K i r i sh

Bugungi kunda barcha sohalarda jadal surʼatlarda rivojlanish kishilarning turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan yangidan-yangi xizmat turlari vujudga kelmoqda, mavjudlari esa mazmun mohiyati jihatidan yanada boyib bormoqda.

Zamonaviy shart-sharoitlarda aloqa xizmati sohasida tub oʻzgarishlar amalga oshirildi, fuqarolik qonunchiligi bunday sharoitda oʻzini huquqiy tartibga solish mexanizmini mavjud sharoitlarga moslashtirib borishi talab etiladi. Fuqarolik kodeksida haq evaziga xizmat ko‘rsatish majburiyatlari alohida majburiyat turi sifatida belgilab qoʻyilgan boʻlib, ushbu majburiyat turiga bir necha xizmat turlarini muayyan umumiy belgilar asosida mustahkamlab, garchi toʻlaqonli boʻlmasada, alohida fuqarolik huquqiy tartibga solish tizimini nazarda tutgan.

Insonlar oʻrtasidagi aloqalar, ushbu munosabatlarning rivojlanish tendensiyasi elektron pochta aloqasi, elektron maʼlumotlar almashish tizimi, internet xizmati, maʼlumotlarni saqlash, xosting xizmatlari va boshqa bir qator yangidan yangi aloqa xizmatlarini vujudga keltirdi.

Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanib borgani sari aloqa xizmati koʻrsatish sohasi ham tobora rivojlanib, uning yangi turlari, shakllari paydo boʻlmoqda. Mazkur sohada xizmatlar koʻrsatishni huquqiy taʼminlash dolzarb ahamiyatga ega. Uning rivoji respublikamiz aholisining turmush sharoitini yaxshilashga, xizmat turlarining rivojlanishi uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.

Axborot olish va tarqatishning raqamli bazasi asosida yurtimizda telekommunikatsiya tizimini yaratish va takomillashtirish, telekom­munikatsiyalar va maʼlumot uzatish milliy tarmogʻini rivojlantirish, davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish, raqamli kommunikatsiya texnologiyalarini, barqaror va samarali telekom­munikatsiya sektorini yaratish, iqtisodiyotning barcha jabhalarida telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada telekommunikatsiya sohasiga doir 2,5 mlrd. AQSH dollari qiymatiga teng boʻlgan 40 dan ortiq loyihalar amalga oshirilishi, pirovard natijada mamlakatdagi barcha shaharlararo va xalqaro aloqa stansiyalarini raqamlashtirishga erishildi va ular zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish imkoniga ega boʻldi[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak” maʼruzasida hayotning oʻzi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim boʻlgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qoʻyayotganligini alohida taʼkidladi[2].

Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar orasida aloqa xizmatlari eng keng qoʻllaniladigan va koʻrsatiladigan xizmatlardan biri hisoblanadi. Bunda aloqaning keng doirasi yaʼni, telefon, maʼumotlar uzatish, onlayn rejimda turli xizmatlardan foydalanish bevosita aloqa xizmatlari koʻrsatish bilan chambarchas bogʻliqdir.

Hozirgi bosqichda yangidan yangi aloqa xizmatlari turlari paydo boʻl­moqda. Jumladan, sputnik aloqasi xizmati, internet tarmogʻi orqali maʼlumot­lar uzatish xizmati, telegram, shareit, scype va h.k. Albatta, bu oʻrinda shart­noma majburiyatlarini bajarish, fuqarolik-huquiy javobgarlik hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquq va manfaatlariga putur yetkazmaslik, ularni himoyasini ishonchli taʼminlash dolzarb masalalardan biridir.

Mazkur risola aloqa va internet xizmatini koʻrsatishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan boʻlib, unda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlarida belgilangan asosiy qoidalar, xizmatdan foydalanuvchi va xizmat koʻrsatuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari, xizmatlar koʻrsatish tartibi, Internet xizmatini koʻrsatish xususiyatlari, telefon, taksofon, telegraf xizmatlarini koʻrsatish xususiyatlari atroflicha yoritilgan.

Risola keng doiradagi isteʼmolchilar va sohaga qiziquvchilar uchun moʻljallangan.

SAVOL VA JAVOBLAR

1. Aloqa oʻzi nima va u qanday vazifalarni bajaradi?

Hozirgi kunda insonlar oʻrtasida turli aloqa vositalari orqali muloqotga kirishish tobora rivojlanib bormoqda. Ilgari asosan xatlar, yozishmalar, pochtalar, xabarchilar orqali muloqot qilish imkoni boʻlgan boʻlsa, hozirgi kunda telefon soʻzlashuvlari, sms xabarlar, elektron axborot almashinuvi, virtual axborotlardan foydalanish kabilar hayotimizga faol kirib keldi.

Shu boisdan aloqaning pochta, telefon, telegraf, faks email uzatishlar, hujjatli xabarlarning boshqa turlari maʼlumotlarini uzatish, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiyalar vositalari aloqa xizmatlari koʻrsatish orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvardagi “Aloqa toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasiga koʻra, aloqa Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik va ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi boʻlib, aholining, xoʻjalik subyektlarining, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning oʻzga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmogʻi orqali joʻnatilayotgan ashyolarni yetkazib berishga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishini taʼminlaydi.

2. Aloqa xizmatini koʻrsatish boʻyicha isteʼmolchilarning huquqlari qaysi qonunlar bilan muhofaza qilinadi?

Avvalo, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasining “Aloqa toʻgʻrisida”gi, “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari asosida isteʼmolchi huquqlari muhofaza qilinadi.

Bundan tashqari aloqaning qaysi turi boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishiga qarab, tegishli aloqa xizmatlarini koʻrsatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarda hamda isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish nazarda tutiladi.

3. Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari nima va subyektlari kimlar?

Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta joʻnatmalarini qabul qilib olish, tashish va koʻrsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yigʻindisi boʻlgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faks email uzatishlarni, hujjatli xabarlar­ning boshqa turlari maʼlumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yigʻindisi boʻlgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar aloqa sohasidagi munosabatlarning subyektlaridir.

4. Yozishma, telefon soʻzlashuvlari va telegraf xabarlari sir saqlanadimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yozishma, telefon soʻzlashuvlari, telegraf xabarlarining sir saqlanishi qonun bilan muhofaza etiladi.

“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan hollardan tashqari jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi soʻzlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni toʻplashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Jinoyat protsessual qonunchilikka muvofiq telefonlar va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib borilgan soʻzlashuvlarni eshitish yoʻli bilan dalillar toʻplanishi mumkin. Pochta-telegraf joʻnatmalarini koʻzdan kechirish va olib qoʻyish Jinoyat-protsessual kodeksining 167-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Aloqa sohasidagi faoliyat uchun qanday talablar qoʻyiladi?

Aloqa sohasida faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tegishli faoliyat turi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlishlari talab qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommuni­katsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan quyidagi faoliyat turlari:

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash;

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish;

Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish uchun litsenziyalar beriladi.

Telekommunikatsiyalar sohasida quyidagilarni loyihalashtirish, qurish, eksplutatsiya qilish va telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyat litsenziyalanishi lozim:

  • mahalliy tarmoqlar;
  • shaharlararo tarmoqlar;
  • xaqaro tarmoqlar;
  • mobil radiotelefon aloqa tarmoqlari;
  • maʼlumotlar uzatish tarmoqlari;
  • teleradiouzatishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari.

6. Aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat boshqaruvi boʻyicha maxsus vakolatli organ qaysi?

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat boshqaruvi boʻyicha maxsus vakolatli organ etib belgilangan.

Aloqa sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek u vakolat bergan idora (Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommu­nikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻziga boʻysunadigan aloqa vositalariga rahbarlik qiladi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan aloqa vositalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, aloqa vositalari ustidan davlat texnikaviy nazoratini amalga oshiradi, mulkchilik shaklidan, kimning tasarrufida ekanligidan qatʼi nazar, aloqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalari koʻrsatayotgan xizmat sifatini tekshirib boradi.

Pochta toʻlovi belgilarini nashr etish mutlaq huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan­tirish vazirligiga tegishlidir.

7. Pochta aloqasining qanday turlari mavjud?

Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida pochta aloqasi umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi va maxsus moʻljallangan pochta aloqasiga boʻlinadi.

Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi operator va provayderlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida pochta aloqasi faoliyatining yagona prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

Fuqarolar isteʼmolchi sifatida umumiy foydalanishdagi pochta aloqasidan foydalanadilar.

Maxsus moʻljallangan pochta aloqasi quyidagilarga boʻlinadi:

  • pochta aloqasi sohasida maxsus vakolatli organning maxsus aloqasi;
  • davlat feldyegerlik aloqasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining feldyegerlik-pochta aloqasi.

Maxsus moʻljallangan pochta aloqasining faoliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

8. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishni tashkil qilish qanday amalga oshiriladi?

Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini (pochta, kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish, qayta ishlash, tashish va yetkazib berish) koʻrsatish boʻyicha faoliyatni Umumjahon pochta ittifoqi aktlari, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida amalga oshiradilar.

9. Pochta aloqasidan foydalanuvchilarning qanday huquqlari mavjud?

Pochta aloqasidan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

  • Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish;
  • oʻz huquq va majburiyatlari, pochta qoidalari, koʻrsatilayotgan xizmatlar va ularga doir tariflar haqidagi axborotlardan erkin foydalana olish;
  • oʻz pochta manzili boʻyicha, yoʻqlab olish tarzida yoki abonentlik pochta javoni qutilaridan foydalangan holda pochta joʻnatmalarini va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini olish;
  • kelgan pochta joʻnatmalari yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini olishdan bosh tortish;
  • qiymati eʼlon qilingan pochta joʻnatmasi joylanmasining bahosini mustaqil ravishda belgilash;
  • operator va provayderlar tomonidan oʻz vaqtida hamda sifatli xizmat koʻrsatilishi;
  • xizmat koʻrsatilmaganligi yoki lozim darajada sifatli xizmat koʻrsatilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning toʻlanishi, maʼnaviy ziyonning qoplanishiga erishish;
  • oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.

Foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.

10. Pochta aloqasidan foydalanuvchilar qanday majburiyatlarni bajaradi?

Pochta aloqasidan foydalanuvchilar quyidagilarga majburdir:

  • pochta qoidalari talablariga rioya etish;
  • oʻzlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash;
  • operator va provayderlarning ish sifati pasayishiga qaratilgan xatti-harakatlar qilmaslik.

11. Operator va provayderlarning majburiyatlariga nimalar kiradi?

Operator va provayderlar quyidagilarga majburdir:

  • pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni pochta qoidalariga muvofiq amalga oshirish;
  • foydalanuvchilarning pochta aloqasi xizmatlaridan erkin foydalana olishini taʼminlash;
  • pochta aloqasi koʻrsatayotgan xizmatlar sifatli boʻlishini taʼminlash;
  • pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining butligini taʼminlash;
  • pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan texnologik uskunalar, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalariga ega boʻlish;
  • foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi, shuningdek pochta aloqasi xizmatlari tariflarining oʻzgarganligi haqidagi axborotni taqdim etish;
  • pochta aloqasi xizmatlarining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarni qonun hujjatlariga muvofiq qoplash.

Operator va provayderlar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

12. Operator va provayderlarning oʻz majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarligi nazarda tutilganmi?

Operator va provayderlar pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoxud lozim darajada bajarmaganlik uchun foydalanuvchilar oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. Operator va provayderlarning javobgarligi pochta joʻnatmalarini yoʻqotish, buzish (shikastlash), joylanmalarning kam chiqishi, pochta joʻnatmalarini yetkazib bermaslik (topshirmaslik) yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini amalga oshirishning nazorat muddatlarini buzish hamda pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan talablari boshqacha tarzda buzilgan hollarda yuzaga keladi.

Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishda foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlar operator yoki provayder tomonidan quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:

  • pochta joʻnatmalari: buyurtma xat, buyurtma pochta varaqchasi, buyurtma banderol yoki pochta joʻnatmasini topshirganlik toʻgʻrisidagi buyurtma xabar qogʻozi yoʻqotilgan hollarda – pochta aloqasi xizmatlariga toʻlangan summa miqdorida neustoyka; posilka, qimmatli banderol yoki qimmatli xat uchun – eʼlon qilingan qiymatning ikki barobari va pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka (eʼlon qilingan qiymat uchun tarif toʻlovi bundan mustasno);
  • qimmatli pochta joʻnatmasini joylanma roʻyxati bilan joʻnatganda joylanmaning bir qismi yetishmagan yoki buzilgan (shikastlangan) hollarda – joʻnatuvchi roʻyxatda koʻrsatgan joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismi eʼlon qilingan qiymatining ikki barobari miqdorida;
  • qimmatli pochta joʻnatmasini joylanma roʻyxatisiz joʻnatganda joylanmaning bir qismi yoʻqolgan yoki buzilgan (shikastlangan) hollarda – joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismining yuborilgan joylanma ogʻirligiga (pochta joʻnatmasi ustki oʻramini istisno etganda) nisbati bilan mutanosib tarzda aniqlanadigan pochta joʻnatmasi qiymati eʼlon qilingan qismining ikki barobari miqdorida;
  • adresatga pul mablagʻlarining pochta yoki telegraf oʻtkazmasi toʻlanmaganda yoki notoʻgʻri toʻlanganda, agar oʻtkazilgan pullarni adresatga berishning imkoni boʻlmay, u joʻnatuvchiga ham toʻlanmagan boʻlsa – oʻtkazmaning toʻlanmagan yoki yetarlicha toʻlanmagan qismi summasi miqdorida hamda pochta aloqasi xizmatlariga toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
  • adresatdan ustama toʻlov miqdorini yetarlicha olmagan yoki ustama toʻlovni notoʻgʻri toʻlaganda – kam olingan yoki notoʻgʻri toʻlangan ustama toʻlov summasi miqdorida;
  • posilkalar, qimmatli xatlar, qimmatli banderollar, shuningdek, pul mablagʻlarining pochta va telegraf oʻtkazmalarini belgilangan muddatlardan koʻproq ushlab qolgan hollarda – ushlanib qolingan har bir kun uchun pochta xizmatlariga toʻlangan summaning bir foizi miqdorida, lekin ushbu xizmatga toʻlangan summadan koʻp boʻlmagan miqdorda neustoyka. Zararlar joʻnatuvchilarning yoki adresatlarning talabiga binoan toʻlanadi;
  • aviajoʻnatmalarni (banderol, posilkalarni) joʻnatish yoki yetkazib berish (topshirish)ning belgilangan muddatlaridan koʻproq ushlab qolgan hollarda – avia va yer usti transportida joʻnatish oʻrtasidagi toʻlov farqi miqdorida va bundan tashqari yer usti transporti orqali joʻnatishning belgilangan muddatlaridan koʻproq ushlanganlik uchun har bir kechiktirilgan kun uchun;
  • sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar, avia va yer usti transporti yoʻl chiptalari solingan qimmatli xatlarni joʻnatish yoki yetkazib berish (topshirish)ning belgilangan muddatlaridan kechikkanligi tufayli ulardan foydalanish muddatlari oʻtib ketgan hollarda – yetkazilgan zararning ikki barobari miqdorida, lekin joylanma roʻyxatida eʼlon qilingan qiymatning ikki barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda hamda pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka.

Pochta joʻnatmalarining yoʻqolishi, buzilishi (shikastlanishi), yetkazib berilmagani (topshirilmagani) yoki ularning joʻnatilishi nazorat muddatidan kechikkani yengib boʻlmas kuch yoki pochta joʻnatmasi joylanmasining xususiyatlari tufayli sodir boʻlganligi isbotlansa, operator va provayderlar javobgar boʻlmaydilar.

13. Abonentlik pochta javoni nima?

Abonentlik pochta javoni bu turar joy binosining kirish yoʻlagi (vestibyuli)da, shuningdek xat-xabarlar va davriy nashrlar yetkaziladigan uchastkada adresatlarning yozma xat-xabarlar va davriy nashrlarni olishlari uchun oʻrnatiladigan, qulflanadigan qutichalardan iborat maxsus javon hisoblanadi.

14. Pochta xizmatida yozma xat-xabarlarga nimalar kiradi?

Bularga oddiy, buyurtma va qimmatli xatlar, banderollar, oddiy va buyurtma pochta varaqchalari hamda sekogrammalari (koʻzi ojizlar uchun), shuningdek mayda paketlar kiradi.

15. Pochta aloqasi nima?

Pochta aloqasi bu pochta joʻnatmalarini, shuningdek pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini joʻnatish (qabul qilish, ishlov berish, tashish, oʻtkazish)ni va yetkazib berish (topshirish)ni taʼminlovchi texnik va transport vositalarining yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuini oʻzida mujassamlashtirgan aloqa turi hisoblanadi.

16. Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlar yuzasidan nizo yuzaga kelganda daʼvoni taqdim etish tartibi va muddati qanday?

Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda foydalanuvchi operator yoki provayderga daʼvo taqdim etishi, shu jumladan yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilishga haqli.

Pochta aloqasi operatori, provayderi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda daʼvoni koʻrib chiqish va arizachiga javob berishga majbur.

Pochta aloqasi operatori, provayderi daʼvoni qondirishdan bosh tortganida yoki daʼvoni qisman qondirganda yoki pochta aloqasi operatori, provayderidan daʼvoni koʻrib chiqish uchun belgilangan muddatlarda javob olinmagan hollarda, foydalanuvchi sudga daʼvo qilish huquqiga ega boʻladi.

Pochta joʻnatmasini yetkazmaganlik (topshirmaganlik), oʻz vaqtida yetkazmaganlik yoki yoʻqotganlik (shikastlaganlik) yoxud oʻtkazilgan pul mablagʻlarini toʻlamaganlik toʻgʻrisidagi daʼvolar pochta joʻnatmasi yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy davomida taqdim etiladi.

Daʼvolar yozma tarzda bayon etiladi va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Bunda daʼvolar ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi va belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi. Arizachi daʼvoni, shu jumladan pochta va kuryerlik joʻnatmalarini yoki pul oʻtkazmalarini qidirish arizasini berishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardan birini taqdim etishi kerak. Daʼvoda taqdim etilgan hujjatdagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Daʼvo bilan foydalanuvchining oʻzi emas, balki u ishonch bildirgan shaxs murojaat qilgan holda, daʼvoga ishonchnoma ilova qilinadi.

17. Tezkor pochta xalqaro joʻnatmalari boʻyicha daʼvolar qancha muddatda taqdim qilinishi zarur?

Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari (2011-yil 18-aprel, roʻyxat raqami 2219)ga koʻra, tezkor pochta xalqaro joʻnatmalari boʻyicha daʼvolar joʻnatma berilgan kundan boshlab toʻrt oy davomida qabul qilinadi.

18. Oddiy ichki pochta joʻnatmalari oʻz vaqtida yetkazib berilmaganligi uchun qanday hujjatlar taqdim qilinishi zarur?

Oddiy ichki pochta joʻnatmalari oʻz vaqtida yetkazib berilmaganligi (topshirilmaganligi)ga nisbatan daʼvolar ular joʻnatilgan va olingan sanani tasdiqlovchi taqvim tamgʻalarining izlari boʻlgan pochta joʻnatmasining qobigʻi taqdim etilgandagina qabul qilinadi.

Agar pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari pochta aloqasi obyektiga turli kvitansiyalar va roʻyxatlar boʻyicha topshirilgan boʻlsa, u holda yoʻqolgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari, joylanmalarning yetishmasligi yoki buzilganligi (shikastlanganligi) uchun zararni qoplash toʻlovi toʻgʻrisidagi daʼvolar ular topshirilgan har bir kvitansiya va roʻyxat boʻyicha alohida qabul qilinadi.

19. Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlar yuzasidan nizo yuzaga kelganda daʼvoda nimalar koʻrsatiladi?

Bunda quyidagilar koʻrsatiladi:

a) pochta joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasining turi va toifasi, kuryerlik joʻnatmasining turi;

b) kvitansiya raqami;

d) qabul qilish sanasi va joyi;

e) tayinlangan joyi;

f) eʼlon qilingan qiymat (pul oʻtkazmasi summasi);

g) adresatning manzili va toʻliq nomi;

h) arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar.

Qiymati eʼlon qilingan posilkalar yoki banderollar olinmaganligi boʻyicha daʼvoda qoʻshimcha ravishda joʻnatiladigan joylanmani oʻrovlash turi, toʻliq roʻyxati va qiymati koʻrsatiladi.

20. Topshirilmay qolgan pochta joʻnatmalaridan foydalanish tartibi qanday?

Topshirilmay qolgan pochta joʻnatmalarini vaqtinchalik saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda operator yoki provayder tomonidan olti oy davomida amalga oshiriladi.

Ushbu muddat oʻtganidan soʻng:

  • pullar davlat budjeti foydasiga oʻtkaziladi;
  • qimmatli qogʻozlar fond birjasi orqali, qimmatbaho metallar, boshqa buyumlar savdo tarmoqlari orqali sotiladi, tushgan mablagʻlar esa operator yoki provayderlarning xarajatlari qoplanganidan soʻng davlat budjeti foydasiga oʻtkaziladi;
  • hujjatlar (pasport, diplom, shahodatnoma, guvohnoma va boshqalar) kim tomonidan berilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa va tashkilotlarga topshiriladi;
  • xatlar tegishli dalolatnoma tuzilib, yoʻq qilib tashlanadi.

Oluvchisini, joʻnatuvchisini qidirishning iloji boʻlmaganda, topshirilmay qolgan pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari pochta aloqasi operatori tomonidan oʻn sakkiz oy davomida saqlanadi, shundan soʻng pul mablagʻlari mahalliy budjet foydasiga oʻtkaziladi.

21. Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi tarmogʻi orqali pochta joʻnatmalarini yuborishda cheklovlar mavjudmi?

Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi tarmogʻi orqali pochta joʻnatmalari yuborishda cheklovlar belgilanishi mumkin boʻlib, ularning roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Operator va provayderlar joʻnatilishi taqiqlangan joylanmasi bor pochta joʻnatmalarini ushlab qolish, shuningdek, joylanmasi boshqa pochta joʻnatmalarining buzilishi (shikastlanishi)ga olib keluvchi, operator va provayderlarning xizmatchilari yoki uchinchi shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soladigan (bu xavfni boshqa yoʻl bilan bartaraf etib boʻlmaydigan) hollarda, pochta joʻnatmalarini yoʻq qilib tashlash yoki yoʻq qilib tashlashga ruxsat berish huquqiga egadir.

Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi tarmoqlari orqali joʻnatish taqiqlangan buyum, ashyo va materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida yuborilayotgan pochta joʻnatmalaridan olib qoʻyish, shuningdek ularni yoʻq qilib tashlash tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

Qonun hujjatlarida belgilangan vakolat doirasida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslardan joylanmasi davlat siriga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar va buyumlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilari, chet el valyutasidan iborat pochta joʻnatmalarini qabul qilish, shuningdek ularni tashish va yetkazib berish maxsus moʻljallangan pochta aloqasi korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

22. Telekommunikatsiya nima?

Telekommunikatsiyalar – signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini oʻtkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash hisoblanadi.

23. Telekommunikatsiyalar tarmogʻi nima?

Telekommunikatsiyalar tarmogʻi – uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faks email turlarini, maʼlumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui.

24. Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatishda abonent kim?

Abonent bu telekommunikatsiyalar operatori yoki provayderi bilan tuzilgan shartnomaga asosan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan bevosita foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs hisoblanadi.

25. Telefon aloqasi xizmatlari nima asosida koʻrsatiladi?

Telefon aloqasi xizmatlari telekommunikatsiya operatori, u tomonidan vakolatlangan shaxs yoki telekommunikatsiya xizmatlari provayderi va abonent oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida koʻrsatiladi.

Tomonlarning shartnoma boʻyicha huquqlari va majburiyatlari faqat qonun hujjatlari va belgilangan tartibda boshqa shaxslarga berilishi mumkin.

Telefon aloqasi xizmatlari qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar va afzalliklarni hisobga olib barcha abonentlar uchun xizmat koʻrsatishning bir xil sharoitlarini taʼminlagan holda koʻrsatiladi.

26. Telefon aloqasi xizmatlarida qanday qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatiladi?

“Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari” (2004-yil 15-mart, 1323-son)ga koʻra pulli qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlari quyidagilar:

a) telefon apparatlari va boshqa abonent qurilmalarini qayta oʻrnatish, qayta ulash (ulash sxemasini oʻzgartirish);

b) parallel telefon apparatlarini oʻrnatish;

d) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmogʻining aloqa kanallarini va fizik zanjirlarini ijaraga berish;

e) maʼlumot-axborot xizmatlari (maʼlumotnomalarni berish qoʻshimcha xizmatlari bundan mustasno);

f) maʼlumotlar uzatish xizmatlari va telematik xizmatlar (elektron pochta, faksimil xabarlarni uzatish xizmati, axborot resurslaridan foydalana olish xizmati va sh.k.)dan foydalanish imkoniyati;

g) telegrammalarni telefon orqali berish;

h) chaqirilayotgan abonentda raqamni avtomatik aniqlash funksiyalariga ega telefon apparati boʻlganda mahalliy telekom­munikatsiya tarmogʻining chaqirayotgan abonent raqamini aniqlash, shuningdek abonent talabiga koʻra hisob tafsilotlarini berish;

i) abonent iltimosiga koʻra abonent raqamini almashtirish;

j) chaqirilayotgan shaxsga xabar qilgan holda shaharlararo, xalqaro telefon bogʻlanish;

k) boshqa shahar (aholi punkti)dagi chaqirilayotgan abonentning telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar;

l) shartnomada belgilangan vaqtda telefon bogʻlanishni taqdim etish;

m) chaqirilayotgan shaxs hisobidan shaharlararo telefon bogʻlanish;

n) telefonogrammani uzatgan holda abonent oʻrniga soʻzlashish;

o) konferens-aloqa.

27. Qanday telefon xizmatlari bepul koʻrsatiladi?

Telekommunikatsiya operatori barcha abonentlarga qarzdorligi sababli telefon aloqasi xizmatlari uzib qoʻyilganda ham foydalanuvchilar tomonidan teng ravishda shoshilinch tezkor xizmatlardan foydalanuv­chilarga kecha-yu kunduz bepul chaqirish imkoniyatini taʼminlash.

Ularga quyidagilar kiradi:

  • yongʻin oʻchirish yordami;
  • ichki ishlar organlari;
  • tez tibbiy yordam;
  • gaz tarmogʻining avariya xizmati;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.

28. Qanday bepul qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlari koʻrsatiladi?

Bepul qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlari quyidagilar:

a) telefon tarmogʻining taʼmirlash byurosini chaqirish;

b) chaqirilayotgan aholi punktining shaharlararo kodi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

d) chaqirilayotgan mamlakat va chaqirilayotgan aholi punktining xalqaro kodi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

e) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

f) avtomatik telefon aloqadan foydalanish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

g) shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishni buyurtma qilish uchun buyurtma berish xizmatlarini chaqirish indekslari toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

29. Telefon aloqa xizmatida abonent qanday huquqlarga ega?

Abonent quyidagi huquqlarga ega:

a) umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanish;

b) oʻz abonent qurilmasini qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda tarmoqqa ulash;

d) oʻrnatilgan qoidalar va Shartnomaga muvofiq telekommunikatsiya operatori tomonidan oʻz vaqtida sifatli xizmat koʻrsatilishi;

e) telekommunikatsiya operatori tomonidan Shartnomada kelishilgan shartlar buzilgan holda telefon aloqasi xizmatlaridan voz kechish va telekommunikatsiya operatori bilan Shartnomani bir tomonlama bekor qilish;

f) telefon aloqasi xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki tegishli sifatga ega boʻlgan xizmatlar koʻrsatilmasligi natijasida yetkazilgan zararni qoplashga, maʼnaviy zarar oʻrni toʻldirilishi;

g) qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar va afzalliklar berilishini talab qilish, imtiyozlar huquqini beruvchi hujjatlar taqdim etilgandan boshlab imtiyozlar va afzalliklar amal qiladi, shuningdek Shartnomaga tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;

h) abonentning aybisiz aloqa boʻlmagan davrda taʼmirlash byurosida uning talabnomasi mavjud boʻlganida, shuningdek foydalanuvchining arizasisiz qoʻshimcha pulli xizmatlar va boshqalar taqdim qilinganda telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlovlarni qayta hisoblashni yoki ushbu xizmatlardan foydalanganlik uchun pul mablagʻlarining qaytarilishini talab qilish;

i) Shartnomada koʻzda tutilmagan va abonent tomonidan talab qilinmagan xizmatlar uchun haq toʻlashni rad etish;

j) agar xizmatni koʻrsatish muddatlariga rioya qilmaslikka yengib boʻlmaydigan kuch sabab boʻlgan boʻlsa, telekommunikatsiya operatori bilan kelishib xizmatni bajarishning yangi muddatini belgilash, bu haqda xizmatni bajarish uchun belgilangan muddat tugaguniga qadar abonentga xabar qilinadi;

k) mahalliy telefon aloqasi xizmatlari uchun vaqtbay toʻlov tizimidan foydalangan holda toʻlangan davr uchun hisob taqdim etilganda alohida toʻlov evaziga boʻlib oʻtgan telefon bogʻlanishlar rasshifrovkasini (hisobning batafsil tavsifini) talab qilish;

l) ularning huquqlari buzilganda vakolatlangan davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.

m) belgilangan tartibda telekommunikatsiya operatorining veb-saytlarida roʻyxatdan oʻtish va taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlardan foydalanish.

30. Telefon aloqa xizmatida abonent qanday majburiyatlarni bajaradi?

Abonent quyidagilarga majbur:

a) qoidalarga rioya qilish;

b) belgilangan standartlarga muvofiqlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan abonent qurilmasidan foydalanish;

d) unga tegishli boʻlgan abonent qurilmasi yordamida koʻrsatiladigan mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun, telefon orqali uzatilgan telegrammalar uchun va boshqa telefon aloqasi xizmatlari uchun Shartnomada belgilangan muddatlarda va toʻliq hajmda toʻlovni toʻlash;

e) telekommunikatsiya tarmoqlari ish sifatining pasayishiga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarining shikastlanishiga olib keladigan harakatlarni bajarmaslik;

f) telekommunikatsiya operatori bilan tuzilgan Shartnomaga muvofiq telefonlashtirilgan turar-joydan koʻchish, sotish, almashtirish, ijaraga berish, ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish, familiya, turar-joy manzili, rekvizitlari, korxona nomining oʻzgarishi, telefon aloqasi xizmatlariga toʻlash va koʻrsatish boʻyicha imtiyozlarni olish yoki yoʻqotgan hollarda bir oy muddat ichida telekommunikatsiya operatori bilan Shartnomani qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish.

g) abonent liniyasini va abonent qurilmasini oʻz uyida yaxshi holatda saqlash;

h) telefon aloqasi xizmatini olish uchun foydalaniladigan abonent qurilmasining tipini telekommunikatsiya operatoriga xabar qilish.

31. Mobil qurilma hujjatlari boʻlib nimalar hisoblanadi?

Mobil qurilma hujjatlari boʻlib texnik pasport, kafolat taloni, mobil qurilma qutisi yoki arizada koʻrsatilgan mobil qurilmaning IMEI-kodi roʻyxatga olinadigan mobil qurilma IMEI-kodiga mos kelishini isbotlash uchun asos boʻluvchi boshqa hujjat hisoblanadi.

32. IMEI-kodlarni tekshirish qanday amalga oshiriladi?

IMEI-kodlarni tekshirish – aniqlanmagan va klonlangan IMEI-kodlarni, shuningdek, yoʻqotilgan va oʻgʻirlangan mobil qurilmalarni aniqlash uchun mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini Tizim bazasi bilan taqqoslash hisoblanadi.

Buni tekshirish uchun telefon klaviaturasida *#06# bosiladi.

Mobil qurilmaning IMEI kodini toʻgʻri ishlashini tekshirish tizimning rasmiy sayti – uzimei.uz orqali amalga oshirilishi mumkin.

33. Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari asosida roʻyxatga olish tizimi mavjudmi va bunga zarurat mavjudmi?

Ha. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 847-son qaroriga muvofiq isteʼmolchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish hamda telekommunikatsiya bozorida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida respublikada mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari asosida roʻyxatga olish boʻyicha quyidagilar imkonini beradigan tizim joriy qilingan.

Mazkur tizim:

  • mobil qurilmalardagi oʻziga xos identifikatsiya kodlari toʻgʻriligini tekshirish orqali ularning mulkdorlari (egalari) huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash;
  • mobil qurilmalardan ularning mulkdorlarini (egalarini) ogohlantirmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
  • xalqaro standartlarga mos kelmaydigan sifatsiz mobil qurilmalar sotilishining oldini olish imkonini beradi.

34. Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarning identifi­katsiya kodlarini roʻyxatga olish va qoʻllash boʻyicha vakolatli organ qaysi?

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini roʻyxatga olish va qoʻllash, ushbu yoʻnalishda normativ-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

35. Mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari asosida roʻyxatga olish boʻyicha quyidagilar imkonini beradigan tizim operatori?

“Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi – Tizim operatoridir.

36. Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimi qanday asosda amalga oshiriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
17-sentabrdagi 778-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimida:

2019-yil 1-noyabrgacha – ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda;

2019-yil 1-noyabrdan – Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul asosda;

2019-yil 1-dekabrdan – Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali pulli asosda roʻyxatga olinadi.

37. Ishlab chiqaruvchini va mobil qurilmalar modelini identifikatsiyalash imkonini beradigan imei-kodlar roʻyxatlarini shakllantiradigan tashkilot mavjudmi?

Ha. GSMA (Global System for Mobile Communication Association) – GSM xalqaro uyushmasi hisoblanadi. U ishlab chiqaruvchini va mobil qurilmalar modelini identifikatsiyalash imkonini beradigan IMEI-kodlar roʻyxatlarini shakllantiradigan tashkilotdir.

38. Mobil qurilmalarning imei (international mobile equipment identifier) yoki xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodi nima?

IMEI (International Mobile Equipment Identifier) yoki xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodi – 15 raqamdan iborat boʻlgan va GSMA tomonidan ajratiladigan, shuningdek, tarmoqda GSM/UMTS/LTE standartidagi mobil aloqa operatorini identifikatsiyalovchi seriya raqami (IMEI-kod SIM-kartalar ishlashini taʼminlovchi barcha mobil qurilmalarda mavjud boʻlib, SIM-kartaning har bir slotiga alohida beriladi. Agar mobil qurilmada SIM-kartalarning ikki yoki undan koʻp slotlari mavjud boʻlsa, ushbu mobil qurilma ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlarga ham ega boʻladi).

39. SIM-KARTA nima?

SIM-karta – ichiga mikrosxema oʻrnatilgan identifikatsiyalash moduli boʻlib, uning yordamida abonent qurilmasini identifikatsiyalash, mobil aloqa tarmogʻida undan foydalanish, shuningdek, GSM tarmogʻida abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish taʼminlanadi.

40. SMS nima?

SMS (Short Message Service) – mobil qurilma yordamida qisqa matnli xabarlarni qabul qilish va uzatish imkonini beradigan texnologiya

41. USSD kod nima?

USSD (Unstructured Supplementary Service Data) – qisqa xabarlarni uzatish rejimida tarmoq abonenti va servis ilova oʻrtasida interaktiv oʻzaro hamkorlikni tashkil qilish imkonini beradigan GSM tarmoqlaridagi standart servis.

42. IMEI-kodlar maʼlumotlar bazasi nima?

IMEI-kodlar maʼlumotlar bazasi – Tizim roʻyxatga oluvchilari, mobil aloqa operatorlari, import qiluvchilar, ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, huquqni muhofaza qilish organlari va jismoniy shaxslar taqdim etadigan maʼlumotlar asosida Tizim operatori tomonidan shakllantiriladigan baza. IMEI-kodlar maʼlumotlar bazasi mobil qurilmalar IMEI-kodlarining oq roʻyxati, qora roʻyxati, kul rang roʻyxati va bogʻlangan oq roʻyxatidan iborat.

43. IMEI-kodlarining qanday roʻyxatlari mavjud?

IMEI-kodlarining quyidagi roʻyxatlari mavjud:

oq roʻyxat – mobil qurilmalar IMEI-kodlarining roʻyxati boʻlib, ular:

2019-yil 1-noyabrgacha boʻlgan davrda mobil aloqa operatorlarining tarmoqlariga ularni ulash (aktivlashtirish) orqali avtomatik rejimda roʻyxatga olingan boʻladi.

Oq roʻyxatga kiritilgan mobil qurilmalarga mobil aloqa xizmatlaridan mobil aloqa operatori bilan tuzilgan shartnomaga va amaldagi tarifga koʻra belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat beriladi;

qora roʻyxat – belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan mobil qurilmalar, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlarining axborotiga koʻra yoʻqotilgan va oʻgʻirlangan mobil qurilmalar IMEI-kodlarining roʻyxati va mobil qurilmalarning klonlangan hamda aniqlanmagan IMEI-kodlar.

Qora roʻyxatga kiritilgan mobil qurilmalarning abonentga qora roʻyxatga kiritilganligi sababi toʻgʻrisida SMS-xabarnomani yuborgan holda, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish cheklanadi (bir vaqtning oʻzida bogʻlangan oq roʻyxatda boʻlgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari bundan mustasno).

Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishni cheklash deganda ushbu mobil qurilma orqali istalgan telekommunikatsiya xizmatini olish imkoniyati yoʻqligi nazarda tutiladi;

kul rang roʻyxat – oq yoki qora roʻyxatlarga kiritilmagan, ammo mobil aloqa operatorining tarmogʻida birinchi tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kunidan koʻp boʻlmagan muddatga mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladigan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari roʻyxati;

bogʻlangan oq roʻyxat – mobil qurilmalar IMEI-kodlarining roʻyxati boʻlib, ular:

klonlangan yoki aniqlanmagan, ammo 2019-yilning 1-noyabrigacha boʻlgan davrda IMEI-kodni abonentning telefon raqami bilan bogʻlagan holda avtomatik ravishda roʻyxatga olingan boʻladi (IMEI – MSISDN).

Klonlangan va aniqlanmagan IMEI-kodli mobil qurilmalar Tizimda roʻyxatga olinmaydi.

GSMA talablariga javob beradigan, boshqa qurilma bilan birgalikda IMEI-kodlar maʼlumotlar bazasiga kiritilgan IMEI-kodli yangi mobil qurilma hisoblanadi va IMEI-kodning klonlanganligi aniqlanguniga qadar abonent tomonidan Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisiga kelib, mobil qurilma hujjatlarini IMEI-kod hamda abonent telefon raqami bilan birgalikda (IMEI – MSISDN) taqdim etiladi.

Bogʻlangan oq roʻyxatdagi IMEI-kodli mobil qurilmalardan faqat abonentlarning bogʻlangan mobil raqamlari tomonidan foydalaniladi (IMEI – MSISDN).

44. Jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi qanday?

Abonentlar tomonidan foydalaniladigan va 2019-yilning 1-noyabrigacha tarmoqda aktiv (ulangan) holatda boʻlgan barcha mobil qurilmalar roʻyxatga olinadi va Tizim operatori IMEI-kodlarining maʼlumotlar bazasiga avtomatik ravishda kiritiladi (ular egalarining hech qanday qoʻshimcha arizalari talab etilmaydi).

Eʼtibor qaratish lozimki, jismoniy shaxslar tomonidan Tizim operatorining bazasida import qiluvchilar yoki ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan avval roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olingan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish talab etilmaydi.

Jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari orqali olib kirilgan mobil qurilmalar dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasi kunidan boshlab 30 kalendar kuni davomida roʻyxatga olinadi.

Mobil aloqa operatori mobil qurilmasi dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasidan oʻtgan abonentni 30 kalendar kuni davomida ushbu mobil qurilmani roʻyxatga olish zarurligi va koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin roʻyxatga olinmaganda, uning mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishi cheklanishi toʻgʻrisida xabardor qilish choralarini koʻradi.

Xabar dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasi paytida va 30 kun muddat tugashidan besh kun oldin davlat, rus va ingliz tillarida SMS-xabar joʻnatish orqali beriladi.

Jismoniy shaxslar mobil qurilmalarni roʻyxatga olishni quyidagicha amalga oshirishlari mumkin:

Tizim operatori yoki Tizim roʻyxatga oluvchisiga oʻzi kelib murojaat etgan holda;

mobil aloqa tizimlari orqali (SMS va/yoki USSD soʻrovlar);

pochta aloqasi orqali;

YAIDXP yoki Tizim operatori sayti orqali.

Jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari orqali olib kirilgan mobil qurilmalar faqat Tizim operatori yoki Roʻyxatga oluvchisiga oʻzi kelib murojaat etish orqali pochta identifikatorining shtrix kodi va kalendar shtempeli boʻlgan konvert taqdim etilgan holda amalga oshiriladi.

45. Norezidentlar tomonidan mobil qurilmalarning roʻyxatga olinishi shartmi?

Bu vaziyatga bevosita bogʻliq boʻladi. Norezidentlarga dastlabki tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kun muddatida mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Mobil aloqa operatori mahalliy mobil aloqa operatorining SIM-kartasi oʻrnatilgan mobil qurilmasi dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasidan oʻtgan norezidentni mobil qurilmadan 30 kalendar kun davomida roʻyxatga olinmasdan foydalanishi mumkinligi va koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin roʻyxatga olinmaganda mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish cheklanishi toʻgʻrisida xabardor qilish choralarini koʻradi.

Xabar berish dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasi paytida va 30 kun muddat tugashidan besh kun oldin rus va ingliz tillarida SMS-xabarni joʻnatish orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida 30 kalendar kundan ortiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari – jismoniy shaxslar uchun mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish tartibiga muvofiq Tizim operatori yoki Roʻyxatga oluvchisiga oʻzi kelib murojaat etish orqali roʻyxatdan oʻtkazishlari zarur.

46. Mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimida roʻyxatga olinishi kerak boʻlgan mobil qurilmalar turlari qaysilar?

Ular quyidagilardir:

Mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimida roʻyxatga olinishi kerak boʻlgan mobil qurilmalar turlari

ROʻYXATI

T/r

GSM assotsiatsiyasi bazasi boʻyicha mobil qurilmalarning nomi

Roʻyxatga olish jarayoni

1.

SIM-modulli planshetlar (TABLET)

Roʻyxatdan oʻtkazish Tizim operatoriga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi

2.

SIM-modulli smartfonlar (SMARTPNONE)

3.

SIM-modulli mobil/funksional telefonlar (MOBILE PNONE /FEATURE PNONE)

4.

SIM-modulli portativ qurilmalar, shu jumladan ChSHK (choʻntak shaxsiy kompyuteri) (PORTABLE (INCLUDED PDA)

5.

Koʻchma qurilmalar (NANDNELD)

(knopkali telefonlar)

6.

SIM-modulli adapterlar (DONGLE)

Roʻyxatdan oʻtkazish birinchi tarmoq hodisasidan soʻng foydalanuvchi ishtirokisiz
Tizim operatori tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi

7.

SIM-modulli WLAN routerlari (WLAN ROUTER)

8.

IoT qurilmalari (IoT DEVICE)

Internet buyumlari qurilmalari, mashinalararo oʻzaro ishlash qurilmalari (SIM-modulli elektr energiyasi hisoblagichlari)

9.

SIM-modulli transport vositalari (VENICLE)

10.

SIM-modulli elektron kitoblar (E-BOOK)

11.

Aloqa modullari (MODULE)

GSM/GPRS va GPS moduli boʻlgan qurilmalar, (SIM-modulli GPS-trekerlari va POS-terminallar)

12.

Kompyuterlar (CONNECTED COMPUTER)

(SIM-modulli noutbuklar)

13.

SIM-modulli modemlar (MODEM)

14.

SIM-modulli olib yuriladigan qurilmalar (WEARABLES)

(soatlar, fitnes-brasletlar)

47. Mobil qurilmalarning imei-kodlarini roʻyxatga olish uchun qancha toʻlov toʻlanadi?

“Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomdagi 6-ilovaga koʻra ular quyidagicha:

Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini roʻyxatga olish uchun toʻlov

MIQDORLARI

T/r

Ariza beruvchi

Mobil qurilmaning bitta IMEI-kodini roʻyxatga

olish uchun toʻlov miqdori

Izoh

1.

Import qiluvchi

BHMning 20% *

2.

Ishlab chiqaruvchi**

BHMning 10%

3.

Jismoniy shaxs

(rezident)

BHMning 20%

Dastlabki tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kuni mobaynida roʻyxatga olish sharti bilan

BHMning 25%

Dastlabki tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kuni oʻtgandan keyin roʻyxatga olinganda

4.

Jismoniy shaxs

(norezident)

Bepul

Chet el SIM-kartasidan (roumingdan) foydalanilganda

Bepul

Mahalliy mobil aloqa operatorining SIM-kartasidan 30 kalendar kunigacha foydalanilganda

BHMning 20%

Mahalliy mobil aloqa operatorining SIM-kartasidan 30 kalendar kuni tugaganidan soʻng foydalanilganda

* BHM – bazaviy hisoblash miqdori.

** Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi subyekt.

48. Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olishga rozilik olinadimi?

Ha. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasining bitta vazirligi, idorasi, korxonasi, muassasasi, tashkiloti, fuqarosi, xorijiy yuridik shaxs va fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan sotib olish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa vazirlikka, idoraga, korxonaga, muassasaga, tashkilotga (shu jumladan bitta vazirlik yoki idora ichidagi), fuqaroga, xorijiy yuridik shaxsga va fuqaroga, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun berish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ruxsatiga binoan amalga oshiriladi.

Har qanday turdagi va maqsaddagi radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni respublikada yaratish, modernizatsiyalash (radionurlanishning texnikaviy tavsiflarini oʻzgartirgan holda), keng koʻlamda ishlab chiqarish, chet eldan sotib olish, shuningdek radiochastotalardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish faqat Agentlik tomonidan tegishli radiochastotalar ajratilgandan hamda texnikaviy topshiriqlar va texnikaviy shartlar kelishib olingandan keyin amalga oshiriladi.

49. Telefon aloqasi xizmatlari uchun abonentlar bilan hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi?

Telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlash shakli va tartibi Shartnomada belgilanadi.

Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun hisob-kitoblarni bu xizmatlarni koʻrsatgan telekommunikatsiya operatori yoki Shartnoma asosida ular tomonidan vakolatlangan shaxs olib boradi.

Telefon aloqasi xizmatlari uchun barcha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi.

Telefon aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlash vositasi sifatida plastik kartochkalardan, shu jumladan oldindan toʻlangan telefon kartochkalari, kredit kartochkalari va boshqalar, shuningdek elektron toʻlov vositalaridan foydalanish mumkin.

Telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlovlarni qabul qilish toʻlovlarni qabul qilishga vakolatlangan telekommunikatsiya operatori, pochta aloqasi boʻlimlari, banklar, elektron toʻlov tizimlari tomonidan amalga oshiriladi.

50. Telefon aloqasi xizmatlari uchun hisob-kitob qanday amalga oshiriladi?

Oylik telefon aloqasi xizmatlarini hisob-kitob qilish hisob-kitob (joriy) oyining birinchi sanalarida amalga oshiriladi. Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini hisoblash, mahalliy soʻzlashuvlarni vaqtbay hisobga olish va boshqa bir martalik toʻlovlar (masalan, pulli maʼlumotnoma xizmati va h.k.) xizmat koʻrsatishni tugatish va kommunikatsiya uskunasi orqali maʼlumotlarni qayta ishlash fakti boʻyicha amalga oshiriladi.

Oldindan hisob-kitob tizimida har oylik xizmatlar boʻyicha hisoblash faqat abonentning shaxsiy hisobvaragʻida telekommunikatsiya operatorining tarif rejasi bilan belgilangan yetarlicha mablagʻlar boʻlganda amalga oshiriladi. Abonentning shaxsiy hisobvaragʻida yetarlicha mablagʻlar boʻlmaganda, telekommunikatsiya operatori abonentni ogohlantirib, abonentning telekommunikatsiya operatorining tarmogʻidan foydalanishini vaqtincha toʻxtatib turish huquqiga ega.

Hisob-kitob tugagach, abonentlarga barcha xizmatlarning toʻlovi uchun bitta hisob taqdim etiladi. Hisoblangan telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlov hisob-kitobda koʻrsatilgan sanadan kechiktirilmagan muddatda amalga oshiriladi.

Hisoblarni toʻlash muddati hisob taqdim etilgandan boshlab 20 kundan oshmasligi kerak.

Agar 15 kunlik toʻlov muddati tugaganidan keyin toʻlov amalga oshirilmasa, koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash zarurligi toʻgʻrisida xabar qilinadi.

Xabar berilgandan soʻng abonent hisoblangan xizmatlar uchun 5 kun ichida toʻlovni amalga oshirmasa, telekommunikatsiya operatori abonent qurilmasini oʻchirish yoʻli bilan abonentning telefon aloqa tarmogʻidan foydalanishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.

Telekommunikatsiya operatori va abonent oʻrtasida toʻlovni undirish boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, kelishmovchiliklar sud tartibida hal etiladi.

Telekommunikatsiya tarmogʻidan ruxsatsiz foydalanish yoʻli orqali begona shaxslar tomonidan telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanish natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarda bajarilgan soʻzlashuv­larning kimga tegishliligini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshirilishi kerak. Tekshiruv natijalari bilan rozi boʻlmasa, abonent sudga murojaat qilish huquqiga ega.

51. Soʻzlashish punktlaridan shaharlararo, xalqaro telefon soʻzlashuvlarni taqdim etish tartibi qanday?

Shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari naqd pul bilan va plastik kartochkalar orqali soʻzlashuv punktlaridan taqdim etiladi.

Bogʻlanish uchun buyurtma qilishda foydalanuvchi buyurtma qilinayotgan telefon soʻzlashuvining davomiyligi va buyurtmada koʻrsatilgan qoʻshimcha pulli xizmatlar uchun oldindan toʻlashi kerak. Kompyuter bilan jihozlangan soʻzlashuv punktida telefon orqali soʻzlashuvdan keyin toʻlovni amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Oldindan toʻlovni tasdiqlash uchun foydalanuvchiga majburiy tartibda buyurtma blankidan yirtib olinadigan talon beriladi.

Buyurtma blankidan yirtib olinadigan talonda taqvim shtempelining yoki talonni bergan telekommunikatsiya operatori kassa apparatining izi boʻlishi kerak.

Agar soʻzlashuv buyurtmada koʻrsatilgan vaqtdan kam davom etsa yoki umuman boʻlib oʻtmagan boʻlsa, foydalanuvchiga pulning qolgan qismi yoki butun toʻlangan summa qaytariladi. Hisob-kitob qilish uchun foydalanuvchi yirtib olinadigan talonni qaytarishi kerak.

Pulning qolgan qismi berilganda yirtib olinadigan talon foydalanuvchidan olib qoʻyiladi va bu talon oʻrniga undan undirilgan summa uchun kvitansiya beriladi. Kvitansiya har bir soʻzlashuv uchun bepul beriladi.

52. Telekommunikatsiya operatori shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarligi qanday?

Telekommunikatsiya operatori shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish muddatlarini va shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlarini buzganligi, telefon aloqasi xizmatlari toʻgʻrisidagi va qonun hujjatlari hamda Shartnomada koʻzda tutilgan tartibda ushbu xizmatlarning bajaruvchisi toʻgʻrisidagi axborotning ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.

53. Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish muddatlari buzilganda abonent qanday huquqlarga ega?

Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish muddatlari buzilganda abonent oʻz tanloviga koʻra:

a) telekommunikatsiya operatoriga shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish kerakligi davomida yangi muddatni tayinlash va ushbu xizmatning narxini pasaytirishni talab qilish;

b) Shartnomani bekor qilish va zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.

54. Rouming nima?

Oʻzbekiston uyali harakatdagi aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan rouming xizmatini tashkil qilish va koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida Nizom (2000-yil 13-sentyabr, 968-son)ga koʻra, rouming (Roaming) xizmat boʻlib, bunda bir uyali aloqa operatori boshqa aloqa operatoriga abonent xizmat koʻrsatiladigan boshqa operator hududida boʻlganda muayyan davlat hududida (milliy rouming) yoki boshqa davlat (xalqaro rouming) aloqa xizmati koʻrsatiladi.

55. Agar telekommunikatsiya operatori telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish jarayonida kamchiliklarga yoʻl qoʻysa, abonent qanday huquqlarga ega boʻladi?

Agar telekommunikatsiya operatori telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish jarayonida kamchiliklarga yoʻl qoʻysa, abonent oʻz xohishiga koʻra:

a) telefon aloqasi xizmatlarining kamchiliklarini bepul bartaraf etish;

b) telefon aloqasi xizmatlarini qayta taqdim etish;

d) xalqaro, shaharlararo va mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxlarini kamaytirish;

e) yetkazilgan zararlarni qoplash bilan Shartnomani bekor qilish.

56. Telekommunikatsiya tarmogʻidagi shikastlanishlar qancha muddatda bartaraf etiladi?

Telekommunikatsiya tarmogʻidagi shikastlanishlar abonent talablari taqdim etilgan kundan boshlab belgilangan muddat ichida telekommunikatsiya operatori tomonidan bartaraf etilishi kerak.

Telekommunikatsiyalar tarmogʻida shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlari 20 kundan ortiq boʻlmasligi kerak, agar yanada qisqa muddatlar Shartnomada belgilanmagan boʻlsa.

Nazorat muddatida shikastlanishlar bartaraf qilinmagan holda, telekommunikatsiya operatori abonent talabiga binoan unga nazorat muddatidan ortiq boʻlgan har bir kun uchun abonent toʻlovi narxidan 1 foiz miqdorida penya toʻlaydi, ammo abonent toʻlovi narxidan ortiq emas.

57. Oʻzbekiston respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra, taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin taʼlim oluvchilar:

telefonini oʻchirib qoʻyishi;

telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qoʻyishi shart.

Taʼlim oluvchilarga quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:

a) telefonini boʻyniga osib olish, koʻkrak choʻntaklarida, shim, yubkalari choʻntaklarida va shu kabilarda saqlash;

b) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun taʼlim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

d) telefoni yordamida:

atrofdagilarga zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targʻib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;

taʼlim muassasasining nufuziga, shu jumladan zoʻravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yoʻli bilan zarar yetkazish;

e) oʻquv mashgʻulotlari vaqtida:

telefon orqali soʻzlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni joʻnatish;

telefonni stol ustiga qoʻyish;

musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;

surat va video tasvirlarni koʻrsatishda telefondan foydalanish (oʻyinlar bilan shugʻullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) koʻrish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;

suratga olish va video tasvirga tushirish;

telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

58. TAKSOFON nima?

Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalari (2010-yil 6-sentabr, roʻyxat raqami 2140)da koʻrsatilishicha, taksofon telefon aloqani oʻrnatish, foydalanuvchilarga soʻzlashuvlar va qoʻshimcha xizmatlarni taqdim etish uchun moʻljallangan, foydalanuvchilar bilan naqd pul va naqd pulsiz toʻlov vositalari (maxsus jeton, toʻlov kartasi) yordamida darhol hisob-kitob qilish qurilmasidan iborat boʻlgan, shu jumladan, soʻzlashuv punktlarida oʻrnatiladigan oxirgi abonent telefon qurilmasi hisoblanadi.

59. Taksofonlar qayerlarda oʻrnatiladi?

Taksofonlar koʻchalarda, maydonlarda, bozorlarda, aloqa boʻlimlarida, aeroportlarda, vokzallarda, metro bekatlarida, avtobus bekatlarida, doʻkonlarda, oʻquv yurtlarida, shahar jamoat transporti bekatlarida, tibbiyot va davolash muassasalarida, maxsus jihozlangan soʻzlashuv punktlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining bino va inshootlarida hamda boshqa joylarda kelishuv asosida oʻrnatilishi mumkin. Taksofonlar alohida turuvchi hamda ixcham holatda joylashtirilgan boʻlishi mumkin.

Oʻrnatilgan taksofonlar ushbu turdagi telekommunikatsiya vositalariga qoʻyiladigan texnik talablarga, standartlarga, sanitariya va yongʻinga qarshi norma va qoidalariga mos kelishi kerak.

Taksofonlar, kabina va yarim kabinalarning joylashtirilishi va jihozlanishi foydalanish uchun qulaylikni, zarur yoritilganlikni, tashqi shovqin va atmosfera yogʻingarchiliklari taʼsirlarining chegaralashini, soʻzlashuvlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.

60. Taksofonlar oʻrnatilgan joylarda nimalar boʻlishi shart?

Taksofonlar oʻrnatilgan joylarda quyidagilar boʻlishi shart:

  • taksofondan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma;
  • taksofonlarni ekspluatatsiya qiluvchi operator yoki provayder toʻgʻrisida axborot (nomi, manzili, telefon nomerlari);
  • taqdim etiladigan xizmatlar tarifi toʻgʻrisida axborot;
  • maʼlumot koʻrinishidagi axborot (favqulodda tezkor xizmatlar hamda taksofonlarni taʼmirlash xizmatining telefon nomerlari, yaqin atrofda joylashgan taksofonning manzili va boshqalar);
  • maxsus jetonlar va toʻlov kartalarini sotib olish joylari toʻgʻrisidagi axborot.

61. Taksofon orqali qanday pullik xizmat turlari koʻrsatiladi?

Taksofon orqali quyidagi pullik xizmat turlari koʻrsatiladi:

  • mahalliy telefon soʻzlashuvlari;
  • shaharlararo telefon soʻzlashuvlari;
  • xalqaro telefon soʻzlashuvlari;
  • axborot-maʼlumot xizmati operatorlari bilan telefon aloqasi.

62. Taksofon orqali telefon aloqa xizmatiga haq toʻlash qanday amalga oshiriladi?

Taksofon orqali telefon aloqa xizmatiga haq toʻlash uchun maxsus jeton, toʻlov kartasi, tanga va milliy valyutaning tegishli kupyurasi ishlatiladi.

Toʻlov kartasida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

  • kartani tayyorlagan yuridik shaxs (firma) nomi;
  • xizmatlar uchun avans toʻlovining miqdori;
  • kartani tayyorlash uchun buyurtma bergan operator yoki provayderning maʼlumot (bogʻlanish) uchun telefonlari;
  • kartadan foydalanish qoidalari;
  • kartaning identifikatsion raqami.

63. Telegraf aloqasi nima?

Oʻzbekiston Respublikasida telegraf aloqasi xizmati koʻrsatish qoidalari (1996-yil 8-aprel, 233-son)da koʻrsatilishicha, aloqa korxonalari quyidagi telegraf aloqa xizmatlarini koʻrsatadi?

Telegrammalarni qabul qilish, topshirish;

Abonent telegrafi tarmogʻida suhbat oʻtkazish;

“Teleks” tarmogʻida suhbat oʻtkazish;

Telegraf kanallarini ijaraga foydalanishga taqdim qilish;

Gazeta betlarini taqdim qilish

64. Bloger kim?

Bloger bu Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs.

Ichki pochta joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi

Joʻnatma turi

Ogʻirligi (kg)

Oʻrovdagi oʻlchamlari

1.

Kichik formatdagi xat Katta formatdagi xat Formatga mos boʻlmagan xat

0,1
0,5
2


110 x 220 mm; 114 x 162 mm; 162 x 229 mm;
229 x 324 mm;
Eng koʻp: birga qoʻshilganda uzunligi va qalinligi – 900 mm, bunda eng katta oʻlchami 2 mm ogʻish bilan 600 mm dan oshmasligi mumkin; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 1040 mm, bunda eng katta oʻlchami 2 mm ogʻish bilan 900 mm dan oshmasligi mumkin; eng kam: 2 mm ogʻish bilan 90 x 140 mm dan kam boʻlmagan oʻlchamlarga yoʻl qoʻyiladi; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 170 mm, bunda eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi mumkin.

2.

Pochta varaqchasi

105 x 148 mm

3.

Banderol,
shu jumladan, bitta kitob joylangan

2
3

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi – 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.

4.

Sekogramma

7

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi – 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
Eng kam: oʻlchamlar 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm dan kam boʻlmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.

5.

Mayda paket

2

Oʻrovdagi oʻlchamga boʻlgan talablar, banderollarga qoʻyiladigan talablarga mos keladi

6.

Posilka
a) boʻlinadigan joylanma bilan
b) boʻlinmaydigan joylanma bilan


10

15

Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3 m.

Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda).

7.

Tezkor pochta joʻnatmasi:
a) hujjatlar bilan
b) tovarlar bilan


2
20

Har qanday oʻlchami – 1500 mm dan koʻp emas;
Uzunligi va eng katta koʻndalang kesimi perimetrining yigʻindisi – 3000 mm dan koʻp emas.

8.

Tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar

2

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi – 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunlik va ikkilangan diametr yigʻindisi – 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak; Eng kam: oʻlchamlar 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm dan kam boʻlmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.

Izohlar:

1. 114 x 162 x 5 mm hamda 110 x 220 x 5 mm oʻlchamli pochta konvertlaridagi va ogʻirligi 20 grammgacha boʻlgan xatlar standart yozma xat-xabarlarga kiradi.

2. Tomonlari oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m dan oshadigan hamda uzunlik va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana summasi 3 m dan oshadigan posilkalar katta posilkalarga kiradi.

3. Ogʻirligi 10 kg dan koʻp boʻlgan posilkalar ogʻir vaznli posilkalarga kiradi. Ogʻirligi 15 kg gacha boʻlgan ogʻir vaznli posilkalarni qabul qilish va topshirish, buning uchun maxsus ajratilgan pochta aloqasi obyektlarida amalga oshiriladi.

4. Ogʻirligi 3 kg gacha boʻlgan, katta tomoni 600 mm dan oshmaydigan, uch oʻlchamining yigʻindisi 900 mm dan oshmaydigan posilkalar mayda posilkalarga kiradi.

5. Banderolning belgilangan eng koʻp ogʻirligi 100 g gacha, posilkaniki 500 g gacha ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.

Xalqaro pochta joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi

Joʻnatma turi

Ogʻirligi (kg)

Oʻrovdagi oʻlchamlari

1.

Kichik formatdagi xat Katta formatdagi xat Formatga mos boʻlmagan xat

0,1
0,5
2

110 x 220 mm; 114 x 162 mm; 162 x 229 mm;
229 x 324 mm;
Eng koʻp: birga qoʻshilganda uzunligi va qalinligi – 900 mm, bunda eng katta oʻlchami 2 mm ogʻish bilan 600 mm dan oshmasligi mumkin; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 1040 mm, bunda eng katta oʻlchami 2 mm ogʻish bilan 900 mm dan oshmasligi mumkin; eng kam: 2 mm ogʻish bilan 90 x 140 mm dan kam boʻlmagan oʻlchamlarga yoʻl qoʻyiladi; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 170 mm, bunda eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi mumkin.

2.

Pochta varaqchasi

105 x 148 mm

3.

Sekogramma

7

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi – 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.

4.

Mayda paket

2

Oʻrovdagi oʻlchamga boʻlgan talablar, sekogrammalarga qoʻyiladigan talablarga mos keladi

5.

“M” belgili qop

20

Tekis qoplar uchun: eng koʻp – 1600 x1200 mm;
eng kam – 800 x 500 mm.
Tagi toʻgʻri burchakli qoplar uchun: eng koʻp – 1660 x 600 x 400 mm;
eng kam – 1200 x 600 x 400 mm.

6.

Posilka

30

Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3 m;
Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda).

7.

Tezkor pochta joʻnatmasi:
a) hujjatlar bilan
b) tovarlar bilan



2
30

Har qanday oʻlchami – 1500 mm dan ortiq emas.
Uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda oʻlchangan eng katta aylana yigʻindisi – 3000 mm dan ortiq emas.

8.

Tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar

2

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi – 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm;
oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.

Izoh :

114 x 162 x 5 mm hamda 110 x 220 x 5 mm oʻlchamli pochta konvertlaridagi va ogʻirligi 20 grammgacha boʻlgan xatlar standart yozma xat-xabarlarga kiradi.

Joʻnatilishi taqiqlangan va cheklangan predmetlar va moddalar

ROʻYXATI

1. Ichki va xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarida quyidagilarning joʻnatilishi taqiqlangan:

a) oʻqotar, signalli, pnevmatik, gazli qurollar, oʻq-dorilar, sovuq qurol (jumladan, otiladigan), elektroshok qurilmalari va uchqunli razryadniklar, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, jihozlanmagan portlash qurilmalari va oʻq-dorilar, shu jumladan jihozlanmagan granatalar, snaryadlar va boshqa oʻxshash predmetlar, shuningdek, shunday qurilmalar va predmetlarning mulyajlari;

b) giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop, kuchli taʼsir etadigan, radioaktiv, portlaydigan, zaharli, oʻyuvchi, oson alangalanadigan va boshqa xavfli moddalar (mazkur Roʻyxatning 3-bandi “v” va “g” kichik bandlarining oltinchi xatboshisida sanab oʻtilganlardan tashqari);

d) Oʻzbekiston Respublikasining pul belgilari va xorijiy valyuta (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muassasalari tomonidan yuboriladiganlaridan tashqari);

e) axloqsizlik yoki buzuqlik xususiyatidagi predmetlar;

f) kontrafakt va qaroqchilik predmetlari;

g) olib kirish yoki muomalada boʻlishi tayinlangan mamlakatda taqiqlangan predmetlar chiquvchi (xalqaro pochta joʻnatmalari uchun);

h) oʻzining xususiyatiga yoki oʻrovlanishiga koʻra, pochta xodimlari yoki oddiy aholi uchun xavf tugʻdirishi, boshqa joʻnatmalarni va pochta uskunasini iflos qilishi yoki buzishi mumkin boʻlgan predmetlar;

i) joriy va shaxsiy yozishma mazmunidagi hujjatlar, shuningdek, joʻnatuvchi va oluvchi boʻlmagan shaxslar yoki ular bilan yashovchi shaxslar almashinadigan oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollar;

j) tirik hayvonlar.

k) uskunada mavjud boʻlgan va uskunadan alohida joʻnatiladigan litiyli elementlar yoki litiyli batareyalar.

Bundan tashqari, xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarida quyidagi predmetlar va buyumlarni joʻnatish taqiqlangan:

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respub­likasidan olib chiqish, shuningdek belgilangan mamlakatga olib kirish taqiqlangan;

Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga muvofiq joʻnatilishi taqiqlangan;

roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻrnatilgan cheklovlar qoʻllaniladigan predmetlar va buyumlar.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorij mamlakatlaridan kelib tushadigan xalqaro pochta joʻnatmalarida urugʻlar va ekish materiali, mevalar, yangi mevalar va sabzavotlarni joʻnatish taqiqlanadi.

2. Tegishlicha oʻrovdagi bosma nashrlar va koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalar:

hech qanday annotatsiyaga ega boʻla olmaydi, joriy yoki shaxsiy yozishma mazmunidagi hech qanday hujjatlarni ichiga ololmaydi;

tamgʻalangan yoki tamgʻalanmagan hech qanday markalarni, toʻlov blanklarini, pul qiymatiga ega boʻlgan hech qanday hujjatlarni ichiga ololmaydi, joʻnatmada joylanma sifatida joʻnatuvchining manzili bosilgan banderol yoki varaqcha, konvert boʻladigan hollardan tashqari.

3. Maʼlum shart-sharoitlarda xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarida joʻnatish ruxsat etilgan predmetlar:

a) madaniy boyliklar – Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining maxsus qarorlari bilan va boshqa vakolatli organlar tomonidan shunday huquq berilgan tashkilotlar tomonidan;

b) Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi tangalar va banknotlar, xorijiy banklar bilan valyutalar namunalarini almashinish tartibida va numizmatika maqsadlarida;

d) tashkilotlar tomonidan, vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha quyidagilarni joʻnatishga ruxsat etiladi:

ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, nou-xau, ixtirolar – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan;

sanʼat asarlari – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan oʻsimliklar va hayvonlar – Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan;

dorivor vositalar, tibbiyot maqsadlaridagi mahsulotlar (buyumlar) va tibbiyot texnikasi – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish boshqarmasi tomonidan;

giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tibbiyot yoki ilmiy maqsadlarda, ularni joʻnatish ruxsat etiladigan mamlakatlarga va rasmiy kelishuvga muvofiq – sogʻliqni saqlash organlari tomonidan davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda beriladigan sertifikatlar asosida va giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining tegishli ruxsatnomasi bilan;

yigʻish va ov qilish cheklangan yoki vaqtinchalik taqiqlangan oʻsimliklar va hayvonlar – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tegishli taqiqlar va cheklovlar amal qilishi davrida.

e) giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar, ular Oʻzbekiston Respublikasida tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar boʻlgan dorivor vositalarni roʻyxatga olish yoki qayta roʻyxatga olish uchun namunalar sifatida yuborilganda. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha kotibiyatining koʻrsatilgan yuklarning gumanitar yordamga tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosasiga muvofiq ular Oʻzbekiston Respublikasidagi muayyan yuridik shaxslarga yuborilayotganda, ularni gumanitar yordam koʻrinishida joʻnatishga ruxsat beriladi.

Madaniy boyliklar boʻlgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatishda, joʻnatuvchi pochta aloqasi obyektiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ruxsatnomasini taqdim etishi kerak, bu ruxsatnoma pochta, kuryerlik joʻnatmasining ichiga qoʻyiladi.

4. Xalqaro xatlar va qiymati eʼlon qilinmagan posilkalarda tangalar, bank chiptalari, kredit chiptalari yoki daʼvogarning biror-bir qimmatbaho buyumlari, yoʻl cheklari, platina, oltin yoki kumushdan yasalgan buyumlar yoki ishlov berilmagan koʻrinishdagi qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho predmetlarni joʻnatish taqiqlanadi.

5. Istisno tarzida buyurtma mayda paketlarda kuyidagilar joʻnatilishiga ruxsat etiladi:

  • tirik asalarilar, zuluklar va ipak qurtlari;
  • parazitlar va hasharotlarni oʻrganish uchun moʻljallangan va rasman tan olingan muassasalar oʻrtasida almashinadigan zararli hasharotlarni qiruvchilar;
  • rasman tan olingan muassasalar uchun, tibbiy-biologik tadqiqotlar uchun drozofil (Drosophilidae) oilasiga kiradigan mayda pashshalar.

Ichki kuryerlik joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi

Joʻnatma turi

Ogʻirligi (kg)

Oʻrovdagi oʻlchamlari

1.

Xat

2

162 x 229 mm; 229 x 324 mm;
110 x 220 mm; 114 x 162 mm.

2.

Pochta varaqchasi

105 x 148 mm.

3.

Banderol,
shu jumladan, bitta kitob joylangan

2
3

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi – 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.

Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.

4.

Posilka
a) boʻlinadigan joylanma bilan
b) boʻlin­maydigan joylanma bilan


10

15

Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3 m.

Eng kam: 2 mm dan ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda).

5.

Tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar

2

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi – 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.
Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90 x 140 mm; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.

Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi

Joʻnatma turi

Ogʻirligi (kg)

Oʻrovdagi oʻlchamlari

1.

Xat

2

162 x 229 mm; 229 x 324 mm;
110 x 220 mm; 114 x 162 mm.

2.

Pochta varaqchasi

105 x 148 mm.

3.

Posilka

30
15

Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1,50 m yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3 m;
Eng kam: 2 mm dan ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda).

4.

Tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar

2

Eng koʻp: uzunligi, eni va qalinligi yigʻindisi – 900 mm, shu bilan birga eng katta oʻlcham 2 mm ogʻish bilan, 600 mm dan oshmasligi kerak; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi 1040 mm, shu bilan birga eng katta diametri 2 mm ogʻish bilan, 900 mm dan oshmasligi kerak.

Eng kam: 2 mm ogʻish bilan, 90×140 mm; oʻramlar uchun: uzunligi va ikkilangan diametri yigʻindisi – 170 mm, shu bilan birga eng katta oʻlchami 100 mm dan oshmasligi kerak.

65. Hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni internet jahon axborot tarmogʻida tarqatishga nisbatan cheklovlar mavjudmi?

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 121-moddasiga koʻra, veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan:

  • Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish;
  • urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish;
  • davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish;
  • giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
  • pornografiyani targʻib qilish;
  • qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni joylashtirishdan avval uning toʻgʻriligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda uni darhol oʻchirib tashlashi shart.

66. MOBIL ALOQA TARMOGʻI nima?

Mobil aloqa tarmogʻiga abonentlarga mobil aloqa (telefon, maʼlumotlarni uzatish va boshqalar) xizmatlarini koʻrsatuvchi texnik vositalar (kommutatsion va radiouskuna, abonent qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va sh. k.) majmui. Mobil aloqa tarmoqlariga aloqaning mobil radiotelefon (sotali, trank, lokal-trank, radial-zona, global shaxsiy mobil yoʻldoshli) tarmoqlari kiradi.

67. IP-telefoniya nima?

IP-telefoniya – IP texnologiyasi asosida paketlar kommuni­katsiyalanadigan maʼlumotlar uzatish tarmoqlari orqali nutqli axborot, jumladan mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqani ayirboshlash xizmati.

68. SIM-karta nima?

SIM-karta bu abonent qurilmasining identifikatsiyasini, uning mobil aloqa tarmogʻidan foydalanishni, shuningdek abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoyani taʼminlanishi yordamida qurilgan mikrosxemali identifikatsion modul.

69. Abonentlarga koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlari

Abonentlarga operator tomonidan koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlarining roʻyxati operatorga tegishli boʻlgan mobil aloqa tarmogʻining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda operator tomonidan belgilanadi.

Abonentlarga koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlari shartnoma shartlariga, shuningdek operatorning xizmatlar toʻgʻrisida axborotiga muvofiq boʻlishi kerak.

Operator abonentga mobil aloqa xizmatlaridan kecha-kunduz foydalanish imkonini taʼminlashga majbur.

Operator axborot-maʼlumot xizmat tizimini yaratishga va pulli hamda bepul axborot-maʼlumot xizmatlarini koʻrsatishga majbur.

70. Mobil aloqa operatori tomonidan qanday bepul xizmatlar koʻrsatiladi?

Operator tomonidan koʻrsatiladigan bepul xizmatlarga quyidagilar kiradi:

a) operator tomonidan taqdim etiladigan mobil aloqa xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish;

b) operatorning mobil aloqa tarmogʻiga xizmat koʻrsatish zonasi toʻgʻrisida axborot berish;

d) mobil aloqa xizmatlariga tariflar toʻgʻrisida axborot berish;

e) abonent shaxsiy hisob raqamining holati toʻgʻrisida axborot berish;

f) axborot-maʼlumot xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish;

g) operator (filiallari)ning rekvizitlari (joylashgan oʻrni) va ish tartibi toʻgʻrisida axborot berish;

h) abonentdan texnik nosozliklar, SIM-karta yoki abonent qurilmasi yoʻqolganligi (SIM-kartalardan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun), abonentning shaxsiy maʼlumotlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish;

i) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida axborot berish.

Bepul axborot-maʼlumot xizmatlarining roʻyxati operator tomonidan mustaqil kengaytirilishi mumkin.

71. Mobil aloqa operatori tomonidan yana qanday bepul xizmatlar koʻrsatiladi?

Operator har bir abonentga tegishli xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan yagona raqamlarni abonent tomonidan terish yordamida favqulodda tezkor xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini taʼminlashi kerak. Favqulodda tezkor xizmatlarga quyidagilar kiradi:

a) yongʻinga qarshi yordam;

b) ichki ishlar organlari (militsiya);

d) tez tibbiy yordam;

e) gaz tarmogʻining avariya xizmati;

f) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.

72. Mobil aloqa xizmatlari koʻrsatishda abonent qanday huquqlarga ega?

Abonent quyidagi huquqlarga ega:

a) amaldagi tariflarga, xizmatlar tavsifi va xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarga, shuningdek operator tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlarga muvofiq shartnomada koʻzda tutilgan mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish;

b) operatordan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnomada belgilangan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;

d) operator axborot-maʼlumot xizmatining xizmatlaridan foydalanish;

e) barcha amalga oshirilgan ulanishlarning sanasi va vaqti, ularning davomiyligi va abonent raqamlarini koʻrsatgan holda, operator tomonidan belgilangan tartib va shartlarda barcha xizmat turlari boʻyicha batafsil hisobni bepul olish;

f) qoidalarda belgilangan talablar va shartnoma shartlariga rioya qilgan holda, shuningdek muayyan hududda (aeroport, samolyot, antenna maydoni va boshqalar) amal qiladigan alohida qoidalarni hamda toʻsqinlik qilishi yoki xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarda (tibbiyot muassasalari, yoqilgʻini saqlash va qayta yuklash hududi, portlash ishlarini oʻtkazish joylarida va boshqalar) cheklanishlarni hisobga olgan holda, istalgan abonent qurilmasidan foydalanish;

h) favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirishda, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan hollarda mobil aloqa xizmatlaridan bepul foydalanish;

g) unga roziligisiz taqdim etilgan xizmatlar uchun toʻlovini toʻlashni rad etish;

i) operator tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar boʻyicha takliflar va eʼtirozlar bilan operatorga murojaat etish;

j) operator aybi bilan koʻrilgan zararlarni qoplanishini talab qilish;

k) operator xizmatlaridan foydalanishni toʻxtatish;

l) shartnomada koʻzda tutilgan tartibda operator bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish;

m) operator shartnomani bajarmasa yoki xizmatlar shartnomada koʻrsatilgan muddatda koʻrsatilmasligi aniq boʻlsa, shartnomani bajarishdan bosh tortish va zararlarni qoplashni talab qilish;

n) operator tomonidan, koʻrsatiladigan xizmatlar sifatining yomonlashishiga olib keladigan darajada shartnoma shartlaridan jiddiy chetga chiqishga yoʻl qoʻyilgan yoki boshqa jiddiy kamchiliklar yuzaga kelgan hollarda, oʻz xohshiga koʻra: kamchiliklarni bepul bartaraf etish, koʻrsatilgan xizmatlar narxini mos ravishda kamaytirish, takroran xizmatlarni koʻrsatish, keltirilgan zararlarni toʻliq qoplagan holda shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin.

73. Mobil aloqa xizmatlari koʻrsatishda abonent qanday majburiyatlarga ega?

Abonent quyidagilarga majbur:

a) qoidalarga rioya qilish;

b) shartnoma shartlarini bajarish;

d) operatorga SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartalardan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) yoʻqolganligi toʻgʻrisida zudlik bilan xabar berish. Abonent tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, u yoʻqotilgan SIM-karta yoki abonent qurilmasidan (SIM-kartadan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) foydalangan holda olingan operator tomonidan koʻrsatilgan mobil aloqa xizmatlariga toʻlov boʻyicha, operator abonentning ularning yoʻqolganligi va xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatish istagi toʻgʻrisidagi arizasini olgan kunigacha majburiyatga ega, agar abonent uchun qulay boʻlgan xabar qilishning boshqa usuli operator tomonidan koʻzda tutilmagan boʻlsa;

e) koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni oʻz vaqtida toʻlash;

f) 30 kun davomida operatorga maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi – jismoniy shaxs uchun, nomi (firma nomi), joylashgan yeri – yuridik shaxs uchun) oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabar berish.

74. Abonentlar bilan hisob-kitoblar va mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi qanday amalga oshiriladi?

Abonentlar bilan hisob-kitoblar va mobil aloqa xizmatlarining toʻlovi mobil aloqa xizmatlariga tariflar asosida amalga oshiriladi.

Mobil aloqa xizmatlariga tariflar operatorlar tomonidan shartnoma asosida mustaqil belgilanadi.

Mobil aloqa tarmogʻi boʻyicha ulanish davomiyligining tarifikatsiya birligi operator tomonidan belgilanadi. Tarifikatsiya birligi bir minutdan koʻp boʻlmasligi kerak.

Ulanishning davomiyligini hisobga olish operator tomonidan qabul qilingan tarifikatsiya birligiga muvofiq olib boriladi.

Toʻlov miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan mobil aloqa tarmogʻi boʻyicha ulanish davomiyligi chaqiriluvchi abonent yoki abonent javob bergan deb tenglashtirilgan javob signali boʻlgan uskuna javob bergan sekunddan boshlab chaqiruvchi yoki chaqiriluvchi abonent yoki shu uskuna soʻzlashuvi tugagan vaqtgacha hisoblanadi.

Operator tomonidan belgilangan minimal hisoblangan vaqt birliklarida hisoblangan ulanishlar davomiyligi toʻliq birlikkacha yaxlitlanadi.

Operator qoidalarga nisbatan abonent holatini yomonlash­tirmaydigan mobil aloqa xizmatlarining tarifikatsiya qoidalarini mustaqil belgilaydi.

Mobil aloqa xizmatlariga tariflar mobil aloqaning ayrim xizmatlari yoki mobil aloqa xizmatlarining toʻplamiga tariflar (tarif rejalari) koʻrinishida belgilanishi mumkin. Tarif rejasi bir kecha-kunduz vaqt, hafta kunlari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari boʻyicha, shuningdek koʻrsatilayotgan mobil aloqa xizmatlarining toʻplami va hajmi boʻyicha differensiyalangan tariflar belgilanishi mumkin.

75. Mobil aloqa xizmatlari koʻrsatishda tarif rejalarining qanday turlari mavjud?

Tarif rejalarini shakllantirishda tarifikatsiyaning quyidagi turlari qoʻllanilishi mumkin:

a) abonentning aniq (hisobot) davri uchun toʻlov miqdori haqiqiy olingan mobil aloqa xizmatlarining hajmiga bogʻliq boʻlmagan doimiy kattalik hisoblanadigan abonentlik;

b) abonentning toʻlov miqdori hisobot davri davomida taqdim etilgan abonentning tashabbusi bilan amalga oshirilgan ulanishlar davomiyligining summasiga bogʻliq boʻlgan vaqtbay;

d) toʻlov miqdori amalda koʻrsatilgan mobil aloqa xizmatlari uchun aniqlanadigan har bir koʻrsatilgan mobil aloqa xizmati uchun.

Tarif rejalarini shakllantirishda tarifikatsiyaning bir nechta turlarini birga qoʻshishga yoʻl qoʻyiladi.

76. Mobil aloqa xizmatlari koʻrsatishda operatorning javobgarligi qanday?

Operator tuzilgan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun quyidagi holatlarda abonent oldida javobgardir:

a) mobil aloqa tarmogʻidan foydalana olishni taʼminlash muddatlarining buzilishi;

b) shartnomada belgilangan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish muddatlarining buzilishi;

d) shartnomada koʻrsatilgan va abonent tomonidan talab qilingan mobil aloqa xizmatlarining barcha turlarini koʻrsatmaganlik;

e) mobil aloqa xizmatlarini sifatsiz koʻrsatish;

f) mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq axborotni taqdim etilmaganligi, toʻliq taqdim etilmaganligi yoki kechiktirib taqdim etilganligi;

h) shartnomani bajarish natijasida operatorga maʼlum boʻlgan abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tarqalishini cheklash toʻgʻrisidagi talablarning buzilishi.

77. INTERNET tarmogʻi nima?

Maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi, shu jumladan Internet xizmatlarini koʻrsatish qoidalari (2018-yil 10-iyul, roʻyxat raqami 3038)ga koʻra, Internet tarmogʻi – yagona adres va nomlar makonidan foydalaniladigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan, yagona TSR/IP protokoliga muvofiq ishlaydigan koʻplab tarmoqlardan iborat global xalqaro tarmoq (boshqariladigan tarmoqlar birlashmasi) hisoblanadi.

78. Domen nomi nima?

Domen nomi – axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet tarmogʻida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom.

79. Xosting xizmatlari nima?

Xosting xizmatlari – Internet tarmogʻida doimiy boʻladigan serverda axborotni joylashtirish uchun texnik resurslarni taqdim etish xizmati.

80. Maʼlumotlar uzatish va maʼlumotlar uzatish tarmogʻi qanday vzaifalarni bajaradi?

Maʼlumotlar uzatish – maʼlumotlarni (raqamli shaklda taqdim etilgan, elektron vositalar bilan qayta ishlash uchun yaroqli boʻlgan, nutqni, matn, faksimil xabarlar, dinamik tasvirlarni (videoni) va boshqalarni oʻz ichiga oladigan axborotlarni) ikkilik signallar koʻrinishida, keyinchalik hisoblash texnikasi vositalari bilan qayta ishlash uchun, telekommunikatsiyalar vositalari orqali bir punktdan boshqa bir punktga koʻchirish vazifasini bajaradi.

Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi esa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona xizmat koʻrsatish, taqdim etish va toʻlov prinsiplari asosida barcha jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotlar uzatish xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmogʻi boʻlib hisoblanadi.

Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari operator va provayderning maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali signallar va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish va qayta ishlash boʻyicha faoliyati mahsulidir.

81. Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali xizmatlarining qanday turlari koʻrsatiladi?

Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarining quyidagi turlari taqdim etilishi mumkin:

  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish (turli standartlar boʻyicha), trafik tranziti, shuningdek maʼlumotlar uzatishning xalqaro tarmoqlaridan, jumladan Internetdan foydalanish;
  • real vaqtda axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish;
  • elektron xabarlar qabul qilish va uzatish (shu jumladan, elektron pochta);
  • konfidensial axborotni kriptografik va boshqacha muhofaza qilish;
  • kichik (quyi) tarmoq ajratish;
  • domen va domen nomlari tizimini roʻyxatga olish va olib borish;
  • IP-adres ajratish va tutib turish;
  • IP-telefoniya va IP-televideniye (IPTV);
  • xosting xizmatlari.

Operator yoki provayder qonun hujjatlariga muvofiq maʼlumotlar uzatish tarmogʻining boshqa xizmatlarini ham koʻrsatishi mumkin.

Wi-Fi xizmatini koʻrsatish tartibi qanday?

Wi-Fi xizmati tashkilotchisi cheklangan doiradagi foydalanuvchilarga pulsiz yoki pullik asosda Wi-Fi xizmatlari koʻrsatishi mumkin. Foydalanuvchilarning cheklangan doirasini aniqlash shartlari Wi-Fi xizmati tashkilotchisi tomonidan belgilanadi. Wi-Fi xizmatini koʻrsatishda sessiyaning amal qilish davomiyligi 24 soatdan oshmasligi kerak.

Wi-Fi xizmati tashkilotchisi boʻlgan abonent-yuridik shaxs tomonidan oʻz hududida bepul Wi-Fi xizmatini tashkil etish operator yoki provayder bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq operator yoki provayderning apparat-dasturiy vositalari asosida amalga oshirilishi mumkin.

82. Wi-Fi xizmati tashkilotchisi nimalarga majbur?

Wi-Fi xizmati tashkilotchisi:

  • operator yoki provayder bilan birgalikda, foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanilgan veb-resurslari (log-fayllar) hisobini yuritish boʻyicha apparat-texnik chora-tadbirlar koʻrishi;
  • operator yoki provayder bilan birgalikda, axborot resurslari himoya qilinishini taʼminlashga, Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etishga, urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborotni, shuningdek pornografiyani targʻib qilishga qaratilgan axborotning va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrishi kerak.

83. Wi-Fi xizmati abonenti nimalarga majbur?

Wi-Fi xizmati abonent – yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilgan taqdirda, abonent – yuridik shaxs va operator yoki provayder oʻrtasida tuziladigan shartnomada foydalanuvchilarga Wi-Fi xizmati taqdim etishi toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatilishi, shuningdek foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalash boʻyicha koʻriladigan choralar belgilanishi zarur.

84. Wi-Fi xizmatini koʻrsatishda foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalash qanday amalga oshiriladi?

Foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalash mobil telefon raqami boʻyicha yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar asosida amalga oshirilgan boshqa roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlari (aviachiptalar, temir yoʻl chiptalari, mehmonxonada roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlari va shu kabi boshqa maʼlumotlar) boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.

Foydalanuvchini mobil telefon raqami boʻyicha identifikatsiyalashda, foydalanuvchining mobil telefon raqamiga SMS-xabar vositasida bir martalik parol (One Time Password – OTP) yuboriladi va foydalanuvchi autentifikatsiya qilinadi. Bunda bir martalik parolning (One Time Password – OTP) aktivlik muddati cheklangan boʻlishi (10 daqiqadan koʻp boʻlmasligi) kerak.

Wi-Fi xizmati tashkilotchisi foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari va telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlarining sir saqlanishini taʼminlashi shart, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

85. Maʼlumotlar uzatish xizmatlari toʻgʻrisida isteʼmolchiga qanday maʼlumotlar berilishi zarur?

Operator yoki provayder “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq abonentlarga oʻzi tomonidan koʻrsatiladigan maʼlumotlar uzatish xizmatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shart.

Operator yoki provayder tomonidan abonentga quyidagi maʼlumotlar taqdim etilishi zarur:

  • operator yoki provayderning nomi, pochta manzili, foydalanuvchilar va abonentlar bilan hamkorlik qiladigan filiallarining nomi, ular joylashgan joy, ish tartibi va aloqa telefonlari;
  • operator yoki provayderga berilgan litsenziya raqami va amal qilish muddati;
  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish tartibi va shartlari;
  • foydalaniladigan abonent interfeyslari va maʼlumotlar uzatish protokollari;
  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatishdagi cheklovlar;
  • tarif rejalari;
  • muayyan tarif rejasi, marketing kampaniyalari doirasida yoki tadbirlar oʻtkazish davrida maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini taqdim etishda imtiyozlar yoki chegirmalar;
  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanishning pulli va pulsiz xizmatlari roʻyxati;
  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlariga haq toʻlash muddatlari va shakllari;
  • abonentlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi;
  • axborot-maʼlumot xizmatining va texnik taʼminlash xizmatining telefon raqamlari (mavjud boʻlganda);
  • axborot-maʼlumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish hududlarida texnik imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

86. Operator yoki provayder bilan abonent oʻrtasida tuziladigan shartnomada nimalar koʻrsatiladi?

Operator yoki provayder bilan abonent oʻrtasida tuziladigan shartnomada quyidagi maʼlumotlar majburiy ravishda koʻrsatilishi shart:

  • shartnoma tuzilgan joy va sana;
  • operator yoki provayderning nomi;
  • operator yoki provayder hisobvaragʻi rekvizitlari;
  • operator yoki provayderlarga berilgan litsenziya rekvizitlari;
  • shartnomaning amal qilish muddati;
  • abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  • hisob-kitob shakli va tartibi;
  • tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
  • tarif rejasi, xizmatlarning narxlari;
  • shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlari;
  • sifat koʻrsatkichlari (maʼlumotlar uzatishning maksimal tezligi, maʼlumotlar uzatishning minimal kafolatlangan tezligi, maʼlumotlar uzatish kechikishining maksimal vaqti);
  • koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati (zarur boʻlganda).

Shartnomada tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga asosan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.

Abonent operator yoki provayder bilan shartnoma tuzganidan keyin, operator yoki provayder ulanish usuliga bogʻliq holda, abonentga ulanish uchun zarur parametrlarni yetkazadi (IP-adres va boshqa adres rekvizitlari), maʼlumotlar uzatish tarmogʻida ishlash va foydalanish tartibi toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi, foydalanuvchining zarur uskunasini (kompyuter, modem, faks) va zarur dasturiy taʼminotni tavsiya qiladi.

87. Operator yoki provayder tomonidan abonentga qanday maʼlumotlar taqdim qilinadi?

Operator yoki provayder maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni abonentlarga taqdim etish maqsadida axborot-maʼlumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimini yaratadi.

Quyidagi maʼlumotlar operator yoki provayder tomonidan abonentning soʻroviga muvofiq 24 soat mobaynida hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishi shart:

maʼlumotlar uzatish tarmogʻining koʻrsatiladigan xizmatlari toʻgʻrisidagi;

maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish xizmatlariga boʻlgan tariflar toʻgʻrisidagi;

abonentga uning shaxsiy hisobvaragʻining holati va maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish haqini toʻlash boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisidagi, jumladan abonentga ulangan xizmatlar: maʼlumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek limitlangan trafikli tariflardagi trafik qoldigʻi toʻgʻrisidagi;

texnik nosozliklar toʻgʻrisidagi.

88. Internetdan jamoat boʻlib foydalanish qanday amalga oshiriladi?

Internetdan jamoat boʻlib foydalanish punktida bir martalik maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari foydalanuvchilarga Jamoat foydalanish joylarida internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1393, 2004-yil 30-iyul) muvofiq amalga oshiriladi.

89. Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlariga haq toʻlash qanday tartibda amalga oshiriladi?

Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari uchun tariflar qonun hujjatlariga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilaniladi. Bunda hisob-kitoblar shakli va tartibi operator yoki provayderning texnologik imkoniyatlardan kelib chiqib abonent bilan kelishilgan holda operator yoki provayder tomonidan belgilanadi hamda shartnomada aks ettiriladi va hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

Shuni qayd etish lozimki, maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari uchun tariflar milliy valyutada belgilanadi va barcha toʻlovlar milliy valyutada amalga oshiriladi.

Muhimi, operator yoki provayder avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimlari yordamida abonentga koʻrsatilgan xizmatlar (maʼlumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek abonent pul mablagʻlarining harakati va boshqalar) toʻgʻrisidagi axborot hisobini yuritadi.

Operator yoki provayder shartnoma asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash toʻgʻrisida abonentga axborot taqdim etadi. Bunda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart:

  • operator yoki provayder rekvizitlari va murojaat uchun telefon raqamlari;
  • hisob-kitob davri;
  • bajarilgan ishlar narxi;
  • taqdim etiladigan xizmatlar roʻyxati, har bir xizmat uchun hisob-kitob davri va ular uchun toʻlanadigan summa;
  • qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi (agar undirilsa);
  • umumiy toʻlanadigan summa;
  • hisob taqdim etilgan sana;
  • haq toʻlash muddati.

Bundan tashqari, operator yoki provayder tomonidan abonentning hisob varagʻi yuritilgan taqdirda, toʻlov toʻgʻrisida koʻrsatilgan axborot operator yoki provayder va abonent oʻrtasidagi shartnoma shartlarining oʻzgarishlari bilan bogʻliq abonentning hisobvaragʻi boʻyicha balans tuzatishlarini, shuningdek kelib tushgan va abonentning hisobvaragʻida aks ettirilgan oldingi hisob-kitob davridagi xizmatlar uchun abonentning toʻlovlari toʻgʻrisidagi axborotlarni oʻz ichiga olishi kerak.

Operator yoki provayder abonentni haq toʻlash evaziga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishga yoki maʼlum bir xizmatni koʻrsatish uchun boshqa xizmatlarni olishga majburlashga, shuningdek abonentdan koʻrsatilmagan xizmatlar uchun toʻlov undirishga haqli emas.

90. Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatishda operator va provayder qanday huquqlarga ega?

Operator va provayder quyidagi huquqlarga ega:

a) abonentlar va foydalanuvchilarga xizmatlar koʻrsatish;

b) quyidagi hollarda abonentni shartnomada belgilangan muddatda oldindan xabardor qilib, abonentga xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatib turish:

abonent tomonidan shartnoma shartlari buzilganda, shu jumladan koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq oʻz vaqtida toʻlanmaganda;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan Internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari buzilganda;

d) abonentning aybi bilan yuzaga kelgan zararlar oʻrni toʻldirilishini talab qilish;

e) abonentga zarar yetkazmasdan abonentga xizmatlarni taqdim etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni, texnik va tarif siyosatini mustaqil belgilash hamda amalga oshirish;

f) abonent tomonidan maʼlumotlar uzatish tarmogʻining foydalanilgan veb-resurslarining hisobga olinishini (log-fayllarining yuritilishini) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qilish;

g) qonun hujjatlariga muvofiq abonentning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish;

h) operatorni ogohlantirmasdan maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar ulanganda, shu jumladan maʼlumotlar uzatish tarmogʻida maxsus apparat-dasturiy vositalarini oʻrnatish yoʻli bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda xizmatlar koʻrsatishni bir tomonlama toʻxtatish.

91. Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatishda operator va provayder qanday majburiyatlarni bajaradi?

Quyidagilar operator va provayderning majburiyatlari hisoblanadi:

a) oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;

b) shartnomada belgilangan muddatda va hajmda ishlarni bajarish hamda xizmatlarni taqdim etish;

d) qonun va qonun osti hujjatlariga, shu jumladan texnik reglamentlar, standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga hamda shartnomaga muvofiq koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatini taʼminlash;

e) abonentlarga oʻzining veb-saytida va (yoki) ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda, shuningdek abonentlar va foydala­nuvchilar bilan ishlash joylarida quyidagi axborotlarni taqdim etish:

xizmatlarni koʻrsatish tartibi va shartlari oʻzgarganligi, shu jumladan xizmatlar uchun tariflar oʻzgarganligi toʻgʻrisida – oʻzgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 kun oldin;

ish vaqti, pochta manzili va bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida – tegishli oʻzgarishlar kiritilgan vaqtdan boshlab;

f) shartnomaning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilma­ganligi, shuningdek abonentning arizasiga koʻra xizmatlar koʻrsatilma­ganligi yoki shartnomada belgilangan darajadagi sifatga ega xizmatlar koʻrsatilmaganligi uchun qayta hisob-kitob qilish;

g) abonentlarga xizmatlar koʻrsatish normal rejimining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taʼmirlash-sozlash va profilaktika ishlari oʻtkazilishini boshlash muddatlari hamda davomiyligi toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qilish;

h) xizmatlar uzluksiz, kechayu kunduz koʻrsatilishini taʼminlash;

i) abonentning talabi bilan uning hisobvaragʻida aks ettirilgan oʻzaro hisob-kitoblarning joriy holati toʻgʻrisidagi, shu jumladan abonent tomonidan olingan xizmatlar toʻgʻrisidagi axborotni: maʼlumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborotning hajmi toʻgʻrisida batafsil axborotni taqdim etish;

j) axborot resurslari himoya qilinishini taʼminlashga, Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etishga, urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborotni, shuningdek pornografiyani targʻib qilishga qaratilgan va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrish;

k) abonentlarning ogʻzaki murojaatlarini darhol, yozma yoki axborot tizimlari orqali qabul qilingan murojaatlarini operatorga kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida koʻrib chiqish;

l) foydalanuvchilarga har oyda bir marotaba maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanishda qonun hujjatlari hamda qoidalarga rioya qilish zarurligi yuzasidan eslatma xabarini berish. Bunda eslatma xabar matni telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan shakllantiriladi;

m) Wi-Fi xizmati koʻrsatish vaqtida foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanilgan veb-resurslari (log-fayllar) hisobini yuritish boʻyicha apparat-texnik chora-tadbirlar koʻrish;

n) xalqaro va shaharlararo trafik noqonuniy oʻtkazish, shu jumladan GSM, IP yoki SMS-shlyuzlardan, shu jumladan tarmoqda maxsus apparat-dasturiy vositalarini oʻrnatish yoʻli bilan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish choralarini koʻrish.

92. Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatishda abonent va foydalanuvchi qanday huquqlarga ega?

Abonent va foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • shartnomada koʻzda tutilgan operator yoki provayderning sifatli va uzluksiz xizmatlaridan foydalanish;
  • operator yoki provayderdan qoidalarda belgilangan majburiyatlarini, shuningdek uning maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini taqdim etish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini bajarishini talab qilish;
  • shartnomada koʻzda tutilmagan xizmatlar uchun haq toʻlashni rad etish;
  • operator yoki provayder aybi bilan yetkazilgan zarar oʻrnining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish;
  • operator yoki provayder bilan tuzilgan shartnomani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish.

Abonent operator yoki provayder tomonidan maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish muddatlari buzilganda, agar shartnomani oʻz vaqtida bajarish boshlanmagan yoki ishlar (xizmatlar) shartnomada belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon boʻlganda, shuningdek bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar sifati shartnoma shartlarida belgilanganidan past darajada boʻlganda quyidagilarni talab qilishga haqli:

kamchiliklarini bepul bartaraf etish;

operator yoki provayder bilan kelishuv boʻyicha maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmati koʻrsatilishi mumkin boʻlgan yangi muddatni belgilash;

maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatining narxini qayta hisoblashni talab qilish.

93. Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatishda foydalanuvchi qanday majburiyatlarni bajaradi?

Quyidagilar foydalanuvchining majburiyatlari hisoblanadi:

  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni uzatish uchun foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etishga, urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek pornografiyani targʻib qilishga qaratilgan axborotni va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotni tarqatmaslik;
  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻi yordamida fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatmaslik;
  • qonun hujjatlariga asosan maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali tarqatilishi taqiqlangan axborotlardan tijorat yoki notijorat maqsadlarda tarqatish uchun foydalanmaslik;
  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan foydalana olish atributlarini boshqa shaxslarga bermaslik (koʻpaytirmaslik);
  • tarkibida kompyuter viruslari yoki tarmoq uchun zarar yetkazishi mumkin boʻlgan axborotni yoki dasturiy taʼminotni eʼlon qilmaslik yoki uzatmaslik;
  • kompyuter axborotidan, yaʼni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanmaslik;
  • maʼlumotlar uzatish tarmogʻida taqdim etilgan axborot va intellektual mulk obyekti uchun mualliflik huquqlarini buzmaslik.

94. Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatishda abonent qanday majburiyatlarni bajaradi?

Quyidagilar abonentning majburiyatlari hisoblanadi:

operator yoki provayder bilan tuzilgan shartnoma shartlariga rioya qilish;

taqdim etilgan xizmatlar uchun toʻlovni shartnomada belgilangan muddatlarda amalga oshirish;

operator yoki provayderni oʻzining oxirgi (terminal) uskunasi, tarmogʻi va dasturiy taʼminotidagi barcha nosozliklar yoki oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi yoxud boshqa noqonuniy xatti-harakatlar oqibatida operator yoki provayderga yetkazilgan zararni qoplash;

telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar yoki shunga oʻxshash apparat-dasturiy vositalardan foydalanish niyati boʻlganda, bu haqda operator yoki provayderni ogohlantirish;

maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan xalqaro va shaharlararo trafikni noqonuniy oʻtkazish maqsadida foydalanmaslik, shu jumladan GSM va IP-shlyuzlar orqali.

95. Veb-saytdan yoki uning sahifalaridan foydalanishda cheklanishlar qoʻyilishi mumkinmi?

Foydalanishni cheklash deganda foydalanuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududida muayyan Internet tarmogʻi axborot resursidan foydalanishini toʻxtatishga doir tashkiliy va dasturiy-texnik chora-tadbirlar majmuasi tushuniladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 121-moddasiga muvofiq veb-saytdan va (yoki) veb-saytlardan va (yoki) sahifalaridan foydalanish maxsus vakolatli organ – Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommu­nikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan quyidagi hollarda cheklanishi mumkin:

  • Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish;
  • urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish;
  • davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek, fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish;
  • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
  • pornografiyani targʻib qilish;
  • qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni sodir etish.

96. Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash qanday tartibda amalga oshiriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resurslarini aniqlash;
  • taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resursi identifikatsiya maʼlumotlarini Reestrga kiritish;
  • Internet tarmogʻi axborot resursidan foydalanishni cheklash.

97. Taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan internet tarmogʻi axborot resurslarini aniqlash mumkinmi?

Ha. Taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resurslarini aniqlash maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda Internet tarmogʻi resurslarining monitoringi yuritiladi.

98. Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash qaysi organ tomonidan amalga oshirilishi mumkin?

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommu­nikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash boʻyicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Maxsus vakolatli organ Reestrga kiritilgan Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishni cheklashga doir tashkiliy va dasturiy-texnik chora-tadbirlar koʻradi. Bunda foydalanishni cheklash faqat identifikatsiya maʼlumotlari Reestrga kiritilgan Internet tarmogʻi axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi. Foydalanishni cheklash choralarini koʻrish Internet tarmogʻi axborot resurslari identifikatsiya maʼlumotlari Reestrga kiritilgandan keyin oʻn ikki soat mobaynida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi cheklangan Internet tarmogʻi axborot resurslari Oʻzbekiston Respublikasi foydalanuvchilari murojaatlariga javoban maxsus vakolatli organ quyidagi maʼlumotlar berilishini taʼminlaydi:

taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resursi identifikatsiya maʼlumotlarining Reestrga kiritilgani haqida xabar;

murojaat uchun bogʻlanish maʼlumotlari.

99. Internet tarmogʻida majburiyatlarni bajarilishini taʼminlash va javobgarlik chegaralari qanday?

Maʼlumotlar uzatish tarmogʻida yuzaga kelgan shikastlanishlar shartnomada belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, operator, provayder abonentning talabiga koʻra shartnomada belgilangan miqdorda jarima (penya) toʻlaydi.

Operator, provayder tomonidan jarima (penya) toʻlanganligi ularni shartnoma boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.

Shuni qayd etish lozimki, operator, provayder, Wi-Fi xizmati tashkilotchisi oʻz ixtiyorida (bevosita boshqaruvi va nazorati ostida) boʻlmagan maʼlumotlar uzatish tarmogʻining resurslari, serverlari va segmentlari mazmuni, ulardan foydalanish imkoniyati va ishlash qobiliyati uchun javobgar boʻlmaydi.

Abonent oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi, shu jumladan shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda xizmatlar uchun haq toʻlamaganligi uchun shartnomaga muvofiq javobgar boʻladi.

MUAMMOLI VAZIYATLARDA ISTEʼMOLCHILARNING HUQUQLARI VA ULARNI AMALGA OSHIRILISHI

Fuqaro Alimov eʼlon qilingan qiymatda qimmatli xat uchun pochta aloqasi boʻlimiga buyurtma berdi. Biroq ushbu xat manzilga oʻz vaqtida yetib bormadi. Bundan norozi boʻlgan Alimov pochta aloqasi boʻlimidan bu haqida surishtirdi. Pochta aloqasi boʻlimi esa, uning talablariga eʼtiborsizlik qilib, talabini qanoatlantirmadi.

Mazkur holatda fuqaro Alimovning isteʼmolchi sifatidagi huquqlari buzildimi?

Ha. Bu oʻrinda Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari (2011-yil 18-aprel, roʻyxat raqami 2219)ga koʻra, operator va provayderlar pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoxud lozim darajada bajarmaganlik uchun foydalanuvchilar oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. Operator va provayderlarning javobgarligi pochta joʻnatmalarini yoʻqotish, buzish (shikastlash), joylanmalarning kam chiqishi, pochta joʻnatmalarini yetkazib bermaslik (topshirmaslik) yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini amalga oshirishning nazorat muddatlarini buzish hamda pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan talablari boshqacha tarzda buzilgan hollarda yuzaga keladi.

Qoidaga koʻra, pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishda foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlar operator yoki provayder tomonidan pochta joʻnatmalari: buyurtma xat, buyurtma pochta varaqchasi, buyurtma banderol yoki pochta joʻnatmasini topshirganlik toʻgʻrisidagi buyurtma xabar qogʻozi yoʻqotilgan hollarda – pochta aloqasi xizmatlariga toʻlangan summa miqdorida neustoyka; posilka, qimmatli banderol yoki qimmatli xat uchun – eʼlon qilingan qiymatning ikki barobari va pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka (eʼlon qilingan qiymat uchun tarif toʻlovi bundan mustasno) toʻlanadi.

Agar qimmatli pochta joʻnatmasi joylanma roʻyxati bilan joʻnatilsa joylanmaning bir qismi yetishmagan yoki buzilgan (shikastlangan) hollarda – joʻnatuvchi roʻyxatda koʻrsatgan joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismi eʼlon qilingan qiymatining ikki barobari miqdorida toʻlanadi.

Agar pochta joʻnatmalarining yoʻqolishi, buzilishi (shikastlanishi), yetkazib berilmagani (topshirilmagani) yoki ularning joʻnatilishi nazorat muddatidan kechikkani yengib boʻlmas kuch yoki pochta joʻnatmasi joylanmasining xususiyatlari tufayli sodir boʻlganligi isbotlansa, operator va provayderlar javobgar boʻlmaydilar.

Fuqaro Parpiyev pochta aloqasi boʻlimi tomonidan oʻziga koʻrsatilgan xizmatlardan norozi boʻldi. Chunki, pochta aloqasi boʻlimi uning yozma talablariga hech qanday javob qaytarmadi. Oradan olti oy oʻtgan­dan soʻng esa, pochta xizmatlari uchun olti oy muddatda daʼvo qilinishini maʼlum qildi.

Mazkur vaziyatda isteʼmolchi qancha muddatda daʼvo qilishi zarur?

Qoidaga muvofiq, xizmat koʻrsatuvchi oʻz vaqtida isteʼmolchi murojaatlariga javob qaytarishi zarur. Qonun hujjatlariga koʻra, daʼvolarga yozma javoblar quyidagi muddatlarda berilishi kerak:

bir aholi punkti doirasida yuborilgan (oʻtkazilgan) pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasiga doir daʼvolarga – besh kun davomida;

boshqa barcha pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasiga doir daʼvolarga – bir oy davomida.

Operator yoki provayderlarga pochta joʻnatmasi qabul qilingan manzil boʻyicha ham, pochta joʻnatmasi yuborilishi belgilangan manzil boʻyicha ham daʼvolar taqdim etilishi mumkin.

Xalqaro pochta joʻnatmalarini qidirib topish boʻyicha daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.

Fuqaro Salimov va Olimovlar xorijda safarda boʻlib Oʻzbekistonga mobil telefon qurilma olib kelishdi. Mazkur mobil telefon qurilmada bir qator yangi funksiyalar, oʻziga xosliklar mavjud edi. Biroq, uning tegishli hujjatlari sotib olgan mamlakatda qolib ketgan edi. Shunda ularning tanishlari ushbu holatlar xabardor boʻlib, mobil telefon qurilma qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozimligini aytdi. Ushbu holat yuzasidan fuqaro Salimov va Olimovlar huquqiy maslahatchiga murojaat qildi.

Vaziyatga qanday huquqiy baho beriladi?

Avvalo, mobil qurilma hujjatlarini aniqlab olish talab qilinadi. Bunda hujjat boʻlib texnik pasport, kafolat taloni, mobil qurilma qutisi yoki arizada koʻrsatilgan mobil qurilmaning IMEI-kodi roʻyxatga olinadigan mobil qurilma IMEI-kodiga mos kelishini isbotlash uchun asos boʻluvchi boshqa hujjat hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 847-son qaroriga muvofiq isteʼmolchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish hamda telekommunikatsiya bozorida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida respublikada mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari asosida roʻyxatga olish boʻyicha quyidagilar imkonini beradigan tizim joriy qilingan.

Mazkur tizim:

mobil qurilmalardagi oʻziga xos identifikatsiya kodlari toʻgʻriligini tekshirish orqali ularning mulkdorlari (egalari) huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash;

mobil qurilmalardan ularning mulkdorlarini (egalarini) ogohlantir­masdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;

xalqaro standartlarga mos kelmaydigan sifatsiz mobil qurilmalar sotilishining oldini olish imkonini beradi.

Shuni ham qayd etish zarurki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga koʻra 2019-yil 1-noyabrgacha – ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda, 2019-yil 1-noyabrdan – Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul asosda amalga oshiriladi.

2019-yil 1-dekabrdan esa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali pulli asosda roʻyxatga olinadi.

Fuqaro Ravshanovga telekommu­nika­tsiya operatori tomonidan telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish jara­yonida kamchilik­larga yoʻl qoʻyildi. Yaʼni, telefon aloqasi bir necha kun davomida ishlamadi. Shunday boʻlsada, telekommunikatsiya operatori belgilangan stavka asosida haq toʻlashni talab qildi. Ushbu holatdan fuqaro Ravshanov hayron boʻlib, isteʼmolchi sifatida huquqlari buzilganligi sababli telekommu­nikatsiya operatoridan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishni talab qildi.

Mazkur vaziyatda isteʼmolchi huquqlari buzildimi?

Ha. Mazkur holatda isteʼmolchi “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari” (2004-yil 15-mart, 1323-son) ga koʻra agar telekommu­nikatsiya operatori telefon aloqasi xizmat­larini koʻrsatish jarayonida kamchiliklarga yoʻl qoʻysa, uning xohishiga koʻra:

a) telefon aloqasi xizmatlarining kamchiliklarini bepul bartaraf etish;

b) telefon aloqasi xizmatlarini qayta taqdim etish;

d) xalqaro, shaharlararo va mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxlarini kamaytirish;

e) yetkazilgan zararlarni qoplash bilan Shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin.

Agar telekommunikatsiya tarmogʻidagi shikastlanishlar abonent talablari taqdim etilgan kundan boshlab belgilangan muddat ichida telekommunikatsiya operatori tomonidan bartaraf etilishi kerak.

Bunda telekommunikatsiyalar tarmogʻida shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlari 20 kundan ortiq boʻlmasligi kerak, agar yanada qisqa muddatlar Shartnomada belgilanmagan boʻlsa.

Bundan tashqari nazorat muddatida shikastlanishlar bartaraf qilinmagan holda, telekommunikatsiya operatori abonent talabiga binoan unga nazorat muddatidan ortiq boʻlgan har bir kun uchun abonent toʻlovi narxidan 1 foiz miqdorida penya toʻlaydi, ammo abonent toʻlovi narxidan ortiq emas.

Fuqaro Dilshodov Internet xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorga murojaat qilib, xizmatdan foydalanishini maʼlum qildi. Tadbirkor unga Internet xizmatlari koʻrsatish haqini maʼlum qilib, undan belgilangan vaqt davri uchun haq toʻlanishini aytib oʻtdi. Shundan soʻng fuqaro Dilshodov Internetdan turli mavzulardagi maʼlumotlarni qidirib har xil saytlarga kira boshladi. Ushbu holatdan tadbirkor norozi boʻlib, Dilshodovdan taʼqiqlangan saytlarga kirish mumkin emasligini bildirdi. Biroq, Dilshodov qonunga muvofiq oʻzi istagan maʼlumotlarni qidirib topishga va tarqatishga haqliligini aytib, xizmatlarni koʻrsatishda davom etishini talab qildi.

Mazkur vaziyatga qanday huquqiy baho beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Kons­titutsiyasining 29-moddasiga muvo­fiq, har kim oʻzi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega. Shu bilan birga ayrim cheklovlar ham mavjudligini eʼtibor­dan chetda qoldirmaslik zarur. Bunday cheklovlar avvalo insonlar xavfsizligi, davlat va jamiyat xavfsizligi, huquq tartibot talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Shu boisdan amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 121-moddasiga koʻra, veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan:

  • Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish;
  • urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish;
  • davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish;
  • giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
  • pornografiyani targʻib qilish;
  • qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni joylashtirishdan avval uning toʻgʻriligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda uni darhol oʻchirib tashlashi shart.

Fuqaro Oripov telefon xizmat­lari koʻrsatuvchi tashkilot bilan shartnoma tuzdi. Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish jarayonida aloqada uzilish boʻlganligi sababli telefon tarmogʻini taʼmirlash zarurati yuzaga keldi. Shu boisdan taʼmirlovchi ustalarni chaqirishga buyurtma berdi. Telefon aloqasi tashkiloti ushbu buyurtma pullik asosda koʻrsatilishini, buning uchun alohida shartnoma tuzishni taklif qildi.

Mazkur holatda isteʼmolchi huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyil­ganmi?

Ha. Chunki, qonunchilikda muayyan holatlarda favqulodda vaziyatlardan tashqari ham bepul koʻrsatiladigan xizmatlar nazarda tutilgan.

Jumladan, bepul qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlari quyidagilar:

a) telefon tarmogʻining taʼmirlash byurosini chaqirish;

b) chaqirilayotgan aholi punktining shaharlararo kodi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

d) chaqirilayotgan mamlakat va chaqirilayotgan aholi punktining xalqaro kodi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

e) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

f) avtomatik telefon aloqadan foydalanish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

g) shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishni buyurtma qilish uchun buyurtma berish xizmatlarini chaqirish indekslari toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

Shu boisdan mazkur holatda telefon aloqasi tashkiloti telefon tarmogʻini taʼmirlash yuzasidan buyurtmani bepul qabul qilishi shart.

Fuqaro Mamurov boshqa shaharda yashovchi boshqa fuqaro bilan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan bitimni tasdiqlash imkoniyati yaratilgan­ligi ommaviy axborot vositalari orqali xabarini topdi. Shu boisdan notarial idoraga telefon orqali murojaat qilib, bunday xizmatlar koʻrsatilishini talab qildi. Notarial idora bunday imkoniyat mavjud emasligini maʼlum qildi. Ushbu holatdan fuqaro Mamurov norozi boʻlib yuridik maslahat olish uchun murojaat qildi.

Haqiqatan ham hozirgi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida xizmatlar koʻrsatish tizimi tobora kengayib bormoqda va hayotimizning deyarli barcha sohalariga kirib kelmoqda. Bitim notarial tartibda tasdiqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan holat yoki taraflardan birining talab qilishi asos hisoblanadi. Mazkur holatda notarial idora tomonidan bunday xizmatlar koʻrsatilishi uchun bosqichma-bosqich sharoitlar yaratib borilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5816-son Farmoni bilan 2020-yil 1-yanvardan shunday tartib oʻrnatilishi nazarda tutilgan.

Mazkur tizim bitimlarni notarial tasdiqlashni taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib xizmat koʻrsatish orqali videokonferensaloqa rejimida amalga oshirish imkoniyatini hamda ochiq axborot tizimiga joylashtirilgan notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar mulkni begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlarni amalga oshirishda hujjatning qogʻoz shakli bilan teng huquqiy kuchga ega boʻladi va davlat organi yoki mansabdor shaxs ularni tan olishdan bosh tortishi taqiqlaydi.

Bundan tashqari respublika hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatlarni amalga oshirishda ushbu arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarni taqdim etmasdan, ularni noyob raqam orqali tekshirtirish imkoniyati yaratiladi.

Asosiysi notarial harakatni amalga oshirish istagini bildirgan shaxsga notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan hujjat nusxalarini notarial idoraga elektron tarmoq orqali oldindan joʻnatish yoʻli bilan elektron navbat olish va tegishli hujjatlarni tayyorlab qoʻyish imkonini beruvchi xizmat joriy qilinadi.

Bevosita muammoli vaziyatga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, Respublikamizda 2020-yil 1-yanvargacha, eksperiment tariqasida, sohaga zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta notarial idoralarda notarial idoraga kelmasdan turib mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlarni (ijara va tekin foydalanishga berish shartnomalarini, boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan ishonchnomalarni), ijro xatlarini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlashni elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtirish hamda arizalarni (propiska qoʻyishga rozilik, voyaga yetmagan farzandni chet elga chiqishga rozilik arizalarini va majburiyatnomalarni) elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish joriy etiladi.

IMOMOV NURILLO FAYZULLAYEVICH

MEXMONOV QAMBARIDDIN MIRADXAMOVICH

XURSANOV RUSTAM XOLMURATOVICH

Aloqa va internet

xizmatlarida

isteʼmolchilarning

huquqlari

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir O. Choriyev

Muharrir Sh. Jahonov

Musahhih M. Patillayeva

Texnik muharrir U. Sapayev

Dizayner D. Rajapov

08.09.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 4,65 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 132-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

  1. http://mitc.uz/uz/activities/communication/communication/562/.

  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak”. Xalq soʻzi, 2017-yil 16-yanvar.