
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda Yer kodeksiga asosan umummilliy boylik hisoblanadigan tabiiy resurslar ichida yer o‘ziga xos maqomga ega. Yer qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositasi bo‘lish bilan birga insoniyat uchun o‘ta muhim yana bir vazifani bajaradi, ya’ni u yediradi, ichiradi va fuqarolarning yashashi uchun joy, yuridik shaxslarning hududiy joylashuv asosi bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli yerdan har qanday sharoitda va davrda oqilona, samarali va to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish xalqning farovonligiga, turmush darajasining o‘sishiga xizmat qiladi. Ayniqsa yerdan foydalanish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni muntazam ravishda takomillashtirish zarurati sohadagi huquqiy bazani yangilab borish, rivojlantirishni davr talabi darajasiga ko‘taradi. Bu esa, yer bilan bog‘liq munosabatlar qanchalik to‘g‘ri va to‘la huquqiy tartibga solinsa, iqtisodiy islohatlar samarasi shunchalik yuqori bo‘lishini bildiradi.
Shuningdek, xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkni, shu jumladan, yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qo‘yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanishi sharti bilangina amalga oshirilishi, mulkdor xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Sohada qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF–5490-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori asosida Vazirlar Mahkamasining davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armasi tashkil etildi hamda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish mazkur jamg‘arma bilan majburiy tarzda kelishilishi tartibi joriy etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi
PF–5495-son Farmoni bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yilishi belgilandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F–5491-son Farmoyishi bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va mazkur sohada yangidan tartib-taomillarni joriy qilish shartlari taklif etildi.
Natijada, fuqarolar va tadbirkorlarning mulk huquqini kafolatlash maqsadida ularga tegishli yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda ular bilan kelishish va kompensatsiyalashning yangi tartiblari belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibini belgilovchi alohida nizom tasdiqlandi. Shuningdek, mazkur nizom asosida yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilishi tartibi joriy etildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqib kompensatsiya qilishning yangi tartiblari belgilanayotganligi mazkur sohada yuzaga kelayotgan munosabatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga tushuntirish masalasi muhim ahamiyatga ega.
Shu jihatdan, yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda mulkdorlar huquqlarining kafolatlari ta’minlanishi ularni amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar va nizolarning oldini olishiga xizmat qilish bila bir qatorda, mulkdor huquqlarining
kafolatlarini ham belgilab beradi. Ushbu risolada turli maqsadlarda yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishning qonuniy asoslari va tartibi, kompensatsiyani hisoblash va uni to‘lash tartibi fuqarolar tomonidan ko‘plab beriladigan savollarga javoblar tarzida, shuningdek ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berilgan.
- YER UCHASTKALARINI JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN OLIB
QO‘YISH TUSHUNCHASI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
O‘zbekistonda yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish davlat ekologik siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan sanaladi. Ekologik tizimning tarkibiy qismi sifatida yer resurslari atrof tabiiy muhit barqarorligini ta’minlash, davlat suvereniteti va iqtisodiyotining moddiy asosini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.
Yer resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, yer mulkdorlari, egalari, yerdan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari tizimini yaratish, bu sohada qonun ustuvorligiga erishish jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifalaridan biridir1.
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yerga nisbatan huquqlarning bekor bo‘lishiga olib kelishi Yer kodeksining 36-moddasida qayd etilgan. Bu esa o‘z navbatida yerga bo‘lgan mulk huquqini bekor bo‘lishi deb e’tirof etilishi mumkin.
Bugungi kunda mulk huquqini mulkdorning erki, irodasidan tashqari majburiy ravishda bekor bo‘lish asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, davlat tomonidan mulkiy munosabatlarning barqarorligini kafolatlanishi bozor munosabatlari rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Shu sababli mulk shaklini himoya qilishning asosiy murvatlari, avvalambor, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Fuqarolik kodeksi va Yer kodeksida mustahkamlangan bo‘lib, mulkdor huquqlarining qat’iyligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi 2-qismida “mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin” deb belgilab qo‘yilgan.
Mulk huquqini majburiy tartibda bekor qilish faqatgina qonunda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq amalga oshirilishi shart bo‘lib, shu asoslardan tashqari boshqa holatlar bo‘yicha mulk huquqini bekor qilishga
1 www.huquqburch.uz// Дилмурод Саъдуллаев, Ер участкаси уни олиб қўйиш ерларни муҳофаза қилиш омили сифатида.
yo‘l qo‘yilmaydi. Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga faqatgina qonunda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. Mazkur holat konstitutsion me’yor talablarining mazmuniga mos kelib, xususiy mulk egasining huquqlarini himoya qilishning muhim kafolati hisoblanadi.
Mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqining bekor qilinishi, tabiiyki, mulk egasi uchun quvonarli bo‘lmagan vaziyat hisoblanib, muayyan moddiy yo‘qotishlarga olib keladi. Shu bois mol-mulkni uning egasidan olib qo‘yish, unga nisbatan huquqning bekor qilinishi qanday usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, bunday usullarni haq evaziga amalga oshirish va mol-mulkning olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni to‘lash tamoyili FKda o‘z ifodasini topgan.
Barcha rivojlangan huquqiy tizimlarda ham mol-mulk majburiy tartibda mulkdordan olib qo‘yilishida quyidagi ikki mezonga, ya’ni umumfoydalilik va adolatli kompensatsiya to‘lashga amal qilishi qat’iy tarzda belgilab qo‘yilgan.
Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastklarini olib qo‘yish qanday holatlarda amalga oshiriladi?
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni berish;
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar,
aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimi obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
aholi punktlari bosh rejalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga obyektlar qurish qismida ijro etish, shuningdek, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollar;
Bugungi kunda internet tarmoqlarida yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida “Snos” iborasi keng qo‘llanmoqda. U ixcham va masalaning mohiyatini yaqqol ifodalaydi. Albatta, o‘zbek tilining sofligini saqlash nuqtayi nazaridan, bu – biroz o‘ng‘aysiz, deyish mumkin. Uning yuridik ta’rifi qonunlarda mavjud, biroq u bir necha jumlalarda, mavhumroq tarzda belgilab qo‘yilgan. O‘zbekchada “buzish”, “buzdirish”, “sindirish” kabi so‘zlarda ham berilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda yuridik ta’rifi yoxud o‘zbekcha muqobili orqali qo‘llanadi.
Shu jihatdan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tushunchasini “Snos” iborasi bilan qo‘llash urf bo‘lgan bugungi kunda mazkur masalani huquqiy tartibga solish muhim vazifa sanaladi.
So‘nggi yillarda FK, Uy-joy kodeksi, Yer kodeksi, shuningdek bugungi kunda “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida” boshqa qonun hujjatlarining qabul qilinishi natijasida mulkdorga qarashli uy, boshqa imorat, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda ularning mulkiy huquqlarining kafolati sezilarli ravishda kuchaydi. Avvalambor, Yer kodeksining 37-moddasining 2-qismiga ko‘ra yer egasi, yerdan foydalanuvchi va ijarachi yer uchastkasini olib qo‘yish haqidagi tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoki O‘zbekiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, bu qarorlar ustidan
sudga shikoyat qilish huquqiga ega bo‘ladilar. FKning 206-moddasi 2-qismiga ko‘ra, nizo sud tomonidan hal qilingunicha mulk huquqining bekor bo‘lishiga olib keladigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas.
Fikrimizcha, sudda yer uchastkasini olib qo‘yishidan manfaatdor bo‘lgan taraf unda joylashgan ko‘chmas mol-mulkka nisbatan mulk huquqini bekor qilmasdan yer uchastkasidan olib qo‘yilayotgan maqsad yo‘lida foydalanishning imkoniyati yo‘qligini isbot qilib berishi shart.
Ma’lumki, yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risidagi tegishli davlat hokimiyati organlarining qarori asosida mulk huquqini bekor qilinishi qonuniy harakatlar tufayli zarar yetkazish hisoblanadi. Uning umumiy
asosini FKning 985-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan me’yor tashkil etadi. Mulkdorga bunday vaqtda beriladigan kompensatsiya yetkazilgan zararni qoplash shaklidir. Amaldagi qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan mulkdorning barcha zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplash tamoyili mulkdorlarning mulkiy huquqlarini to‘laqonli himoya qilinishining muhim kafolatidir.
Fuqarolik kodeksida olib qo‘yishning natsionalizatsiya, rekvizitsiya yoki musodara qilish shakllarida amalga oshirilishi mumkinligi mustahkamlangan. Unga binoan, natsionalizatsiya – fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to‘lash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o‘tkazishdan iborat.
Rekvizitsiya – tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to‘lagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo‘yilishi mumkin.
Rekvizitsiya o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan vaziyatlarning amal qilishi to‘xtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o‘ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o‘zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to‘lamasdan mulkdordan olib qo‘yilishi mumkin (musodara).
Yer uchastkasini olib qo‘yish uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirib tashlash to‘g‘risidagi qaror bosh rejalarga, shuningdek shaharlar va posyolkalarning turar-joy tumanlari va mikrotumanlarini mufassal rejalashtirish va imorat qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.
O‘zboshimchalik bilan barpo etilgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar va inshootlar qiymati to‘lanmaydi. Shunga ushbu harakatlar natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy zararli qilmishlar qonun bilan javobgarlikka toritishga asos bo‘lmaydi.
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ajratib berilgan taqdirda uy-joy qiymatini to‘lash, uylar (kvartiralar) berish va vaqtinchalik turar joy berish, shuningdek yangi joyga ko‘chish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari qaroriga ko‘ra ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi .
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 38-moddasida yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganlik holatlari yuz berganda yer uchastkasini olib qo‘yish asosi keltirib o‘tilgan.
Ammo mazkur normada belgilangan tartibni yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishdan farqlash lozim. Bu haqda mazkur sohada tadqiqot ishlarini amalga oshirgan M.M. Nurmatov yer uchastkalairidan noqonuniy yoki uning maqsadiga muvofiq foydalanilmagan holatlar uchun yuridik javobgarlik belgilashni nazarda tutgan bo‘lib, uning fikriga ko‘ra bunday holatlarda yuridik javobgarlikning qo‘llanilishi birinchidan, ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashning samarali va ishonchli vositasi hisoblanadi; ikkinchidan, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishda muhim ahamiyat kasb etadi; uchinchidan, tabiatdan maxsus foydalanuvchilarni tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish choralarini o‘z vaqtida ko‘rishlarini ta’minlaydi, ularni ekologik huquqbuzarliklar sodir etishdan tiyib turadi; to‘rtinchidan, tabiatdan foydalanuvchilarni tabiiy resurslardan oqilona foydalanishlarini
rag‘batlantiradi; beshinchidan, yuridik javobgarlik ekologik huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini, buzilgan tabiiy resurslarni asl holiga qaytarilishini ta’minlaydi2, deb ta’kidlaydi. Yer uchastkalarining tabiiy resurs ekanligini hisobga olgan holda undan foydalanish qoidalarining buzilganligi uchun yuridik javobgarlik sifatida yer uchastkalarining olib qo‘yishi bilan uning holatini saqlab qolishga erishish mumkin bo‘ladi. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishda esa javobgarlik nazarda tutilmaydi. Aksincha, yer uchastkasida joylashgan mulk uchun kompensatsiya to‘lash
- Нурматов М.М. Экологик ҳуқуқий жавобгарлик. – Тошкент: ТДЮИ, 2009. – С. 4-5.
nazarda tutiladi. Yer uchastkalaridan foydalanish borasida G.Sh. Uzakova ham yer to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun boshqa turlar bilan bir qatorda mustaqil javobgarlik turi sifatida yer-huquqiy javobgarlik ham kelib chiqadi, deb hisoblaydi hamda yer-huquqiy javobgarlikni mustaqil yuridik javobgarlik turlaridan biri sifatida tan olishning sababi nafaqat yer huquqining huquq tizimida mustaqil huquq sohasi va mustaqil qonunchilik sohasi ekanligida, balki qonunchilikda yerdan foydalanish huquqini buzganlik uchun jazo choralari o‘rnatilganligida hamdir, deb yozadi3. Shundan ko‘rinib turibdiki mazkur huquqshunos olimlar tomonidan yer uchastkasini olib qo‘yish bilan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishdan farq qilishini ifodalagan. Shuningdek, S.A. Bogolyubov va B.J. Abdraimovlar ta’kidlab o‘tganidek, “davlatning siyosiy suveren sifatidagi vakolatlari ayniqsa, uning yer uchastkasini mulkdor yoki yerdan foydalanuvchidan davlat yoki boshqa ommaviy ehtiyojlar uchun olib qo‘yishida yaqqol namoyon bo‘ladi”.
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan yer uchastkasini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyekti yoki uy-joy binosi va boshqa bino yoki binoning bir qismi bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish Yer kodeksining 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar ta’minlangan holda tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Shuningdek, sohada faoliyat olib borgan huquqshunos olimlardan, J. Xolmo‘minov4, M. Usmonov5lar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni boshqarishga oid masalalarni o‘z ilmiy tadqiqot ishlari, maqola va monografiyalarida yoritib
3 Узакова Г.Ш. Аҳоли пункти ерларидан фойдаланишни ҳуқуқий тартибга солиш муаммолари: Юрид. фан. номз. … дисс. – Тошкент: ТДЮИ, 2006. – Б. 120.
- Холмўминов Ж.Т.,Иқлим ўзгаришининг қишлоқ хўжалиги ривожланишига таъсири ва унинг оқибатларини юмшатиш, иқлим ўзгариши масалаларини ҳал қилишга замонавий ёндашув. Қўлланма. Тошкент, 2018.-80-бет; Холмўминов Ж.Т.,Қишлоқ хўжалигини барқарорлаштириш ва иқлим ўзгариши оқибатларини юмшатиш.Қўлланма.Тошкент,2018.-98-бет; Холмўминов Ж.Н. Хорижий мамлакатларда табиий ресурслар ҳуқуқи: қиёсий таҳлил ва қонунчиликни такомиллаштириш. Монография. ТДЮИ. 2012;
- Усмонов М.Б. Қишлоқ хўжалик ҳуқуқи. Дарслик. – Т.: ТДЮИ. 2000.- 259 бет; Усмонов М.Б. Ер ва қонун. Т.: Адолат, 1994;
o‘tgan bo‘lsa, Sh. Boboqulov6 o‘z ilmiy tadqiqot ishlarida yer uchastkalaridan umumiy tarzda foydalanish, shartnoma asosida foydalanish bilan bog‘liq masalalarni yoritib o‘tgan bo‘lib ularda yer uchastkalarini olib qo‘yish, ya’ni yerdan shartnoma asosida foydalanilganda uning bekor bo‘lishiga doir masalalarga ham e’tibor qaratgan. Mazkur huquqshunos olimlar tomonidan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi va unda mulkdor huquqlarining kafolatlari haqida bir qator ilmiy maqola va monografiyalarida qayd etilgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yer uchastkalarini olib qo‘yish bu yer qonunchiligini buzganlik uchun qo‘llaniladigan javobgarlik bo‘lsa, yer uchastklarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish mamlakat hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy infrastrukturani rivojlantirish maqsadida yer uchastkasi egalariga mulk uchun kompensatsiya qilgan holda yer uchastkalarini olib qo‘yish hisoblanadi. Shu sababli ham yer uchastkalaridan oqilona va maqsadiga muvofiq foydalanilishiga rioya qilinishi lozim. Shu yo‘l bilan yer uchastkalarini olib qo‘yishning jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish turidan tashqari boshqalarining qo‘llanilishini chegaralash mumkin.
Xo‘sh, hozirgi huquqiy maydon snoslar masalasini oqilona, adolatli hal etish uchun yetarlimi?
“Xususiy mulkni himoya qilish, mulkdorlar huquqlarining kafolati to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga ko‘ra “snos”lar to‘g‘risidagi masala sudda ko‘rilganda sud birinchi galda “snos” haqida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini, ya’ni “snos” to‘g‘risidagi qaror qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs qonunda belgilangan o‘z vakolati doirasida va qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra qabul qilinganini tekshiradi.
Sud tekshirayotgan ikkinchi masala – “snos” natijasida mulkdorga yetkazilayotgan zararlar to‘liq qoplanayotgani. Qonun bunda bozor narxini mezon qilib qo‘yadi. Biroq, bozor narxini baholovchi tashkilotlar, ekspert xulosalari belgilaydi. Ko‘pincha, bunda davlatning tegishli mutasaddi
6 Бобоқулов. Ш. Фуқароларнинг ердан фойдаланиш ҳуқуқини тартибга солиш муаммолари. Номзодлик илмий дараж. учун дисс. Автореф. –Т.: 2006;
tashkilotlari ekspert xulosasini beradi va bunda, albatta, “budjetga og‘irlik tushmaydigan” narx-navo belgilanadi.
Afsuski, shuning o‘zigina yetarli emas. Xorijiy mamlakatlarda sudlar ushbu masalani tekshirganda birinchi mezon qonuniyligini tekshirish, ikkinchi mezon maqsadga muvofiqligini tekshirish va uchinchi mezon mulkdorga yetkazilgan zararlar bozor bahosida to‘liq qoplanishini tekshirish mezonlari hisoblanadi.
Maqsadga muvofiqlik mezoni to‘g‘risida gap ketganda, “snos” bo‘yicha qaror qabul qilgan organ qabul qilingan qaror maqsadga muvofiqligini, uning boshqa muqobil variantlari yo‘qligini yoki mavjud bo‘lsa ular ko‘proq zarar keltirishini yoki ko‘pchilikning manfaatiga zidligini isbotlab berishi lozim.
Maqsadga muvofiqlik mezoni amaldorlarni eng oqilona, adolatli, insofli qarorlar qabul qilishga majbur qiladi. Amaldor “Men shuni xohladim, gap tamom-vassalom” qabilida ish tuta olmaydi va O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvardagi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida faoliyat yuritishga majbur etadi.
Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi Farmoni 2-bandi ijrosini ta’minlashda “Xususiy mulkni himoya qilish, mulkdorlar huquqlarining kafolati to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasi oxirgi qismini quyidagicha tahrirda berish maqsadga muvofiqdir:
“Mulkdor xususiy mulk huquqi bekor bo‘lishiga olib keluvchi qarordan norozi bo‘lsa NIZO SUD TOMONIDAN HAL ETILGUNGA QADAR u amalga oshirilishi mumkin emas. Nizoni hal etishda sud qarorning qonuniyligini, maqsadga muvofiqligini va mulkdorga yetkazilgan zararlar bozor bahosida to‘liq qoplanishi masalalarini atroflicha muhokama qilishi shart. Ushbu masalalarni hal etishda isbotlash burchi mulk huquqini bekor qilishga olib keluvchi qaror qabul qilgan organ zimmasiga yuklanadi”.
Shu jihatdan “Snos”lar masalasi bo‘yicha jiddiy jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi shart. Bu bo‘yicha fuqarolik jamiyati tuzilmalari, ayniqsa mulkdor uyushmalari faoliyatini ham jonlantirish lozim va umid qilamizki,
ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, elektron nashrlar bu sohada o‘z faolliklarini saqlab qolibgina qolmasdan, balki yana kuchaytiradilar ham.
Elektron OAVning xususiy mulkdorlarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi, ularning arz-dodlarini prezidentga bevosita yetkazuvchi ko‘prik sifatidagi mavqei bu sohada endi korrupsiya, o‘zboshimchalik va kibr-manmanlikning tagini qirquvchi kuchli samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
- YER UCHASTKALARINI JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN
OLIB QO‘YISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Fuqarolik qonunchiligida yer mulk huquqining obyektlaridan biri sifatida keltirilgan. Yer mulk huquqining obyekti sifatida e’tirof etilsada, mulk huquqining barcha subyektlari ham mulkiy munosabatlarda yerning mulkdori sifatida ishtirok eta olmaydi. Qonunga muvofiq, yer davlat mulki
– umummilliy boylikdir. Yerdan oqilona foydalanish zarur, u davlat
tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo‘yilmaydi. Ya’ni, yerga nisbatan mutlaq mulkdor sifatida faqat davlat e’tirof etiladi7.
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishdagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini shakllantirish borasida bir qator normativ hujjatlar bilan uning tartiblari belgilangan. Mazkur sohada yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishning huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi va boshqa bir qator qonun va qonunosti hujjatlarini keltirish mumkin.
- Кўчмас мулк ва мулк ҳуқуқи, Ўзбекистон Республикаси Олий Суди. Амалий қўлланма
– Baktria Press – Тошкент 2017 йил, 59 бет.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF–5490-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori asosida Vazirlar Mahkamasining davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armasi tashkil etildi hamda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish mazkur jamg‘arma bilan majburiy tarzda kelishilishi tartibi joriy etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF–5495-son Farmoni bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yilishi belgilandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F–5491-son farmoyishi bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Bundan tashqari yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibini belgilovchi alohida nizom tasdiqlandi. Shuningdek, mazkur nizom asosida yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilishi tartibi joriy etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina qabul qilinishi nazarda tutildi.
Yer uchastkasini olib qo‘yish tashabbuskori hamda olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektining mulkdori o‘rtasida tuziladagan yerni olib qo‘yish munosabati bilan kompensatsiya berish to‘g‘risidagi kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 1-avgust 2018-yildagi PF–5495-sonli “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 3-bandida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish uchun asoslarning cheklangan ro‘yxati belgilab qo‘yildi8.
Yurtboshimizning ushbu Farmonida esa quyidagilar alohida qayd etildi: jismoniy va yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk (fuqarolik muomalasi obyektlari) hisoblanadi va daxlsizdir, shuningdek, “Xususiy
8Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 02.08.2018 й., 06/18/5495/1611-сон,
14.08.2019 й., 06/19/5780/3559-сон
mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga9 muvofiq davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Mazkur farmonga ko‘ra yer uchastklarini olib qo‘yishda quyidagi tartiblar belgilandi:
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yiladi;
yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi;
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi, ushbu yer uchastkalarini boshqacha tarzda va boshqa shaxslarga ajratish taqiqlanadi;
yer uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi;
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy ma’muriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan, huquqiy hujjatlar talabiga ko‘ra, xususiy yerlar faqat mulkdorning roziligi bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib
9Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 39-сон, 446-модда;
2015 й., 33-сон, 439-модда; 2017 й., 24-сон, 487-модда
qo‘yilishi mumkin. Agar yer xususiylashtirilgan bo‘lsa, endi binoning, mulkning kompensatsiyasini to‘labgina, yerni davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish imkoni bo‘lmaydi. Bunda yerni mulkdordan sotib olish yoki boshqa yo‘l bilan uni rozi qilish kerak bo‘ladi. Agar rozi qilinmasa, uning yerini olib qo‘yish mumkin emas. Demak, fuqarolarda hokimiyat bilan mojarolarda o‘z mulklarini himoya qilish uchun yana bir qonuniy imkoniyat mavjud bo‘ldi
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-son qarorida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek hududlarni kompleks rivojlantirish, shu jumladan, muayyan hududning arxitektura qiyofasini o‘zgartirish va yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilishi belgilandi.
Binobarin, yuqorida keltirilgan normative hujjatlar mazmunini yagona hujjatda mustahkamlash maqsadida qabul qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni yer uchaskalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda kompensatsiya qilish, jismoniy va yuridik shxslar bilan kompensatsiya qilishda kelishuvga erishish, kompensatsiya qilish uchun respublika va mahalliy jamg‘armalarni tashkil qilish va undan foydalanish, shuningdek mazkur yo‘nalishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish masalasini belgilab berdi.
Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda, bugungi kunda mamlakatimizda yer bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish
maqsadida hamda bu jarayonda fuqarolar va yuridik shaxslar manfaatlarini ta’minlash, hududlarni har tomonlama rivojlantirishda mahalliy vakillik organlarining faoliyatini takomillashtirish dolzarb hisoblanadi.
Bizningcha, amaldagi yer bilan bog‘liq qonun hujjatlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari va uning bo‘limlari tomonidan ijro etilishi ustidan partiya guruhlarining nazoratini amalga oshirishda asosiy vazifalar:
birinchidan, yer qonunchiligi hujjatlarining ijro etilishiga to‘sqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni aniqlash;
ikkinchidan, qonun hujjatlarining ijro etilishida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
uchinchidan, tegishli qonun hujjatlarida yerlardan foydalanish hamda muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik va ijroiya organlari vakolatlarini aniqlashtirgan mexanizmlarni takomillashtirishdan iboratdir.
- YER UCHASTKALARINI JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN OLIB QO‘YISHDA DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI QANDAY
VAKOLATLARGA EGA?
Yer uchastkalarini olib qo‘yishda O‘zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasi umumiy nazoratni amalga oshiradi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasiga ko‘ra Viloyat, tuman, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu subyektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yishga, shuningdek yerlarni olib qo‘yishga haqli bo‘lib, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari Kengashi, hokim O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer munosabatlariga doir boshqa masalalarni hal qiladilar10.
- Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1993 й., 9-сон, 320-модда; Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.01.2018 й., 03/18/454/0493-сон, 24.07.2018 й., 03/18/486/1559-сон, 09.01.2019 й., 03/19/512/2435-сон
Bundan tashqari, Yer kodeksida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Shuningdek, yer uchastkalarini olib qo‘yishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy organlari ham ishtirok etadi. Ular yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari ushbu yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining to‘liq ro‘yxatini va ular haqidagi boshqa ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuborishda ishtirok etadi.
Bundan tashqari, olib qo‘yilayotgan yer uchastkalariga kompensatsiya berishda foydalaniladigan tegishli jamg‘armaning kuzatuv kengashi ham mavjud bo‘lib, ularning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining “Kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga ko‘ra, Respublika jamg‘armasining va hududiy jamg‘armalarning kuzatuv kengashlari (bundan buyon matnda kuzatuv kengashlari deb yuritiladi) ushbu jamg‘armalarning yuqori boshqaruv organlaridir.
Kuzatuv kengashlarining tarkibi va faoliyatni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 1-paragrafiga ko‘ra jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishida hujjatlarni tayyorlash tartiblari belgilangan bo‘lib, unda davlat organlarining mazkur jarayonda ishtirok etishi bilan bog‘liq holatlar keltirib o‘tilgan.
Yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga asos mavjud bo‘lgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari
aniqlanadi, agar aniqlanmasa – boshqa yer uchastkalari tanlanib, tegishli taqdimot materiallari tayyorlanadi.
Taqdimot materiallari tayyorlangan kundan so‘ng bir ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli xulosa va boshqa ma’lumotlarni olish uchun qurilish bo‘limlari va yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallariga so‘rov yuboriladi.
So‘rov tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida:
qurilish bo‘limlari qurilish obyektlarining loyiha hujjatlarini ushbu hududni rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish bo‘yicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga (ular mavjud bo‘lmaganda belgilangan tartibda taqdim etilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan yer uchastkalarini joylashtirish sxemalariga) muvofiqli yuzasidan xulosa va boshqa ma’lumotlarni tayyorlaydi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi;
yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari ushbu yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining to‘liq ro‘yxatini va ular haqidagi boshqa ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tegishli xulosalar va boshqa ma’lumotlar olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida mulkdorlarga beriladigan kompensatsiyaning dastlabki miqdorini aniqlaydi.
Quyidagi hollarda qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha taqdimot materiallarini tayyorlash talab etilmaydi:
mudofaa va davlat xavfsizligi uchun yerlarni taqdim etish; xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni
bajarish;
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish.
Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishida taqdimot materiallari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tashkil etilgan tegishli Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va
yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma kuzatuv kengashi (keyingi o‘rinlarda Kuzatuv kengashi deb ataladi) bilan kelishilishi lozim.
Kuzatuv kengashi qabul qilingan qaror haqida uch ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklarini yozma ravishda xabardor qiladi.
Kuzatuv kengashining yozma roziligi olinganidan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari ikki ish kunida taqdimot materiallarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan foyda va xarajatlarni baholash masalasini ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Kuzatuv kengashining yozma roziligi olinmasdan turib taqdimot materiallarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga kiritish taqiqlanadi.
Mazkur tartib alohida belgilangan bo‘lib, mazkur nizom talablarida belgilanishicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda chaqiriladi va o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilishi shart:
investitsiya loyihalari muayyan hududdagi fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, hudud aholisining aksariyat qismining fikrini hisobga olgan holda infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega obyektlarni qurishga yo‘naltirilganligi;
birinchi navbatda eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band bo‘lgan yer uchastkalari aniqlanganligi, agar aniqlanmagan bo‘lsa – boshqa yer uchastkalari tanlanganligi.
Ochiq muhokamani o‘tkazishga faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ochiq muhokamani o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan investitsiya loyihalari ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida qayta ko‘rib chiqilib, takroran kiritilishi mumkin.
Takroran kiritilgan taqdimot materialari umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ochiq muhokamani o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror takroran qabul qilingan taqdirda taqdimot materiallari keyinchalik ko‘rib chiqilmaydi.
Ochiq muhokamani o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
agar investitsiya loyihasi muayyan hududdagi fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, hudud aholisining aksariyat qismining fikrini hisobga olgan holda infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega obyektlarni qurishga yo‘naltirilmagan bo‘lsa;
uy-joy fondining eskirgan va avariya holatida bo‘lgan obyektlar, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros obyektlaridan tashqari) bilan band bo‘lgan yer mavjud bo‘lsa;
loyiha yer uchastkasi olib qo‘yilishi maqsadlariga to‘g‘ri kelmasa;
taklif etilayotgan loyiha bo‘yicha zarar foydadan oshib ketgan bo‘lsa; Kuzatuv kengashining roziligi bo‘lmaganda (yer uchastkasi davlat va
jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilsa).
Ochiq muhokama Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida yetarli darajada ovoz to‘planmagan taqdirda ham o‘tkazilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining ochiq muhokamani o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori u qabul qilingan kundan so‘ng bir ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.
Ushbu qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy saytlarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida kelib tushgan kundan keyingi ish kuni e’lon qilinishi shart.
Shunga ko‘ra qabul qilingan qaror fuqarolarga e’lon qilingandan so‘ng belgilangan hududdagi yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi mumkin bo‘ladi.
- YER UCHASTKASI JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN OLIB
QO‘YILISHI HAQIDA MA’LUM QILINGANDA KOMPENSATSIYA
UNDIRISH YUZASIDAN KIMGA MUROJAAT QILISHNI
BILASIZMI?
Bozor munosabatlarining taraqqiyoti xo‘jalik yuritish shakllarining va mulkchilik shaklining turlari kengayishi va ularga egalik qiliuvchi subyektlar doirasi kengayishi yer huquqiy nizolarining o‘zgarishiga ham olib keldi. Agar ilgari yer nizolarini faqatgina qishloq xo‘jalik sohasida yerdan foydalanuvchi subyektlar o‘rtasida yer uchastkalarini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga kelgan bo‘lsa, hozirga kelib yer nizolaring nafaqat subyektiv tarkibi, balki xarakteri ham o‘zgarib bormoqda. Shunday nizolardan biri jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish bilan bog‘liqdir. Yer huquqi sohasida izlanish
olib borgan rus olimlari A.P. Anisimov va A.J. Rizenkov11 fikriga ko‘ra dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida davlatning yer uchastkalarini fuqarolardan olib qo‘yishi shaharlarning ehtiyojlarini qondirishning murakkab tarkibiy qismidir. Ushbu protsedura rivojlanish uchun to‘lanadigan to‘lovlarning yaxshisidir. Hamma narsa o‘z narxiga ega. Mulk huquqi tugashining ham o‘z narxi mavjud”.
Shu o‘rinda misol tariqasida shuni keltirib o‘tish mumkinki, mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yer ajratib berish va ularni qo‘llab-quvvatlashga doir ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan investitsiya faoliyatini yaxshilash va takomillashtirishga doir qabul qilinayotgan normativ hujjatlarda xorijiy investorlarga yer uchastkalarini ajratish va ulardan yerlarni olib qo‘yishga doir shartlar aniq qilib belgilab qo‘yilgan. Bundan yer uchastkalarini olib qo‘yishga oid talablar barcha uchun baravarligi va ularga rioya qilishda yerdan foydalanuvchi barcha subyektlar majbur ekanligini tushunish mumkin.
Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish – yerlarni olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan shaxslar bilan ochiq muhokamalar o‘tkazilib, foyda va xarajatlar, shuningdek yer uchastkasiga egalik qilib turgan mulkdorning mulk huquqini belgilovchi hujjatlar asosida tasdiqlangan bino va inshootlarning bahosi aniq belgilab olinganda, bundan tashqari, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi imorat va inshootlar buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymatini va olib qo‘yish oqibatida mulkdorlarga yetkazilgan zararlarning o‘rni to‘liq qoplangandan keyingina yo‘l qo‘yiladi12.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil davomida sudlar tomonidan ko‘rilgan mazkur toifa ishlar 533 tani tashkil qilgan. Shundan 376 tasi bo‘yicha da’vo arizalari qanoatlantirilgan, 41 976 210 905 so‘mlik kompensatsiya undirish belgilangan, 38 ta rad etilgan, 10 ta fuqarolik ishlari bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 110 ta arizalar ko‘rmasdan qoldirilgan. Ushbu toifadagi ishlar asosan Jizzax viloyati (157 ta),
11 A.P.Anisimov and A.J.Ryzhenkov Withdrawal af Land Plots for Public Needs in Russia//Problems and Ways of Search of Balance of Private and Public Interests.
- http://sof.uz
Surxondaryo viloyati (128 ta), Toshkent viloyati (91 ta), Toshkent shahar (37 ta) sudlarida ko‘proq ko‘rilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasida yer uchast-kasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, qayta sotib olish tartibi belgilangan. Unga muvofiq yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydala-nuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoxud Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan olib qo‘yiladi.
Yer uchastkalari olib qo‘yilayotggan shaxslar buzilayotgan mol-mulklari uchun kompensatsiya undirish yuzasidan Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan
jamg‘armalarning Kuzatuv kengashlariga va Kompensatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.
Kuzatuv kengashlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida – respublika darajasida, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida – hududiy darajada tashkil etiladi.

Kuzatuv kengashlari kompensatsiyalarni qoplash bo‘yicha quyidagi vakolatlarga ega:


tashabbuskor
tomonidan
taqdim etilgan
asoslantiruv-
chi
materiallarni
ko‘rib chiqish
va kelishib
olish;
yer uchastkalari | tegishli |
jamoat ehtiyojlari | jamg‘arma |
uchun olib | mablag‘larining |
qo‘yilishi | kelib tushishi va |
munosabati bilan | ulardan |
zararlarning o‘rni | foydalanish |
jismoniy va yuridik | prognozlarini |
shaxslarga | ko‘rib chiqish, |
qoplanishini | shuningdek |
moliyalashtirish | ularni keyingi |
to‘g‘risida qarorlar | yil uchun |
qabul qilish; | tasdiqlash; |
tegishli jamg‘arma
daromadlarining
barqaror
shakllantirilishini
hamda yer
uchastkalari jamoat
ehtiyojlari uchun olib
qo‘yilishi munosabati
bilan zararlarning
o‘rnini jismoniy va
yuridik shaxslarga
qoplash o‘z vaqtida
moliyalashtirilishini
ta’minlash.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning kompensatsiya undirish uchun Kompensatsiya jamg‘armasining Kuzatuv kengashi va Kompen-satsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.
- YER UCHASTKASI OLIB QO‘YILGANDA TO‘LANADIGAN
KOMPENSATSIYA TURLARI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?
Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan yer uchastkasi egasiga uning mol-mulkini qoplash uchun nimalar kompensatsiya qilib beriladi? Uy-joyi yoki boshqa ko‘chmas mol-mulki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagilar kompensatsiya qilib beriladi:
olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi mustasno);
olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;

ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi);
huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.
Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.
Uy-joy, bino va inshootlar uchun kompensatsiya miqdori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilikka muvofiq huquq egasiga tegishli bo‘lgan, olib qo‘yilgan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar (yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar), ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda boshqa binolar va inshootlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning bozor qiymati ham to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
Bundan tashqari, jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishda quyidagi maqsadlarni inobatga olib ularga kompensatsiya to‘lab beriladi:
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazib olish (bundan keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari mustasno);
respublika ahamiyatiga hamda mahalliy ahamiyatga molik avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini hamda aviatexnika markazlarini, temir yo‘l transporti obyektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika va aloqa tizimining muhandislik obyektlari hamda tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
tasdiqlangan aholi punktlari bosh rejalarining obyektlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurishga oid qismini bajarish;
davlat investitsiya dasturlarida ko‘rsatilgan davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining binolari hamda inshootlarini markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan qurish nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish maqsadlarida loyihalar va ishlarni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan yer uchastkasida (bundan aholi punkti yerlari toifasiga kirmaydigan yerlar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va muhofaza etiladigan hududlarda joylashgan yer uchastkalari mustasno) joylashgan turar joyga nisbatan huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan, ushbu turar joyga o‘n besh yil (egalik qilish huquqini yuzaga keltiruvchi muddat) mobaynida xuddi o‘z mulkidek halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxslarga, ushbu ko‘chmas mulk obyektlari uchun soliqlar to‘lab kelinganligi tasdiqlangan taqdirda, mazkur ko‘chmas mulk obyektlari qiymatining o‘rni qoplanadi.
Shuningdek, beriladigan kompensatsiya quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin:

Taraflarning kelishuviga ko‘ra huquq egasiga ko‘chmas mulk obyektlarining baholash qiymati hisobga olingan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi mumkin.
Buzib tashlanadigan ko‘chmas mulk o‘rniga yangi qurilgan ko‘chmas mulk obyektini berish muddati boshqa ko‘chmas mulk obyekti vaqtincha foydalanishga berilgan kundan e’tiboran yigirma to‘rt oydan oshmasligi kerak. Ko‘rsatilgan muddatda yangi ko‘chmas mulk obyekti berilmagan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimligi huquq egasiga har bir kechiktirilgan kun uchun buzib tashlangan yoki buzib tashlanadigan ko‘chmas mulk obyekti baholash qiymatining 0,05 foizi miqdorida penya to‘laydi.
Bitta mahallada yoki bitta ko‘chada yashovchi huquq egalari va ularning oila a’zolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek madaniy qadriyatlarni saqlab qolish maqsadida, huquq egalarining xohishiga ko‘ra ularga bitta mahallada yoki ko‘chada joylashgan yangi uylar (bitta ko‘p kvartirali uydagi kvartiralar) berilishi mumkin.
6. KOMPENSATSIYA QANDAY TARTIBDA TO‘LAB BERILADI?
Ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi olib qo‘yilganda taraflarning kelishuviga ko‘ra huquq egasiga, qoida tariqasida, o‘sha tumanda (shaharda) yoki huquq egasining tanloviga ko‘ra boshqa tumanda (shaharda) joylashgan, maydoni uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan, avvalgisiga teng qiymatli turar-joy (kvartira) mulk qilib beriladi. Huquq egasining xohishiga ko‘ra turar-joy
(kvartira) olib qo‘yilgan yer uchastkasida qurilayotgan ko‘p kvartirali uydan berilishi mumkin. Bunday holda huquq egasiga ushbu turar-joy
Yashash uchun mo‘ljallanmagan obyekt joylashgan yer uchastkasi olib qo‘yilganda taraflarning kelishuviga ko‘ra huquq egasiga, qoida tariqasida, o‘sha tumanda (shaharda) yoki huquq egasining tanloviga ko‘ra boshqa tumanda (shaharda) joylashgan, maydoni avvalgi yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektning umumiy maydonidan kichik bo‘lmagan, avvalgisiga teng qiymatli yashash uchun mo‘ljallanmagan obyekt mulk qilib beriladi. Yashash uchun mo‘ljallanmagan obyekt olib qo‘yilgan yer uchastkasida qurilayotgan obyektdan berilgan taqdirda, ushbu yashash uchun mo‘ljallanmagan obyekt topshiriladigan paytga qadar tashabbuskorning mablag‘lari hisobidan huquq egasiga yashash uchun mo‘ljallanmagan obyekt vaqtinchalik ijaraga beriladi.
Yakka tartibdagi (shu jumladan qurilishi tugallanmagan, lekin belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan) uy joylashgan yer uchastkasi olib qo‘yilganda taraflarning kelishuviga ko‘ra huquq egasiga, qoida tariqasida, o‘sha tumanda (shaharda) yoki huquq egasining tanloviga ko‘ra boshqa tumanda (shaharda) joylashgan, maydoni uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan, avvalgisiga teng qiymatli yakka tartibdagi uy mulk qilib beriladi. Ushbu yakka tartibdagi uy huquq egasiga beriladigan paytga qadar unga va uning oila a’zolariga tashabbuskorning mablag‘lari hisobidan barcha qulayliklari bo‘lgan turar joy vaqtinchalik ijaraga beriladi.
Huquq egasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtinchalik) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasi olib qo‘yilganda huquq egasiga ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatiga teng miqdorda pul mablag‘lari to‘lanadi.
Kompensatsiyani pul mablag‘lari tarzida berish ushbu mablag‘larni huquq egasining bank (depozit) hisobvarag‘iga yoki shaxsiy bank plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulkning bozor qiymati kompensatsiya sifatida berilayotgan ko‘chmas mulkning bozor qiymatidan ortiq bo‘lsa, ushbu farq huquq egasiga kompensatsiya qilinishi kerak.
Agar olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulkning bozor qiymati kompensatsiya sifatida berilayotgan ko‘chmas mulkning bozor qiymatidan past bo‘lsa, ushbu farqni huquq egasi tomonidan qaytarish talab etilmaydi.
Umumiy birgalikdagi mol-mulk ishtirokchilariga ularning umumiy mol-mulkdagi ulushlariga muvofiq kompensatsiya beriladi.
Agar olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan turar joyning o‘rniga kompensatsiya sifatida boshqa turar joy berilsa, uy-joyning ijtimoiy normasini hisoblashda olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan turar joyda yer uchastkasini olib qo‘yish tartib-taomili boshlanguniga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilgan va haqiqatda yashayotgan shaxslar soni inobatga olinadi (bundan amalda yashab turgan shaxslar sonining
er-xotin nikoh tuzganida, farzand tug‘ilishi, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning tarbiyalash uchun oilaga – farzandlikka, vasiylikka, homiylikka yoki tutingan oilaga berilishi hisobidan oshishi hollari mustasno).
Kompensatsiya kelishuvda ko‘rsatilgan muddatlarda, biroq kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, agar kelishuvda pul mablag‘lari tarzidagi kompensatsiya nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday kompensatsiya kelishuv tuzilgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay
beriladi. Bunda ko‘p kvartirali uy yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘p qavatli joy joylashgan yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda, pul mablag‘lari tarzidagi kompensatsiyani to‘lash muddatlari ushbu ko‘p kvartirali uyda yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘p qavatli joyda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari huquq egalarining har biri bilan kelishuv tuzilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi. Huquq egalari barcha huquq egalari bilan kelishuv tuzilganligi va kompensatsiyani to‘lash muddatlari boshlanganligi haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi tomonidan xabardor qilinishi kerak.
Ko‘p kvartirali uyda yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘p qavatli joyda joylashgan ko‘chmas mulkning huquq egalaridan biri bilan birinchi kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran barcha huquq egalari bilan kelishuvlar tuzish bo‘yicha ishlarni yakunlash muddati uch oydan oshmasligi kerak. Ushbu muddat buzilgan taqdirda huquq egalari bilan tuzilgan barcha kelishuvlar bekor qilingan deb hisoblanadi. Bekor qilingan kelishuvlar takroran tuzilishi mumkin.
Barcha huquq egalari bilan uch oy ichida kelishuv tuzilgan paytda kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran bir oy o‘tgan kelishuvlarda kompensatsiya sifatida ko‘rsatilgan pul summasi tegishli oylarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan rasman e’lon qilingan inflyatsiyaga mutanosib ravishdagi indeksatsiya hisobga olingan holda to‘lab beriladi.
- KOMPENSATSIYA TO‘LAB BERILMAGANDA YOKI TO‘LIQ TO‘LANMAGAN TAQDIRDA QANDAY YO‘L TUTISH KERAK?
O‘zbekiston Respublikasi yer qonunchiligida yer nizolarini hal etadigan organlar tizimi va ularning vakolatlari belgilab berilmagan. Yer kodeksining 89-moddasida yer nizolari sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi deb belgilangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, qonunga muvofiq yer bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar ma’muriy tartibda ko‘rib chiqilishi qo‘llanilmaydi. Lekin, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va
ijarachilarning buzilgan huquqlarini muhofaza qilish yo‘li sifatida ma’muriy tartibda nizolarni hal qilish shakli butunlay bartaraf etilgan desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Fuqaro hamda tashkilotlar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat etishlari mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, joylardagi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, yer nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari yer nizolarini hal etishda ishtirok etishlari mumkin.
Huquqi buzilgan yerdan foydalanuvchining ham yuqori tashkilotlarga ham sudga murojaat etish huquqi mavjud. Hozirgi davrda huquqni muhofaza qilishning majburiy sudgacha tartibini amalga oshirish shart emas, ya’ni birinchi bo‘lib, yuqori turuvchi instansiyaga murojaat etib, keyin esa sudga.
Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan organlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasini olib qo‘yilishi yohud olib qo‘yilishini rad etilishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent tuman (shahar) hokimlarining ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishda quyidagi holatlarda nizolar kelib chiqishi mumkin:
yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yoki vaqtincha egallash yerga egalik qiluvchilar yoki yerdan foydalanuvchilar huquqlarining cheklanishi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar yoki fuqarolar ko‘rsatadigan ta’sir oqibatida yer sifatining yomonlashganligi sababli yetadigan zararlarni qoplash to‘g‘risidagi talablar;
xususiylashtirilgan, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi, ijara huquqi, doimiy foydalanish huquqi asosida mulk egasining ;
yer uchastkasi va unida joylashgan uy-joy yoki boshqa ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va baholash shartlariga rioya qilinmasligi natijasida mulkdorga zarar yetkazilganda;
tashabbuskor taraf tomonidan buzib tashlanayotgan mol-mulkning qiymati belgilangan muddat ichida kompensatsiya qilib berilmaganda;
Buzilayotgan uy-joy va bino-inshootlar bilan uning o‘rnini qoplash uchun berilayotgan uy-joy va bino-inshootlarlarning qiymati nomuvofiq bo‘lganda;
jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan ko‘chmas mulkni buzish xarajatlari bo‘yicha nizolar kelib chiqadigan bo‘lsa, bunday nizolar ham sud tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Sudga murojaat qilish huquqi paydo bo‘lishi asoslarining ushbu ro‘yxati to‘liq hal etuvchi ro‘yxat emas, chunki bugungi kunda sud amaliyoti kundan kunga yerga oid huquqiy munosabatlarning yangi turlari bilan to‘qnash kelmoqda. Shunga mos ravishda ilgari qonun bilan tartibga solinmagan yerga oid huquqbuzarliklar ham kelib chiqmoqda.
Binobarin, huquq egasiga kompensatsiya berilishi bilan bog‘liq nizo kelib chiqqan taqdirda, agar mazkur nizo sudga qadar tartibda ko‘rib chiqilmagan bo‘lsa va mazkur nizo bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lmasa, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini buzish haqida qaror qabul qilish taqiqlanadi.
Huquq egasiga kompensatsiya berilishi bilan bog‘liq nizolar dastlab sudga qadar tartibda Kompensatsiya komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Huquq egasiga kompensatsiya berilishi bilan bog‘liq nizo yuzasidan ariza Kompensatsiya komissiyasi arizani olgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
Kompensatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan taraf qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
Mulkdor va tashabbuskor o‘rtasida yuzaga keladigan nizo bo‘yicha kelishuvga erishilmagan taqdirda – ushbu nizo sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Nizo kelib chiqqan taqdirda, ushbu nizo bo‘yicha sudning qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar yer uchastkasi olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi qaror hamda olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas
mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yer uchastkalari olib qo‘yilishi, ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash, fuqarolarni ko‘chirish, shuningdek, kompensatsiyalar berishda qonun talablari ijrosini nazorat qilish prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy ma’muriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda tegishli organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, yer nizolarini sud orqali hal qilish buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlarni himoya qilishning eng samarali yo‘li sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Rivojlanishimizning aynan shu bosqichida davlatimiz yerdan foydalanuvchilar bilan ikki tomonlama foydani ko‘zlab o‘z munosabatlarini qurmoqda, ya’ni bunda davlat bir tarafdan yer egasi sifatida o‘z huquqlarini amalga oshirsa, ikkinchi tomondan qishloq xo‘jalik korxonalari, fermer xo‘jaliklari, alohida fuqarolar va boshqa yerdan foydalanuvchilarning mustaqil xo‘jalik yuritishlariga daxl etmay iqtisodiy qonuniyatlar va huquq normalariga rioya etishlarini ta’minlaydi. Bunda davlat bir vaqtning o‘zida normativ aktlarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatadi hamda yerdan foydalanish uni muhofaza qilishni ta’minlaydi.
Yer nizolarini sudgacha boshqaruv organlari yoki, mansabdor shaxslar tomonidan ko‘rib chiqilishi talab etilmaydi. Yer nizolarida tomonlardan loaqal bittasi fuqaro bo‘lsa, bunday nizolar fuqarolik sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shunday qilib, yer nizolari fuqarolik sudlari va iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Uy-joy kodeksining 42-moddasining 2-qismiga ko‘ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasi bir kishi hisobiga o‘n olti kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmda, kreslo aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa-yigirma uch kvadrat metrdan kam
bo‘lmagan hajmda belgilanadi. Aynan ushbu me’yorlarga rioya etgan holda yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uy-joyi (kvartirasi) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolarga turar-joylar berilishi shart. Bunday fuqarolarning avvalgi turar-joylarining miqdori inobatga olinmasligi kerak. Bu boradagi sud amaliyotiga e’tibor beradigan bo‘lsak, har doim ham sudlar qonunning mazkur me’yorlarini inobatga olmayotganlarining guvohi bo‘lamiz.
Xususan, tuman hokimligi sudga da’vo arizasi bilan murojaat etib, uylar jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan Sh.ni oila a’zolari bilan ko‘chirishni so‘ragan. Sud da’voni qanoatlantirib, Sh.ni oila a’zolari bilan boshqa uyga ko‘chirgan. Apellyatsiya instansiya sudi ham hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan. Sh.ga ajratilgan uyning umumiy maydoni 36,84 kv. metrni tashkil etgan. Sh.ning 9 kishidan iborat oila a’zolari uchun esa qonunga muvofiq ajratiladigan turar joy maydoni 144 kv. metrdan kam bo‘lmasligi lozim edi. Bu holatni ishni ko‘rgan birinchi va apellyatsiya instansiya sudlari e’tiborga olishmagan. Shu sababli, Oliy Sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sud qarorini bekor qilib, da’voni rad qilish haqida yangi hal qiluv qarori chiqardi. Bunday hollarda, qonunga ko‘ra, yer uchastkasi olib berilayotgan korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan fuqarolarga barcha qulayliklari bo‘lgan avvalgisiga teng qiymatli uy-joy maydonning ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi turar-joy mulk qilib berilishi hamda dov-daraxtlarning qiymati to‘lanishi yoxud buzilayotgan uy boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning qiymati to‘lanishi lozim. Yuqorida bayon etilgan holat bo‘yicha hay’at tuman hokimligining da’vosini asosli ravishda rad etgan.
Kompensatsiya to‘lash bilan bog‘liq nizolardan yana biri bino va inshootlarni buzib tashlash xarajatlarini qoplab bermaslik hisoblanadi.
Binobarin, ko‘chmas mulk obyektini buzish olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida loyihani va ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan tashabbuskor tomonidan amalga oshiriladi.
Huquq egasi tashabbuskor bilan kelishilgan holda ko‘chmas mulk obyektini o‘z mablag‘lari hisobidan buzishi va qurilish materiallarini olib chiqib ketishi mumkin.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yer uchastkasi va u bilan birga bino va inshootlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotgan fuqarolar yoki yuridik shaxslarga kompensatsiya to‘lash bilan bog‘liq holatda yuzaga keladigan har qanday nizo Kompensatsiya komissiyasi tomonidan yoki sud tomonidan hal qilinishi qonuniy asosga ega hisoblanadi.
- SIZ UCHUN TO‘LAB BERILADIGAN KOMPENSATSIYA MABLAG‘LARI QAYSI MANBALARDAN
SHAKLLANTIRILISHINI BILASIZMI?
Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida – respublika darajasida (bundan buyon matnda respublika jamg‘armasi deb yuritiladi), shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida – hududiy darajada (bundan buyon matnda hududiy jamg‘armalar deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Respublika jamg‘armasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda respublika budjeti mablag‘lari va respublika budjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Hududiy jamg‘armalar quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zaxira jamg‘armalarining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi
budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari qo‘shimcha manbalarining mablag‘lari;
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilishdan kelib tushgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining maxsus g‘azna hisobvaraqlariga qo‘shimcha manbalar sifatida o‘tkaziladigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Respublika va hududiy jamg‘armalarning mablag‘laridan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
– Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini ijro qilish va olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari va bino-inshootlar egalariga kompensatsiya to‘lash maqsadida;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining tashabbusiga ko‘ra yoki respublika davlat boshqaruvi organlarining tashabbusiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat yoki Toshkent shahar Kengashi tomonidan kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinganligi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash uchun;
–Hududiyjamg‘armalarningmablag‘laridantegishincha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar (shaharlar) hokimliklarining tashabbusiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy kengash tomonidan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinganligi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash uchun foydalaniladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari respublika va hududiy jamg‘armalar hisobidan kompensatsiya qilib berilmaguncha yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarni buzib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilish mumkin emas. Agar shunday qaror qabul qilingan yoki bino va inshootlar buzib tashlangan taqdirda ushbu qarorni qabul qilgan mansabdor shaxslar yoki bino va inshootlarni buzib tashlagan tashabbuskor taraf tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
-
- Rahbariy adabiyotlar
- Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq –T.: O‘zbekiston, 2016.–56 b.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T.: Xalq so‘zi. 2017-yil 22-dekabr.// http://uza.uz
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2018-yil 28-dekabr.// http://uza.uz
- Normativ huquqiy hujjatlar
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –Toshkent:
O‘zbekiston, 2018-y. -40 b.
- O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. // O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son.
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. // O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 6-son.
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. // O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova;
- O‘zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
1995-y., 3-son.
- O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi.- // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 3-son.
- O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi.- // O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son.
- O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. //
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 02/18/IPK/0623-son.
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 02/18/FPK/0612-son.
- “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
2004-y 26-avgustdagi Qonuni 1998-y., 5-6-son, 86-modda;
- “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
30.04.1998-y., 604-I-son Qonuni. Oliy Majlis Axborotnomasi 1998-y., 5-6-son, 88-modda;
- “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
28.08.1998-y. Qonuni Oliy Majlis Axborotnomasi 1998-y., 9-son, 165-modda;
- O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni/O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son
- O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni. //Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi
“Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF–5490-sonli Farmoni.// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
28.07.2018 y., 06/18/5490/1584-son 28.11.2019 y., 06/19/5884/4081-son;
11.12.2019 y., 06/19/5892/4134-son; 24.07.2020 y., 06/20/6033/1094-son.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi
“O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5495-son Farmoni.//Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2018 y., 06/18/5495/1611-son, 14.08.2019 y., 06/19/5780/3559-son, 14.12.2019 y., 06/19/5894/4161-son.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-apreldagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi” PQ–3677-son Qarori.//
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2018-y., 07/18/3677/1093-son, 12.10.2018 y., 06/18/5552/2038-son.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F–5491-son Farmoyishi.// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2019 y., 08/19/5491/3513-son.
- Vazirlar Mahkamasining 29.05.2006-y., 97-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom./ “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2006-y., 22-son, 193-modda.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qaroriga 2-ilova qilingan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
- Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash
bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 1047-son qarori.// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2019 y., 09/19/911/4028-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son.
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-son qarori.// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2019 y., 09/19/911/4028-son.
- Darslik va o‘quv qo‘llanmalar
- Usmonov M.B. Qishloq xo‘jaligida ijara.-Toshkent: TDYI., 2005.182-b.;
- Usmonov M.B va bosh. Yer huquqi. –T.: TDYI, 2002. –b.380;
- Nurmatov M.M. Ekologik huquqiy javobgarlik. – Toshkent: TDYI,
2009. – S. 4-5;
- Usmonov M.B., Mirzaabdullaeva M.R. Yer huquqi. O‘quv-uslubiy majmua.-Toshkent:TDYI, 2008.-b.167.
- Жариков Ю.Г. Закон на страже землеползование: предупреждение земелных правонарушений. – М.: Юрид. лит., 1986.
– С. 77.
- Ko‘chmas mulk va mulk huquqi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi. Amaliy qo‘llanma – Baktria Press – Toshkent 2017-yil, 59 bet.
- Земелноэ право России. – М.: Былина, 1997. – С. 121.
- Жернаков Д.В. Земелный участок как объект гражданского правоотношения / цивилистические записки: Межвуз. сб. науч. тр. — Вып.4. — М.: Статут; Екатеринбург; Институт частного права, 2005.
— С.380-389.;
IV. Ilmiy adabiyotlar va maqolalar
- Usmonov M.B. Yer huquqining dolzarb muammolari. // Yer qonunchiligini takomillashtirish muammolari. Ilmiy-amaliy konferentsiya to‘plami, – T.: TDYI nashriyoti, 2004.;
- Xolmo‘minov J.N. Xorijiy mamlakatlarda tabiiy resurslar huquqi: qiyosiy tahlil va qonunchilikni takomillashtirish. Monografiya. TDYI. 2012;
- Uzakova G.Sh. Aholi punkti yerlaridan foydalanishni huquqiy tartibga solish muammolari: Yurid. fan. nomz. … diss. – Toshkent: TDYI, 2006. – B. 120.;
- Башмаков Г.С. Приусадебноэ землеползование. – М.: Юрид. лит., 1975. – С. 66-71.;
- Xolmo‘minov J.T. Tadbirkorlarning tabiiy obektlardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik asoslari.// Huquq, Pravo, LAW. 2002. №2. -B. 77-80.
- Boboqulov Sh.O. Fuqarolarning yerdan foydalanish huquqini tartibga solish muammolari: Yurid. fan. nom. dis. … avtoref. – Toshkent: TDYI, 2006. – 26 b.;
- Kenjaev R.H. O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilishning huquqiy masalalari. Yurid. fan. nom. dis. … avtoref. – Toshkent: TDYI, 2006. – 24 b.;
- Jumanov A. Yer nizolarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish muammolari. Yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati.-T., 2008, 11-b.;
- Mirzaabdullaeva M.R. Yer ijarasi qonunchiligi islohotlari. Fuqarolik qonunchiligi: Muammo va yechimlar. // Xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. –T.: TDYI, 2004.;
- Mirzaabdullaeva M.R. Yerga bo‘lgan huquqni vujudga kelishida tanlovning ahamiyati.//Yer qonunchiligi takomillashtirish muammolari mavzusidagi konferentsiya to‘plami. –T.: 2005;
V. Internet saytlari
- Lex.uz
- Gov.uz
- Norma.uz
- Uza.uz
- Minjust.uz
- Xs.uz
TO‘XTASHEV HIKMATILLA ISMATILLAYEVICH
YER UCHASTKANGIZ OLIB QOʻYILGANDA KOMPENSATSIYA QANDAY UNDIRILISHINI BILASIZMI?
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir
Muharrir
Musahhih
Texnik muharrir
Dizayner
O. Choriyev
Sh. Jahonov
M. Patillayeva
U. Sapayev
D. Rajapov
16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 2,8 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 82-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
48