaslikni, ularning manfaatlarini ataylab e’tiborsiz qoldirmaslikni yoki investorlarga asossiz munosabatda bo‘lmaslikni talab etadi2.
Shuni ta’kidlash kerakki, mamlakatda investitsiya muhtini yaxshilash, investitsiya jozibadorligini oshirish va iqtisodiyotning

barqarorligini oshirishda investorlar huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Investorlar huquqlarining kafolatlari tizimi protsessual kafolatni, ya’ni davlat tomonidan investor-
larning yuqorida keltirilgan huquq kafolatlari buzilgan taqdirda yurisdiksiya organiga murojaat qilish imkoniyatini o‘z ichiga olishi kerak. Investor uchun bunday huquq mulkini majburan tortib olganligi, joriy to‘lovlarni yoki unga bog‘liq bo‘lgan daromadlarni topshirishni kechiktirganligi va davlat tomonidan unga nisbatan kamsituvchi munosabatda bo‘lgan taqdirda bunday huquq alohida amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qonunning 15-moddasida investitsiya faoliyati subyektlari huquqlari-ning kafolatlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular o‘zlari vakolatli bo‘lgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarni ko‘rishi mumkin.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Davlat investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish joyi bilan bog‘liq holda, shuningdek investorlarning yoki
- Родриго Поланко. Инвестор ва давлат ўртасидаги низоларни ҳал қилиш асослари. Тренинг материаллари, 2021 йил 29-бет.
investitsiyalarning kelib chiqish mamlakatiga qarab investorlarni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikni kafolatlaydi.
Investor tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa investorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak. Bunda

davlat tadbirkorlik subyektining hamta’sischisi (aktsiyadori, ishtirokchisi) sifatida boshqa ta’sischilar (aktsiyadorlar,
ishtirokchilar) kabi teng huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan printsiplari va normalariga muvofiq belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq qonun hujjatlarini qabul qilishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shu bilan birga, qonunda investitsiya faoliyati subyektlarining mablag‘lardan foydalanish, ularni erkin
o‘tkazish, investitsiya faoliyati tugatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish, qonun hujjatlarining investor uchun noqulay o‘zgarishlariga qarshi, oshkoralik va
ochiqlikni ta’minlash kafolatlari, shuningdek, investitsiyalarni himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlari va choralari belgilab berilgan. Investitsiyalarni himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlari va choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ko‘maklashishni, maxsus soliq va to‘lov rejimini yaratishni, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan davlat monitoringi o‘tkazilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomalariga asosan boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.
- CHET ELLIK INVESTORLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH USULLARI
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 61-moddasiga muvofiq, davlat organlarining investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzadigan yoki cheklaydigan qarorlari, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkinligi belgilangan.
Bundan tashqari, 2018-yil 8-yanvarda qabul qilingan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 63-moddasiga muvofiq Manfaatdor shaxs ma’muriy shikoyatni qonunchilikka muvofiq ma’muriy shikoyatlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan yuqori turuvchi ma’muriy organga yoki boshqa vakolatli ma’muriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilgan yoxud ma’muriy harakatni amalga oshirgan ma’muriy organ orqali berishi mumkin. Ma’muriy shikoyatni olgan ma’muriy organ u kelib tushgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida ma’muriy shikoyatni yuqori turuvchi organga yoki ushbu ma’muriy shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan boshqa ma’muriy organga m’’muriy ish bilan birga yuboradi.
Manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat ustidan berilgan ma’muriy shikoyatni ma’muriy tartibda ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ mavjud bo‘lmagan taqdirda, ma’-muriy hujjat ustidan sudga shikoyat

qilishga haqli. Qonunchilikda ma’muriy hujjat ustidan ma’muriy shikoyat berilishi mumkin bo‘lgan boshqa organ belgilanishi mumkin.
Yuqoridagi normalardan ko‘rinib turibdiki, investitsiyaviy nizolarni hal qilishning 2 usuli: ma’muriy tartib va sud tartibi mavjud. Ma’muriy tartibga muvofiq, huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarorlari
va xatti-harakatlari yuzasidan ushbu qarorni qabul qilgan yoki xatti-harakatni sodir etgan mansabdor shaxs ustidan yuqori turuvchi organga murojaat qilishi tushuniladi. Sud tartibida esa, investor qonuniy manfaatlarini buzadigan qarorlari va xatti-harakatlari yuzasidan bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Bundan tashqari, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 63-moddasiga ko‘ra, chet el investitsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorning investitsiya faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida yuzaga keladigan nizo (investitsiyaviy nizo) muzokaralar o‘tkazish, undan so‘ng agar kelishuvga erishilmasa, mediatsiya yo‘li bilan hal etilishi ko‘rsatilgan. Muzokaralar o‘tkazish va mediatsiya yo‘li bilan tartibga solinmagan investitsiyaviy nizo O‘zbekiston Respublikasining tegishli sudi tomonidan hal qilinadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlarning asl mohiyati investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalq farovonligiga erishishdan iborat. Chet eldan investorni jalb etish uchun unga, birinchi navbatda, qulay ishbilarmonlik muhiti, huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonuniy kafolatlar yaratib

berish lozim. Shu munosabat bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotida investitsiyalarning o‘rni muhim ahamiyatga egaligi hamda kirib kelayotgan investitsiya hajmining oshayotganligi investorlarning huquqlarini sud himoyasining samarali tizimi yaratilishini taqozo etmoqda. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazkur sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladigan tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda ta’kidlanganidek, muhim yangilik – investorlar huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini
oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6034-son3 farmoniga muvofiq Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha maxsus sudlov tarkibi tashkil etildi va Sudlov tarkibiga investitsiya kiritilgan sanada yigirma million AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiyani amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar va davlat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish vakolati berildi. Shuningdek, mazkur farmonga binoan yirik investorlar, o‘z xohishiga ko‘ra, nizoni hal qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin. Ya’ni, investitsiyaviy nizolar bo‘yicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Oliy sud tomonidan, qolgan barcha investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko‘rilishi mumkinligi belgilandi.
Statistik ma’lumotlarga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tgan yilda iqtisodiy sudlarda 3 mingdan ortiq, chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bilan bog‘liq nizolar hal etilgan. Ushbu iqtisodiy ishlarning deyarli yarmi Toshkent shahar iqtisodiy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ya’ni investitsiya faoliyatiga aloqador iqtisodiy, fuqarolik, ma’muriy va

boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar tuman darajasidagi turli xil sudlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan edi. Iqtisodiy sohada yuzaga keladigan nizolar iqtisodiy sudlar, fuqarolik va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlar va davlat organlari bilan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan. Bu esa, o‘z navbatida, investorlar faoliyatiga oid nizolar
- Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.04.2021 й., 06/21/6218/0398-сон
bo‘yicha qarorlar qabul qilishda turli xil sud amaliyoti shakllanishiga sabab bo‘layotgan edi. Ushbu farmondan kelib chiqqan holda investitsiyaviy nizolarni sudlarda hal qilishning yangi tartiblari bo‘yicha Iqtisodiy protsessual kodeksga hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi

Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 271-moddasiga
muvofiq Investitsiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari o‘rtasidagi ular mansabdor shaxslarining investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bog‘liq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir ishlar kiradi va ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur kodeksning 28-moddasiga muvofiq Investitsiya nizolari bo‘yicha yirik investorning, raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tomonlarning xohishiga ko‘ra ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, 33-modda ikkinchi qismiga muvofiq yirik investor bo‘lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo ma’muriy sudga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga taqdim etilishi mumkin.
Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari (shikoyatlari), shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da’vo arizalari tumanlararo ma’muriy sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin. Bundan tashqari, Iqtisodiy protsessual kodeksi4 301-moddasiga muvofiq:
- Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон.
- investitsiya shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolar;
- investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi
nizolar;
- investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bog‘liq nizolar;
- investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq nizolar;
- investitsiya shartnomasi bo‘yicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki bunday shartnoma bo‘yicha neustoyka undirish va (yoki) zararlar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Iqtisodiyotda investitsiyalarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Shunga qaramay, investitsiyaviy nizolarni hal qilishda mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har xil yondashuv va sansalorliklarga yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilgani ham hech kimga sir emas.
Oliy sudda investitsiyaviy nizolar bo‘yicha maxsus sudlov tarkibining tashkil etilishi, ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha alohida sudlovlilik qoidalari-ning belgilanishi investorlarning nizolarni hal qilish uchun turli sud

instantsiyalari o‘rtasida sarson bo‘lishining oldini oladi.
Ularning muammolari bitta sudda hal qilinishini ta’minlaydi. Ayni vaqtda sohada amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarning asl mohiyati investitsiyaviy muhitning jozibadorligini yanada oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu orqali xalq farovonligiga erishishdir.
Investorlar, shu jumladan, chet el investorlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish mexanizmining takomillashishi esa, investitsiyaviy nizolar tez va samarali hal qilinishiga, yagona sud amaliyoti ta’minlanishiga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga inves-titsiya oqimining ko‘payishi o‘z navbatida investitsion nizolarning ham ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Birgina iqtisodiy sudlarda 2017-yilda investitsiya faoliyati bilan bog‘liq 576 ta, 2018-yilda 609, 2019-yilda 647 ta nizolar hal etilgan. Biroq sohada mavjud kamchiliklar mamlakatimizda chet ellik investorlarning
huquqlarini to‘la himoya qilish imkonini bermayapti. Investitsion faoliyatni amalga oshirishning har qanday bosqichida investitsion nizolar vujudga kelishi mumkin. Bunday nizolar adolatli va qonuniy jihatdan hal qilinishi kafolati juda muhim hisoblanadi.
- CHET ELLIK INVESTORLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA XORIJIY DAVLATLAR AMALIYOTI
Bugungi kunda investitsiyalarning barqaror o‘sishi va ulardan samarali foydalanish mamlakat oldidagi strategik vazifa hisoblanadi. Uning muvaffaqiyatli yechimi investitsiya sohasidagi ko‘plab unsurlarning murakkab o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos investitsiya jarayonini keng qamrovli hisobga olishni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mikro va makroiqtisodiy takrorlanishning o‘zaro bog‘liqligini faqat o‘z-o‘zini boshqarish tizimi sifatida bozorda va davlatning tartibga soluvchi investitsion faolligi bilan taʼminlash mumkin bo‘ladi. Dunyo yetakchilarining tanlovi optimal investitsiya siyosatini shakllantirishga muvaffaq bo‘lgan va uni amalga oshirish uchun mexanizm yaratgan mamlakatlar tomonidan boshqariladi. Bunday davlatlar sirasiga АQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlar kiradi.
Investorlarga keng imkoniyat yaratish va ushbu faoliyatni tartibga soluvchi milliy qonunchilikni takomillashtirishda xorijiy

mamlakatlar tajribasidan foydalanish investitsiya faoliyatini rivojlantirishdagi eng yaxshi yo‘llardan biri hisoblanadi. Аna shu asosga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan
huquqiy tartibga solishda bir necha xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilib o‘tamiz. Chet ellik investorlarning faoliyatini tartibga soluvchi manbalar juda ko‘p, ammo ularning xilma-xilligi asosiy huquqiy toifalarni aniqlashda umumiy yondashuvlarning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Har bir zamonaviy davlat kapital qo‘yilmalar sohasidagi o‘z ichki qonunchiligiga ega bo‘lib, bu o‘z navbatida, o‘z iqtisodiyotini va moliya tizimini himoya qilish uchun oddiy nazorat va mablag‘larning har qanday harakatlanishini to‘liq taqiqlash uchun nazorat qilish imkonini beradi.
Biroq ko‘plab rivojlangan davlatlarning milliy reglamenti ancha liberal hisoblanadi va xorijiy kredit kapitalini jalb qilish uchun investitsiyalarning maksimal erkinligini taʼminlash zarurligi bilan izohlanadi. Аgar investitsiya bir davlatning jismoniy yoki yuridik shaxslari tomonidan boshqa davlat hududida yoki rezident chet elda sarmoyani jalb qiladigan bo‘lsa, (norezident – mamlakat hududida) investitsiyalar xalqaro miqyosga aylanadi. Bunday munosabatlar milliy va xalqaro huquqiy ikki guruh tomonidan tartibga solinadi.

V.M. Shumilov o‘z asarida taʼkidla-ganidek, «Xalqaro investitsiya qonun-chiligi asosan investitsiya harakatlari sohasini to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solmay-di, lekin bilvosita – ichki qonunchilikka doir asoslarni belgilab, yagona huquqiy normalarni milliy huquqiy tizimlarga joriy etishni osonlashtiradi»5.
Rossiya Federatsiyasining huquqiy
institutlari ko‘p jihatdan O‘zbekistonnikiga o‘xshashdir, shu sababli ushbu davlatning isnvestitsiya faoliyatini tartibga solish sohasidagi tajribasini o‘rganish katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. RFda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish sud va suddan tashqari shakllarda amalga oshiriladi. Sud himoyasi doirasida buzilgan yoki bahsli huquqlarning tiklanishini taʼminlovchi organlar quyidagilar:
– RF Konstitutsiyaviy sudi;
– arbitraj sudlari;
– umumiy yurisdiksiya sudlari.
Tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini suddan tashqari himoya qilish shakllariga quyidagilar kiradi:
– notarial himoya;
– hakamlik muhokamasi;
– nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish tartibi.
- Шумилов В.М., Международное право. Учебник. –М.: Волтерс Клувер, 2010 й, – С
341.
Rossiya Federatsiyasida investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar 1999-yil 23-fevralda qabul qilingan “Rossiya Federatsiyasida kapital joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi hamda 1999-yil 9-iyulda qabul qilingan “Rossiya Federatsiyasida chet el investitsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunlar hisoblanadi. RFda davlat investitsiya faoliyatini tartibga solishning turli usullarini qo‘llaydi. RF Fuqarolik kodeksining 12-moddasida fuqarolik huquqlarini himoya qilishning quyidagi usullari belgilangan bo‘lib, huquqni tan olish, huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash, nizoli bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emaslik oqibatlarini qo‘llash, davlat organining yoki mahalliy davlat hokimiyati organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; o‘zini o‘zi himoya qilish, ma’naviy zararni qoplash, zararni qoplash, neustoyka undirish, huquqiy munosabatni o‘zgartirish yoki bekor qilish, sud tomonidan davlat organining yoki mahalliy davlat hokimiyati organining qonunga zid bo‘lgan qarorlarini qo‘llamaslik va qonunda nazarda tutilgan boshqa usullarni o‘z ichiga oladi. Ushbu usullar istisnosiz tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan qo‘llaniladi.
«Rossiya Federatsiyasida xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi Federal qonunning 10-moddasi chet ellik investor tomonidan RF hududida investitsiyalar va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq kelib chiqadigan nizoning to‘g‘ri hal etilishini kafolatlaydi. Ushbu kafolat chet ellik investorning RF

hududida investitsiyalar va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq kelib chiqadigan nizolar RFning xalqaro shartnomalariga va federal qonunlarga muvofiq sudda yoki arbitraj sudida yoki xalqaro arbitraj sudida hal qilinishiga asoslanadi. Investitsion nizolarni hal qilishning xalqaro arbitraj mexanizmining yaratilishi qabul qiluvchi davlatlarda xorijiy kapitalni xalqaro huquqiy himoya qilish printsiplari va normalarini tasdiqlash muammolari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni xalqaro-huquqiy tartibga solish, ta’kidlanganidek, jahon iqtisodiyotining progressiv faoliyatini barqarorlashtiruvchi huquqiy ustunlardan biridir. U butun dunyo bo‘ylab kapitallar, tovarlar va xizmatlarning erkin va to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlaydigan fundamental neoliberal iqtisodiy tartibga asoslangan bo‘lib, universal xalqaro tashkilotlarning ustavlari va boshqa ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kalvo doktrinasiga muvofiq, rivojla-nayotgan davlatlar tashqi investitsiyalarga nisbatan ichki siyosatining ustuvor mavqeiga ustuvorlik beradi.

“Rossiya Federatsiyasining chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasida chet ellik investorlarning RFda huquqiy muhofazasi kafolati
belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra Rossiya Federasiyasi hududida xorijiy investorlar ushbu federal qonun, Rossiya Federasiyasining boshqa federal qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, xalqaro shartnomalar bilan ta’minlanadigan huquq va manfaatlari to‘liq va mutlaq himoya bilan ta’minlanadi. Chet ellik investor Rossiya Federasiyasining fuqarolik qonunchiligiga muvofiq davlat organlari, mahalliy hokimiyat organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararni qoplash huquqiga ega6.
Investorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shni Qozog‘iston qonunchiligini o‘rganish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Qozog‘iston O‘zbekiston bilan qo‘shni bo‘lishdan tashqari Markaziy Osiyo bozoridagi asosiy raqobatchisi hisoblanadi. Qozog‘istonda investitsiya faoliyati
2016-yil 1-yanvarga qadar 2003-yil 8-yanvarda qabul qilingan “Investitsiya to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solingan. 2015-yil 29-oktabrda barcha tarqoq normativ-huquqiy hujjatlar birlashtirilib
- Федеральный закон «Об иностранных инвестициях в Российской Федерации» от
09.07.1999 N 160-ФЗ
Qozog‘iston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan mazkur qonun o‘z kuchini yo‘qotdi. Mazkur kodeksning 273-moddasi investitsion munosabatlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra Qozog‘iston respublikasida investitsiyalar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, investitsiyalarni rag‘batlantirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini belgilash, Qozog‘iston Respublikasida inevstitsiyalarni amalga oshirishda investorlarning huquqlarini himoya qilishni kafolatlash, investitsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilash, investorlar ishtirokidagi nizolarni hal qilish tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
Mazkur kodeksning 276-moddasida Qozog‘iston Respublikasi hududida inves-titsiya faoliyatining huquqiy kafolatlari

belgilangan bo‘lib, unga muvofiq
investorga Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va Qozo-g‘iston Respublikasining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari, shuningdek, Qozo-
g‘iston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartno-malarda ko‘zda tutilgan huquq va manfaatlar to‘la va so‘zsiz tatbiq etiladi.
Investor davlat organlari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli Qozog‘iston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq yetkazilgan zararni qoplash huquqiga ega.
Qozog‘iston Respublikasi investorlar va Qozog‘iston Respublikasi davlat organlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar shartligining barqarorligini
ta’minlaydi, shartnomalarga tomonlarning kelishuviga binoan o‘zgartirishlar kiritilgan hollar bundan mustasno.
Kodeksning 279-moddasida milliylashtirish va rekvizitsiya jarayonida investor huquqlarining kafolatlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra davlat ehtiyojlari uchun investorning mol-mulkini majburan tortib olishga (milliylashtirish, rekvizitsiya) Qozog‘iston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Investor Qozog‘iston Respublikasi tomonidan milliylashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qabul qilinishi natijasida o‘ziga yetkazilgan zararlar to‘liq qoplanadi.
Investorning mol-mulkini rekvizitsiya qilish mulkning bozor qiymatini to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mulkning bozor qiymati Qozog‘iston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Rekvizetsiya qilingan mol-mulkning bahosi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Rekvizitsiya qilishga sabab bo‘lgan holatlar tugaganidan so‘ng investor rekvizitsiya qilingan mol-mulkni qaytarib berishni talab qilishga haqli, lekin mulk qiymatining pasayishi natijasida yetkazilgan zararni hisobga olgan holda o‘zi olgan kompensatsiya miqdorini qaytarib berishga majburdir.
Shu bilan birga, Qozog‘istonda bizning mamlakatda mavjud bo‘lma-

gan investorlarning huquq va
manfaatlarini himoya qiluvchi Investitsion ombudsman huquqiy instituti mavjud. Kodeksning 315-moddasida Investitsion ombudsman-
ning funksiyalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Investitsion ombudsman:
- Qozog‘iston Respublikasida investorlarning investitsiya faoliyati jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha investorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularni hal etish bo‘yicha, shu jumladan, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha tavsiyalar beradi;
- sud va sudgacha kelib chiqadigan masalalarni hal qilishda investorlarga yordam beradi;
- Qozog‘iston Respublikasi hukumatiga investitsiya faoliyati to‘g‘risidaga qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi va taqdim etadi;
Investitsion ombudsmanning tavsiyalari investitsiya ombudsmanining xatlari va majlislari bayonnomalari ko‘rinishida tuziladi.
Investitsiyalar bo‘yicha ombudsman davlat va tashkilotlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazadi va sud hamda sudgacha bo‘lgan investorlarning muammolarini hal qilish uchun protokol yig‘ilishlarini o‘tkazadi.
Agar investorning masalasi Qozog‘iston Respublikasi qonunlariga muvofiq hal etilmasa, Qozog‘iston Respublikasi hukumatiga qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi va taqdim etadi.
Kodeksning 296-moddasiga ko‘ra investitsion nizolar muzokaralar yo‘li bilan yoki taraflar tomonidan oldindan kelishilgan nizolarni hal qilish tartibiga muvofiq hal qilinadi. Agar muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan investitsion nizolarni hal qilishning iloji bo‘lmasa, nizolar xalqaro shartnomalar va

Qozog‘iston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat sudlarida, shuningdek tomonlarning kelishuvi bilan belgilangan arbitrajlarda hal qilinadi. Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi. Shuningdek, Kodeksning 300-moddasiga tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish shakllari belgilangan bo‘lib, har bir tadbirkorlik subyekti o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish huquqiga ega. Tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki bahsli huquqlarini himoya qilish Qozog‘iston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda (arbitraj, mediatsiya, Qozog‘iston tadbirkorlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissari, Ombudsman, muzokaralar, da’vo tartibi va boshqalar) amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish ushbu Kodeksda va Qozog‘iston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi) va davlat organlarining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari himoya qilish huquqi buzilgan tadbirkorlik subyektining bevosita yoki qonuniy harakatlari (o‘zini o‘zi himoya qilish) orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bundan tashqari, Kodeksning 303-moddasida suddan tashqari himoya shakllari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish Qozog‘iston Respublikasi qonunlarida va (yoki) shartnomada nazarda tutilgan quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin.

- Arbitraj tartibida;
- Mediatsiya vositasida;
- Partisipativ tartibida.
Suddan tashqari tartibga solishning biz uchun yangi turi bo‘lgan partisipativ tartibida himoya qilish usuli mavjud. Mazkur usul 2010-2011-yillarda nizolarni hal qilishning yangi usuli sifatida Fransiyada
vujudga keldi va samarali vosita ekanligi sababli tez orada Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda joriy etildi. Nizoni hal qilishning ushbu usulida ish yuritish sudyaning ishtirokisiz nizoni hal qilish uchun ikkala tomonning advokatlari muzokaralar yo‘li bilan amalga oshiriladi. FPKning 181-moddasi birinchi qismiga ko‘ra taraflar sudni maslahatlashuv xonasiga yuborishdan oldin ushbu Kodeksning 179-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq nizoni partisipativ tartibda hal etish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Shuni ta’kidlash kerakki, mediatsiya va shartnoma tuzishdan farqli o‘laroq, nizoni partisipativ tartibda hal qilish ikki tarafning advokatlari tomonidan hal qilish orqali taraflar o‘rtasida muzokaralar olib borish yo‘li bilan sudyaning ishtirokisiz amalga oshiriladi. Bu tartibda mediatsiyadan farqli ravishda taraflarning advokatlari ishtirok etishi majburiy. Agar ushbu nizolar partisipativ tartibda hal qilishda qatnashmagan uchinchi shaxslar va sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxslarning huquq va manfaatlariga ta’sir qilsa yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa, bunday nizolarni partisipativ tartibda hal qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar-ning yagona tizimga solinganligi Qozog‘istonga xorijiy investorlarning ko‘plab kirib kelishiga zamin yaratgan, deyishimiz mumkin.

Ana endi AQSh, Buyuk Britaniya,
Germaniya va Fransiya kabi davlatlarning ushbu sohadagi tajribasiga
to‘xtalib o‘tamiz. AQSh investitsiya siyosatining asosiy ustuvor
yo‘nalishlari AQShga sarmoyalarni jalb qilish, shuningdek, qo‘shimcha
ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyotni tiklash uchun xorijiy
investitsiyalarni rag‘batlantirishdir. Shu munosabat bilan federal
hukumatning, davlat va kommunal hukumatlarning asosiy ustuvorligi
potensial investorlarning qo‘llab-quvvatlanishini maksimal darajada
oshirish va investitsiyalarga samarali rag‘batlarni yaratishdir. Xususan,
soliq imtiyozlari, jumladan, imtiyozli bank kreditlari, innovatsion grantlar
va boshqalar.
Shtatning federal tuzilmasi tufayli Qo‘shma Shtatlarda xorijiy investitsiya-larni tartibga solish ikki darajadagi: federal darajada va davlat darajasida amalga oshiriladi. Federal darajada, odatda, umumiy talablar belgilanadi va xorijiy sarmoyadorlarning tegishli davlatlarda amalga oshirilgan loyihalar-

dagi ishtirokiga oid aniq qoidalar mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi.
Har bir davlat mahalliy qonunchilikka muvofiq va mahalliy o‘ziga xoslik hamda ehtiyojlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar asosida o‘z xorijiy investitsiyalarini jalb qiladi. Bundan tashqari, har bir shtatning ichki va chet el investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘z dasturlari mavjud, chunki amaldagi amaliyot tufayli federal hukumat mamlakatning muayyan
mintaqasining iqtisodiy rivojlanish maqsadlarini aniqlashda faol rol o‘ynaydi.
AQShda olib borilgan siyosat ayrim istisnolardan tashqari xorijiy va milliy investorlar uchun teng sharoitlar yaratish imkonini beradi. Misol uchun, xorijiy sarmoyadorlar mamlakat iqtisodiyotining aksariyat sohalariga sarmoya kiritishga, shuningdek, asosiy kapital va daromadlarni olishda erkindirlar. Qo‘shma shtatlarda hukumat investitsiya jarayonlarini muayyan chegaralar doirasida boshqaradi. AQSh iqtisodiga kiritilgan yalpi sarmoyaning 20 foizidan ortig‘i davlat hisobiga to‘g‘ri keladi, shundan 12 foizi federal budjetga yo‘naltirilgan. Davlatning investitsion faoliyatga ta’siri imtiyozli daromad solig‘i stavkalari, tezkor amortizatsiya siyosati va investitsiyalarning muayyan toifalari kabi moliyaviy vositalar yordamida amalga oshiriladi7.
Buyuk Britaniya investitsion faoliyatni tartibga solishda investitsion kompaniyalar – ishonch egalari mmuhim rol o‘ynaydi. Tarmoqlar mavjudligining huquqiy asoslari cheklangan va asosiy maqsad yirik investitsiyalarga kichik investitsiyalarni samarali tarzda mustahkamlashdir. Buyuk Britaniyada investitsion faoliyatni tartibga solishning butun tizimi birinchi navbatda kapital egalarining huquqlarini himoya qilish va ularning mulkdorlari manfaatlarini tezkor ravishda ta’minlash va oxir-oqibat ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda iste’molni oshirishga qaratilgan8.
Germaniyada investitsion faoliyatni tartibga solish sohasida investitsion kompa-niyalar faoliyat yuritadi, ularning faoliyati investitsiya kompaniyalarining qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu kompaniyalar kredit tashkilotlari hisoblanadi. Shuning uchun barcha qonuniy qoidalar kredit

kartalari bilan bog‘liq. Germaniyada kollektiv sarmoyalar sxemasi Buyuk Britaniyadagi ishonch sxemasi bilan juda o‘xshashdir. Asosiy farq
7Foreign Direct Investment Position in the United States. Survey of Current Business, September 2008.- P. 102
- Financial Services Act 1986 // Halsbury’s Statutes. London, 1986. – Р. 167
shundaki, nemis boshqaruv kompaniyasi mutlaqo kredit muassasasi bo‘lishi va bankni tartibga solish va nazorat qilish doirasiga kirishi kerak9.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yaponiyada investitsion faoliyatni tartibga solishning asosiy usullari quyidagilardir:
– jami investitsiyalarin tartibga solish. Bu kreditlash bo‘yicha siyosat, pul, soliq va amortizatsiya siyosati orqali amalga oshiriladigan investitsion jarayonni boshqarishning asosiy usuli hisoblanadi;
– muayyan korxonalar, ishlab chiqarish sohalariga investitsiyalarni kredit va soliq imtiyozlari orqali, masalan, investitsiya krediti yordamida selektiv rag‘batlantirish;
– yirik korporatsiyalarning rejalarini muvofiqlashtirib, muayyan ishlab chiqarish uchun quvvatlariga kirish uchun investitsiya jarayoniga to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’muriy aralashuv10.
Fransiyada davlat va mintaqalar o‘rtasidagi munosabatlar milliy rejalash-tirish tizimi doirasida shartnoma asosida quriladi. Hududlar iqtisodiy rivojlanishiga davlat yordam beradi. Har bir viloyat, har ikki tomonni muayyan investitsiya dasturiga bog‘laydigan davlat bilan

rejalashtirish shartnomalarini tuzadi. Keyinchalik ular milliy davlat rejasiga birinchi navbatda kiradilar. Shu bilan birga, qo‘shimcha mablag‘larni eng muammoli hududlarga ajratishga harakat qilmoqda. Bunday siyosatni amalga oshirish mintaqaviy iqtisodiyotni qayta qurish shaklida amalga oshiriladi. Shu maqsadda ajratilgan investitsion grantlar yordamida viloyat infratuzilmasini takomillashtirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ish o‘rinlarini tashkil etishga ko‘maklashadi11.
9Абрамов А. Опыт немецкого законодательства о депозитарной деятельности // Депозитариум, 1999 г., № 6. – С. 35-44
10Туракулова А..Государственное регулирование инвестиционной деятельности: опыт зарубежных стран. Казахский экономический университет им. Т.Рыскулова г. Алматы, Казахстан;
11 Index of economic Freedom // The Heritage Foundation, Washington, 2009 www.heritage.org/Index/pdf/Index09Full.pdf
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni// Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son;
- Родриго Поланко. Инвестор ва давлат ўртасидаги низоларни ҳал қилиш асослари. Тренинг материаллари, 2021 йил 29-бет;
- “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6034-son farmoni// Qonunchilik ma’lumotlarimilliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son;
- O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi// Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son;
- Шумилов В.М., Международное право. Учебник. –М.: Волтерс Клувер, 2010 й, – С 341;
- Федеральный закон «Об иностранных инвестициях в Российской Федерации» от 09.07.1999 N 160-ФЗ;
- Foreign Direct Investment Position in the United States. Survey of Current Business, September 2008.- P. 102;
- Financial Services Act 1986 // Halsbury’s Statutes. London, 1986.
– Р. 167
- Абрамов А. Опыт немецкого законодательства о депозитарной деятельности // Депозитариум, 1999 г., № 6. – С. 35-44;
- Туракулова А..Государственное регулирование инвестиционной деятельности: опыт зарубежных стран. Казахский экономический университет им. Т.Рыскулова г. Алматы, Казахстан;
- Index of economic Freedom // The Heritage Foundation, Washington, 2009 www.heritage.org/Index/pdf/Index09Full.pdf.
AXROROV ADXAMJON ASRORKUL O‘G‘LI
CHET ELLIK INVESTORLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir O. Choriyev
Muharrir Sh. Jahonov
Musahhih M. Patillayeva
Texnik muharrir U. Sapayev
Dizayner D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 2,32 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 62-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
40