KIRISH

Mamlakatimizda bozor munosabatlari tobora rivojlanib borayotgan bugungi kunda savdo, ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish jarayonida isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki isteʼmolchi mahsulot sotib olar ekan, uning qanday sifatga ega ekanligi, ushbu mahsulot xarid qilinguncha qanday sharoitda saqlanganligidan xabarsiz boʻladi. Bu holni faqatgina ushbu mahsulot turi sotuvchisigina biladi. Shu maʼnoda isteʼmolchi bunday hollarda aldanib qolishi, uning isteʼmolchi sifatidagi huquqlari buzilishi mumkin.

Eʼtirof etish lozimki, Oʻzbekistonda isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish borasida qonunchilik bazasi yaratilgan. 1996-yil 26-aprelda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan boʻlib, mazkur qonun hujjati bevosita isteʼmolchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqida, shuningdek ishlab chiqaruvchi, ijrochi, sotuvchi haqida toʻgʻri va toʻliq maʼlumot olish, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli boʻlishi, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xavfsiz boʻlishi, hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek ishlab chiqaruvchi, ijrochi, sotuvchining gʻayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, maʼnaviy zararning toʻliq hajmda qoplanishi, buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini soʻrab, sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish, isteʼmolchilarning jamoat birlashmalarini tuzish kabi huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan boʻlib, mazkur jarayon mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish – bozor munosabatlari sharoitida eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Isteʼmolchilarning huquqlari va manfaatlarini kafolatlaydigan qonunchilik bazasi yaratilganiga qaramasdan, hanuzgacha sifati past tovarlarni sotish, talabga javob bermaydigan xizmatlarni koʻrsatish kabi holatlar uchramoqda. Buning sabablaridan biri – isteʼmolchilarning oʻz huquqlarini yetarli darajada bilmasligidir.

Shu sababli mazkur risola bu borada boʻshliqni toʻldirish, isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, isteʼmochlilarning huquqlarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik masalalarini savol-javob tarzida hamda amaliy misollar yordamida tushuntirishga harakat qiladi.

SAVOL VA JAVOBLAR

1. Savdoda kimlar isteʼmolchi hisoblanadi?

Har qanday fuqaro (jismoniy shaxs) muayyan tovarni xarid qilish yuzasidan munosabatga kirishar ekan, u isteʼmolchi hisoblanadi. Bunda fuqaroning tovarni sotib olish yuzasidan buyurtma berishi, doʻkondan tovar sotib olish yoki tovarni sotib olish yuzasidan savdo amalga oshirayotgan shaxslarga murojaat qilishi, yaʼni xaridni amalga oshirishi yoki oshirmasligi ahamiyatga ega boʻlmaydi. Fuqaro savdo sohasida isteʼmolchi boʻlishiga nisbatan muhim talablardan biri sotuvchining doimiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxs boʻlishidir. Bu qoida Fuqarolik kodeksining 425-moddasida hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan. Xususan, mazkur qonunga koʻra, sotuvchi — oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha isteʼmolchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkordir.

Shu jihatdan savdo sohasida isteʼmolchi — foyda chiqarib olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda shaxsiy isteʼmol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi yoxud shu niyatda boʻlgan fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi.

2. Chakana savdo savdoning qanday turi hisoblanadi?

Chakana savdo bu – savdo sohasida pirovard isteʼmolchi uchun, tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga naqd pulga donalab yoki uncha koʻp boʻlmagan miqdorda tovarlar sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish hisoblanadi. Bunda sotuvchi, albatta, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlishi hamda sotib oluvchiga shaxsiy maqsadlarda, roʻzgʻorda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan tovarni topshirish majburiyatini oladi.

Chakana savdoning tovarni namuna boʻyicha sotish, avtomatdan foydalangan holda tovar sotish, tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish sharti bilan sotish kabi turlari mavjud.

3. Tovarni namuna boʻyicha sotish qanday xususiyatga ega?

Tovarni namuna boʻyicha sotish (taʼrif, katalog va hokazo) olish-sotish shartnomasini tuzish orqali amalga oshiriladi. Fuqarolik kodeksining 429-moddasiga koʻra, sotiladigan tovarlarni xaridorlarga tanishtirish maqsadida ularning namunalarini savdo zallarida, magazin(doʻkon)larda namoyish qilish hamda tegishli katalog(taʼrif va boshqa)larda tovarlarni taʼriflash va tavsiflash mumkinligi nazarda tutilgan.

Namuna boʻyicha tovarlar sotib oluvchiga savdo zallarida, magazinning oʻzida topshirilishi yoki chakana savdo omborlaridan, yoinki tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonadan sotib oluvchining turar joyiga yetkazib berilishi mumkin.

Namuna boʻyicha chakana savdo qilish asosan katta oʻlchovli tovarlarga, masalan, mebellar, dala uychalari yoki maishiy texnika buyumlari (sovitgich, televizor, konditsioner va boshqalar), shuningdek qurilish mollari va maxsus tayyorgarliksiz isteʼmolchi tomonidan olib ketilishi murakkab boʻlgan boshqa tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi.

4. Avtomatdan foydalangan holda tovar sotish qanday amalga oshiriladi?

Tovar avtomatdan foydalanib sotiladigan hollarda avtomat egasi sotuvchining nomi (firma nomi), u joylashgan manzil, ish tartibi, shuningdek sotib oluvchi tovarni olish uchun amalga oshirishi zarur boʻlgan harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatga joylashtirishi yoki boshqacha usulda sotib oluvchiga tovar sotuvchi toʻgʻrisidagi axborotni yetkazishi lozim.

Sotib oluvchi tovarni olish uchun zarur harakatlarni amalga oshirgan paytdan boshlab avtomatdan foydalangan holda chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.

Agar sotib oluvchiga haqi toʻlangan tovar topshirilmasa, sotuvchi sotib oluvchiga tovar zudlik bilan topshirilishini yoki u toʻlagan summa qaytarib berilishini taʼminlashi shart. Bu majburiyat bajarilmagan taqdirda sotib oluvchi sotuvchidan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Avtomatdan pulni maydalash, toʻlov belgilarini sotib olish yoki valyuta almashtirish uchun foydalanilgan taqdirda, agar majburiyat mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa, chakana oldi-sotdi qoidalari qoʻllanadi.

5. Tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish sharti bilan sotishning qanday xususiyatlari mavjud?

Chakana oldi-sotdi shartnomasi tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish sharti bilan tuzilgan hollarda sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda tovarni sotib oluvchi koʻrsatgan joyga, agar sotib oluvchi tovarni yetkazib berish joyini koʻrsatmagan boʻlsa, sotib oluvchi fuqaro istiqomat qiladigan yoki yuridik shaxs joylashgan manzilga yetkazib berishi lozim.

Agar qonun hujjatlarida, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, tovar sotib oluvchiga, u boʻlmaganda esa shartnoma tuzilganidan yoxud tovarni yetkazib berish rasmiylashtirilganidan guvohlik beradigan kvitansiya yoki boshqa hujjatni taqdim qilgan har qanday shaxsga topshirilgan paytdan boshlab chakana oldi-sotdi shartnomasi sotuvchi tomonidan bajarilgan hisoblanadi.

Chakana oldi-sotdi shartnomasida tovarni sotib oluvchiga topshirish uchun yetkazib berish vaqti belgilanmagan hollarda tovar sotib oluvchidan talab tushganidan keyin oqilona muddatda yetkazib berilishi lozim.

6. Tovar bahosi va uning haqini toʻlash qachon amalga oshiriladi?

Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotib oluvchi tovar haqini chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan paytda sotuvchi tomonidan eʼlon qilingan bahoda toʻlashi lozim.

Chakana oldi-sotdi shartnomasida tovarning haqini oldindan toʻlash nazarda tutilgan hollarda, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchining tovar haqini shartnomada belgilangan muddatda toʻlamasligi uning shartnomani bajarishdan bosh tortishi deb baholanadi.

Sotib oluvchi tovar haqini boʻlib-boʻlib toʻlashning shartnomada belgilangan davrida istagan vaqtida tovar haqini batamom toʻlashga haqli.

7. Tegishli sifatli tovarni almashtirish mumkinmi?

Sotib oluvchi oʻziga nooziq-ovqat tovari topshirilgan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan eʼlon qilinmagan boʻlsa, xarid qilingan tegishli sifatli tovarni xarid joyida yoki sotuvchi eʼlon qilgan boshqa joylarda oʻlchami, shakli, hajmi, andazasi, rangi, toʻplami boshqacha boʻlgan xuddi shunday tovarga almashtirishga haqli, bunda u narxlarda farq boʻlgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshiradi.

Sotuvchida almashtirish uchun zarur tovar boʻlmaganida sotib oluvchi xarid qilingan tovarni sotuvchiga qaytarib berish va unga toʻlangan pul summasini olish huquqiga ega.

Agar tovardan foydalanilmagan, uning isteʼmol xususiyatlari saqlangan boʻlsa va ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti boʻlsa, sotib oluvchining tovarni almashtirish yoki qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.

Eʼtibor qarating:

1. Bunday almashtirish faqatgina nooziq-ovqat tovarlariga tatbiq etiladi.

2. Tovar almashtirish belgilangan qatʼiy muddatda, yaʼni tovar sotib olinganidan keyin oʻn kunlik muddat ichida tovar sotuvchiga qaytarib berilganda amalga oshiriladi.

3. Tovar aynan sotib olingan sotuvchidangina almashtirib olinadi.

4. Aynan shunday tovarga almashtiriladi.

5. Aynan shunday tovar boʻlmaganda tovarning haqi qaytariladi.

8. Qanday tovarlar almashtirib berilmaydi?

Ayrim almashtirilmaydigan yoki qaytarib olinmaydigan tovarlar roʻyxati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Masalan, uy sharoitlarida kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun tovarlar, shaxsiy gigiyena buyumlari (tish choʻtkalari, taroqlar, soch toʻgʻnogʻichlar, soch bigudilari, ulama sochlar, shinyonlar va boshqa shu kabi tovarlar), attorlik-pardoz tovarlari, tikuvchilik va trikotaj buyumlari (tikuvchilik buyumlari va trikotaj ichki kiyimlar, paypoq va qoʻlqop buyumlari), mebel (mebel garniturlari va toʻplamlari) va h.k. Ularning turlari Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga 1-ilova bilan tasdiqlangan zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga oʻxshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari roʻyxatida keltirilgan.

9. Sotuvchilarga qanday asosiy talablar qoʻyiladi?

Sotuvchi oʻz faoliyati ixtisosi va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda davlat standartlarida, sanitariya, veterinariya qoidalarida, yongʻinga qarshi qoidalarda va boshqa normativ hujjatlarda (keyingi oʻrinlarda matnda “standartlar” deb yuritiladi) belgilangan majburiy talablarga rioya qilishi shart.

Sotuvchi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq tovarlarni qabul qilib olishda, saqlashda, savdo oldi tayyorgarligida va sotish paytida ularning sifati va xavfsizligini, savdoning zarur shart-sharoitlarini, shuningdek xaridorlarning tovarlarni tanlash imkoniyatini taʼminlaydigan zarur joylar, asbob-uskunalar va inventarga ega boʻlishi shart.

Bundan tashqari sotuvchi qoʻllashga ruxsat berilgan oʻlchov asboblariga ega boʻlishi va ularni soz holatda saqlashi, ularning metrologik tekshiruvini oʻz vaqtida va belgilangan tartibda oʻtkazishi shart.

Qayd etish lozimki, barcha oʻlchov vositalari, ogʻirlikni oʻlchash priborlari “Oʻzstandart” agentligi organlarining tekshirganligi toʻgʻrisidagi koʻzga yaqqol tashlanadigan ishonch tamgʻasiga yoki guvohnomasiga ega boʻlishi kerak, ular belgilangan maqsadda qoʻllanilishi hamda oʻlchovlarning birligi va ishonchliligini taʼminlashi hamda tegishli pasportga ega boʻlishi kerak.

Sotuvchi tomonidan nosoz va qoʻllashga ruxsat berilmagan oʻlchov vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yana bir muhim qoida bu alkogol va tamaki mahsulotlari sotish joylarida ularni 20 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotishga yoʻl qoʻyilmasligidir, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi ogohlantiruvchi yozuv joylashtirilgan boʻlishi kerak.

10. Savdo obyektlariga qanday asosiy talablar qoʻyiladi?

Sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlar assortimenti, koʻrsatilayotgan xizmatlar turlari, shuningdek xizmat koʻrsatish shakli sotuvchining ixtisosi va u oʻz faoliyatini ixtisoslashtirishiga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chakana savdo shoxobchasida boʻlishi shart boʻlgan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari roʻyxati belgilanishi mumkin, bunday chakana savdo tarmogʻining joylashishi respublika tumanlari va shaharlari hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

Tovarlarning olib kirilishini va bojxona bojlari amalda toʻlanganligini tasdiqlaydigan bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 12 oy oʻtgandan keyin tayyor import isteʼmol tovarlarini sotuvga qoʻyish va chakana sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.

11. Qanday hollarda savdo doʻkonlarida nazorat tarozilari oʻrnatilishi zarur?

Muayyan hollarda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda nazorat tarozilari oʻrnatilishi talab qilinadi. Xususan, uch va undan koʻp ish oʻrinli oziq-ovqat doʻkonlarining savdo zallarida nazorat tarozilari oʻrnatilishi kerak. Maydoni 1500 kv.m va undan ortiq boʻlgan savdo zallarida nazorat tarozilari ikki joyda oʻrnatiladi.

Savdo avtomatlari, dozatorlar, avtosaturatorlar hamda tovarlarni tortish, dozalash va sotish uchun boshqa priborlarni oʻrnatish va montaj qilish, shuningdek ishga tayyorlash, yetkazib berish komplektiga kiradigan ushbu buyumlarga zavodda tayyorlangan hujjatlar talablariga muvofiq oʻtkazilishi kerak. Bunda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga alohida eʼtibor berish zarur.

12. Sotuvchi qanday maʼlumotlarni xaridorning eʼtiboriga yetkazishi talab qilinadi?

Sotuvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlar toʻgʻrisidagi quyidagi zarur va ishonchli maʼlumotlarni xaridorning eʼtiboriga oʻz vaqtida koʻrgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart:

tovarning nomi;

tovarning shtrixli kodi (mavjud boʻlganda);

tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari;

agar u aniq bir tovar uchun belgilangan boʻlsa – kafolat muddati;

agar ular aniq bir tovar uchun belgilangan boʻlsa – xizmat qilish muddati yoki yaroqlilik muddati, shuningdek koʻrsatilgan muddatlar tamom boʻlgandan keyin xaridor amalga oshirishi kerak boʻlgan zarur xatti-harakatlar haqidagi hamda agar tovarlar koʻrsatilgan muddatlar tamom boʻlgandan keyin xaridorning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavf tugʻdirsa yoki foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolsa, bunday harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

tovarning narxi va uni sotib olish shartlari;

ularning majburiy talablariga tovar muvofiq boʻlishi kerak boʻlgan texnik reglamentlar va standartlarning belgilanishi;

tovarning asosiy isteʼmol xossalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar ular oʻramda koʻrsatilmagan boʻlsa);

majburiy tartibda sertifikatlanishi shart boʻlgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati.

Agar xaridor tomonidan sotib olinadigan tovar isteʼmol qilingan boʻlsa yoki uning kamchiligi (kamchiliklari) bartaraf etilgan boʻlsa, xaridorga bu haqida maʼlumot berilishi kerak.

13. Sotuvchi xaridorning talabiga koʻra qanday axborotlarni taqdim qiladi?

Sotuvchi xaridorning talabiga koʻra:

tovarni tayyorlovchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili), xaridorlardan eʼtirozlarni qabul qilib olishga va tovarni tuzatuvchi va unga texnik xizmat koʻrsatuvchi tayyorlovchi (sotuvchi) tomonidan vakil qilingan tashkilot (tashkilotlar)ning joylashgan joyi toʻgʻrisidagi axborotni;

sertifikatning asl nusxasi egasi yoki tovarlarni sertifikatlash boʻyicha organ tomonidan tasdiqlangan sertifikatning nusxasini (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart boʻlgan mahsulotlarni sotishda);

tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchi (sotuvchi) tomonidan zaruriy tarzda rasmiylashtirilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim etishi shart.

14. Yovvoyi hayvonlarni yoki ulardan olinadigan mahsulotlarni sotishga nisbatan qanday talablar mavjud?

Yovvoyi hayvonlarni, ularning nimtalangan goʻshtini, hayot faoliyati mahsulotlarini, ulardan tayyorlangan mahsulotlarni, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni sotish, shuningdek hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tayyorlangan tovarlarni (moʻyna, charm, tikuv, attorlik, dekorativ, yodgorlik buyumlari, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor-texnik xom ashyo) sotish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ovlash (tayyorlash) qonuniyligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.

15. Tovarni almashtirganda, xarid narxini kamaytirganda va sifati tegishli darajada boʻlmagan tovarni qaytarganda baholardagi farq toʻlanadimi?

Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarni sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa tovarga almashtirish chogʻida sotuvchi tovarning chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan bahosi bilan tovarni almashtirish yoki sud tomonidan tovarni almashtirish toʻgʻrisida qaror chiqarish paytida mavjud boʻlgan tovarning bahosi oʻrtasidagi farqni toʻlashni talab qilishga haqli emas.

Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarni xuddi shunday, biroq oʻlchami, andazasi, navi va boshqa belgilari oʻzgacha boʻlgan tegishli darajada sifatli tovarga almashtirish chogʻida almashtirilayotgan tovarning almashtirish paytidagi bahosi bilan sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar oʻrniga berilayotgan tovarning bahosi oʻrtasidagi farq toʻlanishi lozim. Agar sotib oluvchining talabi sotuvchi tomonidan qondirilmasa, bu baholar sud tovarni almashtirish toʻgʻrisida qaror chiqargan payt boʻyicha aniqlanadi.

Tovarning xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan taqdirda tovarning bahosini pasaytirish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan paytdagi, agar sotib oluvchining talabi ixtiyoriy suratda qondirilmagan boʻlsa, sud bahoni mutanosib ravishda kamaytirish toʻgʻrisida qaror chiqargan paytdagi bahosi inobatga olinadi.

Sotuvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovarni qaytarib berish chogʻida sotib oluvchi chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan tovarning bahosi bilan uning talabi ixtiyoriy suratda qondirilgan vaqtdagi, agar talab ixtiyoriy suratda qondirilmagan boʻlsa, sud qaror chiqargan paytdagi tegishli tovarning bahosi oʻrtasidagi farqni toʻlashni talab qilishga haqli.

16. Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar sotilganida u qanday huquqlarga ega?

Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida maʼlum qilinmagan boʻlsa, sotib oluvchi oʻz xohishiga koʻra:

xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;

xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;

tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;

xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;

koʻrilgan zarar oʻrnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Tovar uchun toʻlangan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtida sotuvchi undan tovardan toʻliq yoki qisman foydalanganligi, tovar koʻrinishi yoʻqolganligi yoki boshqa shunga oʻxshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.

17. Tovarlar uchun xaridorlar bilan qanday shaklda hisob-kitoblar amalga oshiriladi?

Tovarlar uchun xaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savdo obyekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart.

Turgʻun savdo shoxobchalarida va koʻchma savdo obyektlarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi taʼminlanishi kerak;

18. Qanday hollarda chakana oldi-sotdi shartnomasi zarur shaklda tuzilgan deb hisoblanadi?

Har qanday shartnomaviy-munosabat qonunda belgilangan muayyan shaklda tuzishni taqazo etadi. Bu borada chakana oldi-sotdi shartnomasiga nisbatan ham muayyan talablar qoʻyilgan.

Sotuvchi tomonidan xaridorga kassa yoki tovar cheki yoxud tovarning haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat berilgan paytdan boshlab, agar sotuvchi bilan xaridor oʻrtasida qonunda yoki shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, chakana oldi-sotdi shartnomasi zarur shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.

19. Chakana savdo nazorat-kassa mashinasini qoʻllamasdan amalga oshiriladimi?

Qoida tariqasida nazorat-kassa mashinasi boʻlishi talab qilinadi. Muayyan obyektiv sabablar mavjud boʻlganda, chakana savdoni nazorat-kassa mashinasini qoʻllamasdan amalga oshirayotgan sotuvchi – yakka tartibdagi tadbirkor xaridorga sotib olingan tovar bilan birgalikda sotuvchining familiyasi va imzosi, yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs boʻlmagan dehqon xoʻjaligining) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning tartib raqami, tovar sotilgan sana va uning qiymati koʻrsatilgan holda kvitansiya yoki shunga oʻxshash hujjatni berishi shart.

Shu bilan birga sotuvchi-xodim xaridorga xarid bilan birgalikda kassa chekini, tovarlarning ayrim turlarini (antikvariat buyumlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, tabiiy moʻynadan tikilgan buyumlar va boshqalarni) sotishda haqi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan tovar chekini berishi shart, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

20. Chakana oldi-sotdi shartnomasida yana qanday xizmatlar koʻrsatiladi?

Tovarlar sotilishi munosabati bilan sotuvchi tomonidan tavsiya qilinadigan xizmatlar faqat xaridorning roziligi bilan koʻrsatilishi mumkin.

Xaridor tovarni sotishda tavsiya etiladigan xizmatlarni rad etishga, shuningdek uning roziligisiz koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan summani qaytarib berishni sotuvchidan talab qilishga haqlidir.

Sotuvchi ayrim tovarlarni boshqa tovarlar bilan sotib olinishini yoki ular sotilishi munosabati bilan xizmatlar koʻrsatilishini shart qilib qoʻyishga haqli emas, tovarlar texnik talablarga koʻra tegishli mutaxassislarning ishtirokisiz yigʻilishi va (yoki) oʻrnatilishi (ulanishi) mumkin boʻlmagan hollar bundan mustasno.

21. Chakana oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra tovarni oʻram yoki idishda berish shartmi?

Sotuvchi-xodim xaridorga zarur sifatga ega boʻlgan tovarni idishda va (yoki) oʻralgan holda, muayyan toʻplamda (tovarlar komplekti) va komplektlilikda tovarga tegishli boʻlgan hujjatlar va anjomlar bilan birga berishi kerak.

Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek ularni oʻz tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi.

Fuqarolik kodeksining 414-moddasiga koʻra, agar oldi-sotdi shartnomasida idish va oʻrash haqida talablar belgilangan boʻlmasa, tovar bunday tovar uchun odatdagi usulda, u boʻlmaganda – saqlash va transportda tashishning oddiy sharoitlarida bunday turdagi tovarning saqlanishini taʼminlaydigan usulda idishga joylashtirilishi va (yoki) oʻralishi lozim.

Agar qonunda belgilangan tartibda idish va (yoki) oʻrashga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan boʻlsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi sotib oluvchiga tovarni ushbu majburiy talablarga mos keladigan idishda va (yoki) oʻralgan holda topshirishi shart.

22. Idishlar va oʻrash materiallarini qaytarish majburiymi?

Idishlar va oʻrash materiallarini qaytarish har qanday oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilmasligi mumkin. Shu bilan birga agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sotib oluvchi (oluvchi) tovar keltirilgan koʻp marta ishlatiladigan idish va oʻrash materiallarini yetkazib beruvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda qaytarishi shart.

Boshqa idish va oʻrash materiallari faqat mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim.

23. Sotuvchi tovarni polimer plyonkali paketlarda oʻralgan holda topshirishga majburmi?

Bugungi kunda butun dunyoda polimer plyonkali paketlarni muomalada boʻlishiga doir talablar tobora kuchayib bormoqda. Bunda nafaqat sotuvchi va xaridor manfaatlari, balki atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga ham eʼtibor qaratiladi.

Qoidaga koʻra, sotuvchi-xodim xaridorga zarur sifatga ega boʻlgan tovarni idishda va (yoki) oʻralgan holda, muayyan toʻplamda (tovarlar komplekti) va komplektlilikda tovarga tegishli boʻlgan hujjatlar va anjomlar bilan birga berishi kerak.

Biroq, polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi.

24. Zarur sifatga ega boʻlmagan tovar sotilgan xaridor qanday huquqlarga ega boʻladi?

Oʻziga zarur sifatga ega boʻlmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan boʻlsa, oʻzining tanlashiga koʻra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega boʻladi):

aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;

xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;

xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;

tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;

tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini talab etishga haqlidir.

Bunda xaridor zarur sifatga ega boʻlmagan tovar sotilganligi oqibatida oʻziga yetkazilgan zarar toʻliq qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Texnik jihatdan murakkab yoki qimmatbaho tovarning sifatiga qoʻyiladigan talablar jiddiy ravishda buzilgan taqdirda (bartaraf etilmaydigan nuqsonlar, mutanosib xarajatlarsiz yoki vaqt sarfisiz bartaraf etib boʻlmaydigan nuqsonlar aniqlanishi, nuqsonlar qayta-qayta aniqlansa yoxud bartaraf etilgandan keyin qayta namoyon boʻlsa hamda shunga oʻxshash boshqa nuqsonlar) xaridor uning almashtirilishini talab qilishga haqlidir.

Uzoq muddat foydalaniladigan tovarning nuqsonlari sotuvchi tomonidan bartaraf etilishi toʻgʻrisida xaridor tomonidan talab qoʻyilgan yoki bunday tovar almashtirilishi talab qilingan taqdirda, xaridor bir vaqtning oʻzida tuzatish davrida yoki zarur sifatga ega boʻlmagan tovarni almashtirish davrida zarur sifatga ega boʻlgan aynan shunday tovar berilishini talab qilishga haqlidir. Ularga nisbatan xaridorning tuzatish yoki almashtirish davrida unga ana shunday tovar tekin berilishi toʻgʻrisidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar roʻyxatida koʻrsatilgan tovarlar bundan mustasno.

Xossalari bartaraf etib boʻlmaydigan tovarning nuqsonlari aniqlangan taqdirda (pardoz-andoz buyumlari, maishiy kimyo tovarlari va boshqa tovarlar), xaridor oʻzining tanlashi boʻyicha bunday tovarni zarur sifatga ega boʻlgan tovar bilan almashtirishni yoxud xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishga haqlidir.

Koʻrsatib oʻtilgan talablarni taqdim etish oʻrniga, xaridor sotib olingan tovarni rad etishga va tovar uchun toʻlangan pul summasi qaytarilishini talab qilishga haqlidir.

Zarur sifatga ega boʻlmagan tovarni almashtirish yoki qaytarishda, xaridor oʻzi sotib olgan zarur sifatga ega boʻlmagan tovarni sotuvchining hisobidan qaytarishi kerak.

Tovar uchun toʻlangan pul summasini xaridorga qaytarishda sotuvchi tovardan toʻliq yoki qisman foydalanilganligi, tovar koʻrinishi yoʻqolganligi yoki boshqa shunga oʻxshash holatlar tufayli tovarning qiymati pasaygan summani xaridordan ushlab qolishga haqli emas.

25. Zarur sifatga ega boʻlmagan tovarning sifatiga doir nizo qanday hal qilinadi?

Sotuvchi-xodim yoki shartnoma asosida sotuvchining funksiyasini bajaruvchi shaxs, tovarning sifatini tekshirish zarur boʻlgan taqdirda, zarur sifatga ega boʻlmagan tovarni xaridordan qabul qilib olishga majburdir. Xaridor tovarning sifatini tekshirishda qatnashishga haqlidir.

Tovarning nuqsonlari paydo boʻlishi sabablari toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda sotuvchi oʻz hisobidan tovarning mustaqil ekspertizasini oʻtkazishi shart. Xaridor bunday ekspertiza xulosasi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilishga haqlidir.

26. Tovarning kafolat muddati va yaroqlilik muddati qachondan boshlab hisoblanadi?

Tovarning kafolat muddati tovar xaridorga sotilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovarning sotilgan kunini aniqlash mumkin boʻlmasa, ushbu muddat tovar tayyorlangan kundan boshlab hisoblanadi.

Tovarning yaroqlilik muddati u foydalanishga yaroqli boʻlgan muddat mobaynida yoki tovar foydalanishga yaroqli boʻlgan sanadan boshlab tovar tayyorlangan kundan hisoblab chiqiladigan davr bilan belgilanadi.

Eʼtibor qaratish lozimki, agar tovar yigʻilishi va (yoki) maxsus oʻrnatilishi (ulanishi) kerak boʻlsa, kafolat muddati u yigʻilgan va (yoki) oʻrnatilgan (ulangan) kundan boshlab hisoblanadi. Agar yigʻish va (yoki) oʻrnatish (ulash) kunini aniqlash imkoni boʻlmasa, ushbu muddat oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Kafolat muddati olti oydan kam etib belgilangan va tovarning nuqsonlari xaridor tomonidan kafolat muddati tamom boʻlgach, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy doirasida aniqlangan taqdirda, agar xaridor tovarning nuqsonlari tovar xaridorga berilgunga qadar yoki shu paytgacha paydo boʻlgan sabablar tufayli yuzaga kelganligini isbotlasa, sotuvchi javob beradi.

27. Agar tovarga kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan boʻlsa, tovarning nuqsonlari bilan bogʻliq boʻlgan talablar qachondan qoʻyilishi mumkin?

Agar tovarga kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan boʻlsa, tovarning nuqsonlari bilan bogʻliq boʻlgan talablar xaridor tomonidan nuqsonlar maqbul muddatda, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy mobaynida yoxud shartnomada belgilangan uzoqroq muddat davomida aniqlanishi sharti bilan berilishi mumkin.

Mavsumiy tovarlar uchun tovarning nuqsonlari bilan bogʻliq boʻlgan eʼtirozlar bildirish muddati tovar xarid qilingan sanadan keyin tegishli mavsum boshlangan paytdan boshlab hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining iqlim sharoitlaridan kelib chiqib mavsumlar quyidagichadir:

qishki mavsum – 25-noyabr – 10-mart;

bahorgi mavsum – 11-mart – 14-may;

yozgi mavsum – 15-may – 15-sentyabr;

kuzgi mavsum – 16-sentabr – 24-noyabr.

28. Xaridorga oziq-ovqat tovarlari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar taqdim qilinishi shart?

Oziq-ovqat tovarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga muvofiq, tovarlarning turiga bogʻliq ravishda:

oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradigan ingredentlarning nomlari, shu jumladan oziq-ovqatga solinadigan qoʻshimcha masalliqlar;

oziqlik qiymati (mahsulotning kaloriyaliligi, oqsillar, yogʻ, uglevodlar, vitaminlar, mikroelementlar mavjudligi), ogʻirligi va metrik birliklardagi hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

qoʻllaniladigan sohasi (bolalar, davolash-profilaktika, oziq-ovqat mahsulotlari va parhez taomlar va boshqalar uchun);

tayyorlash usullari va shartlari (konsentratlar va yarim tayyor mahsulotlar uchun) va qoʻllanilishi (bolalar, davolash-profilaktika mahsulotlari va parhez taomlar uchun);

muvofiqlik sertifikati yoki mahsulotning tayyorlovchi korxonalarda sertifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart boʻlgan mahsulotlar uchun);

saqlash shartlari (ular uchun saqlash sharoitlariga nisbatan majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun);

tayyorlangan sanasi;

kasalliklarning ayrim turlarida isteʼmol qilish nojoizligi (ular toʻgʻrisidagi maʼlumotda kasalliklarning ayrim turlarida isteʼmol qilish nojoizligi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlishi kerak boʻlgan tovarlar uchun);

tamaki mahsuloti qutisi (oʻrami) old tomoni asosiy maydonining kamida qirq foizini va orqa tomonidagi asosiy maydonning kamida 40 foizini egallaydigan, shuningdek alkogolli mahsulot idishi etiketkasi asosiy maydonining kamida 40 foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak.

29. Non va non-bulka mahsulotlari savdosiga doir qanday talablar qoʻllaniladi?

Non va non-bulka mahsulotlari savdosini amalga oshiruvchi savdo korxonalarida belgilangan ish soatlarida assortiment roʻyxatida nazarda tutilgan assortimentdagi non va non-bulka mahsulotlari boʻlishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan non doʻkonining savdo zalida yoki non mahsuloti savdosini amalga oshiruvchi boʻlimda koʻrinarli joyga mahsulotning tayyorlovchilari, olib kelish jadvallari, non mahsulotlarini sotish muddatlari, parhezbop non mahsulotlari va yangi turdagi mahsulotlarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.

Non sotish va saqlash uchun moʻljallangan joy quruq va shamollatib turiladigan boʻlishi kerak.

Non va non-bulka mahsulotlari sotuvchi savdo obyektlari maxsus anjomlar (vilkalar, pichoqlar, ajratuvchi taxtalar, stellajlar, polkalarni non ushoqlaridan tozalash uchun choʻtka va boshqalar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak, non va non-bulka mahsulotlarini elektron tijorat shaklida sotish holatlari bundan mustasno.

Bundan tashqari savdo obyektida dezinfeksiyalovchi vositalar boʻlishi shart.

30. Non, non-bulka mahsulotlarini sifatsizligi qanday aniqlanadi?

Avvalo, amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq boʻlmagan, shuningdek notoʻgʻri saqlash tufayli buzilganlik belgilari boʻlgan non, non-bulka mahsulotlarini sotish taqiqlanadi. Non mahsulotlari savdo obyektlarida notoʻgʻri saqlanganligi tufayli buzilgan taqdirda buning uchun savdo obyektlari javob beradi.

Sifatsiz (gʻarch-gʻurch qilgan, kuygan, ichi boʻsh, yaxshi qorilmagan, boshqa narsalar aralashgan) non yoki non mahsulotlari sotilgan taqdirda sotuvchi-xodimlar xaridor talabiga koʻra ularni sifatlisiga soʻzsiz almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlari kerak. Xaridorlar tomonidan qaytarib berilgan non va non-bulka mahsulotlari sanitariya jihatidan yaroqsiz hisoblanadi.

Non mahsulotlari zarur sifatga ega boʻlmagan taqdirda sotish muddatlari doirasida almashtiriladi.

31. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishga nisbatan qanday talablar qoʻyiladi?

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish belgilangan tartibga muvofiq berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo huquqi uchun ruxsatnoma asosida va ushbu maqsadlar uchun himoyalangan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalaridan, shuningdek bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan majburiy tartibda foydalangan holda amalga oshiriladi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shu jumladan import alkogol va tamaki mahsulotlarining sotuvchisi mahsulotlarning har bir nomi boʻyicha tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan hamda hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish raqamlari, uning amal qilish muddati va sertifikatni bergan organ koʻrsatilgan holda mahsulotning har bir nomi boʻyicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tovar-transport hujjatlariga ega boʻlishi kerak.

Muvofiqlik sertifikati xaridorning talabiga koʻra sotuvchi tomonidan taqdim etilishi kerak.

Sertifikatsiyalangan mahsulot belgilangan tartibda muvofiqlik belgisi bilan markalanadi.

32. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qanday savdo shoxobchalarida amalga oshirilishi zarur?

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish faqat alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlgan omborxonalari va asbob-uskunalari boʻlgan (shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini va bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini qoʻllash, moddiy boyliklarning toʻliq saqlanishini taʼminlash sharoitlariga ega boʻlgan), alohida kirish joyi hamda shaharlarda – kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda – kamida 15 kvadrat metrli (faqat alkogolli mahsulotlar sotish uchun moʻljallangan) savdo zali, uzoq togʻli joylarda – alohida savdo boʻlimi mavjud boʻlgan turgʻun savdo shoxobchalarida amalga oshirilishi mumkin.

33. Alkogolli mahsulotlar sotish vaqti qanday belgilanadi?

Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, chakana savdo obyektlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish vaqti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan, alkogolli mahsulotlar sotish shartlariga muvofiq belgilanadi.

34. Alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlangan joylar, shaxslar yoki boshqa shartlar mavjudmi?

Alkogol va tamaki mahsulotlarini:

bolalar oʻyinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimenti boshqa tovarlari koʻrinishida;

sotish joylarida alkogolli ichimliklar yigirma yoshga toʻlmagan shaxslarga sotilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisida ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlmaganda;

alkogolli mahsulot idishida yoki tamaki mahsuloti qutisida (oʻramida) alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud boʻlmaganda;

20 yoshga toʻlmagan shaxslarga;

muvofiqlik sertifikatisiz;

yaroqlilik muddati oʻtib ketgan holda;

aksiz markalari bilan markalanmagan holda (pivodan tashqari) yoki qalbaki aksiz markalari bilan;

ishlab chiqarilgan korxonani aniqlash imkonini beradigan darajada aniq markalanmagan holda;

alkogolli mahsulotlar tayyorlashga litsenziyasi boʻlmagan mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlanganda;

alkogol va tamaki mahsulotlarini yetkazib berish huquqiga ega boʻlmagan yoki bojxona tartibga solishi, savdo belgilari va firma nomlaridan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarida, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzgan holda yetkazib bergan yetkazib beruvchilardan sotib olinganda;

alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotish uchun sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan xona va joylarda;

taʼlim, sport va diniy muassasalardan kamida besh yuz metr radiusda joylashgan savdo korxonalarida;

tamaki mahsulotlariga nisbatan – donalab, qutisiz (oʻramsiz);

savdo avtomatlari orqali;

jamoat transporti bekatlarida, jumladan, metropoliten bekatlarida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida, aeroportlarga, temiryoʻl vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan joylarda joylashgan savdo korxonalarida;

etiketkalarsiz, iflos (ichki yoki tashqi tomoni), singan (ogʻzi uchgan, yorilgan), tiqini uchgan, umumiy koʻrinishi tiniq boʻlmagan, chet narsalar aralashgan, choʻkindili butilkalarda (vinolar toʻplamidan tashqari);

alkogolli mahsulotlarga qonun hujjatlarida belgilangan eng past chakana narxdan past narxlarda (pivodan tashqari) sotish taqiqlanadi.

35. Alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari sotilayotganda jismoniy shaxsning 20 yoshga toʻlganligi shubhali boʻlsa, uning yoshi aniqlashtirilishi mumkinmi?

Alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchi koʻrinishi yigirma yoshdan kichik koʻringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishni talab qilishi, hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda esa alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini sotishni rad etishi shart.

36. Alkogol va tamaki mahsulotlari qanday holatda saqlanishi kerak?

Alkogol va tamaki mahsulotlari mahsulotning tegishli turi boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq holda saqlanishi kerak.

Uzum, meva vinolari, konyaklar, shampan quyilgan, poʻstloq tiqinli butilkalar tiqinlarning qurib qolmasligi va havo kirmasligi uchun omborxonalarda yotiq holatda, boshqacha tiqinli butilkalar esa tik holatda saqlanadi.

37. Meva-sabzavot tovarlari bilan chakana savdo qilishga nisbatan qanday talablar qoʻyiladi?

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ixtisoslashtirilgan meva-sabzavot doʻkonlarida, oziq-ovqat doʻkonlarining boʻlimlari va seksiyalarida, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi pavilyonlarda yangi uzilgan sabzavot, hoʻl meva, uzum, rezavor meva, subtropik oʻsimliklar, yongʻoqmevalar, poliz mahsulotlari, qoʻziqorin, yovvoyi holda oʻsuvchi mevalar, kartoshka va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni chakana sotish Chakana savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Chakana savdo korxonalari meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka koʻplab keltiriladigan davrda tumanlar, shaharlar hokimliklari va sanitariya nazorati organlarining ruxsati bilan lotoklar, telejkalarda sotishni, shuningdek dehqon bozorlari, guzarlar, yarmarkalar va ushbu maqsadlar uchun ajratilgan boshqa joylarda mayda ulgurji savdoning keng tarmogʻini tashkil etadilar.

Mayda chakana savdo tarmogʻi meva-sabzavot va boshqa qoʻshimcha tovarlar bilan oʻzlari tarkibiga kiradigan, ushbu mahsulotlar bilan savdo qiladigan korxonalar va tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi.

38. Meva-sabzavot bilan savdo qilishda boshqa oziq-ovqat tovarlari ham sotilishi mumkinmi?

Meva-sabzavot bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar qoʻshimcha ravishda qadoqlangan boshqa quyidagi oziq-ovqat tovarlari ham sotishi mumkin:

ziravor;

ketchuplar;

dorivorlar;

asal;

oʻsimlik moyi;

tuz;

oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻshiladigan 10 foizdan ortiq boʻlmagan konsentratsiyali sirka kislotasi;

meva-sabzavot sharbatlari;

chanqovbosdi ichimliklar.

Bundan tashqari, ish sharoitlariga qarab meva-sabzavot tovarlari bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar xoʻjalik tovarlari: kartoshka-sabzavot tozalagich, sharbatsiqqich, qopqoqlash mashinalari, har xil idishlar, tiqin va oʻrash materiallari, kichik mexanizatsiya vositalari, bogʻ-poliz anjomlari, polietilen plyonka, meva-sabzavot ekinlari va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlari va koʻchatlarini sotishi mumkin.

39. Meva-sabzavot tovarlari sortlarga ajratilgan holda sotilishi shartmi?

Sotuvga qoʻyiladigan meva-sabzavot tovarlari sortlarga ajratilgan boʻlishi va sifatiga koʻra texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Saralash sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan olmaning ayrim dumbul navlari (“Oq olma”, “Astraxan oq olmasi”, “Rozmarin”), rezavor mevalar (qulupnay, malina (xoʻjagʻat), smorodina (qoragʻat), danakli mevalar (olcha, gilos, olxoʻri, oʻrik) va uzum uchun bundan istisno qilishga yoʻl qoʻyiladi. Agar yaroqsizlik va chiqit miqdori olmalar uchun 5 foizdan, danakli mevalar va uzum uchun 10 foizdan ortiq boʻlmasa, koʻrsatib oʻtilgan mahsulot sortlarga ajratilmasdan sotuvga qoʻyilishi mumkin.

40. Meva-sabzavot tovarlari idishi va oʻramiga doir qanday talablar qoʻyiladi?

Meva-sabzavot tovarlari tayyorlash (qabul qilish), saqlash, qayta ishlash, sotish (savdo) joylariga tovarni mexanik shikastlanishdan saqlashni taʼminlovchi idishda va oʻramda keltiriladi. Meva-sabzavot tovarlarining nosoz, iflos va oʻziga xos hid kelib turadigan idishda va transport vositalarida idishsiz tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Meva-sabzavot tovarlari transportning ochiq turlari bilan tashilganda ularning ustiga brezent yoki oʻrash materiali yopilgan boʻlishi kerak.

Idish ehtiyotkorlik bilan, maxsus asboblar yordamida ochilishi kerak. Savdo korxonasi va tashkilotiga keltiriladigan barcha meva-sabzavot idishi uning saqlanishini taʼminlaydigan, ayniqsa, zararli moddalar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaydigan sharoitlarda saqlanishi kerak. Idishni savdo zalida, tamburda va savdo korxonalarining old tomonida saqlash taqiqlanadi. Idishni saqlash uchun maxsus bino yoki atrofi oʻralgan bostirmali maydon ajratiladi.

41. Hoʻl, quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot tovarlari qanday holatda saqlanadi?

Hoʻl, quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot tovarlari uchun maxsus ajratilgan, tabiiy yorugʻlik tushmaydigan, yaxshi shamollatiladigan, sovutiladigan joylarda idishga solingan holda saqlanadi. Tovarning har bir turi saqlash joylarida alohida joylashtiriladi. Mahsulot solingan yashiklar, lotoklar, savatlar 1,5-2 metr balandlikdagi soʻrilarga qoʻyiladi. Tovarlar konteynerlarda saqlanganda ularning poldan balandligi bino shipining balandligiga va koʻtarish mexanizmlari jihozlanganligiga bogʻliq boʻladi.

42. Hoʻl meva, sabzavot va kartoshkani saqlash uchun qanday temperatura rejimi va havo namligi boʻlishi zarur?

Hoʻl meva, sabzavot va kartoshkani saqlash uchun quyidagi sharoitlar taʼminlanishi kerak:

Mahsulotning nomi

Selsiy boʻyicha harorat darajasi

Havoning nisbiy namligi, foiz

Kartoshka

+2 dan +3 gacha

85–95

Sabzi, petrushka, selderey, sholgʻom, yerqalampir (xren), lavlagi, turp, rediska, bryukva, piyoz

–1 dan +1 gacha

90–95

Karam

–1 dan +3 gacha

90–95

Pomidor

+10 dan +13 gacha

75–80

Bodring, kabachki, qovoq, patisson, baqlajon

+13 dan +15 gacha

90–95

Salat, ismaloq, koʻkpiyoz, bogʻlamli rediska 
va boshqa oshkoʻklar

+1 dan +3 gacha

90–95

Qovun

+10 dan +13 gacha

85–90

Tarvuz

+3 dan +4 gacha

80–85

Olma

+4 dan +5 gacha

95

Nok

+2

95

Uzum

0 dan –1 gacha

90–95

Danakli mevalar (olcha, gilos, 
oʻrik, olxoʻri, shaftoli)

0 dan +1 gacha

80–95

Qalampir

+6 dan +7 gacha

80–95

Bulgʻor qalampiri

+10 dan +13 gacha

90–95

Sariq, toʻq sariq tusli sitrus mevalar

+2 dan +3 gacha

85–90

Mandarin, apelsin va limon

+2 dan +3 gacha

85–90

Pishgan ananas

+8 dan +9 gacha

85–90

Pishgan banan

+12 dan +14 gacha

90–95

Mevalar buzilishining oldini olish uchun fumigatsiya qilingan olma, nok va sitrus mevalarni savdo joylarida saqlash 24 soatdan oshmasligi kerak.

Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan bodring va pomidorlar yogʻoch bochkalarda, bidonlarda polda, shisha idishda – soʻkchaklarda yoki yashiklarda, polietilen qopchalar (yashiklar)da: karam – 0 dan – 20S gacha, bodring va pomidor – 1 dan +4oS gacha haroratda, sovutiladigan xonalar boʻlmagan taqdirda omborlarda +120S dan oshmaydigan haroratda tungi vaqtda majburiy shamollatishni qoʻllagan holda koʻpi bilan ikki kecha-kunduz saqlanadi.

Quritilgan mevalar, sabzavot va qoʻziqorinlar 0 darajadan +10 darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 75 foizdan yuqori boʻlmagan quruq, salqin xonalarda yashiklarda, soʻkchaklarga joylashtirilgan polietilen yoki kraft qopchalarda saqlanadi.

Havo kirmaydigan, sterilizatsiya qilingan metall, polimer, shisha idishdagi konservalar, sharbat va ichimliklar yogʻoch (yoki plastmassa) qutilarda +3 dan +100S darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 85 foizdan oshmaydigan sharoitda saqlanadi.

Muzlatilgan meva va sabzavotlar harorati – 8 – 100S darajadan oshmaydigan past haroratli kameralarda va peshtaxtalarda saqlanadi.

Yangi rezavor mevalar solingan ochiq savatlar va gʻalvirlar usti yengil gazlama (masalan, doka va hokazolar) bilan yopiladi.

Kartoshka va meva-sabzavot tovarlari sotishga qoʻyishdan avval yaroqsiz va nostandartlarga ajratib saralanadi, shuningdek ularning ifloslangan ustki qismi tozalanadi. Qayta ishlash uchun saralash stollari, imkoniyatga qarab saralash – kalibrlash mashinalari bilan jihozlangan maxsus xona ajratiladi.

Rezavor mevalar, gilos, olcha va uzum dastlabki qayta ishlovlarsiz savdoga qoʻyilishi mumkin.

43. Yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻimni kim toʻlaydi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi
PQ–4397-son “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanishi belgilangan.

Hozirda amalda boʻlib turgan tartibga asosan yangi (avval foydalanilmagan) avtotransport vositalarini xarid qilganlik uchun toʻlov xarid narxidan uch foizdan iborat boʻlib, avtotransport vositasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishida avtotransport vositasi egasi (foydalanuvchi) tomonidan toʻlanishi lozim.

44. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish kimlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va ularga nisbatan qanday talablar qoʻyiladi?

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish xoʻjalik yurituvchi subyektlar – belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan tovarlarni sotish faqat ixtisoslashtirilgan zargarlik doʻkonlari, univermaglar, savdo markazlarining boʻlimlari, seksiyalarida amalga oshiriladi. Ularda koʻrsatib oʻtilgan boyliklarning hisobga olinishi, ishonchli saqlanishi (qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi signalizatsiyasi mavjudligi, savdo boʻlimidan toʻsilgan mustahkamlangan, yonmaydigan poʻlat sandiq mavjudligi) va ularni xaridorlarning tanlashi uchun zarur sharoitlar taʼminlanadi.

Doʻkonlar va boʻlimlarda quyidagilar mavjud boʻlishi shart: “Oʻzstandart” agentligining davlat tekshiruvchilari tomonidan tekshirilgan birinchi yoki ikkinchi klass aniqlikdagi torozilar, gardish oʻlchagichlar, barmoq oʻlchagichlar, probani aniqlash uchun reaktivlar.

45. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar qanday talablarga javob berishi shart?

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda ularni tayyorlaganlarning tamgʻalari va Davlat probani aniqlash palatasi tomonidan qoʻyilgan proba tamgʻalari mavjud boʻlsagina sotiladi.

Chet eldan keltirilgan xorijda ishlab chiqarilgan buyumlarda ham Davlat probani aniqlash palatasining tamgʻasi boʻlishi shart.

Sotuvga qoʻyilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda mahsulotning nomi, tayyorlovchi, artikul, proba, 1 gramm mahsulotning massasi va narxi, sotuvga qoʻyilgan buyumlarning turi, ularning xususiyati, buyumning massasi va chakana narxi koʻrsatilgan holda plombalangan yorliqlar boʻlishi kerak.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq tamgʻalanmaydigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlarning ayrim turlarida sifat sertifikati boʻlishi kerak.

46. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni almashtirish va qaytarish mumkinmi?

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar almashtirilmaydi va qaytarib olinmaydi, ularda chakana savdo korxonasi tomonidan qayd etilmagan nuqsonlar (zirakka toshlar, ilgaklarning, bilakuzukka sharnirli birikmalarning sifatsiz mahkam­langanligi, yorliqlar, ushalgan joylar, tirnalgan joylar, gʻudurlar va boshqa nuqsonlar) aniqlangan, davlat proba tamgʻasi muhrining zargarlik qotishmasi amaldagi probasiga, buyum xususiyatining plombalangan yorliq maʼlumotlariga mos kelmasligi bundan mustasno.

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda chakana savdo korxonasi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar aniqlangan taqdirda xaridor ularni xarid qilingan kundan boshlab 6 oy ichida xarid narxi tegishlicha qayta hisoblangan holda ana shunday buyumlarga yoki boshqa buyumlarga almashtirish huquqiga ega boʻladi yoxud ulardagi nuqsonlar tekin bartaraf etilishi yoki xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishi kerak.

Xaridor, shuningdek zarar qoplangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga ham haqli boʻladi. Xaridorning koʻrsatib oʻtilgan talablari tovar cheki taqdim etilgandan keyin koʻrib chiqiladi.

Sifatga oid nuqsonlar paydo boʻlishi sabablari masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqsa, sotuvchi qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumni xaridordan qabul qilib olishga va uni mustaqil ekspertiza oʻtkazish uchun Davlat probani aniqlash palatasiga yuborishga majburdir.

Xaridor ekspertiza oʻtkazishda qatnashishga haqlidir.

47. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotib olish mumkin boʻlgan yoki taqiqlangan holatlar mavjudmi?

Sotib olish punktlari aholidan shartnoma asosida:

qimmatbaho metallar (oltin, platina, palladiy va kumush) va ulardan yasalgan buyumlar;

qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar;

monetalar (oltin, platina va kumush tangalar);

korpusiga oltin qoplangan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import soatlar;

kumush gardishli chinni va billur buyumlarni sotib oladi.

Shu bilan birga, sotib olish punktlarining:

texnik olmoslar;

qayta ishlanmagan shakldagi qimmatbaho toshlar;

yombi, oltin choʻkindi, olib qoʻyiladigan yasama tish, sim va kukun shaklidagi oltin, platina, palladiy va kumush;

oltin, platina, palladiy va kumushdan yasalgan ishlab chiqarish-texnika maqsadidagi buyumlar (chega, laboratoriya idishi va boshqalar);

davlat va jamoat korxonalari va tashkilotlaridan qimmatli boyliklarni sotib olishi taqiqlanadi.

48. Aholidan qimmatli boylikni sotib olish qanday rasmiylash­tiriladi?

Sotib olingan har bir qimmatli boylik kvitansiya bilan birgalikda haqi toʻlangandan keyin darhol konvertga solinadi va reyestrga yozib qoʻyiladi, konvertda kvitansiyaning raqami va qabul qilingan sana koʻrsatiladi. Shundan keyin konvert yelimlanadi. Konvertga sigʻmaydigan sotib olingan yirik hajmli qimmatli boyliklar qogʻozga oʻraladi, ularga konvertda koʻrsatilganga oʻxshash maʼlumotlar boʻlgan yorliq yopishtiriladi.

Har kuni ish kuni oxirida sotib oluvchi tovarshunos ichiga qimmatli boyliklar solingan barcha konvertlarni paket (yoki qop)ga oʻraydi va oʻzining plombiri bilan plombalaydi. Plombalangan paketlar seyfda saqlanadi. Seyfning kaliti sotib olish punktining mudirida saqlanadi, agar sotib olish punkti doʻkon huzurida boʻlsa, sotib oluvchi tovarshunosda saqlanadi. Qimmatli boyliklarni saqlash uchun qabul qilishda sotib olish punkti mudiri reyestrni imzolaydi. Reyestrning bir nusxasi sotib oluvchi tovarshunosda qoladi. Paketga yoki qopga joylangan qimmatli boyliklar uchun sotib oluvchi tovarshunos toʻliq moddiy javob beradi.

Keyingi ish kunida, aholidan sotib olingan qimmatli boyliklar koʻzdan kechirilgandan so‘ng tovarshunos sotib olish punkti rahbari bilan birgalikda bundan keyin sotish uchun yaroqli boʻlgan zargarlik buyumlarini sotish uchun qoʻyadi. Bundan keyin sotish uchun yaroqli boʻlmagan buyumlarga ega boʻlgan sotib olish punkti:

ushbu buyumlarni qayta ishlashi va oʻzining sexlari (ustaxonalari)da, ulardan zargarlik buyumlari tayyorlashi mumkin. Oʻzining sexlari (ustaxonalari)da tayyorlangan zargarlik buyumlari bundan keyin oʻzining ixtisoslashtirilgan savdo obyektlarida yoki shartnoma asosida boshqa ixtisoslashtirilgan savdo obyektlarida sotilishi mumkin;

ushbu buyumlarni bundan keyin qayta ishlash va ulardan zargarlik buyumlari tayyorlash uchun korxonalarga berish yoki shartnoma asosida sotishi mumkin. Tayyorlangan mahsulot buyurtmachining ixtisoslashtirilgan savdo obyektlarida bundan keyin sotish uchun buyurtmachiga qaytarilishi yoki oʻzining ixtisoslashtirilgan savdo obyektlari orqali tayyorlovchi korxonalarga sotilishi mumkin.

49. Aholidan qimmatli boylik sotib olish ustidan kimlar nazoratni amalga oshiradi?

Quyidagi masalalar boʻyicha sotib olish punktlari ishi ustidan nazorat:

punktlar ishining toʻgʻri tashkil etilganligi – tasarrufida ushbu punktlar boʻlgan tashkilotlar tomonidan;

roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi mavjudligi, hisobga olish va pul operatsiyalarini yuritish, shuningdek nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilishi boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan;

shartnomaviy narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qoʻllanilishining toʻgʻri iqtisodiy asoslanganligi – Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan;

buyumlarning sifati, ularda Davlat proba tamgʻasi ottisklari borligi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi probani aniqlash tamgʻasi mavjudligi – Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probani aniqlash palatasi tomonidan amalga oshiriladi.

50. Mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi mavjudmi?

Hukumat qarori (778-son, 17.09.2019.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

2019-yil 1-noyabrgacha – ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda;

2019-yil 1-noyabrdan – jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul, 2019-yil 1-dekabrdan esa pulli asosda roʻyxatga olinadi.

Nizomga koʻra mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizim operatori yoki tizim roʻyxatga oluvchisiga murojaat boʻyicha amalga oshiriladi.

Avval roʻyxatga olingan mobil qurilmalar qayta roʻyxatga olinmaydi.

51. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi avtomototransport vositalarini chakana sotishning qanday xususiyatlari mavjud?

Sotuvga faqat belgilangan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart boʻlsa) avtomototransport vositalari (avtomobillar, mototsikllar, tirkamalar, mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan raqamli agregatlar) qoʻyiladi.

Yangi import avtomobillarni sotish faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshiriladi.

Avtomototransport vositalarini sotuvchi doʻkonlarning joylashishi avtomototransport vositalarini namoyish qilish uchun zarur savdo maydonlari va sotish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjudligi hisobga olingan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

52. Avtomototransport vositalari savdo zaliga qoʻyilgunicha qanday tayyorgarlik koʻriladi?

Avtomototransport vositalari savdo zaliga qoʻyilguniga qadar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ishlar hajmiga muvofiq savdo oldi tayyorgarligidan oʻtishi kerak. Bunday tayyorgarlik sotuvchi yoki sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida bunday talabni bajaruvchi korxona tomonidan amalga oshiriladi. Servis daftarida yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatda tayyorgarlik oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qayd etiladi. Hujjatda bunday belgini qayd etmasdan avtomototransport vositalari sotilishi mumkin emas.

Sotuvchi rasmiylashtirishgacha xaridorga avtomototransport vositasini sotishdan oldin tayyorlashga doir bajarilgan ishlarning sifatini, uning butlanganligini tekshirish, shuningdek kafolat majburiyatlari shartlari bilan tanishish imkonini berishi kerak.

Chet elda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasidan foydalanishga doir amaliy qoʻllanma davlat tiliga qoʻshimcha haq undirilmasdan tarjima qilinishi kerak.

53. Avtomototransport vositalari sotishda qanday xizmatlar koʻrsatiladi?

Sotuvchi avtomototransport vositasini tanlashda malakali yordam berilishini taʼminlashi, xaridorni ushbu vositalarning sotuvda mavjud boʻlgan rusumlari va modellari bilan tanishtirishi kerak.

Avtomototransport vositalari savdo zalida yoki sotish qulay boʻlgan boshqa joylarda xaridor uni erkin koʻrib chiqadigan qilib joylashtirilishi kerak.

Sotuvchi qoʻshimcha tovarlar sotilishini tashkil etishi va qoʻshimcha haq toʻlash evaziga xaridorga kompleks xizmatlar (avtomobilga qoʻshimcha aksessuarlar, qurilmalar va mexanizmlar oʻrnatish, avtomobillarni saqlash, yonilgʻi quyish va boshqalar) koʻrsatishi mumkin.

Shu bilan birga, sotilgan avtomototransport vositasi uchun sotuvchi xaridorga quyidagilarni berishi kerak:

servis daftarchasi;

foydalanish boʻyicha amaliy qoʻllanma;

pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi tovar (kassa) cheki yoki boshqa hujjat;

avtomototransport vositasi kompleksiga kiruvchi anjomlar toʻplami, agar bunday toʻplam ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi maʼlumotnoma – schyot.

Nomerli agregat (dvigatel, shasse, kuzov, rama) sotilganda xaridorga quyidagilar beriladi:

ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan texnik hujjatlar (bayoni), tovar (kassa) cheki yoki pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi maʼlumotnoma – schyot.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtomototransport vositalarini sotuvchi korxonalarni belgilangan tartibda tegishli himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan maʼlumotnoma – schyot blankalari bilan taʼminlaydi va ularning sarflanishini nazorat qiladi.

54. Avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun jismoniy shaxslardan qanday hujjatlar talab qilinadi?

1. Taraflar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlar).

2. Transport vositasini qayd etish guvohnomasi (tex.pasport).

3. Mulk umumiy boʻlsa, barcha mulkdorlar (er-xotin)ning roziligi (nikoh guvohnomasi).

4. Agar mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi.

5. Agar vasiylik (homiylik)dagi shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma rasmiylashtirilsa, vasiylik va homiylik organining roziligi.

6. Agar mulk merosga asosan tegishli boʻlsa, meros guvohnomasining nusxasi.

7. Agar avtotransport vositalari kredit mablagʻlariga olingan boʻlsa, kredit shartnomasi nusxasi.

8. Agar vakillik mavjud boʻlsa, vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).

55. Avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun yuridik shaxslardan qanday hujjatlar talab qilinadi?

1. Taraflar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlar).

2. Transport vositasini qayd etish guvohnomasi (tex. pasport).

3. Vakolatli organning qarori. Yaʼni yuridik shaxs tashkiliy-huquqiy shaklidan kelib chiqib, bitim tuzish vakolati berilgan yuridik shaxs organining bu haqidagi qarori.

4. Vakil vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).

5. Mulkdorning roziligi (agar yuridik shaxsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli boʻlsa).

6. Taʼsischi yakka boʻlganida er(xotin)ning roziligi (nikoh guvohnomasi).

7. Agar avtotransport vositalari kredit mablagʻlariga olingan boʻlsa, kredit shartnomasi nusxasi.

56. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji qanday miqdorlarda undiriladi?

Transport vositasining dvigatel quvvati boʻyicha

Ishlab chiqarilgan muddatiga qarab:

3 yilgacha boʻlganda

3 yildan 7 yilgacha boʻlganda

7 yil va undan ortiq boʻlganda

60 ot kuchigacha boʻlganda

eng kam oylik ish haqining

4 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida

eng kam oylik

ish haqining 2 baravari miqdorida

60 ot kuchidan

110 ot kuchigacha boʻlganda

eng kam oylik ish haqining

6 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida

eng kam oylik

ish haqining 3 baravari miqdorida

110 ot kuchidan yuqori boʻlganda

eng kam oylik ish haqining

10 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 8 baravari miqdorida

eng kam oylik

ish haqining 5 baravari miqdorida

bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiq uchun

eng kam oylik ish haqining 
50 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida

eng kam oylik

ish haqining 10 foizi miqdorida

57. Avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun qancha boj undiriladi?

Bunda davlat boji miqdori qarindoshlik faktini mavjudligi yoki mavjud emasligiga koʻra farqlanadi. Jumladan, mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga – eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida undiriladi.

Boshqa shaxslardan esa eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

C:\Users\Dell\Desktop\service_malibu.pngYangi avtomototransport vositalari sotib olinganda kafolat beriladimi?

Odatda, koʻplab mamlakatlar huquqiy tajribasida avtotransport vositalarini yangidan xarid qilganda unga kafolat taqdim qilinadi. Bunda kafolat muayyan masofani bosib oʻtishiga yoki oylar bilan hisoblanishi mumkin.

Avtomototransport vositasiga ishlab chiqaruvchining kafolatnomasi normativ-texnik hujjatlarda belgilangan muddat davomida yoki muayyan kilometr yurilishi mobaynida amal qiladi.

Kafolat muddati avtomototransport vositasi xaridorga sotilgan kundan boshlanadi.

Foydalanishning kafolat muddati davrida sotilgan avtomototransport vositalarida sotuvchi tomonidan qayd etilmagan kamchiliklar va ishlab chiqarishdagi yashirin nuqsonlari aniqlangan taqdirda avtomototransport vositasi egasining tanlovi boʻyicha shunga oʻxshash rusumdagi yangi avtomototransport vositasi bilan yoki xarid narxi tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilingan holda boshqa rusumdagi avtomototransport vositasi bilan almashtirilishi yoxud ulardagi kamchiliklar tekin bartaraf etilishi yoki ularni bartaraf etish xarajatlari toʻlanishi yoxud xarid narxi tegishlicha kamaytirilishi kerak (avtomobillar bundan mustasno).

Kafolat muddati mobaynida avtomobillarni almashtirish, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur boʻlgan taqdirda ekspert komissiyasi qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Avtomototransport egasi, shuningdek zararlar toʻlangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga haqlidir (avtomobillar bundan mustasno). Koʻrsatib oʻtilgan talablar avtomototransport vositasini sotuvchiga qoʻyiladi. Agar kafolat davrida avtomobil vositasi nosozligi aniqlansa, u holda avtomobilning nosozligini diagnostika qilish va uni taʼmirlash uchun, vakolatlangan dilerga murojaat qilish lozim. Avtomobildan normal foydalanishning barcha qoidalariga va ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga hamda texnik xizmat koʻrsatishning belgilangan reglamentiga rioya qilingan boʻlishi shart.

Kafolat vakolatli dilerlar orqali sotilgan avtomobillarga taalluqli boʻladi va normal sharoitlarda foydalaniladigan avtomobillar uchun, qaysi biri avvalroq yuz berishiga qarab avtomobilning egasi tomonidan qabul qilinishi kunidan boshlab 36 oyni yoki jami bosib oʻtilgan 100000 km yoʻlni tashkil etadi.

Kafolat faqat muayyan avtomobilgagina taalluqli sanaladi, uning egasiga esa shaxsan bogʻliq boʻlmaydi. Avtomobilning sotilishida sotuvchi servis kitobchasini yangi egasiga topshirishi va vakolatlangan dilerning muhrini qoʻyishi hamda yangi egasining maʼlumotlarini servis kitobchasiga kiritishi shart. Kafolat davri mobaynida avtomobilning yangi egasi servis kitobchasida koʻrsatilgan ishlab chiqaruvchining barcha talablari bajarilishi sharti bilan, kafolatga ega boʻlish yuzasidan xuddi shunday huquqlarga ega boʻladi.

58. Avtomototransportda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish tartibi qanday?

Avtomototransportda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi (respublika tashqarisidan keltiriladigan zarur ehtiyot qismlar mavjud boʻlmagan taqdirda ularni keltirish talab qilinadigan vaqtni hisobga olmasdan, biroq uch oydan ortiq boʻlmagan) muddatlarda amalga oshiriladi:

koʻpi bilan 10 kun – avtomototransport vositasi egasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli talab berilgan paytdan boshlab ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan;

koʻpi bilan 20 kun – kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida avtomototransport vositasi egasi tomonidan tegishli talab berilgan paytdan boshlab savdo korxonasi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan.

Avtomototransport vositasidagi kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan kafolat muddati transport vositasidan foydalanilmagan vaqtga uzaytiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan vaqt avtomototransport egasining kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi talab bilan murojaat qilgan kundan boshlab hisoblanadi va avtomototransport vositasi tuzatilgandan keyin olingan paytdan boshlab tamom boʻladi.

Nuqsonlari boʻlgan avtomototransport vositasini almashtirish tartibi qanday?

Nuqsonlari boʻlgan avtomototransport vositasini sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan almashtirish yetti kun muddatda (agar almashtirish toʻgʻrisida talab berilgan paytda shunga oʻxshash avtomototransport vositasi bor boʻlsa), sifatni qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganda esa avtomototransport vositasi egasi tomonidan talab berilgan kundan boshlab 20 kun ichida amalga oshiriladi.

Avtomototransport vositasi mavjud boʻlmaganda avtomototransport vositasi egasining nuqsonli avtomototransport vositasini almashtirish toʻgʻrisidagi talabi eʼtiroz berilgan paytdan boshlab bir oy ichida qondirilishi kerak.

Avtomototransport vositasini almashtirishda kafolat muddati avtomototransport vositasi egasiga berilgan kundan boshlab hisoblanadi.

59. Kamchiliklar (nosozliklar) paydo boʻlishi masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan hollarda masala qanday hal qilinadi?

Kamchiliklar (nosozliklar) paydo boʻlishi masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) avtomototransport vositasi egasi murojaat qilgan joy boʻyicha ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga tayyorlovchining, sotuvchining (uning funksiyalarini bajaruvchi korxonaning) vakili va avtomototransport egasining xohishi boʻyicha isteʼmolchilar jamoatchilik tashkiloti vakili yoki boshqa shaxs kiradi. Avtomototransport vositasi egasi ekspertiza oʻtkazilishida qatnashish huquqiga egadir.

Komissiya kamchilik (nosozlik):

a) agar avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish boʻyicha zavod yoʻriqnomasi talablariga rioya etmaslik, jumladan, yoʻriqnomada koʻrsatilgan foydalanish materiallarini qoʻllash boʻyicha talablarga rioya etmaslik;

b) avtomototransport vositasi avariya natijasida shikastlanishi, agar avariya avtomototransport vositasining texnik nosozligi natijasida yuz bermasa;

d) agar uzellar va agregatlar avtomototransport vositasi egasi tomonidan avtomototransport vositasini kafolatli tuzatish punktiga yoki zavod vakiliga joyida koʻrsatmasdan qismlarga ajratilishi yoki tuzatilishi;

e) avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasi konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilishi, konstruksiyasi avtomo­totransport vositasini tayyorlovchi zavod bilan kelishilgan qoʻl bilan boshqarish detallari namunaviy komplektlarini mustaqil oʻrnatishdan tashqari;

f) agar avtomototransport vositasi egasi tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoki oʻz kuchi bilan standart uzellar va detallar qismlarga ajratilishi va normativ-texnik hujjatlarda nazarda tutilmagan boshqa uzellar va detallar montaj qilinishi;

g) ishlab chiqaruvchi zavodning roziligisiz avtomototransport vositasidan poygalarda yoki musobaqalarda foydalanish natijasida;

h) nosozliklar avtomototransport vositasi egasining ehtiyotsizligi (sovuqqonligi), nuqsonlar kelib chiqishining oldini olish uchun zarur xatti-harakatlar koʻrmaganligi oqibatida kelib chiqqan deyish uchun yetarlicha asos boʻlgan boshqa hollarda avtomototransport vositasi egasining talabini koʻrib chiqmasligi mumkin.

Mazkur bandda sanab oʻtilgan sabablar tufayli paydo boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

60. Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan avtotransport vositalariga kafolat berishning shartlari qanday?

1. Kafolat avtomobilning egasi tomonidan qabul qilinishi kunidan boshlab 36 oy davomida ushbu davr ichida oʻtilgan yoʻl jami 100000 km oʻtilgan yoʻldan oshmasligi hamda avtomobilga ilova qilingan foydalanish qoʻllanmasida bayon etilgan foydalanish va parvarish qilish qoidalariga qatʼiy rioya qilinganligi sharti bilan, amal qiladi.

2. Kafolat eʼtirozi har qanday vakolatlangan dilerga darhol bildirilishi lozim. Avtomobil bilan birgalikda, dilerga (birinchi roʻyxatdan oʻtishda vakolatlangan, avtomobilni sotgan diler tomonidan toʻldirilgan, imzolangan va muhri qoʻyilgan) servis kitobchasi taqdim etilishi lozim. Nosozliklarni bartaraf etish, taʼmirlash va davriy texnik xizmat koʻrsatish uchun avtomobilning egasi oʻz davlatidagi har qanday vakolatlangan dilerga murojaat qilishi mumkin.

3. Kafolat eʼtirozining qabul qilinishi sharti: toʻgʻri toʻldirilgan servis kitobchasining taqdim etilishidir. Kafolat davrida nosozlikni bartaraf etish jarayonida, vakolatlangan diler avtomobilning soz holatini tiklaydi. Asosiy kafolat taʼmrlanishi nosoz boʻlgan detalni taʼmirlash yoki almashtirish bilan cheklanadi. Nosozlikning belgilari aniqlanganda, avtomobilning egasi vakolatlangan dilerga kafolat eʼtirozi bilan darhol murojaat qilishi lozim.

4. Shinalarni ishlab chiqaruvchining kafolat majburiyatlari. Shinalar boʻyicha kafolat toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olish uchun, iltimos, shinalarning mahalliy distribyutoriga murojaat qiling.

5. Kafolat davrida texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash bajarilganda faqat vakolatlangan dilerlardan sotib olingan firmaviy asl ehtiyot qismlari foydalanilishi lozim.

6. Kafolat eʼtiroziga boʻlgan huquq 1-bandida koʻrsatilgan kafolat davri tugaganidan keyin oʻz kuchini yoʻqotadi.

Agar avtomobilning egasi kafolat davri mobaynida aniqlangan nosozlik haqida eʼtiroz bildirgan boʻlsa, lekin bunday nosozliklar kafolat muddati tugaguncha bartaraf etilmagan boʻlsa, bildirilgan nosozliklar boʻyicha kafolat majburiyatlari, avtomobil boʻyicha asosiy kafolat muddatining tugashi sanasidan boshlab 6 oydan oshmagan muddatga uzaytiriladi. Ushbu koʻrsatilgan muddatda kafolat eʼtirozini bildirish huquqini saqlab qolish uchun diler “DjiEm Oʻzbekiston” AJ bilan muammoni tartibga solishning barcha mumkin boʻlgan yoʻllarini ishlab chiqishi kerak. Muddati tugaganidan keyin ushbu eʼtiroz boʻyicha javobgarlik dilerga oʻtadi.

7. Kafolat eʼtirozlari oʻz kuchini saqlab qoladi. Agar:

avtomobilning egasi avtomobildan foydalanish qoʻllanmasiga muvofiq toʻgʻri foydalanish talablariga rioya qilsa;

davriy texnik xizmat koʻrsatishning barcha amallari ushbu servis kitobchasiga muvofiq vakolatlangan diler tomonidan bajarilgan boʻlsa;

taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha amallar servis kitobchasida qayd etilgan va tegishli buyurtma-naryadlar bilan tasdiqlangan boʻlsa;

avtomobilning egasi avtomobilning texnik holatiga yetarli eʼtibor qaratsa va nosozliklarni darhol bartaraf etish uchun choralarini koʻrsa;

avtomobil vakolatlangan dilerga taʼmirlash uchun taqdim etilgan boʻlsa.

8. Kafolat taʼmirlashning imkoni boricha qisqa muddatda bajarilishi.

9. Kafolat majburiyatlari doirasida avtomobilning:

– motor;

– uzatmalar qutisi kabi asosiy agregatlari almashtirilganda almashtirilgan asosiy agregatlar boʻyicha kafolat muddati umuman yangi avtomobil boʻyicha kafolat davrining oxirigacha amal qiladi.

10. Kafolat davrida bajarilgan taʼmirlashni tasdiqlash sifatida vakolatlangan dilerning buyurtma-naryadlari xizmat qiladi. Ushbu hujjatlar servis kitobchasiga ilova boʻladi. Kafolat taʼmirlanishi va odatdagi taʼmirlash servis kitobchasida aniq va tushunarli qayd etilishi lozim.

11. Mazkur kafolat egasining iqtisodiy yoʻqotishlarini va qoʻshimcha xarajatlarini qoplash boʻyicha amal qilmaydi.

Bunday xarajatlar quyidagi bandlarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:

avtomobildan foydalanish noqulayliklarini qoplash;

avtomobil saqlanishi xarajatlari;

vaqtning yoki foydaning yoʻqotilishi uchun qoplashlar;

avtomobilning ijarasi uchun xarajatlar;

yashash, ovqatlanish uchun va boshqa yoʻl xarajatlar.

61. Vositachilik savdosining qanday xususiyatlari mavjud?

Vositachilik savdosi yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan ham yuridik, ham jismoniy shaxslar boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Bunda tovarlar vositachilik savdosiga yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilib olinadi. Komitent (tovarni topshiruvchi)da agar oldi-sotdi shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tovar sotilgan (berilgan) paytgacha komissioner (sotuvchi) tomonidan vositachilik savdosiga qabul qilingan tovarga mulk egasi huquqi saqlanib qoladi.

Komissioner vositachilik savdosiga qabul qilingan tovarning yoʻqolishi va shikastlanganligi uchun komitent oldida toʻliq javob beradi. Komitentga yetkazilgan zarar miqdori va uni qoplash tartibi tomonlarning kelishuviga koʻra aniqlanadi.

62. Vositachilik savdosi bitimida qanday maʼlumotlar koʻrsatiladi?

Tovarlarni vositachilik savdosiga qabul qilib olish komissioner va komitent tomonidan imzolanadigan vositachilik bitimi (vositachilik shartnomasi, kvitansiya, yuk xati va boshqa turlari) tuzish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. Vositachilik bitimida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:

hujjatning tartib raqami, u tuzilgan sana;

tomonlarning (manzili, hisob-kitob raqami, telefoni), komissionerning nomi va rekvizitlari, pasportiga oid maʼlumotlar va komitent shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi maʼlumotlar;

tovarning nomi;

tovar holatini tavsiflovchi maʼlumotlar: yangi, foydalanilgan, eskirish darajasi, asosiy tovar belgilari, tovarning nuqsonlari;

tovarning narxi;

vositachilik taqdirlash haqi miqdori va uni toʻlash tartibi;

tovarni vositachilik savdosiga qabul qilib olish shartlari;

tovarni arzonlashtirish tartibi va arzonlashtirish miqdori;

tovar arzonlashtirilgungacha va undan keyin uni sotish muddatlari;

komissioner tomonidan sotilmagan tovarni komitentga qaytarish shartlari va tartibi;

komissioner va komitent oʻrtasidagi hisob-kitoblar shartlari va tartibi;

agar tomonlarning kelishuviga koʻra ushbu xarajatlar qoplanishi kerak boʻlsa, vositachilik savdosiga qabul qilingan tovar saqlanganligi uchun komissionerning xarajatlarini toʻlash miqdori.

63. Qanday buyumlar vositachilik savdosiga qabul qilinmaydi?

Qaytarilmaydigan yoki boshqa oʻlcham, shakl, gabarit, model, rang yoki komplektatsiyadagi ana shunday tovarga almashtirilmaydigan tovarlar; profilaktikaga va kasalliklarni uy sharoitida davolashga moʻljallangan tovarlar; shaxsiy gigiyena buyumlari, pardoz-andoz tovarlari, tikuv va trikotaj ich kiyimlari, paypoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda ishlatilgan polimer materiallardan yasalgan, jumladan, bir marta foydalanish uchun moʻljallangan buyumlar va materiallar, foydalanilgan buyumlar va materiallar, maishiy kimyo tovarlari, dori vositalari vositachilik savdosiga qabul qilinmaydi.

64. Vositachilik savdosida komissionerni taqdirlash qanday amalga oshiriladi?

Vositachilik savdosiga qabul qilinadigan tovarlarning narxi va komissionerning taqdirlash puli komitent bilan komissioner oʻrtasidagi oʻzaro ahdlashuvga koʻra belgilanadi, bu vositachilik bitimida qayd etiladi (yozib qoʻyiladi) va har ikkala tomonning imzolari bilan tasdiqlanadi.

Muayyan vaqt mobaynida sotilmagan tovarni qayta baholash vositachilik bitimi shartlaridan kelib chiqib komissioner tomonidan amalga oshiriladi, unga mazkur hujjatlarni imzolash chogʻida komitent rozilik bildiradi. Tovarlarni qayta baholash komitentni chaqirmasdan amalga oshirilishi mumkin, komitentning vositachilik bitimidagi imzosi bilan uning bu shartlarga roziligi tasdiqlanadi.

Sotish uchun qabul qilib olish paytida aniqlanmagan va xaridorga sotish (berish)gacha aniqlangan yashirin nuqsoni boʻlgan yangi tovarlar sotishdan olib qoʻyilishi va agar nuqsonlar komissionerning aybi bilan paydo boʻlganligi isbot qilinmasa, tovarlar saqlanganligi uchun komissionerning xarajatlariga haq toʻlanmasdan komitentga qaytarilishi kerak.

65. Vositachilik savdosida komitent topshiriqni qanday bekor qiladi?

Komitent komissionerga berilgan topshiriqni bekor qilib istalgan paytda vositachilik bitimini bajarishni rad etishga haqlidir. Komissioner topshiriq bekor qilinganligi tufayli kelib chiqqan zararlar qoplanishini talab qilishga haqlidir. Komitent vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda agar bunday muddat belgilangan boʻlmasa, darhol oʻzining komissionerning ixtiyoridagi mulkini tasarruf qilishi kerak. Agar komitent ushbu majburiyatni bajarmasa, komissioner tovarni komitentning hisobidan saqlash uchun topshirishga yoxud uni komitent uchun qulayroq narxda sotishga haqlidir.

Komitentning vositachilik shartnomasini zarur darajada bajarmaslik bilan bogʻliq boʻlgan talablari komissionerga agar tomonlarning bitishuvida oʻzgacha muddat belgilanmagan boʻlsa, sotilgan tovar uchun komitentga pul toʻlangan yoxud sotilmagan tovar unga qaytarilmagan kundan boshlab 30 kun mobaynida berilishi kerak.

66. Toʻqimachilik, trikotaj, tikuv buyumlari, moʻynali tovarlar va poyabzalni sotishning qanday xususiyatlari mavjud?

Toʻqimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim-kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), moʻynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal savdo zaliga qoʻyilgungacha savdo oldi tayyorgarligidan oʻtishi kerak. Savdo oldi tayyorgarligi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: tovarni oʻrovdan olish, sortlarga ajratish va koʻzdan kechirish; tovarning sifatini (tashqi belgilariga koʻra) hamda tovar va uni tayyorlovchi toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar borligini tekshirish; zarurat boʻlganda buyumlarni tozalash va dazmollash hamda mayda tuzatish.

67. Toʻqimachilik, trikotaj, tikuv buyumlari, moʻynali tovarlar va poyabzallar sotuvga qanday qoʻyiladi?

Sotuvga tavsiya etilayotgan tovarlar turlari, modellari, oʻlchamlari, boʻyiga koʻra guruhlarga ajratilishi va savdo zaliga qoʻyilishi kerak. Savdo xususiyatlarini hisobga olgan holda savdo zalida xaridorga tanlash va oʻziga kerakli tovarni xarid qilish imkonini beruvchi sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlarning namunalari qoʻyilishi kerak.

Erkaklar, ayollar va bolalarga moʻljallangan trikotaj, tikuv buyumlari, moʻynali tovarlar va poyabzal savdo zalida alohida joylashtirilishi kerak.

Gazlamalar turlariga va ular tayyorlangan tolaning xiliga koʻra moʻynali tovarlar moʻynaning turiga koʻra guruhlarga ajratiladi.

Gazlamaning har bir namunasiga, shuningdek u tayyorlangan tolaning foiz miqdori toʻgʻrisidagi, moʻynadan yasalgan buyumlarga esa moʻynaning turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinishi kerak.

Tovarlar oʻz nomi, artikuli, narxi, oʻlchami (kiyim-kechak, ichki kiyimlar va boshqa tikuv buyumlari, poyabzal, bosh kiyimlar uchun) va boʻyi (kiyim-kechak va ichki kiyimlar uchun) koʻrsatilgan holda yorliqlarga ega boʻlishi kerak.

Sotuvchi xaridorga tikuv, ustki trikotaj buyumlar, bosh kiyimlar, moʻynali tovarlar va poyabzalni kiyib koʻrish uchun sharoitlar yaratishi kerak. Ushbu maqsadda savdo zallari banketka yoki skameykalar, qoʻygichlar oʻrnatilgan, kiyim kiyib koʻriladigan oynali xonalar bilan jihozlanishi kerak.

68. Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni sotishning qanday xususiyatlari mavjud?

Maishiy radioelektron apparatlar, aloqa vositalari, hisoblash va koʻpaytirish texnikasi, foto va kinoapparatlar, soatlar, musiqa tovarlari, maishiy elektr priborlari, mashina va jihozlar, texnik jihatdan murakkab boshqa maishiy tovarlar savdo zaliga yoki xaridni berish joyiga chiqarilgunga qadar savdo oldi tayyorgarligidan oʻtishi kerak, u tovarni ochish, zavod moylarini, changlarni, qirindilarni tozalash; tovarni koʻzdan kechirish; buyumning butligini, sifatini tekshirish, tovar va uning tayyorlovchisi, zarurat boʻlganda buyumni yigʻish va sozlash toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar mavjudligini tekshirishlarni oʻz ichiga oladi.

69. Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni sotishda qanday talablarga rioya qilinadi?

Sotuvga qoʻyilgan tovarlar namunalari savdo zaliga joylashtirilishi, ularda tovarning nomi, markasi, modeli, artikuli, narxi koʻrsatilgan yorliqlari, shuningdek uning asosiy texnik tavsiflari yozilgan qisqacha annotatsiya boʻlishi kerak.

Xaridorning talabiga koʻra u tovarlarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishtirilishi, tovarlar yigʻilgan, texnik jihatdan soz holatda namoyish qilinishi kerak. Ishlatish uchun maxsus jihozni talab qilmaydigan tovarlar ishlayotgan holatda namoyish qilinadi.

Sotuvchi xaridor ishtirokida tovarning sifatini, uning butligini, unga taalluqli hujjatlarning mavjudligini, narxining toʻgʻriligini tekshiradi.

70. Qanday maishiy elektr priborlarini sotish taqiqlanadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan, maishiy elektr priborlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining klassi toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmagan maishiy elektr priborlarini sotish va sotish uchun saqlash taqiqlanadi.

Mazkur hujjatga koʻra 2016-yil 1-yanvardan boshlab:

a) texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlarning majburiy mavjud boʻlishi haqidagi talab roʻyxat boʻyicha chetdan olib kirilayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan maishiy elektr priborlariga tatbiq etiladi;

b) maishiy elektr priborlarining energiya samaradorligi klasslarini aniqlash uchun “A”, “V”, “S”, “D”, “E”, “F”, “G” belgilari joriy etiladi. Bunda:

“A” klassi energiya samaradorligi eng yuqori boʻlgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun va tegishli ravishda “G” klassi – (tavsiflarini hisobga olgan holda) bir toifaga kiritilgan maishiy elektr priborlari jumlasidagi energiya samaradorligi eng kam boʻlgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun qoʻllanadi;

energiya samaradorligining “A+”, “A++” (ortib borishiga koʻra – “A+”, “A++” va shu kabi) hamda undan yuqori qoʻshimcha klasslari “A” klassi uchun belgilangan energiya samaradorligi darajasidan oshadigan energiya samaradorligiga mansub boʻlgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun qoʻllanadi.

Texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida elektr samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmagan ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan maishiy elektr priborlarini chetdan olib kirish 2016-yil 1-yanvardan boshlab, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish esa 2016-yil 1-iyuldan boshlab taqiqlangan (ilgari foydalanishda boʻlgan maishiy elektr priborlarini sotish bundan mustasno).

71. Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarga doir hujjatlar va ishlatilishiga doir talablar mavjudmi?

Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni xaridorga berish chogʻida ayni bir vaqtda tovarni tayyorlovchi tomonidan qoʻyilgan buyumlar va hujjatlar komplekti (sotish sanasi va joyi koʻrsatilgan texnik asbob yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat, ishlatish boʻyicha yoʻriqnoma va boshqa hujjatlar) ham beriladi. Chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarning ishlatish boʻyicha yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlari xaridorga davlat tilida taqdim etiladi. Bunda ularning tarjimasi uchun xarajat xaridorlardan undirilmaydi.

Sotuvchi yoki sotuvchi funksiyasini bajaruvchi tashkilot ular bilan shartnoma boʻyicha texnik jihatdan murakkab boʻlgan, texnik reglamentlar yoki standartlar yoki tovarga ilova qilingan hujjatlar (texnik pasport, ishlatish boʻyicha yoʻriqnoma) talablarga muvofiq tovarni xaridor tomonidan mustaqil ravishda yigʻish va (yoki) ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydigan tovarlarni xaridorning uyida yigʻishi va (yoki) oʻrnatishi (ishlatishi) shart.

Koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajaruvchi tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni sotuvchi tovarlarni sotish chogʻida xaridorga maʼlum qilishi shart.

Agar tovarni yigʻish va (yoki) oʻrnatish qiymati uning narxiga kiritilgan boʻlsa, u holda mazkur ishlar sotuvchi yoki tegishli tashkilot tomonidan bepul bajarilishi kerak.

72. Attorlik-pardoz tovarlarini sotishning qanday xususiyatlari mavjud?

Attorlik-pardoz tovarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda umumiy maʼlumotlardan tashqari, muayyan tovar xususiyatlarini hisobga olgan holda uning maqsadda ishlatilishi, buyum tarkibiga kiruvchi ingrediyentlar, taʼsiri va samarasi, qoʻllanish uchun cheklashlar (ishlatish mumkin boʻlmagan holatlar), qoʻllanish usullari va shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.

Attorlik-pardoz tovarlari savdo zaliga qoʻyilgungacha ochiladi va koʻrikdan oʻtkaziladi, har qaysi tovarning (tashqi belgilari boʻyicha) sifati hamda uning toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar mavjudligi tekshiriladi.

73. Men attorlik-pardoz tovarlarini sotib olmoqchi boʻlganimda menga idishni Siz uchun ochmaymiz deb aytishdi. Ushbu holat toʻgʻrimi?

Yoʻq. Xaridorga atirlar, odekolonlar, pardoz suvining hidi bilan tanishish imkoniyati, buning uchun xushbo‘y suyuqlik shimdirilgan lakmus qogʻozchalari, tovarlarni tayyorlovchilar tomonidan beriladigan hidlash uchun namunalar, shuningdek sotuvga qoʻyilgan tovarlarning boshqa xossalari va tavsiflari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.

Tovarlar sellofan yoki firma lentasi bilan oʻralgan holda berilgan taqdirda xaridorga oʻramdagi buyumni sellofan yoki firma lentasini yechish yoʻli bilan tekshirib koʻrish tavsiya qilinishi kerak. Tovarning aerozol idishining soz holatdaligi tovar sotuvchi tomonidan xaridor ishtirokida tekshiriladi.

74. Hayvon va oʻsimliklarni sotishning qanday xususiyatlari mavjud?

Sotuvga qoʻyiladigan hayvon va oʻsimliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda umumiy maʼlumotlardan tashqari, ular turining nomi, saqlash va koʻpaytirish xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham boʻlishi kerak. Sotuvchi, shuningdek quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak:

yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni qidirib topishga (tayyorlashga) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnoma (litsenziya) tartib raqami va sanasi;

yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning muayyan turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirishga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnomaning tartib raqami va sanasi;

sotuvga qoʻyiladigan yovvoyi hayvon uning bir qismi hisoblanadigan zoologiya kolleksiyasiga, davlat hisobiga qoʻyilgan zoologiya kolleksiyalari reyestriga kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan guvohnomaning tartib raqami va sanasi (noerkin holda koʻpaytirilgan va zoologiya kolleksiyasining bir qismi hisoblanadigan yovvoyi hayvonlar uchun).

75. Sotuvga moʻljallangan hayvonlar qanday sharoitlarda saqlanadi?

Sotuvga moʻljallangan hayvonlar texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarda, hayvonlarga muruvvatli munosabatda boʻlishning umumiy qabul qilingan normalariga muvofiq ravishda saqlanishi kerak.

Tovar bilan birgalikda xaridorga sotishni bevosita amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan tovar cheki beriladi, unda hayvon yoki oʻsimliklar turining nomi va soni, sotuvchining nomi, sotish sanasi, narxi; koʻrsatilgan hujjatlardan birining tartib raqami va sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yovvoyi hayvon yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlikni sotishda); Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hayvonning sogʻligini tasdiqlovchi veterinariya guvohnomasi (veterinariya maʼlumotnomasi) koʻrsatiladi.

76. Maishiy kimyo tovarlarini sotishning qanday xususiyatlari mavjud?

Maishiy kimyo tovarlari (xonalar, mebel, idishlar, maishiy anjomlar va uy-roʻzgʻor buyumlari, ichki kiyimlar, kiyim-kechaklar, poyafzal, avtomobillarni yuvish, tozalash vositalari va boshqa vositalar; yelimlar, laklar, boʻyoqlar va boshqa lak-boʻyoq mahsulotlari; dezinfeksiyalash vositalari va maishiy sharoitlarda foydalanish uchun moʻljallangan maishiy hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish vositalari; maishiy sharoitlarda taʼmirlash va pardozlash ishlari uchun moʻljallangan kimyoviy moddalar, ularning birikmalari va ulardan tayyorlangan buyumlar hamda shunga oʻxshash boshqa tovarlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda umumiy koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari quyidagilar boʻlishi kerak:

maishiy kimyo tovarlari tarkibiga kiruvchi ingrediyentlar nomi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning sanasi va tartib raqami (dezinfeksiyalovchi vositalar, maishiy hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish vositalari uchun);

texnik guvohnomaning sanasi va tartib raqami (qurilishda qoʻllanish uchun yaroqliligini tasdiqlash boʻyicha majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun);

saqlash shartlari (saqlash sharoitlariga majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun).

77. Maishiy kimyo tovarlari savdo zaliga qanday tartibda qoʻyiladi?

Maishiy kimyo tovarlari savdo zaliga qoʻyilgungacha (sotish joyiga joylashtirilgungacha) savdo oldi tayyorlanishidan oʻtishi kerak, u tashish idishidan boʻshatish, tovarni sortlarga ajratish, idishining butligi (shu jumladan, aerozol idishning ishlashi)ni va tovar sifatini (tashqi belgilari boʻyicha), tovar va uning tayyorlovchisi toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarning, tovarlarni qoʻllanish boʻyicha yoʻriqnomalarning mavjudligini, narxlarining toʻgʻriligini tekshirishdan iborat boʻladi.

Sotuvga qoʻyilgan maishiy kimyo tovarlari ularni tanlashning qulayligini taʼminlash uchun buyumning qanday maqsadga moʻljallanganligiga koʻra turlarga ajratilgan boʻlishi kerak.

Aerozol idishdagi maishiy kimyo tovarlarini xaridorga berishda savdo binosida idishning ishlashini tekshirish amalga oshirilmaydi.

78. Pestitsidlar va agroximikatlarni sotishning qanday xususiyatlari mavjud?

Pestitsidlarni (oʻsimliklarning zararkunandalari va kasalliklariga, begona oʻtlarga, saqlanayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zararkunandalariga, maishiy zararkunandalarga va hayvonlarning tashqi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda foydalaniladigan kimyoviy yoki biologik preparatlarni, shuningdek oʻsimliklarning oʻsishini tartibga solish, yigʻim-terimdan oldin barglarni toʻktirish, oʻsimliklarni oʻrish-yigʻishdan oldin quritish uchun foydalaniladigan kimyoviy yoki biologik preparatlarni) hamda agroximikatlarni (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda foydalaniladigan oʻgʻitlar, jumladan, tuproq gruntlari, kimyoviy meliorantlar va ozuqa qoʻshimchalarini) sotish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq va ushbu qoidalarda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Pestitsidlar va agroximikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan pestitsid yoki agroximikatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish guvohnomasining tartib raqami va sanasi, uning xavflilik klassi, taʼsirchan modda konsentratsiyasi, netto massasi yoki hajmi, tayyorlangan sanasi, zaharlanganda birinchi yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham boʻlishi kerak.

79. Pestitsidlar va agroximikatlar savdoga qanday qoʻyiladi?

Pestitsidlar va agroximikatlar savdo zaliga qoʻyilgungacha savdo oldi tayyorlashdan oʻtishi kerak, u tovarni ochish va idishining sifatini tekshirish; sortlarga ajratish; zarur maʼlumotlar, qoʻllanish boʻyicha yoʻriqnomalar mavjudligini, narxlarining toʻgʻriligini tekshirishdan iborat boʻladi.

Savdo zalida pestitsidlar va agroximikatlar ishlatilish maqsadi (oʻsimliklarni himoya qilish uchun insektitsidlar, hayvonlarni himoya qilish uchun insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, rodentitsidlar, mineral oʻgʻitlar, organik oʻgʻitlar, tuproq gruntlari, meliorantlar, ozuqa qoʻshimchalari) boʻyicha guruhlarga ajratilishi kerak.

Sotuvchi pestitsidlar va agroximikatlarni saqlashda, savdo zaliga joylashtirishda va sotishda xavfsizlikning majburiy talablariga rioya qilinishini taʼminlashi shart.

Pestitsidlar va agroximikatlarni sotish faqat tayyorlovchining idishida va qoʻllanish boʻyicha yoʻriqnoma mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.

80. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni tashkil etish tartibi va shartlari qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi
OʻRQ–399-son “Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga ilova bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yongʻin xavfsizligi qoidalariga, mehnat muhofazasi qoidalariga, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi taʼminlanishi kerak.

Dorixonalar tegishli davlat standartlari talabiga muvofiq dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va chakana realizatsiya qilishda ularning sifatini, xavfsizligini va bezararligini taʼminlash talabiga javob beradigan tegishli bino, asbob-uskunalar va jihozlarga ega boʻlishi kerak.

81. Dorixona mudiriga nisbatan qanday talab qoʻyiladi?

Dorixona mudiri oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Dorixona filialining mudiri oliy yoki oʻrta maxsus farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlishi kerak.

Dori vositalarini chakana realizatsiya qilishga faqat farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarga ruxsat etiladi.

82. Dori vositalari va tibbiy buyumlar qanday sharoitlarda saqlanadi?

Dorixonalar tomonidan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlab, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga rioya etilishi kerak.

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, sifatini nazorat qilish hamda rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni dorixonalardan tashqarida sotish taqiqlanadi.

Belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi.

Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.

83. Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishda qancha ustamalar qoʻllaniladi?

Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi;

Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ijtimoiy dorixonalar tomonidan ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, xarid qilish narxi yoki ulgurji narxning 10 foizidan ortiq boʻlmagan cheklangan savdo ustamasi qoʻllanilgan holda chakana sotiladi.

84. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotishda qanday maʼlumotlar berilishi zarur?

Dori vositalari (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bundan mustasno) va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali chakana realizatsiya qilishda dorixonalar tegishli veb-saytlar va (yoki) mobil ilovalarda quyidagi maʼlumotlarni joylashtirishga majburdir:

yuridik shaxsning toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda;

davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tadbirkorlik subyektining identifikatsiya raqami;

joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bogʻlanish telefon raqami;

litsenziyaning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (raqami, amal qilish muddati, litsenziyani berishga vakolatli organning nomi);

realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar haqidagi maʼlumotlar (xalqaro patentlanmagan va savdo nomi, chiqarilgan shakli, dozasi, seriyasi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqargan davlat (yetkazib beruvchi), qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma, chakana realizatsiya narxi, savdo ustamasi miqdori, muvofiqlik sertifikati (belgilangan tartibda majburiy sertifikatsiyalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun);

realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar analoglari haqidagi maʼlumotlar;

hisob-kitob shakli, yetkazib berish tartibi va narxi.

85. Vrach retsepti boʻyicha dori vositasini sotish mumkinmi?

Vrach retsepti boʻyicha dori vositasini berish retseptda qayd etilgan xalqaro patentlanmagan nom asosida amalga oshiriladi. Bunda dori vositalarini berish normasi vrach retseptiga muvofiq belgilanadi.

Retsept asosida dori vositasini berishda dorixonaning farmatsevt xodimi retseptning yirtma koreshogiga berilgan dori vositasining nomi, seriya raqami, farmatsevt familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi va dorixonaning shtampi qoʻyilgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs)ga topshiradi, retsept dorixonada qoldiriladi.

Retsept asosida tayyorlab berilgan dori vositalarini berishda, qoʻshimcha ravishda belgilangan shakldagi dorixonada retseptlarni qayd etish jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi.

Retseptning yirtma koreshogi bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs) tomonidan yoʻqotilgan yoki u yaroqsiz holga kelib qolgan holatlarda dorixona xodimi tomonidan retseptning dorixonada saqlanayotgan, yirtma koreshogi oʻrnini bosuvchi, tasdiqlangan nusxasi berilishi mumkin.

Dori vositasini elektron retsept asosida berishda dorixonaning farmatsevt xodimi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi”dagi tegishli maydonchalarga dori vositasining nomi, seriya raqami, farmatsevtning familiyasi, ismi, otasining ismini kiritib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

86. Elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish qanday amalga oshiriladi?

Elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilishda, zarur hollarda dorixonalar tomonidan aholiga sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berish mumkin. Bunda dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berish dorixona xodimi – farmatsevtik maʼlumotga ega mutaxassis bilan birga amalga oshirilishi kerak.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berish uchun ularning sifati va xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlovchi dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash kamerasi bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi.

Transport vositasi texnik soz va toza holatda tutilishi kerak. Tashish jarayonida dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash kamerasida kerakli zarur harorat, namlik, shuningdek, toza havo taʼminlab turilishi lozim.

Oʻlchov uskunalariga kiruvchi asboblar foydalanishdan avval, shuningdek taʼmirlangandan soʻng belgilangan tartibda birlamchi tekshiruvdan oʻtadi va (yoki) qiyoslanadi, foydalanish jarayonida esa tekshiriladi va qiyoslanadi.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tashish shunday amalga oshirilishi lozimki, bunda ularning sifat koʻrsatgichlari yoʻqolmasligi hamda dori vositalarining oʻramlari va tibbiy qoʻllanilishi boʻyicha yoʻriqnomalarda qayd etilgan saqlash sharoitlariga rioya etilishi kerak.

Alohida saqlash haroratini talab etuvchi dori vositalarini tashish haroratni doimiy ravishda kuzatib boruvchi qurilma bilan jihozlangan refrijerator uskunasi yoki termokonteyner bilan jihozlangan transport vositasida amalga oshirilishi kerak.

Dori vositalari va tibbiy buyumlar, ularning sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan hamda tashqi muhit taʼsiridan saqlovchi transport vositalarida tashiladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni boshqa turdagi yuklar bilan birga tashish taqiqlanadi.

87. Tarmoqli marketing yoʻli bilan chakana savdo qilishning qanday xususiyatlari mavjud?

Tarmoqli tashkilot tomonidan tovarlarni agentlar orqali sotish ular oʻrtasida tuziladigan shartnoma (oldi-sotdi, vositachilik, topshiriq va boshqalar) asosida naqd boʻlmagan hisob-kitob boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda tarmoqli tashkilot ulgurji savdo qilish uchun litsenziyaga ega boʻlishi kerak.

Tarmoqli marketing yoʻli bilan chakana savdo qilish sotuvchi agentlar tomonidan turgʻun savdo shoxobchalarida amalga oshiriladi.

Sotuvchi agentlar turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida uyga buyurtmalar qabul qilish, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki koʻchada savdo qilish orqali potensial xaridorlar bilan ishlaydilar. Sotuvchi agentlar tovarlarni xarid qilishga qiziqmaydigan isteʼmolchilarga tovarlarni zoʻrlab tiqishtirmasliklari, shuningdek ularning birinchi talabi bilan tovarlarni taklif qilishni toʻxtatishlari kerak.

88. Tarmoqli marketing yoʻli bilan chakana savdo qilishda buyurtmalar qanday qabul qilinadi?

Sotuvchi agentlar tomonidan buyurtmalar bevosita muloqot qilish asosida xaridorlar tovarning u yoki bu turini xarid qilishi uchun qabul qilinadi.

Buyurtma ikki nusxadagi blankalarda rasmiylashtiriladi, blankada:

– buyurtmaning tartib raqami;

– sotuvchi agentning familiyasi, ismi, otasining ismi;

– sotuvchi agent va tarmoqli tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;

– sotiladigan tovarning nomi, narxi, miqdori va umumiy qiymati, shuningdek qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilsa, koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar qiymati;

– sotib olinadigan tovarga haq toʻlash usuli;

– buyurtma qabul qilingan va u bajariladigan sana;

– xaridorning familiyasi (ismi, otasining ismi) va imzosi koʻrsatiladi.

Buyurtma blankasining birinchi nusxasi xaridorga beriladi, ikkinchi nusxasi sotuvchi agentda saqlanadi.

Sotuvchi agent tovarlarni taklif qilishda ularni ishlab chiqaruvchilar, kelib chiqish mamlakatlari, sifat tavsiflari, biror-bir cheklashlar bor-yoʻqligi va boʻlishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni potensial xaridorga toʻliq maʼlum qilishga majburdir.

89. Har qanday dori vositalari va tibbiy buyumlarni marketing yoʻli bilan sotish mumkinmi?

Xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali bioaktiv qoʻshimchalar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tarmoqli marketing yoʻli bilan sotuvchi agentlar orqali sotish taqiqlanadi.

Bundan tashqari quyidagilar orqali:

tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblanmagan jismoniy shaxslar orqali;

xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali tarmoqli marketing vositasida import tovarlarni olib kelish va sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.

90. Tarmoqli marketing yoʻli bilan savdo qilishda toʻlov qanday usulda amalga oshiriladi?

Sotuvchi agentlarning isteʼmolchilardan toʻlovlarni qabul qilishi faqat fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalaridan va toʻlov terminallaridan foydalangan holda turgʻun savdo shoxobchalarida amalga oshiriladi.

Tarmoqli tashkilotlar va (yoki) ularning sotuvchi agentlari tomonidan tovarlarni sotishdan olingan barcha naqd pul tushumlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilinishi (topshirilishi) kerak.

91. Tarmoqli marketing yoʻli bilan savdo qiluvchiga nisbatan qanday talablar qoʻyiladi?

Tarmoqli tashkilot oʻz faoliyatida:

sotib olingan tovarlar sotuvchi agent tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat naqd boʻlmagan hisob-kitob boʻyicha sotilishiga;

shartnomalar asosida tarmoqli marketingni amalga oshirish uchun sotuvchi agentlarni jalb etishga;

qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda soliq va moliya hisoboti taqdim etishga;

sotuvchi agentlarga tarmoqli tashkilotning tovarlari, sotish huquqidan dalolat beruvchi guvohnoma, sotiladigan tovarlarning zarur sertifikatlari va yukxatlari nusxalarini berishga;

sotilmagan tovarlarni oldin ular uchun qabul qilingan pul mablagʻlarini qaytargan holda sotuvchi agentlardan soʻzsiz qaytarib olishga majburdir.

18 yoshga toʻlmagan shaxslarni hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini sotuvchi agentlar sifatida jalb etish taqiqlanadi.

Tarmoqli marketingni amalga oshirishda:

shartnoma tuzish uchun sotuvchi agent sotib olishi kerak boʻlgan tovarlarning minimal miqdorini belgilashga;

toʻlovni aʼzolik badali shaklida undirishga;

shartnoma tuzilgandan keyin sotuvchi agent tomonidan boshqa sotuvchi agentlarni jalb etish toʻgʻrisida talab belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bundan tashqari sotuvchi agentga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida yakka tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq solinadi.

Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga oʻxshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari roʻyxati mavjudmi?

Mavjud. Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga oʻxshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari

roʻyxati

1. Uy sharoitlarida kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun tovarlar (metall, rezina, toʻqimachilik va boshqa materiallardan tayyorlangan sanitariya va gigiyena buyumlari, tibbiy buyumlar, priborlar va apparatlar, ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasi vositalari, koʻzoynak linzalari, bolalarni parvarish qilish buyumlari, dori vositalari.

2. Shaxsiy gigiyena buyumlari (tish choʻtkalari, taroqlar, soch toʻgʻnogʻichlar, soch bigudilari, ulama sochlar, shinyonlar va boshqa shu kabi tovarlar.

3. Attorlik-pardoz tovarlari.

4. Toʻqimachilik tovarlari (ip-gazlama, zigʻir tolali, ipak, jun va sintetik gazlamalar, gazlama tusidagi notoʻqima materiallardan tayyorlangan tovarlar – lentalar, jiyaklar, toʻrlar va boshqalar); kabel mahsulotlari (simlar, shnurlar, kabellar); qurilish va pardozlash materiallari (linoleum, plyonka, gilam qoplamalar va boshqalar) hamda metrlab sotiladigan boshqa tovarlar.

5. Tikuvchilik va trikotaj buyumlari (tikuvchilik buyumlari va trikotaj ichki kiyimlar, paypoq va qoʻlqop buyumlari).

6. Polimer materiallardan tayyorlangan, oziq-ovqat materiallari bilan bogʻliq boʻlgan, shu jumladan bir marta foydalaniladigan buyum va materiallar (oshxona idish-tovoqlari va anjomlari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun idishlar va oʻrov materiallari).

7. Maishiy kimyo tovarlari, pestitsidlar va agroximikatlar.

8. Mebel (mebel garniturlari va toʻplamlari).

9. Qimmatbaho toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan, yarim qimmatbaho va sintetik toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar, silliqlangan qimmatbaho toshlar.

10. Avtomobillar va motovelotovarlar, ularga tirkamalar va nomerli agregatlar; qishloq xoʻjaligi ishlari uchun kichik mexanizatsiya koʻchma vositalari; sayr qilish qayiqlari va boshqa maishiy suzish vositalari.

11. Kafolat muddatlari belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlar (metall qirquvchi va yogʻochga ishlov beruvchi maishiy dastgohlar; maishiy elektr mashinalari va maishiy elektr priborlari; maishiy radioelektron apparat; maishiy hisoblash va koʻpaytirish texnikasi; foto va kinoapparatlar; telefon apparatlari va faksimil apparati; elektr musiqa asboblari; elektron oʻyinchoqlar).

12. Hayvonlar va oʻsimliklar.

92. Xaridorning taʼmirlash davrida unga tekin berib turish yoki xuddi shunday marka (model, artikul)dagi tovarga almashtirish toʻgʻrisidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar

ROʻYXATI

1. Avtomobillar, mototsikllar va mototexnikaning boshqa turlari, ularga tirkamalar va nomerli agregatlar (nogironlar foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlar, sayr qilish qayiqlari va suzish vositalaridan tashqari).

2. Mebel.

3. Pardoz buyumlari sifatida va tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (elektrbritvalar, elektrofenlar, sochni jingalak qilish uchun elektrqisqichlar, tibbiy elektrreflektorlar, elektrgrelkalar, elektrbintlar, elektrpledlar, elektrodeyallar).

4. Mahsulotlarni termik qayta ishlash va ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (maishiy SVCH pechlari, elektrpechlar, tosterlar, elektr suv qaynatgichlar, elektrchayniklar, elektrisitgichlar va boshqa tovarlar).

93. Tovarlarning olib kirilishini va bojxona bojlari amalda toʻlanganligini tasdiqlaydigan bojxona deklaratsiyasi rasmiylash­tirilgan sanadan boshlab 12 oy oʻtgandan keyin sotuvga qoʻyilishiga va chakana savdoda sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan tayyor import isteʼmol tovarlari

ROʻYXATI

T/r

Tovarning qisqacha nomi

TIF TN kodi

I. Tikuvchilik buyumlari, ustki trikotaj, ichki trikotaj, sport trikotaji, paypoqlar

1.

Palto, yarimpalto, yopqichlar, plashlar, kalta kamzullar (shu jumladan changʻi kamzullari), vetrovkalar, suv oʻtkazmaydigan maxsus kiyimlar va shunga oʻxshash buyumlar

6101,
6102,
6201,
6202

2.

Kostyumlar, komplektlar, pidjaklar, bleyzerlar, shimlar, koʻkrakka tutiladigan fartukli va lyamka (yelka tasma)li kombinezonlar, jaketlar, koʻylaklar, yubkalar, yubka-shimlar, bridjilar va kalta shimlar (choʻmilishda kiyiladigan kalta shimlardan tashqari)

6103,
6104,
6203,
6204

3.

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun koʻylaklar

6105,
6205

4.

Ayollar yoki qizlar uchun bluzkalar, bluzlar va bluzonlar

6106,
6206

5.

Kalsonlar, trusilar, tungi koʻylaklar, pijamalar, yuvinish xalatlari, uy xalatlari hamda erkaklar va oʻgʻil bolalar uchun shunga oʻxshash buyumlar

6107,
6207

6.

Kombinatsiyalar, pastki yubkalar, trusilar, pantalonlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, penyuarlar, yuvinish xalatlari, uy xalatlari va ayollar yoki qizlar uchun shunga oʻxshash trikotaj buyumlar

6108,
6208

7.

Maykalar va boshqa ichki fufaykalar

6109,
6207 91 000 0,
6207 99 000 0,
6208 91 000 0,
6208 92 000 0,
6208 99 000 0

8.

Sviterlar, puloverlar, kardiganlar, nimchalar va shunga oʻxshash trikotaj buyumlar

6110

9.

Bolalar trikotaj kiyimlari va bolalar kiyimlari uchun anjomlar

6111,
6209

10.

Sport, changʻi va yuvinish kostyumlari. Boshqa kiyim-kechak buyumlari (trikotaj kiyimlardan tashqari)

6112,
6211

11.

5903, 5906 yoki 5907 TIF TN tovar pozitsiyali trikotaj polotnodan tikilgan kiyim-kechak buyumlari

6113 00

12.

Boshqa trikotaj kiyim-kechak buyumlari

6114

13.

Kolgotkalar, chulkilar, golflar, paypoqlar va pataklar hamda boshqa paypoqlar, shu jumladan bosim taqsimlangan kompression paypoqlar va tagcharmsiz trikotaj poyabzal

6115

14.

Qoʻlqoplar va trikotaj mitenkilar

6116

15.

Kiyimlar uchun boshqa tayyor anjomlar

6117 10 000 0 – 6117 80,
6217 10 000 0

16.

Byustgalterlar, kamarlar, korsetlar, shimni koʻtarib turadigan ikki yelkaga osiladigan tasmalar, paypoq bogʻichlari va shunga oʻxshash buyumlar va ularning qismlari

6212

17.

Roʻmollar

6213

18.

Sholroʻmollar, sharflar, kashnelar (sharflar), mantilyalar, vuallar (shlyapaning yuzni bekitib turadigan toʻri) va shunga oʻxshash buyumlar

6214

19.

Galstuklar, kapalaknusxa galstuklar va boʻyinbogʻlar

6215

20.

Qoʻlqoplar va mitenkilar

6216 00 000 0

II. Tyul-gardin polotnosi va undan tikilgan buyumlar

1.

Trikotaj tyul-gardin polotnosi. Pardalar (shu jumladan eshik va deraza pardalari) va ichki darpardalar, eshik yoki deraza pardasining ustki bezakli qismlari yoki krovatlar uchun toʻr hoshiyalar

6005 31 100 0,
6005 32 100 0,
6005 33 100 0,
6005 34 100 0,
6006 31 100 0,
6006 32 100 0,
6006 33 100 0,
6006 34 100 0,
6303

III. Koʻrpa-toʻshak gʻiloflari, paxmoq sochiqlar, choyshablar

1.

Koʻrpa-toʻshak, oshxona, hojatxona gʻiloflari

6302

IV. Charm poyabzal

1.

Rezina, plastmassa tagcharmli, toza charmdan yoki turli materiallardan tikilgan poyabzal, ustki qismi toza charmdan tikilgan poyabzal

6403

V. Televizorlar

1.

Televizorlar, televizion aloqani qabul qilish uchun apparatlar

8528 72 – 8528 73 000 0

VI. Sovutgichlar

1.

Maishiy sovutgichlar – muzlatgichlar

841810

2.

Sovutgichlar

8418 21 – 8418 29 000 0

VII. Konditsionerlar

1.

Konditsionerlar

8415 10,
8415 20 000 9,
8415 81 009 0,
8415 82 000 9

VIII. Elektr dazmollar

1.

Elektr dazmollar

8516 40

94. Kundalik hayotimizda koʻplab umumiy ovqatlanish xizmatlaridan foydalanamiz. Bularning ayrimlari kafe boʻlsa, boshqalari oshxona deb nomlanadi. Ular oʻrtasida muayyan farq mavjudmi?

Ha. Ular oʻrtasida farq mavjud. Umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi talablar asosida turlarga boʻlinadi: restoran, vagon-restoran, bar, kafe, yozgi kafe, kafeteriy, oshxona, choyxona, bufet va kichik oshxona:

restoran – oʻz nomiga ega boʻlgan, isteʼmolchilarga murakkab usulda tayyorlanadigan yuqori sifatli kulinariya va qandolatchilik mahsulotlarining keng assortimentini hamda ichimliklarni taqdim etadigan eng qulay umumiy ovqatlanish korxonasi. Restoran taomnomasiga majburiy tartibda porsiyali va firma ovqatlari kiritiladi. Xizmat koʻrsatish dam olish, ovqatlar pishirish bilan uygʻunlashtirilgan holda yuqori malakali oshpazlar va ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi;

vagon-restoran – yoʻlda yurish davomida temir yoʻl transporti yoʻlovchilariga va poyezd brigadalari xodimlariga nonushtalar, tushliklar, kechki ovqatlar, qandolatchilik mahsulotlari va ichimliklar bilan xizmat koʻrsatish uchun moʻljallanadi;

bar – tik turgan holda isteʼmolchilarga ichimliklar va zakuskalar bilan xizmat koʻrsatishni (stolchalar yonida xizmat koʻrsatish bilan bir qatorda) tashkil qiladi. Sotiladigan ichimliklar va mahsulotlar turlariga koʻra barlar pivo, vino, kokteyl, sut barlari va boshqa barlarga ixtisoslashgan boʻladi;

kafe – isteʼmolchilarga turli qaynoq va sovuq ichimliklar, qandolatchilik, sut mahsulotlari hamda tayyorlanishi murakkab boʻlmagan kulinariya mahsulotlarini taqdim etadi. Sotiladigan mahsulotlari yoki yoʻnalishiga koʻra kafelar: shirinliklar, muzqaymoq, sut kafesi, bolalar kafesi, yoshlar kafesi va shu kabilarga ixtisoslashgan boʻladi; ularda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat koʻrsatish usullari qoʻllaniladi; kechki vaqtlarda musiqiy xizmat koʻrsatish tashkil etilishi mumkin;

yozgi kafe – isteʼmolchilarga ochiq maydonchada bostirma ostida xizmat koʻrsatadi;

kafeteriy – bu doʻkon huzurida shu joyning oʻzida isteʼmol qilinadigan issiq ichimliklar, sut, sharbatlar, buterbrodlar, qandolatchilik mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sotish uchun tashkil etilgan boʻlimdir;

oshxona – bu isteʼmolchilarni nonushtalar, tushliklar va kechki ovqatlar bilan taʼminlovchi korxonadir. Oshxonalar joylashgan joyiga va xizmat koʻrsatiladigan mijozlariga koʻra umumiy ravishda foydalaniladigan sanoat korxonalari, muassasalar, qurilishlar, oʻquv yurtlari va shu kabilar huzuridagi oshxonalarga boʻlinadi. Ishlab chiqarish korxonalari, oʻquv yurtlari va muassasalar huzuridagi oshxonalarda asosan hafta kunlari boʻyicha turli xil kompleks tushliklar, nonushtalar va kechki ovqatlar tashkil etiladi. Ularda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish va stollarga kompleks ovqatlarni oldindan qoʻyish usullari qoʻllaniladi;

choyxona – bu choynaklarda choy berish xizmat koʻrsatishning asosiy turi hisoblanadigan korxonadir. Bundan tashqari choyxonalarda turli xil obinonlar, milliy shirinliklar, qandolatchilik, bulka mahsulotlari va boshqa bufet mahsulotlari boʻlishi mumkin;

bufet – bu isteʼmolchilarga cheklangan turdagi qaynoq va salqin ichimliklar, sovuq taomlar va zakuskalar, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, shuningdek oson tayyorlanadigan issiq va shirin taomlar bilan jadal xizmat koʻrsatishga moʻljallangan korxonadir. Unda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat koʻrsatish qoʻllaniladi;

kichik oshxona – bu isteʼmolchilarga oson tayyorlanadigan taomlar va zakuskalar, qaynoq va salqin ichimliklar bilan jadal xizmat koʻrsatishni tashkil etuvchi korxonadir. Sotiladigan mahsulotlar turiga koʻra kichik oshxonalar quyidagilarga ixtisoslashgan boʻlishi mumkin: kabobxona, palovxona, somsaxona, sosiskaxona, chuchvaraxona, cheburekxona, pirojkaxona, blinchikxona va shu kabilar.

95. Men kechki ovqatlanish uchun kafega kirmoqchi boʻlganimda ofitsiant yopilayotganligini aytib meni toʻxtatdi. Uning bunga haqqi bormi?

Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarining 10-bandiga koʻra, ofitsiantlar xizmat koʻrsatadigan umumiy ovqatlanish obyektlariga mijozlarni kiritishni ularning yopilishidan 30 daqiqa oldin, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish usuli boʻyicha ishlaydigan umumiy ovqatlanish obyektlariga esa ularning yopilishidan 15 daqiqa oldin toʻxtatishiga yoʻl qoʻyiladi.

96. Men doʻstim bilan kafega kirib, buyurtma berdim. Ovqatlanib boʻlgach hisob-kitob qilmoqchi boʻlganimda, ofitsiant bizga yangi ochilganligi sababli terminali yoʻqligini aytdi. Ushbu holatda qanday yoʻl tutiladi?

Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarining 14-bandiga koʻra, barcha umumiy ovqatlanish obyektlarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi taʼminlanishi kerak.

Mazkur holatda xizmat koʻrsatuvchi hisob-kitob terminalining mavjudligini taʼminlashga majbur.

Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga koʻra, umumiy ovqatlanish obyektlari aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi subyekt sifatida chakana savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida toʻlov terminalini oʻrnatishi majburiy.

97. Savdo va xizmat koʻrsatishda kimlar isteʼmolchi hisoblanadi?

“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasida isteʼmolchi tushunchasiga quyidagicha taʼrif beriladi: isteʼmolchi – foyda chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan holda shaxsiy isteʼmol va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda boʻlgan fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi. Ushbu taʼrifdan koʻrinib turibdiki, faqatgina jismoniy shaxs isteʼmolchi boʻlishi mumkin.

Fuqarolik kodeksining 16-moddasiga asosan jismoniy shaxs deganda, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tushuniladi. Jismoniy shaxs huquq subyekti sifatida qanday belgilarga ega boʻlishi kerak, degan savol tugʻilishi mumkin. Maʼlumki, fuqaro muayyan majburiyat munosabatlarida qatnashishi uchun, yirik summalarda bitimlar tuzishi uchun muomala layoqatiga ega boʻlishi kerak. Biroq isteʼmolchi maqomini olish uchun hech qanday muomala layoqati talab etilmaydi. Fuqaroning huquq layoqatiga ega boʻlishi kifoya. Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga asosan, fuqaroning huquq layoqati u tugʻilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Bu oʻrinda shuni ham eʼtirof etish lozimki, jismoniy shaxsgina isteʼmolchi sifatida tan olinishi zamirida chuqur maʼno yotadi. Har qanday jismoniy shaxs, eng avvalo, biologik mavjudot, u yashashi, hayot kechirishi uchun, oziq-ovqat, kiyim-bosh, turar-joy va shu kabilarni isteʼmol qilishi va foydalanishi shart. Uning bu ehtiyojlari faqat kishilik jamiyatida qondirilishi mumkin.

Ayni vaqtda inson sotsial mavjudot ham, u shaxs sifatida jamiyatda, fuqaro sifatida davlatda harakat qilish uchun muayyan ijtimoiy xizmatlarga, tovarlarga, bilim olishga, axborotlar olishga, transport, kommunikatsiya vositalaridan foydalanishga va shu kabilarga ehtiyoj sezadi.

FKning 425-moddasining 1-qismiga koʻra fuqaro chakana oldi-sotdi shartnomasi orqali shaxsiy maqsadlar, roʻzgʻor uchun yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda tovar sotib olganda ham isteʼmolchi hisoblanadi.

98. Savdo va xizmat koʻrsatishda sotuvchi boʻlib kimlar ishtirok etadi?

Sotuvchi deganda oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha isteʼmolchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor tushuniladi. Odatda, bunday oldi-sotdi chakana oldi-sotdi hisoblanadi. Ulgurji oldi-sotdi esa faqat tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilishi mumkin.

99. Isteʼmolchi hamisha haqligini koʻp eshitamiz. Bu qoida qonunchilikda mavjudmi?

Isteʼmolchi hamisha haq tamoyili Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga muvofiq, oʻz buzilgan huquqini, manfaatini sud orqali tiklash imkoni berilishida ko‘rinadi. Ushbu moddaga asosan har bir shaxsning oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Davlat butun xalq manfaatini koʻzlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori boʻlishi, iqtisodiyotning yetakchi yoʻnalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy siyosiy hayotida tub oʻzgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil roʻyobga chiqarishi kerak. Davlat bosh islohotchi sifatida har qanday mamlakatni rivojlantirish yoʻlida islohotlarni amalga oshirar ekan, avvalo, inson manfaatini birinchi oʻringa qoʻyadi. Inson esa jamiyatda asosiy fuqarolik munosabatlarida isteʼmolchi sifatida gavdalanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida taʼkidlanishicha, davlat isteʼmolchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining tengligini va huquqiy jihatdan baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun hujjatlari orasida markaziy oʻrinlardan birini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi egallaydi. Zero, isteʼmolchi va ularning huquqlarini himoya qilish fuqarolik-huquqiy munosabat boʻlib, uning oʻrganish predmeti hisoblanadi. Fuqarolik kodeksi asosan mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqaro isteʼmolchi sifatida ijtimoiy munosabatga kirishganida u mulkiy mazmun kasb etadi.

100. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va ularning buyurtmalarni qabul qiladigan va beradigan boʻlinmalarida qanday hujjatlar va maʼlumotlar boʻlishi lozim?

Aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va ularning buyurtmalarni qabul qiladigan va beradigan boʻlinmalarida quyidagilar mavjud boʻlishi talab etiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat koʻrsatishning mazkur qoidalari;

xizmatlarning aniq turlari uchun “Buyurtma qabul qilish, rasmiylashtirish va berish qoidalari” respublika standartlari;

koʻrsatiladigan xizmatlar turlari;

koʻrsatiladigan xizmatlarning barcha turlariga texnik reglamentlar yoki standartlar;

xizmatlarning har bir turi uchun amalda boʻlgan asoslangan narx va tariflar;

mulohazalar daftari;

xizmat koʻrsatish joyiga kirish va chiqishda ish tartibi, oddiy va shoshilinch buyurtmalarni bajarish uchun belgilangan muddatlar, tuzatilgan va tayyorlangan buyumlarga beriladigan kafolat muddatlari toʻgʻrisidagi axborot (axborot chiroyli qilib bezatilgan va aniq, tushunarli boʻlishi kerak);

korxona manzili va telefon raqamlari, rahbarning fuqarolarni qabul qilish kunlari va soatlari;

navbatsiz xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari koʻrsatilgan roʻyxat. Bu ro‘yxatni qulay va koʻzga darrov tashlanadigan joyga joylashtirishga majburdirlar.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz ish xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, yuqorida qayd etilganlar bilan birga buyurtmachilar eʼtiboriga jurnallar, kataloglarni, buyumlarning tasdiqlangan namunalarini yoki ular tasvirlangan albomlarni, maishiy xizmatlarga boʻlgan talabni hisobga olish jurnalini, materiallar, ehtiyot qismlar, furnitura namunalarini ularning bahosini koʻrsatgan holda ham havola etishlari mumkin.

101. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarda buyurtmalar qanday qabul qilinishi kerak?

Maishiy xizmat koʻrsatish korxonasi buyurtmani taklif etilayotgan xizmatlar roʻyxatiga muvofiq qabul qilishi shart.

Maishiy xizmatlar va ishlar uchun buyurtma va buyurtmanomalar bevosita korxonaning oʻzida, telefon, avtomat qurilmalar orqali, buyurtmachining ish, oʻqish, dam olish va turar joyida qabul qilinadi.

102. Mijozning buyurtmalari nimalarga asosan amalga oshirilishi kerak?

Buyurtmalar moda jurnallari, buyurtmachi, rassom-modelyer eskizlari, shuningdek namunalar sifatida belgilangan tartibda tasdiqlangan modellar boʻyicha amalga oshiriladi. Buyurtmachining xohishiga koʻra belgilangan shakldagi hujjatdagi uning imzosi bilan tasdiqlab beriladigan tasdiqlangan namunalar va tayyorlash texnologiyasidan chetga chiqishlarga korxona bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyilishi mumkin. Buyurtmachiga modelni yoki buyum tuzilishini tanlashda, shuningdek buyum eskizini tuzishda imkoni boricha malakali maslahat berilishi mumkin.

103. Maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha buyurtmalar qanday rasmiylashtiriladi?

Maishiy xizmat koʻrsatishga buyurtmalar belgilangan shakldagi hujjat bilan rasmiylashtiriladi, unda koʻrsatilgan barcha rekvizitlar tushunarli qilib toʻldiriladi. Bunda buyurtma qabul qilinganligini tasdiqlovchi patta buyurtmachi beriladi va bu haqdagi yozuv tegishli tartibda maishiy xizmat koʻrsatish korxonasining buyurtmalarni qabul qilish kitobiga kiritib qoʻyiladi. Buyurtmachining pattani yoʻqotishi buyurtmani rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

104. Maishiy xizmat koʻrsatish kimning materiallari hisobidan amalga oshiriladi va buning uchun qanday shartlar bajarilishi talab etiladi?

Buyurtmalar buyurtmachining va xoʻjalik yurituvchi subyektning materiali (xomashyosi)dan foydalanib bajariladi. Maishiy xizmat koʻrsatish korxonasi material (xomashyo)ni buyurtmachi koʻz oldida koʻrib chiqishi va uning yaroqliligi toʻgʻrisidagi fikrini aytishi shart. Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt materialning yaroqsizligi yoki sifati pastligi, buyurtmachining ishni bajarish usuli haqidagi iltimosiga rioya qilishning imkoni yoʻqligi, shuningdek bajarilayotgan ishning pishiqligi va yaroqliligiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan, korxonaga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar mavjudligi toʻgʻrisida buyurtmachini ogohlantirmagan hamda belgilangan shakldagi hujjatda buni koʻrsatib oʻtmagan boʻlsa, bajarilayotgan buyurtmaning sifati uchun javob beradi.

105. Buyurtmachi tomonidan berilgan materialning narxi qanday aniqlanadi?

Buyurtmachi tomonidan ishni bajarish uchun berilgan material (xomashyo)ning narxini buyurtmachi buyurtma qabul qilinayotgan vaqtda xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan kelishib koʻrsatadi.

Xizmatni bajarish uchun zarur boʻladigan material miqdori korxonada tasdiqlangan tegishli xizmat turlariga sarflanadigan norma asosida aniqlanadi va buyurtmachi bilan kelishib olinadi.

106. Buyurtmalar qanday baralishi kerak?

Maishiy xizmat koʻrsatishga berilgan buyurtmalar korxonada amalda boʻlgan normativ-texnik hujjatlar (texnologiya, sarf-xarajat normalari, lekal va boshqalar) asosida bajarilishi kerak.

Xoʻjalik yurituvchi subyekt:

texnik reglamentlar yoki standartlar, shartnomaga va buyurtmachining istaklariga qatʼiy amal qilgan holda yuqori sifatli xizmat koʻrsatishni;

buyurtmalarni bajarish muddatlariga rioya qilishni;

oʻzi tayyorlab bergan va tuzatgan buyurtmalarga beriladigan kafolat majburiyatlarini bajarishni;

yuksak xizmat koʻrsatish madaniyatini;

buyurtmachidan qabul qilingan materiallar (xomashyo, buyumlar)ning saqlanishini;

korxonada amalda boʻlgan narx intizomiga rioya qilinishini taʼminlashi kerak.

107. Buyurtmalarni bajarish muddatlarini belgilash va hisoblash qanday tartibda amalga oshiriladi?

Buyurtmalarni bajarish muddatlari xizmatlarning aniq turlari uchun “Buyurtma qabul qilish, rasmiylashtirish va berish qoidalari” respublika standartlariga muvofiq belgilanadi.

Buyurtmani bajarish muddati buyurtma qabul qilingandan keyingi kundan boshlab hisoblanadi. Buyurtmachi xohishiga koʻra buyurtma shoshilinch ravishda bajarilishi mumkin. Bunday holda buyurtmani bajarish muddati belgilangan shakldagi hujjatda koʻrsatilgan buyurtma qabul qilingan vaqt (kun, soat)dan boshlab hisoblanadi. Agar buyurtmani bajarish muddatining oxirgi kuni ish kuniga toʻgʻri kelmasa, muddatning tugash kuni sifatida undan keyin keluvchi ish kuni qabul qilinadi.

Oʻziga xos, nodir buyumlarni hamda konstruksiyasi va sxemasi oʻzgartirilgan apparatlarni bir marta tayyorlash va chet elda ishlab chiqarilgan buyumlarni tuzatish korxona tomonidan buyurtmachi bilan kelishib belgilangan muddatlarda bajariladi.

108. Maishiy xizmatlar uyda koʻrsatilishi mumkinmi?

Xizmatlarning maʼlum turlari buyurtmachi uyida koʻrsatilishi mumkin, bunda korxona xodimning buyurtmachi bilan kelishilgan vaqtda kelishini taʼminlaydi, buyurtmachi esa xizmatni bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart. Ustani uyga chaqirganlik uchun qoʻshimcha haq undiriladi. Bundan tashqari, material (xomashyo, buyum)ni korxonaga olib kelish va qaytarib olib ketish buyurtmachining istagiga koʻra qoʻshimcha haq hisobiga korxona transportida yoki buyurtmachining oʻzi tomonidan amalga oshiriladi.

Buyurtmachi buyurtmani bajarish jarayonida, agar ularni bajarish texnik jihatdan mumkin boʻlsa, unga qisman oʻzgartirishlar kiritishi mumkin. Kiritiladigan barcha oʻzgartirishlar korxona bilan kelishib olingan boʻlishi va belgilangan shakldagi hujjatga kiritilishi kerak.

109. Buyurtmachi shartnomani bekor qilishi mumkinmi?

Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi:

agar xoʻjalik yurituvchi subyekt shartnomani bajarishga oʻz vaqtida kirishmasa yoki buyurtmani bajarish muddati asossiz buzilayotgan boʻlsa;

agar bajarilgan ishdagi aniqlangan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmagan boʻlsa;

agar bajarilayotgan ishda jiddiy kamchiliklarga, shartnomadan chetga chiqishlarga yoʻl qoʻyilgan yoki buyurtma tuzatish mumkin boʻlmagan nuqsonlar bilan bajarilgan boʻlsa. Bunda, agar buyum buyurtmachi materialidan tayyorlangan boʻlsa, buyurtmachi shu turdagi shunday sifatdagi materiallardan boshqa buyum tayyorlab berilishini talab qilishga haqli.

Shartnoma bekor qilingan taqdirda buyurtmachi zararning shartnoma bekor qilingan vaqtda amalda boʻlgan narxlarda qoplanishini talab qilishga haqli.

Buyurtmachi shartnomani ish tugallanishidan oldin istalgan vaqtda, xoʻjalik yurituvchi subyektga ishning bajarilgan qismi qiymatini toʻlab va zararlarni shartnomani bekor qilish vaqtida amalda boʻlgan narxlarda qoplab, bekor qilishi mumkin.

110. Buyurtmani bajarishdagi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan yoki uning natijasi sifatsiz boʻlganda, buyurtmachi qanday huquqlarga ega?

Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt ishni shartnoma shartlaridan chetga chiqib yomon bajargan yoki ishda boshqa kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, buyurtmachi oʻz istagiga koʻra koʻrsatilgan kamchiliklar mutanosib muddatda tekin tuzatib berilishini yoki buyurtmachi yoʻl qoʻygan nuqsonlarni oʻz mablagʻlari bilan tuzatishga sarflagan xarajatlarni qoplashni, agar shartnomada buyurtmachining bunday huquqi yoki ish uchun beriladigan pulni tegishlicha kamaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, talab qilishga haqlidir.

Xoʻjalik yurituvchi subyekt buyurtmachi bergan material (xomashyo, buyum)dan notoʻgʻri foydalanilganligi uchun javob beradi.

Ish yakunlanganda yoki buyurtma bekor qilinganda korxona materialning ortib qolgan qismini yoki korxona buyurtmani bajarishga kirishmagan boʻlsa, uning hammasini qaytarishga majburdir.

Xoʻjalik yurituvchi subyekt buyurtmani bajarish uchun buyurtmachiga berilayotgan material sifati uchun javob beradi va material sifatsiz boʻlib chiqqan holda, uni buyurtmachi talabiga koʻra oʻz hisobidan almashtirishga majburdir.

111. Maishiy xizmat koʻrsatish korxonasi tomonidan koʻrsatilgan xizmat natijalari qanday shartlar asosida qabul qilinadi?

Tayyorlangan, tuzatilgan buyumlar, tuzatilgan uy-roʻzgʻor mashina va priborlari, radioelektron apparatlar buyurtmachi ishtirokida tekshirilishi lozim. Buyurtmachi xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq, bajarilgan ishni koʻrib chiqishga va qabul qilib olishga majburdir. Xoʻjalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga kafolat muddati koʻrsatilgan kafolat talonini, agar “Buyurtma qabul qilish, rasmiylashtirish va berish qoidalari” respublika standartlariga muvofiq belgilanadigan bunday talon boʻlsa, berishi kerak.

Agar buyurtmachi kafolat muddatiga ega boʻlmagan buyumlarni qabul qilishda xoʻjalik yurituvchi subyektga ishni bajarishdagi shartnoma shartlaridan chetga chiqishlarni darhol maʼlum qilmasa, u keyinchalik bu chetga chiqishlarni asos qilib keltirish huquqidan mahrum boʻladi. Ishni oddiy qabul qilishda aniqlanishi mumkin boʻlmagan buyurtmani bajarishda yoʻl qoʻyilgan chetga chiqishlar va boshqa kamchiliklar toʻgʻrisida buyurtmachi bu nuqsonlar aniqlangan zahoti korxonani xabardor qilishi kerak.

112. Xizmat koʻrsatganlik uchun haq toʻlash qanday amalga oshiriladi?

Buyurtmachi koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlaganligini (buyumni olganligini) kvitansiyada yoki boshqa hisobga olish hujjatida oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.

Hisobga olish hujjatlari qoʻllanilmaydigan ishlarda buyurtmachining xizmat haqini toʻlaganligi toʻgʻrisidagi yozma tasdigʻi talab etilmaydi, unga haq toʻlanganligini tasdiqlovchi kassa cheki beriladi.

Xoʻjalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga unga koʻrsatilgan xizmat sifati toʻgʻrisida oʻz fikrini bildirish imkoniyatini taʼminlaydi.

113. Buyurtmani tasdiqlovchi hujjat yoʻqotilganda qanday harakat qilinishi kerak?

Xoʻjalik yurituvchi subyekt buyurtmani qabul qilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda buyurtmachi bu haqda buyurtmani qabul qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektni xabardor qilishga majbur.

Bunday holda buyurtmada koʻrsatilgan buyum buyurtmachining pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat koʻrsatilgan holda uning yozma arizasiga koʻra beriladi.

114. Buyurtmachining buyumni olish uchun kelmaganligi qanday oqibatlarni vujudga keltiradi?

Buyurtmachi buyumni olish uchun kelmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt belgilangan shakldagi hujjatda koʻrsatilgan buyurtmani bajarish muddati tugagan kundan olti oy oʻtgandan keyin va ikki marta yozma ogohlantirishdan soʻng (bildirish qogʻozi yuborib) buyumni belgilangan tartibda sotib yuborishga, sotishdan tushgan pulni esa korxonaga tegishli toʻlovlarni (shu jumladan buyurtmachini buyurtma bajarilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish va saqlash xarajatlarini ham) chegirib, belgilangan muddatda talab qilib olingunga qadar korxona deponentiga kiritib qoʻyishga haqlidir.

115. Buyurtmachi xizmatlar haqini nimalar asosida toʻlaydi?

Buyurtmachi maishiy xizmatlar qiymatini korxonada amalda boʻlgan va tasdiqlangan, xizmatlarning har bir turiga ishlab chiqilgan kalkulyatsiya asosida tuziladigan narx va tariflar boʻyicha toʻlaydi.

Maishiy xizmatlarning narx belgilanmagan bir martalik ayrim turlari uchun bir martalik kalkulyatsiya tuziladi va narx buyurtmachi bilan kelishib olinadi.

Xoʻjalik yurituvchi subyekt buyurtmachi iltimosiga koʻra buyurtmani rasmiylashtirishda nazarda tutilmagan xizmatlarni bajargan taqdirda buyurtmachi ularning qiymatini qoʻshimcha tarzda toʻlaydi.

Korxona ish bilan toʻliq taʼminlanmagan davrda aholi talabini oshirish maqsadida korxona xizmatlarning amaldagi narxlaridan mavsumiy chegirishlarni qoʻllashga haqlidir.

Xoʻjalik yurituvchi subyektning xizmatlar koʻrsatish vaqtida ishlatiladigan va xizmatlar qiymatiga kiritilmagan materiallari (xomashyo, buyumlari) qiymati buyurtmachi tomonidan korxonada belgilangan narxlar boʻyicha qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.

Xoʻjalik yurituvchi subyekt shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda maishiy xizmat koʻrsatishning alohida shartlari va qoʻshimcha turlari uchun nazarda tutilgan ustamalar (qoʻshimcha haq) undiril­maydi.

116. Koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash qanday tartibda amalga oshiriladi?

Koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini toʻlashda quyidagi tartibga rioya qilinishi kerak:

radioelektron apparatlar, poyabzal, kiyim-kechakni tuzatish, sartaroshlik xizmatlari uchun haq buyurtma bajarilgandan keyin olinadi;

murakkab uy-roʻzgʻor texnikasini tuzatish xizmati uchun buyurtmachi xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan kelishilgan, ammo 15 foizdan kam boʻlmagan miqdorda oldindan haq toʻlaydi;

mebelni tayyorlash va tuzatish, uy-joy va turar joy boʻlmagan binolarni tuzatish va qurish, poyabzal tayyorlash va yakka tartibda kiyim tikish boʻyicha xizmatlar uchun buyurtmachi buyurtmani rasmiylashtirishda ish qiymatining 50 foizi miqdorida avans toʻlashi kerak;

tantanali tadbirlarda xizmat koʻrsatish, marosimlarni oʻtkazish, aholini kurslarda oʻqitish (haqi bir oy oldin toʻlanadi) kinofotolaboratoriya va suratkashlik, kimyoviy tozalash, kir yuvish, ovoz yozib olish studiyalari, transport, maʼlumot-axborot, vositachilik va komfort xizmatlari uchun toʻlovlar buyurtmani rasmiylashtirishda toʻliq toʻlanadi.

Buyurtmachi istalgan xizmat turini rasmiylashtirishda oʻz xohishiga koʻra uning qiymatini toʻliq toʻlashi mumkin.

117. Koʻrsatilgan xizmat uchun belgilangan kafolat muddati qanday hisoblanadi?

Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tayyorlangan va tuzatilgan buyumlarning kafolat muddatlari amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar bilan aniqlanadi va tayyor buyurtma egasi tomonidan olingan kundan boshlab hisoblanadi, buyumlar buyurtmachi aybi bilan oʻz vaqtida olinmagan taqdirda — shartnomada koʻrsatilgan buyurtmani bajarish muddati tamom boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.

118. Maishiy xizmat sifatiga eʼtirozlar va sifatsiz xizmat koʻrsatilgani uchun javobgarlik nimalardan anglashiladi?

Buyurtmachi maishiy xizmat sifatiga oid eʼtirozlarni buyurtmani qabul qilish va berish joyida belgilangan kafolat muddatlari mobaynida, kafolat muddati boʻlmagan buyumlarga eʼtirozlarni esa buyurtmani olish vaqtida bildirishga haqlidir.

Buyurtmani uyda bajarish uchun xodimlar buyurtmachi bilan kelishilgan vaqtda kelmasa, buyurtmachi xoʻjalik yurituvchi subyektdan yetkazilgan moddiy zararni toʻlashni talab qilishga haqlidir.

Xoʻjalik yurituvchi subyekt buyurtmachi eʼtirozini darhol, qoʻshimcha oʻrganish va tekshirishni talab qiladiganlarini esa — eʼtiroz bildirilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida koʻrib chiqishi kerak.

119. Koʻrsatilgan xizmat va bajarilgan ishning sifati yuzasidan eʼtiroz va daʼvolarni qabul qilish muddatlari qanday?

Xoʻjalik yurituvchi subyektning shartnoma shartlaridan ish sifatini yomonlashtiradigan darajada chetga chiqishi yoki boshqa kamchiliklar bilan bogʻliq daʼvolar buyurtmachi tomonidan ish qabul qilib olingan kundan boshlab 6 oy mobaynida, agar nuqsonlarni ishni qabul qilib olishning oddiy usulida aniqlash mumkin boʻlmasa — ish qabul qilib olingan kundan boshlab bir yil mobaynida berilishi mumkin.

Qurilma va inshootlardagi ishni qabul qilib olishning oddiy usulida aniqlanishi mumkin boʻlmagan kamchiliklarga oid daʼvoni buyurtmachi ish qabul qilib olingan kundan boshlab uch yil mobaynida berishi mumkin.

Agar shartnomada kafolat muddati nazarda tutilgan va ishdagi nuqsonlar toʻgʻrisidagi murojaat kafolat muddati doirasida berilgan boʻlsa, daʼvo muddati nuqson toʻgʻrisida murojaat qilingan kundan boshlanadi.

120. Xizmat koʻrsatuvchining oʻz majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qanday javobgarlik choralari belgilangan?

Xoʻjalik yurituvchi subyekt buyurtmani bajarish muddatini buzgan taqdirda, u buyurtmachiga har bir kun uchun buyurtmaning buyurtma qabul qilingan paytdagi qiymatining 1 foizi miqdorida, lekin ish yoki buyurtma qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

Buyurtmachi bajarilgan buyurtmani oʻz vaqtida olib ketmagan hollarda xoʻjalik yurituvchi subyekt buyurtmachidan kvitansiyada koʻrsatilgan buyurtmani bajarish muddati tamom boʻlgan kundan boshlab kechiktirilgan har bir kun uchun ish qiymatining 1 foizi miqdorida, lekin ish qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya undiradi.

Buyurtma sifatsiz bajarilgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga ish va xizmatlarning buyurtmani bajarish vaqtidagi qiymatining 20 foizi miqdorida aybona toʻlaydi.

Buyurtmachiga tegishli boʻlgan buyum (material, xomashyo)ni toʻliq yoki qisman yoʻqotgan (ishdan chiqargan) xoʻjalik yurituvchi subyekt uch kun muddatda uni xuddi shunday buyum (material, xomashyo) bilan almashtirishi yoki buyurtmachiga yetkazilgan zararni shu vaqtda amalda boʻlgan narxlarda qoplashi kerak.

Bajaruvchi va buyurtmachi oʻrtasida yuzaga kelgan nizolar xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbariyati tomonidan yoki sud orqali hal qilinadi.

IMOMOV NURILLO FAYZULLAYEVICH

MEHMONOV QAMBARIDDIN MIRADXAMOVICH

SAVDO VA XIZMAT

KOʻRSATISHDA

ISTEʼMOLCHILARNING

HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Ilmiy-ommabop risola

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent – 2022

Bosh muharrir O. Choriyev

Muharrir Sh. Jahonov

Musahhih M. Patillayeva

Texnik muharrir U. Sapayev

Dizayner D. Rajapov

08.09.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.

“Times New Roman” garniturasi, 5,11 shartli bosma taboq.

Adadi 50. 160-buyurtma.

Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.

100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

QAYDLAR UCHUN

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________