SOʻZBOSHI
Ushbu ommabop risolada “Pasport – roʻyxatga olish tartibi” tushunchasi, “doimiy roʻyxatdan oʻtish”, “vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish” va “roʻyxatdan oʻtkazishni hisobga olish”, “propiska” atamalarining bir-biridan farqi va qonunchilikdagi huquqiy asoslarining inson huquqlari
bilan oʻzaro munosabati oʻrganilgan.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida aholining bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yurishining oshishi munosabati bilan pasport va roʻyxatga olish tizimini huquqiy qoʻllab-quvvatlash va tartibga solishni yanada
rivojlantirish talab etiladi.
Risolada bugungi kungacha ushbu tadqiqotda koʻtarilgan masalalar yetarlicha chuqur oʻrganilmaganligi va yuzaga kelgan huquqiy muammolarni tushunishda yagona yondashuv mavjud emasligi inobatga olingan holda, doimiy propiska tizimining kelib chiqish tarixi, uning huquqiy asoslarining vujudga kelishi, propiska tizimining joriy etilishi uchun sabab boʻlgan omillar hamda uning sovet davlatlari boʻylab qabul qilinishi tahlil qilingan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yurish huquqi va unga boʻlgan huquqiy cheklovlar hamda doimiy roʻyxatdan oʻtish tizimi bilan uning huquqiy asoslari oʻrtasidagi oʻzaro munosabati tahlil qilingan. Risolada amaldagi qonunchilik tahlili, ilmiy jamoatchilik fikri oʻrganilib, huquqni qoʻllash amaliyoti koʻrib chiqildi. Ushbu risolada biz pasport va propiska tizimining huquqiy tartibga solish muammolarini oʻrganib, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish uchun zarur boʻlgan tegishli xulosalarni keltirib oʻtamiz.
Shu bilan birga, risolada roʻyxatga olish tizimining milliy qonunchilikdagi huquqiy asoslarini rivojlantirish uchun, xalqaro

huquq normalari bilan birgalikda, Rossiya Federatsiyasi hamda Belorussiya Respublikasining roʻyxatga olish tizimi boʻyicha qonunchiligi ham qiyosiy-tahliliy oʻrganilgan.
Risolada aholining roʻyxatga olish tizimi bilan bogʻliq boʻlgan, kundalik hayoti davomida vujudga keluvchi muammolar ham oʻrganilib, ularga tegishli huquqiy yordam berishga harakat qilingan.
1-BOʻLIM. PROPISKA VA VAQTINCHALIK ROʻYXATGA OLISH TIZIMINING VUJUDGA KELISH TARIXI
Propiska tizimining tarixi, uning vujudga kelishi sobiq SSSR davriga borib taqaladi. Sovetlar hukumati tuzilgan vaqtda aholi mamlakat boʻylab bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yurishiga hech qanday toʻsqinlik joriy qilinmagan edi. Aholini mehnat daftarchasi, harbiy bileti boʻlishi, ularning shaxsini tasdiqlab, ishga joylashishlariga asos boʻlgan. Lekin fuqarolar urushidan keyin bu tizimlar bekor qilinib, 1923-yildagi Xalq komissarlari kengashi (SNK) Rossiya sovet sotsialistik federativ respublikasining (RSFSR) dekreti asosida, fuqarolar bir joydan ikkinchi joyga erkin koʻchib yurishini belgilovchi propiska tizimi asta-sekin vujudga kela boshlaydi.

1923-yildagi Xalq komissarlari kengashi (SNK) Rossiya sovet sotsialistik federativ respublikasining (RSFSR) dekreti asosida asta-sekin vujudga kela boshlaydi.

1932-yil 27-dekabr kuni

“Butun SSSR hududi
boʻylab yagona pasport va
majburiy propiska tizimini
joriy qilish boʻyicha”
Butunrossiya markaziy ijro
qoʻmitasi (VSIK) va Xalq
komissarlari kengashi (SNK)ning qarori huquqiy
asos vositasini oʻtab, Butun
SSSR hududida propiska
tizimi vujudga keladi. Shundan keyin SSSR hududi boʻylab, ichki ishlar boʻyicha Xalq komissariati (NKVD) qoshida tashkil etilgan Pasport Viza Xizmatiga (PVS) yagona pasport, propiska tizimini amalga oshirish vazifasi yuklanadi.
Ushbu yillar davomida propiska tizimi joriy etilishining asosiy sabablari sifatida, oʻsha vaqtdagi SSSR boʻylab kolxozlashtirish, industriyalashtirish siyosatining olib borilishi, hududlardagi ishchi kuchini boshqarish va aholini ommaviy tarzda shaharlarga koʻchib borishining oldini olish orqali oʻsha hududdagi ishchi kuchi yetishmasligini bartaraf etishdan iborat edi. Ushbu vaziyatda dehqonlarga nisbatan alohida tartib joriy etilib, ular bir joydan ikkinchi joyga koʻchishdan oldin oʻzlari biriktirilgan kolxozlardan maxsus ruxsatnoma olishlari talab etilar edi. Chunki dehqonlar kolxozlarga birlashgan holda faoliyat yuritib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda asosiy oʻrin egallar edi. Ularning tegishli tartibda ruxsat olmasdan oʻz hududidan chiqishi jinoiy javobgarlikka tortilishiga olib kelgan.
Shuningdek, yuqoridagi huquqiy hujjatlar asosida SSSRning Moskva va Leningrad kabi yirik shaharlariga qishloqlardan odamlar oqib

kelishi sababli, propiska qilinishga cheklovlar oʻrnatilib va unga ruxsat faqat maxsus tashkil
etilgan komissiyalar tomonidan berilishi yoʻlga qoʻyiladi. Keyinchalik SSSR aholisining
koʻpchilik qismi koʻchib borishi
kuchaygan Kiyev, Rostov, Vladivostok va Minsk kabi shaharlarda ham bu kabi
cheklovlar oʻrnatiladi.
Ikkinchi jahon urushi davrida
shaharlarda propiska tizimi orqali cheklovlar kuchaytirilib, alohida tartib joriy etilgan shaharlar soni 48 taga yetkaziladi. Bu koʻrsatkich 1956-yilda 77 tani
tashkil etib, butun SSSR hududidagi yirik shaharlarni oʻz ichiga olar edi. 1956-yilda 927 ming aholi bilan SSSR hududidagi 7-yirik shahar
hisoblanuvchi OʻzSSR markazi Toshkent shahrida ham aholi bir joydan ikkinchi joyga koʻchishini cheklovchi propiska tizimi joriy etiladi. Bu esa Toshkent shahrining urbanizatsiyalashuviga taʼsir etmasdan qolmaydi. 1959-yil 43 foiz boʻlgan urbanizatsiyalashuv, 1989-yilda 25 foizni tashkil
etadi. 1974-yil ushbu tizimdagi oʻzgarishlarga koʻra, fuqarolar yangi koʻchib borgan hududlarida propiskasiz faqatgina 7 kun mobaynida istiqomat qilishlari va ushbu muddat tugashi bilan oʻsha hududni tark etishlari talab etilardi.
Bu kabi tizimni joriy etilishi, SSSR vaqtidagi sovet fuqarosining butun hayoti propiska tizimi bilan bogʻlanishiga olib kelgan edi. Chunki propiska, unga ega boʻlgan fuqaroga, oʻsha hududdagi tibbiy xizmatdan foydalanishi, farzandini dunyoga keltirishida, keyinchalik bogʻchaga, maktabga berilishi, ishga qabul qilinishida talab qilinadigan eng asosiy, kerakli hujjat vazifasini oʻtagan. Shuningdek, eng avvalo, propiska tizimi fuqarolarga, propiska qilingan joyida istiqomat qilish huquqini ham taqdim qilar edi. Propiskaga ega boʻlmagan SSSR fuqarosi yuqoridagi imtiyozlardan foydalana olmas edi.
Faqatgina 1990-yilga kelib, SSSR Konstitutsiyaviy Qoʻmitasi tomonidan, propiska tizimi fuqarolarning bir

qator huquqlarini cheklab
kelayotgani va bu SSSR Konstitutsiyasiga zid ekani eʼtirof etilib, ushbu tizimni 1992-yil 1-yanvardan bekor qilish haqida qaror qabul qilinadi. Bu orada SSSR
parchalanib ketishi ish oxiriga yetmay qolib ketishiga sabab boʻladi.
2-BOʻLIM. MUSTAQILLIKDAN KEYINGI HOLAT
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamiyatning har bir faol aʼzolari tomonidan Toshkent shahri propiska tizimi keng muhokama qilinib kelindi. Toshkent propiskasini Konstitutsiyaning bir qator normalariga zid ekanligi chuqur oʻrganilmagan va natijada bu tizim yillar davomida inson huquqlariga oʻz tasirini oʻtkazib kelgan.
Biz bilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bir joydan

ikkinchi joyga koʻchganlarida vaqtinchalik yoki doimiy roʻyxatdan oʻtishlari shart. Doimiy roʻyxatdan oʻtish (keyingi oʻrinlarda doimiy
propiska deb toʻxtalamiz) cheklanmagan muddatga boʻlib,
vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish esa, shu hududda dastlab 6 oy (keyinchalik 1 yil) davomida istiqomat qilish imkoniyatini bergan. Ikkala roʻyxatdan oʻtish tizimining bir-biridan farqi, bu ular beradigan imkoniyatlarga bogʻliq boʻlib, yaqqol tafovutni Toshkent shahri misolida koʻrishimiz mumkin. Chunki ushbu hududdagi doimiy propiska tizimi fuqarolarga bir qator imkoniyatlarni taqdim qilib kelgan. Dastlab, Toshkent shahri doimiy propiska tizimining vujudga kelish asoslari va uning taʼsiriga toʻxtalib oʻtamiz.
1999-yil fevralda, Toshkent shahrida sodir boʻlgan bir qator terroristik aktlar hamda bu harakatlarni sodir etgan shaxslarning asosiy qismi ushbu hududga noqonuniy tartibda
roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilib kelganliklari, Toshkent
shahrida ushbu tizim kuchaytirilishiga norasmiy sabab sifatida
koʻrsatiladi. Shundan boshlab, Toshkent shahrida doimiy
roʻyxatdan oʻtish tartibi hududga endi kelgan fuqarolar uchun
muammolardan biriga aylana boshlaydi. Chunki Toshkent
shahar hokimiyati qoshida maxsus komissiyalar tashkil etilib, fuqarolarni doimiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi ular orqali

amalga oshirish yoʻlga qoʻyiladi. Komissiyaga fuqarolar doimiy roʻyxatga
olishni soʻrab murojaat qilganlarida, murojaatlar rad etilgan. Bu jarayon 2011-yildan yangi tus oladi va Toshkent shahrida aholiga bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqargan propiska tizimi uchun huquqiy asoslar vujudga keladi.
2011-yil 14 sentabrda, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 296-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni1 hamda 2012-yil 16-fevralda, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida

doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 41-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori2 (VMQ) qabul qilinadi.

Huquqiy asoslarda belgi-langan | |||||||||
12 toifa tor doiradagi fuqarolarning | |||||||||
manfaatlarini | himoya | qilib, ushbu | |||||||
guruhga | mansub | boʻlmaclik | |||||||
fuqarolarning | manfaatlari | inkor | |||||||
etilishiga | sabab boʻlgan. | Misol | |||||||
uchun, fuqarolarning 12 toifasi sifa- | |||||||||
tida, | oldin | Toshkent | shahrida | ||||||
propiskaga | ega | boʻlgan, | 2012-yil |
15-martga qadar koʻchmas mulk sotib olganlar, davlat xizmatchilari, shuningdek, harbiy xizmatchilar, er-xotindan birining doimiy propiskaga egaligi, yaqin qarindoshlardan birining Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega ekanligi belgilangan.
Propiska tizimi boʻyicha ilmiy izlanish olib borgan Raʼno Toʻrayevaning fikriga koʻra, Toshkent shahri doimiy propiska tizimi boshqa post-covet davlatlari kabi aholining tinchligi va xavfsizligini
- https://lex.uz/docs/1869805
- https://lex.uz/docs/1960401
taʼminlash maqsadida tashkil etilgan 3 boʻlib, Toshkent shahar doimiy
propiskasi boshqa viloyatlardan kelgan fuqarolarga quyidagi holatlarda juda ham muhim hujjat vazifasini oʻtagan:
Birinchidan, boshqa viloyatlardan Toshkent shahriga turli xil masalalar
bilan kelgan fuqaro, belgilangan 7 kun (keyinchalik
15 kun) davomida vaqtinchalik yoki doimiy roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilishi, uning maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga olib kelar va bu kabi muammo bilan asosan talabalar yoki noqonuniy istiqomat qilib ishlayotganlar toʻqnash kelar edi.
Ikkinchidan, Toshkent shahridagi poliklinikalardan biriga fuqaro doimiy yoki vaqtinchalik propiskadan oʻtmasdan borishi tibbiy muassasa tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilishini rad etishga sabab boʻlgan, shuningdek, ota-ona farzandlarini bogʻchaga, maktabga berish jarayonida asosiy hujjatga aylanib, uning boʻlmasligi farzandlarini muassasaga qabul qilishni rad etishgacha olib kelardi. Ish, oʻqish yoki turli masalalar bilan boshqa hududda istiqomat qilib, saylov huquqidan faqatgina doimiy propiskadan oʻtgan hududida foydalanishlari mumkinligi kabi mayda
muammolarni vujudga keltirardi.
Uchinchidan, Toshkent shahrida doimiy propiska tomonidan


berilgan imkoniyatlardan yana biri kadrlar masalasi bilan

bogʻliq boʻlib 4 , ish beruvchi fuqaroni ishga qabul

qilishida uning kuchli, bilimli salohiyati emas, balki

asosiy shartlardan biri hisoblangan Toshkent shahrida
doimiy propiska qilinganligiga eʼtibor qaratar va unga


ega boʻlmagan fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etar edi.
Chunki 2018-yil fevraliga qadar ish beruvchilar propiskaga ega
boʻlmagan shaxsga ish berishi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 223-moddasi 3-qismiga binoan, eng kam ish haqining 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishiga olib kelgan.
Toʻrtinchidan, Toshkent shahri doimiy propiskasining saqlanib qolgan eng katta taʼsirlaridan biri bu koʻchmas mulk sotib olishga nisbatandir.
- https://www.researchgate.net/publication/284899042_Migration_and_Identity_the_Uzbek_experience
- https://www.researchgate.net/publication/284899042_Migration_and_Identity_the_Uzbek_experience
Koʻchmas mulk sotib oluvchi Toshkent shahrida doimiy propiskaga roʻyxatdan oʻtmasdan turib, poytaxtdan oʻz nomiga koʻchmas mulkni rasmiylashtira olmaydi. Chunki koʻchmas mulkni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga murojaat qilinganda, Toshkent shahrida doimiy propiska qilinganligi asosiy talab sifatida koʻchmas mulk rasmiylashtirilishiga asos boʻlib xizmat qilardi, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy propiskaning boʻlmasligi rasmiylashtirishni rad etishga olib kelardi.
Bu tizim natijasida, qonun hujjatida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi

fuqarolarining 12 toifasining birortasiga ham mansub boʻlmagan fuqarolar, Toshkent shahrida doimiy propiskadan oʻtishni yoki koʻchmas mulk sotib olishning boshqa yoʻllarini
topishga majbur boʻlganlar. Buning uchun Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan shaxs bilan soxta nikoh qurish yoki yaqin qarindoshlar orqali (bunda propiskasi bor shaxs ota-onalarini propiskaga qoʻydirib, keyinchalik ular orqali qolgan yaqin qarindoshlarini5 roʻyxatga qoʻydirgan) Toshkent shahrida doimiy propiskaga roʻyxatdan oʻtishgan. Shuningdek, agar fuqaro Toshkent shahridan doimiy propiskasiz koʻchmas mulk sotib olmoqchi boʻlsa, Toshkent shahrida doimiy propiskasi boʻlgan shaxs nomiga rasmiylashtirgan. Agar nizo vujudga kelsa, sud mulkdor emas, balki koʻchmas mulk kimning nomiga rasmiylashtirilgan boʻlsa, uning hisobiga ishni hal qilgan.
3-BOʻLIM. KONSTITUTSIYA, PROPISKA VA VAQTINCHALIK ROʻYXATGA OLISH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING OʻZARO MUNOSABATI
Toshkent shahridagi doimiy propiska tizimining taʼsiri va holati haqida tasavvurga ega boʻlganimizdan soʻng, bu tizimning Konstitutsiya va qonunlarga naqadar mos boʻlmaganligiga toʻxtalib oʻtamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasi6,
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga koʻchish, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan
mustasnodir”, deb fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqini kafolatlamoqda.

Huquqda, bir joydan ikkinchi joyga koʻchish huquqi
fuqarolarning tabiiy huquqlaridan biridir. Tabiiy
huquqlar sifatida, inson tugʻilishi va uning vafot
etguniga qadar u bilan birgalikda hamroh boʻladigan,
hatto davlat ham ayrim istisno holatlardan tashqari
uni cheklay olmaydigan, insondan uni ajratib
boʻlmaydigan ajralmas huquqlar tushuniladi7.
Misol uchun, yashash huquqini koʻrishimiz mumkin. Hech kim boshqa bir shaxsni yashash huquqidan mahrum qila olmasligi va huquqning cheklanishi uning hayotiga tahdid boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Konstitutsiyaning 28-moddasida barcha fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududida bir joydan ikkinchi joyga koʻchish, uning hududidan chiqishi yoki hududiga kirish huquqlari borligini belgilab, huquq uchun cheklov faqat qonunda, yaʼni qonun ijodkorligi (parlament) orqali belgilanishi koʻrsatib oʻtilgan. Milliy qonunchilik tizimida bir joydan ikkinchi joyga koʻchish huquqiga oid cheklovlar qonun orqali aniq belgilanmagan boʻlib, lekin cheklov sifatida, shaxslarning sodir etgan jinoyatlari uchun ozodlikdan mahrum etilishi yoki alimentni oʻz vaqtida
toʻlamaslik natijasida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqishining cheklanishini koʻrishimiz mumkin.
Toshkent shahridagi doimiy propiska tizimiga oid qonun va qaror, fuqarolarning bir joydan

ikkinchi joyga koʻchishlarini
belgilashda toifalarga ajratish va qoʻshimcha cheklovlarning yaratilishi,
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyada belgilangan normalarga qarama-qarshiliklarni keltirib chiqargan. Buni biz Konstitutsiyaning 28-moddasida koʻrishimiz mumkin.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 18-mod-dasida, “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar 8 ”, deya belgilangan. Bu esa, Konstitutsiya normalari va Toshkent shahri doimiy propiska tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasidagi tafovutlarning oshishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy propiska tizimi orqali bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yurish huquqini yuqoridagi qonun hamda qonun osti hujjatlariga asoslangan holda tartibga solinishi, parlamentga tegishli qonun ijodkorligini amalga oshirish jarayonida ijro hokimiyatining ham aralashuvi va bu vakolatdan u ham foydalanganligini shubha ostiga qoʻyadi. Chunki bir joydan ikkinchi joyga koʻchish huquqiga oid cheklovlarning huquqiy asosi sifatida Vazirlar Mahkamasi qarorlari rol oʻynab kelganligini uchratishimiz mumkin.
Toshkent shahri doimiy propiska tizimining saqlanib kelgan eng katta taʼsirlaridan biri koʻchmas mulk sotib olishda boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga binoan,
“Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli. Bankka qoʻyilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi9”, deya belgilanib, koʻchmas mulk bilan bogʻliq cheklovlar belgilanishi nazarda tutilmayabdi.
Ushbu vaziyatda, bir joydan ikkinchi joyga koʻchish huquqini cheklash uchun joriy etilgan Toshkent shahridagi doimiy propiska tizimi, boshqa huquqlarga ham taʼsir oʻtkazgan. Koʻchmas mulk oldi- sotdi shartnomalarini tuzishda Toshkent shahri doimiy propiska tizimi
shartnoma tuzishning asosiy shartlaridan biri sifatida Fuqarolik kodeksida belgilanmaganligi, lekin
shartnoma tuzishdagi asosiy shart sifatida Vazirlar

Mahkamasi qarorida belgilanganligi, qonun va qonun osti hujjat oʻrtasida tafovutni vujudga keltirib chiqarishiga sabab boʻlgan. Hamda Oʻzbekiston Respublikasining 296-sonli qonunining 1-bandiga binoan, koʻchmas mulk sotib olganlar Toshkent shahrida doimiy propiska qilinishi koʻrsatilib, lekin Vazirlar Mahkamasi qarori, yaʼni qonun osti hujjati 2012-yil martga qadar koʻchmas mulk sotib olganlarning mulkdor boʻlish huquqini cheklab kelgan.
4-BOʻLIM. YANGI OʻZBEKISTON VA PROPISKA TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR
Soʻnggi 4 yil davomida, Toshkent shahri doimiy propiska tizimida ham islohotlar olib borildi. Buni biz 2018-yildagi Harakatlar Strategiyasining navbatdagi dasturi qonun ustuvorligi va sud huquq islohotlari yoʻnalishining 54-koʻrsatkichiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy roʻyxatdan oʻtish (propiska) tizimini bekor qilish taklifi kiritilishi va Adliya vazirligining Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy propiska tizimini bekor qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi kiritishida koʻrishimiz mumkin. Lekin qaror loyihasiga binoan, Toshkent shahar doimiy propiska tizimida kutilgan oʻzgarishlar sodir boʻlmadi, uning oʻrniga Toshkent shahri doimiy propiskasiga bogʻliq boʻlgan ishga joylashish kabi bir qator cheklovlar oʻz yechimini topdi.
Islohotlar natijasida, Toshkent shahridagi doimiy propiska tizimi bir
joydan ikkinchi joyga koʻchish va mulkdor boʻlish huquqiga boʻlgan oʻz taʼsirini biroz saqlab qoldi. Buni biz, VMQ 41-sonli doimiy qarorning oʻz kuchini yoʻqotishi va uning oʻrniga “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska

qilish tartibini yanada soddalashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1049-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori 10
(VMQ) qabul qilinishida koʻrishimiz mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining 296-sonli qonuniga binoan,
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining belgilangan 12
toifasidan biriga mansub boʻlgan fuqarolar bir joydan ikkinchi joyga koʻchish huquqini Toshkent shahrida doimiy propiskaga roʻyxatdan oʻtkazish orqali belgilanishi hamda buning natijasida koʻchmas mulk sotib olish huquqini qoʻlga kiritishi mumkin.
2020-yil 24-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida, “ichki migratsiyani erkinlashtirishdan iborat va buning uchun, parlament va hukumat 2020-yil 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish
- https://lex.uz/pdfs/4672438#4685523
boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganib, aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim”ligini taʼkidlab oʻtdilar11.
Buning amaliy natijasi sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5984-son farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmonga binoan, “doimiy propiska qilish” va “turgan joyi boʻyicha hisobga olish” tushunchalari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” hamda “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” tushunchalariga oʻzgartirildi. Shu bilan birga, fuqarolarga birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarini oʻzining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatda boʻlgan manzil bilan bir qatorda, egaligida boʻlgan uy-joy maydoniga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish imkoniyati yaratildi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega boʻlish uchun bu hududlarda doimiy roʻyxatda boʻlish talabi bekor boʻldi. Fuqarolarning toifalaridan kelib chiquvchi bir qator cheklovlar olib tashlandi.
Oʻtgan yilning aprel oyida doimiy propiska tizimi isloh qilinganidan toki 2021-yil 4-martiga qadar:
- Toshkent shahrida – 84 ming 190 nafar;
- Toshkent viloyatida – 18 ming 60 nafar fuqarolar doimiy roʻyxatga olindi.
Yanada qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida boʻlgan uy-joy maydoniga ham doimiy roʻyxatga turish imkoniyati yaratildi. Yaʼni boshqa viloyatda doimiy roʻyxatda boʻlgan fuqaro Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan koʻchmas mulk sotib olgandan keyin, avvalo, oʻzi shu manzilga doimiy roʻyxatga oʻtadigan boʻldi. Soʻngra oilasi (turmush oʻrtogʻi, farzandlari)ni, agar xohlasa, ota-onasi, bobo-buvisi va nabiralarini ham doimiy roʻyxatga oʻtkazishi mumkin boʻldi.
- https://president.uz/uz/lists/view/3324
Mamlakat fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olish bilan bogʻliq ishlar kelgusida idoralararo elektron hamkorlik orqali “yagona darcha” tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshirilishi nazarda tutilayotgani, ortiqcha ovoragarchiliklar va byurokratik toʻsiqlarga chek qoʻyadi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqish tartibi bekor qilindi. “Manzil” dasturi orqali roʻyxatga olish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida –
2020-yil 1-sentabrdan boshlab amal qilmoqda. Ushbu tartib Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.
5-BOʻLIM. SAVOL – JAVOB
Fuqarolikni qayd etish nima va u qay tartibda amalga oshiriladi? Fuqarolikni qayd etish – Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi
muayyan istiqomat joyida shaxsning doimiy yoki vaqtincha yashab turishi faktini ichki ishlar organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatga olishdir.
Vaqtincha turgan joyi boʻyicha qayd etish shaxsning oʻzi belgilagan istiqomat joyida boʻlishi davrida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bilan bogʻliq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali “yagona darcha” tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini “Manzil” tizimi orqali doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish:
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida – 2020-yil 1-sentabrdan;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi.
Roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati qanchani tashkil qiladi?
- 2020-yil 1-sentabrdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi.
Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini buzganlik Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli hudud va manzildan chiqarib yuborish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi.
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining muayyan hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tegishincha ushbu hududning boshqa manzilida istiqomat qilsa, turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olinishi shart emas va u pasport tizimi qoidalarini buzgan deb hisoblanmaydi.
Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish
uchun qancha muddat talab etiladi?
2020-yil 1-sentabrdan boshlab, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni rasmiylashtirish bir kun ichida amalga oshiriladi.
2020-yil 1-sentabrdan qanday tartiblar bekor qilindi:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqish tartibi bekor qilindi;
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga roʻyxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilindi;
- doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda harbiy xizmatga majburlarning mudofaa ishlari boʻlimlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borishi tartibi bekor qilindi.
Toshkent shahrida koʻch-mas mulk sotib olishda Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻy-
xatga olinganligi talab qilinadimi?
2020-yil 1-apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulk sotib olishda Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy
yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi talab qilinmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar toifasiga kimlar kiradi?
- qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari – xususiy mulk qilib olingan uy-joyga;
- qarindoshlar – oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga yoki xususiy mulki boʻlgan boshqa

uy-joy maydoniga;
- vasiylik va homiylikdagi shaxslar hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar – vasiy (homiy), tutingan ota-ona doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
- ota-onasi boʻlmagan, voyaga yetmagan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan hamda oʻz oilasi boʻlmagan voyaga yetgan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar – oʻzlarining tugʻishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
- er (xotin) – xotini (eri) doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
- Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar – ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda;
- Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar – ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda;
- ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar – doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida;
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari);
- qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari);
- davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi
mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining
iltimosnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari);
- Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida joylashgan davlat hokimiyati organlarida, davlat boshqaruvi organlarida, xoʻjalik birlashmalarida va boshqa davlat tashkilotlarida 5 yil mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari), shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan bolalari);
- Nizomga muvofiq uy-joy bilan taʼminlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari).
Chet el fuqarolari uchun doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat kimlar uchun, qaysi holatda beriladi?
Xorijiy shaxsning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston
Respublikasida doimiy yashash huquqini amalga oshirishini tasdiqlovchi hujjat sifatida Yashash guvohnomasi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi quyidagi shaxslarga beriladi:
- Xorijiy shaxsga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash guvohnomalari, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi Oʻzbekiston
Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning istiqomat joyida beriladi.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat
qiluvchi, chet elga joʻnab ketuvchi fuqaroligi

boʻlmagan shaxsga beriladi.
Chet el fuqarolari yashash guvohnomasini olish uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi talab etiladi:
- Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha ariza;
- vakolatli organlar tomonidan berilgan va arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat;
- kattaligi 35×45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat;
- istiqomat joyidan oila aʼzolari koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
- nikoh toʻgʻrisida guvohnoma.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olish tartibi qanday?
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan fuqarolar Oʻzbekistonda vaqtincha yoki doimiy boʻlishlari mumkin.
- Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek, boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda muayyan joyda doimiy yashayotganligi yoki vaqtincha boʻlib turganligi faktini belgilashni nazarda tutadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR | |||
Normativ-huquqiy hujjatlar: | |||
1. Oʻzbekiston | Respublikasi | Konstitutsiyasi | (2021) |
- Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeks (2021) http://lex.uz
- Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining
roʻyxati toʻgʻrisida”gi OʻRQ–296-sonli qonuni. https://lex.uz/docs/4811010?ONDATE=14.05.2020%2000#4811450
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PF–5984-son Farmoni. https://lex.uz/docs/4823523?ONDATE=23.05.2020% 2000#4828229
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston
Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. https://lex.uz/pdfs/ 4672438#4685523
Ilmiy manbalar:
- Malika Tukmadiyeva. Propiska as a Tool of Discrimination in Central Asia. The Central Asia Fellowship Papers. No. 12, January 2016.
- Robert Conquest and V.V. Kondrashin, The Harvest of Sorrow: Soviet Collectivization and the Terror-Famine. New York: Oxford University Press, 1986. Voprosy istorii, no.6: 176-81. 23.
- Cynthia Buckley. The Myth of Managed Migration: Migration Control and Market in the Soviet Period. P: Association for Slavic, East European, and Eurasian Studies.
- Э.А.Гаянова. Паспорт как вид документа, эго появление И развитие// Секретноэ дело. – 2004.
Internet manbalar:
- http://cer.uz
- https://zamin.uz
- http://edu.uz
- https://www.norma.uz
- http://shosh.uz
- http://www.wipo.int
ABDUVALIYEV MAQSUDJON ABDURASHID O‘G‘LI
DOIMIY VA VAQTINCHALIK ROʻYXATGA OLISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir
Muharrir
Musahhih
Texnik muharrir
Dizayner
O. Choriyev
Sh. Jahonov
M. Patillayeva
U. Sapayev
D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,4 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 84-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
24