KIRISH

Soʻnggi yillarda yoshlar tadbirkorligi, jumladan, yoshlar fermerligini rivojlantirish, bu orqali ularning daromad topishi va bandligini taʼminlash, yoshlar fermerligini qoʻllab-quvvatlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bunda muhim ahamiyat kasb etdi. Ana shu hujjatga muvofiq joriy yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida bir qancha nodavlat notijorat jamoat tashkilotlari faoliyat yurita boshladi, yil oxirigacha ularning soni 30 taga yetkazildi. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yigit-qizlar xohish-istaklaridan kelib chiqib, yoʻnalishlar boʻyicha toʻgaraklar, markazlar, kengashlar tashkil qilindi.

Jumladan, Oʻzbekiston yosh fermerlar kengashi navqiron yer egalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, uyushmagan yoshlarni fermerlik harakatiga keng jalb etish, yosh fermerlar faoliyatida uchrayotgan muammo hamda turli masalalarni yechish, xorijiy taj-ribalarni oʻrganishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tuzilgan.

2021-yil yanvar holatiga koʻra, yurtimizda 3,4 mingga yaqin yosh fermerlar faoliyat olib bormoqda1.

Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida 2021-yil 27-yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda bandlikni taʼminlashda eng katta zaxiralardan biri dehqonchilik qilish uchun yer ajratish ekanligi, lekin 2020-yilda bu borada murojaat qilgan 14 ming nafar yoshdan atigi 3 mingiga yer berilganligi taʼkidlandi. Masʼul shaxslarga joylarda har 10 gektar ekin yeridan 1 gektarini yoshlarga dehqonchilik uchun ajratish tartibini joriy etish vazifasi topshirildi. Shuningdek, quduqlar qazib, zaxira yerlarni yoshlarga foydalanish uchun berish, tomorqada limonchilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik qilishlari uchun kreditlar ajratish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilishda belgilangan vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha

  1. https://lex.uz/docs/5234746

5

Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” PF–6155-son farmonida oʻz aksini topdi. Farmonda iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan, kambagʻallikni qisqartirish va uzoq muddatli barqaror iqtisodiy oʻsishning poydevorini yaratish maqsadida ishsiz aʼzolari bor oilalarga, jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shugʻullanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun:

dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun, shu jumladan, yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratilishi;

ajratilgan yer maydonlarini sugʻorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqalar) hamda elektr energiyasi bilan taʼminlanishi;

berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urugʻ, koʻchat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar ajratilishi amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi nazarda tutildi.

Yurtdoshlarimiz, xususan, yoshlarimiz orasida oʻzini oʻzi band qilishni istovchi, davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda dehqonchilik qilib, oʻzi va xalqimiz dasturxonining toʻkin-sochinligini taʼminlash istagida boʻlgan yigit-qizlar koʻpchilikni tashkil etadi. Ularning mazkur istaklarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, ularga qanday imtiyozlar berilganligi, fermerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi qandayligi kabi bir qator savollarga javob berish maqsadida mazkur risola tayyorlandi.

Risolada fermerlik (yoshlar fermerligi) faoliyati va uni huquqiy tartibga solish bilan bogʻliq masalalar sodda, xalqchil tilda savol-javob shaklida bayon etilgan.

6

1. YOSHLAR DEGANDA KIMLARNI TUSHUNAMIZ?

Statistik maʼlumotlarga koʻra,

bugun

dunyo

aholisining 16

foizini

yoshlar

tashkil

etadi.

Mamlakatimiz

aholisining

18,9

mln. nafari yoki 54 foizini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar va bolalar tashkil etadi. Yoshlarning 9,5 millioni erkak, 9,4 millioni esa ayol jinsiga mansub. Soʻnggi vaqtlarda mamlakatimiz yosh-

larini qoʻllab-quvvatlashga har tomonlama eʼtibor qaratilayotganligi hech kimga sir emas. Xoʻsh, aslida yoshlar deganda biz kimlarni tushunamiz?

  • Yoshlar (yosh fuqarolar) – oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan shaxslar.

ASOS: Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida” OʻRQ-406-son qonuni 3-moddasi

Demak, yoshlar deganda tili, dini, jinsi, irqi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar tushuniladi.

  1. FERMERLAR KIMLAR? FERMER XOʻJALIGI DEGANDA

NIMANI TUSHUNAMIZ?

Fermer (inglizcha “farmer” soʻzidan olingan) – yerga egalik qiluvchi yoki uni ijaraga olgan va bu yerda qishloq (oʻrmon) xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkor hisoblanadi2.

Yurtimizda fermer xoʻjaliklarining faoliyati 2004-yil 26 avgustda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 662-II-son qonun bilan tartibga

  1. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D0%B5%D1%80%D0%BC%D0%B5%D1%80

7

solinadi. Qonunda fermer xoʻjaliklarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlar haqida soʻz boradi.

Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti hisoblanadi.

Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir.

Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga, qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligidir.

Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reestri Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan yuritiladi.

Fermer xoʻjaligining boshligʻi shu xoʻjalikning muassisi – fermerdir.

Qonunda fermer boʻlishga quyidagi talablar qoʻyilgan:

fermerlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan shaxs oʻn sakkiz yoshga toʻlgan boʻlishi;

qishloq xoʻjaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega boʻlishi; Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlishi.

Fermer boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan ish koʻradi. Uning huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanadi.

“Yoshlar fermerligi” tushunchasiga qonun hujjatlari va boshqa adabiyotlarda tegishli taʼrif berilmagan boʻlsa-da, mazkur tushunchaga yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, taʼsischilari yosh fuqarolar boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan, asosiy faoliyat turi oʻz egaligida yoki foydalanuvida boʻlgan yerda qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanish boʻlgan tadbirkorlik faoliyati sifatida taʼrif berish mumkin.

8

3. FERMERLIK VA YOSHLAR FERMERLIGI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR QAYSILAR?

Quyidagilar fermerlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardir:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi (53-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (57, 337, 427-428-moddalar);

Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004– 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori;

OʻzbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining

“Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 18-yanvardagi 23-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori;

Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining

2008-yil 21-yanvardagi 1, 1/2-son qarori bilan tasdiqlangan

“Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” nizom.

9

  1. BUGUNGI KUNDA YOSHLAR FERMERLIGI UCHUN QANDAY IMTIYOZ VA IMKONIYATLAR MAVJUD?

Risolamiz debochasida taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda yurtimiz yoshlari bandligini taʼminlash, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini har tomonlama yaxshilash maqsadida koʻplab samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarorida bu boʻyicha tegishli vazifalar belgilangan.

Mazkur qaror bilan quyidagilar tasdiqlangan:

“Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib;

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib;

“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib.

Mazkur vaqtinchalik tartiblar bilan:

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga;

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar tomonidan dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratish, ajratilgan yer maydonlarini sugʻorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan taʼminlash, berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urugʻ, koʻchat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu orqali koʻplab yosh oila va xotin-qizlarning bandligini taʼminlashga erishilmoqda.

Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning shaxsiy tashabbuslari bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar uchun “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi yoʻlga qoʻyilib, loyiha doirasida yoshlarga yer ajratish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bunda:

10

tomorqa yer egasi boʻlgan yoki “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyiliga koʻra, ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlari ajratib berilgan yoshlarga urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha miqdorda toʻlov toʻlab berilishi nazarda tutilgan;

yoshlarga gʻalladan boʻshagan yerlarda sugʻoriladigan yer maydonlaridan ekin ekish uchun va dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlarini ajratib berilishi belgilangan.

  1. FERMER XOʻJALIKLARINI TASHKIL ETISH

TARTIBI QANDAY?

Fermer xoʻjaliklarini tashkil etish shartlari

Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.

Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlgan taqdirda tashkil etiladi.

Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xoʻjaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan yerlarda tegishincha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xoʻjaliklari uchun 0,6 gektarni), sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.

Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilik uchun kamida 30 gektarni, gʻallachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi.

Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda koʻpi bilan 5 gektarni tashkil etadi.

Yer uchastkalari berilganda fermer xoʻjaligi oʻz zimmasiga qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun oʻrtacha yillik hosil hisobida) qonun hujjatlarida belgilangan normativ hosildorlikdan kam

11

boʻlmasligini taʼminlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qoʻyiladi.

Fermer xoʻjaligini tashkil etish tartibi

Fermer xoʻjaligi shu xoʻjalik boshligʻi – fermer tomonidan tashkil etiladi, u fermer xoʻjaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi. Fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun uning boshligʻi belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak.

  1. FERMER XOʻJALIKLARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISH TARTIBI QANDAY?

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish

muddatlari

1-bosqich

Ariza

1. So‘rovnoma internet jahon

Ariza

beruvchi

axborot

tarmog‘i

orqali

beruvchi-

rasmiylashtirilganda:

ning

Firma nomini tanlash-yuridik

xohishiga

shaxslar uchun;

ko‘ra

So‘rovnomani tegishli ma’lu-

(real vaqt

motlar ko‘rsatilgan holda rejimida)

elektron

shaklda

rasmiy-

lashtirish;

Davlat bojini to‘lash.

  1. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat qilganda:

Davlat bojini to‘lash;

Tegishlihujjatlarningasl

nusxalarini bir nusxada taqdim etish;

Ro‘yatdan o‘tkazuvchi organ-ning xodimi bilan birgalikda arizani to‘ldirish.

2-bosqich Tadbirkorlik

1. Ma’lumotlarni tekshirish,

Real vaqt

subyektlarini

tadbirkorlik

subyektining

rejimida

12

davlat

noyob indentifikatorini berish.

(ariza

ro‘yxatidan

2. Ma’lumotlarni Tadbirkorlik

topshirilgan

o‘tkazish va

subyektlari yagona davlat

paytdan

hisobga

reestriga kiritish.

boshlab 30

qo‘yishning

3. Ariza beruvchini tadbirkor-

minutdan

avtomatlash-

lik subyekti davlat ro‘yxatidan

oshmagan

tirilgan

o‘tkazailganligi to‘g‘risida xa-

vaqtda)

muddati

bardor qilish.

Fermer xoʻjaligi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.

Fermer xoʻjaligi bank muassasasida hisob-kitob varagʻi va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli.

Fermer xoʻjaligi tashkil etishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibi buzilgan yoki xoʻjalikning ustavi qonunga muvofiq boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish rad etilishi mumkin.

Davlat roʻyxatiga olish rad etilganligi, shuningdek, roʻyxatga olish muddatlarining buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Fermer xoʻjaliklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

  1. FERMER XOʻJALIKLARINING USTAVIGA QANDAY TALABLAR QOʻYILADI?

Fermer xoʻjaligi ustav asosida faoliyat koʻrsatadi.

Fermer xoʻjaligining ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

fermer xoʻjaligining nomi;

fermer xoʻjaligi boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;

fermer xoʻjaligining joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va pochta manzili;

fermer xoʻjaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari; ustav fondining miqdori.

Fermer xoʻjaligining ustavida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.

13

Batafsil risola soʻnggida keltirilgan 1-ilova (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligining namunaviy ustavi)ga qarang.

  1. FERMER XOʻJALIKLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI

BERISH QAY TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI?

Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari

Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari:

zaxira yerlardan;

yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining yerlari, shuningdek, suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi, katta va kichik daryolar, suv havzalari boʻylab joylashgan yer uchastkalari fermer xoʻjaligi yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab besh yuz metrli mintaqada faoliyati hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bogʻlari hamda vivariylarning hayvonlarini va boshqa jonivorlarni) koʻpaytirish, oʻtlatish va boqish bilan bogʻliq boʻlgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa yoʻnalishdagi fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari berish taqiqlanadi.

Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari berish tartibi Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijara-

ga ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi. Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer

xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadi.

Zaxira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan yer uchastkalari oʻtkazilgan tanlov yakunlariga koʻra, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori boʻyicha beriladi.

14

Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xoʻjaligining boshligʻi va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.

Tuman hokimining fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.

Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi boʻlgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.

Fermer xoʻjaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning oʻzida) belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xoʻjaligiga yer uchastkasini ijaraga berish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

  1. FERMER XOʻJALIKLARI UCHUN BERILGAN YERDAN

FOYDALANISH QANDAY TARTIBGA SOLINGAN?

Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas.

Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi hamda Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xoʻjaligi tomonidan garovga qoʻyilishi mumkin.

Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi fermer xoʻjaligi qayta tashkil etilgan taqdirda, agar yer uchastkasining boʻlinishi natijasida yangi tashkil topgan yer uchastkalarining oʻlchami ushbu qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan eng kam oʻlchamlardan kam boʻlmasa, boʻlinishi mumkin.

Yer uchastkasining oʻlchami va chegaralari faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.

Fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros boʻyicha oʻtadi.

Fermer xoʻjaligi boshligʻi pensiya yoshiga toʻlganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy taʼlim muassasalariga kunduzgi oʻqishga qabul qilingan,

15

saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini oʻzining tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga koʻra, ushbu qonunning 4-moddasi birinchi qismi talablariga javob beradigan oʻz oila aʼzolaridan biriga qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin.

Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xoʻjaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot etgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxoʻri ega boʻladi.

Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda esa, sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga muvofiq, yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.

  1. FERMER XOʻJALIKLARINING SUV ISTEʼMOLI QANDAY

BELGILANADI?

Fermer xoʻjaliklarining suv isteʼmoli ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  1. FERMER XOʻJALIGINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI NIMALARDAN IBORAT?

Fermer xoʻjaligi quyidagi huquqlarga ega:

berilgan yer uchastkasida oʻz ustavida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;

yer uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjalik ekinlarini oraliq ekish uchun ikkilamchi ijaraga berish (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz);

16

ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartno-malari asosida qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirishni amalga oshirish;

xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlanadigan fyuchers kontraktlari tuzish;

yetishtirgan mahsulotini, shu jumladan, bu mahsulotni isteʼmolchilarga realizatsiya qilish huquqini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish;

yetishtirayotgan mahsuloti, bajarayotgan ishlari va koʻrsatayotgan xizmatlariga narx belgilash;

elektr energiyasi, yoqilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlarning, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari yetkazib berilishi, suv xoʻjaligi xizmatlari, texnik va boshqa xizmatlar koʻrsatilishi uchun shartnomalar tuzish;

tadbirkorlik faoliyatidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan, cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;

olgan daromadlarini (foydasini), bank muassasasidagi oʻzining hisobvaraqlarida boʻlgan pul mablagʻlarini tasarruf etish;

aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar olish;

kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini hamda boshqa mol-mulkini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;

kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish;

kichik hamda xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;

zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari hamda boshqa mol-mulkni olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish hamda ularni taʼmirlash;

ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni, fan va texnika yutuqlarini joriy etish;

fan-taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;

oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish.

Fermer xoʻjaligi Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Fermer xoʻjaligi:

yer uchastkasidan qonun hujjatlarida va ijaraga olish shartnomasida koʻrsatilgan shartlar asosida, belgilangan maqsadda, samarali va oqilona foydalanilishini taʼminlashi;

17

ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etishi;

yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlab qolish va oshirish tadbir-choralarini koʻrishi, biznes-rejada shu maqsad uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutishi;

agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, yer uchastkasi berilgan vaqtdan eʼtiboran bir yil ichida undan foydalanishga kirishishi;

tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini taʼminlashi;

gʻoʻza va don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya etishi;

suv resurslaridan suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq foydalanishi, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishi;

mazkur fermer xoʻjaligi aʼzo boʻlgan suv isteʼmolchilari uyushmasi balansida turgan sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoq-larini tozalash va taʼmirlashda belgilangan tartibda ishtirok etishi, shuningdek, ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;

suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya etishi;

yer uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi; mehnat toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, oʻz

xodimlari, shu jumladan, fermer xoʻjaligida mehnat qiladigan oila aʼzolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashi;

ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan taqdirda yer uchastkasining dastlab berilgan paytdagi oʻlchamlarini kamaytirmagan va boshqa shaklda zarar yetkazmagan holda yer uchastkasini ijaraga beruvchiga qaytarishi;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek, koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashi;

qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya etishi;

qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan muhofaza qilinishini taʼminlashi shart.

18

  1. FERMER XOʻJALIKLARINING USTAV FONDINI

SHAKLLANTIRISH TARTIBI QANDAY?

Fermer xoʻjaligining ustav fondi fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan belgilanadi.

Pul, qimmatli qogʻozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xoʻjaligining ustav fondiga qoʻshiladigan hissa boʻlishi mumkin. Bunda fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq tanlovda koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritiladi.

Agar fermer xoʻjaligining ustav fondi shakllantirilayotganda fermer xoʻjaligining boshligʻi oʻz oila aʼzolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni fermer xoʻjaligiga topshirayotgan boʻlsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.

Fermer xoʻjaligining ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish fermer xoʻjaligi boshligʻining qaroriga koʻra fermer xoʻjaligi ustaviga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

  1. FERMER XOʻJALIGI OʻZ MULKI, MABLAGʻLARI VA HISOB-KITOBLARI BOʻYICHA QANDAY

HUQUQLARGA EGA?

Fermer xoʻjaligining mulk huquqi davlat himoyasidadir.

Binolar, inshootlar, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va koʻchatzorlari, dov-daraxtlar, chorva mollar, parrandalarga, yetishtirgan mahsulotiga, qishloq xoʻjalik texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellektual mulk obyektlariga, shuningdek, fermer xoʻjaligining balansidagi boshqa mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi fermer xoʻjaligiga qarashlidir.

Fermer xoʻjaligi boshligʻining pul va moddiy mablagʻlari, tovarlarni realizatsiya qilishdan (ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan) olingan daromadlar (foyda), qimmatli qogʻozlardan kelgan daromadlar, qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xoʻjaligining mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin.

Fermer xoʻjaligi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni

19

yaratish, koʻpaytirish, olish, sotish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.

Fermer xoʻjaligi tugatilayotganda faoliyatni amalga oshirish davrida oʻz mablagʻlari hisobiga yaratilgan mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin tasarruf etishi mumkin.

Fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining hisob-kitob varagʻidan mablagʻlarni faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin.

Fermer xoʻjaligining mol-mulki meros qilib qoldiriladi. Xoʻjalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.

  1. FERMER XOʻJALIKLARI FAOLIYATINING TASHKIL ETILISHI QAY TARZDA AMALGA

OSHIRILADI?

Fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyati

Fermer xoʻjaligi oʻz ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining har qanday turi bilan, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishga haqli.

Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulot va ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va koʻrsatayotgan xizmatlar sifatiga oid normativlar va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga taalluqli hamda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart.

Fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning gʻayri-

20

qonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning gʻayri-qonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fermer xoʻjaligiga yetkazil-gan zararlar, shu jumladan, boy berilgan foyda belgilangan tartibda qoplanadi.

Fermer xoʻjaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.

Mahsulotni fermer xoʻjaligi tomonidan realizatsiya qilish tartibi Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish,

shu jumladan, davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar bilan xoʻjalik shartnomalari tuzish huquqiga ega.

Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda taraflar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Fermer xoʻjaligi yetishtirayotgan mahsulotning eksportga yetkazib berilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Fermer xoʻjaliklarining birgalikdagi faoliyati

Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosida birlashishi, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy -texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xoʻjaligi, veterinariya, agroki myo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmatlar koʻrsatish boʻyicha uyushmalar hamda boshqa birlashmalarga kirishi mumkin.

Fermer xoʻjaliklarining Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi majburiydir.

  1. FERMER XOʻJALIGIDA MEHNAT

MUNOSABATLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI

QANDAY?

Fermer xoʻjaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.

Batafsil maʼlumot uchun 2-ilovadagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrda 476-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligi xodimlarini yollash toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomaga qarang.

Fermer xoʻjaligidagi ish tartibi xoʻjalik boshligʻi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Fermer xoʻjaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xoʻjalik boshligʻi tomonidan

21

tashkil etiladi.

Fermer xoʻjaligi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash taraflarning kelishuviga koʻra pul hamda natura tarzida, qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Fermer xoʻjaligining boshligʻi va xodimlari davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkaziladi. Ularga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.

  1. FERMER XOʻJALIGINI KREDITLASH VA SUGʻURTALASH QANDAY AMALGA

OSHIRILADI?

Fermer xoʻjaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini olish uchun uzoq muddatli kreditlash hamda uning joriy ishlab chiqarish faoliyatini qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Fermer xoʻjaligi oʻziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va koʻchatzorlarining, koʻp yillik dov-daraxtlarning, yetishtirgan mahsulotining, xom ashyoning, materiallarning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek, shartnomalarni buzganlik uchun oʻzining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sugʻurta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) oladi.

  1. FERMER XOʻJALIGINI SOLIQQA TORTISH

TARTIBI QANDAY?

Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydi.

Fermer xoʻjaligining foydasi soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganidan keyin fermer xoʻjaligi boshligʻining tasarrufiga oʻtadi.

22

  1. FERMER XOʻJALIKLARINING HISOBDORLIGI VA FAOLIYATINI TEKSHIRISHNING CHEKLANGANLIGI

NIMALARDA NAMOYON BOʻLADI?

Fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.

Fermer xoʻjaligi faoliyatini tekshirish (moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno), davlat ehtiyojlari uchun mahsulot realizatsiya qilish, shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yer toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlari buzilganligiga dalillar boʻlgan hollarda, ijaraga olish shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari boʻyicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  1. FERMER XOʻJALIKLARINI TASHKIL ETISH

VA TUGATISH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Fyermer xoʻjaligini qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligining yer uchastkalari zaxira yerlarga olib qoʻyilganda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi oʻz rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin.

Fermer xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi:

fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari ustav fondiga kiritilmaganda;

moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda;

yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida; fermer xoʻjaligi bankrot deb topilganda, shu jumladan, moddiy-texnika

resurslari yetkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitob muntazam ravishda amalga oshirilmaganida;

fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot etib, xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxoʻr boʻlmasa;

23

davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yoki yer toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlarini buzganlik uchun, shu jumladan, fermer xoʻjaligi yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanmaganida, xususan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekkanida yer uchastkasini olib qoʻyish zarurati boʻlgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinsa, shuningdek, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq tugatilishi munosabati bilan.

Fermer xoʻjaligini tugatish tartibi

Fermer xoʻjaligi:

fermer xoʻjaligi boshligʻining qaroriga binoan;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan; moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan

tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyati tiklanmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga binoan tugatiladi.

20. FERMER XOʻJALIGINING OʻZ MAJBURIYATLARI BOʻYICHA JAVOBGARLIGI QANDAY?

Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotining nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha, shuningdek, moddiy-texnika resurslari yetkazib berilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun oʻz vaqtida haq toʻlash boʻyicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mol-mulki bilan javob beradi.

Fermer xoʻjaligining boshligʻi fermer xoʻjaligining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha oʻziga qa-rashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar boʻladi.

Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xoʻjaligida mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi.

24

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son).
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/689/0395-son.
  4. Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (662-II-son 26.08.2004). Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son.
  5. Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida” qonuni (OʻRQ-406-son 14.09.2016). Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son.
  6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004–2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son.
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 18-yanvardagi 23-son qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2021-y., 09/21/23/0056-son.
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/250/0389-son.
  10. Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1, 1/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-martda 1781-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan). Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/1781-4/2779-son.

25

ILOVALAR

1-ilova

FERMER XOʻJALIGINING NAMUNAVIY USTAVI

I. Umumiy qoidalar

  1. Fermer xoʻjaligi oʻziga ochiq tanlov asosida ijara shartnomasiga koʻra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
  2. Fermer xoʻjaligi tuman (shahar) hokimligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va oʻz nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda boʻlmagan huquq va majburiyatlarga ega boʻlish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega boʻlish huquqini oladi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
  3. Fermer xoʻjaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xoʻjaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.

Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berishni taʼminlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlash yuzasidan majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.

Fermer xoʻjaligi rahbari fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha fermer xoʻjaligining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga tegishli mol-mulki bilan subsidiar javob beradi.

  1. Fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Fermer xoʻjaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

  1. Ustavda:

fermer xoʻjaligining nomi;

fermer xoʻjaligi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; fermer xoʻjaligi joylashgan joy va uning pochta manzili;

fermer xoʻjaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari; ustav fondining miqdori koʻrsatilishi kerak.

Fermer xoʻjaligining ustavida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin.

  1. Fermer xoʻjaligining ustavi qonunda belgilangan tartibda oʻzgartirilishi mumkin hamda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.

26

  1. Fermer xoʻjaligining maqsadi, vazifalari va faoliyati
  1. Tovar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish yoʻli bilan daromad (foyda) olish, oʻzining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish fermer xoʻjaligining maqsadi hisoblanadi.
  2. Fermer xoʻjaligining vazifalari quyidagilardan iborat:

ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash;

tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish; mustaqil ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash

va sotish, shuningdek xizmatlar koʻrsatish;

veterinariya qoidalariga rioya qilgan holda chorva mollarining mahsuldorligini oshirish.

  1. Fermer xoʻjaligining faoliyat sohasi quyidagilardan iborat: qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek bozorlarda,

shu jumladan oʻz savdo shoxobchalari orqali sotish;

tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish;

yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatish;

tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish.

  1. Fermer xoʻjaligining huquq va majburiyatlari
  1. Fermer xoʻjaligi yuridik shaxs sifatida mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha huquqlariga ega boʻladi. Fermer xoʻjaligi tadbirkorlik shakllaridan biri boʻlib, tashkil etilishidan koʻzlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Fermer xoʻjaligi xoʻjalik yuritishning boshqa shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
  2. Fermer xoʻjaligi:

ixtisoslashuvga muvofiq, ustavda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan berilgan yer uchastkasida fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;

ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish;

xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlangan holda fyuchers kontraktlari tuzish; yetishtirilgan mahsulotni tasarruf etish, shu jumladan oʻz xohishiga koʻra

isteʼmolchilarga sotish huquqiga ega boʻlish;

yetishtiriladigan mahsulotga, bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarga narx belgilash;

elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berishga, suv xoʻjaligi, texnik xizmatlar va boshqa xizmatlar koʻrsatishga shartnomalar tuzish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinishi kerak boʻlgan tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;

olingan daromadlarni (foydani), bank muassasasidagi oʻzining hisob raqamlaridagi mavjud pul mablagʻlarini tasarruf etish;

27

aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish;

kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlarida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;

kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini garovga qoʻyish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi;

kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;

zarur asbob-uskunalarni, ishlab chiqarish vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish va ularni taʼmirlash;

oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Fermer xoʻjaligi Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

12. Fermer xoʻjaligi:

qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda yer uchastkasidan maqsadli, samarali va oqilona foydalanishni taʼminlashga;

ekologik talablarga va atrof muhit muhofazasining boshqa qoidalariga rioya qilishga;

yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlash va oshirish tadbirlarini amalga oshirishga, biznes-rejada ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutishga;

yer uchastkasi berilgan paytdan boshlab, agar ijara shartnomasida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir yil mobaynida yer uchastkadan foydalanishni boshlashga;

paxta va boshoqli ekinlarni navlar boʻyicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilishga;

suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanishga, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishga;

ushbu fermer xoʻjaligi aʼzo hisoblangan Suv isteʼmolchilari uyushmasi balansidagi sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va taʼmirlash ishida belgilangan tartibda qatnashishga, shuningdek ularni texnik soz holatda saqlashga, foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilishga;

suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi polosalar, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;

yer uchastkasini ogʻirlashtirish shartlariga va servitutlarga rioya qilishga;

tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nazarda tutilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishini taʼminlashga;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashga;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya qilishga;

28

qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni taʼminlashga;

Mehnat toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlari talablariga, oʻz xodimlarining xavfsiz mehnat sharoitlariga rioya qilishni taʼminlashga majburdir.

Fermer xoʻjaligi Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.

IV. Fermer xoʻjaligining ustav fondi, mol-mulki va

uni shakllantirish manbalari

  1. Ustavda fermer xoʻjaligining pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bahosidagi mulkiy huquqlardan hosil boʻlishi mumkin boʻlgan ustav fondi miqdori koʻrsatiladi. Bunda fermer xoʻjaligining ustav fondiga fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan berilgan arizada koʻrsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari majburiy tartibda kiritiladi.

Agar fermer xoʻjaligi rahbari fermer xoʻjaligining ustav fondini shakllantirishda uning oilasining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mol-mulkini fermer xoʻjaligiga bergan taqdirda, ushbu mulk barcha egalarining notarial tasdiqlangan roziligini olish talab qilinadi.

Fermer xoʻjaligining ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish fermer xoʻjaligi rahbarining qaroriga koʻra fermer xoʻjaligi ustaviga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

  1. Fermer xoʻjaligi:

oʻziga qarashli xoʻjalik imoratlari, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va koʻchatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xoʻjaligi texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek fermer xoʻjaligi balansida boʻlgan boshqa mol-mulkning;

ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning; olingan daromad (foyda)ning;

qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi.

  1. Fermer xoʻjaligi boshligʻining pul mablagʻlari va moddiy vositalari, tovarlarni sotishdan (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishdan) olingan daromad (foyda), qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin.
  2. Fermer xoʻjaligining mol-mulki fermerga tegishlidir, u qonunga muvofiq ushbu mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

V. Fermer xoʻjaligini boshqarish

  1. Fermer xoʻjaligining muassisi — fermer uning boshligʻi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan, tegishli malakaga yoki qishloq xoʻjaligida ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarosi fermer boʻlishi mumkin.
  2. Fermer xoʻjaligining rahbari:

fermer xoʻjaligi ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;

29

fermer xoʻjaligi faoliyatining biznes rejasini tasdiqlaydi; fermer xoʻjaligi faoliyatini tashkil qiladi;

yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan ish koʻradi;

ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek fermer xoʻjaligi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini imzolaydi;

fermer xoʻjaligi xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi; ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilaydi;

daromadni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etadi;

xodimlarning xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratib beradi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalari yuritilishini tashkil etadi, ish haqi toʻlanishini taʼminlaydi, mehnatga haq toʻlash miqdorini va moddiy ragʻbatlantirish usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;

fermer xoʻjaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi;

fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish masalalarini hal etadi.

VI. Fermer xoʻjaligida yerdan va suv isteʼmoli

  1. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi. Ijara muddati qonun hujjatlariga, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasiga muvofiq belgilanadi.

Yer uchastkasining ijara muddati tamom boʻlgandan keyin fermer xoʻjaligi ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatini choʻzish) huquqiga egadir.

Pensiya yoshiga yetganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda fermer xoʻjaligining boshligʻi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qilish muddatida oʻz oilasi aʼzolaridan biriga berishi mumkin;

Fermer xoʻjaligi rahbari vafot etgan taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqi va ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatini choʻzish) huquqi qonun hujjatlariga muvofiq meros boʻyicha oʻtadi.

  1. Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston

Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  1. Yer uchastkalarining oʻlchami va chegaralari yer ijarasi shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritilgandan keyingina oʻzgartirilishi mumkin.

Yer uchastkasi ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.

  1. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, garov obyekti boʻlishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
  2. Fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlari maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan shartnomada nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligi

30

ekinlari oʻrniga boshqa ekinlar ekilishi ijara shartnomasini qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi, bu qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.

  1. Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga qaytariladi.
  2. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq yagona yer soligʻi tariqasida undiriladi.
  3. Fermer xoʻjaliklarining suv olish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
  4. Yer resurslarini, fermer xoʻjaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda undan foydalanish, suv yetkazib berish xizmatlariga haq toʻlash, shuningdek imtiyozlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

VII. Fermer xoʻjaligida mehnat

  1. Fermer xoʻjaligining faoliyati fermerning va mehnat shartnomasi boʻyicha unda ishlovchi shaxslarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi.

Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  1. Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan tashkil etiladi.
  2. Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan oz boʻlmagan miqdorda, tomonlarning kelishuviga binoan ham pul tarzida, ham natura tariqasida toʻlanadi.
  3. Fermer xoʻjaligida ishlangan vaqt mehnat stajiga qoʻshiladi.

Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.

VIII. Fermer xoʻjaligining mablagʻlari va hisob-kitoblari

  1. Fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob raqamlari ochish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining hisob raqamidan mablagʻlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish mumkin.
  2. Qishloq xoʻjaligi ekinlari, shu jumladan paxta va gʻalla hosili uchun sarflangan barcha xarajatlar fermer xoʻjaligining qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi.
  3. Fermer xoʻjaliklari elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar yetkazib beruvchilar va fermer xoʻjaliklariga xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlari shart.

IX. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi

  1. Fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yigʻimlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan, elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari yetkazib beruvchilar va xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilingandan keyin butunlay fermer xoʻjaligining ixtiyoriga oʻtadi.

31

Fermer xoʻjaligiga yetkazilgan zarar uning mol-mulki va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

X. Fermer xoʻjaliklarining birgalikdagi faoliyati

  1. Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosida qoʻshilish, shu jumladan ulush (pay) asosida qoʻshilish, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xoʻjaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmat koʻrsatish boʻyicha jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga kirish huquqiga ega.

Fermer xoʻjaligining Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi majburiy hisoblanadi.

XI. Fermer xoʻjaligi faoliyati natijalarini

hisobga olish va nazorat qilish

  1. Fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.

Fermer xoʻjaligi tekshirish huquqini beruvchi tegishli hujjat koʻrsatilishini talab qilish, tekshiruvchilarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha talablarini bajarmaslik va ularni tekshirish mavzusiga tegishli boʻlmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka haqlidir.

XII. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish

  1. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  2. Fermer xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi:

fermer xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida oʻz ustav fondini ustavda nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmaslik, shu jumladan ustav fondiga fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan berilgan arizada koʻrsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari kiritilmasligi;

yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechish;

fermer xoʻjaligi bankrot deb eʼtirof etilishi, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ishlar va xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitoblar muntazam ravishda amalga oshirilmasligi;

fermer xoʻjaligi boshligʻining vafot etishi va xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlaydigan merosxoʻrning yoʻqligi;

yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi zarur boʻlganda yoxud yer toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan fermer xoʻjaligi tomonidan yer uchastkasidan boshqa maqsadda foydalanil-ganda, shu jumladan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgandan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilganda belgilangan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilinishi.

Fermer xoʻjaligi:

fermer xoʻjaligi boshligʻi (fermer)ning;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qarori bilan tugatiladi.

  1. Fermer xoʻjaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

32

Fermer xoʻjaligi xodimlarini yollash toʻgʻrisida

NAMUNAVIY SHARTNOMA

_____________tumani -son 200 ___ yil ________

___________________ fermer xoʻjaligi Ustav asosida faoliyat koʻrsatuvchi, keyingi

(nomi)

oʻrinlarda

“Ish beruvchi” deb yuritiladigan __________________orqali bir tomondan va

keyingi oʻrinlarda

(F.I.O.)

“Xodim” deb yuritiladigan fuqaro ________________ikkinchi tomondan ushbu

shartnomani

(F.I.O.)

quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:

1. Xodim ___________

mutaxassisligi boʻyicha

__________________

qilinadi.

lavozimiga qabul

(razryad koʻrsatiladi)

2. Shartnoma __________________________________

hisoblanadi.

(asosiy ish boʻyicha, oʻrindoshlik boʻyicha)

3. Shartnoma muddati

________________________________________________

(muayyan muddatga, belgilanmagan muddatga)

4. Shartnoma boʻyicha ishning boshlanishi ________________________________

(yil, kun, oy)

5. Xodimning majburiyatlari:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va xoʻjalik Ustavi talablariga, mehnat intizomiga rioya qilish, mehnat majburiyatlarini bajarish;
  2. mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.

6. Ish beruvchining majburiyatlari:

  1. mehnatni tashkil etish va Xodimning mehnatini muhofaza qilish, uni texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat majburiyatlari, jamoa shartnomasi (u qabul qilingan boʻlsa) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish;
  2. ish haqini belgilangan muddatlarda toʻlash;
  3. Xodimni mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq zarur inventarlar va boshqa muhofaza vositalari bilan taʼminlash;
  4. Xodimning mehnat daftarchasini belgilangan tartibda yuritish;
  5. qonun hujjatlari talablariga rioya etish.

7. Ish tartibi:

ish vaqti tartibini fermer xoʻjaligi boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi. Bunda bir yildagi ish vaqti jami hisoblangan ish vaqtidan, har kungi ishning

davom etishi esa 12 soatdan oshishi mumkin emas.

8. Mehnatga haq toʻlash:

  1. tomonlar belgilagan ish hajmi bajarilgan taqdirda Xodimga har oy uchun ____________________________

(aniq summa koʻrsatiladi)

miqdorida mehnat haqi belgilanadi;

33

  1. ishlab chiqarish zaruriyati va bekor turib qolishlar sababli Xodim uning roziligisiz boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin. Bunda mehnatga haq toʻlash bajarilgan ishlar boʻyicha, lekin Xodimning ilgarigi ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi;
  2. Ish beruvchi huquqlar va moliyaviy imkoniyatlar doirasida quyidagi qoʻshimcha toʻlovlarni (ustamalar, mukofotlar, ragʻbatlantiruvchi va boshqa toʻlovlarni) belgilaydi:

________________________________________________________

________________________________________________________

(qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa toʻlovlarning nomi va miqdori)

  1. Xodim bilan kelishuvga koʻra mehnatga haq toʻlash ham pul, ham natura tarzida amalga oshirilishi mumkin.

9. Xodimga har yilgi asosiy mehnat taʼtili ____ ish kuni (kamida 15 ish kuni) miqdorida va ____ish kuni miqdorida qoʻshimcha mehnat taʼtili belgilanadi.

10. Xodimga nisbatan davlat ijtimoiy sugʻurtasi qoʻllanadi.

11. Ish beruvchi mehnat intizomi va ushbu Shartnoma shartlari buzilganligi uchun

Xodimga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasida koʻrsatilgan intizomiy tanbeh choralarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasi talablarini bajargan holda qoʻllash huquqiga egadir.

Tomonlarning manzillari va imzolari:

Xodim Ish beruvchi

34

Fermer xoʻjaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga

olishning

NAMUNAVIY SHARTNOMASI

200___ yil “ ____” _____________

_________________________________

(shartnoma tuzilgan joy)

________________________

___________________________ tumani

viloyati

(nomi)

(nomi)

hokimligi hokim _____________________________ orqali keyingi oʻrinlarda

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

“Ijaraga beruvchi” deb ataladi, bir tomondan va____________________

(fermer xoʻjaligini nomi)

__________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

orqali, keyingi oʻrinlarda “Ijaraga oluvchi” deb ataladi, ikkinchi tomondan 200__ yil “___”________dagi ___-son qaror asosida ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:

I. Shartnomaning mavzusi

  1. Ijaraga beruvchi 200__yil “___”________dan ________yil muddatga

__________da joylashgan ____________gektar yer uchastkasini ijaraga topshiradi, Ijaraga oluvchi esa qabul qilib oladi.

Ijaraga oluvchining yer uchastkasi chegaralari mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan xaritada koʻrsatilgan.

  1. Yer uchastkasi ____________________________________ qishloq xoʻjaligi

(ixtisoslashuvi)

ishlab chiqarishini yuritish uchun beriladi.

  1. Koʻrsatilgan yer uchastkasida quyidagi qishloq xoʻjaligi yerlari joylashgan: sugʻoriladigan haydaladigan yerlar ________________________ga; sugʻorilmaydigan (lalmikor) haydaladigan yerlar_____________________ ga; bogʻlar _____________________ga;

uzumzorlar __________________ga; tutzorlar ________________ga;

boshqa koʻp yillik daraxtlar___________________ ga; pichanzorlar va yaylovlar _______________ga;

boʻz yerlar ____________________ga;

Yerlarning tarkibi va maydoni toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar ushbu

Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan yerlarning ilova qilinayotgan izohlarida keltirilgan.

  1. Ijaraga beriladigan sugʻoriladigan yerlarning tavsifi: suv bilan taʼminlanganligi ___________________%; sugʻorib kelinayotgan muddati _______________;

35

madaniylashtirilganligi ___________________;

eroziyaga uchraganlik darajasi ________________________;

toshloqlik darajasi ___________________;

shoʻrlanish darajasi ______________;

sizot suvlarning joylashish chuqurligi ___________________;

tuproq bontetining oʻrtacha oʻlchangan bali ____________________.

  1. Yer uchastkasining kuchsizlanganligi ________________________;
  2. Servitutlar __________________.

II. Ijara haqi

  1. Yer uchun ijara haqi yagona yer soligʻi tarzida, qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha va muddatlarda toʻlanadi.
  2. Yagona yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undiriladi.

III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari

  1. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 2-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda, belgilangan almashlab ekishlarga muvofiq foydalanilishi kerak.
  2. Ichki xoʻjalik obyektlari qurishda va keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishda Ijaraga oluvchi tomonidan buzilgan yer uchastkalari ijaraga oluvchining kuchi bilan va uning mablagʻlari hisobiga qayta madaniylashtiriladi.
  3. Yer uchastkasi berish va undan foydalanishning boshqa shartlari__________________________.

IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari

  1. Ijaraga beruvchi belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

Ijaraga oluvchi tomonidan Shartnoma shartlari buzilganda yoxud yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish zarur boʻlganda ushbu Shartnomani oʻzgartirishni yoki bekor qilishni talab qilish;

yer uchastkasining kuchsizlanganligi darajasini aniqlash.

Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari ________________________

13. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:

ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda, Shartnoma shartlariga muvofiq holatda berilishini taʼminlash;

yerlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda Ijaraga oluvchining koʻrgan zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydasini toʻlash;

qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlarni sugʻorish uchun ajratilgan limitlarga muvofiq suv berilishini taʼminlash;

Ijaraga oluvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish. Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari _________________

V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari 14. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga hamda xoʻjalik ustaviga muvofiq mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish;

qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxt koʻchatlariga, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotiga va uni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;

36

yer uchastkasida mavjud boʻlgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;

sugʻorish, yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

qishloq xoʻjaligi ekinlarini, daraxtlarni sugʻorish va boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;

ichki xoʻjalik maqsadlari uchun ishlab chiqarish hamda boshqa imoratlar va inshootlarni belgilangan tartibda barpo etish;

yerlar olib qoʻyilgan taqdirda oʻziga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻlatish.

Ijaraga oluvchi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.

15. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:

yer uchastkasining ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 2-bandiga muvofiq saqlash;

davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulot yetishtirilishini tashkil etish (ixtisoslashuvni hisobga olgan holda);

yerdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllanish, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik. Fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlari, shuningdek ekinlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi amaldagi Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanadi;

ishlayotgan irrigatsiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;

yerlarni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

yagona yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlash;

boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;

belgilangan shakllardagi hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;

boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer uchastkalari mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda toʻlash;

qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini (uch yil mobaynidagi oʻrtacha yillik hisobda) yerlarning normativdagi kadastr bahosidan past boʻlmagan darajada boʻlishini taʼminlash;

arxitektura-shaharsozlik normalari va talablariga rioya etish, shu jumladan qurilishga ruxsat olish va loyihani arxitektura organlari bilan kelishish.

37

Ijaraga oluvchi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.

VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini

oʻzgartirish va bekor qilish

  1. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
  2. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda:

fermer xoʻjaligining tugatilganda, shu jumladan bankrotlik toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlariga muvofiq u iqtisodiy nochor boʻlgan taqdirda tugatilganda;

yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda; yerdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, shu jumladan davlat ehtiyojlari

uchun kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilganda;

samarasiz foydalanilganda, yaʼni Ijaraga oluvchining aybi bilan muntazam ravishda (uch yil mobaynida) normativdagi kadastr bahosidan kam miqdorda hosil olinganda;

yerlarning ekologik holati ijaraga oluvchining aybi bilan yomonlashganda;

yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyilganda;

agar fermer xoʻjaligi yer uchastkasi olingan paytdan boshlab bir yil mobaynida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatiga kirishmasa bekor qilinishi mumkin.

Shartnoma amaldagi Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.

VII. Tomonlarning javobgarligi

  1. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
  2. Bartaraf etilishi mumkin boʻlgan har qanday qonun buzilishi Shartnomaning bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi.
  3. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish moʻljali toʻgʻrisida ikkinchi tomonni

Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda moʻljal-lanayotgan bekor qilish sanasidan uch oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.

VIII. Nizolarni hal etish

  1. Ushbu Shartnomani amalga oshirishda paydo boʻladigan nizolar amaldagi Qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

IX. Shartnomaning alohida shartlari*

____________________________________________________________________

Izoh: IX “Shartnomaning alohida shartlari” boʻlimida mazkur Namunaviy shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shartlar koʻrsatiladi.

38

X. Yakuniy qoidalar

Ushbu Shartnoma ikki nusxada tuzilgan, ulardan birinchisi Ijaraga

oluvchiga _____________berilgan,

ikkinchisi ____________________

(xoʻjalikning nomi)

(tumanning nomi)

tumanining yer resurslari va davlat kadastri boʻlimida saqlanadi.

Shartnoma yer uchastkasi joylashgan joydagi yer resurslari va davlat kadastri boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Tomonlarning yuridik manzillari:

Ijaraga beruvchi:

Ijaraga oluvchi:

____________________________

______________________________

____________________________

______________________________

Tomonlarning imzolari:

Ijaraga beruvchi

Ijaraga oluvchi

_____________ tuman hokimi

________________________________

Imzo ________________

Imzo ____________________

M.Oʻ.

M.Oʻ.

Shartnoma 200 _ yil “ ______” _______ da ______ -son tartib raqami bilan

_______________________ viloyati

________________________ tumani

(nomi)

(nomi)

yer resurslari va davlat kadastri boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

M.Oʻ. _________________________

____________________________

(imzo)

(F.I.O.)

39

RAJABOV ADHAM AMRULLOYEVICH

YOSHLAR FERMERLIGINI

TASHKIL ETISH

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir

Muharrir

Musahhih

Texnik muharrir

Dizayner

O. Choriyev

Sh. Jahonov

M. Patillayeva

U. Sapayev

D. Rajapov

16.08.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 2,32 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 92-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

40