Demokratik jamiyatda har kim o‘zining bilim doirasi va dunyoqarashiga asoslangan holda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muammolarga doir fikr va mulohazalarini erkin bayon qilish, ma’lum hodisa va vaziyatlarga o‘zining shaxsiy bahosini berish huquqiga ega.
Fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi hamda uni ifodalash insonning eng muhim huquqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘z erkinligini, fikrlar xilma-xilligini, odamlar o‘z qarashlarini ochiq-oshkora ifoda etishini amalda ta’minlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega ekanligi mustahamlangan. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega. Mazkur erkinlikni yanada kafolatlash maqsadida “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi kabi 20 dan ortiq qonunlar qabul qilindi.
1. FIKR, SO‘Z VA E’TIQOD ERKINLIGI HUQUQINING MAZMUNI
Fikrlash erkinligi – bu so‘z erkinligi orqali amalga oshiriladigan ![]() va o‘z fikrini erkin so‘zlash hamda shu fikrlarni boshqa shaxslarning e’tiboriga havola qilishdir. So‘z hamda fikrlash erkinligini qonuniy asosda kafolatlash huquqiy demokratik davlatning ajralmas qismi hisoblanadi. |
Konstitutsiyamizning 29-moddasida qayd etilganidek: “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir”.
Insonning o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqi o‘z ichiga nimalarni qamrab oladi?
Insonning o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: | |
1) | har qanday axborotni izlash; |
2) | har qanday axborotni olish; |
3) | har qanday axborotni tarqatish; |
4) | har qanday axborotni yozma yoki nashr shaklida yoxud badiiy shaklda ifodalash erkinligini amalga oshirish imkonini beradi (istisno holatlar ham mavjud). |
Insonning so‘z va fikrlash erkinligiga nisbatan qonun hujjatlarida muayyan istisnoli holatlar belgilangan va birinchi navbatda bu holatlar xalq farovonligini va tinchligini ta’minlash, davlatning konstitutsiyaviy tuzumiga zid bo‘lmaslik, doimo taraqqiyotga xizmat qilish bilan belgilanadi. Ushbu erkinlikni suiiste’mol qilib sharm-hayosiz asarlar yaratish, fikrlash, so‘z va matbuot erkinligidan konstitutsiyaviy tuzumga qarshi maqsadda, boshqalarni badnom qilishni ko‘zlab, axborotlar izlash, olish va tarqatish huquqidan boshqalarni shaxsiy hayot sirlari yoki davlat, xizmat yoinki tijorat sirlarini oshkor etish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. Konstitutsiyamizning barcha moddalarida ham, garchi ularning matnida axborot va so‘z erkinligi, matbuot erkinligi, fikr erkinligi, e’tiqod erkinligi kabi tushunchalar ishlatilmagan bo‘lsa-da, inson va fuqarolarning ana shu huquq hamda erkinliklari ta’minlanishi, himoya etilishiga xizmat qiladi.
Insonning fikrlash erkinligi qanday amalga oshiriladi?
! | Insonning fikrlash erkinligi deganda, so‘z orqali amalga oshiriladigan, fikrini ochiq so‘zlash va boshqa shaxslarning e’tiboriga yetkazish huquqi tushuniladi. |
Ko‘p holatlarda so‘z erkinligi har bir insonning o‘z fikrini ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikr va e’tirozlarini ochiq so‘zlash erkinligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
! | Bu erkinlik quyidagi normativ huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan. 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 2) “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonun; 3) “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun; 4) “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun. |
Bir so‘z bilan aytganda, fikrlash, so‘zlash erkinligi, axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqi fuqarolarga davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etish imkonini beradi. Shu o‘rinda mustaqillik yillarida mamlakatimizda fuqarolarning so‘zlash erkinligi, axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqlarini ta’minlash borasida chuqur demokratik islohotlar amalga oshirilib kelinayotganligini qayd etib o‘tish joiz.
Ushbu qonunlarda so‘z erkinligi muayyan huquqlar bilan bir qatorda ma’lum burch va majburiyatlar mavjudligini ham taqozo etadi. Xususan, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- boshqa shaxslar huquqi va obro‘sini hurmat qilish;
- davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi sog‘lig‘i va qadriyatlarini himoya qilish.
2. FIKR, SO‘Z VA E’TIQOD ERKINLIGINING HUQUQIY ASOSLARI
Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligining huquqiy asoslari nimalarda o‘z ifodasini topadi?
Insonning so‘z va fikrlash erkinligi huquqiga doir konstitutsiyaviy normalar joriy qonunlarda rivojlantirilgan. Xususan, insonning gazeta, jurnal, televideniye va radio dasturlari va ommaviy axborot vositalari orqali ma’lumotlarni tarqatish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tartibga solinadi.

Milliy qonunchiligimizda barcha o‘tkazilayotgan islohot va jarayonlarda ommaviy axborot vositalari erkinligining suiiste’mol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liq holatlar nazarda tutilgan. Ana shu muammo bilan bog‘liq qoidalar xalqaro hujjatlarda ham ko‘zda tutilgan va bu borada tegishli kafolatlar mustahkamlab qo‘yilgan Bunga Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasi, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro Paktning 19-moddasi, “Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‘g‘risida Yevropa konvensiyasi”ning 10-moddasi va boshqa xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar misol bo‘la oladi.
Xalqaro va xorijiy amaliyotda siyosiy debatlar, shu jumladan o‘tkazilayotgan barcha islohot va jarayonlarda oshkora bildiriladigan axborot va g‘oyalarning himoya darajasi nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. Bu tushunarli va adolatli mezondir, zotan kishilar har bir odamga taalluqli bo‘lgan narsalar va voqealardan imkon qadar to‘liq xabardor bo‘lmog‘i lozim.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasiga muvofiq, “Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to‘siqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarini har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi”.

“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro Paktning 19-moddasida axborot olish, tarqatish erkinligi va kafolatlari to‘g‘risida shunday deyilgan: “Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan mustaqil holda yozma ravishda yoki matbuot vositasida yoki ifodalashning badiiy yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqacha usullarda turli axborot g‘oyalarini qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi, deyilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida belgilangan insonning fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga tegishli konstitutsiyaviy me’yorlar inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy andozalarga to‘la mos keladi.

3. FIKR, SO‘Z VA E’TIQOD ERKINLIGINI TA’MINLASHDA AXBOROT OLISH ERKINLIGI
Har kimning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqini ta’minlash davlat organlari zimmasiga buning uchun zarur sharoitlar yaratish majburiyatini yuklaydi. Buning uchun O‘zbekiston qonunchiligida axborotga ta’rif berilib, uning erkinligini ta’minlash choralari belgilangan.
Axborot deganda manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar tushuniladi.
Axborot erkinligi – har kimning axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqidir. Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.

Axborot ochiq va oshkora bo‘lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.

Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi: | |
А. | fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonunchilik hujjatlari; |
B. | ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar; |
D. | axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar; |
E. | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart. |
Eng ahamiyatlisi, davlat organlari va boshqa jamiyat manfaatlariga taalluqli axborot egalari zimmasiga uni nafaqat olish erkiligini, balki keng ommaga yetkazish majburiyati yuklangan.
![]() | Axborot egasi – qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. |
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda:
• har kimga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlab berishga;
• maqbul axborot resurslari yaratishga;
• foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar.
Davlat organlarining faoliyati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, ularning xavfsizligiga va boshqa jamiyat manfaatlarini ta’milashga qaratilgan. Shu tufayli davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni keng ommaga yetkazishning usullari va tartibi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan belgilangan.

Qonunchilikda davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish, agar mazkur axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, cheklab qo‘yilishi belgilangan.
Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hamda boshqa hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanilishi, o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilishi to‘g‘risida, vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan tegishli axborot;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• amalga oshirilishida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati sohasiga taalluqli bo‘lgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish sur’atini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir bo‘lish tartibi.
! | Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. |
Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari quyidagilardan iborat: • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish); • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni; ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish va yangilab borish; • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarga va joylarga joylashtirish hamda yangilab borish; • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish; • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish; • axborotdan foydalanuvchilarning so‘rovi asosida ularga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etish. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. |
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
4. FIKRLASH, SO‘Z VA E’TIQOD ERKINLIGINING CHEKLOVLARI VA JAVOBGARLIK
Fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi mutlaq hisoblanmaydi. Uning chegaralari har kimning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqida aniq belgilangan.
![]() | Qonunchilikda ushbu huquqdan foydalanish faqat qonunga muvofiq hamda:
|
Yuqoridagi cheklovlar, foydalanilishi cheklangan axborot hisoblanadi, ya’ni axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, cheklab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari quyidagilarni qamrab oladi:
• davlat;
• harbiy;
• xizmat sirlari.
Oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar davlat sirini tashkil etadi. Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy xususiyatga ega ma’lumotlar harbiy sirni tashkil etadi. Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi. |
Shu bilan birga, O‘zbekiston qonunchiligida ayrim axborotni cheklash taqiqlangan. Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi:

• fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonunchilik hujjatlari;
• ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar;
• axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar.
O‘zbekiston qonunchiligida fuqarolar axborot tarqatishda boshqa shaxslarga tuhmat va haqorat qilganliklari uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

ma’muriy | jinoiy |
Tuhmat | |
Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish | shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, – nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish: a) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab; b) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda; d) xavfli retsidivist tomonidan; e) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, |
Haqorat | |
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish | basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa; Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish; a) jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda; b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa. |
Shuningdek, davlat sirlarini oshkor qilish, xoinlik, farzandlikka olish va boshqa shaxsiy yoki oilaviy sirlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish uchun javobgarlik belgilangan.
5. O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATI
Ommaviy axborot vositalari fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligini ta’milovchi fuqarolik jamiyati instituti hisoblanadi. Shu tufayli 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ularga alohida e’tibor berilgan.
Taraqqiyot strategiyasining 12-maqsadi ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘lib, unda ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o‘rganishda ularning mehnatidan samarali foydalanish ko‘rsatilgan.
Taraqqiyot strategiyasining 20-maqsadi faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish bo‘lib, aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirishni ko‘zlagan Taraqqiyot strategiyasining 71-maqsadida ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarni o‘z vaqtida berib borish orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldini olishga alohida e’tibor berilgan.

Taraqqqiyot strategiyasining 74-maqsadida jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash uchun xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish nazarda tutilgan.
Jahon hamjamiyatida mamlakatimiz imidjini oshirishga qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirishni ko‘zlagan Taraqqqiyot strategiyasining 98-maqsadida:
• “Dunyo” axborot agentligi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
• Jahondagi yetakchi axborot agentliklari bilan hamkorlikni yanada jadallashtirish;
• O‘zbekiston imidjini jahon sahnasida ilgari surishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmuyini tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatimizda islohotlarning borishi, jamiyatni demokratik yangilash jarayonlari haqida xolis axborot tarqatishning samarali davom ettirish;
• O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro media makonda xolisona yoritishga qaratilgan hamkorlikni kuchaytirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining o‘zaro hamkorligi va sohada mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish hamda istiqbollarni belgilab olish uchun qulay media-maydon yaratish va boshqa tadbirlar belgilangan.
Ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirish, jurnalistika sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 27-iyunda “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–294-sonli qarori qabul qilindi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2020. – 76 b;
2. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan // https://lex.uz/uz/docs/5841063
3. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi 400-I-sonli Qonuni // https://lex.uz/docs/1319
4. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 560-II-sonli Qonuni // https://lex.uz/docs/83472
5. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi 541-I-sonli Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvarda qabul qilingan O‘RQ–78-sonli Qonuni tahririda // https://lex.uz/docs/1106870
6. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 5-mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–369-sonli Qonuni // https://lex.uz/docs/2381133
QUDRATILLAYEV JAXONGIR ZOKIRJON O‘G‘LI
YO‘LDOSHEV AZIZJON ERGASH O‘G‘LI
FIKRLASH, SO‘Z, E’TIQOD
ERKINLIGI HUQUQI
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir O. Choriyev
Muharrir Sh. Jahonov
Musahhih M. Patillayeva
Texnik muharrir U. Sapayev
Dizayner D. Rajapov
09.09.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,39 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 142-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.
QAYDLAR UCHUN
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________