KIRISH
Fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyektlari huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi. Davlat ham fuqarolik munosabatlarida alohida subyekt sifatida ishtirok etadi. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtiroki o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Sababi, davlat fuqarolik huquqiy munosabatlarida teng huquqli subyekti sifatida ishtirok etsa-da davlatning immunitet huquqiga ega ekanligini hamda davlat deganda aniq qanday subyektni tushunish vaziyatga qarab o‘zgarib borishidadir. Ya’ni davlat nomidan ish olib borish vakolatiga ega davlat organi yoki davlat mansabdor shaxsi fuqarolik huquqi subyekti sifatida huquq va majburiyatlarni davlat nomidan amalga oshiradi va belgilangan ravishda fuqarolik-huquqiy javobgar hisoblanadi.
Bugungi jadal olib borilayotgan islohotlar jarayonida sohada samaradorlikni oshirish maqasadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga binoan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi”ga muvofiq, fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutini takomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibini ta’minlash vazifasi belgilandi[1].
Har qanday jamiyatning rivojlanishi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq hisoblanadi. Mazkur faoliyat davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyasini amalga oshirishda moddiy asoslaridan biridir. Shu sababli, davlatning fuqrolik-huquqiy javobgarligini tartibga solinishi tadbirkorlik huquqiy faoliyatining rivojlanishi tadbirkor va davlat o‘rtasidagi munosabatning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasida davlatning fuqarolik-huquqiy javobgarligi xorijiy davlatlar bilan solishtirganda hali to‘liq o‘zining huquqiy mexanizmiga ega emas hisoblanadi. Shu sababli rivojlangan xorijiy davlatlarni ijobiy tajribalaridan foydalangan holda, davlatning fuqarolik-huquqiy javobgarligi asoslari va amalga oshirishning aniq mexanizmlarini shakllantirish muhim sanaladi. Sababi hozirgi kunda mamlakatimiz o‘zining investitsion jozibadorligini amalga oshirish yo‘lidan borayotganligini inobatga olib ushbu sohaning huquqiy asoslarini rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi. Investor investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan mamlakatning huquq tizimini o‘rganar ekan o‘zining huquqiy kafolatlatini qidirishi jarayonida eng muhim jihatlardan biri davlatning investor oldidadagi fuqarolik huquqiy munosabatlarga kirishishi jihatdan mulkiy javobgarligi hisoblanadi.
Fuqarolik huquqida davlatning fuqarolik javobgarligining to‘liq nazariy va amaliy asoslangan zamonaviy konsepsiyasi mavjud emas. Ayni paytda, iqtisodiyotdagi huquqiy ish ushbu turdagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat ishtirokidagi mulkiy munosabatlarni samarali tartibga soladigan zamonaviy qonunchilik bazasini yaratishdan boshlanishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, davlatning javobgarligini o‘rganish zarurati shubhasiz muhimdir. Bu muammo muhokamani talab qiladigan boshqa savollarni ham tug‘diradi: davlat kimga, qaysi holatda va nima uchun javobgar? Shubhasiz, ushbu savollarga javob beradigan, tushunmovchiliklarga olib kelmaydigan mukammal qonunchilik asoslari muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, davlatning fuqarolik huquqi subyekti sifatida boshqa subyektlar oldida fuqarolik javobgarligini o‘rganishning dolzarbligi quyidagilarga bog‘liq:
1) davlatning fuqarolik javobgarligining mohiyati to‘g‘risida nazariy qoidalarni shakllantirish zaruriyati, shu bilan birga huquqiy tartibga solishda xususiy va jamoat manfaatlari muvozanatiga alohida e’tibor qaratish lozim;
2) amaldagi qonunchilikda mustahkamlangan fuqarolik munosabatlarining ishtirokchisi sifatida davlatning xususiyatlarini aniqlash zarurati;
3) qiyosiy huquqiy usul asosida davlatning fuqarolik javobgarligini tartibga solishning samarali modellarini aniqlash;
4) fuqarolik javobgarligini tartibga solish bo‘yicha huquqiy normalarni takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi.
Risolaning maqsadi va vazifalari sifatida ushbu ishning maqsadi zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan davlatning fuqarolik-huquqiy javobgarligi konsepsiyasini va uni huquqiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilikni optimallashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqishdir.
Risola fuqarolik huquqi nazariyasini yanada rivojlantirishga qaratilgan davlatning fuqarolik javobgarligi institutini rivojlantirishga oid yangi doktrinaviy yondashuvlarni o‘z ichiga olgan davlat, boshqa jamoat tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslarining fuqarolik javobgarligi muammolarini har tomonlama o‘rganadigan tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda jamiyat hayotida davlatning xususiy shaxslar bilan fuqarolik huquqi doirasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari ko‘lami ortib borishi natijasida, davlat va xususiy shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirishning yangi davr talablariga mos keladigan huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Shuningdek davlatning alohida maxsus subyektligini inobatga olib, davlat va fuqarolik huquqining boshqa subyektlari huquqiy munosabatlarini o‘rganilayotgan sohada fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan hisoblanadi.
Davlatning fuqarolik huquqiy shaxsiyatini qonuniy tan olish fuqarolik muomalasining miqdoriy va sifat o‘zgarishlari bilan belgilanadi, ularning asosiy yo‘nalishi mulkiy huquqiy munosabatlar subyektlarini tenglashtirishdir. Tarixiy jihatdan qonunga bog‘liqlikda ifodalangan davlat rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotning boshqa subyektlari oldida fuqarolik huquqi, shu jumladan yuridik javobgarligini belgilaydi. Fuqarolik muomalasida davlatning ishtirok etish shakli yuridik shaxs shakliga tushirilishi mumkin emas. Davlat suverenitetga ega bo‘lgan fuqarolik huquqining maxsus subyekti bo‘lib, u maxsus huquqiy rejim o‘rnatilishi bilan fuqarolik huquqi boshqa subyektlari bilan bir xil darajaga tushirilishi kerak. Davlatning fuqarolik huquqiy subyekti sifatida o‘rni faqat maxsus, qonun bilan belgilangan taribda amalga oshirilishi lozimligini hisobga olib, boshqa fuqarolik huquqi subyektlari oldidagi fuqarolik-huquqiy subyekt sifatidagi majburiyatlari va shu majburiyatlari natijasida vujudga keladigan javobgarligi aniq belgilangan asoslari va qonuniy hamda oqilona o‘rnatilgan mexanizm asosida amalga oshirilishi lozim.
1-§. DAVLAT FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIGINING TABIATI
Fuqarolik-huquqiy munosabatlari subyektlari huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi. Davlat ham fuqarolik munosabatlarida o‘ziga xos subyekt sifatida ishtirok etadi. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtiroki o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Sababi, davlat fuqarolik huquqiy munosabatlarida teng huquqli subyekti sifatida ishtirok etsa-da davlatning immunitet huquqiga ega ekanligini hamda davlatning deganda aniq qanday subyektni tushunish vaziyatga qarab o‘zgarib borishidadir. Ya’ni davlat vakili sifatida ish olib boradigan davlat organi yoki davlat mansabdor shaxsi fuqarolik huquqi subyekti sifatida huquq va majburiyatlarni davlat nomidan amalga oshiradi va belgilangan ravishda fuqarolik-huquqiy javobgar hisoblanadi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarligi ijtimoiy adolatni tiklashning o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Bu adolatni tiklash majburiyatni bajarishga asoslangan bo‘lib, unda huquqbuzarlik natijasida olib qo‘yilgan narsa jamiyatga yoki uning bir a’zosiga qaytarib beriladi.
E.A. Suxanov tomonidan berilgan fuqarolik-huquqiy javobgarligi tushunchasining ta’rifiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, fuqarolik-huquqiy javobgarligi bu – sudning qarori bilan huquqbuzar tomonidan zarar ko‘rgan taraf foydasiga pul kompensatsiyasi undirishdan iborat bo‘lgan davlat majburlovining bir shakli ekanligini ta’kidlanadi[2].
Ma’lumki, fuqarolik huquqining har bir subyekti boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortiladi. Fuqarolik huquqining subyekti hisoblangan har qanday shaxs (jismoniy va yuridik shaxs, shu jumladan, davlat) fuqarolik-huquqiy javobgarlikning subyekti hisoblanadi.[3]
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Va o‘z ichiga fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan maxsus xususiyatlarni oladi. Mazkur xususiyatlarga bevosita to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, Fuqarolik huquqida fuqarolik-huquqiy javobgarlikning huquqiy ta’rifi to‘g‘risida turli xil doktrinalar mavjud hisoblanadi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik ijtimoiy javobgarlikning bir turi hisoblansa-da, o‘z xususiyatlariga ko‘ra ijtimoiy javobgarlikning boshqa turlaridan farq qiladi. Mazkur javobgarlik o‘zida davlat majburlov xarakteriga egaligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Masalan, V.P. Gribanov ham fuqarolik-huquqiy javobgarlikni davlat majburlovini chorasi sifatida baholaydi, ushbu holatni mulkiy javobgarlikni qo‘llash orqali fuqarolik huquqi munosabati subyektlarining buzilgan huquqini tiklash va iqtisodiy manfatlarini himoya qilish orqali ularni tengligini ta’minlashga xizmat qiladi deb hisoblaydi[4].
Shuni ta’kidlab o‘tadigan bo‘lsak, yuqoridagi ta’rif fuqarolik-huquqiy javobgarlikni to‘liq mazmunini ifodalab berolmaydi va faqatgina umum huquqiy jihatdan yorita oladi.
Mulkiy javobgarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra fuqarolik-huquqiy javobgarlikning majburiylik xususiyati o‘zida muayyan sanksiya borligi bilan xarakterlanadi. Sanksiya o‘z navbatida yuridik javobgarlikni amalga oshirish chorasi hisoblanadi. Javobgarlik esa huquqbuzarlik uchun belgilangan sanksiya sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Lekin sanksiya har doim ham javobgarlikni ifodalamaydi. Masalan, mol-mulkni shaxning qonunsiz egaligidan majburiy tartibda olib qo‘yilganda sanksiya huquqbuzarlik natijasida vujudga kelgan hisoblanadi. Y. Egorov fuqarolik-huquqiy javobgarlikni sanksiya sifatida hisoblab, uni huquqbuzarga nisbatan fuqarolik-huquqiy majburiyat yuklash yoki uning fuqarolik-huquqini bekor qilishini ta’kidlaydi. O‘z xususiyatiga ko‘ra fuqarolik-huquqiy javobgarlik davlat majburlov chorasi hisoblansa-da, fuqarolik-huquqiy javobgarlik ixtiyoriy ravishda qarzdor tomonidan kreditorga nibatan zararni qoplash va neustoyka to‘lash shaklida ham amalga oshiriladi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik davlat majburlov chorasi hisoblansa-da, ba’zi hollarda davlat o‘zi fuqarolik-huquqiy javobgar hisoblanadi. Hamda mazkur holatda davlat o‘ziga nisbatan davlat majburlov chorasi qo‘llashi mumkin. Mazkur masalaga kengroq yondashadigan bo‘lsak, fuqarolik-huquqiy javobgarlik bu – O‘zaro teng huquqli subyektlarning bir-biri oldidagi javobgarligidir. Ya’ni huquqbuzarning huquqi buzilgan shaxs oldidagi javobgarligidir.[5]
Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlari ishtirokchisi sifatida qoidalar Fuqarolik kodeksining 5-bobida keltirib o‘tilgan. FK ning 79-moddasiga binoan Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi belgilangan bo‘lib, davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda ularning boshqa ishtirokchilari bilan baravar asoslarda ishtirok etadi.
Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.
Davlat o‘zining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari bo‘yicha o‘z mulki bo‘lgan mablag‘lari bilan javob beradi[6].
Fuqarolik huquqiy javobgarlik tushunchasiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak – yuridik javobgarlikning mustaqil turi. Mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan sanksiyalar ko‘rinishida ifodalanadi. Odatda, fuqarolik huquqiy javobgarlik majburiyatlarning buzilishi natijasida vujudga keladi.
H.R. Rahmonqulovning fikricha, yetkazilgan zararni undirishga sabab bo‘ladigan harakatlar davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) iborat bo‘lishi mumkin. Harakatsizlik deb, tegishli organ zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarmasligi tushuniladi. Mansabdor shaxs tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarishdan bosh tortishi harakatsizlik bilan tenglashtiriladi va qonun bilan taqiqlanadi[7].
Majburiyatlar davlatga nisbatan vujudga kelishiga qarab shartnomali majburiyatlar, shartnomadan tashqari majburiyatlar (delikt majburiyat)ga bo‘lishimiz mumkin. Ushbu ikki turdagi majburiyat asoslarida davlatning ishtiroki ham o‘ziga xos hisoblanadi.
Delikt majburiyatlarda davlatning bilvosita ishtirok etishini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni davlat ixtiyoriy ravishda emas, balki davlatning tegishli organi yoki mansabdor shaxsing harakatlari natijasida vujudga kelgan majburiyat yuzasidan majburiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Fuqarolik huquqi (majburiyat huquqida) subyektlar masalasiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, FK 990-moddasida zarar yetkazuvchi subyektlar sifatida quyidagi subyektlar ko‘zda tutilgan:
1. Davlat organlari
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
3. Mazkur organlarning mansabdor shaxslari[8].
Fkning 15-moddasida ko‘zda tutilgan bo‘lib, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan to‘lanishi kerak[9].
“Bosh delikt tamoyili” fuqarolik-huquqiy munosabatlarida asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi.
Bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga yetkazilgan zararning o‘ziyoq yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini vujudga keltirish asosi hisoblanadi. Shu munosabat bilan jabrlanuvchi zarar yetkazuvchi harakatining huquqqa xilofligini va uning aybini isbotlashi talab etilmaydi. Bunda zarar yetkazuvchi huquqqa xilof harakat qilmaganligini va o‘zining aybi yo‘qligini isbotlashi shart.
Respublikamizda bosh delikt tamoyili FKning 985-moddasida ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga muvofiq, g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim[10].
Mansabdor shaxsning aybidan qat’i nazar yetkazilgan zarar qoplanishi kerakligi Fkning 990-moddasida belgilangan hisoblanadi va ushbu holatda quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi lozim:
– davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari qonunga xilof bo‘lishi;
– bunday qonunga xilof qarorlar natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga zarar yetishi.
- mazkur holatda davlat organlarining qarorlari sud tomonidan qonunga xilof deb topilishi zarur[11].
Fkning 991-moddasiga muvofiq, qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof qo‘llash, qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni qonunga xilof tarzda berish natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari aybidan qat’i nazar, qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan to‘la hajmda to‘lanadi[12].
Shuningdek, bu fuqarolik javobgarligining mulkiy tabiatiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, davlatning fuqarolik-huquqiy javobgarligini qo‘llash har doim yetkazilgan zararni qoplash va jarimalarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘ladi. Hatto, sodir etilgan huquqbuzarlik shaxsiy nomulkiy huquqlarga ta’sir qiladimi yoki jabrlanuvchiga jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazadigan holatlarda ham, fuqarolik-huquqiy javobgarligini qo‘llash jabrlangan shaxsga tegishli pul kompensatsiyasini tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolik javobgarligi – bu fuqarolik munosabatlarining bir ishtirokchisining (bizning holatimizda, davlatning) boshqasi – fuqaro yoki yuridik shaxs oldida, huquqbuzarning jabrlanuvchi oldidagi javobgarligi. Bu fuqarolik huquqining normalari bilan oldindan belgilab qo‘yilgan teng huquqli va mustaqil subyektlar o‘rtasida rivojlanayotgan munosabatlarni tartibga soladi.
Mulkiy huquqiy munosabatlarda bir ishtirokchining majburiyatlarini buzishi har doim boshqa ishtirokchining huquqlarini buzilishiga olib keladi. Shu sababli, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo‘llanilgan mulkiy sanksiya har doim jabrlanuvchining buzilgan huquqini tiklash yoki qoplashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Fuqarolik qonunchiligida javobgarlik mohiyatan kreditorning huquqbuzarlikkacha bo‘lgan mavqeini tiklash, buzilgan huquqlarni himoya qilish zarurati bilan bog‘liq hisoblanadi[13].
Fuqarolik javobgarligining navbatdagi xususiyati, yetkazilgan zarar yoki zarar miqdoridagi javobgarlik miqdoriga, ya’ni ushbu turdagi javobgarlikning kompensatsion xususiyatiga mos keladi. Qoida tariqasida, fuqarolik javobgarligi uning kompensatsiya xarakteri bilan oldindan belgilab qo‘yilgan chegaralar bilan va natijada jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar yoki zarar uchun unga teng keladigan tovon puli to‘lash zarurati bilan cheklanadi, chunki javobgarlikni qo‘llashning asosiy maqsadi jabrlangan tomonning mulk sohasidagi huquqini tiklashdir.
Fuqarolik huquqida quyidagi yondashuvlar nazariy jihatdan asoslanadi, unga ko‘ra fuqarolik qonunchiligiga ikkita asosiy tendensiya mavjud: fuqarolik huquqi obyektlarini himoya qilish va huquqiy munosabatlarda “zaif” tomonni himoya qilish. Agar biz davlatning javobgarligi bilan bog‘liq holda ushbu tendensiyalarni rad etmasak, unda ushbu institut qurilishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Xususiy shaxslarning manfaatlari bilan aksariyat hollarda davlatning manfaatlarini tenglashtirishni, uni fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi suveren holatidan mahrum qilishni talab qiladi. Ushbu tendensiya shartnomaviy majburiyatlarga xosdir.
Delikt majburiyatlarida obyektiv tengsizlik (aynan suveren davlat zarar yetkazuvchiga aylanadi) yo‘qotilishi va “zaif” tomonga – jismoniy yoki yuridik shaxsga ko‘proq himoya ta’minlanishi kerak. Binobarin, majburiyatlarda, hokimiyatning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar tufayli, asosiy tendensiya “zaif” tomonni himoya qilish bo‘ladi.
Fuqarolik huquqi doirasida davlatning delikt javobgarligi to‘g‘risidagi g‘oyalarning munozarali xususiyati hali ham ta’kidlab o‘tiladi, ammo fuqarolik qonunchiligida tegishli normalarning mavjudligi ushbu institutni fuqarolik qonunchiligi tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi.
O‘zi tomonidan yaratilgan yuridik shaxslarning harakatlari uchun davlatning subsidiar javobgarligi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davlat javobgarligining yangi turi bo‘lib, u ko‘pincha tashkilot yoki davlat korxonasi shartnomaviy majburiyatlarni buzganda paydo bo‘ladi.
2-§. DAVLATNING FUQAROLIK JAVOBGARLIGI SUBINSTITUTI SIFATIDA YETKAZILGAN ZARAR UCHUN DAVLATNING FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIGIDA DAVLATNING IMMUNITETI
Davlatning yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligi fuqarolik-huquqiy javobgarligini alohida o‘ziga xos subinstituti hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu subinstitutning o‘ziga xos xususiyati uning turlari va xarakterli xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.
Odatda, “huquqiy subinstitutda fuqarolik javobgarligi munosabatlarini tartibga soluvchi individual normalarni birlashtirishga imkon beradigan belgilar qatorida quyidagilar mavjud: 1) huquqiy tartibga solish subyektining o‘ziga xos xususiyatlari; 2) maxsus funksiyalar mavjudligi; 3) maxsus subyektli tarkib; 4) ba’zi hollarda – fuqarolik javobgarligi choralarini qo‘llashning maxsus tartibi”[14].
Davlatning yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini subinstitutiga kelsak, huquqiy tartibga solish subyekti – bu boshqa munosabatlar subyektlariga davlat tomonidan yetkazilgan zarar natijasida (shu jumladan davlatga) teng huquqli subyektlar sifatida xususiy shaxslarning ko‘rgan zararlari uchun kompensatsiya olish huquqini kafolatlaydi.
Ushbu subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning nafaqat davlatning barcha fuqarolik javobgarligi instituti uchun xarakterli, balki zarar yetkazuvchi tomon – fuqarolik munosabatlari subyektining huquqiy maqomini tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsion xarakterini ham belgilaydi.
Bundan tashqari, xususiy shaxslarga yetkazilgan zarar uchun davlatning fuqarolik javobgarligining subinstitutida qoplash vazifasini ham bajarishini ta’kidlash lozim. Uning asosiy maqsadi noqonuniy harakatlarni davom ettirish natijasida yetkazilgan zararni to‘xtatish, shuningdek, yangi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish (profilaktika) hamdir.
Shu bilan birga, belgilangan funksiyalarning qaysi biri ustun bo‘lganligi haqidagi savolga javob berish qiyin, chunki fuqarolik javobgarligi ushbu funksiyalarning birligiga asoslanadi. Bu masala bo‘yicha turli xil pozitsiyalar mavjud hisoblanadi. Shunday qilib, E.A. Suxanovning fikricha, davlatning fuqarolik-huquqiy javobgarligi subinstitutining asosiy funksiyasi uning kompensatsion-tiklovchi funksiyasidir. Bu qo‘llanilgan javobgarlik choralari va zarar yetkazuvchi taraf tomonidan yetkazilgan zararlarning mutanosibligini, shuningdek, jabrlanuvchining mulkiy zararini qoplash uchun majburiyatni buzgan tarafdan undirishga qaratilganligini aks ettiradi”. O‘z navbatida, A.S. Shaburov asosiy vazifa sifatida kompensatsiyaga nisbatan o‘tib ketgan muddatni tiklash (shu jumladan jarima qo‘llash yordamida) funksiyasini alohida ta’kidlab o‘tadi.
Davlat immunitet sohibi sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qaysi turida ishtirok etishini ham faqat o‘zi belgilaydi. Masalan, FKning 457-moddasida davlat o‘z ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasida taraf sifatida ishtirok etishi belgilangan. Fuqarolik – huquqiy munosabatlarda immunitet davlatga nisbatan shunday holatni yuzaga keltiradiki, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etib, o‘z majburiyatlarini bajarmagan davlat faqat o‘z milliy qonunchiligi asosida javobgarlikka tortiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlatga nisbatan vakolatlarni amalga oshirmaslik va hokimiyat vakolatlaridan foydalanmaslik talabi belgilangan bo‘lsa-da, davlatning bu belgilari u bilan chambarchas bog‘liqligi sababli fuqarolik-huquqiy munosabatlarga ham ta’sir etadi. Aynan shu holatlar “immunitet” atamasining mohiyatini tashkil etadi.
Huquqshunos olim I.B. Zokirovning fikricha, davlat oliy hokimiyat, suverenitet sohibi bo‘lganligi tufayli fuqarolik-huquqiy munosabat subyekti sifatida o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:
- davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti sifatida fuqarolik huquqi subyektlari amal qiladigan qonunlarni o‘zi belgilaydi;
- davlatning fuqarolik huquq va burchlari davlat organlarining hujjatlaridan vujudga keladi;
- davlat immunitetdan foydalanadi;
- huquq va muomala layoqatini cheklash bo‘yicha boshqa subyektlarga taalluqli bo‘lgan qoidalar davlatga tatbiq etilmaydi[15].
Xususiy shaxslarga yetkazilgan zarar uchun davlatning fuqarolik javobgarligi subinstitutining predmeti tarkibi xususiy tadbirkorlik subyektlari va davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari o‘rtasidagi keng huquqiy munosabatlarda qatnashadigan shaxslar doirasida belgilanadi. Ushbu huquqiy munosabatlarni davlat organi turiga (bojxona, soliq, migratsiya va boshqalar) yoki ushbu organlarning boshqa subyektlar bilan o‘zaro munosabatlar turiga qarab belgilash odatiy holdir (masalan, budjet munosabatlari yuridik shaxslar – budjet tashkilotlari). Ushbu ko‘rsatilgan huquqiy munosabatlarning barcha turlarida majburiy taraflar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Ushbu subyektlar fuqarolik munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan turli xil munosabatlarga kirishishlari mumkin, ya’ni nazariy jihatdan ko‘rib chiqilayotgan subinstitut normalarining qo‘llanilishini murakkablashtiradigan huquqiy munosabatlar majmuasi bo‘lishi mumkin, bu sud amaliyotida ham hisobga olinishi kerak.
Tahlil shuni ko‘rsatadiki, nizo predmeti har doim ham zarar ko‘rgan tarafga yetkazilgan zarar uchun davlatning fuqarolik javobgarligini subinstitutiga to‘liq mos kelmaydi. Bundan tashqari, zarar ko‘rgan taraf ko‘pincha davlat tomonidan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilmasdan faqat davlat harakatlarining noqonuniyligini isbotlashga intilishadi. Bu haqiqatan ham davlatni sudga berish va budjetdan kompensatsiya to‘lovlarini olishda bir qator qiyinchiliklar mavjudligini tasdiqlaydi. Shunday qilib, ushbu subinstitutning nazariy va huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish va qonunchilik normalarini kengaytirish muhim bo‘lib hisoblanadi.
Shunigdek, davlatning fuqarolik-huquqiy javobgarligi subinstitutini qo‘llash davomida davlatning immunitetga ega ekanligini ham hisobga olish lozim hisoblanadi.
Ichki immunitetning mantiqiy asoslarini tahlil qilish davomida M.M. Boguslavskiy ta’kidlashicha, davlatning xalqaro immunitetini o‘z sudlarida unga qarshi da’vo qo‘zg‘atishdan immunitet tushunchasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Konsepsiya feodalizm davrida shakllangan va o‘zi o‘rnatgan qonunlardan suveren hisoblanishni anglatadi.
Javobgarlik fuqarolik huquqining asosiy bir qismi sifatida ta’kidlanadi hamda fuqarolik qonunchiligidagi javobgarlik faqat bozor iqtisodiyotini fuqarolik qonunchiligi bilan normal tartibga solishni ta’minlaydi. Javobgarlikning vazifasi jazolash emas, balki birinchi navbatda tiklash hisoblanadi va davlat ushbu qoidalarga bo‘ysunishi kerak. Davlat majburlash bilan qonuniy javobgarlikni ta’minlash bu javobgarlikning jazolash funksiyasini anglatmaydi. Davlat sudda ishni yutqazish bilan o‘zini jazolamaydi va zarar ko‘rgan tomonga zararni qoplab berishi kerak. Davlat immunitetining mohiyatini tushunish uchun immunitetni huquqiy kategoriya sifatida ta’riflashga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, bu Rim huquqshunoslariga allaqachon ma’lum bo‘lgan va “soliqlardan yoki jamoat majburiyatlaridan ozod qilish alohida imtiyoz sifatida individual, ijtimoiy toifaga berilgan” degan ma’noni anglatadi, yoki Respublika huzuridagi Senat tomonidan, keyinchalik imperator tomonidan berilgan. Hozirgi vaqtda “immunitet” atamasi subyektning alohida pozitsiyasini, uning umumiy qoidadan ustunliklarini bildirish uchun ishlatilmoqda: immunitet – bu “kimdirga ma’lum umumiy qonunlarga bo‘ysunmaslik uchun berilgan eksklyuziv huquq”; qonunda belgilangan maxsus imtiyoz hisoblanadi[16].
Davlat immunitetining mohiyati quyidagilardan kelib chiqadi: boshqa davlatlar bilan munosabatlardagi davlatlar, shuningdek chet el fuqarolari va yuridik shaxslari to‘liq immunitetga ega, ya’ni ular boshqa davlat sudlari vakolatiga kirmaydi. Bu o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta immunitet turida namoyon bo‘ladi: sud, da’voni ta’minlash, sud qarorlarini ijro etish.
Ular javobgarlik instituti bilan bir qatorda qonunchilikda uchraydigan javobgarliksizlik va immunitet institutlarining sinonimi sifatida “immunitet” atamasidan foydalanadilar. Va eng muhimi, u yoki bu shakldagi immunitet mutlaq emas, balki siyosiy hayotning muayyan o‘ziga xos ehtiyojlarini qondiradigan va vaqt va makon sharoitlariga qarab ma’um bir ijtimoiy funksiyani bajarishga chaqiriladigan nisbiy huquqiy qiymatdir[17].
Davlat immunitetining mohiyati quyidagilardan kelib chiqadi: boshqa davlatlar bilan munosabatlardagi davlatlar, shuningdek chet el fuqarolari va yuridik shaxslari to‘liq immunitetga ega, ya’ni ular boshqa davlat sudlari vakolatiga kirmaydi. Bu o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta immunitet turida namoyon bo‘ladi: sud, da’voni ta’minlash, sud qarorlarini ijro etishdan.
Bu borada muhim qadam Fransiyada L’Arrel Blanko ishi bo‘yicha qarorning qabul qilinishi bo‘lib hisoblanadi[18]. Sud birinchi marta davlat javobgarligining uchta tamoyilini belgilab berdi: a) davlat o‘z xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari uchun javobgardir; b) ma’muriy javobgarlik fuqarolik qoidalaridan farqli ravishda aniq belgilangan qoidalar bilan tartibga solinishi kerak: v) ma’muriy javobgarlik masalalari ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Shu bilan birga, davlat tomonidan immunitetdan foydalanish imkoniyati rad etiladi, chunki “davlat halol inson sifatida davlat immuniteti yordamida noqonuniy yoki nomuvofiq harakatlar natijasida yetkazilgan zarar uchun o‘z fuqarolari oldida javobgarlikdan qochishga intilmaydi”.
Davlatlar amaliyotida ba’zida taxminiy yurisdiksiyaviy va ijro etishga oid immunitetga ega bo‘lish tendensiyalarini namoyon qiladilar. Masalan, misol tariqasida Belgiya sudidan Gretsiya davlatiga qarshi hakamlik qarorini ijro etishni so‘ralgan Sokobel ishidagi uzoq muddatli hakamlik va sud ishlarini yuritish bo‘yicha milliy sud qarorlaridan biri bo‘lgan Sokobel-Yunonistonga qarshi ishni keltirish mumkin.
Brussel Tribunali shuni ta’kidlaydiki, “ish jarayonida ijroga nisbatan kelib chiqadigan immunitet va yurisdiksiya bilan bog‘liq immunitet o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik mavjud hisoblanadi”. Chet davlatlar har qanday iure gestionis harakatlariga nisbatan ijrodan o‘zlarining immunitetlarini yo‘qotishlari lozim, chunki ularning bunday harakatlariga nisbatan yurisdiksiyadan immunitet yo‘qligining bevosita natijasidir.
Hozirgi vaqtda xalqaro fuqarolik munosabatlarida faol ishtirok etayotgan aksariyat mamlakatlar mutlaq immunitetdan voz kechishadi va shu bilan o‘zlarining pozitsiyalarini xususiy shaxslarning huquqiy maqomlari bilan tenglashtiradilar.[19]
Shuni ta’kidlash kerakki davlatning fuqarolik-huquqiy javobgarligi fuqarolik javobgarligi subinstituti sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi. Sababi ushbu jarayonda asosan ommaviy huquqiy munosabatning asosini tashkil etuvchi alohida vakolatga ega davlat fuqarolik huquqi subyekti bo‘lib ishtirok etadi. Ushbu holatda davlat immunitetidan voz kechib huddi xususiy shaxslar singari o‘z majburiyatlari yuzasidan javobgarlikni to‘la zimmasiga olishi lozim hisoblanadi.
3-§. DAVLAT SHARTNOMA MAJBURIYATLARIDA BEVOSITA ISHTIROK ETISH SHAKLLARI: JAVOBGARLIKNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushu sohada davlatning shartnomaviy javobgarligi haqida yetarlicha tahlil qilish mumkin. Fuqarolik huquqiy munosabatlarida davlatning bevosita ishtirok etishi shartnoma natijasida vujudga keladi, shu bilan birga, shartnoma majburiyatlarida mustaqil ishtirok etish imkoniyatini amalda bekor qilmaydi. Shartnomaviy munosabatlarda bunday davlatning ishtirok etish hollari mavjud, kelajakda ularning ko‘lami ko‘paytirilishi mumkin, shunga binoan quyidagilarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak: 1) davlatning shartnoma majburiyatlarida ishtirok etishining umumiy tamoyillari, xususiyatlari; 2) shartnomaviy majburiyatlarda bevosita ishtirok etish hollari va ularning buzilishi uchun javobgarlik.
Davlatning shartnoma majburiyatlarida ishtirok etishining umumiy huquqiy rejimi shundaki, davlat yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan barcha qoidalarga bo‘ysunadi. Ushbu rejim doirasida davlat har doim bilvosita, o‘zi tomonidan yaratilgan yuridik shaxslar orqali harakat qiladi va yuqorida ko‘rsatilgan har qanday fuqarolik-huquqiy shartnomalarni birinchi guruhga (masalan, energiya ta’minoti shartnomalari, transport shartnomalari va boshqalar) tuzishi mumkin. Umumiy rejim sohasida harakat qiluvchi davlatning fuqarolik javobgarligi yordamchi hisoblanadi.
Maxsus rejim faqat davlatning kelishuv taraflaridan biri sifatida ishtirok etishi uchun mo‘ljallangan; qoida tariqasida tadbirkor boshqa tomonda harakat qiladi. Shartnoma majburiyatlarida davlatning alohida ishtiroki ikki yo‘l bilan belgilanishi mumkin: yoki fuqarolik qonunchiligiga jamoat manfaatlarini qondirishga qaratilgan maxsus shartnomaviy shakllarni kiritish orqali (masalan, davlat ehtiyojlari uchun shartnoma va yetkazib berish shartnomalari, davlat qarz shartnomasi); yoki davlatning u yoki bu kelishuvlarda ishtirok etishini istisno qiladigan imtiyozlarni belgilash yo‘li bilan (masalan, Fuqarolik Kodeksining 1027-moddasi 3-bandi). Demak, davlatning shartnoma majburiyatlarida ishtirok etishining birinchi xususiyati – bu u uchun shartnoma majburiyatlarida ishtirok etishning umumiy fuqarolik-huquqiy rejimidan tashqari maxsus huquqiy rejimni yaratishdir.
Davlat ishtirokidagi eng an’anaviy maxsus shartnomalar davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomalari hisoblanadi. Biz shartnoma majburiyatlarining ayrim xususiyatlarini, davlatning shartnoma majburiyatlarida ishtirok etish doirasini qamrab oladigan tamoyillarini aniqlash uchun ularni tahlil qilishga harakat qilamiz.
Davlat ehtiyojlari uchun tovar yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha davlatning fuqarolik javobgarligini to‘g‘ri modellashtirish uchun shartnomaning huquqiy mohiyatini aniqlash muhim. Ushbu holatda savol tug‘iladi yuqoridagi shartnoma nima – xususiy huquqmi yoki ommaviy huquqmi? Huquqshunos olimlar o‘rtasida ushbu holat bo‘yicha bir nechta fikrlar keltirilgan bo‘lib ba’zi olimlar ushbu shartnomani ma’muriy huquqqa oid deb aytib, bu dastlabki va ommaviy shartnomalarning bir turi deb hisoblashsa, boshqalari bu fuqarolik shartnomasining maxsus turi, deb hisoblaydilar.[20] Fuqarolik huquqining iqtisodiy nazariyasi vakillari, bu tartibga solish fuqarolik huquqi normalari va jamoat tomonidan amalga oshiriladigan shartnoma ekanligini ta’kidlaydilar[21].
Zamonaviy yurisprudensiyaga murojaat qilib tahlil qiladigan bo‘lsak, faqat “bu shartnomalar oddiy xo‘jalik shartnomalari sifatida qaralmasligi kerak” degan fikrga urg‘u beriladi. Shuning uchun sudda nizolarni ko‘rib chiqishda ushbu munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak[22].
Chet el qonunlarida ham yagona yondashuv ishlab chiqilmagan. Zamonaviy xorijiy huquqshunoslar ta’kidlaganidek, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasining oshishi, davlat ishtirokidagi shartnomalarni faqat fuqarolik holatida ko‘rib chiqishni imkonsiz qiladi. Fuqarolik huquqining subyekti sifatida davlatning dualizmi shartnomalarning mohiyatiga iz qoldiradi[23].
Shunday qilib, bunday shartnomaning bir tomoni, masalan, energiya ta’minotini beradigan tashkilot, u tomonidan tuzilgan shartnoma shartlarini majburan qayta ko‘rib chiqish imkoniyati va kontragentning mulkiy javobgarligini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan noqulay shartlar joylashtiriladi (va shu bilan) uni qarzlari uchun subsidiar javobgarlik subyekti sifatida tashkil etgan davlat). Ushbu holat davlat tomonidan o‘zining mulkiy javobgarligini cheklash yoki istisno qilish maqsadida o‘rnatiladi, bu uning fuqarolik huquqiy munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan tengligining asosiy prinsipini buzadi[24].
Shuni ham takidlash joizki, davlat ishtirokidagi shartnomani (davlat shartnomasi) huquqiy tartibga solishning ikkita asosiy manbalari o‘rtasida hal qilishni talab qiladigan qarama-qarshiliklar mavjud. Eng muhimlaridan biri bu davlat shartnomasi subyektining ta’rifi shartnoma bo‘yicha javobgarlik subyektini aniq belgilashdir.
Shartnomali majburiyatda davlat majburiyatning bevosita subyekti hisoblanib, ushbu majburiyatni ixtiyoriy ravishda o‘z bo‘yniga oladi. Masalan, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida” Qonunga binoan davlat investor bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘ziga majburiyatni ixtiyoriy holda qabul qilib oladi va ushbu majburiyatlari yuzasidan javobgar hisoblanadi.Shuningdek, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda Fkning 458-moddasiga muvofiq, davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish yuzasidan davlat kontraktiga binoan ham davlat o‘zi tuzgan shartnomalar yuzasidan o‘z majburiyatlariga ega bo‘ladi.
“Mahsulotlarni taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida” 2001-yil 7-dekabr, 312-II sonli qonun davlat mulkidan (tabiiy resurslardan) samarali foydalanish uchun investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini jalb qilishning maqbul shaklini yaratishga qaratilgan. Ushbu qonunda belgilangan konsepsiyaning o‘ziga xos xususiyati davlat va shaxslarning o‘zaro munosabatlarining fuqarolik-huquqiy shakli ustuvorligidir. Ushbu turdagi qonunchilikka nisbatan o‘z munosabatini bildirgan rossiyalik olim K.K. Sungurovning ta’kidlashicha ushbu turdagi qonun tufayli davlat va investor o‘rtasida teng shartnoma munosabatlari o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘lganligi ta’kidlangan, shartnoma fuqarolik xarakteriga ega ekanligi va bundan tashqari, bu xususiy huquq elementlarini qamrab oladigan va prinsipial ravishda yangi turdagi huquqiy munosabatlarni shakllantiradigan tadbirkorlik shartnomasi hisoblanadi. Bugungi kunda davlat va xususiy subyektlar o‘rtasida qonunda nazarda tutilgan hamkorlik shakli hali ham keng tarqalmagan, ammo bozor munosabatlarining rivojlanishi mulk va mulk sohasida davlat va jismoniy shaxslarning o‘zaro hamkorligini aynan shunday modelidan foydalanishni talab qiladi[25].
Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlar, o‘z navbatida, eng murakkab va ziddiyatli shartnomaviy munosabatlarning turlaridan biri bo‘lgan investitsiya shartnomalari qatoriga kiradi. Qarama-qarshilik huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatiga ega bo‘lib, ularda bir tomon xususiy xorijiy yoki milliy kompaniya, ikkinchisi investitsiyalar olayotgan davlatdir. Ushbu qarama-qarshilik ikki xil: bir tomondan, shartnomaning mohiyati (xususiy huquq) va shartnoma tarafi sifatida harakat qiluvchi suveren subyekt o‘rtasida; boshqa tomondan, xorijiy investor bo‘ysunadigan xorijiy huquqiy tartib va investitsiya oluvchi davlatning huquqiy tartibi o‘rtasida.
Shartnoma taraflaridan birining suveren mohiyati va shartnomaning xususiy huquqiy tabiati o‘rtasidagi ziddiyatni olib tashlash davlatning fuqarolik muomalasida ishtirokini huquqiy tartibga solishga xos bo‘lgan asosiy tendensiyadir.
“Mahsulotlarni taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida” 2001-yil 7-dekabr, 312-II sonli qonun davlatning suveren namoyonlarini yo‘q qilish yo‘llarini nazarda tutadigan – stabillashtiraadigan qoidalar belgilangan hisoblanadi. Qonunning 24-moddasi 2-bandiga binoan, agar bitimning amal qilish muddati mobaynida qonun hujjatlari bilan investorning bitim doirasidagi faoliyatining tijorat natijalarini yomonlashtiruvchi normalar belgilanadigan bo‘lsa, bitimda qayd etilgan shartlar amal qiladi. Agar qonun hujjatlari bilan ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklarini, atrof muhitni va fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish standartlariga (normalariga, qoidalariga) o‘zgartishlar kiritiladigan bo‘lsa, mazkur qoida qo‘llanilmaydi[26].
Shunday qilib, mulkiy shartnomaviy munosabatlarda ishtirok etadigan davlat, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun o‘z kuchi bilan ba’zi ommaviy-huquqiy munosabatlarni xususiy huquqning huquqiy sohasiga o‘tkazishga, subyektlarni tenglashtirish mexanizmini ishlab chiqishga majbur.
Shuningdek, 2019-yil 10-mayda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonunga binoan davlatning fuqarolik huquqiy munosabatlardagi ishtirokidagi ko‘lami yanada kengayganligini ta’kidlash lozim. Ushbu munosabatlarda davlatning subyekt sifatida ishtirokiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, qonunnning 3-moddasiga binoan, davlat sherigi –O‘zbekiston Respublikasi va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari hisoblanadi. Qonunning 13-moddasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning taraflari javobgarligi to‘g‘risida norma keltirilgan bo‘lib unga muvofiq, davlat sherigi va xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning taraflaridir.
Davlat sherigi tomonidan vakolat berilgan yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning birlashmalari davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq davlat sherigining majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan holda harakat qilishi mumkin. Bunda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi uchun davlat sherigi to‘liq javobgar bo‘ladi.
Xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini bir yoki bir necha tashkilotga topshirishi mumkin. Bunda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi uchun xususiy sherik to‘liq javobgar bo‘ladi[27].
Ushbu qonun normasida davlatning xususiy sherik bilan teng munosabatlarga kirishgani va bitim asosida o‘zi majburiyat va javobgarligini belgilab olganligi hamda ushbu holat fuqarolik munosabatlarida teng huquqli subyekt sifatida qatnashishini anglatadi. Mazkur vaziyatda ham davlat ixtiyoriy ravishda o‘ziga majburiyat va shu majburiyat natijasida yuzaga keladigan javobgarlikni zimmasiga olmoqda.
2018-yil 9-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati prinsipi belgilangan bo‘lib unga muvofiq, davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati tegishli bo‘linmalar xodimlariga nisbatan soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, malakasini muntazam ravishda oshirishi hamda bosqichma-bosqich amaliy tajribaga ega bo‘lib borishi to‘g‘risida talablar belgilash yo‘li bilan ta’minlanadi.
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgar bo‘lgan shaxsni belgilashi shart.
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgar bo‘lgan shaxs bajariladigan vazifalardan chetlashtirilishi lozim[28].
Mazkur normada belgilanishicha ushbu davlat xaridlari bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanadigan javobgar shaxs belgilanishi natijasida davlatning nomidan javobgar hisoblanadigan subyekt aniqlanadi.
Shunday qilib, davlat buyurtmachilari, davlat shartnomalarini tuzish, o‘zlari uchun emas, balki jamoat manfaatlari uchun harakat qilishadi; ularning o‘zlarida davlat shartnomalarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘ yo‘q, yetkazib berilgan mahsulotlar uchun to‘lov federal yoki mintaqaviy budjetdan amalga oshiriladi; davlat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish faqat hukumatining qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek davlat buyurtmachilari hukumat shartnomalarida mustaqil tomon sifatida qatnashish uchun tegishli vakolatlarga ega emaslar, lekin ular davlat organlari (yuridik shaxsning o‘xshash organlari va shunga muvofiq vakillik munosabatlari yuzaga kelmaydi) yoki davlatning vakili, ammo har qanday holatda ham ular davlat shartnomasining to‘laqonli, mustaqil ishtirokchilari emaslar[29].
4-§. ZARAR YETKAZGANLIK UCHUN DAVLATNING FUQAROLIK JAVOBGARLIGI
Fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararni davlat tomonidan qoplash huquqi bugungi kunda eng muhim masalalardan biri bo‘lib, uning amalga oshirilishi jamiyatning normal rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi[30].
Hokimiyat harakatlari natijasidan kelib chiqadigan “zarar uchun davlat tovon puli” tushunchasi G‘arbiy Yevropada burjua inqiloblari paytida o‘zining dastlabki ko‘rinishi va amaliy ahamiyatiga ega bo‘ldi va shuningdek, fuqarolik huquqi mamlakatlari ijtimoiy taraqqiyoti paradigmasining tubdan o‘zgarishini oldindan belgilab berdi. Darhaqiqat, davlatning o‘z fuqarolari oldidagi javobgarligi g‘oyasining falsafiy asosi bu ajralmas inson huquqlari, mutlaq hokimiyatni cheklash zarurati, bu jarayonda ishlab chiqilgan huquqni tabiiy va ijobiyga bo‘lish to‘g‘risidagi ta’limotdir[31].
V.T. Smirnov va A.A. Sobchaklar ta’kidlashicha, ma’lum bir huquqiy institutning mohiyati va mazmuni u tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning tabiati va xususiyatlari bilan belgilanadi. K.B. Yaroshenko, davlatning zarar yetkazishi uchun javobgarlik institutining huquqiy mohiyatini fuqarolik tushunchasi bilan bo‘lishib, ushbu yondashuv majburiyatlar institutini zarar yetkazishdan fuqarolarga tegishli bo‘lgan barcha subyektiv huquqlarni himoya qilishning universal usuli sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi deb hisoblaydi[32].
Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlarida ishtirok etar ekan, u fuqarolik-huquqiy javobgarlik bo‘yicha o‘rnatilgan umumiy qoidaga binoan, o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini lozim darajada bajarilishi, agar majburiyatlarni buzish natijasida fuqarolik-huquqiy munosabatlarida ishtirok etuvchi ikkinchi tarafga zarar yetkazilgan bo‘lsa, uni qoplashi kerak.
Bunday javobgarlik shartnomaga asoslangan majburiyat buzilgan taqdirda yuz beradi. Lekin javobgarlik shartnomaga asoslanmagan majburiyatdan ham kelib chiqishi mumkin. Davlatning bunday holatlarda javobgar bo‘lishi ko‘p emas. Bunga sabab, davlat mulkining aksariyat qismi davlat yuridik shaxslariga biriktirilgan, shuning uchun shartnomadan tashqari yetkazilgan zarar uchun javobgarlik birinchi galda ular zimmasiga yuklatiladi. Shunday ekan, bunday hollarda shaxsan davlatning javobgarligi haqida so‘z yuritish ham noo‘rindir. Chunki umumiy qoidaga binoan davlat o‘zi tuzgan yuridik shaxsning majburiyati bo‘yicha javob bermaydi. Lekin shartnomadan tashqari yetkazilgan zarar uchun shaxsan davlatning javobgar bo‘lishi qonunda nazarda tutilgan[33].
Zarar tushunchasiga fuqarolik qonunchiligida umumiy ta’rif berib o‘tilmagan bo‘lsa-da, huquqshunos olimlar tomonidan fuqarolik huquqida zarar tushunchasiga turlicha ta’riflar berib kelingan.
Xususan, huquqshunos olima N. Egamberdiyevaning fikriga ko‘ra, fuqarolik huquqida zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxsning huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi (FKning 14-moddasi). Yetkazilgan zarar jabrlanuvchi tomonidan qilinadigan xarajatlar shaklida ko‘riladi[34].
Shuningdek, yana bir huquqshunos olim R. Muxitdinovning fikriga ko‘ra, zarar shaxsiy nomulkiy yoki mulkiy huquqlari buzilishi natijasida shaxsda vujudga keluvchi salbiy mulkiy oqibatlardir. Zararni qoplash buzilgan fuqarolik huquqlarini himoyalashning universal usuli bo‘lib, muayyan vaziyatda qonunda bunday imkoniyat nazarda tutilgan yoki tutilmaganidan qat’i nazar, ham shartnomaviy (masalan, qarzdor tomonning tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmasligi yoki tegishli tarzda bajarmagani natijasida), ham shartnoma doirasidan tashqari bo‘lgan munosabatlarda (masalan, avariya natijasida mol-mulk yoki sog‘likka zarar yetkazilganda) qo‘llanishi mumkin.
Bu o‘rinda R. Muxitdinov zarar shartnoma shartlarini bajarmaganlik natijasida hamda shartnomadan tashqari holatlarda vujudga kelishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tgan. Ushbu o‘rinda bizning tadqiqot obyektimizda shartnomadan tashqari yetkazilgan zarar, ya’ni qonunga zid ravishda jinoiy ta’qib natijasida yetkazilgan kelib chiqadigan zararga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslarining o‘zlariga yuklatilgan JPK doirasida shaxsni jinoyat sodir etishda gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jinoyat sodir etilganlikda faraz etilishi natijasida shaxsga (gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jinoyat sodir etilganlikda faraz etilgan shaxs) yetkazilgan zarar to‘g‘risida fuqarolik qonunchiligida ta’rif berib o‘tilmagan.
Vaholanki, ushbu holat uchun zarar to‘liq qoplanishi lozimligi to‘g‘risida qoida FKning 991-moddasida aks ettirib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra 991-moddasiga ko‘ra qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof qo‘llanish, qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni qonunga xilof tarzda berish natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari aybidan qat’i nazar, qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan to‘la hajmda to‘lanadi.
Ushbu o‘rinda yuqoridagi moddadagi qonunga xiloflik tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi hamda har qanday holatda emas, balki tergovga qadar tekshirish, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud tergovi natijasida shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmaganligi sababli JPKning 83-moddasiga ko‘ra yakuniy to‘xtamga kelinganligining o‘zi asos bo‘ladi hamda bunda jinoiy ta’qibni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsning aybi mavjudligi hisobga olinmaydi va yetkazilgan zarar to‘liqligicha davlat tomonidan qoplab berilishi lozim.
Shuningdek, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, zarar shartnomaviy tartibda yoki shartnomadan tashqari holatlarda vujudga keladi. Tadqiqot obyektida esa o‘z-o‘zidan ko‘rinib turganidek shartnomadan tashqari holatda shaxsga zarar yetkazilishini nazarda tutadi.
Bundan tashqari, zarar yetkazilishi natijasida vujudga kelgan majburiyatlarda javobgarlik huquqbuzarlik fakti asosida vujudga keladi hamda zarar yetkazish natijasida vujudga kelgan majburiyat vujudga kelishi bilan u o‘z mazmunida javobgarlikni, huquqbuzarga sanksiya qo‘llash imkoniyati mavjudligini ham ifodalaydi.
Bundan tashqari, yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni belgilashda qonun umumiy tamoyillarga tayanadi. Bu holat esa fuqarolik qonunchiligida “bosh delikt tamoyili” deb yuritiladi.
Ushbu tamoyilga ko‘ra, mamlakatimiz fuqarolik qonunchiligida ham bosh delikt tamoyili o‘z ifodasini topgan. Zero, FKning 985-moddasida fuqarolik huquqi subyektiga yetkazilgan zarar zarar yetkazuvchi tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi nazarda tutilgan. Albatta, bosh delekt tamoyiliga muvofiq, zarar yetkazilganligining o‘ziyoq uni qoplash lozimligini anglatmaydi. Buning uchun qonunda belgilagan bir qator shartlar mavjud bo‘lishi lozim. Mazkur shartlarning mavjud bo‘lmasligi esa, zararni qoplanmasligini anglatadi. Fuqarolik qonunchiligida “bosh delikt” tamoyilining mazmunini tashkil etuvchi yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning umumiy shartlari belgilangan bo‘lib, ular jumlasiga zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa xilofligi, huquqqa xilof harakat va zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish, ayb kiradi.
K.B. Yaroshenko ta’kidlashicha, “sud va prokuratura faoliyati sohasida yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinmasligini tan olish kerak”. Shunday qilib, tergov qilinayotgan munosabatlarning jinoiy protsessual sifatiga ega bo‘lishi ularni qiynoqqa solish majburiyatlari tizimidan chiqarib yuboradi va davlat organlarining o‘z mansabdor shaxslarining harakatlari uchun javobgarligini cheklashga, jabrlangan shaxslarning huquqlarini himoya qilishni torayishiga olib kelaishi mumkin hisoblanadi[35].
Ushbu jarayonda muhim savol tug‘iladi, ushbu javobgarlik institutimi yoki buzilgan huquqlarni tiklashning o‘ziga xos usuli? Bizningcha, bu fikrlar yana ikkita umumiy muammolarning mahsulidir. Bir tomondan, siyosiy tuzilma davlat organlari va mansabdor shaxslarini noqonuniy harakat qilayotgan deb tan olish va o‘z xatti-harakatlarining salbiy oqibatlarini o‘z zimmasiga olishga majbur qilish uchun bir necha avlod olimlarining kuchlari kerak bo‘lishi mumkin. Hali ham davlat mansabdor shaxslari fuqarolar va ularning uyushmalariga zarar yetkazgan holda ish tutishi mumkin degan fikr ham mavjud hisoblanadi.
Shu sababli, muammoni tahlil etish fikri paydo bo‘lib, uni ko‘proq “to‘g‘ri” atamalardan foydalangan holda ta’kidlash mumkin: “jinoyat (va boshqa) ta’qib qilishda aybsiz jabrlanganlarga zararni qoplash”; “Buzilgan huquqlarni himoya qilish chorasi”, “jabrlanuvchining mulkiy holatini tiklash shakli”, “alohida tavakkal qilish”, “zararni qoplash majburiyati” va boshqalar[36].
Boshqa tomondan, ushbu muammoning ildizi aybsiz aybdorlik borligi to‘g‘risida uzoq nazariy munozarada yotadi. Ko‘plab davlatlarining huquqiy doktrinalarida aybning boshlanishi alohida ahamiyat kasb etganligi sababli, ko‘plab zamonaviy huquqshunoslari aybni tarixning klassik davri yuristlariga ergashib, fuqarolik javobgarligining ajralmas atributi deb hisoblashadi. Rim davlatining aybsiz javobgarlik yo‘qligi, shuning uchun aybsiz javobgarlik aslida javobgarlik emas, balki huquqbuzarlikdan aziyat chekkan shaxsning mulkiy holatini tiklashning o‘ziga xos, javobgarlikdan farq qiluvchi usuli deb ataganlar.
Fuqaroga hokimiyat harakatlari bilan yetkazilgan zararni qoplashning umumiy asoslari uning subyektiv (mulkiy va shaxsiy nomulkiy) huquqlari buzilishi hisoblanadi. Agar biz davlatning delikt majburiyatlar uchun javobgarligini fuqarolik deliktlari majburiyatlari uchun javobgarlikning bir turi deb hisoblasak, unda davlat javobgarligi uchun zarur shartlar quyidagilardir: jabrlanuvchiga mulkiy yoki mulkiy bo‘lmagan zarar yetkazilganligi; harakatning noqonuniyligi (harakatsizligi); noqonuniy xatti-harakat (harakatsizlik) va yuzaga kelgan zarar o‘rtasidagi sababiy munosabatlar; aybning mavjudligi. Tahlil davomida biz davlatning delikt majburiyatlar uchun javobgarligini faqat eng muhim va ziddiyatli shartlarini ko‘rib chiqamiz.
Aniq ta’rif berishga harakat qiladigan bo‘lsak delikt majburiyat natijasidagi javobgarlik – bu davlatning fuqarolik javobgarligining bir asosi hisoblanadi. Umuman olganda, huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonunchiligi umumiy delikt tizimiga muvofiq tuzilgan bo‘lib, uning mohiyati shundaki, boshqa shaxsga zarar yetkazish noqonuniy deb topiladi va barcha hollarda zararni qoplash majburiyatini keltirib chiqaradi, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa. Umumiy huquqbuzarlik tizimi har qanday yetkazilgan zararning noqonuniyligi taxminiga asoslanadi[37].
Hokimiyat xatti-harakatlari bilan zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarda qoidani boshqarish kerak: hokimiyat va ularning mansabdor shaxslari tomonidan har qanday zarar yetkazilishi qonunga ziddir, faqat qonun hujjatlarida aniq belgilangan holatlar bundan mustasno. Boshqacha qilib aytganda, davlat tomonidan zarar yetkazilishidan kelib chiqadigan majburiyatlar sohasida “huquqbuzarlikni istisno qilish” tizimi emas, balki boshqa tortish majburiyatlariga xos bo‘lgan umumiy delikt tizimi mavjud.
Fuqarolik huquqbuzarligi har doim faqat fuqarolik qonunchiligi buzilishining natijasidir, chunki zararni qoplash bo‘yicha har qanday majburiyat asosida boshqa jinoyat emas, balki fuqarolik tarkibi yotadi. O‘z-o‘zidan kuchga ega bo‘lmagan noqonuniy harakatlar hech qanday fuqarolik-huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi, Ya’ni, fuqarolik qonuni nuqtayi nazaridan yuridik jihatdan befarq. Fuqarolik qonunchiligining tegishli me’yorlarini amalga oshirish zarurati faqat hokimiyatning noqonuniy harakatlari natijasida sodir etish natijasida jabrlanuvchiga moddiy zarar yetkazilgan hollarda paydo bo‘ladi.
Keyin yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida savol tug‘iladi. Fuqarolik qonunchiligida yetkazilgan zararni qoplash mexanizmi kuchga kiradi, chunki jabrlanuvchining tegishli subyektiv huquqlarini buzgan holda, noqonuniy hokimiyat xatti-harakatlari bilan zarar yetkazilishi, shuningdek, ularning himoyalangan fuqarolik-huquqiy normalarini buzadi, ya’ni fuqarolik qonunchiligi nuqtayi nazaridan noqonuniy. Shunday qilib, fuqaroga davlat hokimiyat harakatlari bilan yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha majburiyatlarning paydo bo‘lishi har doim ikki xil huquqbuzarlikning mavjudligini taxmin qiladi:
1) fuqarolik qonuni; 2) ma’muriy-huquqiy (jinoiy protsessual va boshqalar)[38].
Tegishli hokimiyatning noqonuniy xatti-harakatlar uchun alohida talab qo‘yilgan kuch harakati natijasida yetkazilgan zararni qoplash huquqining “qo‘shimcha jihozlari” ushbu harakatlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqanligi sababli qiyinchilik tug‘diradi. Hokimiyat va ularning mansabdor shaxslariga berilgan vakolatlari, huquqlari cheklanmaydi va shunday cheklanmasligi natijasida hamda ularni amalga oshirish jarayonida hech qachon va hech qanday sharoitda birovning mulk huquqi hajmining pasayishiga olib kelmasligi lozim hisoblanadi.
Qonun hokimiyat va ularning mansabdor shaxslariga muayyan vazifalarni yuklaydi va ularga ushbu vazifalarni bajarish uchun ma’lum huquqlarni beradi. Ma’muriyatlarning o‘z vazifalarini berilgan vakolatlar doirasida bajarishlari qonuniydir, shu jumladan bunday harakatlar oqibatlari to‘g‘risida “… ma’lum ma’noda – qat’iy berilgan vakolatlar doirasida – hokimiyatning har doim “zarar yetkazishish” ehtimoli mavjud hisoblanadi”[39].
Shu kabi masalalarni boshqa olimlarning asarlarida ham uchratish mumkin. Shunday qilib, E.A. Fleyshits, zarar yetkazishning noqonuniyligini istisno qiladigan beshta shartdan biri bo‘lib, “majburiyatni bajarish” deb hisoblaydi va shuni ta’kidlaydiki “ayrim shaxslarning rasmiy pozitsiyasidan kelib chiqadigan ba’zi bir vazifalarni bajarish ba’zan buzilish bilan bog‘liqligi” bilan izohlagan hamda davlat yoki jamoat tashkilotlari va fuqarolarning mol-mulki yoki fuqarolarning shaxsiy manfaatlarini buzgan holda amalga oshirilishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Boshqacha qilib aytganda, “davlatning zarar yetkazish huquqi” (“zarar yetkazish vakolati”) qonun normalarida aniq belgilab qo‘yilishi kerak va bunday huquqning qonuniyligini baholashda quyidagilarga amal qilish kerak. Respublika Konstitutsiyasining qoidalari va “davlat-inson” tizimida shaxsning mavqeini belgilaydigan xalqaro huquq normalari. Bunday vakolatlar bo‘lmagan joyda, zarar “noqonuniy ravishda”, ya’ni huquqqa xilof ravishda amalga oshiriladi va tegishli zararli xatti-harakatlar fuqarolik deliktlarining elementiga aylanadi.
Bizning fikrimizcha, hokimiyat xatti-harakatlari bilan zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarda ushbu jarayon alohida qoidalar bilan nazoratga olinishi lozim hisoblanadi: hokimiyat va ularning mansabdor shaxslari tomonidan har qanday zarar yetkazilishi qonunga ziddir, faqat qonun hujjatlarida aniq belgilangan holatlar bundan mustasno. Boshqacha qilib aytganda, davlat tomonidan zarar yetkazilishidan kelib chiqadigan majburiyatlar sohasida “huquqbuzarlikni istisno qilish” tizimi emas, balki bosh delikt tizimiga xos bo‘lgan umumiy delikt xususiyatlari mavjud hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorning 41-bandiga binoan quyidagilar kompensatsiya qilib beriladi:
a) olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
b) olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati;
v) ko‘chirish, shu jumladan, boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik olish bilan bog‘liq xarajatlar;
g) jismoniy va yuridik shaxslarning boy berilgan foydasi;
d) qonun hujjatlarida yoki Kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlar va zararlar.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, ishlab chiqarish va boshqa binolar va inshootlarning qiymati ham qoplanishi lozim.
Qarorning 42-bandida belgilanishicha beriladigan kompensatsiya turlari:
a) pul mablag‘lari;
b) boshqa ko‘chmas mulk obyektini mulk qilib berish;
v) yer uchastkasi;
g) Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyaning boshqa turlari.
Tomonlarning kelishuviga binoan mulkdorga ko‘chmas mulkni baholash qiymatini hisobga olgan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi mumkin.
Buzib tashlangan ko‘chmas mulk o‘rniga yangi qurilayotgan ko‘chmas mulk obyekti berish muddati boshqa ko‘chmas mulk obyekti vaqtincha foydalanishga berilgan kundan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddatda yangi ko‘chmas mulk obyekti berilmasa, tashabbuskor mulkdorga har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz miqdorida jarima to‘laydi. Bunda jarima miqdori buzib tashlangan ko‘chmas mulk obyekti qiymatining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Kompensatsiya sifatida mulk taqdim etilishi nazarda tutilgan Kelishuv qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Qarorning 43-bandiga asosan Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda, kompensatsiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli markazlashtirilgan jamg‘arma mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga beriladi.
Yer uchastkalari investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yilganda kompensatsiya investor mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan beriladi[40].
Ushbu holatda qarorda keltirilishicha Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda kompensatsiya tegishli markazlashtirilgan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilishi javobgarlikni bajaradigan subyektlarni belgilab beradi. Ya’ni davlat nomidan alohida hokimlik tomonidan tuzilgan jamg‘arma tomonidan majburiyat bajariladi va davlat nomidan aniq subyektga yuklatiladi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining harakatlarida qonunga xiloflik borligi yoki yo‘qligi aniqlanganda, yana bir fikrni hisobga olish kerak. Bu yerda rasmiy ravishda jinoyat-protsessual qonunchiligi talablariga javob beradigan, lekin oxir-oqibat noqonuniy bo‘lgan xatti harakatlar tomonidan zarar yetkazish mumkin. Bu holat, bir tomondan, jinoiy ta’qib qilish dinamikasining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli yuzaga kelishi mumkin, bu jinoiy protsessning dastlabki bosqichlarida hokimiyat xatti-harakatlarini sodir etish uchun yetarli bo‘lgan faktlarning faqat bir qismidir.
Tegishli davlat idoralari harakatlari natijasida jabrlanuvchiga zarar yetkazilsa, bu qonuniy ko‘rinishi mumkin. Shunga qaramay, hokimiyat tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar jinoiy protsessning asosiy tamoyillarini buzishi mumkin. Masalan, bu majburlov choralari belgilangan shaxs aybdorligi faqat jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi va agarda gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi aybsiz bo‘ladigan bo‘lsa ularga nisbatan qo‘llanilgan choralar natijasida yetkazilgan zarar ham davlatning javobgarligiga sabab bo‘ladi. Shu sababli, bunday vaziyatlarda yetkazilgan zarar qoplanishi shart.
Fuqarolik qonunchiligida majburiyatlar institutida qonunbuzarlik borligini yoki yo‘qligini isbotlash to‘g‘risidagi umumiy qoida mavjud, shuningdek hokimiyatning kuch ishlatilishi oqibatida yetkazilgan zarar holatlariga oid bu boradagi maxsus qoida mavjud emas. Ushbu masala bo‘yicha adabiyotlarda turli fikrlar bildirilgan. Masalan, A.M. Belyakova, odatda, qonunbuzarlik zarar ko‘rgan shaxs tomonidan isbotlanishi kerak deb hisoblaydi[41].
Boshqacha qilib aytganda, harakatsizlikni zarar yetkazish natijasida kelib chiqadigan majburiyatlarga kiritish, zarar yetkazish natijasida davlatning javobgarligi yangi sifatga ega bo‘lishini anglatadi, ya’ni javobgarlik davlat funksiyalarining samarasiz bajarilishi sababli vujudga keladi.
Javobgarlikning bunday umumiy sharti noqonuniy xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik sifatida ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu sohada boshqalarga qaraganda ko‘proq zarar bir necha organlarning yoki ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) natijasida vujudga keladi. Bu mavjud davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimini qurish tizimi bilan izohlanadi.
Biroq, tez orada olimlarning ushbu prinsiplarga munosabati mutlaqo teskari tomonga o‘zgardi, bu ma’lum darajada kuch ishlatganligi sababli zarar yetkazganligi uchun davlat organining javobgarligi asoslari masalasining noaniq yechimiga ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, K.M. Varshavskiy “davlatning javobgarligi zarar yetkazgan mansabdor shaxslarning subyektiv aybdorligi bilan belgilanmaydi”[42] deb hisoblagan, O.S. Ioffe[43], M.M. Agarkov ta’kidlashicha: “javobgarlik paydo bo‘lishi uchun mansabdor shaxsning xatti-harakatlari sabab bo‘lishi kerak”[44].
Fuqaroga hokimiyat harakatlari bilan yetkazilgan zararni qoplash majburiyatlarining paydo bo‘lishi uchun umumiy va maxsus shartlardan tashqari, bir qator hollarda protsessual xarakterga ega bo‘lgan bunday shartlarga ega bo‘lish zarur. Bunga masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga binoan reabilitatsiya uchun asoslar belgilangan bo‘lib unga muvofiq gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim: ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa, uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa va uning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasligi sababli ishni tugatish shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik, ma’muriy boshqaruv sohasida sodir etilgan vakolatni belgilangan tartibda tan olish va boshqalar kiradi[45].
Shuni ta’kidlash kerakki, fuqarolik-huquqiy adabiyotlarda ma’muriy boshqaruv sohasidagi harakatlarni belgilash uchun “hokimiyat haraktlari” degan keng tushunchadan ko‘p foydalanilgan bo‘lib, u nafaqat ma’muriy boshqaruv sohasidagi, balki odil sudlovni amalga oshirish va qonun ijodkorligi sohasidagi xatti-harakatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Barcha hokimiyat aktlari davlat nomidan amalga oshiriladi, uning hokimiyat funksiyalarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi, normativ hujjatlar asosida qabul qilinadi, huquqiy munosabatlarni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki tugatishga qaratilgan, aniq shaxslarga murojaat qilinadi va buyruqni tashkil qiladi. Ushbu buyruq bajarilmagan yoki noto‘g‘ri bajarilgan taqdirda ijro etilishi davlat majburlash mexanizmi hisobi orqali amalga oshiriladi.
Ma’muriy-huquqiy doktrinada mansabdor shaxslarga moddiy-texnik harakatlar bilan bir qatorda huquqiy munosabatlarni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki tugatishga qaratilgan huquqiy harakatlarni ham amalga oshiradigan xodimlar kiritilishi kerak degan fikr keng tarqalgan.
Ammo qonuniy ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlar har qanday xodim tomonidan amalga oshiriladi. Mansabdor shaxslarning farqi shundaki, ular bir tomonlama, imperativ xarakterga ega bo‘lgan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Tekshirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida mansabdor shaxslarni faqatgina xizmatda bo‘ysunmaydigan shaxslarga nisbatan ma’muriy vakolatlar berilgan davlat va munitsipal xodimlar deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ammo qonuniy ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlar har qanday xodim tomonidan amalga oshiriladi. Mansabdor shaxslarning farqi shundaki, ular bir tomonlama, imperativ xarakterga ega bo‘lgan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Tekshirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida mansabdor shaxslarni faqatgina xizmatda bo‘ysunmaydigan shaxslarga nisbatan ma’muriy vakolatlar berilgan davlat va munitsipal xodimlar deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Mansabdor shaxsning xizmat vazifalari doirasi qonun hujjatlarida, tegishli davlat organlarining vakolatlarini va xodimning o‘zi lavozimini belgilaydigan hujjatlar bilan belgilanadi. Ushbu ishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, rasmiy vazifalarni bajarishda amalga oshirilgan boshqa harakatlardan farqli o‘laroq, ba’zi vakolatlarni vakolatli mansabdor shaxslar ish joyida emas, balki ishdan tashqari vaqtda ham sodir etishlari mumkin.
5-§. TADBIRKORLAR HUQUQLARINING HUQUQIY KAFOLATLARIDA DAVLATNING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINING AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI
Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari sifatida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha turli xil takliflarni keltirishimiz mumkin:
- tashkiliy mexanizmlar;
– har xil turdagi kafolatlar tizimi;
- fuqarolik-huquqi va konstitutsiyaviy erkinliklar jihatidan himoya qilish;
- sud mexanizmlaridan foydalanish;
- biznes ombudsman orqali.
Davlatning tadbirkorlarning huquqlari buzilgan taqdirda odil sudlovni kafolatlovchi vositalarini ta’minlab berishi o‘ziga xos qiyinchiliklar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bu masalada huquqiy munosabatlarning ayrim ishtirokchilarining (davlatning) huquqlarini himoya qilish bilan bir qatorda, ishtirok etish shaklidan qat’i nazar boshqa barcha ishtirokchilarga (shu jumladan tadbirkorlarga) teng darajada himoya qilishni nazarda tutadigan teng himoya tamoyiliga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.
Zarar turlari va noqonuniy xatti-harakatlar oqibatlari ko‘lami keng bo‘lgan vaziyatda ushbu muammoni hal qilish qiyin (masalan, tadbirkorlarning “obro‘siga” zarar yetkazish oqibatlarining butun doirasini aks ettirishning imkoni yo‘q). Shu nuqtayi nazardan, davlatning fuqarolik javobgarligi subinstitutining muhofaza (himoya) funksiyasini amalga oshirish, faqat tadbirkorlarning o‘z manfaatlarini davlat tomonidan zararlardan muhofaza (himoya qilish) bo‘yicha subyektiv huquqlari amalga oshirilishining aniq chegaralariga ega bo‘lgan taqdirdagina samarali bo‘ladi.
Tadbirkorlarning huquqlari shaxsiy nomulkiy huquq bo‘lib, unga yetkazilgan zararni davlat tomonidan qoplanishi holati va manfaatlarini himoya qilish huquqi uning tadbirkorlik faoliyati tugatilgan paytdan boshlab tugaydi.
Ushbu himoya institutida davlatning noqonuniy harakatlaridan himoya qilish, umumiy va maxsus qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu paragrafda tadbirkorning davlat tomonidan zarar ko‘rgan taqdirda manfaatlarini himoya qilish huquqi chegaralarini hamda huquq va majburiyatlarning umumiy muvozanati haqida gap boradi.
Shu nuqtayi nazardan, biz huquqiy kafolatlar institutini rivojlantirish zarurligini, davlat tomonidan zarar yetkaziladigan vaziyatda tadbirkorning o‘z manfaatlarini himoya qilish (muhofaza etish) bo‘yicha subyektiv huquqini amalga oshirish mexanizmi sifatida ko‘rib chiqamiz.
Huquqiy (yuridik) kafolatlarning nazariy masalalari ko‘pincha tadqiqotchilar e’tiborini tortadi. Shu bilan birga, ushbu institutning amaliy jihatlariga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar mavjud bo‘lib jumladan: har xil turdagi kafolatlar[46], kafolat subyektlari, kafolatning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari[47] masalalarida tadqiqotlar olib borilgan.
Qoida tariqasida, huquqiy kafolatlar deganda jamiyatda inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquqiy choralar tushuniladi, bunday himoya mexanizmini shakllantirish bilan, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash asosiy maqsad qilib olinadi.
A.B. Loshkarev ta’kidlashicha, huquqiy kafolatlar – bu “normativ va huquqiy ko‘rsatmalarda ifodalangan huquqiy vositalar, ularni amalga oshirish boshqa normativ-huquqiy talablarni ta’minlashi yoki amalga oshirish imkoniyatini beradi”[48].
Olimlarning ta’kidlashicha: 1) huquqiy kafolatlar qonuniy vositalar orqali amaga oshiriladi; 2) huquqiy kafolatlar huquqiy tizimda o‘ziga xos, sifat jihatidan yangi shakllanishni anglatmaydi; 3) huquqiy kafolatlarni o‘rganish ularning funksional maqsadi, ularning huquqiy tartibga solish muammolarini maqbul yechish vositasi sifatidagi rolini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Shunga qaramay, shuni ta’kidlash kerakki, davlat yuridik shaxsining, shuningdek tadbirkorlarga nisbatan davlat kafolatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Ular orasida: 1) kafolatlar mazmuni va ularni taqdim etish shartlari davlat tomonidan normativ tarzda belgilanadi; 2) davlat kafolatlar ijrochisi sifatida tegishli organlar va mansabdor shaxslarni belgilaydi; 3) mas’ul davlat organlari tomonidan qonuniy kafolatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlar ushbu kafolatlar ijrosini ta’minlash uchun yuqori turuvchi organga, ya’ni davlatni boshqarish huquqiga ega bo‘lgan boshqa davlat organlariga murojaat qilishlari shart. Davlat organi yoki mansabdor shaxs jamoat manfaatlarining kafili va xalq vakili, shuningdek tegishli nazorat tizimini ta’minlash majburiyatini oladi; 4) qonun chiqaruvchi, bir tomondan, tadbirkorlarning huquqlari kafolatlarini me’yoriy ta’minlab, tadbirkorlik subyektini davlatga “teng huquqli sherik”ga aylantiradi, u davlatga nisbatan qonuniy da’volar bilan murojaat qilish huquqiga ega hisoblanadi; davlat bu talablarni qondirishga majburdir. Faqatgina bunday majburiyat to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbirkorning tegishli huquqlari davlat tomonidan ta’minlangandagina o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, ma’lum bir qonunda tadbirkorlar uchun bir qator kafolatlar ko‘zda tutilgan, ammo tadbirkorlar ularni hammasini amalga oshira olmaydilar, chunki amalga oshirishga mas’ul shaxslarning zaruriy harakatlarini tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlari mavjud emas hisoblanadi.
Adabiyotda tadbirkorlar uchun davlat kafolatlariga nisbatan turli xil yondashuvlar mavjud. Shunday qilib, I.O. Botkin ta’kidlashicha “qonunchilik va normativ hujjatlarda mustahkamlangan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatini va uning shakllarini tanlash erkinligini belgilaydigan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadigan va ta’minlaydigan chora-tadbirlar, vositalar va usullar tizimini ko‘rsatadi hamda tadbirkorlarning subyektiv huquqlarini amalga oshirilishini ta’minlovchi, shuningdek, ularni muhofaza qilish va himoya qilishni ta’minlaydigan tadbirkorlik faoliyatining barqaror asoslarini ta’kidlaydi.
Ushbu ta’rifga ko‘ra himoya qilish predmeti – “chora-tadbirlar, vositalar va usullar tizimi” yetarli bo‘lmagan holatlarda, tadbirkorning o‘z manfaatlarini muhofaza qilish (himoya qilish) bo‘yicha subyektiv huquqining kafili bo‘lishga qodir bo‘lgan davlat zarar yetkazish holatida asosiy rolga o‘tadi.
V.V. Volkovningning pozitsiyasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u tadbirkorlik faoliyatining davlat kafolatlari “qonunda belgilangan va qonunchilikda mustahkamlangan tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi vositalar va usullarning ko‘p bosqichli tizimi” deb hisoblaydi. Ushbu ta’rif davlatni kafil sifatida ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi, lekin potensial huquqlar kafolati sifatidagi davlatning pozitsiyasini va fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi sifatida davlatga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvining dastlabki shartlarini yaratadi[49].
Bundan tashqari, G.O. Vergasovning ta’kidlashicha, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda xususiy mulk huquqini ta’minlash kafolatlarini ko‘rib chiqqan “xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi ham davlat tomonidan, ham fuqarolik jamiyatining o‘zi tomonidan o‘rnatilgan kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi”, deb hisoblaydi. Ikkinchisi, mulkdorning irodasi natijasidagi harakatlari bilan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy mulkni yaratish, sotib olish va himoya qilish huquqi sifatida tushuniladi.[50]
Tadbirkorlik faoliyatidagi kafolatlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi kafolatlar masalasi ko‘pincha investitsiya faoliyatini huquqiy tartibga solish muammosi doirasida yuzaga keladi. Shu bilan birga, chet ellik investor huquqlarining ko‘pgina kafolatlari qonun chiqaruvchi tomonidan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida” Qonunga binoan tartibga solinadi. Qonunning 15-moddasida investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari belgilangan bo‘lib unga ko‘ra, davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular o‘zlari vakolatli bo‘lgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarni ko‘rishi mumkin.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Davlat investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish joyi bilan bog‘liq holda, shuningdek investorlarning yoki investitsiyalarning kelib chiqish mamlakatiga qarab investorlarni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikni kafolatlaydi.
Investor tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa investorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak. Bunda davlat tadbirkorlik subyektining hamta’sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) sifatida boshqa ta’sischilar (aksiyadorlar, ishtirokchilar) kabi teng huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Shuningdek, davlat tomonidan investor turli xildagi kafolatlar belgilangan hisoblanadi.
Jumladan, qonunning 62-moddasida investitsiya faoliyati subyektlariga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash tartibi belgilangan bo‘lib unga ko‘ra,
Investitsiya faoliyati subyektiga investitsiya faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish munosabati bilan yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash qonunda belgilanadi.
Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ushbu organlar tomonidan investitsiya faoliyati subyektlarining xo‘jalik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashilgan hollarda yetkazilgan zararlarning o‘rni qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi.
Davlat organining (mansabdor shaxsning) g‘ayriqonuniy ma’muriy hujjat chiqarishi natijasida investitsiya faoliyati subyektlariga yetkazilgan zararlarning o‘rni sudning qarori asosida davlat tomonidan, birinchi navbatda tegishli organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olgan holda qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi lozim.
Chet el investorlarining huquqlarini himoya qilish mexanizmi sifatida huquqiy kafolatlardan tashqari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, maxsus investitsiya rejimini yaratish, milliy va xalqaro qonunchilikni birxillashtirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimidan faol foydalanish, sug‘urta va kabi boshqa huquqiy vositalar qo‘llaniladi.[51]
Shuningdek, O‘zbekiston Republikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga binoan Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari belgilangan bo‘lib, unga muvofiq, davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daxlsizdir va davlat tomonidan himoya qilinadi.
Tadbirkorlik subyekti mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Tadbirkorlik subyektlarining o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi[52].
Bundan tashqari, qonunning 23-moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari belgilangan bo‘lib, ushbu moddaning 5-qismiga binoan Mulk huquqini bekor qiladigan qonun hujjati qabul qilingan taqdirda, ushbu hujjatni qabul qilish natijasida mol-mulkning mulkdori bo‘lgan tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan mol-mulkning qiymati davlat tomonidan qoplanadi. Zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan hal qilinadi. Mulk huquqi bekor qilinganda olib qo‘yilayotgan mol-mulkning qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, mulk huquqi bekor qilingan paytdagi holatga ko‘ra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Qonunning 38-moddasiga binoan tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi o‘rnatilgan bo‘lib, unga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan boy berilgan foyda bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘la hajmda qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxs zimmasiga qonunga binoan zararning o‘rnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin[53].
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat qabul qilinishi natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararlarning o‘rni davlat tomonidan yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan sudning qarori asosida qoplanishi kerak. Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari aybi bilan yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash sud qarori bilan mazkur mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Shunday qilib, O‘zbekiston qonunchiligida investorlarga beriladigan huquqiy kafolatlar sonining rasmiy ravishda ko‘payishi, chet el investitsiyalarini kafolatlashning huquqiy mexanizmi samaradorligini, shu jumladan zarar yetkazilgan taqdirda zararni qoplashni samarali ravishda amalga oshirilishiga olib keladi.
Ko‘rinib turibdiki, investorlar huquqlarining huquqiy kafolatlarini amalga oshirish muammosi tadbirkorlar huquqlarining huquqiy kafolatlarini amalga oshirishning kompleks muammosining faqat bir qismidir. Shunga qaramay, allaqachon ushbu tahlil natijalari, shuningdek ishning avvalgi qismlarida davlat tomonidan tadbirkorlarning huquqlari buzilishini o‘rganish natijalari (davlatning fuqarolik huquqiy munosabatlaridagi ishtiroki uch jihatdan), bir qator xulosalar qilish mumkin ko‘rinadi:
Zarar yetkazilgan taqdirda davlatning zararni qoplash majburiyatlarini nazarda tutadigan tadbirkorlar huquqlarining huquqiy kafolatlari tabiatan juda xilma-xildir, natijada ularning har birini qoidalar bilan belgilash mumkin emas, ya’ni yagona qonunda barcha huquqiy kafolatlarni bir joyda jamlashning imkoni yo‘q;
yuridik kafolatlar turli darajadagi (xalqaro, malakat miqiyosida, mintaqaviy, mahalliy) normativ-huquqiy hujjatlarda mavjud bo‘lib, ular tadbirkorlar ishtirokida turli xil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi (soliq, fuqarolik, ma’muriy, jinoiy va boshqalar), shu jumladan, o‘zaro faoliyat jarayonida bu huquq sohalar to‘qnash kelishi mumkin.
Tadbirkorlarga davlat tomonidan zarar yetkazilgan taqdirda ularning huquqlarining huquqiy kafolatlarini o‘z ichiga olgan ko‘plab huquqiy normalar mavjudligiga qaramay, ularni O‘zbekiston qonunchiligida amalga oshirishning samarali mexanizmlari hanuzgacha etishmayapti;
Mintaqaviy qonunchilikda investorlar (tadbirkorlar) huquqlarining o‘zlarining huquqiy kafolatlarini ishlab chiqish, shuningdek qonunchilikda mavjudlarini aniqlab berish amaliyoti o‘z samarasini ko‘rsatdi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi tadbirkorlarning huquqlari davlat tomonidan buzilgan taqdirda, ularning huquqlarining huquqiy kafolatlarini amalga oshirish mexanizmining samaradorligiga, agar tadbirkorlarning subyektiv huquqining quyidagi elementlarini amalga oshirilishiga imkon beradi. Ushbu mexanizm asosida tashkil etiladigan huquqiy normalarni shakllantirishda ularning huquqlarini himoya qilishda quyidagilar e’tiborga olinadi: a) tadbirkorning o‘z manfaatlarining davlat manfaatlari bilan tengligi huquqi; b) davlatdan fuqarolik huquqining teng huquqli subyekti sifatida o‘z majburiyatlari yuzasidan vazifalarini bajarilishini talab qilish huquqi.
Bundan tashqari, qonunchilik doirasida tadbirkorlarning huquqlarini davlat tomonidan buzilgan taqdirda, ularning huquqlari yetarli darajada himoya qilinishini ta’minlaydigan yagona huquqiy kafolatlar tizimini ishlab chiqish zarur bo‘lib hisoblanadi.
Shu bilan birga, tadbirkorlar huquqlarining asosiy huquqiy kafolatlari quyidagilar bo‘lishi kerak:
tadbirkorlar tomonidan qo‘llaniladigan qonun hujjatlari to‘g‘ri bajarilishi va o‘zgarishlarga duch kelmasligi kafolati;
rekvizitsiya, davlat tasarrufidan chiqarish va tadbirkorlarning xususiy mulkiga nisbatan tomonlarning kelishuvida ko‘zda tutilmagan boshqa aralashuv shakllaridan kafolat;
Amaldagi qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish kafolati;
faoliyatning ayrim turlari uchun taqdim etiladigan imtiyozlarni berish kafolati (qoida tariqasida kompensatsiya to‘lovlarini nazarda tutadigan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalar);
davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati bilan bog‘liq zarar yetkazish xavfini sug‘urtalash kafolati.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Rahbariy adabiyotlar
1.1. Sh.M. Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017-yil 14-yanvar. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.-104 b.
1.2. Sh.M. Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. / Sh. M. Mirziyoyev.
– Toshkent.: O‘zbekiston, 2017. -592 b.
1.3. I.A. Karimov. 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. –T.: “O‘zbekiston”, 2015.- 72.b.
1.4. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” – T.: “Manaviyat”, 2008. 106-bet.
2. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari
2.1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son
2.2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Rasmiy nashr – O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi –T.:Adolat, 2020-y.-560 b.
2.3.“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida” qonun. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, (26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
2.4. “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda)
2.5. “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” Qonun. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
2.6. “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (03/21/669/0060-son)
2.7. “Davlat xaridlari to‘g‘risida” Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
2.8. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2019-y., 09/19/911/4028-son
2.9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
F–5491-sonli farmoyishi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 08/19/5491/3513-son.
2.10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.//Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019 y., 06/19/5892/4134-son
2.11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 y., 06/18/5428/1158-son.
3. Milliy ilmiy adabiyotlar:
3.1. Rahmonqulov H. Fuqarolik huquqining subyektlari. –Toshkent: TDYI, 2008.
3.2. Zokirov I. Fuqarolik huquqi. –Toshkent: TDYI, 2006.
3.3. Egamberdieva N. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning asoslari va shakllari. –Toshkent: TDYI, 2007.
3.4. Oqyulov O. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llash asoslari // Qonun himoyasida. 1999. – №9.
4. Xorijiy ilmiy adabiyotlar:
- Амосов С.С. Актуальные проблемы механизма гражданско-правовой
ответственности юридических лиц: Автореф. дис. … канд. юрид. наук. -Екатеринбург, 2001. – 20 с.
4.2 .Алдошин О.Н. Ответственность государства по обязательствам во
внутреннем гражданском обороте // Журнал российского права. – 2001. – №2 1.-С. 15-24.
4.3. Грибанов В.П. Осуществление и защита гражданских прав / Грибанов В.П.; Науч. ред.: Ем B.C.; Редкол.: Козлова Н.В., Корнеев С.М., Кулагина Е.В., Панкратов П.А.. – 2-е изд., стереотип. – М.: Статут, 2001. – 411 с.
4.4. Кирилова Н. А. Гражданско-правовая ответственность государства: Автореферат дис. … канн. Юрид. наук: 12.00.03. – М., 2003. – 27 с.
4.5. Суханов Е.А. Об ответственности государства по гражданско-правовым обязательствам //Вестник ВАС РФ. – 2001. – № 3. – С. 122.
4.6. Аристов С.В. Ответственность за нарушение обязагельств в системе мер гражданско-правового воздействия // Юрист. – 1997. – № 10. – С. 35 – 44.
Братусь С.Н. Юридическая ответственность и законность (очерк теории). М., 2001. 208 с.
4.7.Минаков И. А. Гражданско-правовое регулирование возмещения государством вреда, причиненного органами государственной власти и их должностными лицами. Дисс … кандидата юридических наук: 12.00.03.- Москва , 2006 – 202 с.
4.8.Михайленко О.В. Имущественная ответственность за вред, причиненный осуществлением публичной власти: теоретические аспекты и проблемы ее реализации на практике.-М.: Волтерс Клувер.2007.- 352 с.
4.9.Муравский, В. Ф. Гражданско-правовая ответственность за вред, причиненный правоохранительными органами: дисс… кандидата юридических наук: 12.00.03.- Москва , 2006 – 171 с.
4.10.Рипинский С. Ю. Имущественная ответственность государства за вред, причиняемый предпринимателям незаконными действиями (бездействием) органов исполнительной власти: дис. … канд. юрид. наук: 12.00.03. – СПб., 2002.-203 с.
4.11.Романова В.В. Юридическая ответственность государства. Дис. … канд. юрид. наук: 12.00.01. – Тольятти, 2007. – 165 с.
4.12.Суханов Е.А. Система частного права // Вестник Московского университета. 1994.- №4.- С. 26-33.
4.13.Суханов Е.А. Гражданское право: т. 2. / отв. ред.– 2-е изд., перераб. и доп. М., 2009. С. 423.
4.14.Грибанов В.П. Ответсвенность за нарушение гражданских прав и обязанностей. – С.38 – 40
4.15. Иоффе О.С. Ответственность по советскому гражданскому праву. – Л., 1955. – С. 7-8; Обязательственное право. – М., 1975. – С. 95.
4.16.Хохлов В.А. Гражданско-правовая ответственность за нарушение договора: Автореф. дис. ••• Д-ра юрид. наук. – Саратов, 1998. – С. 7.
4.17.Обеднин В.К. О некоторых аспектах юридического иммунитета// Подходы к решению проблем законодательства и правоприменения: Сб. науч. трудов. – Омск. – 1997. – Вып. 2. – С. 91
4.18.Шалланд J1.A. Иммунитет народных представителей. Том I. – Юрьев, 191 1. – С. 5.
4.19.Лаптев В.В. Предмет и система хозяйственного права. – М., 1969. – С. 26 – 44; Новоселов В.И. К вопросу об административных договорах // Правоведение. – 1969. – № 3. – С. 40 – 45.
4.20.Суханов Е.А. Об ответственности государства по гражданско-правовым обязательствам // Вестник ВАС РФ. – 2001. – № 3. – С. 122.
4.21.Сунгуров К.К. Правовые вопросы соглашений между государством и частными иностранными инвесторами (на примере договоров об изысканиях нефтяных месторождений): Автореф. дис. … канд. юрид. наук. – М., 2000. – С. 17.
4.22.Андреевой Д.В. (Правовые проблемы обеспечения государственных нужд // Государство и право. – 1999. – № 8. – С. 29.
4.23. Эрделевский А. Правосудие и право на возмещение вреда// Закон. – 1997. -№ 4. – С. 76.
4. 24.Кун А.П. Возмещение вреда, причиненного гражданину актами власти: Автореф. дис. … канд. юрид. наук. – Л., 1984. – С.
5. Internet manbalari:
www.un.org/ru/documents/decl_conv/declarations/summitdecl.shtml
ppp-certification.com/ppp-certification-guide/11-defining-ppps-purpose-ppp-certification-guide
Сайт Датского института предпринимательства и строительства. Доступно с: <htpp:/www.deaca.dk/ publicprivatepartnership>
www.inscience.uz/index.php/socinov/article/view/338/352
ALIJONOV AYUBJON QOBILJON O‘G‘LI
DAVLATGA NISBATAN
FUQAROLIK-HUQUQIY
JAVOBGARLIKNI
QO‘LLASH MUAMMOLARI
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir O. Choriyev
Muharrir Sh. Jahonov
Musahhih M. Patillayeva
Texnik muharrir U. Sapayev
Dizayner D. Rajapov
08.09.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 3,25 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 152-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-u
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2019 y., 08/19/5464/2891-son ↑
-
Гражданское право: т. 2. / отв. ред. Е.А. Суханов. – 2-е изд., перераб. и доп. М., 2009. С. 423. ↑
-
Egamberdiyeva N. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning asoslari va shakllari. –Toshkent: TDYU, 2007. -34 b. ↑
-
См.: Грибанов В.П. Ответсвенность за нарушение гражданских прав и обязанностей. – С.38 – 40 ↑
-
См.: Иоффе О.С. Ответственность по советскому гражданскому праву. – Л., 1955. – С. 7-8;
Обязательственное право. – М., 1975. – С. 95. ↑
-
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Rasmiy nashr – O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi –T.:Adolat, 2020-y. ↑
-
Rahmonqulov H. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismiga umumiy tavsif va sharhlar. –Toshkent: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 1997. -100 b. ↑
-
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Rasmiy nashr – O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi –T.:Adolat, 2020 y. ↑
-
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Rasmiy nashr – O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi –T.:Adolat, 2020 y. ↑
-
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Rasmiy nashr – O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi –T.:Adolat, 2020 y. ↑
-
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Rasmiy nashr – O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi –T.:Adolat, 2020 y. ↑
-
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Rasmiy nashr – O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi –T.:Adolat, 2020 y. ↑
-
См.: Хохлов В.А. Гражданско-правовая ответственность за нарушение договора: Автореф. дис. ••• Д-ра юрид. наук. – Саратов, 1998. – С. 7. ↑
-
Танеев Р. Р. Гражданско-правовая ответственность за нарушения в сфере рынка ценных бумаг : Автореферат дис. … канд. юрид. наук: 12.00.03. – Казань, 2001. – С. 4. ↑
-
I.B. Zokirov. Fuqarolik huquqi. — T., TDYI. 2006 ↑
-
Обеднин В.К. О некоторых аспектах юридического иммунитета// Подходы к решению проблем законодательства и правоприменения: Сб. науч. трудов. – Омск. – 1997. – Вып. 2. – С. 91 ↑
-
Шалланд J1.A. Иммунитет народных представителей. Том I. – Юрьев, 191 1. – С. 5. ↑
-
Durga D. B. Administrative law/ D.B. Durga. – 2nd Edition. – Calcutta.- 2004. – P. 378. ↑
-
См., например: Европейская конвенция об иммунитете государств от 16 мая 1972 г. // Международное частное право: Сбор, документов / Сост. К.А. Бякешев, А.Г. Ходаков. – М., 1997. – С. 41 – 55 ↑
-
Сделки, оформляющие закупку товаров для государственных нужд, в русском праве именовались казенными поставками (подрядом). В дореволюционном гражданском законодательстве поставочные правоотношения с участием казны регламентировались Положением о казенных подрядах и поставках. (См.: Красик A.B., Элькин Б.И. Положение о казенных подрядах и поставках. – Петроград, 1915). ↑
-
См.: Лаптев В.В. Предмет и система хозяйственного права. – М., 1969. – С. 26 – 44; Новоселов В.И. К вопросу об административных договорах // Правоведение. – 1969. – № 3. – С. 40 – 45. ↑
-
См.: Об отдельных рекомендациях, принятых на совещаниях по судебно-арбитражной практике: Информационное письмо ВАС РФ от 19 августа 1994 г. № 1-7/оп-587 // Вестник ВАС РФ.- 1994. – № 1 1. – С. 67. ↑
-
См.: Участие государства в коммерческой деятельности, – М., 2001. – (Государство и экономика). ↑
-
См.: Суханов Е.А. Об ответственности государства по гражданско-правовым обязательствам // Вестник ВАС РФ. – 2001. – № 3. – С. 122. ↑
-
См.: Сунгуров К.К. Правовые вопросы соглашений между государством и частными иностранными инвесторами (на примере договоров об изысканиях нефтяных месторождений): Автореф. дис. … канд. юрид. наук. – М., 2000. – С. 17. ↑
-
“Mahsulotlarni taqsimotiga oid bitimlar to’g’risida” 2001-yil 7-dekabr, 312-II sonli qonun (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda ↑
-
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” gi Qonun. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 03/21/669/0060-son ↑
-
“Davlat xaridlari to‘g‘risida” Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son ↑
-
Иное мнение («государственные заказчики… являются по существу представителями государства…») высказано Д.В. Андреевой (Правовые проблемы обеспечения государственных нужд // Государство и право. – 1999. – № 8. – С. 29. ↑
-
См.: Эрделевский А. Правосудие и право на возмещение вреда// Закон. – 1997. -№ 4. – С. 76. ↑
-
Кун А.П. Возмещение вреда, причиненного гражданину актами власти: Автореф. дис. … канд. юрид. наук. – Л., 1984. – С. ↑
-
Ярошенко К.Б. Указ. соч. – С. 137. ↑
-
Rahmonqulov H. Fuqarolik huquqining subyektlari. –Toshkent: TDYUI, 2008. ↑
-
Egamberdieva N.X. Fukarolik-huquqiy javobgarlikning asoslari va shakllari. T.: TDYUI 2007. – 61 b. ↑
-
Ярошенко К.Б. Возмещение вреда, причиненного гражданам действиями должностных лиц// Советское государство и право. – 1982. – № 8. – С. 136. ↑
-
Чорновол Е.Н. Возмещение вреда, причиненного гражданам незаконнымидействиями государственных и общественных организаций, а также должностных лиц: Автореф. дис. … канд. юрид. наук. – Свердловск. -1983. -21 с. ↑
-
Цветков СБ. Гражданско-правовая ответственность за вред причиненный государственными органами, органами местного самоуправления, а также их должностными лицами: Автореф. дис. … канд. юрид. наук. – Волгоград, 1998.-21 с. ↑
-
Кун А.П. Указ. сом. – С. 92 – 93. ↑
-
Маковский А.Л. Указ. соч. – С. 105. ↑
-
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2019-y., 09/19/911/4028-son ↑
-
Белякова A.M. Имущественная ответственность за причинение вреда. – М., 1979. – С. 14. ↑
-
Варшавский К.М. Обязательства, возникающие вследствие причинения другому вреда. – М., 1926-С. 207.1 ↑
-
Иоффе О.С. Обязательственное право. – М.: Юрид. лит., 1975. – 880 с. ↑
-
Агарков М.М. Гражданское право: Учебник для юридических институтов. – С. 335. ↑
-
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 3.02.2021-y., 03/21/673/0112-son ↑
-
Чалых И.С. Конституционно-правовые гарантии субъективных экологических прав. Дисс. … кандидата юридических наук: 12.00.02 / И.С. Чалых.- Белгород, 2010.- 226 с; Фильченко И.Г. Процессуальные гарантии принятия обоснованного судебного решения в гражданском процессе. Автореферат дис. … кандидата юридических наук: 12.00.15 / И.Г. Фильченко. – Воронеж, 2010. – 26 е.; Валеев Д.Х. Система процессуальных гарантий прав граждан и организаций в исполнительном производстве / Монография,- М.: Статут,- 2009.440 с. и др. ↑
-
Белоусов Д.В., Чепурнова Н.М. Судебная защита в механизме гарантирования прав и свобод. Конституционно-правовой аспект: монография / Белоусов Д.В., Чепурнова Н.М. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2010. – 167 е.; Голик Н.М. Конституционная жалоба как гарантия защиты прав и свобод граждан: Монография / Голик Н.М. – М.: Изд-во РГТЭУ, 2010. – 263 с. ↑
-
Лошкарев А. В. Правовые гарантии: теоретические проблемы определения понятия и классификации: Автореферат дис. … канд. юрид. наук: 12.00.01. – Краснодар, 2009.- С.8.. ↑
-
Волкова В. В. О понятии государственных гарантий предпринимательской деятельности // Вопросы гуманитарных наук. – 2008. – № 3. – С. 144-150. ↑
-
Вергасов Г. О. Юридические гарантии обеспечения права частной собственности в процессе формирования гражданского общества в современной России (теоретико- правовой аспект): Автореферат дис. … канд. юрид. наук: 12.00.01. – СПб. 2004,- С. 7 ↑
-
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son ↑
-
O‘zbekiston Republikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonun, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son ↑
-
O‘zbekiston Republikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonun, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son ↑