KIRISH
Hakamlik sudlari tomonidan nizolarni hal etish davlat sudloviga qaraganda uzoq oʻtmishga ega boʻlib, davlat vujudga kelgunga qadar qoʻllanilgan, yaʼni bizgacha yetib kelgan maʼlumotlarga koʻra, oʻtmishda podshohliklar huzuridagi qozilar tomonidan, alohida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan kishilar tomonidan “qozilik” qilishib, fuqarolarning oʻzaro, oilaviy, meros boʻyicha, qarindoshlar, qoʻshnilar, tanish-bilishlar oʻrtasidagi kelishmovchilik va nizolarni hal qilib kelishgan.
Hozirda 140 dan ortiq taraqqiy etgan davlatlarda faoliyat koʻrsatayotgan hakamlik sudlarinafaqat mahalliy tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni taʼminlamoqda, balki qator mamlakatlarda qulay investitsion muhitni shakllantirishga va kirib kelayotgan xorijiy davlatlar investitsiyalarining oqimini koʻpaytirishga ham sezilarli, ham samaralikoʻmaklashmoqda.
Hakamlik sudi – bu nizolarni davlat sud organlarida emas, balki maxsus nodavlat hakamlik sudlarida hal etish usulidir. Rossiyada – Treteyskiy sud, xorijiy davlatlarda – Arbitraj sudi, Oʻzbekistonda esa Hakamlik va Arbitraj sudlari deb yuritiladigan sudlar ixtiyoriy sudlov usuli boʻlib, taraflar oʻrtasida, yaʼni jismoniy yoki huquqiy shaxslar oʻrtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar va nizolarni hakamlik tartibida hal etish taraflarning alohida kelishuvi (hakamlik bitim) yoki shartnoma shartida nazarda tutiladi.
Hakamlik va arbitraj sudlari turli davlatlarda turlicha nomlansada, ammo ushbu sudlar muayyan davlat hududida fuqarolar va xoʻjalik subyektlari oʻrtasidagi qarzdorlikka oid nizolarning 90-95 foizini koʻrib hal etiladi. Xususan, 2006-yil 16-oktabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, 2007-yil 1-yanvardan kuchga kirishi bilan hakamlik sudlari faoliyatiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning mantiqiy davomi va yangi bosqichi sifatida qaralmoqda.
Binobarin, hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda fuqarolarning ijtimoiy, sotsial iqtisodiy faolligiga, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, eng muhimi jamiyatda manfaatlar muvozanatini taʼminlashga faol koʻmaklashayotgan bir qator fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari qatorida faoliyat koʻrsatayotgan va xalqimizning keng qatlamlari qoʻllab-quvvatlayotgan Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida 255 dan ortiq doimiy faoliyat koʻrsatuvchi arbitraj hamda hakamlik sudlari jadal surʼatlar bilan shakllanib va yanada rivojlanib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ga muvofiq, sud-huquq tizimini yanada isloh etish, jamiyatni rivojlantirish va demokratlashtirishning muhim tarkibiy qismi sifatida sudlarning mustaqilligi va erkinligini mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilgan.
Shu oʻrinda Oʻzbekistonda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarifuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni samarali hal etish yoʻli bilan vakolatli sudlarda koʻrilayotgan ishlar hajmini kamaytirish va ularning sifatini yanada oshirishga munosib hissa qoʻshayotganligini alohida eʼtirof etishni istardim.
Oʻzbekistonda hakamlik sudlari yangi sud tizimi hisoblanadi. Shu sababli shu paytgacha mazkur sudlarning ish faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, mazkur qonunga sharhlar, shuningdek, har bir tashkil etilgan hakamlik sudiga tegishli Reglament va “Hakamlik ishini koʻrishda hakamlik sudi yigʻimi, harajati va taraflarning chiqimlari toʻgʻrisida”giNizomlaridan boshqa hujjatlar mavjud emas.
Hakamlik sudlari sudyalari oliy maʼlumotli yuristlar va turli kasb egalari boʻlishi mumkin. Turli kasb egalari oliy maʼlumotli boʻlsa ham, hatto baʼzi huquqshunoslar ham hakamlik sudining faoliyati haqida, sudning chiqaradigan hujjatlari haqida, sudda nizolarni muhokama qilish jarayoni haqida toʻliq bilmasliklari hech kimga sir emas.
Shu sababli mazkur risola hakamlik sudi sudyalari uchun ish faoliyati davomida zarur boʻladi deb, hisoblayman.
1. HAKAMLIK SUDLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Hakamlik sudlari – fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarini hal etuvchi nodavlat sud organlaridir.
Hakamlik sudlarining iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlardan farqli jihatlari quyidagilardan iborat:
- hakamlik sudlari tomonidan nafaqat iqtisodiy ishlari balki fuqarolik ishlari ham koʻrib chiqib hal etiladi (iqtisodiy sudlarda faqat yuridik shaxslarga oid iqtisodiy nizolari koʻriladi, fuqarolik sudlarida faqat fuqarolarga oid nizolar koʻriladi. Hakamlik sudlari jumladan, yuridik shaxslar oʻrtasidagi nizolarni, fuqarolar oʻrtasidagi qarz oldi-berdiga oid nizolarni koʻrib chiqadi. Fuqarolar oʻrtasida qarz shartnomasi, yozma tilxat bor yoki yoʻqligidan qatʼiy nazar hakamlik sudi nizolarni koʻrib, qonuniy qaror qabul qiladi);
- hakamlik sudlarida ishlar tezkorlik bilan hal qilinadi (chunki hakamlik sudida faqat bitta instansiya nazarda tutilgan boʻlib, boshqa sudlar kabi apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalari mavjud emas, hakamlik sudining qarori yakuniy hisoblanadi);
- sudlarning nizolarni bartaraf qilishdagi asosiy maqsadi taraflarning kelishuviga yoʻnaltirish hamda taraflar oʻrtasidagi hamkorlikni saqlab qolish
- hakamlik muhokamasining maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi. (hakamlik sudi muhokamalari yopiq majlisida koʻrib chiqiladi, bu taraflar oʻrtasida nizo mavjudligi, shuningdek, nizoning biror-bir oʻziga hos tomonlari oshkor qilinmasligini, tijorat sirini saqlanishini taʼminlaydi;
- tomonlar jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi;
- hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi;
- iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas;
- hakamlik sudi hal qiluv qarori ihtiyoriy bajarilmagan taqdirda, uni tegishli tartibda majburiy ijroga qaratish qonun bilan kafolatlangan;
- hakamlik sudlari yigʻimi miqdori huddi shunday toifadagi ishlarni iqtisodiy sud yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrib chiqilganda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat bojining yarmidan oshmaydi.
Eslatib oʻtish joiz, hakamlik sudlari maʼmuriy, oila, mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, soliq, bojxona va hokimiyat organlari ishtirokidagi nizolarni koʻrmaydi. |
2. HAKAMLIK SUDLARI TOMONIDAN HAL ETILADIGAN NIZOLAR
Oʻzbekistonda hakamlik sudlari Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida tashkil etiladi va ularning faoliyati tartibiga solinadi. Shuningdek, sudlar mazkur Qonun asosida oʻzining Nizomini, faoliyat yuritish.

Reglamenti hamda hakamlik ishini koʻrishda hakamlik sudi yigʻimi, harajati va chiqimlari toʻgʻrisidagi Nizomini qabul qiladi va ushbu hujjatlarga tayangan holda oʻz faoliyatini koʻrsatadi.
Agar hakamlik bitimi taraflarining munosabatlari qonun hujjatlari yoki hakamlik bitimi taraflarining kelishuvi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solinmagan boʻlsa va bu munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladigan ish muomalasi odati mavjud boʻlmasa, hakamlik sudi shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini qoʻllaydi (qonun oʻxshashligi), mazkur hollarda qonun oʻxshashligidan foydalanish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa hakamlik bitimi taraflarining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarining mazmunidan (huquq oʻxshashligi) hamda halollik, oqillik va adolat talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Agar taraflar, daʼvogar va javobgar nizoni koʻrib chiqish uchun hakamlik sudiga topshirish haqida kelishuv (hakamlik bitimi) tuzsalar, toʻgʻridan-toʻgʻri hakamlik sudiga murojaat etsalar boʻladi. Agarda taraflar nizo fuqarolik ishlari boʻyicha sudida koʻrilayotgan jarayonda nizoni koʻrib chiqish uchun hakamlik sudiga topshirish haqida kelishuv (hakamlik bitimi) tuzsalar, bunday holatda, OʻzR FPKning 168-moddasiga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar ish koʻrishni toʻxtatadi yoki OʻzR FPKning 166-168-moddalariga muvofiq, shuningdek, OʻzR IPKning 130-134-moddalari asosida, agarda kelishuv notarius yoki hakamlik sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, vakolatli sud daʼvo arizani qabul qilishni rad etadi. Shuningdek, mediativ kelishuv vakolatli yoki hakamlik sudlar hujjatlarni qabul qilish uchun maslahatxonadan chiqqunga qadar taraflar tomonidan tuzilsa sudlar bunday kelishuvni tasdiqlamaydi, hamda daʼvo arizani qabul qilishni rad etadi.Agarda taraflar (taraflardan biri jismoniy shaxs (yaʼni fuqaro boʻlsa), ikkinchisi huquqiy shaxs (yaʼni tashkilot, korxona, yoki firma boʻlsa) oʻrtasida tuzilgan shartnomada nizo vakolatli sudlarda hal qilish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday holatda nizodagi shartnomaga ilova sifatida nizoni hakamlik sudi hal qiluviga topshirish toʻgʻrisidaqoʻshimcha kelishuv tuzilib, taraflar imzo chekib, tasdiqlaydilar. Shundan soʻng hakamlik sudiga murojaat qilishga haqli boʻladilar.Agarda taraflar (taraflardan biri fuqaro, ikkinchisi tashkilot, korxona, yoki firma boʻlsa yoxud har ikki taraf huquqiy shaxs boʻlsa) oʻrtasida tuzilgan shartnomada nizo hakamlik yoki arbitraj sudida koʻrishligi nazarda tutilgan boʻlsa, taraflar qoʻshimcha kelishuv (hakamlik bitimi) tuzishlari shart emas va shartnoma shartiga koʻra hakamlik sudiga murojaat etishga haqli boʻladilar. |
NIZO |
Daʼvogar Javobgar
3. HAKAMLIK BITIMI
Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining “Nizoni hakamlik sudining hal qiluviga topshirish” haqidagi 11-moddasida “Hakamlik bitimi mavjud boʻlgan taqdirda, nizo hakamlik sudining hal qiluviga topshirilishi mumkin. Vakolatli sudning hal qiluvida boʻlgan nizoga oid hakamlik bitimi vakolatli sud nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar tuzilishi mumkin” deb koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi talabiga koʻra, Hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi, mazkur bitim shartnomaning tarkibiy qismi boʻlgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.

Hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi taraflari tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan boʻlsa yoki bunday bitimni qayd etishni taʼminlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda xatlar yoki xabarlar almashish yoʻli bilan tuzilgan boʻlsa, yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Taraflar, yaʼni fuqarolar oʻrtasidagi kelishuv (hakamlik bitimi) quyidagi koʻrinishda boʻlishi mumkin:
B I T I Mnizoni hakamlik sudi hal qiluviga topshirish toʻgʻrisida2022-yil “___” _________ Toshkent shaharFuqaro_______________________manzilida____________________ istiqomat qiluvchi, bir tarafdan hamda fuqaro_____________________ _______ manzilida ________________ istiqomat qiluvchi ikkinchi tarafdan (keyingi oʻrinlarda “Taraflar” deb yuritiladi) ushbu bitimni quyidagilar haqida tuzdilar:1. Taraflar oʻrtalaridagi kelib chiqqan nizo Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar Hakamlik sudida (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi”) uning Nizomi, Reglamenti hamda hakamlik ishini koʻrishda hakamlik sudi yigʻimi, harajati va chiqimlari toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan shart va tartib asosida Hakamlik sudi raisi yoki u tayinlagan sudya yoxud hayʼat tomonidan koʻrib, yakuniy hal qilinishiga, nizo hayʼatda koʻrib chiqilishiga, hayʼat tarkibi Hakamlik sudi raisi tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra shakllantirilishiga, hayʼat tarkibiga Taraflar eʼtiroz va raddiya bildirmaydilar.2. Hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyi Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri deb tanlanadi. Hakamlik muhokamasi davlat tilida yoki taraflar kelishgan taqdirda rus tilida olib boriladi, sud majlisi bayonnomasi yuritilmaydi. Hakamlik sudiga murojaat etishdan oldingi nizolarni hal etishning dastlabki (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etish Taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi.3. Taraflardan biri Hakamlik sudi muhokamasida ishtirok etmagan (eta olmagan) taqdirda muhokama uning ishtirokisiz mavjud hujjatlarga asosan oʻtkazilishi va nizo yuzasidan qaror qabul qilinishi mumkin.4. Taraflar Hakamlik sudi hal qiluv qarori (keyingi oʻrinlarda “qaror”) ular uchun yakuniy boʻlishini tan oladilar va qarorni ixtiyoriy ravishda unda koʻrsatilgan muddatda, qarorda hamda Hakamlik sudi Reglamentida belgilangan tartibga amal qilgan holda bajarish majburiyatini oladilar. Nizoni Hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq harajatlar, shuningdek, vakolatli sud tomonidan Hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishga doir harajatlar hal qiluv qarori Taraflardan qay biriga qarshi chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafga yuklanadi.5. Taraflardan biri Hakamlik sudiga taqdim etadigan barcha hujjatlarning va boshqa materiallarning nusxalari (daʼvo arizasidan tashqari)Hakamlik sudi tomonidan boshqa tarafga faqatgina ushbu tarafning yozma iltimosnomasiga asosan topshirilishi mumkin. Nizoni Hakamlik sudi hal qiluviga topshirish haqidagi ushbu bitim Taraflar tomonidan ixtiyoriy tarzda tuzilgan.Fuqaro:___________________Manzili:__________________Pasporti__________________berilgan______________sanasiImzo: ____________________Fuqaro:____________________Manzili:____________________Pasporti____________________Berilgan_______________sanasiImzo: ____________________ |
Agarda taraflardan biri fuqaro, ikkinchisi tashkilot, korxona, yoki firma boʻlsa, unda ular oʻrtasidagi kelishuv (hakamlik bitimi) quyidagi koʻrinishda boʻlishi mumkin:
B I T I Mnizoni hakamlik sudi hal qiluviga topshirish toʻgʻrisida2022-yil “___”_____________ Toshkent shaharTashkilot _______________________, uning rahbari __________, asosida ish yurituvchi, manzili ________________________________, bir tarafdan hamda Fuqaro _______________________, manzili ____________________ istiqomat qiluvchi, ikkinchi tarafdan (keyingi oʻrinlarda “Taraflar” deb yuritiladi) ushbu bitimni quyidagilar haqida tuzdilar:1. Taraflar oʻrtasida _________________ sanada tuzilgan _______- sonli shartnomadan kelib chiqqan nizo Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar Hakamlik sudida (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi”) uning Nizomi, Reglamenti hamda hakamlik ishini koʻrishda hakamlik sudi yigʻimi, harajati va chiqimlari toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan shart va tartib asosida Hakamlik sudi raisi yoki u tayinlagan sudya yoxud hayʼat tomonidan koʻrib, yakuniy hal qilinishiga, nizo hayʼatda koʻrib chiqilganida, hayʼat tarkibi Hakamlik sudi raisi tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra shakllantirilishiga, hayʼat tarkibiga Taraflar eʼtiroz va raddiya bildirmaydilar.2. Hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyi Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri deb tanlanadi. Hakamlik muhokamasi davlat tilida yoki taraflar kelishgan taqdirda rus tilida olib boriladi, sud majlisi bayonnomasi yuritilmaydi. Hakamlik sudiga murojaat etishdan oldingi nizolarni hal etishning dastlabki (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etish Taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi.3. Taraflardan biri Hakamlik sudi muhokamasida ishtirok etmagan (eta olmagan) taqdirda muhokama uning ishtirokisiz mavjud hujjatlarga asosan oʻtkazilishi va nizo yuzasidan qaror qabul qilinishi mumkin.4. Taraflar Hakamlik sudi hal qiluv qarori (keyingi oʻrinlarda “qaror”) ular uchun yakuniy boʻlishini tan oladilar va qarorni ixtiyoriy ravishda unda koʻrsatilgan muddatda, qarorda hamda Hakamlik sudi Reglamentida belgilangan tartibga amal qilgan holda bajarish majburiyatini oladilar. Nizoni Hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, vakolatli sud tomonidan Hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishga doir xarajatlar hal qiluv qarori Taraflardan qay biriga qarshi chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafga yuklanadi.5. Taraflardan biri Hakamlik sudiga taqdim etadigan barcha hujjatlarning va boshqa materiallarning nusxalari (daʼvo arizasidan tashqari) Hakamlik sudi tomonidan boshqa tarafga faqatgina ushbu tarafning yozma iltimosnomasiga asosan topshirilishi mumkin. Nizoni Hakamlik sudi hal qiluviga topshirish haqidagi ushbu bitim Taraflar tomonidan ixtiyoriy tarzda tuzilgan.Tashkilot: _______________Manzili:________________X/r _____________________ banki ____________________ MFO _____, INN_______, OKED ____M.Oʻ.Imzo: _____ ____________Fuqaro:___________________Manzili:__________________Pasporti__________________berilgan ______________ sanasiImzo: _____ ____________ |
Yodda saqlang!
Yangi tuzilayotgan shartnoma boʻlsa, uning “Nizolarni hal qilish” bandiga quyidagi matnni kiritish maqsadga muvofiq boʻladi:
«…Mazkur shartnoma hamda uning shartlariga rioya qilmaslikdan kelib chiquvchi yoki unga bogʻliq barcha kelishmovchiliklarga oid, shuningdek, shartnomaning bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishiga aloqador barcha ziddiyatlardan kelib chiquvchi har qanday nizo Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar Hakamlik sudida uning Nizomi, Reglamenti hamda hakamlik ishini koʻrishda hakamlik sudi yigʻimi, harajati va chiqimlari toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan shart va tartib asosida Hakamlik sudi raisi yoki u tayinlagan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib, yakuniy hal qilinishi lozim. Hakamlik sudining qarori taraflar uchun yakuniy va majburiydir.»
Agarda har ikki taraf yuridik shaxs boʻlib, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada nizolarni vakolatli sudlarda hal qilish nazarda tutilgan boʻlsa, lekin taraflar nodavlat sudida ish koʻrishlik istagini bildirsa, bunday holatda nizodagi shartnomaga ilova sifatida quyidagi matnda qoʻshimcha kelishuv imzolanadi: |
2022-yil «___» _________ dagi ___ – sonli Shartnomaga nizoni hakamlik sudi hal qiluviga topshirish toʻgʻrisidaQOʻSHIMCHA KELISHUV2022-yil “___” _____________ Toshkent shaharTashkilot ________________________, uning rahbari ________, asosida ish yurituvchi, manzili ________________________________, bir tarafdan hamda tashkilot ____________________________, uning rahbari____________________, asosida ish yurituvchi, manzili _______________________________, ikkinchi tarafdan (keyingi oʻrinlarda “Taraflar” deb yuritiladi) ushbu bitimni quyidagilar haqida tuzdilar:1. Taraflar oʻrtasida _________________ sanada tuzilgan _______- sonli shartnomadan kelib chiqqan nizo Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar Hakamlik sudida (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi”) uning Nizomi, Reglamenti hamda hakamlik ishini koʻrishda hakamlik sudi yigʻimi, harajati va chiqimlari toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan shart va tartib asosida Hakamlik sudi raisi yoki u tayinlagan sudya yoxud hayʼat tomonidan koʻrib, yakuniy hal qilinishiga, nizo hayʼatda koʻrib chiqilganida, hayʼat tarkibi Hakamlik sudi raisi tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra shakllantirilishiga, hayʼat tarkibiga Taraflar eʼtiroz va raddiya bildirmaydilar.2. Hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyi Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri deb tanlanadi. Hakamlik muhokamasi davlat tilida yoki taraflar kelishgan taqdirda rus tilida olib boriladi, sud majlisi bayonnomasi yuritilmaydi. Hakamlik sudiga murojaat etishdan oldin nizolarni hal etishning dastlabki (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etish Taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi.3. Taraflardan biri Hakamlik sudi muhokamasida ishtirok etmagan (eta olmagan) taqdirda muhokama uning ishtirokisiz mavjud hujjatlarga asosan oʻtkazilishi va nizo yuzasidan qaror qabul qilinishi mumkin.4. Taraflar Hakamlik sudi hal qiluv qarori (keyingi oʻrinlarda “qaror”) ular uchun yakuniy boʻlishini tan oladilar va qarorni ixtiyoriy ravishda unda koʻrsatilgan muddatda, qarorda hamda Hakamlik sudi Reglamentida belgilangan tartibga amal qilgan holda bajarish majburiyatini oladilar. Nizoni Hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq harajatlar, shuningdek, vakolatli sud tomonidan Hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishga doir harajatlar hal qiluv qarori Taraflardan qay biriga qarshi chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafga yuklanadi.5. Taraflardan biri Hakamlik sudiga taqdim etadigan barcha hujjatlarning va boshqa materiallarning nusxalari (daʼvo arizasidan tashqari) Hakamlik sudi tomonidan boshqa tarafga faqatgina ushbu tarafning yozma iltimosnomasiga asosan topshirilishi mumkin. Nizoni Hakamlik sudi hal qiluviga topshirish haqidagi ushbu bitim Taraflar tomonidan ixtiyoriy tarzda tuzilgan.Tashkilot: _______________Manzili:________________X/r _____________________ banki ____________________ MFO _____, INN_______, OKED ____M.Oʻ.Imzo: _____ ____________Fuqaro:___________________Manzili:__________________Pasporti__________________berilgan ______________ sanasiImzo: _____ ____________ |
4. NIZONI HAKAMLIK SUDIDA HAL QILISH BILAN
BOGʻLIQ XARAJATLAR
Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq xarajatlar qatoriga muayyan holda taraflar tomonidan dalillar olish bilan bogʻliq xarajatlar, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining sayyor majlisini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, sud tomonidan hal qiluv qarorlari va boshqa hujjatlar nusxalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq hakamlik sudi yoki taraflar qilishi mumkin boʻlgan boshqa xarajatlar kiradi.
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq xarajatlarni taraflar qilishi, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi qoidalari bilan belgilanmagan boʻlsa, bunday xarajatlar hakamlik tushumi summasiga kiritiladi.
Nizoni Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlarida hal qilish bilan bogʻliq xarajatlar soʻmda toʻlanadi. Daʼvo talablari turli valyutalarda arz qilinganda ham tushum soʻmda toʻlanadi. Chet el valyutalarini soʻmga hisoblash daʼvo arizasini topshirish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amalda boʻlgan kursiga koʻra amalga oshiriladi.
Mulkka oid boʻlmagan arizalardan hakamlik tushumini Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisidagi” Qonuni tomonidan belgilangan tegishli davlat bojining 50% miqdorini toʻlashni, mulkka oid arizalardan esa hakamlik sudi tomonidan belgilangan hakamlik yigʻimlari miqdorida toʻlanishi lozim. Xarajatlarning bunday sxemasi eng optimal, hakamlik muhokamasi prinsiplari va barcha manfaatlarga mos kelishi lozim.
Agar sud jarayoniga sud eksperti, tarjimon, guvoh va boshqa shaxslarni jalb qilgan boʻlsa, sud ular tomonidan qilingan yoʻl yurish, ovqatlanish xarajatlari (boshqa shaharliklar uchun mehmonxona), sudda oʻtkazgan kunlari uchun toʻlanadigan oʻrtacha maoshlari va ekspert hamda tarjimonlar uchun belgilangan miqdorda yoki ular bilan tuzilgan shartnomaga asosan toʻlovlarni taʼminlashi kerak. Bunday harajatlar boʻlishiga sababchi boʻlgan taraf ushbu xarajlarni toʻlashi kerak boʻladi.
Yuqorida keltirilgan xarajatlarning yakuniy summasi taraflar taqdim etgan dalillar asosida hakamlik sudi tomonidan aniqlanadi va hal qiluv qarorida yoki hakamlik sudi ajrimida koʻrsatiladi.
Davlat boji / Hakamlik yigʻimi | |||||
Daʼvo bahosi | Fuqarolik ishlar | Iqtisodiy ishlar | Hakamlik ishlari | ||
1 instansiya | Sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish(appelyatsiya, kassatsiya) | 1 instansiya | Sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish(appelyatsiya. kassatsiya) | Nizo 1 instansiyalik Hakamlik sudida muhokama qilinganda | |
Mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan | Daʼvo arizasining X% miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda | 1 instansiyada toʻlagan davlat bojining ½ %i miqdorida | Daʼvo arizasining X% miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda | 1 instansiyada toʻlagan davlat bojining ½%i miqdorida | Iqtisodiy va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlaga toʻlangan davlat bojining 50%i miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda |
Mulkka oid boʻlmagan tusdagi daʼvo arizalaridan | eng kam oylik ish haqining 50% i miqdorida | 1 instansiyada toʻlagan davlat bojining 50%i miqdorida | eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorida | 1 instansiyada toʻlagan davlat bojining 50%i miqdorida | eng kam oylik ish haqining 10 dan 100 baravarigacha boʻlgan miqdorida |
5. HAKAMLIK SUDINING HUJJATLARI
5.1. Hakamlik sudi muhokamasining bayonnomasi
Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasida Hakamlik sudi muhokamasining bayonnomasi, agarda hakamlik bitimi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar yuritiladi.
Amaldagi protsessual qoidaga muvofiq vakolatli sud majlisi bayonnomasi asosiy, ahamiyatga ega protsessual hujjatlardan biri sanaladi. Lekin hakamlik muhokamasining nazariyasi va amaliyoti ushbu protsessual qoidadan farqlanadi, yaʼni taraflar hakamlik muhokamasida bayonnoma yuritilmasligiga kelishishga haqli. Bu avvalo hakamlik jarayonining ogʻzakiligi prinsipining ustunligi va hakamlik muhokamasi qoidalarini tanlashda taraflar erkinligi kabi oʻziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi.
Agar taraflar avvaldan hakamlik sudida sud muhokamasi bayonnoma yuritilmasdan oʻtishini shartlashmagan boʻlsalar, unda bayonnomani yuritish shart boʻladi. Bayonnomada ifodalanishi lozim boʻlgan maʼlumotlar odatda hakamlik sudlari Reglamentida shartlashib qoʻyiladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
hakamlik sudi nomi;sud ishi raqami;hakamlik sudi tarkibi;raislik qiluvchi haqida maʼlumotlar;sud majlisi sanasi va joyi;ishda ishtirok etuvchi taraflar va ishning nomi;ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ularning vakillari, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiradi. |
Bu yerga hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini eʼlon qilish sud muzokaralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish lozim boʻladi. Shuningdek, bayonnomada sud tomonidan tekshirilgan dalillar mohiyati toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon berishi mumkin boʻlgan tegishli maʼlumotlar aks etishi, bu maʼlumotlarga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari, ularning tushuntirishlari, guvohlar koʻrsatmalari, ekspertlarning ogʻzaki tushuntirishi, yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritish mumkin.
Bayonnomani yuritish texnologiyasiga kelsak, ushbu holatda ikki turli xil prinsipial yondashuv mumkin boʻladi. Birinchidan, holatning asosiy mazmunini hakamlik muhokamasi davomida qayd qilish yoʻli bilan maʼlumotni bayonnomaga kiritish mumkin. Bunday qayd sud muhokamasida keltirilgan ogʻzaki nutqning aniq aksi hisoblanmaydi. Bayonnomani yuritishga ikkinchi yondashuv maxsus texnikalarni qoʻllash va qayd qilingan maʼlumotlarni keyingi yozma izohi orqali (diktofonlar, magnitofonlar, kompyuterlar) stenografiya qilishdan iborat. Bunda, stenografik texnikalardan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar ishda ishtirok etuvchi taraflarga yuklatiladi.
Taraflarning bayonnoma mazmuni bilan tanishish, bayonnomaning toʻliq va toʻgʻri tuzilganligiga nisbatan fikr va sharhlar taqdim etish doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Reglamentlarida va Qoidalarida tartibga solingan boʻlishi kerak. Bayonnoma bilan tanishish va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnomani keltirish, odatda, faqatgina hakamlik muhokamasi yakunlangandan keyin mumkin boʻladi.
5.2. Hakamlik sudining ajrimi
Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasida Hakamlik sudi nizoning mazmuniga daxl qilmaydigan masalalar yuzasidan ajrim chiqarishini, Hakamlik sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinishi mumkin emasligini belgilagan.
Hakamlik sudi ikki xil hujjatni qabul qiladi, bular – hal qiluv qarori va ajrim. Agar hakamlik sudi hal qiluv qarori nizoni mazmunan hal qilish yakunlovchi hujjat boʻlsa, unda hakamlik sudi ajrimi esa – bu nizo mazmunan hal qilinmagan holdagi sud hujjati hisoblanadi.
Hakamlik sudi ajrimi nizoni hal qilish jarayonida paydo boʻladigan turli masalalar boʻyicha hakamlik muhokamasining har qanday bosqichida chiqarilishi mumkin, shu jumladan quyidagilar:
a) daʼvo arizani ish yurituvga qabul qilish, hakamlik muhokamasi sudyasini yoki sudyalar hayʼatini tayinlash, hakamlik muhokamasi kunini belgilash, hakamlik muhokamasini boshqa kunga qoldirish;
b) nizoni hakamlik sudida hal etish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda (Qonunning 22-moddasi);
d) nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq xarajatlarni boʻnak sifatida toʻlash toʻgʻrisidagi talabning bajarilmasligi hollarida daʼvoni koʻrmasdan qoldirishda (Qonunning 23-moddasi);
e) unga berilgan nizoni hal qilishni koʻrib chiqish hakamlik sudi vakolatida mavjud emasligi, shuningdek hakamlik sudi tomonidan vakolatdan chetga chiqish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha (Qonunning 24-moddasi);
f) qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni hakamlik sudining rad qilishida (Qonunning 40-moddasi);
g) hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha (Qonunning 41-moddasi);
h) yozuvdagi kamchiliklar va arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisida (Qonunning 42-moddasi);
j) unga berilgan nizoni hal qilishni koʻrib chiqish vakolati hakamlik sudida mavjud boʻlmagan holda boshlangan hakamlik muhokamasini toʻxtatish toʻgʻrisida (Qonunning 44-moddasi).
Hakamlik sudi hal qiluv qarori singari, ajrim qabul qilgan koʻpchilik hakamlik sudyalari tomonidan imzolanadi, ajrimda sudyalarning imzosi boʻlmasligi ushbu hujjatning qonuniy kuchga ega emasligini anglatadi.
Hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan ajrim rekvizitlari va mazmuni boʻyicha talabga kelsak, unda hakamlik sudi hal qiluv qaroriga qoʻyiladigan talablarga oʻxshashlik asosida ajrimda axborot xususiyatiga ega maʼlumotlar boʻlishi (hakamlik sudi nomi, sud tarkibi, ajrim chiqarish vaqti va joyi, ishning nomi va tartib raqami) hamda ajrim qabul qilingan holatlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlishi lozim.

AJRIM(daʼvo arizani ish yurituvga qabul qilish va sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida)2022-yil “___” ______ Toshkent shaharOʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi raisi F.I.Sh, daʼvogar F.I.Sh. va javobgar F.I.Sh. qarz undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagilarni,-ANIQLADI:Daʼvogar F.I.Sh. javobgar F.I.Sh. bilan oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni soʻrab, Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Daʼvogarning daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar oʻrganib chiqilganida, daʼvogar F.I.Sh va javobgar F.I.Sh. oʻzaro tuzgan hakamlik bitimiga koʻra “nizo Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudi orqali hal etiladi” deb belgilanganligi sababli nizoni Hakamlik sudi koʻrib chiqishga vakolatli deb hisoblab, daʼvo arizasini ish yurituvga qabul qilish va hakamlik muhokamasiga tayyorlash lozim boʻladi.Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 9, 13, 15, 35, 43-moddalari hamda Hakamlik sudi Reglamentining 13,14,15,17-moddalarini qoʻllab, –AJRIM QILDI:1. Daʼvogar F.I.Sh.ning qarzni undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi Hakamlik sudining ish yurituviga qabul qilinsin.2. Mazkur hakamlik ishi 2022-yil 06-noyabr kuni soat 11-00 da sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlansin.3. Mazkur hakamlik ishini koʻrib chiqishni oʻz zimmamda qoldirdim (yoki Mazkur hakamlik ishini koʻrib chiqish Hakamlik sudining sudyasi F.I.Sh. tayinlansin) (yoxud Mazkur hakamlik ishini koʻrib chiqish Hakamlik sudining sudyalar hayʼati 1,2,3 tarkibida tayinlansin)4. Ishni hakamlik muhokamasida koʻrish uchun:– daʼvogarga: daʼvo arizaga qoʻyilgan imzoga vakolati borligi haqidagi tegishli hujjat, daʼvo arizasiga ilova qilingan hujjatlarning asl nusxalarini, javobgar bilan boʻlgan barcha yozishmalar nusxalarini va daʼvoni asoslovchi boshqa hujjatlarni Hakamlik sudiga taqdim qilish hamda sud majlisida shaxsan ishtirok etish yuklatilsin;– javobgarga: hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar, daʼvo arizasiga bildirilgan fikrnomani, qarshi daʼvo arizasini (hakamlik yigʻimini toʻlagan holda), oʻz eʼtirozlarini asoslovchi boshqa xil hujjatlarni Hakamlik sudiga taqdim qilish yuklatilsin.5. Taraflarning vakillari Hakamlik sudi muhokamasida ishonchnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan qatnashishlari shart. Taraflar sud muhokamasi kuniga va hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar nizoli ish yuzasidan kelishuv bitimi tuzish uchun muzokaralar olib borish va kelishuv bitimi imzolash huquqiga ega.6. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Hakamlik sudi raisi: imzo F.I.Sh. |
AJRIM(daʼvo arizani ish yurituvga qabul qilish va sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida)2022-yil “____” ________ Toshkent shaharDoimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi raisi F.I.Sh,daʼvogar F.I.Sh. va javobgar F.I.Sh. oʻzaro tuzgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagilarni,-ANIQLADI:Daʼvogar F.I.Sh. javobgar F.I.Sh. bilan oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni soʻrab, Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Daʼvogarning daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar oʻrganib chiqilganida, daʼvogar F.I.Sh. va javobgar F.I.Sh. oʻzaro tuzgan 1-sonli binoni oldi-sotti kelishuvining 6.2. bandida “Muzokaralar yoʻli bilan yoki taraflar kelishuvi bilan hal qilish imkoniyati boʻlmaydigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudi orqali hal etiladi” deb belgilanganligi aniqlanganligi sababli nizoni Hakamlik sudi koʻrib chiqishga vakolatli deb hisoblab, daʼvo arizasini ish yurituvga qabul qilish va hakamlik muhokamasiga tayyorlash lozim boʻladi.Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 9, 13, 15, 35, 43-moddalari hamda Hakamlik sudi Reglamentining 13,14,15,17-moddalarini qoʻllab, –AJRIM QILDI:1. Daʼvogar F.I.Sh. va javobgar F.I.Sh. bilan oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi Hakamlik sudining ish yurituviga qabul qilinsin.2. Mazkur hakamlik ishi 2022-yil 06-noyabr kuni soat 11-00 da Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Beruniy koʻchasi 3-uyda joylashgan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar Hakamlik sudi (yoki Arbitraj sudi) binosida boʻladigan sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlansin.3. Mazkur hakamlik ishini koʻrib chiqishni oʻz zimmamda qoldirdim (yoki Mazkur hakamlik ishini koʻrib chiqish Hakamlik sudining sudyasi F.I.Sh. tayinlansin) (yoxud Mazkur hakamlik ishini koʻrib chiqish Hakamlik sudining sudyalar hayʼati 1,2,3 tarkibida tayinlansin).4.Taraflarning vakillari Hakamlik sudi muhokamasida ishonchnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan qatnashishlari shart.5. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Hakamlik sudi raisi(yoki Raislik etuvchi sudya): imzo F.I.Sh. |
AJRIM(ish koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida)2022-yil “___” _______ Toshkent shaharDoimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi F.I.Sh,daʼvogar fuqaro F.I.Sh.ning javobgar fuqaro F.I.Sh.dan 51.500.000 (ellik bir million besh yuz ming) soʻm miqdoridagi qarzni hamda 5.150.000 soʻm hakamlik yigʻimi, 7.000 soʻm pochta harajatlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagilarni,-ANIQLADI :Daʼvogar fuqaro F.I.Sh. javobgar fuqaro F.I.Sh.dan 51.500.000 (ellik bir million besh yuz ming) soʻm miqdoridagi qarzni hamda 5.150.000 soʻm hakamlik yigʻimi, 7.000 soʻm pochta harajatlarini undirishni soʻrab, Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Javobgar F.I.Sh. 2015-yil 21-aprel kuni Hakamlik sudiga iltimosnoma bilan murojaat qilib, daʼvogar bilan kelishuv bitimini tuzish uchun muhlat berilishi va ishni koʻrishni keyinga qoldirilishini soʻragan.Hakamlik sudi Reglamentining 14-moddasiga koʻra, hakamlik sudi ishni olib borayotgan paytda taraflar nizoni tinch yoʻl bilan hal qilish haqidagi kelishuvlarni qoʻllaydi, kelishuv bitimi hakamlik muhokamasining har qanday bosqichida Hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinguncha tuzilishi mumkin.Yuqoridagilarga asosan, Hakamlik sudi javobgar F.I.Sh.ning iltimosnomasini qanoatlantirishni va taraflar oʻrtasida kelishuv bitimini tuzish uchun muhlat berib, ishni koʻrishni keyinga qoldirishni lozim topadi.Bayon etilganlarga koʻra, Hakamlik sudi Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi hamda Hakamlik sudi Reglamentining 26-moddasini qoʻllab,AJRIM QILDI:1. Javobgar F.I.Sh.ning iltimosnomasi qanoatlantirilsin va taraflar kelishuv bitimi tuzishlari uchun muddat berilsin hamda ishni koʻrish 2022-yil 22-aprel kuni soat 11-00 ga qoldirilsin.2. Taraflar sud muhokamasida shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan, shuningdek, ularning vakillari ishonchnoma hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan qatnashishlari shart.3. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Hakamlik sudi sudyasi(yoki Raislik etuvchi sudya): imzo F.I.Sh. |
AJRIM(hakamlik yigʻimi toʻlovini kechiktirish toʻgʻrisida)2022-yil “___” _______ Toshkent shaharDoimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi F.I.Sh,daʼvogar “nomi” fermer xoʻjaligi va javobgar “nomi” MCHJ oʻrtasida 04.06.2020-yilda tuzilgan XX-sonli va 09.07.2020-yilda tuzilgan XX-sonli shartnomalarga binoan asosiy qarz 181 706 900 (bir yuz sakson bir million yetti yuz olti ming toʻqqiz yuz) soʻmni, 3 107 241 soʻm penyani va hakamlik sudiga topshirish uchun toʻlangan hakamlik yigʻimi va pochta xarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagilarni,-ANIQLADI :Daʼvogar “nomi” fermer xoʻjaligi javobgar “nomi” MCHJdan asosiy qarz 181 706 900 (bir yuz sakson bir million yetti yuz olti ming toʻqqiz yuz) soʻmni, 3 107 241 soʻm penyani va hakamlik sudiga topshirish uchun toʻlangan hakamlik yigʻimi va pochta xarajatlarini undirishni soʻrab, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Daʼvogar “nomi” fermer xoʻjaligi, uning rahbari F.I.Sh. 2022-yil “___” _____ kuni Hakamlik sudiga ogʻzaki iltimosnoma bilan murojaat qilib, uzoqdan, yaʼni Qoraqalpogʻistondan bir necha kun avval Toshkentga kelganligini, yotoqxona va ovqatlanish uchun ancha harajat boʻlganiligi sababli hakamlik yigʻimi toʻlashga mablagʻi yetmasligini, shuning uchun hakamlik yigʻimi toʻlovini kechiktirishni soʻradi.Hakamlik sudining “Hakamlik ishini koʻrishda hakamlik sudi yigʻimi, harajati va chiqimlari toʻgʻrisida”gi Nizomining 6-moddasiga koʻra, daʼvogarning arizasiga va iltimosnomasiga muvofiq hakamlik sudi yigʻimini toʻlash muddati hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar kechiktirilishi mumkin.Yuqoridagilarga asosan, Hakamlik sudi daʼvogar “nomi” fermer xoʻjaligining rahbari F.I.Sh.ning iltimosnomasini qanoatlantirishni va hakamlik sudi yigʻimini toʻlash muddati hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar kechiktirilishini lozim topadi.Bayon etilganlarga koʻra, Hakamlik sudi Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi qonunining 43-moddasi, “Hakamlik ishini koʻrishda hakamlik sudi yigʻimi, harajati va chiqimlari toʻgʻrisida”gi Nizomining 6-moddasi hamda Hakamlik sudi Reglamentining 26-moddasini qoʻllab, –AJRIM QILDI:Daʼvogar “F.I.Sh.” fermer xoʻjaligining rahbari F.I.Sh.ning iltimosnomasi qanoatlantirilsin.Daʼvogarga hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar hakamlik sudi yigʻimini toʻlash kechiktirilsin.3. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Hakamlik sudi raisi(yoki Raislik etuvchi sudya): imzo F.I.Sh. |
AJRIM(hakamlik muhokamasini qayta tiklash toʻgʻrisida)2022-yil “___” ________ Toshkent shaharDoimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi F.I.Sh,daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagilarni,-ANIQLADI :Daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirishni soʻrab, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Hakamlik sudi 24.12.2021-yildagi sud muhokamasi jarayonida javobgar hamda daʼvogar tomonidan iltimosnoma asosida chaqirtirilgan guvohlar soʻralganidan keyin taraflarda nizoni kelishuv asosida hal qilish fikri tugʻilganligi uchun har ikki taraf suddan kelishuv bitimi tuzish uchun vaqt berishni suddan iltimos qilib soʻrashganligi munosabati bilan Hakamlik sudi oʻz ajrimi bilan taraflarning iltimosini qanoatlantirib, daʼvogar va javobgarga kelishib kelish va kelishuv bitimi tuzishlari uchun belgilanmagan muddatga hakamlik muhokamasini toʻxtatib qoʻyilgan edi.Bugungi kunga kelib, taraflar uzoq fikr almashinuvlardan soʻng bir toʻxtamga kelishganligini bildirishdi.Yuqoridagilarga asosan, Hakamlik sudi daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha hakamlik ishini qayta tiklashni lozim topadi.Bayon etilganlarga koʻra, Hakamlik sudi Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi qonunining 43-moddasi hamda Hakamlik sudi Reglamentining 26-moddasini qoʻllab, –AJRIM QILDI:1. Daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha hakamlik ishini qayta tiklansin.2. Mazkur hakamlik ishi 2022-yil 24-mart kuni soat 11-00 da Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Beruniy koʻchasi 3-uyda joylashgan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar Hakamlik (yoki Arbitraj) sudi binosida boʻladigan sud majlisi muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlansin.Ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Hakamlik sudi sudyasi(yoki Raislik etuvchi sudya): imzo F.I.Sh. |
AJRIM(hakamlik muhokamasini vaqtincha toʻxtatib turish toʻgʻrisida)2022-yil “____” ______ Toshkent shaharDoimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi F.I.Sh.,daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagilarni,-ANIQLADI :Daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirishni soʻrab, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” (yoki “Arbitraj sudi”) deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Hakamlik muhokamasi jarayonida javobgar hamda daʼvogar tomonidan iltimosnoma asosida chaqirtirilgan guvohlar soʻralganidan keyin taraflarda nizoni kelishuv asosida hal qilish fikri tugʻildi va har ikki taraf suddan kelishuv bitimi tuzish uchun vaqt berishni suddan iltimos qilib soʻrashdi.Hakamlik sudi taraflarning kelishish haqidagi fikrini eshitib, ogʻzaki iltimosnomalarini inobatga olib, mazkur iltimosnomalarni qanoatlantirishni va muhokamani vaqtincha toʻxtatib turishni lozim topadi.Bayon etilganlarga koʻra, Hakamlik sudi Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi qonunining 43-moddasi hamda Hakamlik sudi Reglamentining 26-moddasini qoʻllab, –AJRIM QILDI:Daʼvogar taraf rahbari F.I.Sh. hamda javobgar vakili F.I.Sh.larning ogʻzaki iltimosnomalari qanoatlantirilsin.Hakamlik muhokamasi belgilanmagan muddatga vaqtincha toʻxtatib turilsin.3. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Hakamlik sudi(yoki Raislik etuvchi sudya): imzo F.I.Sh. |
AJRIM(javobgar tomonidan taqdim etilgan fikrnoma va ungailova qilingan hujjatlarni qabul qilish haqida)2022-yil “___” ______ Toshkent shaharDoimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi F.I.Sh.,daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagilarni,-ANIQLADI :Daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirishni soʻrab, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Hakamlik muhokamasi jarayonida javobgarning ishonchnoma asosida vakili F.I.Sh. tomonidan 21.12.2020-yil berilgan va javobgar direktori F.I.Sh. tomonidan imzolangan fikrnoma va unga ilova qilingan javobgar “nomi” MCHJ (buyurtmachi) va “nomi” MCHJ (bajaruvchi) oʻrtasida 14.08.2021-yil tuzilgan XX –sonli eskiz va ishchi loyihalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi, shartnomaviy narxlarni kelishuv bayonnomasi nusxasi va hisob-faktura nusxalarini ilova qilib, ularni oʻrganib chiqib, ularni qabul qilishni hamda ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyishni va inobatga olishni ogʻzaki iltimos qildi.Daʼvogar taraf rahbari F.I.Sh. javobgar vakilining iltimosiga eʼtiroz bildirmadi.Hakamlik sudi javobgarning ogʻzaki iltimosnomalarini inobatga olib, mazkur iltimosnomalarni qanoatlantirishni lozim topadi.Bayon etilganlarga koʻra, Hakamlik sudi Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi hamda Hakamlik sudi Reglamentining 26-moddasini qoʻllab, –AJRIM QILDI:Javobgar vakili F.I.Sh.ning ogʻzaki iltimosnomalari qanoatlantirilsin.Javobgar “nomi” MCHJ (buyurtmachi) va “nomi” MCHJ (bajaruvchi) oʻrtasida 14.08.2021-yil tuzilgan XX –sonli eskiz va ishchi loyihalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi va unga ilova qilingan shartnomaviy narxlarni kelishuv bayonnomasi nusxasi va hisob-faktura nusxalari oʻrganib chiqish, ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyish uchun qabul qilinsin.3. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Hakamlik sudi sudyasi(yoki Raislik etuvchi sudya): imzo F.I.Sh. |
AJRIM(hakamlik muhokamasida bildirilgan iltimosnomalar toʻgʻrisida)2022-yil “____” ________ Toshkent shaharDoimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi F.I.SH,daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagilarni,-ANIQLADI :Daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirishni soʻrab, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Hakamlik muhokamasi jarayonida javobgarning 09.11.2022-yil berilgan 1-sonli ishonchnoma asosida vakili F.I.Sh. ogʻzaki iltimosnoma bilan murojaat etib, hakamlik muhokamasini keyinga qoldirib, taʼsischi F.I.Sh.ni, PTO xodimi F.I.Sh.ni, texnik nazoratchi F.I.Shni, F.I.Sh.ni guvox sifatida chaqirishni soʻradi.Daʼvogar taraf rahbari F.I.Sh. javobgar vakilining iltimosga eʼtiroz bildirmadi va hakamlik muhokamasini shu yilning 24-dekabr sanasiga qoldirishni hamda shu kuniga javobgar rahbari boʻlgan F.I.Sh.ni ham guvox sifatida chaqirish haqida ogʻzaki iltimosnoma kiritdi.Javobgar vakili F.I.Sh. daʼvogarning hakamlik muhokamasini shu yilning 24-dekabr sanasiga qoldirishni quvvatladi, lekin javobgar rahbari boʻlgan F.I.Sh.ni ham guvox sifatida chaqirishga eʼtiroz bildirib, rahbarning ishi koʻpligini aytdi.Hakamlik sudi taraflarning ogʻzaki iltimosnomalarini inobatga olib, mazkur iltimosnomalarni qanoatlantirishni va ishni koʻrishni keyinga qoldirishni lozim topadi.Bayon etilganlarga koʻra, Hakamlik sudi Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi hamda Hakamlik sudi Reglamentining 26-moddasini qoʻllab, –AJRIM QILDI:1. Daʼvogar taraf rahbari F.I.Sh. hamda javobgar vakili F.I.Sh.larning ogʻzaki iltimosnomalari qanoatlantirilsin.2. Hakamlik muhokamasi 2022-yil 24-dekabr kuni soat 11-00 ga qoldirilsin.3. Hakamlik muhokamasiga guvox sifatida taʼsischi F.I.Sh., PTO xodimi F.I.Sh, texnik nazoratchi F.I.Sh., prorab F.I.Sh. hamda F.I.Sh. taklif etilsin.4. Guvohlar hakamlik muhokamasiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari shart.5. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Hakamlik sudi sudyasi(yoki Raislik etuvchi sudya): imzo F.I.Sh. |
AJRIM(hakamlik muhokamasini oʻzbek tilida olib borish toʻgʻrisida)2022-yil “___” ______ Toshkent shaharDoimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi sudyasi F.I.Sh.,daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagilarni,-ANIQLADI:Daʼvogar “nomi” MCHJning javobgar “nomi” MCHJga nisbatan 545.055.600 (besh yuz qirq besh million ellik besh ming olti yuz) soʻm debitorlik qarzni hamda hakamlik yigʻimi va pochta harajatlarini undirishni soʻrab, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Hakamlik muhokamasi jarayonida javobgarning 09.11.2022-yil berilgan 1-sonli ishonchnoma asosida vakili F.I.Sh. ogʻzaki iltimosnoma bilan murojaat etib, hakamlik muhokamasini oʻzbek tilida olib borishlikni soʻradi.Daʼvogar taraf rahbari F.I.Sh. javobgar vakilining iltimosga eʼtiroz bildirmadi.Yuqoridagilarga asosan, Hakamlik sudi javobgar vakili F.I.Sh.ning ogʻzaki iltimosnomasini qanoatlantirishni lozim topadi.Bayon etilganlarga koʻra, Hakamlik sudi Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi hamda Hakamlik sudi Reglamentining 26-moddasini qoʻllab, –AJRIM QILDI:1. Javobgar vakili F.I.Sh.ning ogʻzaki iltimosnomasi qanoatlantirilsin.2. Hakamlik muhokamasi davlat tilida, yaʼni oʻzbek tilida olib borilsin.3. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Hakamlik sudi sudyasi(yoki Raislik etuvchi sudya): imzo F.I.Sh. |
5.3. Hakamlik sudining hal qiluv qarori
Hakamlik sudi hal qiluv qarori bu daʼvogarning javobgarga daʼvo qilgan talabini mohiyatga koʻra hal etuvchi va hakamlik muhokamasi taraflarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini himoya qilish va manfaatlarini muhofaza qilishni amalga oshiruvchi sud hujjatidir.
Hakamlik sudi hal qiluv qarori barcha qatnashuvchilardan xoli boʻlgan alohida xonada ushbu ishni koʻrayotgan hakamlik sudyalari tomonidan qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish hakamlik qarorining toʻliq matnini yoki faqatgina uning xulosa qismini hakamlik sudyalari tomonidan tuzilishi va imzolanishi shaklida amalga oshiriladi, shuning uchun hakamlik sudi hal qiluv qarorini eʼlon qilishi bilan qonuniy kuchga kiradi.
Agar hakamlik muhokamasi hayʼat tarkibidagi hakamlik sudyalari tomonidan oʻtkazilsa, hal qiluv qarori hayʼat tarkibidagi barcha hakamlik sudyalari tomonidan imzolanishi kerak. Nizoni hayʼat tarkibida koʻrib chiqilib, qabul qilinayotgan hujjatning mohiyatiga koʻra kelishmovchiliklar yuzaga kelganida, hal qiluv qarori hakamlik sudyalarining koʻpchilik ovozi yoʻli bilan qabul qilinadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorida nimalar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

- hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
- hakamlik muhokamasi oʻtkazilgan joy;
- hakamlik sudining tarkibi;
- hakamlik muhokamasining taraflari taraflari boʻlgan yuridik shaxslarning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, hakamlik muhokamasi taraflari vakillarining vakolatlari koʻrsatilgan holda familiyasi, ismi, otasining ismi;
- hakamlik sudi vakolatlarining asoslari;
- daʼvogarning talablari va javobgarning eʼtirozlari, shuningdek ularning iltimosnomalari;
- hakamlik sudi tomonidan aniqlangan nizo holatlari, hakamlik sudining ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillar, hal qiluv qarorini qabul qilishda hakamlik sudi amal qilgan normalar.
HAL QILUV QARORI2022-yil “___” ___________ Toshkent shahar № 01/20-01-0003Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi oʻz binosidaRaislik etuvchi sudya F.I.Sh.,F.I.Sh.ning kotibaligida,hakamlik muhokamasida hozir boʻlganlar: daʼvogar F.I.Sh. (F.I.Sh.-lotincha, pasporti AS2452870, Toshkent shahar Uchtepa tumani IIBdan 25.11.2019-yil berilgan) va javobgar F.I.Sh. (F.I.Sh.-lotincha, pasporti AA0960167 Toshkent shahar Yunusobod tuman IIBdan 04.03.2013-yil berilgan) ishtirokida,daʼvogar F.I.Sh.ning (manzilda istiqomat qiluvchi) javobgar F.I.Sh.ga (manzilda istiqomat qiluvchi) bilan oʻzaro tuzgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va taqdim etilgan hujjatlarni hakamlik muhokamasi jarayonida oʻrganib, taraflarning fikrlarni eshitib,A N I Q L A D I:Daʼvogar F.I.Sh. javobgar F.I.Sh. bilan oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni soʻrab, Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Daʼvogarning daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar oʻrganib chiqilganida, daʼvogar F.I.Sh. va javobgar F.I.Sh. oʻzaro tuzgan 1-sonli binoni oldi-sotdi kelishuvining 6.2. bandida “Muzokaralar yoʻli bilan yoki taraflar kelishuvi bilan hal qilish imkoniyati boʻlmaydigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudi orqali hal etiladi” deb belgilanganligi aniqlanganligi sababli nizoni Hakamlik sudi koʻrib chiqishga vakolatli deb hisoblandi.Hakamlik muhokamasi jarayonida davogar F.I.Sh. oʻz daʼvosini quvvatlab, oʻzi tadbirkor ekanligini, shu yil tadbirkorlik faoliyati uchun qulay boʻlgan joy qidirib yurganida oʻrtoqlarining tavsiyasi bilan javobgar F.I.Sh.ga tegishli boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoni koʻrib, unga maqqul kelganligini, shundan keyin javobgar bilan oʻzaro kelishib, shu binoni 800 000 000 (Sakkiz yuz million) soʻmga narxlashganligini va shartnoma tuzishganligini, bino unga tezlikda faoliyati uchun zarurligi uchun qisqa muddat 2 (ikki) oy deb belgilanganligini, lekin u kelishilgan narxning javobgar qarzini yopish uchun soʻragan va baholangan narxning yarmidan koʻprogʻini 470 000 000 (toʻrt yuz yetmish ming) soʻmini bersamda, kelishuv muddati tugashiga yaqinlashgan sari javobgar turli bahonalar qilib, binoni uning nomiga rasmiylashtirib bermayotganligini, shu sababli javobgar bilan kelishgan xolatda F.I.Sh. oʻzini nomida boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoni daʼvogar nomiga oʻtkazib berish majburiyatini olish, oʻzi esa binoni nomiga oʻtkazish jarayonida bino bahosining qolgan 330 000 000 soʻmni berish majburiyatini olishi haqida kelishuv bitimini 04.09.2020-yil tuzdik, mazkur kelishuv bitimini tasdiqlab berishni soʻrab, hakamlik sudiga murojaat qilishga majbur boʻlganligini aytib, suddan ular oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni, shuningdek, oʻzi toʻlagan hakamlik yigʻimi 6 600 000 soʻmni va pochta harajati 15 000 soʻmni javobgardan undirib berishlikni soʻradi.Hakamlik muhokamasi vaqtida javobgar F.I.Sh. daʼvo arizani tan olib, daʼvogar F.I.Sh.ning bergan koʻrgazmasini tasdiqlab, haqiqatdan ham shu yil avgust oyida daʼvogar uni nomida boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoni koʻrib, unga yoqqanligini, shundan keyin ular kelishib, shu binoni 800 000 000 soʻmga narxlashganligini va oʻrtalaridagi munosabatni ishonarli qilish uchun kelishuv-shartnomasini tuzishganligini, binoni sotishidan maqsadi oʻzining tadbirkorlik faoliyatidan qarzga kirib ketganligi boʻlib, qarzi evaziga mazkur binoni bank xatlovga kiritib qoʻyganligini, u qarzlaridan tez qutilishi uchun, daʼvogarga esa tezlikda faoliyati uchun zarurligi uchun kelishuvni bajarish qisqa muddat 2 oy deb belgilashganligini, u kelishilgan narxning javobgar qarzini yopish uchun soʻragan va baholangan narxning yarmidan koʻprogʻi 470 000 000 (toʻrt yuz yetmish ming) soʻmini bergan boʻlsada, bank bino xatlovini yechib bermayotganligini, bu bahona emasligini aytib, daʼvogar F.I.Sh. bilan kelishgan xolatda oʻzini nomida boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoni daʼvogar nomiga oʻtkazib berish majburiyatini olish, daʼvogar esa binoni nomiga oʻtkazish jarayonida bino bahosining qolgan 330 000 000 soʻmni berish majburiyatini olishi haqidagi 04.11.2021-yil tuzgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni, shuningdek, hakamlik yigʻimi 6 600 000 soʻmni va pochta harajati 15 000 soʻmni oʻzidan undirishlikni soʻradi.Ishdagi toʻplangan hujjatlar oʻrganilganda, haqiqatdan ham daʼvogar va javobgar oʻrtasida oʻzaro 1-sonli oldi-sotdi shartnomasi 2020-yil 4-sentabrda tuzilgan, har ikki tarafning imzosi bilan tasdiqlangan shartnomaning 2.1. bandiga koʻra nizodagi, yaʼni javobgar F.I.Sh.ga tegishli boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoning bahosi 800 000 000 (Sakkiz yuz million) soʻm deb belgilangan, shartnomaning 4.1 va 5.1. bandlarida toʻlovni amalga oshirish va binoni rasmiylashtirish muddati 2 (ikki) oy, yaʼni 2020-yil 4-noyabrgacha deb belgilangan, bankdan berilgan muxr bosib, rahbar imzosi bilan tasdiqlangan, …….. sanada berilgan –sonli maʼlumotnomaga koʻra, javobgarning qarzi evaziga bino xatlangan………., tilxat …….. javobgar daʼvogardan …… miqdordagi pullarni olganligi haqida, davogar va javobgar tomonidan 04.09.2021-yil tuzilgan hamda imzolangan kelishuv bitimiga koʻra, F.I.Sh. oʻzini nomida boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoni daʼvogar F.I.Sh. nomiga oʻtkazib berish majburiyatini olganligi, daʼvogar F.I.Sh. esa binoni nomiga oʻtkazish jarayonida bino bahosining qolgan 330 000 000 soʻmni berish majburiyatini olganligi belgilangan.Ishda toʻplangan hujjatlar daʼvogar va javobgarning koʻrgazmalarini toʻlaligicha tasdiqlaydi.Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga koʻra, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq harajatlarni (hakamlik yigʻimini) hakamlik muhokamasi taraflari oʻrtasida taqsimlash hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuviga muvofiq, bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda esa, qanoatlantirilgan yoki rad etilgan talablarga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.Hakamlik sudi ish hujjatlarini, toʻplangan dalillarni har tomonlama oʻrganib chiqib, taraflar oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimi normativ-huquqiy qoidalarni hamda boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini buzmasligini inobatga olib, daʼvogarning daʼvo talablarini toʻliq qanoatlantirishni va hakamlik muhokamasini tugatishni lozim topadi.Binobarin, Hakamlik sudi Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 9, 11, 20, 22, 24, 35, 38, 39, 49 – moddalari hamda Hakamlik sudi Reglamentining 21, 22, 27, 31 – moddalarini qoʻllab, –QAROR QILADI:1. Daʼvogar F.I.Sh.ning daʼvo arizasi toʻliq qanoatlantirilsin.2. Javobgar F.I.Sh. oʻzini nomida boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14 mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoni daʼvogar F.I.Sh. nomiga oʻtkazib berish majburiyatini olganligi, daʼvogar F.I.Sh. esa binoni nomiga oʻtkazish jarayonida bino bahosining qolgan 330 000 000 soʻmni berish majburiyatini olganligi haqidagi davogar va javobgar tomonidan 04.09.2019-yil tuzilgan hamda imzolangan kelishuv bitimi tasdiqlansin.3. Ushbu hal qiluv qarorini ixtiyoriy ravishda ijro qilish uchun javobgarga 10 (oʻn) kun, yaʼni 2022-yil “____” ________ qadar muddat berilsin.4. Javobgar 2022-yil “____” ______kuniga qadar ushbu hal qiluv qarorini ixtiyoriy ravishda bajarmagan taqdirda, daʼvogar hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni soʻrab, tegishli vakolatli sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilsin.5. Ushbu hal qiluv qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.6. Ushbu hal qiluv qaroridan norozi boʻlgan taraf, qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida mazkur hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻrab, tegishli vakolatli sudga arz qilishi mumkin.Raislik etuvchi (imzo) F.I.Sh. |
5.4. Hakamlik sudining qoʻshimcha hal qiluv qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasida taraflardan biri hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan soʻng, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik muhokamasi davomida arz qilingan va koʻrib chiqilgan, ammo qabul qilingan hal qiluv qarorida oʻz aksini topmagan daʼvo talablari boʻyicha qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan oʻn kun ichida aynan oʻsha hakamlik sudiga bu haqda boshqa tarafni xabardor qilgan holda murojaat etishi mumkinligi, nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi mazkur ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uni koʻrib chiqishi kerakligi belgilab qoʻyilgan.
Nizoni hal etishda hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining toʻliq emasligi hal qiluv qarorining jiddiy nuqsoni hisoblanadi, shuning uchun Qonun bunday holatlar uchun ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali bunday kamchiliklarni toʻgʻrilash uchun yuridik usuldan foydalanish imkonini nazarda tutadi.
Hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan asosiy hal qiluv qarorida daʼvo boʻyicha talablar qatoriga kiritilgan u yoki bu masalalar boʻyicha hakamlik sudining xulosasi boʻlmasa, hakamlik sudi quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qiladi:

Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish jarayonida taraflarga sud majlislarida ishtirok etish huquqi beriladi. Agar taraflar hakamlik muhokamasi joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor boʻlgan taraflar qoʻshimcha hal qiluv qaror qilish boʻyicha hakamlik sudi majlisiga kelmasalar, bu sud majlisini oʻtkazish uchun toʻsiq boʻlmasligi kerak.
Eʼtibor bering!!!!!
Qoʻshimcha hal qiluv qarori koʻrinishida hakamlik sudining dastlabki hal qiluv qarori oʻzgarmasligi lozim va asosiy hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudi majlisida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan masalalar hal qilinmasligi kerak.
Shuningdek, qoʻshimcha hal qiluv qarori sud ishi yuzasidan hal qiluv qarorini qabul qilgan oʻsha tarkibda hakamlik sudi tomonidan qabul qilinishi kerak.
Hakamlik sudiga hal qiluv qarorini tushuntirish haqida ariza berilishi mumkin boʻlgan shartlar:
birinchidan, hal qiluv qarorini tushuntirish haqidagi iltimos bilan ariza manfaatdor taraf tomonidan yozma shaklda beriladi;

ikkinchidan, arizani topshirish hal qiluv qarorini olish sanasidan eʼtiboran oʻn kunlik muddat bilan cheklangan;
uchinchidan, arz qiluvchi hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga bunday arizani
hakamlik sudiga yuborish toʻgʻrisida xabar qilishga majbur.
Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-moddasida Nizo boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilgan hakamlik sudi yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga koʻra tuzatishga haqli. Yozuvda yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi arizani nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqishi kerakligi koʻrsatib oʻtilgan.
Hal qiluv qaroriga tuzatish kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish usuli va taraflar vakillari hakamlik sudi majlisida qatnashishi imkoniyati koʻrsatilmagani sababli, bunday tartib-taomil har bir muayyan hakamlik sudi Reglamenti orqali belgilanishi kerak.
Yozuvdagi kamchilik va arifmetik xatolarni tuzatish hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi sifatidagi ajrim bilan rasmiylashtiriladi.
A J R I M(yozuvdagi xatoni tuzatish haqida)2022-yil “___” _______ Toshkent shahar № 01/20-01-0003Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudi oʻz binosidaRaislik etuvchi sudya F.I.Sh.,F.I.Sh.ning kotibaligida,hakamlik muhokamasida hozir boʻlganlar: daʼvogar F.I.Sh. (F.I.Sh.-lotincha, pasporti AS2452870, Toshkent shahar Uchtepa tumani IIBdan 25.11.2019-yil berilgan) va javobgar F.I.Sh. (F.I.Sh.-lotincha, pasporti AA0960167 Toshkent shahar Yunusobod tuman IIBdan 04.03.2013-yil berilgan) ishtirokida, daʼvogar F.I.Sh.ning (manzilda istiqomat qiluvchi) javobgar F.I.Sh.ga (manzilda istiqomat qiluvchi) bilan oʻzaro tuzgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi va taqdim etilgan hujjatlarni hakamlik muhokamasi jarayonida oʻrganib, taraflarning fikrlarni eshitib,A N I Q L A D I:Daʼvogar F.I.Sh. javobgar F.I.Sh. bilan oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni soʻrab, Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar hakamlik sudiga (keyingi oʻrinlarda “Hakamlik sudi” deb yuritiladi) daʼvo ariza bilan murojaat etgan.Daʼvogarning daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar oʻrganib chiqilganida, daʼvogar F.I.Sh. va javobgar F.I.Sh. oʻzaro tuzgan 1-sonli binoni oldi-sotdi kelishuvining 6.2. bandida “Muzokaralar yoʻli bilan yoki taraflar kelishuvi bilan hal qilish imkoniyati boʻlmaydigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudi orqali hal etiladi” deb belgilanganligi aniqlanganligi sababli nizoni Hakamlik sudi koʻrib chiqishga vakolatli deb hisoblandi.Davogar F.I.Sh.ning daʼvo arizasida va unga ilova qilingan hujjatlar oʻrganib chiqilganda, davogar F.I.Sh. va javobgar F.I.Sh. oʻrtasida tuzilgan sanadagi (……) bitimda (i/b….), daʼvogar hamda javobgarning oʻz qoʻli bilan yozib bergan tilxatlarida javobgarning F.I.Sh.da, shuningdek, qaror nusʼhasini olganlik tilxatida ham javobgarning F.I.Sh.da xatolik borligi, lekin na daʼvogar va na javobgar tomondan bu haqda eʼtiroz yoki norozilik bildirilmaganligi, mazkur yozuvdagi xatolik hakmlik sudining qarorida ham yoʻl qoʻyilganligi, ushbu yozuvdagi xatolik ishni tugatish va arxivga topshirish uchun hujjatlarni roʻyxatga olish jarayonida aniqlanganligini inobatga olib, hakamlik sudi ishdagi barcha hujjatlarda va hal qiluv qarorida javobgarni F.I.Sh. deb emas, F.I.Sh. deb oʻqilishini lozim topadi.Binobarin, Hakamlik sudi Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-, 43-moddalari hamda Hakamlik sudi Reglamentining 25-, 26-moddalarini qoʻllab, –AJRIM QILDI:1. Javobgar F.I.Sh. oʻzini nomida boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14 mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoni daʼvogar F.I.Sh. nomiga oʻtkazib berish majburiyatini olganligi, daʼvogar F.I.Sh. esa binoni nomiga oʻtkazish jarayonida bino bahosining qolgan 330 000 000 soʻmni berish majburiyatini olganligi haqidagi davogar va javobgar tomonidan 04.09.2019-yil tuzilgan hamda imzolangan kelishuv bitimi tasdiqlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan hakamlik ishining …-betidagi javobgarning pasporti nusʼhasidagi maʼlumotga koʻra ishning ….- betlaridagi ajrimlarda, …-betdagi bitimda, …- betdagi hal qiluv qarorda javobgarning F.I.Sh. deb emas, F.I.Sh. deb oʻqilsin2. Ajrim ustidan shikoyat qilish mumkin emas.Raislik etuvchi (imzo) F.I.Sh. |
6. HAKAMLIK SUDI HUJJATLARINI IJRO ETISH MASALASI
Sud hujjatlariga taʼrif beradigan boʻlsak, qaror – bu qonuniy kuchga kirgan sud hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qayta koʻrib chiqish natijasida sud rayosatining qabul qilgan qarori hamda sud hukmidan tashqari sudʼyaning yakka tartibda qabul qilgan har qanday qaroridir.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini ijrosi yuzasidan ijro varaqasini olish uchun daʼvogar ariza bilan vakolatli sudlarga murojaat qilib, quyidagilarni ilova qilishi lozim:
- hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazkur sudning raisi tomonidan imzosi va muhri bilan tasdiqlangan nusʼhasi;

- hakamlik bitimining ishni muhokama qilgan sudning raisi tomonidan imzosi va muhri bilan tasdiqlangan nusʼhasi;
- hakamlik bitimining ishni muhokama qilgan sudning raisi tomonidan imzosi va muhri bilan tasdiqlangan nusʼhasi;
- ijro varaqasini olish uchun berilgan ariza nusxasini hakamlik muhokamasining boshqa ishtirokchilariga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
- belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
ILOVALAR
Daʼvo arizalari, kelishuv bitimidan namunalar:
Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish Jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudigaDaʼvogar: F.I.Sh., yashash manzili: Telefon: (94)Javobgar: F.I.Sh., yashash manzili: Telefon: (94)Daʼvo ariza(Kelishuv bitimini tasdiqlash haqida)Men, daʼvogar F.I.Sh. bilan javobgar F.I.Sh. oʻrtasida oʻzaro 04.09.2020-yilda tuzilgan 1-sonli binoni oldi-sotdi shartnomasi (keyingi oʻrinlarda – Shartnoma deb yuritiladi) tuzilgan.Shartnomaga asosan biz, yaʼni daʼvogar hamda javobgar kelishib javobgarni nomida boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoni 800 000 000 (sakkiz yuz million) soʻmga narxlab, menga tadbirkorlik ishim uchun zarur boʻlgani uchun, javobgarga esa qarzlarini yopish uchun kerak boʻlgani uchun shartnoma muddatini 2 (ikki) oy qilib belgiladik. Men Shartnoma amal qilish muddatidan avval yarmidan koʻprogʻini, yaʼni 470 000 000 (toʻrt yuz yetmish million) soʻmni javobgarga berdim va men Javobgarga binoni rasmiylashtirib bergan kuni Shartnomadagi qolgan pullarni berishimni aytdim. Men Shartnomaning muddati tugashiga binoni taʼmirlash ishlarini boshlash va tadbirkorlik faoliyatimni davom ettirish uchun tayyorgarligimni koʻrib qoʻygan edim. Lekin Javobgar tomonidan binoni meni nomimga qonuniy qayta rasmiylashtirib berish masalasini turli bahonalar bilan kechiktirib kelmoqda.Shartnomaning 3.1. bandiga koʻra, “Sotib oluvchi” belgilangan muddatdan kechiktirmasdan sotib olinayotgan binoning toʻliq hujjatlarni va uni rasmiylashtirib berilishini “Situvchi”dan talab qilishga haqli deb koʻrsatilgan.Shartnomaning 6.2. bandida Muzokaralar yoʻli bilan yoki taraflar Shartnomai tbilan hal qilish imkoniyati boʻlmaydigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudi orqali hal etilishi belgilangan.Shu sababli men va javobgar oʻrtamizda bir-birimizga nisbatan ishonchimizni mustaxkamlash maqsadida quyidagi shartlarda kelishuv bitimini tuzdik, yaʼni javobgar oʻz nomida boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoni mening nomimga rasmiylashtirib berishga, men esa Shartnomada belgilangan bino bahosining qolgan yarmini berishga va shu kelishuv bitimini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudiga berishga kelishdik.Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, hakamlik sudidan men, daʼvogar F.I.Sh. va javobgar F.I.Sh. bilan oʻrtamizda tuzilgan Kelishuv bitimini tasdiqlab berishingizni soʻrayman.Ilova: 1. Shartnoma bitimi 3 nusxada;2. Oldi-soti shartnoma №1 asli;3. Taraflarning pasport nusxalari;Daʼvogar imzo F.I.Sh .“__” _________ 2022-yil |
KELISHUV BITIMI2022-yil “___” ________ Toshkent shaharBiz, daʼvogar – manzili, F.I.Sh. va javobgar – manzili, “Nomi” MCHJ rahbari F.I.Sh. quyidagilar haqida kelishuv bitimini tuzdik:Men, daʼvogar F.I.Sh. javobgar “Nomi” MCHJ oʻrtasida 18.03.2021-yilda tuzilgan 39-sonli kvartirani oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha javobgar tomonidan shartnoma shartlari bir tomonlama bajarmaganligi natijasida menga keltirilgan moddiy zararning bir qismini, yaʼni, qurilish uchun toʻlangan 31.550.000 soʻmni boʻlib-boʻlib qaytardi, lekin zarrarning qolgan qismini, yaʼni bank harajatlari uchun toʻlangan 167 000 soʻm, uy qurilgunga qadar yashab turish uchun toʻlangan ijara haqi 3 600 000 soʻm, advokat xizmati uchun toʻlangan 1.000.000 soʻm hamda men toʻlagan mablagʻdan javobgar 4 yil davomida foydalangani uchun bank foiz stavkasi boʻyicha 20 298 947,84 soʻm, jami 25.065.947,84 soʻmlik zararni hozirgi kungacha javobgar bermadi.Men, javobgar “Nomi” MCHJ rahbari F.I.Sh. hamda daʼvogar oʻrtasida 18.03.2021-yilda 39-sonli kvartirani oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligini, shartnoma boʻyicha qurilish uchun daʼvogar tomonidan toʻlangan 31.550.000 soʻmni boʻlib-boʻlib qaytarilganligini toʻliq, lekin daʼvo qilinayotgan zarar summasini qisman tan olaman.Men, javobgar hozirgi kunda moliyaviy ahvolim yaxshi emasligi sababli, daʼvo qilinayotgan zarar summasining jami 20.000.000 soʻmini qoplab berishni, shuningdek, 501.319 soʻm hakamlik yigʻimi va 8.000 soʻm pochta harajatlari toʻlovlarini oʻz zimmamga olaman va shu haqda kelishishga roziman.Men, daʼvogar F.I.Sh. menga keltirilgan zararning 20.000.000 soʻmi qoplanishiga eʼtiroz bildirmayman.Biz mazkur kelishuv bitimi imzolanganidan keyin hakamlik muhokamasini tugatishga kelishdik.Biz mazkur kelishuv bitimini Hakamlik sudiga koʻrib chiqib, tasdiqlanishi uchun topshirilishiga kelishdik.Kelishuv bitimi Hakamlik sudining qarori bilan tasdiqlangach, javobgar oʻz majburiyatlarini belgilangan muddatda ixtiyoriy bajarmagan taqdirda, Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish Jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Toshkent shahar Hakamlik sudining hal qiluv qarori tegishli tartibda majburiy ijroga qaratish uchun vakolatli sudga topshirilishi bizga tushuntirildi.Ushbu kelishuv bitimi bir xil yuridik kuchga ega uch nusxada tuzilgan boʻlib, har bir tarafga bittadan, Hakamlik sudiga ish materiallarida saqlash uchun bir nusxasi topshirildi. Taraflarga Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 126-moddasiga koʻra, ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmasligi tushuntirildi.Fuqaro: F.I.Sh.Manzili:Imzo: ________________Fuqaro: “Nomi” MCHJ rahbari F.I.Sh.Manzili:Imzo:_________________ |
Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish Jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudigaDaʼvogar: F.I.Sh., yashash manzili: Telefon: (94)Javobgar: F.I.Sh., yashash manzili: Telefon: (94)Daʼvo ariza(qarzni undirish haqida)Men, daʼvogar F.I.Sh. bilan javobgar F.I.Sh. oʻrtasida oʻzaro 04.09.2020-yilda tuzilgan 1-sonli binoni oldi-sotdi shartnomasi (keyingi oʻrinlarda – Shartnoma deb yuritiladi) tuzilgan.Shartnomaga asosan biz, yaʼni daʼvogar hamda javobgar kelishib javobgarni nomida boʻlgan Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-mavze 30-uy yonida joylashgan 456 kv.m. binoni 800 000 000 (sakkiz yuz million) soʻmga narxlab, menga tadbirkorlik ishim uchun zarur boʻlgani uchun, javobgarga esa qarzlarini yopish uchun kerak boʻlgani uchun shartnoma muddatini 2 (ikki) oy qilib belgiladik. Men Shartnoma amal qilish muddatidan avval yarmidan koʻprogʻini, yaʼni 470 000 000 (toʻrt yuz yetmish million) soʻmni javobgarga berdim va men Javobgarga binoni rasmiylashtirib bergan kuni Shartnomadagi qolgan pullarni berishimni aytdim. Men Shartnomaning muddati tugashiga binoni taʼmirlash ishlarini boshlash va tadbirkorlik faoliyatimni davom ettirish uchun tayyorgarligimni koʻrib qoʻygan edim. Lekin Javobgar tomonidan binoni meni nomimga qonuniy qayta rasmiylashtirib berish masalasini turli bahonalar bilan kechiktirib kelmoqda.Shartnomaning 3.1. bandiga koʻra, “Sotib oluvchi” belgilangan muddatdan kechiktirmasdan sotib olinayotgan binoning toʻliq hujjatlarni va uni rasmiylashtirib berilishini “Sotuvchi”dan talab qilishga haqli deb koʻrsatilgan.Shartnomaning 6.2. bandida Muzokaralar yoʻli bilan yoki taraflar Shartnoma bilan hal qilish imkoniyati boʻlmaydigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudi orqali hal etilishi belgilangan.Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, hakamlik sudidan meni, yaʼni daʼvogar F.I.Sh. foydamga javobgar F.I.Sh. hisobidan 470 000 000 (toʻrt yuz yetmish million) soʻmni undirib berishingizni soʻrayman.Ilova: 1. Shartnoma bitimi 3 nusxada;2. Oldi-sotti shartnoma №1 asli;3. Taraflarning pasport nusxalari;Daʼvogar imzo F.I.Sh.“___” _________ 2022-yil |
Oʻzbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish Jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar hakamlik sudigaDaʼvogar: “Nomi” fermer xoʻjaligi, Manzali: x/r:bank: MFO:INN:Telefon: +998 9 Javobgar: “Nomi” MCHJ , Manzali: x/r:bank: MFO:INN:Telefon: +998 9 Daʼvo ariza(Debitorlik qarzini undirish haqida)Daʼvogar “Nomi” fermer xoʻjaligi bilan bilan javobgar “Nomi” MCHJ oʻrtasida 04.06.2022-yilda tuzilgan GG/01-sonli va 09.07.2020-yilda tuzilgan GGA/02-sonli shartnomalarga binoan daʼvogar oʻzida mavjud boʻlgan maxsus texnika va avtomashinalarni xaydovchilari bilan birgalikda javobgarga ijaraga bergan.Shartnomaning shartiga koʻra Daʼvogar ish bajarganlik haqida dalolatnoma va toʻlov uchun xisob-faktura taqdim etadi, Javobgar esa xisob taqdim etilgan kundan 15 bank kuni ichida toʻlovlarni amalga oshirishi belgilangan.Javobgar tomonidan 2022-yil 1-oktabrgacha 60 925 000 (oltmish million toʻqqiz yuz yigirma besh ming) soʻm toʻlov amalga oshirilgan. Taraflar oʻrtasida imzolanib, 09.06.2022-y.-30.09.2022-y. vaqt oraligʻi uchun tuzilgan solishtirma dalolatnomasiga koʻra javobgar daʼvogarga 181 706 900 (bir yuz sakson bir million yetti yuz olti ming toʻqqiz yuz) soʻm qarzdor boʻlgan.Lekin Javobgar turli bahonalar bilan toʻlovni kechiktirib kelmoqda.Shartnomaning 5.1. bandiga koʻra, Javobgar belgilangan muddatdan toʻlovni kechiktirgan har bir kuni uchun 0,01 foiz penya toʻlashi belgilangan boʻlib, Daʼvogar ishini 2022-yil iyul oyida tugatgan boʻlib, 2022-yil 1-avgustdan 2022-yil 18-yanvargacha 171 kunga toʻlov kechiktirilgan: 181 706 900 x 0,01= 18171 x 171 = 3 107 241 soʻm penya.Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, hakamlik sudidan daʼvogar javobgar “Nomi” MCHJdan daʼvogar “Nomi” fermer xoʻjaligi foydasiga asosiy qarz 181 706 900 (bir yuz sakson bir million yetti yuz olti ming toʻqqiz yuz) soʻmni, 3 107 241 soʻm penyani va hakamlik sudiga topshirish uchun toʻlangan hakamlik yigʻimi va pochta xarajatlarini undirib berishingizni soʻrayman.Ilova: 1. Shartnoma bitimi 3 nusxada;2. Shartnomalar va dalolatnoma nusʼhasi;3. Tarafning pasport nusxasi.Daʼvogar “Nomi”fermer xoʻjaligi rahbari imzo F.I.Sh.M.Oʻ.“____” _____________ 2022-yil |
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudi_______________________________________(familiyasi, ismi, otasining ismi toʻliq)Turar joyi ________________________________________(pochta manzili toʻliq)tel. ________________________________________________________________________(ish boʻyicha protsessual holati: daʼvogar, javobgar, 3-shaxs va h.k.z.)A R I Z A(dalil bilan taʼminlash haqida),20 __ yil “___” ____________ men tomondan_________________ hakamlik (arbitraj) sudiga ______________________________________(arizaning qisqa mazmuni) _______________________________ haqidagi daʼvo arizasi taqdim etilgan edi.Mazkur ish boʻyicha men tomondan dalil sifatida ____________________________________________________________(qanday dalil ekanligi, masalan, guvohlarning tushuntirishi, daliliy ashyo,… koʻrsatiladi )__________________________________________________________________________________________________ taqdim etgan edim.Biroq menda taqdim etilgan dalillar keyinchalik topib boʻlmaydigan yoki olish qiyinchilik tugʻdirishi mumkinligidan qoʻrqaman, sababi ____________________________________________________________(sababini koʻrsating, yaʼni guvoxning uzoq safarga ketishi, daliliy ashyoda mavjud boʻlgan)_________________________________________________________boʻlishi mumkin deb hisoblayman.Yuqorida aytilganlarni inobatga olib va OʻzR FPKning 61–63-moddalariga asoslanib,______________________________________________________(dalillarni taʼminlash bo‘yicha sudya qanday harakatlarni amalga oshirishini_________________________________________________________kursatish kerak: yozma va / yoki ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish va x.k.z.)_____________________________________________________Mazkur harakatlarni amalga oshirish haqida ishda ishtirok etayotgan shaxslarni: __________________________________________(F.I.Sh. va ularning manzili)_________________________________________________________ogohlantirishingizni soʻrayman.20__ yil “___” ______ ___________ (Arizachining F.I.Sh.)Imzo |
FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston. 2014.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Rasmiy nashr. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – Toshkent: Adolat, 2014.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2018.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2018.
5. Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarni ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni. (oʻzgartish va qoʻshimchalari bilan) // Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2001. 9-10-son,
169-modda.
6. Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni // “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2006-yil, 42-son,
416-modda.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-iyundagi
PF–5087-sonli “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-martdagi
PQ–24-sonli “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi toʻgʻrisida”gi qarori.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi
PF–3619-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 22.12.1995-y. 184-I-son “1958-yil 10-iyunda imzolangan Chet el mamlakatlari hakamlik qarorlarini eʼtirof etish va ijro etish toʻgʻrisidagi Nyu-York Konvensiyasiga qoʻshilish haqida”gi qarori.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil
30- oktabrdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan “Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisi”da Nizom.
XAKBERDIYEV ABDUMURAD ABDUSAIDOVICH
OʻZBEKISTONDA
HAKAMLIK SUDLARI
FAOLIYATI
Ilmiy-ommabop risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir O. Choriyev
Muharrir Sh. Jahonov
Musahhih M. Patillayeva
Texnik muharrir U. Sapayev
Dizayner D. Rajapov
08.09.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 3,72 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 130-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi.
100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.