KIRISH
Fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida adolatlilikni taʼminlash, fuqarolarning buzilgan huquq va manfaatlarini taʼminlash orqali ularning odil sudlovga ishonchini qaytarish, fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan protsessual tartib-qoidalarga, muddatlarga qatʼiy amal qilishini taʼminlash tizimini takomillashtirish lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida belgilanganidek, “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shart”.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida protsessual tartiblarga qatʼiy, ogʻishmay amal qilinishini taʼminlash, yaʼni sud ishtirokchilarini, taraflar, guvoh, mutaxassis, tarjimon, ekspert, prokuror, advokatlar va boshqalarni, sudning belgilangan vaqtida ishtirokini taʼminlash, sud jarayonida tartibga qatʼiy amal qilish, sud tomonidan belgilangan huquqiy taʼsir choralariga ogʻishmay amal qilishni taʼminlash orqali fuqarolik sud ishlarini yuritishni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqishni taʼminlash mumkin.
Keng jamoatchilikka protsessual majburlov choralarini to‘g‘ri qo‘llanilishi tartibi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida mazkur risola tayyorlandi.
Ushbu risolada fuqarolik sudlarida majburlov choralarini, ularning turlari, sud tizimidagi ahamiyati, majburlov choralarini qo‘llash asoslari va tartibi hamma uchun tushunarli tilda bayon qilingan.
Shuningdek, risolada majburlov choralarini qo‘llash jarayonida shaxslarning huquqlari buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar va ularni qo‘llash bilan bog‘liq savollarga javoblar bilan tanishishingiz mumkin.
1. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORASI NIMA?

Protsessual majburlov chorasi – sud ishlarini yuritish jarayonida sud tartibini saqlash, protsessual tartibga ogʻishmay amal qilinishini taʼminlash
maqsadida, Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollarda yoki sud tomonidan shart deb topilgan hollarda, sudning ajrimi asosida
qoʻllaniladigan majburlov choralari hisoblanadi.
Britaniyaning mashhur huquqshunoslaridan biri Fiona Simpsonning fikriga koʻra, sud buyrugʻiga qasddan boʻysunmaslik yoki sud muhokamasi jarayonida olingan majburiyatni buzish sudga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi va majburlov choralarini qoʻllashga sabab boʻladi.
Protsessual majburlov choralarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar quyidagilar:
– Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi
(60,62,86,92,110,144, 145, 146,222,223, 313);
– Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1024-sonli qarori asosida “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom;
– Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni;
– Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (238, 240-moddalari);
– Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi.

- FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA QANDAY PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI BOR?
Sir emaski, bugungi kunda fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida, amaliyotida sud ishtirokchilarini sud majlisida oʻz vaqtida qatnashmasligi, sud majlisiga kelmaslik, sudning belgilangan tartiblari va huquqiy taʼsir choralariga amal qilmaslik holatlari koʻplab duch kelish mumkin. Buning natijasida belgilangan protsessual muddatlarga amal qilmaslik holatlari, sud tomonidan ishni koʻrish muddatlari choʻzilishiga olib kelmoqda. Bu fuqarolarning huquq va erkinliklarini oʻz vaqtida va adolatli koʻrib hal qilishga toʻsqinlik qiladi.
Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati yuzaga keldi. Amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarni inobatga olgan holda, xorijiy tajribalar asosida oʻrganib chiqildi. Buning natijasida 2018-yil ishlab chiqilgan Fuqarolik protsessual kodeksiga yangi 14-“Protsessual majburlov choralari” bobi kiritildi. Ushbu bob qoʻshilishi bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga majburlov chorasi, ogohlantirish, sud majlisidan chiqarib yuborish, sud jarimasi kabi protsessual choralar qoʻshildi. Bu har bir majburlov choralarini fuqarolik qonunchiligiga kiritishini sud ishlarini yuritish jarayonida yuzaga kelgan holatlar taqazo qildi.
Yodda saqlang!
Protsessual majburlov choralari:
- ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual tartiblarga ogʻishmay rioya qilishini taʼminlaydi;
- sud protsessining oʻz vaqtida va sifatli olib borilishiga koʻmaklashadi;
- protsessual majburlov choralari instituti nufuzini oshirishga xizmat qiladi;
- protsessual muddat (vaqt)ni tejaydi;
- sudda protsessual majburiyat va intizomni mustahkamlaydi.
Yangi tahrirda qabul qilingan Fuqarolik protsessual huquqiga ko‘ra, fuqarolik sud ishlarini yuritishda quyidagi protsessual majburlov choralari mavjud:

Garchi protsessual qonunchiligimizda yuqoridagi majburlov choralari belgilangan bo‘lishiga qaramasdan, fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida majburlov choralari yaxshi ishlamayotganligi sir emas. Shuningdek, ahamiyatli jihati majburlov choralarini qo‘llash fuqarolik sud ishlarini yuritish turidan kelib chiqib qo‘llaniladi. Maʼlumki, fuqarolik sudlarida quyida ish yuritish turlari mavjud:

Protsessual majburlov choralari asosan daʼvo (umumiy) tartibda koʻrib chiqiladigan sud ishlarida qoʻllaniladi. Maʼlumki, daʼvo tartibidagi ishlarda daʼvogar va javobgar sifatida taraflar ishtirok etadi va taraflar oʻrtasida nizo boʻladi.

NIZO
Daʼvogar Javobgar
- MAJBURLOV CHORALARINI SUD TIZIMIDAGI AHAMIYATI

Protsessual majburlov choralari sud ishlarini o‘z vaqtida, xolisona va adolatli ko‘rib chiqishga imkon beradi,
sud tarkibini va protsessual qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarni og‘ishmasdan amal qilinishini taʼminlaydi. Eng muhimi sud ishlarini koʻrish muddatlarini choʻzilib ketishining oldini oladi.
Eʼtibor bering!
Sud ishni koʻrib chiqib, hal qilish uchun qonunchilikda
belgilangan muddatlar:
Amaldagi fuqarolik protsessual qonunchiligimizga koʻra, sudya manfaatdor shaxslardan kelib tushgan arizalarni oʻn kunlik muddatda arizani qabul qilish yoki qabul qilishni rad qilishni hal qiladi. Ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay sudya tomonidan fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash choralari koʻriladi. Fuqarolik ishi sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay sud tomonidan koʻrib hal qiluv qarori chiqarilishi lozim. Bundan tashqari fuqarolik ishi oʻta murakkab yoki qoʻshimcha oʻrganishni talab qilinsa sudyaning asoslantirilgan ajrimiga koʻra, sud ishni koʻrish muddati ikki oygacha uzaytirishi mumkin. Umumiy olib qaraganda, barcha protsessual normalar va muddatlarga amal qilib ish koʻrib chiqilsa, bitta fuqarolik ishi ikki yoki uch oy muddatda koʻrib chiqiladi
Lekin, sir emaski amaliyotda fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonidan taraflarning sud majlisida hozir boʻlmasligi oqibatida sud muhokamasi keyinga qoldirish holatlari koʻp uchramoqda. Bu ham qoʻshimcha vaqt talab qiladi. Ikkinchi marta ham sud majlisida
qatnashmagan tarafga sud tomonidan zarur deb topilsa, majburiy keltirish
protsessual majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi mumkin. Bu ham muammoni toʻliq yechimi emas. Agar sud majlisiga
kelmagan taraf yashash manzili noma’lum boʻlsa, bu shaxsga nisbatan zarur deb topilsa, qidiruv eʼlon qilinishi mumkin. Koʻrinib turibdiki, bu
holat oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni soʻrab sudga murojaat qilgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash kechikishiga olib
keladi.
Misol uchun:
Fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida taraflarning sud majlisiga o‘z vaqtida kelmaslik holatlari, asosan, oilaviy nizolarda sud tartibini buzish holatlari ko‘plab uchratishimiz mumkin. Bunday holatlarda sudya protsessual qonunchilikda belgilangan tartibga asosan sud ish yuritishini keyinga qoldirish holatlari juda koʻp ekanligini koʻrishimiz mumkin. Bu sud ishni koʻrish muddatlarini choʻzilishiga olib keladi.
Protsessual majburlov choralari quyidagilarga xizmat qiladi:
- ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual tartiblarga ogʻishmay rioya qilishini taʼminlaydi;
- sud protsessining oʻz vaqtida va sifatli olib borilishiga koʻmaklashadi;
- protsessual majburlov choralari instituti nufuzini oshirishga xizmat
qiladi;
- protsessual muddat (vaqt)ni tejaydi;
- sudda protsessual majburiyat va intizomni mustahkamlaydi.
- SUD ISHIGA MAJBURIY KELTIRISHNI ASOSLARI VA
QOʻLLASHDAGI CHEKLOVLAR
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 144-moddasida ko‘rsatilishicha, agar ushbu kodeksning 313-moddasiga muvofiq sud muhokamasida ishtirok etishi shart bo‘lgan yoki sudga kelishi ushbu kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yohud kelmaganligi sabablarini maʼlum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 313-moddasida fuqarolik sud ishini koʻrib chiqish belgilangan. Unga koʻra, sud fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishni prokuror hamda vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida koʻrib chiqadi. Ishi koʻrib chiqilayotgan fuqaro, agar uning sogʻligʻining holati imkon bersa, sud majlisiga chaqiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqa-rolik protsessual kodeksining 222-moddasida “Guvoh, ekspert, muta-xassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoʻqligida koʻrish mumkinligi toʻgʻ-risidagi fikrlarini eshitadi va sud muhokamasini davom ettirish yoki ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida ajrim chiqaradi.

Agar chaqirilgan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, ularga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin. Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv boʻyicha sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin” ekanligi belgilab berilgan. Ushbu moddaga koʻra, agar sudda ishtirok etuvchi uchinchi shaxslar sud majlisi vaqtida sudda hozir boʻlmasalar, sud tomonidan ularning ishtirokisiz sud majlisini oʻtkazish mumkin yoki mumkin emaslik masalasi koʻrib chiqiladi. Agarda tarjimon, mutaxassis, guvoh, ekspertning ishtirokisiz ishni koʻrishining imkoni boʻlmasa sud majlisini koʻrish keyinga qoldiriladi.
Fuqarolik protsessual qonunchiligimizda bir necha istisno holatlar belgilangan, yaʼni quyidagi shaxslarga nisbatan majburiy keltirish protsessual majburlov chorasi qo‘llanilmaydi1:
- Z.N. Esanova. Fuqarolik sud ishlarini yuritishda protsessual majburlov choralari: (asoslari, tartibi, bu sohadagi yangiliklar). / Yuridik fanlar axborotnomasi. TDYU. B.-10

Majburiy keltirish protsessual majburlov chorasi darhol ijro etilishi lozim. Sudning protsessual majburlov chorasini qoʻllash haqidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin, lekin u majburiy keltirish ijrosini toʻxtatmaydi.
Eʼtibor bering

Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirish to‘g‘risidagi ajrimni ijro etishda
shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga amal qilishi, uning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi hamda majburiy keltirilayotgan shaxsga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi shart. Shaxsni majburiy keltirish soat 06:00 dan 22:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida amalga oshiriladi.
- OGOHLANTIRISH VA SUD ZALIDAN CHIQARIB YUBORISH MAJBURLOV CHORASI

Maʼlumki, sud muhokamasi paytida sud tartibiga qatʼiy amal qilish sud ishini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib hal etishga imkon beradi. Lekin amaliyotda sud jarayonida sudning belgilangan tartibini buzish holatlari ham mavjud.
Sud ish yuritish jarayonida sud ishtirokchilari, taraflar, mutaxassis, tarjimon, ekspert va boshqa shaxslar, hattoki sud raisining farmoyishlariga boʻysunmagan prokuror va advokatlar ham sud tomonidan ogohlantirilishi mumkin. Ogohlantirilgan shaxs sud tartibini buzishda davom etsa, yoki qaytadan sud tartibini buzsa, sud tomonidan shaxsga nisbatan sud zalidan chiqarib yuborish protsessual majburlov chorasini qoʻllash mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik protsessual
kodeksining 145-moddasiga ko‘ra, sud majlisida taraflardan yoki uchinchi shaxslardan biri tartibni buzgan taqdirda sud tartibni buzgan shaxsni ishni ko‘rishning hamma vaqtiga, agar shaxsning sud muhokamasida hozir bo‘lmasligi ishni yuritish va mazmunan ko‘rishga xalaqit bermaydi deb hisoblansa, yohud uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi.
Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qo‘yilganda raislik qiluvchi uni zalda yo‘q bo‘lganda amalga oshirilgan
protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Bu holatda ham sud ishni koʻrish muddati uzayib ketishiga olib kelishi mumkin.
Sud protsessida prokuror yoki

advokat sudyaning qarorlariga boʻysunmagan taqdirda, ular ham belgilangan tartibda ogohlantirilishi mumkin. Mazkur shaxslar sud
tomonidan tegishli tartibda ogohlantirilgandan soʻng ham, yana tartibga boʻysunishmasa, boshqa shaxs bilan almashtirish chorasi koʻriladi.
Buning iloji boʻlmasa, fuqarolik sudi ishni koʻrishni keyinga qoldirish boʻyicha ajrim chiqarish orqali sud ish yuritishini keyinga qoldirishi mumkin.
Sudya tomonidan oʻz vakolatlarida belgilangan tartib-da xususiy ajrim chiqarishi, ushbu ajrimni yuqori turuvchi prokurorga, shuningdek, Oʻzbe-kiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy bosh-qarmasi huzurida tashkil etilgan malaka komissiyalariga yubo-rishi mumkin ekanligi belgi-langan.

6. SUD JARIMASI
Qonunchiligimizda belgilangan protsessual majburlov choralarda yana biri bu – sud jarimasi. Fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida protsess ishtirokchilari va sudda koʻrilayotgan fuqarolik ishlariga aloqasi boʻlgan sud ishida hozir boʻlgan boshqa shaxslar

ham sud tomonidan jarimaga
tortilishlari mumkin.
Sud tomonidan jarimalarini solishdan koʻzlangan asosiy maqsad sudda fuqarolik ishlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrilishini taʼminlash, sud protsessida belgilangan tartibni saqlash hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning oʻz zimmalaridagi protsessual burchlarni bajarilishini taʼminlashdan iboratdir.
Sud jarimalari kimlarga nisbatan qoʻllaniladi? Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual

kodeksiga koʻra:
- Ekspert va mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa;
- Guvoh bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik, sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra, koʻrsatuv berishni rad etganlik yoki undan boʻyin tovlaganlik;
Tashkilotlar yoki fuqarolar tomonidan sud talab qilayotgan yozma yoki ashyoviy dalillarni sudga taqdim etmasalar yoki uzrli sabablari mavjud ekanligini maʼlum qilmaslar.
Yuqoridagi holatlarda Fuqarolik protsessual kodeksining 146-moddasi boʻyicha jarima solinishi mumkin.
Eslatma:
Jarima solinishi fuqaro yoki tashkilotning majburiyatni bajarishdan, yaʼni yozma yoki ashyoviy dalillarni taqdim etishdan ozod qilmaydi.

Sudning jarima solish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan o‘n kunlik muddat ichida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 148-moddasiga ko‘ra, fuqarolik sudlari tomonidan belgilangan jarima miqdorini kamaytirishni yoki butunlay ozod qilishni so‘rab sud ajrimi chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida iltimos qilish mumkin va iltimosnomaga ko‘ra sud shaxsni xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Bu holatda arizachini sudga kelish yoki kelmasligi ahamiyatga ega emas.
- XORIJIY DAVLATLARDA PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI
Xorijiy davlatlar tajribasida, jumladan Germaniya davlati majburlov choralari tizimi samarali tashkil qilingan. Germaniya Fuqarolik protsessual kodeksiga koʻra, Fuqarolik sud jarayonlarida quyidagi majburlov choralari belgilangan:

Eʼtibor bering!
Agarda sud jarimasi tayinlangan shaxs maʼmuriy jarimani toʻlash imkoniyati boʻlmasa, majburan ishlab chiqarishga buyurilish mumkin. Bu majburlov choralarini samarali ishlashini taʼminlaydi.
Anglo-sakson huquq tizimida majburlov choralari tizimi jumladan, Angliya davlati tajribasida majburlov choralari qo‘llash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Angliyada davlatida 1981-yilda “Sudga hurmatsizlik akti” (Contempt of Court Act) qabul qilingan va oxirgi marotaba 2020-yil 1-oktabrda oʻzgartirish kiritilgan.
Angliya tajribasida quyidagi holatlarga nisbatan sudga hurmatsizlik sifatida qaraladi.

- sud qaroriga bo‘ysunmaslik yoki ularni eʼtiborsiz qoldirish;
- fotosuratlar olish yoki sudda baqirish (sud jarayonini buzish);
- guvoh sifatida chaqirilgan bo‘lsangiz, sudning savollariga javob berishdan bosh tortish;
- sud ishi to‘g‘risida, masalan, ijtimoiy tarmoqlarda yoki Internetdagi yangiliklarda ommaviy ravishda izoh berish; Skandinaviya davlatlarida majburlov chorasi tizimini alohida taʼkidlab oʻtish lozim. Finlandiya davlatida sud jarayonini tashkil etish namunaviy tarzda tashkil etilgan va protsessual tartibni buzish holatlari kam uchraydigan holat hisoblanadi. Bu sud tizimida protsessual majburlov
choralar tizimini yaxshi yoʻlga qoʻyilganidan dalolat beradi.
Finlandiya fuqarolik protsessual qonunchiligiga koʻra, odatda sud tartibini buzish, yoki «sudga hurmatsizlik» iborasi quyidagi holatlarda namoyon boʻladi:
Taraflardan biri, yoki har ikkisi sud zalida jiddiy tartibsizlik keltirib chiqarish;
Sudyaga baqirish;
yoki hayʼat oldida guvohlik berishdan bosh tortish kabi xatti-harakatlar koʻpincha sudga nisbatan hurmatsizlik jinoiy javobgarlikka sabab boʻluvchi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Finlandiya tajribasida majburlov choralar uch guruhga boʻlinadi: shaxsga nisbatan, mulkka qarshi va odil sud tomonidan tayinlangan
majburlov choralari. Bu majburlov choralarining har birini oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan:
Shaxsga qarshi qaratilgan majburlov choralari;

Mol-mulkka qarshi qaratilgan majburlov choralari:

Muhim!
Finlandiya davlati tajribasida ham sud xarajatlarini ortiqcha sarflanishiga, kim sababchi boʻlgan boʻlsa, shu shaxs sudning boshqa ishtirokchilari tomonidan qilingan xarajatlarni ham qoplash nazarda tutiladi. Jumladan, Agar guvoh biron bir tomonni uzrsiz yoki boshqa nomuvofiqlik bilan yoʻqligi sababli sud xarajatlariga olib kelgan boʻlsa, sud guvohdan, agar bunday daʼvo qilinmasa ham, oqilona deb hisoblangan xarajatlarni qoplashni talab qilishi mumkin. Agar sud taraflardan qarama-qarshi tomonga tovon puli toʻlashni buyurgan boʻlsa va aytilgan tomon buni amalga oshirgan boʻlsa, ushbu shaxs guvohdan guvohga tovon puli toʻlashga buyurilgan narsani olishga haqlidir1. Bundan tashqari, guvoh, zarur boʻlgan sayohat va texnik xarajatlar uchun, shuningdek, ish haqini yoʻqotish uchun oqilona tovon puli olishga haqlidir. Sud oʻz tashabbusi bilan fuqarolik ishi boʻyicha guvohni chaqirganda, tomonlar tovon puli uchun birgalikda va alohida javobgar boʻladilar. Davlat mablagʻlaridan guvohga toʻlanadigan tovon puli boʻyicha alohida qoidalar qoʻllaniladi. Taraflar tomonidan chaqirilgan guvoh, uning sayohati va texnik xarajatlari uchun oldindan kompensatsiya olish huquqiga ega. Avansni kompensatsiya uchun javobgar taraf toʻlaydi.
8. PROTSESSUAL HUJJATLARDAN NAMUNALAR
SUD MAJLISI BAYONNOMASI
Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudi 2021-yil iyul oyining 24 kuni oʻz binosida ochiq sud majlisida,
Raislik etuvchi sudya: XXX
XXXning kotibligida, daʼvogar XXXning javobgar XXXga nisbatan farzandi va oʻzining taʼminoti uchun aliment undirish haqidagi daʼvo arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan fuqarolik ishi koʻrilmoqda.
Raislik etuvchi sud majlisini ochib, qanday ish koʻrilishini eʼlon qildi.
Sud majlisi kotibi sud taraflar kelganligini maʼlum qildi.
Raislik etuvchi taraflar shaxsini aniqladi.
Daʼvogar: XXX XXX XXX, 26.10.41986-yil Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oʻrta, vaqtincha ishsiz, manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Iftixor 1-tor koʻchasi, 23-uy. Shaxsi boʻyicha savollar boʻlmadi.
Javobgar: XXX XXX XXX, 30.11.1983-yil Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oʻrta, vaqtincha ishsiz, manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Iftixor 1-tor koʻchasi, 23-uy.
Shaxsi boʻyicha savollar boʻlmadi.
Raislik etuvchi sud tarkibini eʼlon qildi va rad qilish huquqini tushuntirdi.
Sud tarkibiga raddiyalar boʻlmadi.
Raislik etuvchi tomonidan taraflarga ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirdi.
Protsessual huquq va majburiyatlar tushunarli.
Raislik etuvchi taraflardan qoʻshimcha va iltimosnomalar bor-yoʻqligini soʻradi.
Taraflardan qoʻshimcha va iltimosnomalar boʻlmadi.
Raislik etuvchi daʼvo arizasini oʻqib eshittirdi.
Daʼvogar XXX: daʼvomni quvvatlayman.
Javobgar XXX: daʼvogarning daʼvo talabini qisman tan olaman.
Raislik etuvchi savoliga daʼvogar XXXXning tushuntirishi:
Daʼvo talabimni quvvatlayman. 2015-yil 29-mart kuni javobgar bilan qonuniy nikohdan oʻtib turmush qurganmiz. Birgalikdagi turmushimizdan ikki nafar farzandimiz bor. Javobgar farzandlarini moddiy jihatdan taʼminlamayapti. Farzandlarimizni moddiy jihatdan taʼminlash bir oʻzimga ogʻirlik qilmoqda.
Raislik etuvchi tomonidan javobgar sud majlisidagi tartibni buzganligi sababli ogohlantirildi. Yana qayta tartibni buzsa, sud zalidan chiqarilib yub orilishi tushuntirildi.
Sud majlisi davom etmoqda.
Javobgar tomonidan sud majlisidagi tartib yana buzildi.
Sud oʻz joyida ajrim qildi: javobgar sud majlisidagi tartibni bir necha marta buzilganligi sababli sud zalidan chiqarib yuborilsin.
Javobgar sud zalidan chiqarib yuborildi.
Sud majlisi kelgan joyidan davom etadi.
Raislik etuvchi savoliga daʼvogar: daʼvo talabimni qanoatlantirib, farzandlarim taʼminoti uchun qonunda belgilangan tartibda aliment undirishni hamda oʻzimning taʼminotim uchun 2017-yil 21-yanvar kuni tugʻilgan XXXX va 2019-yil 09-noyabr kuni tugʻilgan XXX ismli farzandim uch yoshga toʻlguniga qadar har oyda 1.000.000 soʻmdan moddiy taʼminot undirib berishingizni soʻrayman.
Raislik etuvchi daʼvogarning daʼvo tanishtirildi.
Savollar boʻlmadi.
tomonidan sud majlisiga javobgar taklif etildi. U talabi hamda sud majlisidagi tushuntirishlari bilan
Raislik etuvchi javobgar javobgar XXXning tushuntirishi:
Daʼvogarning daʼvo talabini qisman tan olaman. Haqiqatdan ham daʼvogar bilan 2015-yil 29-mart kuni qonuniy nikohdan oʻtib turmush qurganmiz. Birgalikdagi turmushimizdan ikki nafar farzandimiz bor. Oʻzaro kelishmovchiliklar sababli hozirda birga yashamayapmiz. Men har
doim farzandlarimni moddiy jihatdan taʼminlab kelganman. Bundan keyin ham qonunda belgilangan tartibda aliment toʻlashga roziman. Oylik ish haqim 3 000 000 soʻmni tashkil etadi. Qonunda belgilangan tartibda aliment undirishingizni soʻrayman.
Savollar boʻlmadi.
Raislik etuvchi taraflardan qoʻshimcha va iltimosnomalar bor-yoʻqligini soʻradi.
Taraflardan qoʻshimcha va iltimosnomalar boʻlmadi.
Raislik etuvchi ish hujjatlari bilan tanishib chiqib, sud muhokamasi yakunlanganligini eʼlon qildi hamda taraflar muzokarasiga oʻtdi.
Daʼvogar XXX: daʼvo talabimni qanoatlantirishingizni soʻrayman.
Javobgar XXX: qonuniy hal qiluv qarori qabul qilishingizni soʻrayman.
Raislik etuvchi alohida xonada qoldi. Chiqishi bilan hal qiluv qarorini oʻqib eshittirdi.
Raislik etuvchi taraflarga sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqish, unga eʼtiroz keltirish va hal qiluv qarori ustidan shikoyat keltirish tartibi va muddatlarini tushuntirdi.
Raislik etuvchi sud majlisini yopiq deb eʼlon qildi.
Raislik etuvchi: XXX
Kotib: XXX
AJRIM
(Majburiy keltirish toʻgʻrisida)
2020-yil noyabr oyining 10 kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining ochiq sud majlisi oʻz binosida boʻlib,
Raislik etuvchi; S.M.Matvaliyev,
Sudya yordamchisi A.Toʻxtamuratovning kotibligida, daʼvogar XXXXning
javobgar XXXXga nisbatan farzandi uch yoshga toʻlguniga qadar qatʼiy summada taʼminot undirish haqidagi daʼvo arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan 000000000000000000-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, sud quyidagilarni
ANIQLADI
Daʼvogar XXXX sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, unda javobgar XXXXdan farzandi uch yoshga toʻlguniga qadar taʼminot
undirib berishlikni soʻragan.
Sud majlisi kuni va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan (03.11.2020-yil va 10.11.2020-yil) taraflar sud majlisida uzrli sabablarsiz ishtirok etmadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual Kodeksining 144-moddasi 1-bandiga koʻra, sud muhokamasida ishtirok etishi shart boʻlgan yoki sudga kelishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini maʼlum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi mumkin. Mazkur ajrimning ijrosi hududiy ichki ishlar organining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organining tegishli arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Sud mazkur holatda sudya javobgarning sud ishida ishtirokini zarur deb topadi. Binobarin sud Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual Kodeksining 122, 272-273-moddalarini qoʻllab,
AJRIM QILDI
Daʼvogar XXXXning javobgar XXXXga nisbatan farzandi uch yoshga toʻlguniga qadar qatʼiy summada taʼminot undirish haqidagi daʼvo arizasi
boʻyicha fuqarolik ishini koʻrishda javobgar 15.11.2020-yilda oʻtkaziladigan sud majlisiga majburiy keltirilsin.
Majburiy keltirish protsessual harakatni amalga oshirish Toshkent shahar Mirobod tuman IIB xodimlariga yuklatilsin.
Ajrimdan norozi tomonlar ajrim ustidan 20 kun muddatda Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat keltirishlari, prokuror protest keltirishga haqli.
Raislik etuvchi XXX
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: “Oʻzbekiston”
NMIU, 2019. –76 b.
- Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi (yangi tahriri)
(https://lex.uz/docs/-3517337)
- Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (https://lex.uz/docs/-180552)
- Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (yangi tahriri)
14.12.2000
- Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyuldagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni
- Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son
- Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1024-son qarori bilan tasdiqlangan “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi.
- Civil procedure code of Ukraine with amendments and additions provided by the law of Ukraine issued on 23rd June, 2005
- Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudining 2017-yil arxiv materiallaridan.
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2017-y., 13-son, 194-modda, 15-son,
- Civil procedural code of the Republic of Kazakhstan. (Code of the Republic of Kazakhstan dated October 31, 2015 No. 377-V ZRK).
- Code of civil procedure of Turkmenistan of August 18, 2015 (as amended of the law of turkmenistan of 20.03.2017
- Code of civil procedure of the Kyrgyz Republic of January 25, 2017 no. 14 (as amended on 11-04-2020)
- Coercive Measures Act (30 April 1987/450)
- Contempt of Court Act 1981 of UK
- 1995 Police act of Finland
- Code of Judicial Procedure
DAVRONOV DONIYORBEK ABDULLO OʻGʻLI
FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir
Muharrir
Musahhih
Texnik muharrir
Dizayner
O. Choriyev
Sh. Jahonov
M. Patillayeva
U. Sapayev
D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,6 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 63-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
28