KIRISH

Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda misli koʻrilmagan choralar koʻrilmoqda.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning eng samarali usuli koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olish, tibbiy niqoblarni oʻz vaqtida taqish va insonlarning oʻzaro aloqadan tiyilishidir. Jahonda, shu jumladan davlatimiz tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, oʻrnatilayotgan taqiq-cheklovlar ham insonlarning muloqot qilishini cheklanishiga qaratilgan boʻlib, bundan asosiy maqsad shu yoʻl bilan kasallikning tarqalishiga chek qoʻyib, yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatdan imkon qadar qisqa muddatda eson-omon chiqib ketishdir.

Karantin qoidalari va talablariga rioya qilmaganlik oqibatlari Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga binoan javobgarlikka sabab boʻladi.

Xususan, MJtKning “Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish” deb nomlangan 54-moddasi binoan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksi 2571-moddasi binoan sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida barchamiz qonun talablariga va karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga oʻz hissamizni qoʻshishimiz, uydan chiqqanda, albatta, tibbiy niqob taqishimiz, koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olish, tozalik va karantin qoidalariga ogʻishmay amal qilishimiz lozim.

I. KARANTIN QOIDALARIGA RIOYA QILMASLIK OQIBATLARI

1. Koronavirus pandemiyasi sharoitida karantin qoidalari haqida nimalarni bilasiz?

Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish orqali misli koʻrilmagan choralar koʻrilmoqda.

Biroq, OAV orqali muntazam ravishda maʼlumot va tushuntirishlar berib borilayotgan boʻlishiga qaramasdan eʼtiborsizlik, loqaydlik sabab fuqarolarning sogʻligʻi va hayotini saqlab qolish maqsadida davlatimiz tomonidan oʻrnatilgan yoki oʻrnatilayotgan tartib-qoidalarga hamma vaqt ham rioya qilinmayapti. Natijada kasallikni tarqalishi shiddat bilan avj olmoqda.

Xususan, 2-aprel 2020-yilgacha dunyo miqyosida befarqlik va beparvolikni bahosi qanday boʻlgan edi?

AQShdagi Jon Xopkins universiteti tomonidan 2-aprel
2020-yilgacha boʻlgan koronavirus pandemiyasi maʼlumotlari:

1) dunyo mamlakatlarida koronavirus bilan kasallanganlar soni – 857 927 nafar;

2) ushbu kasallikdan vafot etganlar soni – 42 115 nafar;

3) koronavirusdan tuzalganlar soni – 178 103 nafar.

Oʻzbekistondagi holat: 187 nafar.

Oʻzbekistonda karantin qoidalarini buzgan shaxslar soni – 17 668 nafar; shundan – 314 nafari karantin hududini tark etgan, 23 nafari toʻy, maraka oʻtkazish tartibini buzgan, 4 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, qolganlari niqob taqmagan.

AQShdagi Jon Xopkins universiteti tomonidan 2-aprel 2020-yilgacha boʻlgan koronavirus pandemiyasi maʼlumotlari va Oʻzbekistonda oʻsha davrda mavjud maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, koronavirus pandemiyasi tarqalgan dastlabki davrda befarqlik va beparvolikni bahosi qimmatga tushgan edi.

Koronavirus pademiyasi, uning oqibatlari, eng muhimi ushbu virusni bartaraf etishning chora-tadbirlari toʻgʻrisida barcha ommaviy axobrot vositalari orqali aholimizga toʻxtovsiz maʼlumot, tushuntirish va tavsiyalar berib borilyapti. Shu bilan birgalikda vaziyatdan kelib chiqib muayyan izchillikda koronavirus pandemiyasini tarqalishining oldini olish hamda, birinchi navbatda, aholining hayoti va sogʻligini himoya qilish maqsadida karantin holati eʼlon qilinib, bajarilishi barcha fuqarolar uchun majburiy boʻlgan qatʼiy chora-tadbirlar belgilanib kelinmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, epidemiyaga qarshi kurashning eng samarali usuli – bu koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olish, tibbiy niqoblarni oʻz vaqtida taqish va insonlarning oʻzaro aloqadan tiyilishidir, yaʼni ularning bir-biri bilan boʻladigan muloqotni muayyan masofada cheklashdir.

Jahonda, shu jumladan davlatimiz tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, oʻrnatilayotgan taqiq-cheklovlar ham insonlarning muloqot qilishini cheklanishiga qaratilgan boʻlib, bundan asosiy maqsad shu yoʻl bilan kasallikning tarqalishiga chek qoʻyib, yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatdan imkon qadar qisqa muddatda eson-omon chiqib ketishdir.

OAV orqali muntazam ravishda maʼlumot va tushuntirishlar berib borilayotgan boʻlishiga qaramasdan eʼtiborsizlik, loqaydlik sabab fuqarolarning sogʻligʻi va hayotini saqlab qolish maqsadida davlatimiz tomonidan oʻrnatilgan yoki oʻrnatilayotgan tartib-qoidalarga hamma vaqt ham rioya qilmayapti, yaʼni hayotiy zaruratsiz koʻchaga chiqish, uch kishidan ortiq boʻlib koʻchada maqsadsiz sayr qilib yurish, u-bu sabablar bilan ziyofatlarni ham uyushtirib turilibdi, jamoat joylari hisoblangan bozor, doʻkonlar va boshqa joylarda esa ikki metrlik masofani saqlamayapti va boshqa shu kabi huquqbuzarliklarni sodir etilyapti. Buni aniqlangan qoidabuzarliklar soni ham koʻrsatib turibdi.

Oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmaslik sabablaridan birini ayrim hollarda karantin holati sharoitida ularning mazmun-mohiyatini toʻliq tushunib yetmaslik boʻlyapti. Natijada fuqaroning qonun bilan qoʻriqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni buzishga qaratilgan huquqbuzarga aylanib qolishida deb izohlash mumkin boʻladi.

Shu bois mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida eʼlon qilingan karantin holati vaqti – 2020-yil 16-mart kunidan boshlab oʻrnatilgan edi, mamlakatimiz aholisi tomonidan birday amal qilinishi va majburiy boʻlgan tartib-qoidalarning mazmun-mohiyati hamda ularni buzilishi esa muqarrar javobgarlikka sabab boʻladi.

Karantin – maʼlum hududni koronavirus infeksiyasi tarqatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yoʻqotishga hamda koronavirus infeksiyasining bir joydan boshqa hududlarga tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan maʼmuriy va sanitariya-epidemiologik tadbirlar majmuyi hisoblanadi.

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasiga koʻra esa “Karantin” – yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan maʼmuriy, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yid 29-yanvardagi F-5537-son farmoyishi bilan Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari belgilab berildi. Bu komissiyaga Hukumatimizning 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 176-son qarori bilan mamlakatimizning butun hududiy boʻyicha amal qiladigan karantin yoki cheklovchi tadbirlarni kiritish boʻyicha vakolatlar berildi.

Shunga koʻra, Respublika komissiyasining qarori bilan xalqaro va mamlakatimizdagi vaziyat tahlilidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich u yoki bu taqiqlovchi, cheklovchi tadbirlar joriy etib borilmoqda.

Soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Sogʻliqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qoʻshimchalar kiritildi:

– 2021-yil 28-iyunidan 12-iyuliga qadar Toshkent shahriga qoʻshni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali oʻta zarurat boʻlmagan hollarda kirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatildi;

– xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta boʻlgan barcha qatlamini oʻzlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;

– 2021-yilning 28-iyunidan boshlab respublika boʻylab koʻngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter oʻyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;

– koʻngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sigʻimining 50 foizidan qatʼiy oshirmagan holda xizmat koʻrsatish belgilandi.

Shuningdek, Hukumatimizning yuqoridagi qarori bilan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar – Respublika komissiyasining qarorlariga, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va epidemiyaga qarshi kurashishga jalb etilgan boshqa davlat tashkilotlarining qonuniy talablariga rioya etishga, Oʻzbekistonga qaytib kelganligi, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda boʻlgan vaqti va joyi toʻgʻrisida zudlik bilan sogʻliqni saqlash organlariga maʼlumot berishga, oʻzida kasallik alomatlari vujudga kelganda kasallik yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaxslar va harakatlanish yoʻnalishlari haqida zudlik bilan sogʻliqni saqlash organlariga maʼlumot berishga, 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida boʻlishga, sanitariya va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari va izolyatsiya rejimida boʻlishga oid talablarga qatʼiy rioya etish, shu jumladan tibbiy himoya vositalarini qoʻllash va jamiyatda bir-birlari orasida masofani saqlashga, sogʻliqni saqlash organlari tomonidan tayinlanadigan tibbiy tekshiruv va davolanishdan oʻtishga majbur ekanliklari ham belgilab qoʻyildi.

Mazkur majburiyatlarga rioya qilmaslik nafaqat maʼmuriy, balki jinoiy javobgarlikni ham keltirib chiqarishi mumkin.  

Qayd qilingan tartib-qoidalarga rioya qilishning eng oson va toʻgʻri yoʻli – bu imkon qadar boshqalar bilan muloqotda boʻlmaslik, karantin qoidalari va talablariga qatʼi ogʻishmay rioya qilishdir.

2. Karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Bugungi kunda dunyo hamjamiyati va mamlakatimizni tashvishga solayotgan birgina muammo bu koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hisoblanadi. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va fuqarolarining sogʻligini saqlashga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha barcha davlatlar birinchi navbatdagi zaruriy choralarni koʻrishmoqda.

Bu borada yurtimizda ham chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F–5537-son farmoyishi bilan Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi tashkil etilib, komissiya qarorlariga asosan dunyoning barcha davlatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar toʻxtatilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan shaxslarni 14 kun davomida maxsus ajratilgan tibbiyot muassasasi yoki karantin tadbirlarini tashkil etishga moslashtirilgan bazalar yoxud uy sharoitida karantinga olish talabi belgilanganligi, respublika hududidagi barcha koʻngilochar obyektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter oʻyinlari xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik faoliyati toʻxtatilganligi, ommaviy va bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, shuningdek teatr, kino va konsert dasturlari hamda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishi toʻxtatilganligi, davlat oliy taʼlim muassasalarida, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, maktabdan tashqari va maktabgacha taʼlim muassasalarida hamda barcha nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonlari toʻxtatilganligi va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan boshqa bir qator choralar koʻrilayotganligini alohida taʼkidlash lozim.

Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 176-sonli qaroriga asosan, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda fuqarolar sogʻligini saqlash maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator tezkor xavfsizlik choralari koʻrilishi bilan birga, koronavirus infeksiyasi aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda boʻlib, Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan shaxslar quyidagilarga majbur ekanliklari belgilandi:

  • Komissiya qarorlariga, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va epidemiyaga qarshi kurashishga jalb etilgan boshqa davlat tashkilotlarining qonuniy talablariga rioya etishga;
  • Oʻzbekistonga qaytib kelganligi, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda boʻlgan vaqti va joyi toʻgʻrisida zudlik bilan sogʻliqni saqlash organlariga maʼlumot berishga;
  • oʻzida kasallik alomatlari vujudga kelganda kasallik yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaxslar va harakatlanish yoʻnalishlari haqida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga maʼlumot berishga;
  • 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida boʻlishga;
  • sanitariya va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari va izolyatsiya rejimida boʻlishga oid talablarga qatʼiy rioya etish, shu jumladan tibbiy himoya vositalarini qoʻllash va jamiyatda bir-birlari orasida masofani saqlashga;
  • sogʻliqni saqlash organlari tomonidan tayinlanadigan tibbiy tekshiruv va davolanishdan oʻtishga.

Soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Sogʻliqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qoʻshimchalar kiritildi. Ular quyidagilardan iborat:

  • 2021-yil 28-iyunidan 12-iyuliga qadar Toshkent shahriga qoʻshni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali oʻta zarurat boʻlmagan hollarda kirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatildi;
  • xavfosti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta boʻlgan barcha qatlamini oʻzlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;
  • joriy yilning 28-iyunidan boshlab respublika boʻylab koʻngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter oʻyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;
  • koʻngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sigʻimining 50 foizidan qatʼiy oshirmagan holda xizmat koʻrsatish belgilandi.

Bunday karantin qoidalari va talablarining joriy etilishiga sabab ayrim fuqarolar tomonidan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarining buzilishi, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantin talablariga rioya qilmasliklardir.

Bizga maʼlumki, koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxs nafaqat oʻz hayoti va sogʻligiga, balki koronavirus infeksiyasi asosan yaqin masofada aksirganda, yoʻtalganda havodan burun va nafas yoʻllari orqali, shuningdek qoʻl berib koʻrishganda yuqishi mumkinligi inobatga olinadigan boʻlsa, bevosita boshqa shaxslarning hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdiradi.

2020-yil 26-mart kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ–613-sonli Qonunning qabul qilinishi bilan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantin talablariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishdan maqsad shaxslar tomonidan yuqoridagi kabi ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish hisoblanadi.

Yuqoridagi qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bir qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻg‘risidagi kodeksining “Maʼmuriy jazo” deb nomlangan III bobi yangi tahrirda “Maʼmuriy jazo va majburlov chorasi” deb nomlandi. Ikkinchidan, MJtK “Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash” nomli yangi 292-modda bilan toʻldirildi.

Ushbu moddaga asosan, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatda maʼmuriy jazo tayinlash bilan birga qoʻllaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.

Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan taʼminlanadi.

Jumladan, MJtKning “Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish” deb nomlangan 54-moddasi matniga quyidagi oʻzgartirish kiritildi:

“Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlish –

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, –

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.

Hozirgi masʼuliyatli kunlarda koʻpchilik fuqarolar tibbiy niqob taqmasdan koʻchaga va jamoat joylariga chiqishi holatlari koʻp kuzatilganligi sababli ularning, qolaversa qolgan shaxslarning hayoti va sogʻligini saqlash hamda himoya qilish maqsadida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi yangi tahrirda bayon qilinib, moddaning 1-qismida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlish maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ushbu harakatlar bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

Shu oʻrinda jamoat joylariga qanday joylar kiradi degan savol tugʻiladi?

Jamoat joyi deganda toʻsiqsiz kirish (boʻlish) uchun ochiq boʻlgan, yoxud fuqarolarning turli ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun moʻljallangan joydagi uchastkalar, binolar, xonalar, inshootlar, ularning qismlari, shuningdek transport kommunikatsiyalarini tushunish lozim.

Jamoat joylari tasnifi esa ularning ochiq boʻlish vaqti mezoniga asoslangan boʻlib, ular quyidagilardan iborat:

  • doimiy tusdagi jamoat joylari – hududda fuqarolarning doimiy boʻlishi yoki doimiy boʻlish imkoniyati, muayyan vaqtda faoliyat yuritish rejimi belgilanmagani va fuqarolar doimiy yashaydigan obyektlarning mavjud boʻlishi bilan tasniflanadi. Bular – transport magistrallari, koʻchalar, turar joy dahalari, mahallalar, mavzelar, mikrorayonlar hududlari, aeroportlarning, temir yoʻl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari va h.k.; 
  • vaqtincha tusdagi jamoat joylari – fuqarolarning vaqtincha boʻlishi yoki vaqtincha boʻlish imkoniyati, muayyan vaqtda faoliyat yuritish rejimi belgilangani va fuqarolar doimiy yashaydigan obyektlarning mavjud emasligi bilan tasniflanadi. Ularga xiyobonlar, maydonlar, madaniyat va istirohat bogʻlari, savdo, koʻngilochar, savdo-koʻngilochar komplekslari va markazlari, gipermarketlar, supermarketlar, bozorlar va fuqarolar ommaviy toʻplanadigan boshqa joylar va h.k. kiradi;
  • bir martalik tusdagi jamoat joylari – ommaviy jamoat, qishloq xoʻjaligi yoki boshqa ishlar va tadbirlarni, shu jumladan ular ommaviy boʻlgan paytda tantanali tadbirlar, diniy marosimlarni oʻtkazish paytida ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar va joydagi alohida uchastkalar.

Shuningdek, ushbu moddaning 2-qismida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilab qoʻyildi.

Shuni taʼkidlash lozimki, mazkur moddaning yangi tahrirda qabul qilinishi bilan moddaning 2-qismi dispozitsiyasida aynan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslikdan iborat maʼmuriy huquqbuzarliklar koʻrsatilishi bilan birga, ushbu huquqbuzarlik uchun jazo chorasi kuchaytirildi. Xususan, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha (moddaning eski tahririda uch baravaridan besh baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha (moddaning eski tahririda oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilanganligi muhim ahamiyatga ega. Yangi tahrirda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 54-moddasi sanksiyasidan koʻrinib turibdiki, bu maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan aybdor shaxslarga javobgarlik va jazo choralari kuchaytirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi yangi “Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish” deb nomlangan 2445-modda bilan toʻldirildi. Mazkur moddaning 1-qismiga koʻra, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Ushbu jinoiy harakatlarni sodir etganlik bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mustahkamlab qoʻyildi.

Ushbu moddaning 2-qismida esa ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻi orqali tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mustahkamlandi. Mazkur jinoiy qilmishni sodir etganlik bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga mazkur yangi moddaning kiritilishi karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida aholi oʻrtasida asossiz ravishda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatayotgan shaxslarga tegishli javobgarlikni belgilashga qaratilgan.

Shu bilan birga, Jinoyat kodeksining 2571-moddasi yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu moddaning 1-qismida sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarganligi yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilandi-yu Mazkur jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha (moddaning eski tahririda uch yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mustahkamlandi. Yangi tahrirda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2571-moddasi 1-qismi sanksiyasidan koʻrinib turibdiki, bu jinoiy qilmishni sodir etgan aybdor shaxslarga javobgarlik va jazo choralari kuchaytirildi.

Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2571-moddasining 2-qismida oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha (moddaning eski tahririda uch yildan besh yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi, 3-qismida esa oʻsha qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, yetti yildan oʻn yilgacha (moddaning eski tahririda besh yildan sakkiz yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qoʻyildi. Yangi tahrirda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2571-moddasi 2-3-qismlari sanksiyasidan koʻrinib turibdiki, bu jinoiy qilmishni sodir etgan aybdor shaxslarga javobgarlik va jazo choralari kuchaytirildi.

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Maʼmuriy javobgar toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan yuqoridagi oʻzgartish va qoʻshimchalar koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, fuqarolarning hayoti va sogʻligini muhofaza qilish, jamoat xavfsizligi va tartibini saqlashga koʻrsatishi mumkin boʻlgan salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida barchamiz yuqoridagi qonun talablariga va karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga oʻz hissamizni qoʻshishimiz, uydan chiqqanda, albatta, tibbiy niqob taqishimiz, ommaviy va koʻngilochar tadbirlar uyushtirmasligimiz va bundan tadbirlarda qatnashmasligimiz, koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olish, tozalik va tibbiy-sanitariya qoidalariga ogʻishmay amal qilishimiz lozim. Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida kimda kim yuqoridagi qonun talablariga va karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgar toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi, shuningdek, tegishli jazo choralari qoʻllanishi muqarrardir.

II. KARANTIN QOIDALARI VA TALABLARIGA RIOYA QILMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

1. Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik

Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantin qoidalari va talablariga qatʼiy rioya qilmaslik Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgar toʻgʻrisidagi kodeksi Jinoyat kodeksida belgilangan maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi sabab boʻladi.

Bizga maʼlumki, 2020-yil 26-mart kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ–613-sonli Qonunning qabul qilinishi bilan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantin talablariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantin qoidalari va talablariga qatʼiy rioya qilmas oqibati sifatida maʼmuriy javobgarlikning mavjudligi diqqatga sazovordir.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning VI bobi “Aholi sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik” deb nomlangan boʻlib, unda bir qancha maʼmuriy huquqbuzarliklar nazarda tutilgan. Ular quyidagilardan iborat;

  • yengil tan jarohati yetkazish;
  • sanitariya qonunchilikni buzish;
  • epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish;
  • radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yoʻriqnomalar va boshqa talablarni buzish;
  • giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish;
  • jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish;
  • tanosil kasalligi yoki oiv kasalligi/oits yuqadigan manbani yashirish;
  • tanosil kasalligiga yoki oiv kasalligi/oitsga uchragan shaxslarning tekshirishdan boʻyin tovlashi;
  • oiv kasalligi/oits yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalarni oʻtkazishda xavfsizlikni yetarli darajada taʼminlamaganlik;
  • hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli holatda boʻlgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish.

Yuqoridagi maʼmuriy huquqbuzarliklar ichida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish aynan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantin qoidalari va talablariga qatʼiy rioya qilmas oqibatida vujudga kelishi bilan boshqa huquqbuzarliklardan ajralib turadi.

Epidemiya kasalliklari kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar vujudga keltirgan va muayyan shart-sharoitlar mavjud boʻlganda bemor organizmidan sogʻlom organizmga oʻtishga qobiliyatli boʻlgan yuqumli kasalliklar guruhidan iboratdir. Bunday alohida xavfli kasalliklarga koronavirus (COVID 19), vabo, oʻlat, chechak, tepkili terlama, brutsellyoz va boshqa ayrim kasalliklar kiradi. Koʻrsatib oʻtilgan yuqumli kasalliklarning haddan tashqari xavfliligi ularning tez va keng miqyosda tarqalishga qodirligidan iboratdir.

Norma dispozitsiyasi blanket boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ–393-sonli “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, mahalliy vakillik idoralarining va ular hokimlarining qarorlarida bayon qilingan.

Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish maʼmuriy huquqbuzarligining obyekti aholi sogʻligʻini saqlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda nazarda tutilgan 54-moddaning 1-qismi boʻyicha mazkur huquqbuzarlik obyektiv tomondan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlishda ifodalanadi.

Mazkur huquqbuzarlik harakat yoʻli bilan ham, shuningdek harakatsizlik yoʻli bilan ham sodir etiladi. Harakat bilan sodir etilganda – basharti bu harakatlar belgilangan qoidalar bilan taqiqlangan boʻlsa, harakatsizlik yoʻli bilan sodir etilganda – qoidalar bajarilmaydigan muayyan harakatlarni yuklasa, shunday qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 176-sonli qaroriga asosan, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda fuqarolar sogʻligini saqlash maqsadida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy qilindi. Ushbu tartibning amal qilish davrida sanitariya va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari va izolyatsiya rejimida boʻlishga oid talablarga qatʼiy rioya etish, shu jumladan tibbiy himoya vositalarini qoʻllash va jamiyatda bir-birlari orasida masofani saqlash oʻrnatildi.

Ushbu maʼmuriy huquqbuzarlikning zaruriy belgisi – bu vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlish hisoblanadi.

Tibbiy niqob tibbiy himoya qilish vositasi boʻlib, hukumat qarorida undan foydalanish majburiy qilib qoʻyildi.

Shu oʻrinda jamoat joyi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzi jamoat joylari deganda qanday joylar kirishiga oydinlik kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Jamoat joyi deganda toʻsiqsiz kirish (boʻlish) uchun ochiq boʻlgan, yoxud fuqarolarning turli ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun moʻljallangan joydagi uchastkalar, binolar, xonalar, inshootlar, ularning qismlari, shuningdek transport kommunikatsiyalarini tushunish lozim.

Qonun hujjatlariga binoan jamoat joylari roʻyxati quyidagilardan iborat:

  • statsionar savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, koʻrik va koʻrgazma zallari hamda ommaviy dam olish uchun moʻljallangan boshqa yopiq inshootlar;
  • klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa koʻngilochar (boʻsh vaqt oʻtkaziladigan) joylar;
  • muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va maʼruzaxonalar, mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlari (shu jumladan, tamburlari), daryo kemalari, shaharda, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslar, taksilar, yoʻnalishli taksilar hamda shahar elektr transporti, havo kemalari, yerosti oʻtish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari, aeroportlarning, temir yoʻl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolari;
  • sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, taʼlim muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, ish joylari boʻlgan xonalar, koʻp kvartirali uylarning yoʻlaklari, shuningdek uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalari, xiyobonlar, bogʻlar, koʻchalar (Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasi);
  • ish joylari, koʻchalar, stadionlar, xiyobonlar, istirohat bogʻlari, jamoat transportining barcha turlari (Oʻzbekiston Respublikasi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasi);
  • koʻchalar, maydonlar, istirohat bogʻlari, transport magistrallari, vokzallar, aeroportlar, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi);
  • aeroportlar, vokzallar, xiyobonlar, istirohat bogʻlari, bozorlar va savdo majmualari hududlari, shuningdek ularga tutash hududlar, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, koʻchalar, stadionlar, bekatlar, yoʻllarning qatnov qismi, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlar, jamoat transportining barcha turlari va boshqa jamoat joylari (Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1883-moddasi (“Tilanchilik qilish”).

Shuningdek, jamoat joylari tasnifi esa ularning ochiq boʻlish vaqti mezoniga asoslangan boʻlib, ular quyidagilardan iborat:

  • doimiy tusdagi jamoat joylari – hududda fuqarolarning doimiy boʻlishi yoki doimiy boʻlish imkoniyati, muayyan vaqtda faoliyat yuritish rejimi belgilanmagani va fuqarolar doimiy yashaydigan obyektlarning mavjud boʻlishi bilan tasniflanadi. Bular transport magistrallari, koʻchalar, turar joy dahalari, mahallalar, mavzelar, mikrorayonlar hududlari, aeroportlarning, temir yoʻl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari va h.k.; 
  • vaqtincha tusdagi jamoat joylari – fuqarolarning vaqtincha boʻlishi yoki vaqtincha boʻlish imkoniyati, muayyan vaqtda faoliyat yuritish rejimi belgilangani va fuqarolar doimiy yashaydigan obyektlarning mavjud emasligi bilan tasniflanadi. Ularga xiyobonlar, maydonlar, madaniyat va istirohat bogʻlari, savdo, koʻngilochar, savdo-koʻngilochar komplekslari va markazlari, gipermarketlar, supermarketlar, bozorlar va fuqarolar ommaviy toʻplanadigan boshqa joylar va h.k. kiradi;
  • bir martalik tusdagi jamoat joylari – ommaviy jamoat, qishloq xoʻjaligi yoki boshqa ishlar va tadbirlarni, shu jumladan ular ommaviy boʻlgan paytda tantanali tadbirlar, diniy marosimlarni oʻtkazish paytida ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar va joydagi alohida uchastkalar hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda nazarda tutilgan 54-moddaning 2-qismi boʻyicha ushbu huquqbuzarlik obyektiv tomondan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslikda ifodalanadi.

MJtKning 54-moddasida quyidagi harakatlar uchun javobgarlik belgilangan:

– karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlish;

– karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish;

– karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik;

– davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik.

Mazkur maʼmuriy huquqbuzarlik subyektiv tomondan ham qasddan, ham ehtiyotsizlikdan sodir etiladi. Masalan, karantinli sharoitda vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlish qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ham sodir etilishi mumkin.

Ushbu huquqbuzarlikning subyekti har qanday shaxs, shu jumladan, fuqarolar yoki mansabdor shaxslar boʻlishi, bunday shaxslar jumlasiga epidemiyalarga qarshi xizmatlar xodimlari, davolash muassasalarining tibbiyot xodimlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlarini kiritish mumkin.

Epidemiyaga qarshi kurashdagi karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz yurish har qanday shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining – yigirma baravari miqdorida jarimaga sabab boʻlsa, mansabdor shaxslarga esa – oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish maʼmuriy huquqbuzarligi toʻgʻrisidagi ishlar davlat sanitariya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari tomonidan koʻrib chiqiladi (257-, 258-moddalar).

2. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik

2020-yil 26-mart kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ–613-sonli Qonunning qabul qilinishi bilan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantin talablariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Yuqoridagi qonunga binoan sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2571-moddasi matni yangi tahrirda quyidagicha bayon qilindi:

“Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, –

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, –

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, –

yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning. “Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar” deb nomlangan XVII bobning 2571-moddasida “Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish” jinoyati nazarda tutilgan boʻlib, karantin qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlari sifatida jinoiy javobgarlik mustahkam­langanligidan dalolat beradi.

Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoyati obyekti jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi va aholi sogʻligʻi bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Mazkur jinoyatning asosiy obyekti jamoat xavfsizligi va jamoat tartibi bilan bogʻliq ijtimoiy munosabat hisoblansa, uning qoʻshimcha obyekti esa aholi sogʻligʻi hisoblanadi.

Ushbu jinoyat karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantin qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlari natijasi oʻlaroq kasallikning shiddat bilan tarqalishi nafaqat jamoat xavfsizligiga tahdid soladi, balki aholi sogʻligʻini xavf ostida qoldirishi bilan ijtimoiy xavfli hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2571-moddasi 1-qismi boʻyicha sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoyati obyektiv tomondan sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarishi yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelishida ifodalanadi.

Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish quyidagi jinoiy harakatsizliklar orqali sodir etiladi:

– karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish kabi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik;

– karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik kabi qonuniy talablari uzrli sabablarsiz bajarmaslik;

– kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik.

Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoyati moddiy tarkibli jinoyat boʻlib, muayyan oqibatlar, yaʼni odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarishi yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelinish holatlari mavjud boʻlganda jinoyat tamom boʻlgan hisoblanadi.

Odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi deganda nimalar tushiniladi?

Odamlarning ommaviy kasallanishi koʻp sonli aholida zaharlanish, surunkali xastalikning paydo boʻlishi, tanadagi biror aʼzoning ishdan chiqishi (koʻrish quvvatining, ichki sekretsiya bezlari faolligining pasayishi va hokazolar)da ifodalanadi.

Odamlarning ommaviy kasallanishi deganda, ikki yoki undan ortiq shaxsda organizmning biologik xususiyatlarida patologik oʻzgarishlar roʻy berishi, sogʻliqning jismoniy, ruhiy yoki boshqacha buzilishi tushuniladi[1].

Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida davlatning qonuniy talablari quyidagilar hisoblanadi:

– karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik;

– karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik;

– kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish.

Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoyati subyektiv tomondan qasddan sodir etiladi.

Mazkur jinoyat subyekti esa jinoyat sodir etgunga qadar oʻn olti yoshga toʻlgan, aqli raso jismoniy shaxslar hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida barcha aholi yuqoridagi qonun talablariga va karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga oʻz hissasini qoʻshishi kerak, barcha uydan chiqqanda albatta tibbiy niqob taqishi, ommaviy va koʻngilochar tadbirlar uyushtirmasligi va bundan tadbirlarda qatnashmasligi, koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olish, tozalik va tibbiy-sanitariya qoidalariga ogʻishmay amal qilishimiz lozim.

Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida kimda kim qonun talablariga va karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgar toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi, shuningdek, unga tegishli jazo choralari qoʻllanishi muqarrardir.

Karantin qoidalari va talablariga rioya qilmaslik oqibati nafaqat maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka, balki kasalliklarning (hozirgi kunda jahonda va mamlakatimizda pandemiya deb tan olingan koronavirus COVID-19) shiddat bilan tarqalishi natijasida odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarishiga yoxud odamlarning ommaviy zaharlanishiga olib keladi.

2020-yil 26-mart kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, hamda javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ–613-sonli Qonunning qabul qilinishi bilan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantin talablariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Shaxslar tomonidan karantin qoidalari va talablariga rioya qilmaslikdan iborat boʻlgan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida yuqoridagi qonun bilan javobgarlik kuchaytirildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan “COVID-19” kasalligi dunyoning deyarli barcha davlatlarini qamrab olganligi sabab u epedimiya emas, balki pandemiya deb eʼlon qilindi. Zero, odatda, yuqumli kasallik muayyan hudud, mintaqada tarqalgan boʻlsa, epidemiya sanaladi.

Koronavirus “COVID-19” pandemiyasi davrida joriy qilingan karantin qoidalari va talablariga barcha aholi qatlami rioya qilishi lozim. Bu bilan bogʻliq huquqbuzarliklar va jinoyatlar xususida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga hamda Jinoyat kodeksiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar, xususan, koronavirus “COVID-19” infeksiyasini paydo boʻlishi hamda tarqalishining oldini olish vositasi va chora-tadbirlaridan biri hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

  1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. // www.lex.uz
  2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. // www.lex.uz
  3. Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni. // https:// lex.uz/docs/4774960 / Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son.
  4. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (Toʻldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A.A. Otajonov va boshq. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi. 2012. – 482 b.
  5. Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 4. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibigi qarshi jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, toʻldirilgan va qayta ishlangan. – Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 574 b.
  6. Usmonaliyev M., Bakunov P. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik. – Toshkent: Nasaf, 2010. – 664 b.
  7. Usmonaliyev M.. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. – T.: Yangi asr avlodi. 2005. – 662 b.
  8. Ochilov H.R., Turgunboyev E.O. “Jinoyat huquqi” (Umumiy qism). Oʻquv-uslubiy qoʻllanma // masʼul muharrir: y.f.d. F.Toxirov. – T.: nashriyoti, 2013. – 130 bet.
  9. Уголовное право. Общая част. Преступление. Академический курс. В 10 т. Т. 5. Понятие преступления. Состав преступления / под. ред. д.ю.н., проф. Н.А. Лопашенко. – М.: Юрлитинформ, 2016. – 600 с.
  10. Уголовное право Российской Федератсии. Общая У26 Учебник / Под ред. проф. Б.В.Здравомыслова. -И перераб. и доп. – М: Юрист, 1999.–479 с.
  11. Уголовное право Российской Федератсии. Общая и особенная части: учебник / Т.Б. Басова, Е.В. Благов, П.В. Головенков [и др.]; под ред. А.И.Чучаева. – М.: КОНТРАКТ: ИНФРА-М, 2017. – 704 с.
  12. Семернева, Н.К. Квалификатсия преступлений (части общая и особенная): учебное пособие / Н.К. Семернева. – Москва: 2019. – 292 с.
  13. Сирик М.С. Состав преступления как правовая категория / М.С.Сирик // Закон и жизн. – 2018. – Т. 2, № 3. – С. 64–72.
  14. Савелева В.С. Основы квалификатсии преступлений: учебное пособие / В. С Савелева. – 2-е изд. – Москва: 2015. –80 с.
  15. Rustambayev M.H. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. 1-jild: Jinoyat toʻgʻrisida taʼlimot. OTM uchun darslik. – T.: TDYI nashriyoti, 2010. – 509 b.
  16. Rustambayev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism) : Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. – T.: ILM ZIYO. 2005. – 480 b.
  17. Rustambayev M.H. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. I tom. Jinoyat haqida taʼlimot: Darslik. 2-nashr, toʻldirilgan va qayta ishlangan. – Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441 b.
  18. Rustambayev M.H. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 3. Maxsus qism. Shaxsga qarshi jinoyatlar. Tinchlik va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, toʻldirilgan va qayta ishlangan – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 412 bet.
  19. Голубовский В.Ю., Костюк М.Ф., Кунс. Е.В Уголовное право России. Общая и Особенная части. Учебник. – М.: Проспект. 2020. – 736 с.

XUDAYKULOV FERUZBEK XURRAMOVICH

KARANTIN QOIDALARI VA

TALABLARIGA RIOYA

QILMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir O. Choriyev

Muharrir Sh. Jahonov

Musahhih M. Patillayeva

Texnik muharrir U. Sapayev

Dizayner D. Rajapov

08.09.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 1,86 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 132-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

  1. Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 4. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, toʻldirilgan va qayta ishlangan. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – B. 296.