- UY-JOY FONDI NIMA VA UNING QANDAY TURLARI MAVJUD?
Uy-joy fondi – bu inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylardan) iborat boʻlgan fonddir.

Uylarda joylashgan savdo, maishiy va nosanoat yoʻnalishidagi oʻzga ehtiyojlarga moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar uy-joy fondiga kirmaydi.
Uy-joy fondining 2 turi mavjud: xususiy va davlat uy-joy fondi.
Xususiy uy-joy fondiga quyidagilarni kiritish mumkin:
– fuqarolar mulki boʻlgan uy-joy fondi (yakka tartibda qurilgan uylar, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy qurish hamda uy-joy kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari toʻliq toʻlangan kvartiralar, fuqarolar tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar);
– xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki boʻlgan va ularning mablagʻlari hisobidan qurilgan yoki auksionda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondi.
Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
– mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi;
– davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining toʻla xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan idoraviy uy-joy fondi;
– mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi.
Uy-joy munosabatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar quyidagilar:
– Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (36-, 54-moddalar);
– Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (V boʻlim);
– Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi (81, 84, 95-moddalar);
– Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (19-modda);
– Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi;
– Oʻzbekiston Respublikasining Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi
– “Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston
Respublikasi Qonunining 8-moddasiga binoan
– Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-sonli qarori bilan, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan “Oʻzbekiston
Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan, Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan 180-sonli qaroriga koʻra tasdiqlangan “Xususiylashtirilgan kvartiralarni,
uylarni (uylarning bir qismini) olish-sotish shartnomalarini
rasmiylashtirish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom
– Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (13, 21-moddalar);
– Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni;
– Oʻzbekiston
Respublikasining
“Davlat
boji
toʻgʻrisida”gi
Qonuni;
– Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori;
– Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1997-yil 2-maydagi qarori; Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqidagi 3-sonli qarori;
– Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma;
– Davlat notarial idoralarida notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni amalga oshirilganligi uchun haq miqdorlari
2. TURAR JOY DEGANDA NIMA TUSHUNILADI?
Fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi. Turar joylar koʻchmas mulk hisoblanadi.
Koʻp kvartirali uydagi turar joyga korxona, muassasa va tashkilotlarni joylashtirish mumkinmi?
Yoʻq, amaldagi qonunchilikka koʻra turar joy yashash uchun moʻljallanmagan joylar turkumiga belgilangan tartibda oʻtkazilganidan keyingina yuridik shaxslarni joylashtirish mumkin.
- UY-JOYGA BOʻLGAN MULK HUQUQI QAYSI ASOSLARGA KOʻRA VUJUDGA KELADI?
Amaldagi FKning 182-moddasiga koʻra, mulk huquqi quyidagi holatlarda vujudga keladi:
- Mehnat faoliyati;
- Mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, koʻpaytirish, bitimlar asosida qoʻlga kiritish;
- Davlat mol-mulkini xususiylashtirish;
- Meros qilib olish;
- Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat;
-
Qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa asoslar.
- UY-JOYGA OID QANDAY HUQUQLAR MAVJUD?
– Turar joyga boʻlgan mulk huquqi muddatsiz boʻlib, shaxs oʻziga tegishli turar joyga oʻz xohishi va manfaatlariga koʻra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish;
– Uy-joy mulkdori xususiy uy-joy fondini boshqarishda ishtirok etish, uyning texnik holati masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish, uy, kvartiraga xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash usulini tanlash huquqlariga ega (Uy-joy kodeksining 24-moddasi).
Eʼtibor qarating!
Uylar, kvartiralar, uyning bir qismi, kvartiraning bir qismiga boʻlgan xususiy mulk miqdor, oʻlcham va qiymat jihatdan cheklanmaydi. Xususiy mulk boʻlgan uylar, kvartiralar olib qoʻyilishi, mulkdor esa uyga, kvartiraga mulk huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. Turar joy faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda sudning qaroriga asosan majburiy tarzda olib qoʻyilishi mumkin (Uy-joy kodeksining 11-moddasi).
- MULKDORNING UY-JOYGA NISBATAN MAJBURIYATLARI BORMI?
Uy, kvartira mulkdori quyidagi majburiyatlarga ega:
- mulkdor atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga;
- qonun bilan belgilangan soliq va kommunal toʻlovlarni toʻlashga;
- fuqarolar va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmaslikka;
- uy, kvartiraning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini taʼminlashi, ularni oʻz hisobidan joriy va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga;
- oʻziga qarashli joyga koʻp kvartirali uyga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar yoki avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillari umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, uning borligida kirishlarini taʼminlashga;
- avariya holati yuzaga kelgan taqdirda, avariyani bartaraf etish uchun tegishli avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillari oʻziga qarashli joyga kirishlarini darhol taʼminlashga;
- mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan ta rtibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishga (Konstitutsiyaning 50-51-moddalari, Uy-joy kodeksining 24-moddasi).
- uy-joy, yordamchi xonalar va uskunalardan hamda umumiy foydalanish joylaridan ularning vazifasiga muvofiq hamda boshqa fuqaro va yuridik shaxslarning uy-joyga doir, oʻzga huquq va erkinliklariga zarar yetkazmagan holda foydalanishlari va uy-joyni asrash choralarini koʻrishga (“Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi).
- XUSUSIY MULK HUQUQI DEGANDA NIMANI TUSHUNASIZ?
Xususiy mulk huquqi – bu shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qoʻlga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Bunda, xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning, shu jumladan uy-joyning miqdori va qiymati cheklanmaydi (FKnng 207-moddasi).
Uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelish tartibi quyidagilardan iborat:
– Belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi;
– Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi;
– Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ aʼzosi pay badallarini batamom toʻlab boʻlganidan keyin vujudga keladi. (FKning 210-moddasi).
Buni yodda tuting!
Koʻchmas mulkni sotish shartnomasi notarial tartibda tuzilishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart. Koʻchmas mulkni sotish shartnomasining shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi (FK 480-481-moddalari).
- UY-JOYGA NISBATAN FOYDALANISH HUQUQI QANDAY SHAKLLANADI?
Uy-joy bilan bogʻliq nizolar fuqarolik huquqiy munosabatlar ichida muhim oʻrinni egallaydi. Uy-joy nizolaridan sud amaliyotda eng koʻp uchrayotgan turlaridan biri – bu uyga kiritish, foydalanish huquqini
belgilash va foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish haqidagi nizo bilan bogʻliqdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasida mulkdor oila aʼzolarining, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning uy-joydan foydalanishga oid huquq va majburiyatlari aniq koʻrsatilgan. Unga koʻra, uy, kvartira mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga oʻzlarining voyaga yetmagan farzandlarini koʻchirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa aʼzolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina koʻchirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.
Yodda tuting!
Turar joy mulkdorining oila aʼzolari deganda, u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega boʻlmagan boʻlsa, faqat oʻzaro kelishuvga binoan mulkdorning oila aʼzolari deb tan olinishi mumkin.
Turar joydan foydalanish huquqini shakllanishida quyidagi omillar muhim ahamiyatga egadir:
- nizoli turar joyga kirib yashashiga mulkdorning roziligi;
- nizoli turar joyda mulkdor bilan birga doimiy yashashi;
- mulkdor bilan umumiy roʻzgʻor yuritishi;
- turar joyning doimiy roʻyxatiga oʻtishi;
- mulkdor bilan turar joydan foydalanish tartibi boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishganligi.
Vaqtincha uchun qonunda moddasi).
boʻlmagan fuqarolarning turar joydan foydalanishlari olti oylik muddat belgilangan (Uy-joy kodeksining 54-
Amaliyotda sudlar ushbu qonun normasiga tayanib, daʼvo talabidan kelib chiqqan holda foydalanish huquqini yoʻqotmagan kelinlarni yoki sobiq kelinlarni turar joy mulkdorining oila aʼzolari sifatida nizoli uyga kiritib qoʻyadilar, foydalanish huquqini belgilab beradilar yoki turar joydan foydalanishga toʻsqinlik qilmaslik majburiyatlarini yuklatadilar. Natijada, sud qarori asosida kelinlarni yoki boshqa foydalanuvchilarni nizoli uy-joydan foydalanish huquqlari shakllanadi.
Yoki aksincha, turar joyda yashab kelgan foydalanuvchi ushbu turar joyda 6 oy mobaynida uzrsiz sabablar bilan yashamasa, mulkdor yoki shu uyda yashovchi boshqa shaxslarning daʼvo arizasiga asosan sud tartibida foydalanish huquqini yoʻqotishi mumkin.
Yodda tuting!
Vaqtincha boʻlmaganida fuqarolarning turar joyi quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga saqlanib turadi:
– harbiy xizmatga chaqirilganda – chaqiruv boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida;
– kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirilganda – kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida;
– ish sharoitlari va xususiyati boʻyicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv partiyalarining, ekspeditsiyalarining xodimlari va hokazolar), chet elga xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishi munosabati bilan (studentlar, doktorantlar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha joʻnab ketilganda – ushbu ishni bajarish, xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishning butun davri mobaynida;
– bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga topshirilganda – ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramogʻida boʻladigan butun davr
mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, ushbu xona bolalarning muassasada boʻlishi muddati tugaguncha yoki qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramogʻidan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha, shuningdek tegishli hollarda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida oʻqish tugaguncha yoxud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat muddati tamom boʻlguncha ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin;
– homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan joʻnab ketilganda
– ushbu vazifalarni bajarishning butun davri mobaynida;
– davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga joʻnab ketilganda – davolanishda boʻlgan butun davr mobaynida;
– qamalganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda – qamoqda boʻlishning yoki jazoni oʻtashning butun davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar koʻrsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod boʻlguncha yoki jazoni oʻtab kelguncha boʻlgan muddatga ushbu xona ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslarga berib turilishi mumkin.
Yodda tuting!
Mulkdorga nisbatan turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish mumkin emas.
SAVOL? Notarial idora orqali uy-joy sotib oldim. Unda sotuvchi va uning oila aʼzolari bir oylik muddat ichida ushbu turar joy roʻyxatidan oʻchib ketish majburiyatini olishgan boʻlsa-da xanuzgacha roʻyxatdan oʻchib ketishmadi. Kimga murojaat qilishim lozim?

JAVOB: Notarial tartibda tuzilgan uy-joy oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi, uning oila aʼzolari yoki yashovchi boshqa shaxsning turar joy roʻyxatidan chiqib ketish muddati koʻrsatilgan boʻlsa, shu muddat tugagan kundan, muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ular turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb hisoblanadi. Shartnoma taraflari oʻrtasida nizoli holat yuzaga kelgan boʻlsa, bunday talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda koʻrib chiqilishi lozim. Shu sababli siz foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish haqidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilish huquqingiz tushuntiriladi. (Oʻzbekiston Respublikasi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqidagi 22-sonli qarori 5-bandi 4-xatboshisi).
8. ULUSHLI MULK DEGANDA NIMA TUSHUNILADI?
Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida boʻlgan va mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qoʻyilgan mol-mulk ulushli mulk deyiladi. Bunda mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻladi va mol-mulk ulushlarga boʻlinadi (FK 216-moddasi).
Ulushli mulkdagi ulushlar qanday aniqlanadi ?
Ulushli mulk ishtirokchilari har birining ulushi ularning kelishuvi bilan aniqlanadi. Agar ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida belgilanishi mumkin boʻlmasa hamda barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ulushlari teng deb hisoblanadi.
- ULUSHLI MULKKA EGALIK QILISH, FOYDALANISH VA TASARRUF QILISH TARTIBI QANDAY?
Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkning ishtirokchi ulushiga teng boʻlgan qismi oʻzining egaligiga va foydalanishiga berilishiga, buning iloji boʻlmagan taqdirda esa – oʻz ulushi boʻlgan mol-mulkka egalik qilayotgan va undan foydalanayotgan boshqa ishtirokchilardan tegishli haq talab qilish huquqiga ega. Taraflar oʻrtasida nizo kelib chiqqan taqdirda manfaatdor shaxsning daʼvo arizasiga asosan sud tomonidan hal qilinadi.
Qonun talabiga koʻra ulushli mulkdagi mol-mulkni tasarruf etish uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi, yaʼni roziligi bilan amalga oshiriladi.
Yodda tuting!
Har bir mulkdor umumiy mol-mulk boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda, shuningdek mol-mulkni saqlash va asrash chiqimlarida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ulushiga qarab qatnashishi shart.
Imtiyozli sotib olish huquqi nima?
Mulkdorlardan biri oʻz ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtida qolgan mulkdorlar sotilayotgan ulushni u sotiladigan narxda va boshqa teng shartlarda imtiyozli sotib olish huquqiga egadirlar. Biroq, kimoshdi savdosi orqali sotish hollari bundan mustasno.
Umumiy mulkdagi ulushni sotuvchi oʻz ulushini oʻzga shaxsga sotish niyati haqida boshqa mulkdorlarga yozma ravishda maʼlum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa shartlarini koʻrsatishi shart.
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishdan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan eʼtiboran koʻchmas mulkka nisbatan bir oy davomida, boshqa mol-mulkka nisbatan esa – oʻn kun davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi oʻz ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli boʻladi.
Ulush imtiyozli sotib olish huquqini buzgan holda sotilgan taqdirda, boshqa mulkdorlar uch oy mobaynida sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini oʻzlariga oʻtkazishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar.
Yodda tuting!
Ulushni sotib olishning imtiyozli huquqini boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. BIRGALIKDAGI MULK NIMA?
Ikki yoki undan ortiq shaxsga umumiy mulk huquqi asosida egaligida boʻlgan va mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushlar aniqlab belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, birgalikdagi mulk hisoblanadi.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining oʻzaro kelishuviga asosan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa – sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning birgalikdagi ulushli mulki qilib belgilab qoʻyilishi mumkin.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilari umumiy mulkka birgalashib egalik qiladilar va undan foydalanadilar. Birgalikdagi mulk boʻlgan mol-mulk barcha ishtirokchilarning roziligi bilan tasarruf etiladi. Bunday rozilik olinmagan bitim manfaatdor ishtirokchining talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
- ER-XOTINNING BIRGALIKDAGI MULKIGA NIMALAR KIRADI?
Amaldagi OKning 23-moddasiga koʻra, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, boʻlajak er-xotinning umumiy mablagʻlari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol koʻrsatilmagan boʻlsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek maxsus maqsadga moʻljallanmagan boshqa pul toʻlovlari
(moddiy yordam summasi, mayib boʻlish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida toʻlangan summalar va boshqalar) kiradi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan koʻchar va koʻchmas ashyolar, qimmatli qogʻozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablagʻlari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan boʻlishidan qatʼi nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
Yodda tuting!
Er va xotindan biri uy-roʻzgʻor ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band boʻlgan yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega boʻlmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega boʻladi.
Hozirgi kunda aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uzoq yillarga tuzilgan Ipoteka krediti shartnomasi asosida uy-joylarni sotib olmoqdalar. Biroq er va xotin oʻrtasida oilaviy kelishmovchilik chiqqan taqdirda ushbu turar joyni birgalikdagi mulk deb topish va ulush belgilash haqidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilmoqdalar. Shu oʻrinda haqdi bir savol tugʻiladi. Yaʼni, hali kredit qarzdorligi qoplanmagan uy-joyni er-xotinning birgalikdagi mulki deb topish mumkinmi?
Uy-joy kodeksining 14-moddasida turar joyga boʻlgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga oʻtishining xususiyatlari koʻrsatilgan. Mazkur moddaning 8-9-bandlariga koʻra kooperativ uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari aʼzolari pay badallarini toʻliq toʻlab boʻlganidan keyin vujudga keladi.
Uy-joy obligatsiyalarini olish va ularning qolgan qiymatini bank kreditlari hisobiga toʻlash yoʻli bilan qurilgan va olingan uyga,
kvartiraga boʻlgan mulk huquqi kredit toʻliq qaytarilgandan keyin vujudga keladi.
Bunday holda er va xotin (sobiq) oʻrtasida kreditga olingan uy-joy boʻyicha nizo chiqqan taqdirda, Oila kodeksi normalari emas, balki Uy-joy kodeksining qayd etilgan normalari qoʻllaniladi. Agar turar joyning kredit qarzdorligi boʻlsa, sud ushbu uy-joyni er va xotinning birgalikdagi mulki deb topish va ulush belgilash haqidagi daʼvo talabini rad qiladi.
- OʻZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN IMORAT DEGANDA QANDAY IMORATLAR TUSHUNILADI?
Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki oʻzga koʻchmas mulk oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi (FKning 212-moddasi).
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning belgilari quyidagilarda namoyon boʻlimshi mumkin:
Birinchidan, ruxsatsiz bino yer qonunchiligi normalarini buzgan holda (yer ajratish qoidalarini buzgan holda) quriladi.
Belgilangan tartibda ajratilmagan yer uchastkasida yoki ruxsat etilgan foydalanish ushbu obyektni bunyod etishga imkon bermaydigan yer uchastkasida amalga oshirilgan qurilish noqonuniy hisoblanadi. Bunday binolar, inshootlar va inshootlar koʻpincha shu asosda ruxsatsiz binolar sifatida tan olinadi.
Ikkinchidan, obyektni qurish uchun zarur ruxsatnomalarni olmasdan amalga oshiriladi.
Uchinchidan, bino, inshoot yoki boshqa koʻchmas mulk obyektini qurish shaharsozlik va qurilish normalari va qoidalarini buzgan holda amalga oshiriladi1. Qonun talabiga koʻra, har qanday obyektni qurish yer
- Demkina A.V. Vijdonlilik printsipi va fuqarolik qonunchiligida ruxsatsiz qurilish instituti [Elektron resurs]. 2015. URL: http/ artikl / 13689.
uchastkasi egasining ruxsati bilan va (yoki) bino, inshoot va shaharsozlikka muvofiq qurilish qoidalari amalga oshiriladi.
Toʻrtinchidan, SNIP qoidalarini buzgan holda yer uchastkasida qurilishni amalga oshiriladi.
Beshinchidan, yangi obyekt paydo boʻlishiga olib kelgan obyektni noqonuniy rekonstruksiya qilinadi va boshqa shaharsozlik normalari buziladi.
Qayd etilgan roʻyxatdagi belgilarning kamida bittasining mavjudigi imoratni oʻzboshimchalik bilan qurilgan deb topishga yetarli asos hisoblanadi.
- OʻZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN IMORATLARNING
HUQUQIY OQIBATLARI QANDAY?
Oʻzboshimchalik bilan noqonuniy ravishda imorat qurish maʼlum salbiy oqibatlarga olib keladi. Yaʼni, birinchidan, amaldagi Fuqarolik kodeksining 212-moddasi talabiga koʻra ruxsatsiz qurilishni amalga oshirgan shaxs unga egalik huquqini qoʻlga kirita olmaydi. Ushbu binoni tasarruf etish huquqiga ega emas: sotish, hadya qilish, ijaraga berish, boshqa harakatlarni amalga oshirish; ikkinchidan esa, ruxsatsiz bino sud tartibida buzilishi kerak
Ruxsatsiz qurilishni buzish talabi ham shaxsiy, ham jamoat manfaatlari uchun amalga oshirilishi mumkin. Har qanday manfaatdor shaxs bunday daʼvo talabi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Oʻzboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining daʼvosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozim.
Qonunda istisno tariqasida quyidagi holat ham nazarda tutilgan. Yaʼni, imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan eʼtirof etilishi mumkinligi nazarda
tutilgan. Bunday holda imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi. Biroq, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishiga sabab boʻlsa, yoxud fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirsa, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishi mumkin emas.
Bundan tashqari, amaldagi Yer kodeksining 911-moddasida ham oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning huquqiy oqibatlar aniq bayon qilib berilgan. Unga koʻra, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi (bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno).
Yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi. Shu bilan birga, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash ham taqiqlanadi1.
Amaldagi JKda 2291-moddasida yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan.
Yodda tuting!
Oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga – sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.
- Oʻzbekiston Respubslikasining Yer kodeksining 91-moddasi.
- SIZ UYGA KIRITISH HAQIDAGI DAʼVO ARIZASI BILAN
SUDGA MUROJAAT QILMOQCHIMISIZ?
Quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
– Daʼvo arizasi (2 ta nusxada);
– nizoli uy kimga tegishliligi haqidagi maʼlumotnoma yoki uy hujjatlaridan (oldi-sotdi, hadya, almashtirish, ayriboshlash shartnomalari, sud hujjatlari) kseronusxa;
– nikoh tuzilganligi haqidagi, bola tugʻilganligi haqidagi guvohnomalardan nusxa (nikohdan ajrashgan boʻlsa, bu haqdagi sud hujjati);
– yashash joyi va roʻyxat joyi haqida maʼlumotnoma;
– daʼvo talabini tasdiqlovchi dalillar;
– davlat boji va pochta harajati toʻlanganligi haqida chipta yoki maʼlumot.
Esda tuting!
Uyga kiritish, foydalanish huquqini belgilash, uy-joyni boʻlish, foydalanish tartibini belgilash va uy-joy bilan bogʻliq boshqa talablar nizoli turar joy joylashgan joydagi fuqarolik ishlari tumanlararo sudining sudloviga talluqlidir (FPKning 35-moddasi).
- SUDGA MUROJAAT QILISHDA QANCHA MIQDORDA DAVLAT BOJI TOʻLANADI?
Mulkiy xususiyatga ega boʻlgan daʼvo arizalaridan daʼvo bahosining 4 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Biroq bu miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan kam boʻlmasligi lozim. (Davlat boji toʻgʻrisidagi qonunga ilova Davlat boji stavkalarining miqdorlari a-bandi). Masalan, uy-joyni birgalikdagi mulk deb topish, ulush belgilash, egalik huquqini belgilash, oldi-sotdi va hadya shartnomalarini haqiqiy emas deb
topish kabi daʼvo arizalari bilan sudga murojaat qilishda qayd etilgan miqdorda davlat boji undiriladi.
Nomulkiy tusdagi daʼvo arizalari uchun baʼzaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Xususan, uyga kiritish, uydan foydalanish tartibini belgilash, uydan foydalanish huquqini belgilash, turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va shu kabilar.
Quyidagi atamalarning tushunchalari bilan tanishamiz:
inshoot – har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha boʻlishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib oʻtishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi;
yordamchi-xoʻjalik imoratlari – ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan qoʻshimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yoʻlaklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun moʻljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yertoʻlalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bogʻliq turli ishlarni bajarish uchun moʻljallangan boshqa funksional imoratlar;
koʻchmas mulk obyektlari – yer uchastkalari, binolar va inshootlar (shu jumladan yer osti inshootlari) va koʻp yillik ekinlar;
qurilishi tugallanmagan obyektlar – qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar;
vaqtinchalik imorat — qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish uchun bunyod etilgan va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan imorat;
yordamchi-xoʻjalik imoratlari – ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan qoʻshimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yoʻlaklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun moʻljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yertoʻlalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bogʻliq turli ishlarni bajarish uchun moʻljallangan boshqa funksional imoratlar.
Namuna
Daʼvo arizasi
(uyga kiritish haqida) ______________________________ (notarial nomi)
______________________________________ (vasiyatnoma tasdiqlangan
sana, soʻz bilan)
___________________________________________________________(.)
Men
IMZO: __________________________________________________ ().
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: Oʻzbekiston,
2021. – B. 76.
- Oʻzbekiston Respublkasining Uy-joy kodeksi (7-9-moddalar).
- “Jismoniy va yuridik shaxslarga Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Konvensiya (1993-yil 22-yanvar, Minsk shahri).
- Oʻzbekiston Respublikasi Kodekslar toʻplami. Rasmiy nashr. – T.: Adolat, 2019. – B. 960.
- Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2019. –
B. 560.
- Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi. – T.: Adolat, 2019. – B.
200.
- Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi. – T.: Adolat, 2019. – B. 384.
- Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks. – T.: Adolat, 2019.
- Oʻzbekiston Respublikasi notariatga oid normativ huquqiy hujjatlar toʻplami va boshqa hujjatlar toʻplami. – T.: Adolat, 2012. – B. 608.
- Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni // Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 42-modda.
- Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2020-y., 09/17/810/0095-son.
- Notariuslar tomonidan notarial harakalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma // Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami.
KURBANOVA XURSHIDA YAMINOVNA
UY-JOYGA OID
HUQUQINGIZ BOR
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir O. Choriyev
Muharrir Sh. Jahonov
Musahhih M. Patillayeva
Texnik muharrir U. Sapayev
Dizayner D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,6 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 81-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
28