1. KREDIT TUSHUNCHASI VA UNING OʻZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Biz kundalik hayotda qarz va kredit tushunchalarini tez-tez qoʻllaymiz. Kredit oʻzi nima? Uni qarzdan qanday farqi bor?

Kredit (lot. creditum – qarz, credo – ishonaman) – pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqa), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, mud-datli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi,

maqsadli ishlatilishi shart. Kreditlar berilish muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1 yildan 5 yilgacha), uzoq muddatli (6 yildan ortiq) kreditga boʻlinadi.

Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor.

Tijorat krediti – bir xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan beriladi va odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank krediti – jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting, faktoring, xaridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor.

5

Davlat krediti – davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan kreditlar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi.

Isteʼmol krediti – aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi xarajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi.

Xalqaro kredit – muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el

korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlariga foyda olish maqsadlarida kapital qoʻyish.2

  1. https://qomus.info/encyclopedia/cat-k/kredit-uz/

6

Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamida pul aylanmasi toraytiriladi yoki kengaytiriladi, toʻlovga qobiliyatli talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi. Bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi.

Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish tadbirlari katta rol oʻynaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarining kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. Kredit tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit tashkilotlari va chet el banklarining filiallari va vakolatxonalari. Kredit tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda Kredit tizimi faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari bilan tartibga solinadi. Kreditga oid munosabatlar esa Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi” va boshqa qonun va qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi.

7

  1. ISTEʼMOL KREDITINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Isteʼmol kreditiisteʼmol ehtiyojlarini qondirish uchun qaytarishlik sharti bilan aholiga beriladigan pul mablagʻlari yoki tovarlardan iborat kredit. Odatda, aholining qimmatbaho tovarlarni xarid etishi uchun ajratiladi. Uzoq foydalanadigan tovarlar (avtomashina, uy, dala hovli, yaxta va h.) borki, ularni xarid etish uchun joriy daromadlar yetishmay qoladi, ularning narxi yuqori boʻlganidan nasiyaga olish zarurati paydo boʻladi. Isteʼmol krediti bevosita (bunda tovar egasi uni xaridorga oʻz nomidan nasiyaga sotadi va xaridorni oʻzining qarzdoriga aylantiradi) va bilvosita (bunda kreditni bank beradi, yaʼni tovar haqini toʻlab yuboradi va xaridor tovar egasidan emas, balki bankdan qarz boʻlib qoladi) kredit berish orqali amalga oshiriladi.

8

Isteʼmol krediti berilganda xaridor uchun tovar narxi oshadi, chunki u kelajakda qaytariladigan pul tarkibida tovar naqdiga sotiladigan narxdan tashqari qarz uchun foiz ham toʻlaydi. Ammo tovarlarni sotish mushkullashganda va aholining muayyan qatlamini qoʻllab-quvvatlash zarur boʻlganda foizsiz kredit ham ochiladi. Masalan, talabalarga oʻqish haqini toʻlash uchun isteʼmol krediti ochilganda foiz undirilmasligi mumkin. Firma oʻz ishchisi yoki xizmatchisiga tovar olish, oʻqish yoki davolanish uchun arzon yoki foizsiz kredit beradi. Isteʼmol krediti isteʼmolchini zamonaviy, lekin qimmatbaho tovarlardan bahramand etish, kishilarda kelajakda yaxshi daromad topishga boʻlgan intilishni hosil qilish (chunki qarzni toʻlash qoʻshimcha daromad talab qiladi) va ichki milliy bozorni kengaytirish hisobiga tovarlar sotuvini oshirib, kapital oborotini tezlashtiradi. Koʻpchilik xorijiy davlatlarda, xususan, AQSHda aholiga isteʼmol krediti berish keng rivojlangan. Ularda isteʼmolchilar kundalik ehtiyoj uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, hatto uzoq foydalaniladigan maishiy texnika, shuningdek, avtomobillar va boshqa tovarlarni ham nasiyaga olishi mumkin. Mahsulot yoki tovar haqi isteʼmolchining kelgusida ishlagan haqidan undirib olinadi.

Isteʼmol krediti hamma yerda emas, balki toʻyingan bozorda (daromad topib qarzni toʻlash imkoni bor) amal qiladi. Oʻzbekistonda 90-yillarning 2-yarmidan boshlab “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy jamgʻarma banki aholiga kvartiralar sotib olish uchun isteʼmol kreditlari ajratgan.3

  1. https://qomus.info/encyclopedia/cat-i/istemol-krediti-uz/

9

Demak, isteʼmol krediti jismoniy shaxsga (isteʼmolchiga) uning isteʼmol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.

Isteʼmol kreditining shakllari: moliyaviy isteʼmol krediti va tovar isteʼmol krediti.

Moliyaviy isteʼmol krediti sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqini toʻlash uchun pul mablagʻlari tarzida isteʼmolchiga beriladigan kreditdir.

Banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlardir.

Moliyaviy isteʼmol kreditidan foydalanilganda:

  • shartnoma isteʼmolchi tomonidan tovarni (xizmatni) sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin;
  • isteʼmolchi moliyaviy isteʼmol krediti olish toʻgʻrisida isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Moliyaviy isteʼmol krediti berish Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotning bankdagi hisobvaragʻiga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Moliyaviy isteʼmol kreditining naqd pulda berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

10

Tovar isteʼmol krediti sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash tarzida isteʼmolchiga beriladigan kreditdir. Isteʼmol tovarlarini (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tovar isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlardir.

Jismoniy shaxsning isteʼmol ehtiyojlari uchun moʻljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmol krediti obyekti boʻlishi mumkin.

Koʻchmas mulk, shuningdek, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulk isteʼmol krediti obyekti boʻlishi mumkin emas.

Isteʼmol krediti quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish uchun berilishi mumkin:

▪ uy xoʻjaligi, kompyuter texnikasi, radioelektronika va elektr jihozlari;

▪ mebel va boshqa maishiy buyumlarni sotib olish;

▪ Oʻzbekiston hududida tibbiy-profilaktika muassasalarida, dam olish maskanlarida, dam olish uylarida davolanish uchun yoʻllanmalar sotib olish;

▪ tantanalar (nikohlar, yubileylar)ni oʻtkazish; ▪ xususiy avtomobillarni taʼmirlash va boshqalar.

Kredit hajmi, muddati, foiz stavkasi, toʻlovlarni amalga oshirish grafigi isteʼmol krediti shartnomasida aks ettiriladi.

Jumladan, “Transbank” xususiy “Universal” isteʼmol krediti jismoniy maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar uchun ajratiladi.

aksiyadorlik banki tomonidan shaxs ehtiyojlarini qondirish ishlab chiqarilgan tovarlar va

“Universal” moliyaviy isteʼmol kreditlari obyekti – jismoniy shaxs ehtiyojini qondirish uchun moʻljallangan, uzoq muddat davomida

11

ishlatiladigan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan quyidagi tovarlar (ishlar, xizmatlar):

  • uy-roʻzgʻor buyumlari (idish-tovoq, suvenir, xrustal va boshqalar);
  • maxsus oʻquv kursida oʻqish toʻlovini amalga oshirish (hamshiralik, haydovchilik, kelinlikka tayyorlash, bichish-tikish, til oʻrganish va boshqalar);
  • harbiy xizmat uchun toʻlovni amalga oshirish;
  • oshirilgan (tabaqalashtirilgan) kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan talabaning oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun toʻlovini amalga oshirish (agar kontrakt qiymati ushbu qoidalar boʻyicha ajratiladigan kreditning maksimal qiymatidan koʻp boʻlsa, kontraktning ortiqcha qiymati talaba yoki uning ota-onasi yoxud vasiyning oʻz mablagʻi hisobidan toʻlanadi);
  • nogironlar aravasi va boshqa sogʻliqni tiklash anjomlari;
  • tibbiy xizmat haqini toʻlash (davolanish, tish qoʻydirish, jarrohlik operatsiyasi va boshqalar);
  • sayohat va kurort yoʻllanmalarini sotib olish (mamlakat ichida);
  • avtomobilga metan (propan) gaz moslamasini oʻrnatish xizmati toʻlovini amalga oshirish;
  • avtotransport vositasini taʼmirlash xizmati toʻlovini amalga oshirish;
  • avtomobilning ehtiyot qismlari;
  • har xil turdagi mototexnikalar (mototsikl, krosser, skuter, chopper, moped, tritsikl va boshqalar);
  • sport anjomlari (har xil turdagi velosiped va boshqa anjomlar);
  • yonilgʻi asosida elektr quvvati ishlab beruvchi uskuna (elektr generator);
  • toʻy va boshqa marosimlarni oʻtkazish uchun toʻlovni amalga oshirish;
  • uy jihozlari (mebel, gilam, vanna, rakovina, parda va boshqalar);
  • orgtexnika va maishiy buyumlar (telefon, kompyuter, televizor, gaz plita, konditsioner va boshqalar);
  • qurilish materiallari (sement, parket, shifer, bruschatka, gipsokarton, plastik va alyumin profillar, gips, ohak, armatura, truba, kafel va boshqalar);
  • tayyor qurilish materiallari (temir darvoza, deraza panjarasi, eshik-deraza va boshqalar);
  • turar-joyga gaz, elektr, suv tushirish xizmati toʻlovini amalga oshirish;
  • muqobil energiyadan foydalanishda qoʻllaniladigan asbob-uskunalar;

12

  • umumtaʼlim maktabi oʻquvchisining zamonaviy maktab formasi;
  • ikki konturli avtonom isitish qozoni;
  • Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tovar (ish, xizmat).

Koʻchmas mulk, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan mol-mulk moliyaviy isteʼmol krediti obyekti boʻlishi mumkin emas.

  1. TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN ISTEʼMOL

KREDITLARI BERISH TARTIBI

Tijorat banklari tomonidan isteʼmol kreditlari berish tartibi 2005-yil 6-mayda qabul qilingan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilab qoʻyilgan.

Mazkur qonunga asosan isteʼmol krediti isteʼmol kreditini berish qoidalariga muvofiq isteʼmol krediti shartnomasi toʻlovlilik, muddatlilik va taʼminlanganlik shartlari bilan beriladi. Isteʼmol krediti oʻz faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Isteʼmol krediti berish qoidalari isteʼmol krediti beruvchi tashkilot tomonidan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq belgilanadi. Isteʼmol kreditini berish qoidalari hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlishi va ularda isteʼmol krediti berish shartlari, shuningdek kredit miqdori, uni berish muddati, foiz stavkasi, isteʼmolchi toʻlashi lozim boʻlgan toʻlovlar jadvali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kreditga sotish sotuv kunida amalda boʻlgan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining keyinchalik oʻzgarishi shartnoma taraflarining majburiyatlariga taʼsir etmaydi.

Demak, isteʼmol krediti doimiy yashash joyiga va doimiy daromadga ega boʻlgan, voyaga yetgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslarga, shuningdek, pensiya va kreditni qaytarish uchun yetarli daromad manbalariga ega boʻlgan shaxslarga beriladi.

Isteʼmol kreditlari mahsulot ishlab chiqarish joyidan qatʼiy nazar beriladi.

Isteʼmol kreditini berish bank tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchining hisob-raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga

13

oshiriladi. Isteʼmol kreditini naqd pul koʻrinishida berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kredit berish shartlaridan biri sifatida qarz oluvchining oʻz mablagʻlari hisobidan sotib olinayotgan tovar qiymatini qisman toʻlash (oldindan toʻlov) belgilanishi mumkin. Pul mablagʻlari qarz oluvchi tomonidan bankka topshiriladi, bank esa qarz oluvchining kirim qilingan mablagʻlari va kredit shaklida unga berilgan mablagʻlarni tovar sotuvchisiga koʻchirib beradi. Boshlangʻich toʻlov miqdori bank tomonidan belgilanadi.

  • Isteʼmol krediti hajmi, uning muddati, foiz stavkasi, isteʼmolchining toʻlovlarni amalga oshirish grafigi bank tomonidan belgilanadi va isteʼmol krediti shartnomasida aks ettiriladi.

Isteʼmol kreditini berish qoidalariga muvofiq isteʼmolchi isteʼmol kreditini olish uchun kredit buyurtmasini va oʻz daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boshqa hujjatlarni isteʼmol krediti beruvchi tashkilotga taqdim etadi. Kredit buyurtmasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

‒ isteʼmolchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti (yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjati) seriyasi va raqami hamda yashash joyi;

‒ isteʼmol kreditining obyekti; ‒ isteʼmol kreditining muddati;

‒ isteʼmolchining faoliyat turi va daromadlari;

‒ isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usuli.

‒ kredit buyurtmasi buyurtma berilgan sana koʻrsatilgan holda isteʼmolchi tomonidan imzolanadi.

‒ Quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ‒ kredit ajratish haqida ariza;

pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;

‒ qarz oluvchining daromadlarini tasdiqlovchi ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma yoki qarz oluvchining daromadlari miqdorini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

‒ kreditni qaytarishni taʼminlovchi hujjatlar (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolati, mulk yoki qimmatli qogʻozlar garovi, kredit qaytarilmasligi riskini sugʻurtalash haqidagi sugʻurta polisi).

Isteʼmol kreditini beruvchi tashkilot kredit buyurtmasini olganidan soʻng kredit berish toʻgʻrisida yoki kredit berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida besh ish kuni ichida qaror qabul qiladi.

14

Quyida kredit berish tartibini “Transbank” XAB tomonidan berila-digan isteʼmol krediti misolida koʻrib chiqamiz.

1-qadam: “Transbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Univer-sal” isteʼmol kreditini olish uchun qarz

oluvchi tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. ariza;
  2. pasport;

d) ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma, yakka tartibdagi tadbirkor uchun – tuman (shahar) soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan oʻtgan yilda olingan daromadi haqida deklaratsiya;

e) kredit oʻz vaqtida qaytarilishining taʼminotiga oid hujjatlar;

f) tovar (koʻrsatilgan xizmat) xarid qilish toʻgʻrisida sotuvchi va qarzdor // mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnoma va unga ilova sifatida sotuvchiga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsat hujjatlari

nusxasi (maʼmuriy idoralar tomonidan berilgan litsenziya, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan mahsulotning muvofiqlik sertifikati va h.);

  1. Garov reestriga yozuv kiritishga qarzdor/mijoz va garov beruvchining yozma roziligi.

2-qadam: kredit arizasini koʻrib chiqish muddati 3 kungacha. Shu muddat ichida kredit berish yoki uni rad etish haqida asoslantiruvchi qaror qabul qilinadi.

Isteʼmol kreditini berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, isteʼmol kreditini beruvchi tashkilot isteʼmolchiga bu haqda yozma shaklda maʼlum qilishi shart.

Kredit buyurtmasi isteʼmol kreditini beruvchi tashkilot tomonidan koʻrib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi:

‒ isteʼmolchining daromadlari yetarliligini va kredit tarixini aniqlash; ‒ kredit buyurtmasida bayon etilgan maʼlumotlarning bir-biriga zid

boʻlmasligi;

‒ isteʼmol krediti summasini qaytarishning maqbul istiqbollari mavjudligi.

15

3-qadam: bank bilan mijoz oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.

  1. ISTEʼMOL KREDITI SHARTNOMASI

Isteʼmol krediti isteʼmol kreditini berish qoidalariga muvofiq isteʼmol krediti shartnomasi boʻyicha beriladi.

Shartnomada quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi lozim:

  • isteʼmolchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti (yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjati) seriyasi va raqami hamda yashash joyi;
  • isteʼmol kreditini beruvchi tashkilotning nomi va boshqa rekvizitlari;
  • isteʼmol kreditining obyekti haqidagi maʼlumotlar;
  • isteʼmol kreditining umumiy summasi;
  • isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usuli;

16

  • foiz stavkasi;
  • isteʼmol kreditini beruvchi tashkilot talab qilgan taqdirda, sotib olingan tovarning (ishning, xizmatning) qiymatini oldindan toʻlash uchun boʻnak miqdori;
  • isteʼmol kreditini berish hamda uning summasini qaytarish tartibi va muddatlari;
  • taraflarning huquq va majburiyatlari;
  • shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligi;
  • shartnomaning amal qilish muddati;
  • shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.

Shartnoma yozma shaklda tuziladi.

Shartnoma quyidagi hollarda notarial tartibda tasdiq-lanadi:

‒ taraflardan birining talabi boʻyicha;

17

  • isteʼmol krediti obyekti boʻlgan mol-mulk boʻyicha bitimlar qonunga muvofiq notarial tartibda tasdiqlanishi talab etilgan taqdirda.

Shartnoma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

Shartnoma shartlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.

Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovar (ish, xizmat) sotib olingan va uning sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, shartnoma tovar isteʼmol kreditini bergan tashkilot shartnomani bekor qilish haqida yozma ravishda xabardor etilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida isteʼmolchi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Shartnoma bekor qilingan

18

taqdirda, tovar isteʼmol kreditini bergan tashkilot sotib olingan tovar (ish, xizmat) uchun toʻlangan pul summasini isteʼmolchiga qaytarib beradi. Isteʼmolchi foydalanilmagan moliyaviy isteʼmol kreditidan voz kechishi haqida moliyaviy isteʼmol kreditini bergan tashkilotni shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor etish orqali mazkur kreditdan voz kechishga haqli.

Isteʼmolchi shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida isteʼmol kreditidan foydalanmagan taqdirda, isteʼmol kreditini bergan tashkilot shartnomani bekor qilish haqida isteʼmolchini yozma ravishda xabardor etish orqali shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.

Yozma xabar topshirilgan yoki pochta orqali joʻnatilgan sana mazkur yozma xabar yuborilgan sana hisoblanadi.

Isteʼmolchining huquq va majburiyatlari

Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:

  • isteʼmol kreditini berish qoidalari bilan tanishib chiqish;
  • oʻz huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan isteʼmol kreditini berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda toʻliq axborot olish;
  • shartnoma shartlarining shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda bajarilishini talab qilish;
  • tegishli darajada sifatli boʻlmagan sotib olingan tovarning (ishning, xizmatning) almashtirilishini talab qilish yoki uni sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirish imkoniyati boʻlmaganida shartnomani bekor qilish;
  • isteʼmol kreditini beruvchi tashkilotdan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilish.

Isteʼmolchi quyidagi majburiyatlarga ega:

  • isteʼmol kreditini olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi;
  • bank yoki boshqa kredit tashkilotidan olingan moliyaviy isteʼmol kreditidan shartnomaga muvofiq belgilangan maqsadda foydalanishi;
  • tovar (ish, xizmat) haqini shartnomaga muvofiq oʻz vaqtida toʻlashi;
  • olingan moliyaviy isteʼmol kreditini qaytarishni va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashni shartnomada belgilangan tartibda hamda muddatlarda amalga oshirishi shart.

19

Isteʼmolchi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Isteʼmol krediti beruvchi tashkilotning huquq va majburiyatlari

Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:

isteʼmolchiga isteʼmol kreditini berish yoki isteʼmol krediti berishni

asoslantirilgan holda rad etish;

isteʼmol kreditini berish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni isteʼmolchidan soʻrab olish;

toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, berilgan isteʼmol krediti summasi muddatidan ilgari qaytarib berilishini va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlar toʻlanishini talab qilish.

Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot quyidagi majburiyatlarga ega:

  • isteʼmolchining huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan, isteʼmol kreditini berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida isteʼmolchiga ishonchli hamda toʻliq axborotni maʼlum qilishi;
  • moliyaviy isteʼmol kreditini yoki tovarni (ishni, xizmatni) shartnomada belgilangan tartibda va muddatda berishi;
  • isteʼmol kreditini berish qoidalarini hamma tanishib chiqishi uchun qulay boʻlgan joyga joylashtirishi;
  • tovar isteʼmol krediti berilganda, tovarni (ishni, xizmatni) sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirishi, bunda narxlarda farq boʻlgan taqdirda, isteʼmolchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshirishi;
  • shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini isteʼmolchiga qoplashi shart.

20

Isteʼmol kreditini beruvchi tashkilot qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

  1. ISTEʼMOL KREDITINI BERISH BOʻYICHA XORIJIY

DAVLATLAR AMALIYOTI

Gʻarb davlatlari amaliyotida isteʼmol kreditining amal qilish sohasi avtomashina, maishiy texnika kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni sotib olishga qaraganda ancha kengdir. Xususan, ushbu mamlakatlarda boʻlib toʻlanadigan koʻchmas mulkni xarid qilish ham uzoq muddatli isteʼmol krediti hisoblanadi. Bundan tashqari, debet kredit kartochkalari orqali amalga oshiriladigan joriy xaridlar oʻz ahamiyati va keng tarqalganligi jihatidan isteʼmol kreditidan qolishmaydi.

Isteʼmol kreditlarini berish keng tarqalishining asosiy obyektiv sharti shuki, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy iqlim barqarorlashgan, jumladan, xoʻjalik yuritishga oid qonunchilik tartibga solingan va ularga amal qilinayotgan boʻlishi kerak. Rivojlangan mamlakatlar banklari ish tajribalarini oʻrganish, butun dunyo mamlakatlari banklarida jismoniy shaxslarni kreditlash yaxshi yoʻlga qoʻyilganligini koʻrsatadi. Masalan,

AQSH banklari jami qoʻyilmalarining 20 foizini jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar tashkil qiladi. Bu kreditlar asosan ikki xil koʻrinishda boʻlib, birinchisi, uzoq muddatli isteʼmolga berilgan kreditlar, yaʼni kamida ikki yil va undan yuqori muddatga uy – xoʻjalik va shunga oʻxshash buyumlar sotib olishga berilgan kreditlar va ikkinchisi, qisqa muddatli kreditlardir. Bular asosan kredit kartochkalari orqali berilib, mijozning daromad olish darajasiga qarab, ularga kredit chegirmasi

21

oʻrnatiladi va bir yil davomida bir necha marotaba kredit olishi va qaytarishi mumkin boʻladi. AQSH Federal qonunchiligida va ayrim shtatlarning qonunlarida isteʼmol krediti deganda jismoniy shaxsning shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarini, shuningdek, uy xoʻjaligi ehtiyojlarini qondirish uchun kredit olishi tushuniladi.

Bunday talqin joriy isteʼmol uchun tovarlar va xizmatlardan uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarni va koʻchmas mulkni sotib olishni oʻz ichiga oladi. Isteʼmol krediti ushbu turlarining soʻnggisi oʻziga xos xususiyatlari tufayli alohida tarmoq, deb qaraladi. Ushbu rejada, asosan, isteʼmol kreditining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar (durable goods) haqini boʻlib-boʻlib toʻlash orqali sotib olish kabi klassik turini koʻrib chiqamiz. AQSH qonunchilik amaliyotida isteʼmol kreditini asta-sekin (installment) va bir yoʻla (noninstallment) soʻndiriladigan turlariga boʻlish qabul qilingan. Qarzdorning bir marotaba toʻlovi bilan soʻndiriladigan isteʼmol krediti, odatda, tijorat banklari tomonidan (single payment loans) yoki xizmatlar koʻrsatish sohasi korxonalari tomonidan (service credits) beriladi. Asta-sekin soʻndiriladigan kredit deganda ikki marotaba va bundan ham koʻproq toʻlovlar orqali soʻndiriladigan kredit tushuniladi. Isteʼmol kreditining ayni ushbu turi AQSHda keng tarqalgan. Isteʼmol kreditini yetkazib beruvchilarni birlamchi sotuvchi agentlar (originators) va ikkilamchi kreditor agentlar (holders)ga boʻlish isteʼmol kreditini tasniflashning boshqa bir usulidir. Aksariyat hollarda bir shaxsning oʻzi kredit sotuvchisi (originator) va kreditor (holder) boʻladi. Lekin bozorda ikkita agent qatnashadigan hollar ham koʻp boʻladi. Masalan, avtomobil sotib olishga yoʻnaltiriladigan kreditning katta qismi avtomobil sotiladigan joyda diler tomonidan rasmiylashtiriladi, keyin esa bankka yoki moliya kompaniyasiga beriladi. Bunday holda avtodiler kreditga oid oʻz huquqlarini moliya muassasasiga diskont boʻyicha beradi. Bundan tashqari, AQSH qonunchiligida isteʼmol krediti moliyaviy kredit (lender credit) va tovar krediti (vendor credit) turlariga boʻlinadi. Chakana savdo korxonasi xaridorning hisobraqamlarini hisobga olib borganligi uchun bankka toʻlaydigan diskont xususiyatini alohida aytib oʻtishi lozim. Aslida, bu naqd toʻlov uchun siylovdir (cash discount). Yaʼni savdo korxonalari amaliyotida xarid haqini naqd toʻlaydigan mijozlarga standart narxlardan siylov berish qabul qilingan. Kredit kartochkasi orqali toʻlov amalga oshirilganda isteʼmolchiga bunday siylov berilmaydi. Boshqa tomondan, sotuvchi bankka hisobraqamini taqdim etganida, xuddi haqni naqd olganidagidek samaraga erishadi. Shu tariqa xaridor kredit kartochkasidan foydalanganida bankdan naqd mablagʻ olish

22

(naqd pul olishda bankka xizmat haqi toʻlash) zaruratidan qutilish tufayli tejamga erishadi. Lekin siylov olish huquqidan mahrum boʻladi. Diskont stavkasi, asosan, qatnashuv shartnomasi (member agreement) shartlariga bogʻliq boʻladi, lekin odatda 5 foizni tashkil qiladi, yaʼni haq naqd toʻlanishi darajasida boʻladi.

Rossiyada isteʼmol krediti deyilganda aholiga taklif qilinayotgan har qanday kredit turlari, jumladan, uzoq muddat foydalanish uchun mahsulot sotib olish, ipoteka kreditlari, xususiy tadbirkorlarga va fermerlarga ajratilgan kreditlar va boshqalar kiradi. Isteʼmol kreditining obyekti boʻlib, jismoniy shaxsning isteʼmol ehtiyojlari uchun moʻljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi. Bunda transport vositalari, elektron hisoblash texnikasi, maishiy elektr asboblari, mebel, tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha xizmatlar, taʼlim xizmatlari va boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmol kreditining obyekti boʻlishi mumkin. Koʻchmas mulk isteʼmol obyekti hisoblanmaydi. Rossiyada kreditlar aholiga tovar va pul shaklida beriladi. Kreditning tovar shakli uy-joy olish va uy-joy qurilishi, uzoq muddat foydalanish uchun sotib olingan tovarlarni sotib olish va isteʼmol predmetlari toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan ijara koʻrinishida savdo tashkilotlari tomonidan aholiga beriladi. Kreditning moliyaviy shakli uylarni qurish va qayta taʼmirlash, kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar, xoʻjalik buyumlarini sotib olish uchun beriladi. Asosiy kredit tashkilotlari moliyaviy isteʼmol kreditini beruvchi tashkilotlardir. Bunday isteʼmol krediti naqd pul yoki pul oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Fransiyada isteʼmol kreditlarining oʻziga xos shakli boʻlib, uning subyektlari sifatida xususiy shaxslar ishtirok etadi. Bu davlatda isteʼmol kreditlarini beruvchilar, asosan, yirik tijorat banklari, oʻzaro

23

jamgʻarma institutlari va jamgʻarma kassalari hisoblanadi. Mazkur banklar mijozlarga ikki turdagi jamgʻarma hisobraqamlarini ochadilar:

  1. “A jamgʻarma daftarchasi” – bu hisobraqamida 50 ming yevro miqdorigacha pul mablagʻi toʻplash va 100 ming yevro miqdoridagi isteʼmol kreditini imtiyozli foiz stavkasida olish mumkin. Har yili maqsadli omonatga 7500 yevro miqdorida davlat ustamasi qoʻshilib boradi.
  2. “PEL” hisobraqami. Mazkur hisobraqamda 100 ming yevrogacha pul mablagʻi toʻplash va 150 ming yevro miqdorida imtiyozli stavkada isteʼmol krediti olish mumkin.

Ispaniyada davlat aholini ijtimoiy himoyalashda juda katta rol oʻynaydi. Ispaniyada isteʼmol kreditlarining uch kategoriyasi mavjud:

  1. Davlat tomonidan tartibga solinuvchi kreditlar toifasiga kiruvchi ssudalari.
  2. Toʻgʻridan toʻgʻri beriladigan davlat ssudalari.
  3. Bank ssudalari.

Yaponiyada isteʼmol krediti amaliyoti davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadigan amaliyot hisoblanadi. Faqat bitta muassasa “Qurilishni moliyalashtirish jamiyati” mamlakat boʻylab berilayotgan isteʼmol kreditlarining 35 foizini beradi. Ushbu jamiyat resurs manbai sifatida pochta jamgʻarmalarining sezilarli qismini imtiyozli foiz stavkalarida jalb qiladi va oʻz resurslarining yarmini daromad darajasi past boʻlgan oilalarga isteʼmol ssudalari sifatida beradi. Mazkur jamiyat resurslarining qolgan qismi ekspluatatsion firmalariga va davlatning qurilish dasturlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiradi. Shunisi xarakterliki, mazkur Jamiyat tomonidan berilayotgan isteʼmol kreditlarining foiz stavkalari davlat tomonidan doimiy tarzda nazorat qilinadi. Yaponiya tijorat banklari isteʼmol krediti berishda mijozlarning kredit toʻloviga nisbatan jiddiy talablarni qoʻyadilar. Mijoz birinchi toifali qarzdor maqomiga ega boʻlishi uchun nafaqat yuqori daromadga ega boʻlishi, balki ijtimoiy nufuzga ham ega boʻlishi lozim.

Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyada isteʼmol krediti, asosan, bir darajali modelga tayanadi. Ushbu modelning birinchi oʻziga xos xususiyati shundaki, bank mijozlarining isteʼmol krediti boʻyicha berilgan barcha arizalari bank tomonidan barcha resurs manbalari hisobidan, yaʼni bankning kapitali, mijozlarning depozit hisobraqamlaridagi mablagʻlari, boshqa banklardan olingan kreditlar va boshqa manbalar hisobidan taʼminlanadi. Ushbu modelning ikkinchi oʻziga xos xususiyati shundaki, isteʼmol kreditlari boʻyicha foiz stavkalari

24

mamlakat kredit-moliya bozorining umumiy holatiga bogʻliq boʻladi. Mazkur modelning uchinchi muhim xususiyati uning oddiyligidadir. Bu esa, undan moliya bozorining infratuzilmasi toʻliq shakllanmagan rivojlanayotgan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qoʻllash imkonini beradi. Isteʼmol kreditlashning ushbu bir pogʻonali modelida isteʼmol kreditlari bilan bogʻliq boʻlgan asosiy parametrlar har bir bank tomonidan mustaqil oʻrnatiladi va ular asosan ikki omildan kelib chiqqan holda oʻrnatiladi. Birinchi omil bozor konyunkturasining oʻzgarishi boʻlsa, ikkinchi omil boʻlib, boshqa banklar tomonidan raqobatning mavjudligi yoki yoʻqligi hisoblanadi. AQSHda esa, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadan farqli oʻlaroq, isteʼmol kreditlari berishning ikki pogʻonali modeli qoʻllaniladi.

Sharqiy Yevropa davlatlarida isteʼmol kreditlarining asosiy qismini sotib olish yoki uni qurish maqsadlariga beriladigan isteʼmol kreditlari egallaydi. Buning sababi shundaki, aholi asosiy qismining moliyaviy daromadlari qurish yoki sotib olish xarajatlarini moliyalashtirishga yetmaydi. Masalan, Vengriyada aholiga berilayotgan kreditlarning oʻndan toʻqqiz qismi qurilishiga yoʻnaltirilmoqda. Chexiya va Slovakiyada qurish maqsadiga berilgan kreditlar isteʼmol kreditlari umumiy summasining belgilangan foizidan ortiq qismini tashkil qilmoqda.

Isteʼmolni kreditlashning bir pogʻonali tizimiga yorqin misol

qilib Germaniya isteʼ-molli kreditlash amaliyotini keltirish mumkin. Germaniya isteʼmolli kreditlash tizi-mining oʻziga xos jihatlaridan biri shundaki, bu yerda isteʼmol krediti qurilish jamgʻarma kassasiga (QJK) mijoz boʻlgan

omonatchilargagina beriladi. Oʻz navbatida, QJK isteʼmol tashkilotlari uchun mablagʻlar jalb etish funksiyasini va kredit oluvchi uchun jamgʻarma hisobraqami funksiyasini bajaradi. Omonatchi maqsadli depozit hisobraqamiga maʼlum davr mobaynida qatʼiy belgilangan summani oʻtkazib borish majburiyatini oladi. Mazkur depozit hisobraqamiga bozor stavkasidan sezilarli darajada past boʻlgan stavkada foiz toʻlanadi. Jamgʻarish davri tugagandan soʻng, kvartira sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻning yarmiga yaqinini jamgʻargan omonatchi, qolgan yarim mablagʻni kredit hisobidan oladi va bu mablagʻlarga oʻrtacha bozor stavkasidan past stavkada foiz toʻlanadi. Omonatchi tomonidan

25

QJKga berilgan pul mablagʻlari jamgʻarish davrini tugatgan undan oldingi omonatchiga kredit qilib beriladi4.

  1. ISTEʼMOL KREDITINING AFZALLIKLARI BOʻYICHA

TAHLIL

Qay biri afzal: isteʼmol kreditimi yoki doʻkonda boʻlib-boʻlib toʻlash usuli?

Maishiy texnika vositalarini yangilashga qaror qilgan boʻlsangiz-u, ammo mablagʻingiz yetarli boʻlmasa, qayerga borish kerak – bankkami yoki doʻkonga? Isteʼmol krediti masalalarida mazkur muassasalar ishlaydigan umumiy shart va tamoyillarni koʻrib chiqishni taklif etamiz.

Isteʼmol kreditlari

Isteʼmol krediti paketlari bugungi kunda koʻpgina mahalliy banklar tomonidan taqdim etilmoqda. Kreditlar maishiy, kompyuter texnikasi, radio va elektroapparatura, mebellar, kundalik turmush buyumlari, turar joylarni jihozlash va yangilash uchun tovarlar sotib olishga; davolash va davolash-profilaktika muassasalari, kurortlar, dam olish uylarida davolanish va dam olish uchun yoʻllanmalar xarid qilishga, marosimlar (toʻy, yubiley) oʻtkazishga, “GM-Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan shaxsiy avtomobillarni taʼmirlash uchun beriladi.

Isteʼmol kreditini olish uchun hujjatlar paketi aksariyat banklarda quyidagicha:

  • kredit olish uchun ariza;
  1. O‘zbekiston_tizhorat_banklarida_istemol_kreditlari_berish_amaliyotini_takomillashtirish%20(1).pdf

26

  • doimiy propiska qayd qilingan pasport, muddatli xizmat harbiy xizmatchilari uchun – harbiy guvohnoma yoki harbiy xizmatchi guvohnomasi;
  • yashash joyidan maʼlumotnoma;
  • oxirgi yil uchun olgan daromadi haqida maʼlumotnoma (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – amal qilish muddati kredit muddatidan kam boʻlmagan patent yoki daromadning boshqa turini tasdiqlovchi hujjat);
  • pensiya daftarchasi va STIR nusxalari, savdo tashkilotining oldi-sotdi shartnomasi;
  • nikoh guvohnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi (agar kredit yosh oila aʼzosiga rasmiylashtirilayotgan boʻlsa).

Kafillik yoki garov taʼminoti bir necha yil oldin majburiy shart hisoblanar edi, ammo hozirgi vaqtda qisqa muddatli isteʼmol kreditlari uchun aksariyat banklarda bu talab qilinmaydi. Ammo baʼzi banklar hanuzgacha kreditning qaytarilishini taʼminlovchi hujjatlarni talab qiladi.

Isteʼmol krediti beriladigan maksimal summa turli banklarda har xil.

Masalan, Kapitalbankda 75 EKIHdan, Ipoteka-bankda – 200 EKIHdan, Milliy bankda – 300 EKIHdan oshmasligi kerak. Isteʼmol kreditining muddati odatda muddatidan oldin qoplash imkoniyati bilan, ammo uzaytirish imkoniyatisiz bir necha oydan 5 yilgacha boʻlgan muddatni tashkil etadi. Bugungi kunda isteʼmol krediti segmentida bank foiz stavkalarining oʻrtacha diapazoni yillik 16 dan 24 %gachani tashkil etmoqda. Koʻpgina banklar yosh oilalar uchun imtiyozli 9 dan 14 %gacha boʻlgan kreditlarni taqdim etmoqda. Bunda 6 oylik imtiyozli davr koʻzda tutilgan boʻlib, bu davr mobaynida asosiy qarz qoplanmaydi, balki faqat foizlar toʻlanadi. Asosiy qarz 7-oydan boshlab qoplana boshlanadi.

Umumiy asoslarda olingan isteʼmol kreditini qoplash sxemasi universal – oʻrnatilgan muddatlarda butun kreditlash davri mobaynida muddatlarni buzmagan holda toʻlovlar oylarga bir xil miqdorda taqsimlanadi. Olaylik, agar kredit shartnomasi 20-iyun kuni tuzilgan boʻlsa, dastlabki badalni 19-iyulgacha toʻlash darkor, aks holda muddati oʻtgan har bir kun uchun penya hisoblanadi, uzoq muddat kechiktirilganda esa ish sudga oshiriladi. Kreditlarni oʻz vaqtida toʻlash qarz oluvchining kredit tarixi toza boʻlishi uchun ham zarur.

Kreditni rasmiylashtirishda vujudga keladigan qoʻshimcha xarajatlar,

– shartnoma tuzilgan kunda toʻlanadigan kredit taqdim etish xizmati uchun bir marotabalik komissiya.

Amaliy misolni oʻrib chiqamiz. Mahalliy ishlab chiqaruvchining muzlatgichini 5 mln. soʻmga xarid qilish uchun shartnoma imzolagan

27

qarzdor Kapitalbankka murojaat etdi. Kreditni rasmiylash-tirish uchun bank komissiyasi kreditlar muddatiga bogʻliq ravishda belgilanadi. Agar kredit 1 yilga berilsa, summaning 6 %ini, agar 2 yilga boʻlsa – 9 %ini, 3 yilga berilganda – 12 %ini tashkil etadi. Kapitalbankda isteʼmol krediti boʻyicha stavka 24 %ni tashkil etadi, ammo qoldiq summadan hisoblab chiqariladi. Qulaylik yaratish va toʻlov yukini bir maromda taqsimlash uchun bank uni shunday hisoblaydiki, bunda har oyda amalga oshiriladigan toʻlovlar bir xil qatʼiy summani tashkil etadi. Bizning holatda kredit 1 yil muddatga rasmiylashtirilgan taqdirda u 473 ming 917 soʻmni tashkil etadi. Bir yil mobaynida qarzdor narxi 5 mln. soʻm boʻlgan tovar uchun bankka 5 mln. 675 ming soʻm toʻlaydi. Ustama toʻlov 13,5 %ni tashkil etadi. Biroq bunda kreditni rasmiylashtirish uchun toʻlangan 6 %ni (yoki 300 ming soʻm) unutmaslik kerak. Natijada ortiqcha toʻlangan jami summa 975 ming soʻm yoki 19,5 %ni tashkil etadi.

Doʻkonda boʻlib-boʻlib toʻlash

Oʻzbekistondagi savdo tarmoqlarining koʻpchiligi oʻz tovarlari uchun haqni boʻlib-boʻlib olish sharti bilan sotishga tayyor. Arba.uz, Creditasia.uz, Mediapark.uz, Esavdo.uz va boshqa mahalliy internet doʻkonlari ham boʻlib-boʻlib toʻlash usuli bilan sotishni boshlab yuborishgan.

Agar bank foizlari tovar summasiga hisoblanadigan boʻlsa, boʻlib-boʻlib toʻlash usuli bilan tovarlarni realizatsiya qiluvchi doʻkonlarning koʻpchiligida sotuvchilar ularda foiz qoʻyilmasligini faxrlanib aytishadi. Boʻlib-boʻlib toʻlash usuli bilan muzlatgich sotib olish uchun doʻkonga yuzlanar ekanmiz, quyidagicha hisob-kitoblarga duch keldik.

“Barcha summani darhol toʻlab sotib olaman” sharti bilan xarid qilingan taqdirda, muzlatgichning narxi 3 mln 428 ming soʻmni tashkil

28

etadi, boʻlib-boʻlib toʻlaganda ushbu summa – 4 mln 800 ming soʻmga tushadi. Doʻkon qoplashning bir qancha davrlarini taklif etadi (3, 5, 6 va 12 oy), biz 12 oyni tanladik. Zarur hujjatlarni toʻplab, kreditni rasmiylashtirgandan keyin (oʻrtacha hisobda 3 kun ichida) mijozning uyiga shartnoma yetkaziladi va dastlabki toʻlov qabul qilinadi. Mazkur holatda bir yil mobaynida qoplash sharti bilan 12 oy uchun har biri 369 ming soʻmdan 13 ta toʻlovni amalga oshirish lozim boʻladi. Natijada ortiqcha toʻlov 40 %ni tashkil etadi.

Bu birgina doʻkonda boʻlib-boʻlib toʻlashga misol edi, boshqa doʻkonlarda shartlar farqlanishi mumkin. “Barcha summani darhol toʻlayman” sharti bilan tovar sotmaydigan doʻkonlar ham mavjud va ular boʻlib-boʻlib toʻlash sharti asosidagi narxlarni taklif etmaydi. Agar ushbu doʻkondagi va chakana savdo doʻkonlaridagi tovarlar oʻrtacha narxlarini qiyoslaydigan boʻlsak, boʻlib-boʻlib toʻlash usulida ishlaydigan doʻkonlarda tovarlar kamida 35 % qimmat ekaniga amin boʻlish mumkin.

Boʻlib-boʻlib toʻlash usulida sotuvchi doʻkonlar kreditni qoplashning talay muddatlari va sxemalarini taklif qiladi. Ularning baʼzilarida dastlabki toʻlov tariqasida tovar qiymatining kamida 25 %ini toʻlovchilar uchun foydaliroq takliflar mavjud, boshqalarida keyingi xaridlar uchun chegirmali kartalar joriy etilgan (4 dan 15 %gacha). Ammo shu tomonlarni inobatga olganda ham boʻlib-boʻlib toʻlash hisobiga xarid qilingan tovarlar uchun ortiqcha toʻlangan foiz isteʼmol krediti asosida olinganlaridan ancha yuqori.

Xaridni doʻkonlarda rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar zarur?

Bu yerda quyidagilar talab etiladi:

  • pasportning aslini (va ish jildi uchun uning nusxasi) taqdim etish;
  • poytaxtda propiskaning mavjudligi;
  • STIR;
  • yashash joyidan maʼlumotnoma;
  • oxirgi yil uchun ish joyida olingan daromadlari toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

Kredit 25 yoshdan kichik va 55 yoshdan katta fuqarolarga rasmiylashtirilganda doʻkonlar garov hujjatlarini talab qilishadi. Bunda uchinchi shaxsning kafilligi odatda yetarli. Tovar boʻlib-boʻlib toʻlash usuli bilan rasmiylashtirilganda ham kredit tarixi muhim hisoblanadi.

Oylik toʻlovlar boʻyicha muddat oʻtkazib yuborilganda jarima solinadi. Bunda baʼzi doʻkonlar har bir kechiktirilgan kun uchun foiz hisoblab yozsa, boshqalari qatʼiy belgilangan summani hisoblaydi.

29

***

Xulosa qilar ekanmiz, bank isteʼmol kreditlarining doʻkonlar tomonidan taklif etiladigan boʻlib-boʻlib toʻlash usulidan farqlovchi asosiy jihatlarini taʼkidlab oʻtamiz:

1. Bank tomonidan kreditlashda asosiy shart shuki, kreditni faqat

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga olish mumkin boʻlsa, ayni vaqtda doʻkonda tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash

usulida xorijda ishlab chiqarilganlarini ham olsa boʻladi;

  1. Banklarda kreditlanadigan tovarlar va xizmatlar toifa roʻyxati ancha keng. Bugungi kunda doʻkonlar takliflarining asosiy qismi maishiy texnika bilan taqdim qilingan;
  2. Banklarning foiz stavkalari doʻkonlarnikidan pastroq, ammo doʻkonda boʻlib-boʻlib toʻlashni rasmiylashtirganda kreditni rasmiy-lashtirish boʻyicha xizmat uchun qoʻshimcha xarajatlar yoʻq;
  3. Kreditni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar soni boʻyicha talab doʻkonlarda soddaroq va ularni yigʻishga kamroq vaqt ketadi;
  4. Isteʼmol kreditini imtiyozli shartlar asosida olish mumkin (agar qarzdor ularga muvofiq boʻlsa), doʻkonlarda esa hech qanday imtiyozli foiz stavkalari koʻzda tutilmagan;
  5. Doʻkonlarda deyarli barcha kredit masalalarining yechimini onlayn ravishda hal etish mumkin (ariza va hujjatlar elektron ravishda qabul qilinadi, qaror haqida xabar beriladi, birinchi toʻlovni qabul qilish va rasmiylashtirish uchun kuryer yuboriladi, keyingi har oylik toʻlovlarni elektron tizimlar orqali amalga oshirish imkoniyati beriladi). Baʼzi banklarning saytlarida elektron ariza opsiyasi mavjud, biroq tasdiqlagandan keyin shartnoma tuzish uchun hujjatlarning asli bilan shaxsan kelish zarur5.

5https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/qay_biri_afzal_istemol_kreditimi_eki_dukonda_bulib-bulib_tulash_usuli

30

  1. ISTEʼMOL KREDITI BOʻYICHA ISLOMIY

MASALALAR

Isteʼmol krediti, tovarlarni kreditga sotib olish kabi masalalar islomiy hukmlarga koʻra qanday hal qilinadi. Quyida rasmiy saytga berilgan savollarga javoblardan namunalar keltirdik.

Savol. Assalomu alaykum hurmatli shayx hazratlari! Sizga quyidagi masala bilan murojaat qilmoqchi edim. Maʼlumki, kundan kunga iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar kengayib, javob berish qiyin boʻlgan yangidan yangi masala va muammolar ham ortib bormoqda. Allohga shukr, ilmli ustozlarimiz koʻpayib, savollarimizga javoblar ham topyapmiz, lekin aynan iqtisodiy masalalarga kelganda bizga

oʻxshab qiynalayotganlar koʻp boʻlsa kerak. Bizda sof islomiy iqtisodiy institutlar (bank, uyushma va tashkilotlar) boʻlmagani sababli, aynan iqtisodiy masalalarni daqiq joylarigacha zamonaviy (dunyoviy) iqtisodiyot bilan qiyoslay olmaymiz. Men iqtisodchi mutaxassis sifatida

31

barcha tadbirkor, ishbilarmon va aholini bunday savollarni yechishga qiynalayotganini guvohi boʻlganman. Oʻzim ham shu guruhga kiraman. Shuning uchun sizdan bu sohadagi bilimlarimizni puxtalab olish uchun tavsiya va yordamingizdan umidvormiz. Agar shunday ilm dargohlari yoki ularning Internet saytlari boʻlsa, imkon qadar oʻrganishga salohiyatli ilmga chanqoq yoshlar koʻp. Shu oʻrinda, oʻzimni va boshqalarni qiziqtirgan savolni bersam. Bugungi kunda berilayotgan isteʼmol kreditlarini ijara munosabatlariga qiyoslasa boʻladimi? Maʼlumki, isteʼmol kreditiga uy-roʻzgʻor buyumlari, kundalik ehtiyoj buyumlari beriladi. Bunda sotuvchi va xaridor oʻrtasida bank vositachilik qiladi. Misol: bir kishiga muzlatgich kerak, uning doimiy daromadi bor, lekin birdaniga muzlatgich sotib ola olmaydi. Shuning uchun uning oʻrniga bank doʻkonga kelishilgan mablagʻni toʻlaydi (1 mln soʻm). Endi xaridor maʼlum bir muddatgacha (masalan, 12 oy) ichida bankka 1 mln soʻm va vositachilik haqi sifatida (masalan, 20 %, yaʼni 200 ming soʻm) qoʻshimcha mablagʻ toʻlaydi. Bu xaridor uchun qulaylik tugʻdiradi. Endi u oyiga 120 ming soʻmdan toʻlab boradi. 100 ming soʻmni muzlatgichni narxi desak, 20 ming soʻmni mulk hali ham bankka tegishli boʻlganligi sababli unga toʻlanadigan ijara, deb qabul qilish mumkinmi? Shunga oʻxshash masalalar juda ham koʻp. Shuning uchun sizdan va musulmon birodarlarimizdan shunga oʻxshash misollarga javob boʻladigan manbalar (kitoblar yoki internet saytlar) joʻnatishingizni soʻrayman.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:

– Bu uslub boʻlmaydi. Siz savdo tashkilotidan boʻlib toʻlash sharti bilan mol sotib olishingiz kerak. Yaʼni bankni aralashtirmasdan, naqdga 1000 soʻmga sotiladigan narsani boʻlib toʻlash sharti bilan 1200 ga olib, boʻlib toʻlasangiz joiz. Siz aytgan holatda bankdan qarz olib, ustiga foiz toʻlash boʻladi.

Savol. Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin.

Savolim quyidagicha: Doʻstim maishiy texnika va boshqa xoʻjalik buyumlari savdosi bilan shugʻullanadi. Yaqinda meni ham oʻz biznesiga sarmoya kiritib sherik boʻlishimni taklif qildi. Lekin bir masalada doʻstim bilan biroz bahslashib qoldik. Doʻstim koʻp hollarda moli (maishiy texnika, telefonlar va hokazo)ni pulini boʻlib toʻlashga yoki bankdan xaridor nomiga kredit rasmiylashtirib toʻlashga sotadi. Albatta, boʻlib toʻlash yoki bank krediti orqali sotilgan tovar narxi naqd pulga sotiladigan narxidan ancha qimmatroq boʻladi. Yaʼni tovarning narxi naqd pulga 1 mln. soʻm boʻlsa, doʻstimning oʻziga qanchadir

32

muddat ichida boʻlib toʻlash yoki bank orqali kredit orqali toʻlansa, bu narx 1.5 mln. soʻm boʻlishi mumkin. Birinchi holatda, yaʼni xaridor bankdan hech qanday kredit rasmiylashtirmasdan maʼlum bir tovar uchun uning haqini doʻstimga boʻlib toʻlashga kelishsa, bu sharʼan joiz boʻladi deb bilaman (masalan, 1 mln. soʻmlik tovarni doʻstim pulini maʼlum muddat ichida boʻlib toʻlash sharti bilan 1.5 mln. soʻmga sotsa). Hurmatli ustozlar, shu ikkinchi holatda, yaʼni 1 mln soʻmlik tovarni xaridor nomiga 1.5 mln. soʻm miqdorida bankdan kredit rasmiylashtirib sotsa, bu joiz emas deb aytdim. Sababi bu yerda tovar sotuvchi (doʻstim) tovar uchun pulni vaqtida, kerak boʻlsa oldindan olyapti (bank tovar uchun doʻstim hisobiga pulni oldindan oʻtkazyapti, doʻstim pul tushgandan keyin tovarni beryapti) va sotuvchi bu holatda hech qanday risk (tavakkalchilik) qilmayapti. Shunday ekan nega naqd pulga 1 mln soʻmga sotayotgan tovaringizni 1.5 mln soʻmga sotyapsiz? Axir pul sizga bank tomonidan bir yoʻla toʻlaligicha toʻlanyapti-ku, riskni bank qilyapti, siz emas deb aytdim. Xaridor pulni boʻlib toʻlaydi, lekin tovarning egasiga emas bankka toʻlaydi. Bu ikkinchi holatdagi savdo xaridorni chalgʻitish, uning vaziyatidan yoki soddaligidan foydalanishga oʻxshab qolyapti, mening nazarimda. Toʻgʻri, xaridor har ikki holatda ham tovar pulini boʻlib toʻlaydi, lekin birinchi holatda 1.5 mln soʻmning oʻzini boʻlib toʻlaydi, ikkinchi holatda 1.5 mln soʻmga bankning foizini ham qoʻshib toʻlaydi. Shu boisdan buni shariʼan nojoiz boʻlsa kerak, deb hisoblayapman. Shu boisdan, hurmatli ustozlar, ikkinchi holatdagi savdo haqida aniq javobingizni bilmoqchi edim.

“Zikr ahlidan soʻrang” hayʼati:

– Va alaykum assalom! Bir inson boshqa bir insonni sudxoʻrlikka qoʻl urishiga sababchi boʻlsa, masalan, “siz narsa sotsangizgina sudxoʻrlikka pul olaman boʻlmasa olmayman” desa siz uni olishiga sababchi boʻlsangiz gunohiga ham sheriksiz. Vallohu aʼlam!

Savol. Assalomu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan soʻrang hayʼati” aʼzolari, Alloh taolo shayx Hazratlarini Oʻzining jannat neʼmatlari bilan mukofotlasin. Savolim: men ishlaydigan magazinda isteʼmol krediti boʻlib, unda bank magazin bilan shartnoma tuzib, magazinning hisobraqamiga maʼlum miqdorda pul oʻtkazib, maʼlum tovarlarni sotib oladi va uning ustiga bir yildan uch yilgacha kerakli summa foydasini qoʻyib, xaridorga beradi. Xaridor uni belgilangan muddatda pulini toʻlab boradi. Mana shu holat shariatga zid emasmi? Savolim nooʻrin boʻlsa, oldindan uzr soʻrayman.

33

“Zikr ahlidan soʻrang” hayʼati:

  • Va alaykum assalom! Aslida bunday qilishning nosharʼiy joyi yoʻq. Lekin bankning xaridorning vaqtida toʻlay olmagan qarziga ustama olishining shart qilishi bu bayʼni buzadi. Vallohu aʼlam!6

6

https://savollar.islom.uz/search?words=%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%B5%D1%8A%D0%BC%D0%BE%D0%B B+%D0%BA%D1%80%D0%B5%D0%B4%D0%B8%D1%82%D0%B8&page=1

34

FOYDALANILGAN MANBALAR

  1. Mirziyoyev Sh.M. Oʻzbekistonning 2016-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. www.gov.uz
  2. 1995-yil 21-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova
  3. 2006-yil 6-maydagi Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Qonuni Toshkent sh., OʻRQ–33-son
  4. https://qomus.info/encyclopedia/cat-i/istemol-krediti-uz/
  5. O‘zbekiston_tizhorat_banklarida_istemol_kreditlari_berish_amaliyo tini_takomillashtirish%20(1).pdf
  6. https://trustbank.uz/oz/private/crediting/universal/
  7. https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/qay_biri_afzal_istemol_ kreditimi_eki_dukonda_bulib-bulib_tulash_usuli
  8. https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/qay_biri_afzal_istemol_ kreditimi_eki_dukonda_bulib-bulib_tulash_usuli
  9. https://savollar.islom.uz/

35

ISAYEVA FARIDA BABAMURATOVNA

ISTEʼMOL KREDITLARINI

OLISH TARTIBI

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir

Muharrir

Musahhih

Texnik muharrir

Dizayner

O. Choriyev

Sh. Jahonov

M. Patillayeva

U. Sapayev

D. Rajapov

16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 2,1 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 87-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

36