KIRISH
Umumiy uyimiz biosfera barqarorligini asrash hozirgi vaqtda eng muhim va dolzarb umum sayyoraviy ekologik muammolardan biridir. Chunki, tabiiy resurslardan normasiz foydalanish, antropogen omillarning tabiatga keltirilgan salbiy taʼsiri va boshqa sabablar natijasida ekotizimlarga kuchli taʼsir koʻrsatilmoqda, juda koʻp tur oʻsimlik va hayvonlar yoʻqolib ketmoqda. Inson tabiatsiz – yashamaydi. U barcha mahsulotlarni tabiatdan oladi. Yer yuzida 7 mlrddan ziyod inson kislorod bilan nafas oladi, kislorodning manbai esa oʻsimliklardagi fotosintez jarayonidir. Oʻsimliklar biosfera barqarorligini asraydi. Biosfera eng katta ekologik tizim boʻlib, u bir qancha ekotizimlardan iborat (choʻl, adir, togʻ, yaylov, koʻl, daryo, okean, oʻtloq, oʻrmon, toʻqay va boshqalar). Ana shu ekosistemalarda birgalikda yashovchi turlar biologik xilma-xillikni tashkil qiladi.
2022-yil 10-iyun kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida qayta tiklanuvchi energiya uskunasini oʻrnatgan aholi va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishi belgilandi, bu qanday tizim hisoblanadi.
Qayta tiklanuvchi energiya uskunasini oʻrnatgan aholi va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim. Chunonchi, Bunda fuqaro va tadbirkorlarga 15 mln soʻmgacha oʻrnatilgan quyosh va shamol elektr uskunalari uchun, 2 mln. soʻmgacha suv isitish qurilmasi uchun kompensatsiya toʻlaydi yoki uskuna qiymatini 3 yil ichida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi.
Yangi tizimga koʻra, Energetika vazirligining maxsus jamgʻarmasi: mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda hududlardagi sotuvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzadi. Ishlab chiqaruvchilarning aholi va tadbirkorlarga uskunalarni boʻlib-boʻlib toʻlashga berish xarajatlarini qoplab beradi. Jamgʻarma uchun 100 mlrd soʻm ajratiladi. Ishlatishiga qarab yil yakuniga qadar yana 100 mlrd soʻm beriladi. Jamgʻarmaning elektron portali ishga tushirilib, barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtiriladi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida koʻchalarni yoritish uchun faqat muqobil energiya uskunalarini oʻrnatish nazarda tutiladi. Kelgusi yil Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlarning kamida 15 %i muqobil energiya qurilmalarini oʻrnatishga yoʻnaltiriladi. 2022-yil oxiriga qadar: 2107 ta bogʻcha, 1000ta mahallada tashkil etilayotgan yangi tabbiyot punktlarida, 1000 ta maktab, 1071 ta oilaviy shifokor punkti, poliklinika va shifoxonalarda 200 ta sanatoriy va boshqa dam olish maskanlarida, quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari oʻrnatiladi.
2023-yildan boshlab, avtomobillarga gaz va yoqilgʻi quyish stansiyalari; Xususiy taʼlim va tibbiyot tashkilotlari, supermarketlar, doʻkonlar, bozorlar, savdo omborlari, savdo-koʻngilochar komplekslar, madaniyat va istirohat bogʻlari, restoranlar, mehmonxonalar, tijorat banklari va ularning filiallari kamida 25% issiq suv isteʼmoli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritiladi.
Vazirlik va idoralarda elektr va issiqlik energiyasi xarajatlarini kamida 25 %ga qisqartirish boʻyicha dastur ishlab chiqiladi. Shu bilan birga: barcha viloyat, tuman(shahar) ichki ishlar boshqarma va boʻlimlarida hamda jazoni ijro etish muassasalarida; barcha viloyat, shahar va tuman moliya, gʻazna, pensiya idoralari, sugʻurta tashkilotlarida; barcha viloyat, tuman va shahar adliya idoralari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY boʻlimlarida; barcha viloyat, tuman va shahar prokuraturalari, Bosh prokuratura Departamenti va Majburiy ijroning boshqarma va boʻlimlarida; barcha tuman soliq inspeksiyalari va viloyat soliq boshqarmalarida, kamida 1 mingta mahalla idorasi binolarida muqobil energiya qurilmalari oʻrnatiladi.
Qayta tiklanuvchi energiya uskunasini oʻrnatgan aholi va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizimning joriy etilishi bir qator muhim vazifalarni amalga oshirishni talab etadi. Jumladan: birinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha, ayniqsa quyosh va suv istgichlari masalasida, targʻibot tashviqotni koʻpaytirish; ikkinchidan, subsidiyalar beriladi, qay tartibda beriladi va isteʼmolchilar qanday oladi; uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar ustidan energetika vazirligi va uning hududiy organlari nazorat oʻrnatish kerak. Yaʼni oʻrnatib bergan mahsulotning kafolati, serves xizmati bilan bogʻliq masalalar nazorat qilinishi kerak; toʻrtinchidan, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrnatilishiga koʻmaklashadi va yordam beradi; beshinchidan, tasdiqlangan ishlab chiqaruvchilardan mahsulotlar olinadi va avtomat shaklda subsidiyalar oladi; oltinchidan, ishlab chiqaruvchilarga foizsiz kreditlar beriladi. Ishlab chiqaruvchilar, isteʼmolchilarga borib oʻrnatib keladi. Isteʼmolchi esa uni boʻlib, boʻlib toʻlaydi; yettinchidan, maktablar, Oliy taʼlim muassalari taʼlimni amalga oshirshda, uslubiy, amaliy yordam koʻrsatadi.
Xalqaro miqyosda aholining oʻsishi tabiiy resurslar va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga boʻlgan talabni qondirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash, barqaror rivojlanish sharoitida ilm-fan yutuqlari innovatsion texnologiyalarini joriy etgan holda normativ-huquqiy bazani shakllantirgan holda taraqqiyotga erishish talab etiladi.
Respublikamizning qonunchilik hujjatlarida xalqning turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yangi uy-joylar qurish, zamonaviy yoʻllar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, aholi punktlarini toza ichimlik suvi, elektr energiyasi va issiqlik bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berildi.
Yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarda energiya va resurslarini tejovchi yangi texnologiyalarni jadal joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish, aholining qayta tiklanuvchi energiya manbalari haqida xabardorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, muqobil energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha muqobil energiya manbalarini joriy etish, issiqxonalarni isitish uchun muqobil energiya manbalariga ega boʻlish, xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni ragʻbatlantirish, ularga soliq va bojxona imtiyozlari berish bilan bogʻliq masalalar oʻz aksini topmoqda.
- OʻZBEKISTONDA QUYOSH ENERGIYASINING SALOHIYATI

Quyosh energiyasi
51 mlrd. tonna neft ekvivalentiga teng

Quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish davlat siyosatining hozirgi bosqichdagi dolzarb yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda bir yilda kamida 320 quyoshli kun mavjud. Quyosh energiyasidan olinadigan energiya 51 mlrd tonna neft ekvivalentiga teng hisoblanadi.
- QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI DEGANDA NIMANI TUSHUNAMIZ?
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bu – atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasidir.
- QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI BILAN BOGʻLIQ MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR:
|
|
|
|
|
|
|
|
- QUYOSH PANELI VA QUYOSH SUV ISITGICHLARI


1. Rasm. Quyosh paneli
Quyosh paneli bu – quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi fotoelektrik qurilma. Quyosh energiyasidan foydalanish bu quyoshdan kelayotgan yorugʻlik energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirib foydalanishdir.


2. Rasm. Quyosh suv isitkichilari
Quyosh suv isitkichilari bu — Quyosh energiyasi yordamida suvni isitish uchun foydalaniladigan qurilmalardir. Quyoshdan quvvat oladigan suv isitgich moslamalar quyosh kollektorlari orqali suv haroratini oshirish uchun quyosh nurlari energiyasidan foydalanadi. Quyosh suv isitish tizimining foydali taraflari shundan iboratki, bir yillik issiq suv uchun xarajatlarni 80 foizga, issiq suv tizimi uchun 60 foizga qisqartirish imkoniyatini beradi. Quyosh suv isitish tizimining yaroqlik muddati 25-30 yil boʻlsa, boshlangʻich qilingan xarajatlarning gaz va elektr energiya narxini oʻsishi hisobiga olganda oqlash muddati 3-4 yil boʻlishi yoki undan ham muddatni tashkil etishi mumkin.
- QUYOSH PANELLARINI KIM IXTIRO QILGAN?
Italiyalik fotokimyogar Jakomo Luidji Chamichan dunyoga zamonaviy quyosh panellarining dastlabki prototiplarini namoyish etgan. 1912-yilda olim jamoatchilikka qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtish zarurligi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etdi. Keyinchalik, 1948-yil 25-aprelda “Bell Laboratories” mutaxassislari elektr tokini hosil qilish uchun birinchi quyosh panellari yaratilganligi haqida xabar berishdi. Ular silikondan tayyorlangan.
- ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISHDA QAYTA
TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI NIMALARDAN IBORAT?
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasi ishlab chiqarilgan taqdirda, ruxsat beruvchi hujjatlar olish talab etilmaydi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar blok-stansiyalar shartlari asosida, shuningdek hosil qilinayotgan elektr energiyaning maksimal qiymati koʻrsatilgan holda tanlov asosida yagona elektr energetikasi tizimiga ulanishi mumkin. Blokstansiya isteʼmolchilarning yagona elektr energetikasi tizimiga bevosita yoki isteʼmolchilar elektr tarmogʻi orqali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyasi hisoblanadi.
Amaldagi elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va (yoki) kengaytirish uchun zarur boʻlgan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ulash bilan bogʻliq xarajatlarni ularning egasi amalga oshiradi, yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish nuqtasigacha boʻlgan xarajatlarni esa, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchi amalga oshiradi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarga qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini yagona elektr energetikasi tizimiga oʻzboshimchalik bilan ulash taqiqlanadi.
Lokal elektr tarmogʻini barpo etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini unga ulash qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi isteʼmolchilarini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarning lokal elektr tarmogʻiga ulash shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi.
- ISSIQLIK ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISHDA QAYTA
TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI NIMALARDAN IBORAT?
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan taqdirda, ruxsat beruvchi hujjatlar olish talab etilmaydi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilarga qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini hududiy va magistral issiqlik tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
Lokal issiqlik tarmogʻini barpo etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini unga ulash qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Issiqlik energiyasi isteʼmolchilarini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilarning lokal issiqlik tarmogʻiga ulash shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi.
Uy sharoitida quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini oʻrnatmoqchi boʻlsa (stansiyani yaratish), avvalambor jismoniy shaxsning isteʼmol qilinadigan yillik elektr energiyasi hajmi (soatlar vaqti) isteʼmol qiladigan elektr energiyasi hajmi kVt*soatda hisoblanishi kerak. Isteʼmolchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi miqdori Isteʼmolchining elektr energiyasini hisobga olish pribori koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanishi mumkin. Chunonchi, uy sharoitida quyosh panellarini oʻrnatmoqchi boʻlgan jismoniy shaxs, qurilmalarni ishlatilishini hisobga olishi kerak. Masalan, qurilmalar: elektr chiroq, televizor, muzlatgich, elektr choynak, mikrotoʻlqinli pech, gazqozonlarning miqdori va soni hisobga olinadi va elektr energiyasini quvvat aniq hisobga olinishi kerak.
Xonadoningiz uchun quyosh panellarini qanday qilib toʻgʻri tanlash mumkin?
Xuddi shu quyosh panellarini sotib olayotganda, fuqarolar uy yoki xonadondagi binolarning kattaligini (xonalar soni, oshxona, balkon, yoʻlak va h.k.) hisobga olgan holda, ularni imkoniyatlariga qarab tanlashi mumkin. Oʻz navbatida, qurilmaning tanlangan quvvati uning narxiga taʼsir qiladi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, eng arzon quyosh panellari 150 Vt quvvatga ega, bu esa ulardan foydalanib, uyning 5-6 ta xonasini yoritish va bitta televizorni ishlatish imkonini beradi. Agar uydagi xonalarni yoritish uchun ikkita televizor, bitta muzlatgichni elektr energiyasi bilan taʼminlash zarur boʻlsa, unda kamida 2 kVt quvvatga ega quyosh panellari kerak boʻladi. Agar oila konditsioner ham ishlatsa – 3 kVt quvvatli panellar zarur boʻladi.

3.Rasm. Quyosh panelini tanlashda
4.Rasm. Quyosh paneli stansiya tizimi

8. QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI ASOSIDA ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARADIGAN QURILMALAR OʻZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILADIMI?
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqaruvchilarning binolarni qayta tiklanuvchi energiyaga asoslangan elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlashga boʻlgan qiziqishi oshdi. Bugungi kunda bunday qurilmalar Oʻzbekistonda oʻz maʼlumotlarini internet tarmoqlariga faol joylashtirgan 15 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Quyosh panellari kabi innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar import komponentlaridan foydalanadilar, yaʼni ular xorijiy yetkazib beruvchilar narxiga bogʻliq. Bugungi kunda 2 kVt blok narxi 18-30 mln soʻmga baholanmoqda, oʻrnatish xarajatlarini hisobga olsak, 3 kVt quvvatga ega agregatni oʻrnatish 20-45 mln soʻmga toʻgʻri keladi. Narxlardagi farq mahalliy mahsulotlarning markasiga bogʻliq.
Quyosh suv isitgichlari biroz arzonroq. Shunday qilib, 2-3 kishilik uy uchun kuniga oʻrtacha 100 litr suvni isitadigan qurilma oʻrnatish xarajatlarini hisobga olgan holda taxminan 4 million soʻmga tushadi. Shunga koʻra, katta hajmdagi suvni isitish uchun moʻljallangan yuqori quvvatli quyosh suv isitgichlarining narxi yuqori. Zamonaviy quyosh kollektorlari quyosh botgandan keyin ham suvni isitib turishga imkon beradi, chunki oldingi avlod qurilmalaridan farqli oʻlaroq, ularning tashqi qismi termos prinsipi asosida ishlaydigan qurilma bilan himoyalangan. Natijada, 70-80 gradusgacha qizdirilgan suv quyosh botgandan keyin 7-8 daraja harorat pasayadi xolos.
- QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI ISHLAB CHIQARISH BILAN SHUGʻILLANUVCHI (QUYOSH PANELLARI VA QUYOSH SUV ISITGICHLARI) TASHKILOTLAR ROʻYXATI[1]
№ | Nomlanishi | Manzili | Telefon raqamlari |
“Mir-Solar” MCHJ | 100076, Toshkent sh. Yashnobod tumani. Axsikat, 176 E-mail: mirsolar@mail.ru | 71291-56-46 71 299-54-97 71 291-33-46 | |
“Solar Nature” MCHJ | 100107, Toshkent, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 33/1 E-mail:solarnature@mail.ru | 71 203-00-10, 71 203-00-20, Faks:71 216-42-25 | |
“Quyosh Issiqlik Energiyasi” MCHJ | Jizzax shahri, “A” sanoat zonasi. E-mail: www.qie.uz | + 99(93) 578-80-07, 71 2008889 (+99899) 8671888 | |
“Eko-energiya” DUK | Toshkent shahar S.Azimov koʻchasi 65-uy ecoenergy@uznature.uz | + 71 230-95-82 + 71 230-95-83 + 94 621-86-6060 | |
“Vitech” kompaniyasi | Toshkent shahri, Yuqori Chirchiq koʻchasi, 1 A. E-mail: info@vitech.uz | 71 200-66-88, 97 774-15-94 | |
“Modern Power Systems” MCHJ | Toshkent shahri, Muhammad Yusuf koʻchasi, 1 A. | + 71 269-38-83 | |
“Solar Yelektric product ” MCHJ | Toshkent shahri, Yunusobod tumani, koʻcha. Chingiz Aytmatova 2B www.sep.uz | + 90 322-06-03 | |
“Oftobnur” MCHJ | Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani Muhammad Yusuf koʻchasi ½. E-mail: info@Oftobnur.uz | 90 322-06-03, | |
“Solar City Solutions” MCHJ | Toshkent, Yunusobod tumani, Bogʻishamol 2, 10-uy. www.uzsolar.uz | 90 903-70-05, 71 2626415 | |
“All Solar” MCHJ | Toshkent, Yakkasaroy tumani, koʻch. Bobur 44B E-mail: info@all-solar.uz | + 95 515-11-01 + 90 985-67-55 | |
“Ecover” MCHJ zonasi | Toshkent sh. Mirobod tumani Eski otchopar koʻchasi 2pr, 3 G.Jizzax “A” sanoat | 71 283-48-14, 97 157-74-77 +99 830-00-96 | |
“High Light Technology” Xususiy korxona | Toshkent sh. Yunusobod tumani Bodomzor yoʻli koʻchasi, 1 qator. 85 uy | + 90 370-88-39 +97 771-11-83 | |
“Panelplast” MCHJ QK | Toshkent shahri Yakkasaroy tumani koʻchasi. Kichik halqa yoʻli 10 E-mail: info@panelplast.net | + 90 355-74-28 + 90 806-09-43 | |
“Egl-nur” MCHJ QK | Toshkent viloyati Angren sh. Ipak yoʻli info@egl-nur.uz | + 94 603-45-83, +71 234-87-59, +95 513-62-08 | |
Turkiyaning “Endustriyel” kompaniyasi | Turkiyaning “Endustriyel” kompaniyasi | + 90 964-96-02 | |
“Chagatay invest” MCHJ | Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Qushbegi koʻchasi,18/7 info@chagatay.uz | Tel.:(+99895)1700639; (+99890)9519415 Faks:+886-06-2012520 | |
Xorijiy mamlakatlarda | |||
17. | Htngs Technology Co.Ltd. | No,168 Yohgkenuan Rd., Yohgkang Dist., Tainan Caty, Taiwan | Tel.:+886-06-2022202 Faks:+886-06-2012520 |
18. | Hangzhou Rison lmp & Exp.Co., Ltd. | 160 Rd Tianmushan, Hangzhou, Zhejiang, China | Tel.:86-151682391 Mob:86-15168243391 |
19. | Zhejiang Linix Solar Co., Ltd. | No,196 Hengdian ltdustrial Ave, Dongyang City, Jinhua, Zhejiang | Tel.:86-579-86621551 Faks:86-579-86260173 |
20. | Shenzhen SETES Power Co., Ltd | Setee Idustrial Park, Dakan Villiage. Xili Town.Nanshan Distriet, Shenzhen.Guangdong | Tel.:86-755-26527304. Faks:86-755-26527104 |
21. | Ningbo Green Light Energy Co.Ltd. | Xing Ye Middle Road, Ningbo, China | Tel:+99-894 600-43-89 |
22. | CAP Solar Pumps Ltd. | 4511 Imperial Road Olds.Alberta.Canada 1411 IMb | Tel:(403)556-8779 Toll Free: 1-866-556-8779 (in Canada & USA) |
23. | NOV Process & Flow Technologies UK Limited | Gteengate.Middleton. Manchester M24 ISA | Tel:+44(0)161339 9000 |
- QAYSI ORGAN QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI MAXSUS VAKOLATLI HISOBLANADI?
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Maxsus vakolatli davlat organi:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi texnik reglamentlarni, normalar va qoidalarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya bozorida narx va tarif siyosatiga doir masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslarining, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobini yuritadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasiga innovatsion texnologiyalar, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar joriy etilishiga koʻmaklashadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya bozorida qulay raqobatbardoshlilik hamda ishbilarmonlik muhiti shakllantirilishini ragʻbatlantiruvchi narx va tarif siyosatini takomillashtirish asosida amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlariga va maishiy sektorga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi resurslarni va energiyani tejovchi ilgʻor texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
- QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI ILMIY-TEXNIKAVIY VA INNOVATSION TAʼMINOT QAYSI ORGANLAR BILAN HAMKORLIKDA AMALGA OSHIRILADI?
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqarishni, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni ilmiy-texnikaviy hamda innovatsion jihatdan taʼminlash davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
- FUQAROLAR OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARINING, NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING HAMDA FUQAROLARNING
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHGA DOIR TADBIRLARDAGI
ISHTIROKI
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashishi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin.
- QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH SOHASINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida investitsion, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan quyidagicha qoʻllab-quvvatlash amalga oshiriladi:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida soliq, bojxonaga oid hamda boshqa imtiyozlar va preferensiyalar belgilash;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida innovatsion texnologiyalar yaratish va ularni qoʻllashga koʻmaklashish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining yagona elektr energetikasi tizimiga kafolatli ulanishini taʼminlash;
elektr energiyasining yagona xaridori va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilardan elektr energiyasini xarid qilish uchun shartnomalar tuzish huquqini berish.
Foydalanilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini salmoqli tarzda oshiradigan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini import qilish chogʻida yuridik va jismoniy shaxslarga soliqlar hamda bojxona bojlariga doir imtiyozlar berilishi mumkin.
- QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI IMTIYOZLAR VA PREFERENSIYALAR QANDAY BELGILANGAN?
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun mol-mulk soligʻini toʻlashdan hamda ushbu qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga ozod etiladi.
Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan yashash uchun moʻljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar egaligidagi mol-mulkka qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi solinmaydi.
Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan yashash uchun moʻljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga yer soligʻidan ozod etiladi.
Energiya yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan berilgan amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan imtiyozlarni berish uchun asos boʻladi.
- QUYOSH PANELLARI VA SUV ISITISH QURILMALARINI SOTIB OLISHDA DAVLAT QISMAN KONPENSATSIYA TOʻLAYDI
Quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalarini sotib olishda davlat qisman konpensatsiya toʻlaydi. 2026-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan koʻprogʻiga yetkazish topshirildi. Shuningdek, Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan qurilmalardan foydalanilganlik uchun katta miqdorda ragʻbatlantirish mavjud. Shuningdek, oʻz uylarini elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash uchun bir xil quyosh panellarini oʻrnatganlar uchun bir qator imtiyoz preferensiyalar taqdim etilgan.
Hukumat qarori (217-son, 14.04.2021-y.) bilan Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratiladi.
Kompensatsiya quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi:
jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million soʻmdan;
quyosh suv isitkichlari uchun – 1,5 million soʻmdan;
energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplashga:
jismoniy shaxslarga – 500 million soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
yuridik shaxslarga – 5 milliard soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda.
Nizom talablari oʻz mablagʻi va kreditlar hisobidan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilgan va oʻrnatgan shaxslarga tadbiq etiladi.
- QUYOSH SUV ISITGICHINI OʻRNATGANIM UCHUN DAVLAT BUDJETIDAN KOMPENSATSIYA OLISH UCHUN NIMA QILISHIM KERAK?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 217-son “Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi”gi nizomda oʻz aksini topgan. Avvalo, siz oʻz xohishingizga asosan Kompensatsiya ajratish boʻyicha Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakl asosida ariza bilan ishchi guruhga murojaat qilishingiz kerak boʻladi.
ARIZA
1. Energiya samarador qurilma nomi |
2. Energiya samarador qurilmaning turi |
3. Energiya samarador qurilmaning quvvati |
4. Energiya samarador qurilmaning joylashgan manzili |
5. Energiyasamarador qurilmaning kafolat muddati | 2 | 0 | 2 | |||
oy | yil |
6. Energiya samarador qurilmani oʻrnatgan tashkilot |
7. Energiya samarador qurilmaning oʻrnatilgan vaqti | 2 | 0 | 2 | |||
oy | yil |
8. Ushbu maʼlumotlarga quyidagilar ilova qilinadi:
1. | varaq | ||||
2. | varaq | ||||
3. | varaq | ||||
4. | varaq |
9. Vazirlar Mahkamasining 20__yil «___» _____________dagi __-son qarori bilan tasdiqlangan Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari doirasida ishchi guruh tegishli oʻrganishlarni amalga oshirib jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻrnatilgan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi boʻyicha belgilangan shaklga muvofiq dalolatnomani rasmiylashtirganidan soʻng tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi tomonidan ajratiladigan mablagʻni bank kartamga yoki bankdagi hisobvaragʻimga oʻtkazib berilishini soʻrayman.
Bank kartasi yoki bank hisobvaragʻi/bank rekvizitlari:
10. Men | Yoki | ||
(jismoniy shaxs, F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili) | (yuridik shaxsning nomlanishi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIR raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili) | ||
barcha taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman | |||
(imzo) |
Diqqat! Yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv taʼminoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda oʻrnatish koʻzda tutiladi. Bunday tartib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3379-son qarori bilan oʻrnatilgan. Shuningdek, davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida bir qator vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Jumladan: xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (oʻrtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlarini (oʻrtacha 200 litr) oʻrnatish; maishiy isteʼmolchilarning, shuningdek, yuridik shaxslarning nostandart gaz-gorelkali qurilmalarini zamonaviy va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtirish belgilandi.
- QUYOSH FOTOELEKTRIK STANSIYALARI VA QUYOSH SUV ISITISH QURILMALARI BILAN JIHOZLASH DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARINING MAʼMURIY BINOLARI VA INFRATUZILMA OBYEKTLARIGA NISBATAN HAM TADBIQ ETILADIMI?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi
PQ–4422-son qarorining 3-ilovasida “Quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan jihozlash tavsiya etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining maʼmuriy binolari va infratuzilma obyektlari roʻyxati” koʻrsatib oʻtilgan. Jumladan, davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga ega boshqa davlat tashkilotlarining maʼmuriy binolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining maʼmuriy binolari, savdo-koʻngilochar komplekslar, madaniyat va istirohat bogʻlari, restoranlar, supermarketlar, magazinlar, bozorlar, savdo omborlari, avtomobillarga gaz toʻplab quyish va yoqilgʻi quyish stansiyalari, davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlari, aeroportlar, temir yoʻl va avtobus vokzallari, mehmonxonalar va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, tijorat banklari va ularning filiallari, aloqa korxonalari.
TAJRIBA VA AMALIYOT[2]
- OʻZBEKISTONDA BIRINCHI MARTA AHOLI XONADONI TOMONIDAN QUYOSH PANELLARI ORQALI ISHLAB CHIQARILGAN ELEKTR ENERGIYASINI SOTIB OLISH BOSHLANDI


Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi Rasulov Rahimjon xonadonida 6 kVt quvvatli kichik quyosh foto elektr stansiyasi oʻrnatib, ushbu stansiya orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining oʻz ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshladi.
Mazkur xonadon egasi va Energetika vazirligi tizimidagi Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi oʻrtasida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kichik obyektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida” shartnoma imzolandi.
Endilikda ushbu xonadonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini hududiy elektr taʼminoti korxonasi tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi.
Ushbu shartnoma umumiy oʻrnatilgan quvvati 1 MVt gacha (oʻzgaruvchan tok ) boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlaridan, (mikro va kichik gidroelektr stansiyalardan tashqari) elektr energiyasini xarid qilishga taalluqlidir.
Eslatib oʻtamiz, mazkur amaliyot Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subektlarini yagona elektr energetika tizimiga ulash reglamenti”ga asosan amalga oshiriladi. Bunda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini sotib olish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PQ–4779-sonli qarorida belgilangan tarifga asosan amalga oshiriladi.
Ahamiyatlisi, shu kabi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotish – ASKUE tizimi doirasida oʻrnatilgan zamonaviy elektron hisoblagichlar orqali amalga oshiriladi.
Shaxsiy quyosh fotoelektr stansiyalarini (1 MVt gacha) oʻrnatish istagida boʻlgan fuqarolar stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulangan holda foydalanishlari hamda oʻz ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuqoridagi qarorlarga asosan shartnoma asosida sotishlari mumkin.
Ushbu xonadon egasi qilingan xarajatlarining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 217-son qarorida koʻzda tutilgan kompensatsiya ajratilishi boʻyicha tuman hokimiyatiga murojaat qildi.

OLDI-SOTDI SHARTNOMASI №028
“SOLAR NATURE” MCHJ nomidan Ustav asosida ish yurituvchi Direktor Asralxoʻjayev F.F. bir tarafdan, bundan keyin “Sotuvchi” deb yuritiladi, va ________________________ nomidan Ustav asosida ish yurituvchi Direktor ________________________________ boshqa tarafdan, bundan keyin “Xaridor” deb yuritiladi, bundan keyin “Taraflar” deb yuritiladi, quyidagida haqidagi ushbu shartnomani tuzdilar, bundan keyin “Shartnoma” deb yuritiladi:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Sotuvchi ushbu shartnomaning spetsifikatsiyasida koʻrsatilgan miqdorda va narxda Tovarni Xaridorga mulk huquqida oʻtkazish majburiyatini oladi, Xaridor ushbu Tovarni mazkur shartnomada koʻrsatilgan muddatda qabul qilish va toʻlash majburiyatini oladi:
* Spetsifikatsiya
№ | Nomi | Oʻlch. Birligi | soni | Narxi | Yetkazib berish qiymati | QQS 15% | QQS bilan birga narxi |
1 | invertor | Dona | |||||
Jami | |||||||
Summa soʻz bilan | Bir yuz sakson million soʻm QQS bilan birga |
2. YETKAZIB BERISH MUDDATLARI VA TARTIBI
2.1. Tovarlarni yetkazib berish Xaridor tomonidan oʻzi olib ketish shartida amalga oshiriladi.
2.2. Etkazib berish Xaridor tomonidan 3.2-bandda koʻrsatilgan oldindan toʻlov amalga oshirilgan paytdan boshlab oʻn besh kun ichida amalga oshiriladi.
2.3. Tovarlarni topshirish Xaridor tomonidan vakolatli shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan Ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.
2.4. Sotuvchining Tovarni topshirish majburiyati tovar Xaridor yoki uning ishonchli vakili ixtiyoriga tovar-moddiy boyliklarni topshirish- qabul qilish dalolatnomasi va taraflar imzolagan schyot-faktura asosida topshirilgan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.
2.5. Yuk tashish hujjatlarini imzolash Taraflar uchun majburiydir.
3. TOʻLOV TARTIBI
3.1. Ushbu Shartnoma umumiy qiymati qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda 461 955 000 (toʻrt yuz oltmish bir million toʻqqiz yuz ellik besh ming) soʻmni tashkil etadi.
3.2. Tovar qiymatini toʻlash ushbu Shartnoma imzolangan kundan boshlab oʻn besh kun ichida 100% oldindan toʻlov orqali amalga oshiriladi.
4. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURATLARI
4.1. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:
4.1.1. Ushbu Shartnomaning 3 boʻlimida belgilangan hajmda, oʻz vaqtida va tartibda Tovarlar uchun toʻlovni talab qilish;
4.1.2. Toʻlov shartlari buzilgan taqdirda, Tovarni ushlab qolish.
4.2. Sotuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
4.2.1. Tovarlarni 2.2-bandda koʻrsatilgan vaqtdan kechiktirmasdan oʻz vaqtida yetkazib berish;
4.2.2. Xaridorga ushbu Shartnomada nazarda tutilgan sifatga ega va assortimentdagi tovarlarni topshirish;
4.2.3. Xaridorni Tovar joʻnatishga tayyorligi haqida oldindan xabardor qilish;
4.3. Xaridor quyidagi huquqlarga ega:
4.3.1. Tovarlarni yetkazib berish kechiktirilgan taqdirda Tovardan va Shartnomani bajarishni rad etish;
4.3.2. Sotuvchi ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tovarlarni Shartnomaga mos kelmaydigan assortimentda topshirganda, Xaridor ularni qabul qilish va toʻlashdan bosh tortishga, agar toʻlov qilingan boʻlsa, toʻlangan pulni qaytarishni talab qilishga haqli;
4.3.3. Xaridor, kafolat muddati davomida nuqsonlar aniqlansa, Tovarning kamchiliklari bilan bogʻliq talablar taqdim etishga va sifatsiz Tovarni almashtirishni talab qilishga haqli.
4.4. Xaridor quyidagi majburiyatlarga ega:
4.4.1. Shartnomada belgilangan muddatda sotib olingan tovarlar uchun toʻlovni amalga oshirish;
4.4.2. Tovarni almashtirishni talab qilish yoki ushbu shartnomani bajarishni rad etish huquqiga ega boʻlgan holatlardan tashqari, sotilgan Tovar belgilangan joyda yetkazib berilgan vaqtda tushirish va qabul qilishni taʼminlash;
4.4.3. Tovarlarni qabul qilishda miqdori, sifati va assortimenti boʻyicha tekshirishni amalga oshirish, tegishli hujjatlarni (topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, schyot-faktura va boshqalar) rasmiylashtirish va imzolash;
4.4.4. Sotuvchini sotilgan tovarlardagi qabul qilish yoki foydalanish paytida aniqlangan kamchiliklari toʻgʻrisida besh kun ichida xabardor qilish.
5. ISH SIFATI, KAFOLAT MUDDATI MAJBURIYATLARI VA KAFOLAT MUDDATIDAN KEYIN XIZMAT KOʻRSATISH
5.1. Sotuvchi Xaridorga yetkazib berilgan Tovar uchun Taraflarning Bajarilgan ishlar dalolatnomasini imzolagan kundan boshlab ikki yil davomida kafolat muddatini beradi.
5.2. Kafolat muddati davomida Tovarda nuqsonlar aniqlangan taqdirda, Pudratchi nuqsonli Tovarni bepul taʼmirlash yoki almashtirish majburiyatini oladi.
5.3. Uskunadan foydalanish shartlari foydalanish yoʻriqnomasida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa, agar qurilmalar yoki bloklarda muhrlarni ochish holati mavjud boʻlsa; agar Xaridorning aybi bilan jiddiy mexanik shikastlanish yuz bergan boʻlsa; agar uskunaning foydalanish yoʻriqnomasida koʻrsatilgan talablarga javob bermaydigan sifatga ega sarflovchi materiallardan foydalanilgan boʻlsa, Shartnomaning 5.1. 5.2. bandlari qoidalari amal qilmaydi. Kafolat muddati davomida Sotuvchi Xaridorga uskunaning apparat qismidan foydalanish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bepul maslahatlar beradi.
6. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
6.1. Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik aybdor tarafning Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda mulkiy javobgarligiga sabab boʻladi.
6.2. Tovarlarni yetkazib berish muddatlari asossiz kechiktirib yuborilgan hollarda, Sotuvchi Xaridorga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
6.3. Agar yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar sifati, assortimenti va navi boʻyicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonunchilikda yoki xoʻjalik Shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, Xaridor tovarlarni qabul qilish hamda ularning haqini toʻlashni rad etib, Sotuvchidan sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlar (ishlar va xizmatlar) qiymatining 10 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar (ishlar va xizmatlar) haqi toʻlab qoʻyilgan boʻlsa, toʻlangan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir.
6.4. Yuk tashish hujjatlarini, tovar-moddiy boyliklarni va bajarilgan ishlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasini imzolash asossiz rad etilganligi uchun Xaridor Sotuvchiga topshirilgan mol-mulk yoki bajarilgan ish qiymatining 1% miqdorida jarima toʻlaydi.
6.5. Toʻlov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar (ishlar) haqini toʻlashdan bosh tortganlik uchun Xaridor Sotuvchiga oʻzi toʻlashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
6.6. Yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun Xaridor Sotuvchiga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi.
6.7. Penyani toʻlash Taraflarni Shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
7. YENGIB BOʻLMAS KUCH HOLATLARI (FORS-MAJOR)
7.1. Taraflar, basharti Taraflarning oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarilmasligi fors-major holatlari tufayli yuzaga kelgan boʻlsa, yaʼni yengib boʻlmaydigan favqulodda holat va oldini olish imkoniyati mavjud boʻlmagan holatlar, Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga bevosita taʼsir qilgan taqdirda, Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday holda, shartnoma majburiyatlarini bajarish muddati koʻrsatilgan holatlarning amal qilish muddatiga uzaytiriladi.
7.2. Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajara olmaydigan Taraf boshqa Tarafni yuqoridagi holatlarning boshlanishi va tugashi toʻgʻrisida darhol, lekin har qanday holatda ham ular boshlanganidan keyin uch kalendar kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart. Fors-major holatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar bermaslik tegishli Tarafni ushbu holatlar tufayli shartnoma majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish huquqidan mahrum qiladi.
7.3. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan berilgan maʼlumotnomalar yuqorida koʻrsatilgan holatlarning mavjudligi va ularning amal qilish muddatining maqbul dalili boʻladi.
7.4. Agar koʻrsatilgan holatlar olti oydan ortiq davom etsa, har bir Taraf Shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Bunday holda, Taraflar Shartnoma boʻyicha hisob-kitobni amalga oshiradilar. Hisob-kitob 7.1 bandda koʻrsatilgan holat boshlanish vaqti boʻyicha oshiriladi.
8. NIZOLAR
8.1. Taraflar har qanday nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirish majburiyatini oladilar. Shu bilan birga, sudgacha talabnoma tartibiga rioya qilish Taraflar uchun majburiy hisoblanadi.
8.2. Nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishning iloji boʻlmagan taqdirda, ular Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudida yakuniy hal qilinadi.
9. SHARTNOMANI AMAL QILISH VA TUGALLANISH MUDDATI
9.1. Ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Taraflar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarguniga qadar amal qiladi.
9.2. Ushbu Shartnoma Taraflarning yozma kelishuvi bilan, shuningdek, Taraflar Shartnomaning muhim shartlarini buzgan taqdirda, bir tomonlama tartibda, boshqa Tarafni bekor qilish kutilayotgan sanadan kamida oʻn kalendar kun oldin yozma ravishda xabardor qilish orqali bekor qilinishi mumkin.
9.3. Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida kelishmovchilik yoki talabnoma boʻlmasa yoki Tarafning javobi olinmagan boʻlsa, bekor qilish toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn kalendar kun oʻtgach, Shartnoma bekor qilingan hisoblanadi.
10. BOSHQA SHARTLAR
10.1. Taraflarning hech biri ushbu Shartnoma boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini qarama-qarshi Tarafning yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga oʻtkazishga haqli emas.
10.2. Rekvizitlar oʻzgargan taqdirda, Taraflar besh kun ichida bunday oʻzgarishlar haqida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qilish majburiyatini oladilar. Aks holda, oxirgi maʼlum manzilga yuborilgan xabarlar lozim manzilga yuborilgan hisoblanadi.
10.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha masalalarda Taraflar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
10.4. Ushbu Shartnoma imzolangandan soʻng, avvalgi barcha muzokaralar va unga tegishli barcha yozishmalar oʻz kuchini yoʻqotadi.
10.5. Ushbu Shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda amalga oshirilib, har ikki Taraf imzolaganidan keyin kuchga kiradi.
10.6. Ushbu Shartnoma 2 nusxada izolanib, har bir Taraf uchun bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan bittadan asl nusxada beriladi.
10.7. Ushbu Shartnoma Tarafga Didox.uz. operatori orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin. Bunda hujjat Taraflar tomonidan “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qogʻoz hujjatga tenglashtirilgan va bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan Elektron raqamli imzo orqali imzolanadi.
11. TARAFLARNING YURIDIK MANZILLARI VA BANK REKVIZITLARI
YETKAZIB BERUVCHI XARIDOR
Yur. manzil: Toshkent sh., Yur. manzil:
Kushbegi koʻchasi, 18A INN:
INN: 302881192 STIR raqami:
STIR raqami: 326040000030 Bank:
Bank: Kapitalbank ATIB Sergeli filiali H/r:
H/r: 20208000500295206001 MFO:
MFO: 01042 Tel:
Tel: + 998 (97) 770-94-09,
Tel: + 998 (99) 850-94-09
13. TARAFLAR IMZOLARI
YETKAZIB BERUVCHI XARIDOR
“SOLAR NATURE” MCHJ Direktori _______________ direktori
__________ /Asralxodjayev F.F. _____________ / ____________
Reglamentga
2-ILOVA
|
| |
(ulanish moʻljallanayotgan elektr | ||
|
| |
| tarmoqlari egasiga) |
ARIZA
(yuridik shaxs uchun – ishlab chiqaruvchining nomi/jismoniy shaxs uchun F.I.O.) |
___________________________________________________ ning elektr |
qurilmalarini Sizning elektr tarmoqlaringizga ulash uchun texnik shartlarni berishingizni soʻrayman.
1. Ishlab chiqaruvchini tavsiflaydigan maʼlumotlar: |
|
(quvvat va kutilayotgan | |
yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish, texnik tavsiflar, pasport maʼlumotlari, |
joylashgan joyi (aholi punkti bilan bogʻliq holda kartografiya materiali), loyihalashtirish, |
qurish va foydalanishga topshirish muddatlari, ish rejimi va energiya tizimining |
sutkalik jadvalini tartibga solishda ishtirok etish imkoniyati). | ||
2. Bir vaqtning oʻzida | davrida | |
(sutkalar, mavsumiy, energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni | ||
| isteʼmolchi rejimida ishlashga ruxsat berish. | |
taʼmirlash vaqtida va shu kabilar) |
Isteʼmolchini tavsiflaydigan maʼlumotlar:
isteʼmol qilinadigan quvvat _____ kVt;
elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha elektr qabul qilgichlarning toifaviyligi:________ .
Ishlab chiqaruvchi |
| ||
(F.I.O., ishlab chiqaruvchi vakolatli shaxsning lavozimi, imzosi) | |||
Aloqa qiladigan shaxs: F.I.O. |
| telefoni: |
|
Izoh. 2-band isteʼmolchining rejimida ishlangan taqdirda toʻldiriladi.
- QAYTA TIKLANUVCHI ENEGRIYA MANBALARINING KICHIK OBYEKTLARIDAN ISHLAB CHIQARILGAN ELEKTR ENERGIYASINI SOTIB OLISH TOʻGʻRISIDAGI
SHARTNOMA
Shartnoma tuzilgan sana | Shartnoma raqami-son | Shartnoma tuzilgan joy |
Jismoniy shaxs Fazilov Omonjon Maxmudjonovich
(qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy F.I.Sh., hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining yagona indefikatsiyasi raqam)
Nomidan Fazilov R.R. asosida faoliyat koʻrsatuvchi, keyinchalik
“Sotuvchi” deb ataluvchi, nomidan (yuridik shaxs rahbarining nomi, agar yuridik shaxs boʻlsa toʻldiriladi) (“Sotuvchi”ning maishiy yoki ulgurji isteʼmolchi sifatida roʻyxatga olingan tumani Yunusobod va shartnoma raqami (shaxsiy hisob raqami) 1107607)
Bir tomondan va “Toshkent shahar ETK” AJ(hududiy elektr tarmoqlari korxonasi nomi)
Nomidan Nizom asosida faoliyat koʻrsatuvchi, keyinchalik “Sotuvchi” deb ataluvchi, uning rahbari Bobojonov Elnazar Zoxidov (hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining F.I.O) ikkinchi tomondan, kelgusida birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar, ushbu shartnomani quydagilar toʻgʻrisida tuzdik.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kichik obyektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda Shartnoma deb ataladi) umumiy oʻrnatilgan quvvati 1 MBtgacha (oʻzgaruvchan tok) boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlaridan, mikro va kichik gidroelektrostansiyadan elektr energiyasini xarid qilishga taalluqlidir.
1.2. Qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarni yagona elektroenergetika tizimiga ulash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanuvchi manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarilgan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamenti”ga asosan amalga oshiriladi.
1.3. Qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini hisobga olish priborini oʻrnatish, yechish, qiyoslovdan oʻtkazish hamda qayta joyiga oʻrnatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” (keyingi oʻrinlarda ulanish Reglamenti deb ataladi) va amaldagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda tartibga solinadi.
1.4. Ushbu Shartnoma tashkiliy-huquqiy shakldan qatʼiy nazar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan jismoniy shaxslarga, tadbirkorlik subyektlariga “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarni elektr tarmoqlariga ulash moʻljallanayotgan isteʼmolchilarga tatbiq etiladi.
1.5. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanadigan qurilmalar yagona elektr energetika tizimi operatorining dispecherlik grafigida elektr energiyasini sotib olish boʻyicha qazilma yoqilgʻilaridan foydalanadigan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi quvvatlarga nisbatan ustuvorlikka egadir.
1.6. Mavjud elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va (yoki) kengaytirish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini (qurilmalarini) ulash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu tarmoq egalari tomonidan, yagona elektr energetikasi tizimiga ulash nuqtasigacha esa – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
1.7. Ushbu Shartnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi (keyingi oʻrinlarda ishlab chiqaruvchi deb ataladi) – oʻz ehtiyoji va (yoki) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga realizatsiya qilish uchun elektr energiyasi (quvvat), shu jumladan, energiyaning tiklanuvchi manbalaridan elektr energiyasi (quvvat) ishlab chiqaradigan yoki ishlab chiqarishni tashkil etish niyatida tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼiy nazar yuridik yoki jismoniy shaxs;
yagona elektrenergetika tizimiga ulashning maqbul nuqtasi – ishlab chiqaruvchining mavjud quvvatini berish elektr tarmogʻi xoʻjaligining kuchlanish darajasi va oʻtkazish qobiliyati boʻyicha mos boʻlgan ishlab chiqaruvchi joylashgan joyga yaqin joylashgan obyekti;
texnik shartlar – muayyan quvvatlarni elektr tarmogʻining muayyan nuqtasida ulash uchun zarur texnik talablar sanab oʻtilgan hujjat;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari – atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish – ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, qidiruv, joriy etish, loyihalash, qurilish-montaj ishlari va foydalanishga doir ishlar, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, uni tashish, toʻplash, realizatsiya va isteʼmol qilish bilan bogʻliq faoliyat;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, energiyani qabul qilib olish, oʻzgartirish, toʻplash va (yoki) uzatish, shuningdek hisobga olish boʻyicha texnologik asbob-uskunalar majmuasi, texnologik va (yoki) butlovchi asbob-uskunalar;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar – qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar;
sotuvchi – qayta tiklanuvchi energiya manbalari elektr stansiyalarini qurib, egalik qilib, ulardan foydalanib elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyasi sotib oluvchisiga kelishilgan hajmdagi elektr energiyasini yetkazib beruvchi;
sotib oluvchi – elektr energiyasini yagona sotib oluvchisi.
2. Shartnoma predmeti
2.1. “Sotuvchi” qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqargan elektr energiyasini oʻzining ehtiyojidan (va boshqa isteʼmolchilarga lokal tizim orqali yetkazib bergan hajmidan) oshgan hajmini “Tomonlar” elektr tarmoqlarining mansublik chegarasiga yetkaziyu berish, “Sotib oluvchi” esa qabul qilib olish majburiyatini oladi.
2.2. “Sotuvchi” Shartnomaning 2-ilovasida koʻrsatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining oʻrnatilgan quvvatidan oshigʻini “Sotib oluvchi”ga elektr tarmoqlarining mansubligi chegarasida yetkazib berishi mumkin emas.
2.3. “Tomonlar” mazkur Shartnoma shartlarini bajarishda, shuningdek Shartnomada keltirilmagan holatlarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga va elektr energetika tizimi tezkor dispecherlik boshqaruv qoidalariga rioya etish majburiyatini oladi.
3. Elektr energiyasini yetkazib berish shartlari
3.1. “Tomonlar” qayta tiklanuvchi energiya manbalarining oʻzgaruvchan xususiyatini va ishlab chiqariladigan elektr energiyaning “Sotuvchi” ehtiyojidan (va boshqa isteʼmolchilarga lokal tizimdan yetkazib beradigan qismidan) oshadigan aniq hajmini uzoq muddat uchun hisob-kitob qilish muammolarini inobatga olib, Shartnomaning 2-ilovasiga muvofiq “Sotuvchi” “Sotib oluvchi”ga elektr tarmoqlarining mansubligi chegarasiga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini yetkazib beruvchi obyektning oʻrnatilgan quvvatini va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining yillik yetkazib beradigan maksimal hajmini koʻrsatib oʻtishga kelishadi.
3.2. “Sotuvchi” va “Sotib oluvchi” tomonidan “Tomonlar” elektr tarmoqlarining mansublik chegarasiga yetkazib beriladigan va qabul qilib oladigan elektr energiyasining hajmi Shartnomaning 2-ilovasida keltirilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblari boʻyicha aniqlanadi.
“Sotuvchi” tarmoqning maʼlum hisobga olish nuqtasi orqali elektr energiyasini ayrim davrlarda “Sotib oluvchiga” yetkazib beradigan va ayrim davrlarda undan oladigan boʻlsa, bunday hisobga olish nuqtalarida alohida yetkazib berilgan va alohida qabul qilib olingan aktiv va reaktiv energiyani hisobga oladigan (reversiv) hisobga olish asboblari oʻrnatiladi.
3.3.Elektr energiyasini hisobga olish asboblari, shuningdek energiya va quvvatni oʻlchash vositalari, yagona elektr energetika tizimining elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan integratsiyalash shart.
3.4.Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarining oʻrnatilgan quvvati 10 KVtdan ortiq boʻlgan “Sotuvchi” oʻz uskunalarini taʼmirlashda chiqarilishini tezkor boʻysinuvidan kelib chiqib, taʼmirlash boshlanishidan oldin oʻrnatilgan tartibda “Tizim operatori” yoki tegishli hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tezkor-dispecherlik xizmati bilan kelishadi.
4. Hisob-kitoblarni va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
4.1.Hisob-kitob davri bir kalendar oy hisoblanadi.
“Tomonlar”ning kelishuviga koʻra har oʻn besh kunlikda oraliq hisob-kitobni amalga oshirish mumkin.
4.2. “Tomonlar” hisob-kitob davrida yetkazib bergan va qabul qilib olgan elektr energiyasi hajmi uchun oʻzaro hisob-kitoblarni quyidagi tartibda amalga oshiradilar.
4.2.1. “Sotib oluvchi” “Sotuvchi” yetkazib bergan elektr energiyasini qabul qilib olish va amalda qabul qilib olgan elektr energiyasi hajmi uchun Shartnomaning 1-ilovasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tarif (bundan buyon “Sotish tarifi” deb ataladi) boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.
4.2.2. “Sotuvchi” qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarib, uni “Sotib oluvchi”ga yetkazib berish bilan birga (bir paytda) “Sotib oluvchi”ning tarmoqlaridan oʻz ehtiyojidan kelib chiqib oʻrnatilgan tartibda belgilangan tarif boʻyicha elektr energiyasini oʻzining elektr tarmoqlariga qabul qilib oladi.
Shartnomaning mazkur bandida keltirilgan holatdagi “Tomonlar”ning oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” bilan tartibga solinadi.
4.3. “Tomonlar” birgalikda hisob-kitob davrida oʻzaro alohida yetkazib bergan va alohida qabul qilib olgan elektr energiyasi hajmini hisoblab, oyma-oy hisobotlarga kiritadilar.
4.4. “Tomonlar” oʻrtasida yetkazib berilgan elektr energiyasining hisob-kitobi alohida-alohida amalga oshirilishi lozim.
4.5. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining toʻliq hajmi har oyda “Sotuvchi” tomonidan mustaqil ravishda hisoblagichlar koʻrsatgichlari boʻyicha hisoblanib, oylik hisobotlarga kiritiladi va “Sotib oluvchi”ga uning talabi boʻyicha unga taqdim etiladi.
4.6. “Sotish tarifi” va “Sotib olish tarifi” oʻzgargan taqdirda, ular amalga kiritilgan kundan boshlab elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar yangi tariflar boʻyicha oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
4.7. “Tomonlar” yetkazib bergan va toʻlov amalga oshirilishi lozim boʻlgan elektr energiyasi hajmi Shartnomaning 4 va 5 – ilovasida keltirilgan “Tomonlar” elektr tarmoqlarining mansubligi chegarasida aniqlanadi.
4.8. “Sotuvchi” tomonidan hisobot oyida yetkazib berilgan va “Sotib oluvchi” tarmoqlariga qabul qilib olgan va aksincha “Sotib oluvchi” tomonidan yetkazib berilgan va “Sotuvchi” tarmoqlariga qilib olgan elektr energiyasini amaldagi hajmi hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi 04-00dagi “Tomonlar” elektr tarmoqlarining mansubligi chegarasida oʻrnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblari koʻrsatgichlari boʻyicha aniqlanadi.
Oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan elektr energiyasini hisobga olish asboblari “Tomonlar” elektr tarmoqlarining mansubligi chegarasida oʻrnatilmagan boʻlsa, elektr tarmogʻining mansublik chegarasidan hisobga olish asbobi oʻrnatilgan joygacha boʻlgan tarmoq uchastkasidagi elektr energiyasining texnologik yoʻqolishi hajmi “Tomonlar” tomonidan birgalikda hisoblash orqali aniqlandi va elektr tarmogʻining mansubligiga qarab, “Sotuvchi” yoki “Sotib oluvchi”ning hisobga oʻtkaziladi.
4.9.Hisobot oyida “Sotuvchi” tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlar “Sotib oluvchi” tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning oxirigacha toʻliq amalga oshirilishi shart.
Elektr energiyasi haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun “Sotib oluvchi” “Sotuvchi”ga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,01 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida peniya toʻlaydi.
Elektr energiyasi uchun tariflar oʻzgargan sanadan qatʼiy nazar, elektr taʼminoti shartnomasi oʻz kuchida qoladi va “Sotib oluvchi” foydalanilgan elektr energiyasi uchun yangi tarif kuchga kirgan kundan boshlab haq toʻlashga majburdir.
4.10. Hisobot oyida “Sotuvchi” tomonidan “Sotib oluvchi”ning elektr tarmoqlaridan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar amaldagi “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari
5.1. “Tomonlar” quyidagilarga majburiyatlarga ega:
– har yil yakuni boʻyicha elektr energiyasini “Tomonlar” elektr tarmoqlarining mansublik chegarasiga yetkazib berilgan miqdorini aniqlash;
– elektr tarmoqlarining mansubligi chegarasida elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlarini davlat standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash;
– hisobot oyi tugashi bilan “Tomonlar birgalikda elektr tarmoqlarining mansublik chegarasiga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmini aniqlash uchun “Tomonlar” oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshiradigan elektr energiyasini hisobga olish asboblari koʻrsatgichlarini qayd etib, Shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan va qabul qilib olingan elektr energiyasi (aktiv, reaktiv) sarfi boʻyicha hisobotni rasmiylashtirish”;
– hisob-kitob oyi tugashidan keyingi 5 kun mobaynida yektazib berilgan va qabul qilib olingan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomasini tuzish.
5.2. “Sotuvchi” quyidagilarga majburiyatlarga ega:
– qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyaning umumiy hajmini alohida hisobini yuritish;
– “Sotib oluvchiga” elektr energiyaning ushbu shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib berish;
– “Sotib oluvchi”ning talabiga binoan har yili 1-oktyabrga qadar kelgusi yil uchun elektr energiyasini yetkazib berish va isteʼmol qilishning oylar boʻyicha taqsimlangan prognoz koʻrsatgichlarini “Sotib oluvchi”ga taqdim etish;
– Taraflarning tashabbusi bilan ushbu Shartnoma bekor qilinadigan boʻlsa, bu haqda ikkinchi tomonni kamida bir oy oldin yozma ogohlantirishga;
– oʻzining elektr qurilmalarida (xonalarida) oʻrnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va ularda oʻrnatilgan plombalarning butligiga, shuningdek ikkilamchi zanjirlarning texnik holati;
– “Sotib oluvchi”ning tegishli xodimlarini elektr energiyasini hisobga olish asboblari va ikkilamchi zanjirlarini koʻrib chiqish uchun toʻsiqsiz kiritish.
– “Sotib oluvchi”ning yetkazib bergan sifatsiz elektr energiyasi sababli “Sotib oluvchi”ning elektr tarmoqlariga biron bir zararlar yetganda, yetkazilgan zarar “Sotuvchi” tomonidan qoplanadi.
– “Sotib oluvchi”ning elektr tarmoqlari har xil avariya yoki taʼmirlash ishlarini olib borish natijasida elektr taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatilganda, “Sotuvchi” tomonidan “Sotib oluvchi”ning elektr tarmogʻiga muqobil energiya manbalari tomonidan kuchlanish berilmaslik majburiyatini oladi.
5.3. “Sotib oluvchi” quyidagilarga majburiyatlarga ega:
– “Sotuvchi” tomonidan elektr tarmoqlarning mansubligi chegarasiga yetkazib berilgan elektr energiyasining toʻliq hajmini sotib olish;
– yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun ushbu Shartnomaning 3-boʻlimida nazarda tutilgan toʻlovlarni amalga oshirish shartlari va tartibiga rioya etish.
5.4. “Tomonlar” quyidagi huquqlarga ega:
bir tomon ikkinchi tomondan ushbu Shartnoma shartlariga rioya etishni talab etish;
“Tomonlar” oʻzaro kelishgan holda Shartnomaning 2-ilovasidagi “Sotuvchi” tomonidan elektr energiyasining yillik yetkazib beradigan maksimal hajmiga oʻzgartirish kiritish. Bunda, oʻzgartirish moʻjallanayotgan yildan oldingi yilning 1-oktyabrga qadar taklif berilishi shart.
6. Tomonlarning javobgarligi
6.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun “Tomonlar” Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar hisoblanadi.
7. Korrupiyaga qarshi shartlashuv
7.1. Ushbu shartnomaning har bir tomoni oʻziga nisbatan qoʻllaniladigan barcha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlaridagi Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlar va talablarni tushunishi haqida bir-birini ishontiradi va ularga amal qilishni kafolatlaydi. Tomonlar ushbu shartnoma amalda boʻlgan butun davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlarining Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlari va talablariga qatʼiy rioya etish majburiyatini oladi.
8. Fors-major
8.1. “Tomonlar” yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari natijasida Shartnoma shartlarini bajarmaganliklari yoki tegishli darajada bajarmaganliklari uchun javobgar hisoblanmaydi.
8.2. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash mexanizmini amalga kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 15-fevraldagi 63-son qarori bilan tartibga solinadi.
8.3.“Sotib oluvchi”ning boshqa sabablarga koʻra yoki moliyaviy muammolar tufayli “Sotuvchi” foydasiga toʻlovlarni amalga oshira olmasligi yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatiga kirmaydi hamda “Sotib oluvchi”ni toʻlovlar va peniyalari toʻlanish majburiyatlaridan ozod etmaydi.
9. Kelishmovchiliklarni hal etish
9.1.Mazkur Shartnoma shartlarini sharhlash va bajarish, shuningdek ularni oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq kelishmovchiliklar oʻzaro muzokaralar yoʻli bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hal qilinadi.
9.2. Kelishmovchiliklarni oʻzaro muzokaralar yoʻli bilan hal etishni iloji boʻlmasa, “Tomonlar” kelishilmagan masalalarni oʻrnatilgan tartibda sud organlari tomonidan koʻrib chiqilishiga kiritish huquqiga ega. Barcha kelishmovchilik va nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hal qilinadi.
10. Alohida shartlar
10.1. Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini yoki ularning ikkilamchi zanjirlarini buzilganligi aniqlanganda “Tomonlar” elektr tarmoqlarining mansublik chegarasiga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
10.2. Shartnoma shartlari faqat “Tomonlar”ning oʻzaro kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin va yozma ravishda amalga oshirilishi shart.
10.3. “Tomonlar”ning rekvizitlari oʻzgargan taqdirda, rekvizitlari oʻzgargan tomon ikkinchi tomoni besh kun muddatda xabardor qilishga majbur. Xabardor qilinmaganligi natijasida yetkazilgan zarar aybdor tomon hisobidan qoplanadi.
11. Yakuniy shartlar
11.1. Shartnoma ikki nusxada tuzildi va 00.11.22 dan boshlab kuchga kiradi.
11.2. Mazkur shartnoma 2022 yil “00” 11dan 2023 yil “22” 12 gacha amal qiladi.
Taraflarning tashabbusi bilan shartnomaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
12. Tomonlarning manzillari va rekvizitlari
“SOTUVCHI” “SOTIB OLUVCHI”
Yuridik manzili: Yuridik manzili:
Bank: Bank:
STIR: STIR:
Tel.: Tel.:
Imzo Imzo
Mazkur shartnoma yuzasidan yuridik xizmat xulosasi.
Mazkur shartnoma, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining____qismi __bobi va Oʻzbekiston Respublikasining “Hoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonun bilan oʻrnatilgan normalarga muvofiq xoʻjalik munosabatlarini tartibga soladi.
Mazkur shartnoma shartlari, javobgarlik choralari kelishmovchiliklarni hal etish tartibi amaldagi qonunchilik talablariga mos keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.:Oʻzbekiston, 2021.
- Oʻzbekiston Respublikasining 21.05.2019-y. OʻRQ-539-son «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonuni. (Qonunchilik palatasi tomonidan 16.04.2019-y. qabul qilingan, Senat tomonidan 03.05.2019-y. maʼqullangan).
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.08.2019-y. PQ–4422-son «Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori. «Xalq soʻzi», 2019-yil 23-avgust.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.07.2020-y. PQ–4779-son «Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori. «Xalq soʻzi», 2020-yil 11-iyul.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.03.2022-y. 127-son «Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2022-yil 24-mart.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2021-y. 217-son «Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2021-yil 15-aprel.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.07.2020-y. 452-son «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2020-yil 24-iyul.
- Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash Reglamenti (OʻzR VM 22.07.2019-y. 610-son qaroriga ilova). Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2019-yil 22-iyul.
- Biogaz – elektr energiya, biooʻgʻit, issiqlik. Maqsad sari 11 qadam. Qoʻllanma. 2012-y. 5-b.
- Oʻzbekiston Respublikasida energetika huquqini oʻqitish va energetikadan foydalanishga oid qonunchilikni takomillashtirish/ /Energetika qonunchiligini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari: Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – T.: TDYU nashriyoti, 2015.
- Mahkamov D.N. Muqobil energiya manbalaridan foydalanishda ekologik qonunchilikning oʻrni//Energetika qonunchiligini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari: Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – T.: TDYU nashriyoti, 2015.
- Mirzaabdullayeva M.R. Oʻzi foydalanishi uchun elektr energiyasini hosil qilishni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalari//Energetika qonunchiligini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari: Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – T.: TDYU nashriyoti, 2015.
- Narzullayev O.X. Oʻzbekistonda energetika huquqi: qiyosiy huquqiy tahlili //Energetika qonunchiligini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari: Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – T.: TDYU nashriyoti, 2015.
NARZULLAYEV OLIM XOLMAMATOVICH
XONADONIMDA
QUYOSH PANELLARI VA
QUYOSH SUV ISITGICHLARINI
OʻRNATMOQCHIMAN
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir O. Choriyev
Muharrir Sh. Jahonov
Musahhih M. Patillayeva
Texnik muharrir U. Sapayev
Dizayner D. Rajapov
08.09.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 2,79 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 153-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.