Raqamli texnologiyalarning takomillashib borishi insoniyat hayotining turli jabhalariga, xususan, bank munosabatlari, sanoat, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari onlayn xizmatlar bozoridagi talab va taklifning ortib borishiga hamda bank plastik kartalarini qulay to‘lov tizimiga aylanishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada, naqd to‘lovlarsiz moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish kundalik ehtiyojlarni qondirishning eng samarali vositalaridan biriga aylanganini, hayotning o‘zi tasdiqlamoqda.
Bugungi kunda, mamlakatda “Uzkard” hamda “Humo” to‘lov tizimlari ommalashib borayotgani hech kimga sir emas. Ushbu plastik kartalardan foydalanishning qulayligi hamda osonligi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni ortishiga ham sabab bo‘lmoqda. Biroq, ushbu holatlar o‘z navbatida, mazkur to‘lov tizimlaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanishni ko‘zlagan jinoyatchilar eʼtiborini ham tortib ulgurgan. Xususan, ushbu holatlar Covid-19 pandemiyasi davrida yaqqol kuzatildi.
Bugungi kunda, bank plastik kartalari bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqarolardan kelib tushayotgan arizalar kundan kunga ortib bormoqda. Ushbu holatlar moliyaviy resurslarning xavfsizligini taʼminlash hamda yetkazilgan zararni undirish bilan bog‘liq turli muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Mazkur holatlar bugun fuqaroda “bank plastik kartalariga ishonish mumkinmi?”, degan o‘rinli bir savolni yuzaga keltiradi. Albatta, agar tarixga nazar solinsa, insoniyat o‘z mol-mulki xavfsizligini taʼminlash borasida doimo qayg‘urib kelgan. Xususan, teri buyumlari, sopol ko‘zalar, temir buyumlar yoki qulflarni kashf etilishi pul mablag‘lari yoki mol-mulklar xavfsizligini taʼminlashda asosiy vositalardan biri sanalgan. Shu maʼnoda, asrlar mobaynida
fuqarolarning mol-mulki xavfsizligi muayyan darajada qondirib kelingan.
Zamon va makon o‘zgarishi bilan pul mablag‘larini saqlash, ayirboshlash va xavfsizligini taʼminlashning yangidan yangi usullari ham joriy etildi. Bugun ushbu vazifani bank plastik kartalari misolida ko‘rish mumkin.
Risola doirasida ushbu kartlar xavfsizligining bugungi kun holati, onlayn firibgarliklar tushunchasi, turlari, usullari va ulardan saqlanish chora-tadbirlari yoritilgan. Ushbu risola fuqarolar va keng jamoatchilikka moliyaviy xizmatlardan foydalanishda eʼtiborga olinishi zarur bo‘lgan holatlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Muallif
1. ONLAYN FIRIBGARLIK TUSHUNCHASI
Texnologik rivojlanishlar hamda onlayn xizmatlar bozorining kengayishi shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish bilan bog‘liq turli muammolarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, ish haqi to‘lashning onlayn shakllariga o‘tilishi hamda to‘lov tizimlarining yangi shakllarini joriy etilishi moliyaviy operatsiyalarning xavfsizligini taʼminlashda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ta’kidlash joizki, bugun plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish yoki shaxsga doir maxfiy maʼlumotlarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq holatlar dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solayotgan muammolardan biridir. Qoida tariqasida, ushbu maʼlumotlarga shaxsning ismi-sharifi, tug‘ilgan yili, ijtimoiy sug‘urta nomeri, pasport, haydovchilik guvohnomasi, bank hisob-raqami, kredit yoki plastik kartalari nomerlari, biometrik maʼlumotlari, PIN-kodlar, elektron imzo yoki parollarni kiritish mumkin.
Mazkur maʼlumotlar shaxsning moliyaviy mablag‘larini boshqarish huquqini berishi hamda jabrlanuvchini aybsiz aybdor qilib ko‘rsatishi bilan ham o‘ta havflidir. Misol uchun, xakerlar shaxsning maxfiy maʼlumotlaridan foydalanib, uning nomiga onlayn kreditlar rasmiylashtirishi mumkin. Bunda ajratilgan kredit mablag‘lari boshqa hisob-raqamlarga tranzaksiya qilish yo‘li bilan yechib olinadi. Odatda, ushbu holat foydalanuvchiga tegishli tashkilotlardan to‘lov topshiriqnomalari kelganidan so‘ng ayon bo‘ladi. Afsuski, ushbu holatlarni yuzaga kelishiga baʼzan jabrlanuvchilarning o‘zlari ham sabab bo‘lishmoqda.
Dono xalqimizda “o‘zingni ehtiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma”, degan naql bejizga aytilmagan. Ushbu naqlning naqadar to‘g‘ri va asosli ekanligini bugungi kunda hayotning o‘zi, yana bir bor tasdiqlamoqda. Xususan, NordPass, Keeper Security va SplashData kompaniyalari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra,
hozirgi vaqtda aksariyat insonlar shaxsiy maʼlumotlarni saqlash uchun oddiy va eslab qolish oson bo‘lgan parollardan foydalanishni afzal ko‘radilar.
Tahlil natijalari o‘tgan 3 yil davomida “123456” raqamlar kombinatsiyasi eng zaif parollar reytingida birinchilikni saqlab kelayotganligini ko‘rsatmoqda. Keeper Security kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra esa, bugun har beshta foydalanuvchidan biri “12345” raqamlar kombinatsiyasidan foydalanmoqda. Shu bilan birga, foydalanuvchilar tomonidan shaxsiy maʼlumotlarini yashirish maqsadida o‘zining yoki turmush o‘rtog‘ining ismi, tug‘ilgan yili yoki sevimli sport turi nomlarini qo‘yish holatlari ham ko‘payib bormoqda. Agar ushbu holatlar sizda ham mavjud bo‘lsa, bunga eʼtibor qarating. Sababi, ushbu holatlar xakerlarga siz qo‘ygan parollarni osongina qo‘lga kiritish imkonini bermoqda.
- ONLAYN FIRIBGARLIKNING QANDAY
TURLARI MAVJUD
Odatda, pul, qimmatbaho buyumlar, texnika va boshqa ashyolar firibgarlik jinoyatining predmeti sanaladi. Ammo bank kartalaridan foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatining bevosita predmeti bu o‘zganing mulki, ya’ni o‘zgalarning bank karta hisobraqamlarida saqlanayotgan pulidir. Biroq to‘g‘ridan to‘g‘ri bank kartasining o‘zi jinoyat predmeti bo‘la olmaydi, chunki jinoyatchining motiv-maqsadi faqatgina karta hisobraqamlarida saqlanayotgan pulni jabrlanuvchini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish hisoblanadi.
Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatini sodir etishning bir necha usullari bor. Xususan, amaliyotda keng tarqalgan usullardan biri – bu internet va mobil aloqa vositalari orqali sodir etiladigan firibgarlikdir. Jinoyatchilar jinoiy qilmishni sodir etish vositasi sifatida internet, kompyuter va mobil qurilmalardan foydalanadi.
Fishing
Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatini sodir etish usullaridan biri – bu “fishing”, ya’ni “baliq ovi” usulidir. Bunda IT texnologiya sohasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega firibgarlar tomonidan foydalanuvchining ishonchiga kirib, bank kartasiga doir maxfiy ma’lumotlari egallanadi.
Jinoyatni sodir etish usulining o‘ziga xos xususiyati shundaki, jinoyatchi tomonidan masofadan turib aloqa vositalari yoxud soxta veb-sahifalar orqali foydalanuvchining ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti, elektron pochtasi yoki uyali aloqa vositalariga sms xabar yuboriladi. Bunda ijtimoiy muhandislik usullaridan foydalaniladi. Bu xususida quyida batafsil tushuntirish keltirib o‘tamiz.
“Fishing” bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar jabrlanuvchidan shaxsiy ma’lumotlarini kiritishni so‘rab, turli shaklda xabarnoma jo‘natadi. Jabrlanuvchi bank xizmatlaridan foydalanish uchun bankning rasmiy veb-saytiga kirayotganliklariga ishonadi. Biroq
firibgarlar tuzog‘iga laqqa tushadilar. Xususan, soxta saytga ism-sharifi, karta rekvizitlari, pin kodi kiritish orqali o‘zlari bilmagan holda “fishing”chilar qarmog‘iga ilinadi.
Soxta saytlar yaratish – bu zamonaviy fishing uslublaridan biridir. Bunday fishing saytlarini maxsus bilim va ko‘nikmalarsiz aniqlash juda mushkul. Bundan tashqari, fishingchilar xuddi shu usulni aloqa vositalari, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon orqali bog‘lanib ham sodir etishlari mumkin.
Xuddi shunday holatlar mamlakatimizda ham kuzatilib, o‘zini “Click xodimi” deb tanishtirgan shaxslar tizimdagi ayrim kamchiliklarni tuzatish hamda to‘lov bilan bog‘liq buzilishlarning oldini olish niqobida jabrlanuvchiga sms jo‘natib, undan sms raqamini aytishini so‘rashyapti. SMS raqami aytilishi bilan pul mablag‘lari turli plastik kartalar yoki telefon raqamlarga tranzaksiya qilinadi. Shundan so‘ng Click orqali Qiwi hamyonga o‘tkaziladi va jinoiy yo‘l bilan undirilgan pul mablag‘lari (so‘m) xorijiy valyutaga konvertatsiya qilinadi.
Meros firibgarligi
Jabrlanuvchi nomiga chet eldagi qarindoshidan katta miqdordagi meros qoldirilgani haqidagi xabar go‘yoki uning advokati niqobida beriladi. Shundan so‘ng, pasport hamda plastik karta raqamlariga doir maxfiy ma’lumotlar merosni rasmiylashtirish hamda dastlabki to‘lovlarni amalga oshirish uchun aldov yo‘li bilan olib qo‘yiladi.
Xalqaro pochta jo‘natmalari
Jabrlanuvchiga ma’lum turdagi qimmatbaho yuk yuborilgani, qabul qilib olish uchun pochta chiqimlarini to‘lash bo‘yicha turli xil pochta jo‘natmalari yorlig‘i yoxud jo‘natma uning nomiga ekanligini tasdiqlovchi fotosuratlar jo‘natiladi. Shu orqali plastik karta raqamiga doir maxfiy ma’lumotlar aldov yo‘li bilan olinadi.
Fishing tanlovlar
Ijtimoiy tarmoqlarda soxta tanlovlar tashkil qilish. Bu holatda yutuq sifatida avtotransport vositasi yoki oxirgi rusumli telefon apparati qo‘yiladi. E’tiborli jihati shundaki, tashkilotchilar deyarli
barcha ishtirokchilarni “Siz lotoreyada g‘olib chiqdingiz yoki sovg‘alar soni cheklangan aksiyada ishtirok eting, sovg‘ani qo‘lga kiriting” kabi yutuq bilan tabriklab yoxud tanlovda ishtirok etishi uchun qiziqtirib xabar jo‘natishadi. Odatda, fishing tanlovi ishtirokchilari tanlovda bir necha marotoba ishtirok etganidan so‘ng ushbu jarayon firibgarlik ekanligiga tushunib yetishadi.
Internet-tilanchilik – soxta xayriya jamg‘armalari
Internet sahifalar hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli xil kasallikka chalingan yoxud og‘ir ahvoldagi shaxslarni fotosuratlarini joylashtirib ularning nomidan moddiy yordam so‘rash. Firibgarlar ko‘proq insoniylik, rahm-shavqat va ishonuvchanlik his tuyg‘ularini uyg‘otuvchi psixologik ta’sir etish usullariga e’tibor qaratishadi. Odatda, nomi e’lon qilinayotgan shaxslar ular uchun pul mablag‘lari jamg‘arilayotgani haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lishmaydi. Sababi, ehson qilingan har qanday pul mablag‘lari to‘g‘ridan to‘g‘ri firibgarlarning hisobraqamlariga o‘tkaziladi.
Internet do‘konlar bilan bog‘liq firibgarliklar
Bazi firibgarlar qalbaki, sifatsiz tovarlar yoki mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanib xaridorlarni chuv tushursa, boshqalari mahsulot uchun oldindan qisman yoki to‘liq to‘lov qilishni talab qiladi. To‘lov amalga oshirilgach xaridorga tovar yetkazilmaydi.
So‘nggi yillarda internet do‘konlari bilan bog‘liq firibgarlik mamlakatimiz hududida ham o‘sib borayotganligi kuzatilmoqda. Xususan, hozirda “OLX.uz” onlayn platformasi orqali amalga oshirilayotgan savdolarda bank plastik kartalaridan pul mablag‘larini yechib olinishi bilan bog‘liq holatlar mavjud. Firibgarlar jabrlanuvchiga boshqa viloyatda yoki xorijda ekanligini vaj qilib, undan sotib olinishi rejalashtirilgan tovarga to‘lov qilish uchun bank karta raqami va yuborilgan smsni aytishni aldov yo‘li bilan so‘rab olishadi. Shundan so‘ng, yuqorida ko‘rsatilgan protsedura bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Nikoh firibgarligi
Ijtimoiy tarmoqdagi o‘zga shaxslarga doir fotosuratlaridan foydalanib, ularning nomidan jabrlanuvchilar bilan yozishmalar olib boriladi va ishonchiga kiradi. Vaqt o‘tishi bilan jabrlanuvchilardan moddiy yordam so‘rab, ko‘zlangan mablag‘ni qo‘lga kiritganidan so‘ng akkaunt o‘chirib yuboriladi.
Frilanserlik xizmatlari
Frilanserlik xizmati – kelishilgan xizmat evaziga buyurtmachiga sayt yaratish, maqola yozish, tarjima ishlari, reklama logotiplari, video meykerlik va boshqa shakldagi onlayn xizmatlarni ko‘rsatishdir. Ushbu usul mohiyati jabrlanuvchi (frilanser) buyurtmachiga (firibgar) buyurtmani jo‘natish bilan jinoyatchi kelishilgan pulni to‘lamasdan g‘oyib bo‘lishida namoyon bo‘ladi.
Mamlakatimizda kuzatilayotgan onlayn jinoyat turlaridan yana biri bu internet tovlamachilik bo‘lib, quyidagi vaziyat bunga yorqin misol tariqasida keltirilishi mumkin. Jinoyatchilar internet tarmog‘idagi pornografik materiallar, shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi saytlarda o‘zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoxud IIV Kiberxavfsizlikka qarshi kurash bo‘limi tomonidan foydalanuvchi ma’muriy javobgarlikka tortilgani va ma’lum bir pul miqdorini belgilangan hisob raqamga ko‘chirishi shartligini talab qilishadi. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limidan bildirishnoma! Siz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan materiallar, ya’ni pedofiliya, zo‘ravonlikni targ‘ib qilish elementlariga ega bo‘lgan pornografiya materiallari mavjud bo‘lgan pornografik saytlarga tashrif buyurganligingiz uchun blokirovka qilindingiz. Blokirovkani yechish uchun siz shu plastik hisobraqamiga yoki davlat hamyoniga 310.000 so‘m miqdorida jarima to‘lashingiz zarur”.
Odatda, bunday noqulay vaziyatdan tezroq chiqish hamda sharmandalik va javobgarlikdan qutulish maqsadida talab qilingan pul summasini tegishli hisob raqamga o‘tkaziladi. Biroq, afsuski IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi hech kimga bunday xabar yubormaydi…
Ushbu holat o‘zida firibgarlik alomatlarini ham mujassamlashtirgan. Sababi, birinchidan, jinoyatchi o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi deb tanishtirib, jabrlanuvchini aldaydi. Ikkinchidan, jinoyatchi jabrlanuvchining internet tarmog‘idan foydalanish huquqini muayyan vaqt oralig‘ida cheklaydi. Blokirovkani yechish uchun plastik hisob raqamiga yoki “davlat hamyoni”ga 310.000 so‘m miqdorida jarima to‘lashi zarurligiga ishontiradi. Aslida, ushbu holat raqamli qurilmani vaqtincha bloklab qo‘yilganiga ishontirish orqali amalga oshiriladi.
- ONLAYN FIRIBGARLARDAN QANDAY SAQLANISH
MUMKIN
Iste’molchi uchun eslatma
FIRIBGARLAR DOIM INSON IDROKI VA XULQ-ATVORIDAN FOYDALANADI

Sizga shoshilinch muammoni oson hal qilish taklif etiladi – pul ishlash, uyingizni ta’mirlash, o‘zingizni koro-navirusdan himoya qilish, kompen-satsiya yoki imtiyozlar olish, jarimani kamaytirish, qarzni hisobdan chiqarish va hokazo.
Ular sizga bosim o‘tkazishda stressdan foydalanishadi – chunki, stressda ongli qaror qabul qilish qi-yinlashadi. Savollaringizga xotirjam javob beriladi.
Sizda vaqt yetishmasligi hissi yuzaga keltiriladi – qaror shu yerda va hozir qabul qilinishi kerak, aks holda yaxshi taklif qo‘ldan boy beriladi (hi-sobingizdan pul yechib olinadi, jarima beriladi, tovon berilmaydi va hoka-zo). Sizga vaziyatni atroflicha o‘ylab ko‘rish va baholashga imkon beril-maydi.
Masalaning shoshilinch ekanligini ta’kidlab yaqinlaringiz va do‘stalaringiz bilan maslahat qilishga ham vaqt yo‘q. Firibgar o‘ziga ishontirish uchun ma’lu-motlarni sir tutish yoki texnik muam-molar haqida uydirmalar to‘qiydi.
Ular sizga bepul va eksklyuziv nar-salarni taklif qilishadi – bu hushyorlik-ni pasaytiradi, chunki to‘lashga hojat yo‘qdek tuyuladi.
Siz menga ishonmaysizmi? Men sizga pul ishlashning oson yo‘llarini taklif etayapman.
Aloqa sifati yomon, uzulib qolish ehtimoli yuqori
Telefon puli hozir tugab qoladi!
Faqat siz
uchun!
Esda tuting: hatto bepul tovarlar va xizmatlar (ijtimoiy yordam, uy tarmoqlarini kommunal xizmatlar tomonidan tekshirish va boshqalar) yoki sizga to‘lanadigan to‘lovlar (masalan, koronavirus yoki bola tug‘ilishi munosabati bilan) rasmiy ariza shaklida murojaat qilish yo‘li bilan olinadi. Buning uchun tegishli tashkilotga rasmiy murojaat qilishingiz yoki shaxsan telefon, veb- sayt yoki rasmiy manbalar orqali bog‘lanishingiz kerak.
Firibgarlarning maqsadi – faqatgina pullaringizga ega bo‘lish
Albatta, moliyaviy masalalar firibgarlarni juda qiziqtiradi, biroq pullaringizni nafaqat o‘g‘irlik natijasida, balki Internet orqali amalga oshirilgan tovarlar va xizmatlarga, xususan, sifatsiz va oshirilgan narxdagi to‘lovlarni qilish orqali ham yo‘qotishingiz mumkin.

Firibgarlar o‘z qurbonlari haqida ma’lumot to‘plashadi. Dastlab, pasport ma’lumotlari, telefon raqami, bank kartasi va hisob ma’lumotlariga e’tibor qaratiladi. Ularning yordami bilan firibgarlar sizning nomingizga zayom yoki kredit olishlari yoki keyinroq pulingizni o‘g‘irlashlari mumkin.

Jinoyatchilar zararli dasturlardan foydalangan holda mobil qurilma yoki kompyuteringizni nazoratga olishlari mumkin. Shaxsiy ma’lumotlar xavf ostida! To‘lov operatsiyalari sizning nomingizdan amalga oshirilishidan ehtiyot bo‘ling (onlayn do‘konlarda xaridlar, mobil to‘lovlar).

Zararlangan qurilma boshqa shaxslarga qarshi firibgarlik maqsadlarda ishlatilishi mumkin (spam xabarlar, kompyuter tizimlariga ruxsatsiz kirish, veb- saytlarga hujumlar va h.k.).

Firibgarlar javobgarlikdan qochish va to‘lovni amalga oshirish uchun karta raqamingizni boshqa jabrlanuvchiga taqdim etadi. Shu orqali jinoyat izlari yashiriladi.
Pandemiya sharoiti firibgarlik faoliyatiga qanday ta’sir etmoqda
- pandemiya vaqtida dunyoda firibgarlik holatlari bir necha barobar
oshdi;
- koronavirus mavzusida o‘nlab firibgarlik sxemalari ishlab chiqildi;
- foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini g‘arazli maqsadlarda to‘plash va soxta saytlarga yo‘naltirishga (fishing) qaratilgan veb- saytlari soni 30 foizga oshdi;
- koronavirus bilan bog‘liq minglab saytlar yaratildi. Ayrim
ekspertlar ularni 70 % firibgarlar ulushiga to‘g‘ri keladi, deb hisoblashmoqda*.
- Kasperskiy laboratoriyasi, Positive Technologies, Group-IBning moliya bozorlarida ishtirok etayotgan ekspertlari.

To‘satdan pul mablag‘larini kartaga o‘tkazilishidan xursand bo‘lmang, ayniqsa u notanish odamdan bo‘lsa. Ushbu mablag‘larni o‘zingiz qaytarishdan saqlaning, ayniqsa jo‘natuvchi sizga qo‘ng‘iroq qilib, «xato o‘tkazmasini» boshqa hisobga qaytarishingizni so‘rasa. Jinoyatchi mavjud bo‘lmagan mahsulotni mashhur internet saytlaridan birida «sodda» xaridorlarga sotayotgan bo‘lishi va buning uchun sizning karta raqamingizni ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Bankingiz bilan bog‘lanib, pul o‘tkazmasini noto‘g‘ri deb yuboruvchiga qaytaring.

INTERNET FIRIBGARLARDAN EHTIYOT BO’LING!
Agar onlayn firibgarlikdan jabrlansangiz zudlik bilan bu haqida
quyidagi idorlarga xabar qiling!
O‘zbekiston | Kiberxavfsizlik markazi | O‘zbekiston | |
Respublikasi IIV | DUK | Respublikasi | |
ishonch telefonlari | Axborot xavfsizligi | Bosh prokuraturasi | |
1102 | masalalari bo‘yicha | ||
tezkor aloqa | |||
tel: 555-02-10 |
FIRIBGARLAR INTERNET-DO‘KONLARDA TOVAR VA XIZMATLARGA TO‘LOVNI AMALGA OSHIRISH UCHUN BANK KARTASI MA’LUMOTLARINI O‘G‘IRLAYDI
BANKOMATDAN NAQD PUL YECHIB OLISH MAQSADIDA O‘Z SHERIKLARIGA PUL O‘TKAZMALARINI YUBORISHADI
ONLAYN-TO‘LOV TIZIMIDA FIRIBGARLAR FOYDALANADI-GAN SXEMALAR

Firibgarlar qanday ishlaydi:
- banklar, onlayn-do‘konlar, xayriya tashkilotlari yoki veb-saytlar nusxalarini yaratish;
- himoyalanmagan Wi-fi orqali amalga oshirilayotgan
to‘lovlar haqidagi axborotlarni ushlab olish;
► havolani bosish orqali foydalanuvchi qurilmasiga virus kiritish.

Fishing qanday ishlaydi
Foydalanuvchi havolani yoki elektron pochtadagi tugmachani bosishi bilan sohta «firibgar» saytga o‘tadi yoxud ularning telefon yoki kompyuterida zararli dastur o‘rnatiladi. Shunday qilib firibgarlar:
- bank kartalari yoki mobil bank ma’lumotlariga kirish;
- foydalanuvchi kontaktidagi nomerlarga virusli havolalar bilan xabarlar yuborish imkoniga ega bo ‘ladi.
Shubhali veb-saytlar va fishing elektron pochta xabarlarining belgilari:
- sayt manzillari https bilan emas, http bilan boshlanadi (to‘g‘ri versiyada oxirida «s» qo‘shiladi);
- aloqa ma’lumotlari va sharhlar mavjud emas yoki aksincha, ko‘plab salbiy sharhlar yozilgan;
- ko‘plab kichik grammatik xatoliklar va nomuvofiqliklar mavjud;
- tovarlar uchun juda past narxlar ko‘rsatilgan;
- shoshilinch choralar ko‘rish, bosim, qo‘rqitish, undov belgilari;
- tez va oson pul ishlab olish taklif qilinishi.
Qanday qilib firibgarlar tuzog‘iga tushmaslik mumkin:
- agar Internetga shaxsiy yoki to‘lov ma’lumotlarini kiritmoqchi bo‘lsangiz – manzil https bilan boshlanganligini tekshiring, (oxirgi harf “s” bilan tugashi shart);
- xarid uchun to‘lov qilishdan oldin onlayn-do‘kon/ilova haqidagi sharhlarni o‘qing;
- onlayn to‘lov uchun alohida karta oching va unda kam miqdorda pul mablag‘larini saqlang;
- mobil bank va e-mail pochtadan foydalanishda ‘login»ingizni nafaqat doimiy parol bilan, balki SMS orqali yuboriladigan yoki ilova tomonidan yaratilgan bir martalik kod bilan (ko‘p faktorli avtorizatsiya tizimi) himoyalang;
- xavfsiz bo‘lmagan Wi-Fi orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirmaslikka harakat qiling, ayniqsa jamoat joylarida (transport, savdo markazlari, kafelar);
- kartaga o‘tkazish yoki telefon raqami orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lamaslikka harakat qiling, ayniqsa siz oluvchini tanimasangiz;
- mobil ilovalarni faqat rasmiy do‘konlardan yuklab oling (Play Market);
- agar manbaga ishonmasangiz havoladan foydalanmang;
- muntazam ravishda telefoningiz va kompyuteringiz dasturiy ta’minotlari va antivirusini yangilang.
FIRIBGARLAR ODAMLARNI TELEFON, IJTIMOIY TARMOQLAR VA MESSENJERLARDAN FOYDALANISH ORQALI MANUPULIYATSIYA QILISHMOQDA

Firibgarlar qanday ishlaydi:
- chalg‘itish va zudlik bilan hal qilishni talab qilish: jinoyatchilar muammoga duch kelgan qarindoshlarga xabar berish orqali sizdan zudlik bilan pul o‘tkazishni so‘rashlari mumkin;
- pulingiz bilan amalga oshirilgan shubhali operatsiyalar yoki hisobingiz bloklanganligi haqida go‘yoki bank nomidan xabar yuborilishi mumkin;
- bank kartlari yoki bank ilovalariga kirish huquqini olish uchun SMS kodni aytishingizni, ko‘rsatilgan nomerga qo‘g‘iroq qilishingizni yoki ilova (soxta sahifa)ga o‘tishingizni so‘rab shaxsiy ma’lumotlar qo‘lga kiritiladi yoxud zararli dasturlar orqali ushbu ma’lumotlar to‘planadi;
- do‘stlar yoki yaqin qarindoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini buzish, ularning nomidan yozish va pul o‘tkazishni so‘rash;
- «foydali» ish taklif qilish va «avans» berish bahonasida noma’lum saytda ro‘yxatdan o‘tish yoki bank kartasi ma’lumotlarini taqdim etishni so‘rash;
- xususiy bankrotlik tartibini soddalashtirish, kredit yoki ipoteka ta’tillarini tezroq/osonroq olish, imtiyozlar olishda yordam berish;
- to‘plangan mablag‘larni o‘zlari uchun olib, soxta xayriya tadbirlarini tashkil etish va h.k.
Firibgarlar himoyalanish yo‘llari
- siz amalga oshirmagan pul o‘tkazmasi haqida SMS-xabar olgan bo‘lsangiz, bankka rasmiy raqamga qo‘ng‘iroq qiling (kartada ko‘rsatilgan), pulni o‘zingiz qaytarmasligingiz kerak;
- bank ilovalaridagi login va parollarni, SMS kodlarini, bank kartasi
ma’lumotlarini hech kimga aytmang; | Esda | tuting: | bank | |||
► agar sizga telefon yoki chat orqali | ||||||
harakatlar buyurilgan bo‘lsa, karta yoki | xodimlari xech | qachon | ||||
hisob bilan hech qanday operatsiyalarni | xavfsizlik | kodini, | ||||
amalga oshirmang; | suhbatni to‘xtating | bank | ilovalari | login va | ||
va bankning rasmiy raqamiga o‘zingiz | parollarini, sms kodlarni | |||||
qo‘ng‘iroq | qiling | va | ma’lumotni | so‘rashmaydi! |

aniqlang;
- bank ilovalaridagi login va parollarni, SMS kodlarini, bank kartasi ma’lumotlarini hech kimga aytmang;
- agar sizning do‘stingiz yoki qarindoshingiz shoshilinch pul o‘tkazishni so‘rasa, ayniqsa boshqa shaxsga, bir nechta shaxsiy savollar bering va firibgar bilan aloqada emasligingizga ishonch hosil qiling, Undanam yaxshisi – kontaktingizda saqlangan raqamga qayta qo‘ng‘iroq qiling;
- pul ishlash yoki majburiy dastlabki to‘lov yoki hali bajarilmagan ish uchun tezkor avans bilan «muvaffaqiyatli» loyihada ishtirok etish bo‘yicha shubhali takliflarni rad eting;
- o‘zingizga ma’lum bo‘lgan xayriya tashkilotlarining rasmiy sahifalarida xayriya tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni tekshirish;
- davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ma’lumotlarni tekshiring.

Firibgarlar o ‘zlarini qayday tanishtiradi?
- falokatga uchragan shaxsning do‘sti yoki yaqin qarindoshi;
- pensiya jamg‘armasi yoki nafaqalarni beruvchi boshqa rasmiy tashkilotlarning xodimi;
- masofaviy ish taklif qiladigan shaxs yoki ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini to‘lashni so‘ragan bandlik xizmati, bandlikka ko‘maklashish markazi xodimi;
- kartangiz bilan shubhali operatsiyalar haqida xabar bergan va ularni bekor qilish uchun karta ma’lumotlarini yoki SMS-dan kodni talab qiladigan bank xodimi;
- shoshilinch davolanish yoki boshqa ezgu maqsadlar uchun pul yig‘uvchi xayriya jamg‘armasi xodimi yoki ko‘ngilli;
- go‘yoki sizga pul o‘tkazish uchun kartangiz ma’lumotlarini yoki SMS-dan kodni bilishni istagan mahsulotingiz xaridori.
BANK KARTASIGA KIRISH BILAN BOG‘LIQ

FIRIBGARLIK SXEMALAR
Firibgarlar qayday harakat qiladi:
- yo‘qolgan bank kartalarini topish yoki o‘g‘irlash, undagi ma’lumotlar (nomer, karta egasi F.I.Sh, amal qilish muddati, CVC-kodi) va magnit maydoni yoki karta chipiga kirish huquqini olish;
- magnit maydoni yoki karta chipidan ma’lumotlarni o‘qish uchun bankomatlarga tegishli qurilmalarni o‘rnatish.
Qanday qilib firibgarlardan saqlanish mumkin
- har bir karta uchun, faqat sizga ma’lum bo‘lgan alohida PIN kod yarating;
- PIN-kod ma’lumotlarini karta bilan birga saqlamang, uni hech kimga oshkor qilmang;
- kartaning orqa tomonida joylashgan CVC/ CVV kodini hech kimga ko‘rsatmang;
- to‘lovni amalga oshirayotganda kartani boshqa joyga olib ketishga yo‘l qo‘ymang;
- PIN kodni terayotganda klaviaturani qo‘lingiz bilan yoping;
- videokuzatuvga ega va yaxshi qo‘riqlanadigan joylardagi bankomatlardan foydalaning. Masalan, bank filiallarida;
- SMS-xabarnomani ulang: kartadagi barcha moliyaviy operatsiyalar haqida xabardor bo ‘ling;
- bankingizning telefon raqamini eslab qoling. Uni telefoningizga va yon daftarchga yozib qo‘ying;
- karta yo‘qolgan taqdirda, darhol uni bloklash uchun bankka qo‘ng‘iroq qiling.

QANDAY TO‘LOV ILOVASIDAN FOYDALANISH MUMKIN
- mobil qurilmangizga o‘rnatilgan to‘lov ilovasining xavfsizlik bo‘limi bilan tanishing;
- parollaringizni himoya qilish uchun to‘lov ilovasining ko‘p faktorli autentifikasiya qilish funksiyasidan foydalaning;
- har gal pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan vaqtda to‘lov ilovasi (Clik, Payme, Paynet, Opelsin va h.k.) sizga yangi kod jo‘natishiga e’tibor qarating;
- agar ilovada bunday imkoniyat bo‘lmasa ushbu ilovadan foydalanmang.
FIRIBGARLIK QURBONIGA AYLANDINGIZMI?
NIMA QILISH KERAK!
Bank kartasi sizning mobil qurilmangizga ulangan, shu bois darhol firibgar bilan onlayn aloqani uzing. To‘lov ilovasiga kirish uchun zudlik bilan ilova orqali so‘rovnoma yuboring.
Ilovaga qayta kiring va mobil qurilma nazoratini o‘z qo‘lingizga oling.
Zudlik bilan bankingizga telefon qiling va noqonuniy pul o‘tkazmalari (tranzaksiya) haqida xabar qiling. Kartangizni bloklashni talab qiling.
Bu haqida darhol quyida ko‘rsatilgan organlarga ariza bilan murojaat qiling
O‘zbekiston | Kiberxavfsizlik DUK | O‘zbekiston | |
Respublikasi IIV | Axborot xavfsiligi | Respublikasi Bosh | |
ishonch telefonlari | masalalari bo‘yicha | prokuraturasi | |
Tel: 1102 | tezkor aloqa | call-markazi 1007 | |
Tel; 555-02-1010 | |||
XAMIDOV BAXTIYORJON XAMIDOVICH
ONLAYN FIRIBGARLIKDAN
QANDAY SAQLANISH MUMKIN?
Ilmiy-ommabob risola
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent – 2022
Bosh muharrir O. Choriyev
Muharrir Sh. Jahonov
Musahhih M. Patillayeva
Texnik muharrir U. Sapayev
08.09.2022. da bosishga ruxsat etildi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
“Times New Roman” garniturasi, 1,39 shartli bosma taboq.
Adadi 50. 111-buyurtma.
Toshkent davlat yuridik universiteti bosmaxonasida chop etildi. 100047. Toshkent shahri
QAYDLAR UCHUN
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________
___________________________________________________________